1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
“Namangan va Fargʻona viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Namangan va Fargʻona viloyatlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish maqsadida qaror qilaman:
I. Qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishni tashkil etish.
1. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida:
(a) “China Everbright International Limited” kompaniyasi (Xitoy Xalq Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda — Investor) tomonidan “Namangan, va Fargʻona viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyihalar) doirasida xorijiy korxonalar (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyalari) taʼsis etilishi;
(b) Investor va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida 2025-yil 17-martda investitsiya shartnomalari imzolangani;
(v) “Oʻzenergosotish” AJ va Investor oʻrtasida 2025-yil 14-martda Loyihalar doirasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar imzolangani;
(g) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va Investor oʻrtasida 2025-yil 14-martda qattiq maishiy chiqindilarni Loyiha kompaniyalariga yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitimlar imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
II. Majburiyat va imtiyozlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
2. Belgilansinki, elektr energiyasini sotib olish va qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq:
(a) Loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 30 yil davomida “Oʻzenergosotish” AJga kafolatlangan tarzda sotadi;
(b) Loyiha kompaniyalari Loyihalar doirasida elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun havo elektr uzatish tarmoqlarini quradi hamda ishga tushirilgandan soʻng ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi;
(v) “Oʻzenergosotish” AJ 30 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qiladi va milliy valyutada toʻlov qiladi;
(g) Agentlik Loyiha kompaniyalariga 30 yil davomida qattiq maishiy chiqindilarni kafolatlangan hajmda yetkazib beradi;
(d) Loyiha kompaniyalari qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 24 million AQSH dollari miqdorida birinchi darajali bank kafolatini taqdim etadi;
(e) Investor oʻz huquq va majburiyatlaridan Loyihalar doirasida oʻzi tomonidan tashkil etiladigan Loyiha kompaniyalari foydasiga voz kechadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
3. Agentlik:
(a) havo elektr uzatish tarmoqlari uchun ajratilgan yer uchastkalarini Loyiha kompaniyalariga va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga beradi;
(b) yer uchastkalarini Loyihalar doirasida foydalanish uchun Loyihalar muddatiga teng boʻlgan muddatga Loyiha kompaniyalariga ijaraga beradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
4. Loyiha kompaniyalari va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin.
5. Loyihalar chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari hududlarida amalga oshirilishi belgilansin.
III. Moliyaviy resurslar.
6. Investor va Loyiha kompaniyalari 2025 — 2027-yillarda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
(a) Namangan viloyatida 141,5 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etgan holda kuniga 1,5 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali 227,5 million kVt elektr energiyasi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
(b) Fargʻona viloyatida 141,5 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etgan holda kuniga 1,5 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali 227,5 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalar ishga tushirilishini taʼminlasin.
IV. Loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
7. Agentlik va “Oʻzenergosotish” AJga:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
(a) Loyiha kompaniyalari bilan birgalikda bitimlarda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyalari va boshqa maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.03 Akkreditivlar bilan hisob-kitob]
(b) Loyihalar doirasida uch oy mobaynida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini sotib olish hamda chiqindilarni yetkazib berish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyalari foydasiga respublika banklarida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivlar ochishga ruxsat beriladi.
8. Belgilansinki, Loyihalar doirasida:
(a) infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
(b) infratuzilma obyektlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
(v) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Agentlik, “Oʻzenergosotish” AJ va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Investor tomonidan Loyihalarni amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyalari va Investor huquqini Loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazish haqida bitimlar tuzish huquqi beriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.06.00 Chet ellik investorlarga kafolatlar]
9. Investorning buyurtmanomasiga binoan Loyihalarni amalga oshirish doirasida:
(a) Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻzbekiston respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida”gi qarori.
(b) Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza berilishi va uning muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini;
(v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma pasporti.
10. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga, zarur hollarda, Loyihalarning maqsadli koʻrsatkichlariga va texnik-iqtisodiy parametrlariga Investor bilan kelishgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda Loyihalar amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlar oʻrtasidagi bitimlar doirasidagi majburiyatlar bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
12. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan oʻtkazilishini va Loyihalarni amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi Qonuni.
13. Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-mart,
PQ-117-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2025-y., 07/25/117/0270-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)