OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Samarqand viloyati mahalliy budjetining imkoniyatlarini hisobga olib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini uzluksiz davom ettirish hamda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, viloyatda boʻlib oʻtadigan xalqaro tadbirlarga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi, Samarqand viloyati mahalliy budjeti hamda “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish direksiyasiga ajratilgan mablagʻlar, kredit va ssudalarning asosiy qismi hamda foizlarini qaytarish muddatlarini uzaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi bir oy muddatda Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda tuzilgan kredit va ssuda shartnomalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini hamda foizsiz olingan qarz mablagʻini qaytarish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va maqsadli jamgʻarmalardan olingan ssuda va kreditlar hamda qarz mablagʻlari viloyat mahalliy budjeti va uning qoʻshimcha manbalari hisobidan oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlashga Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.M. Boboyev shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3608-son
qarorida:
a)
4-banddagi “5 yil” soʻzlari “13 yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “2021-2022-yillarda Samarqand shahrining infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirish va turizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-4999-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Samarqand viloyati mahalliy budjetiga 2021-yilda ikki yilda qaytarish sharti bilan ajratilgan 150 milliard soʻm budjet ssudasini qaytarish muddatini 6 yilga uzaytirish boʻyicha shartnomani rasmiylashtirsin.
Bunda Samarqand viloyati hokimligi mazkur budjet ssudasini 2027 — 2031-yillarda viloyat mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan qaytarishga shaxsan masʼul va javobgar etib belgilansin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi “Samarqand viloyatida keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda turizm salohiyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PQ-5249-son
qarorida:
a)
2-banddagi “5 yil” soʻzlari “10 yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi “Samarqand shahrida “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-233-son qarorining
8-bandida: