toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Samarqand viloyati mahalliy budjetining imkoniyatlarini hisobga olib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini uzluksiz davom ettirish hamda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, viloyatda boʻlib oʻtadigan xalqaro tadbirlarga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi, Samarqand viloyati mahalliy budjeti hamda “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish direksiyasiga ajratilgan mablagʻlar, kredit va ssudalarning asosiy qismi hamda foizlarini qaytarish muddatlarini uzaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi bir oy muddatda Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda tuzilgan kredit va ssuda shartnomalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini hamda foizsiz olingan qarz mablagʻini qaytarish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va maqsadli jamgʻarmalardan olingan ssuda va kreditlar hamda qarz mablagʻlari viloyat mahalliy budjeti va uning qoʻshimcha manbalari hisobidan oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlashga Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.M. Boboyev shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-mart,
PQ-113-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi PQ-113-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3608-son qarorida:
a) 4-banddagi “5 yil” soʻzlari “13 yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash
PROGNOZ JADVALI

Kredit summasi

50 million AQSH dollari

Kredit muddati

13 yil, shu jumladan, imtiyozli davr — 2 yil

Foiz stavkasi

2019-yil 27-dekabrgacha — yillik 2,25 foiz (shu jumladan, bank marjasi — 0,25 foiz) 2019-yil 27-dekabrdan — yillik 2,0 foiz

ming AQSH dollari

Qoplash davrlari

Oʻzlashtirish miqdori*

Toʻlov summasi

Jami toʻlov miqdori*

asosiy qarz

foizlar*

2018-yilning II yarim yilligi

40 000,00

-

238,90**

238,90**

2019-yilning I yarim yilligi

-

-

398,91**

398,91**

2019-yilning II yarim yilligi

10 000,00

213,30**

408,05**

621,35**

2020-yilning I yarim yilligi

-

422,05**

489,44**

911,49**

2020-yilning II yarim yilligi

-

525,39**

495,45**

1 020,84**

2021-yilning I yarim yilligi

-

16 109,34**

695,74**

16 805,08**

2021-yilning II yarim yilligi

-

644,24**

366,51**

1 010,75**

2024-yilning II yarim yilligi

-

-

449,27**

449,27**

2025-yilning II yarim yilligi

-

21 326,40

3 163,20

24 489,60

2027-yilning I yarim yilligi

-

1 075,93

351,02

1 426,95

2027-yilning II yarim yilligi

-

1 075,93

108,94

1 184,87

2028-yilning I yarim yilligi

-

1 075,93

96,83

1 172,76

2028-yilning II yarim yilligi

-

1 075,93

84,73

1 160,66

2029-yilning I yarim yilligi

-

1 075,93

72,63

1 148,55

2029-yilning II yarim yilligi

-

1 075,93

60,52

1 136,45

2030-yilning I yarim yilligi

-

1 075,93

48,42

1 124,35

2030-yilning II yarim yilligi

-

1 075,93

36,31

1 112,24

2031-yilning I yarim yilligi

-

1 075,93

24,21

1 100,14

2031-yilning II yarim yilligi

-

1 075,93

12,10

1 088,03

Jami

50 000,00

50 000,00

7 601,18

57 601,18

* Kreditning haqiqatda olingan miqdori va sanasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
** Haqiqiy toʻlovlar”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “2021-2022-yillarda Samarqand shahrining infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirish va turizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-4999-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Samarqand viloyati mahalliy budjetiga 2021-yilda ikki yilda qaytarish sharti bilan ajratilgan 150 milliard soʻm budjet ssudasini qaytarish muddatini 6 yilga uzaytirish boʻyicha shartnomani rasmiylashtirsin.
Bunda Samarqand viloyati hokimligi mazkur budjet ssudasini 2027 — 2031-yillarda viloyat mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan qaytarishga shaxsan masʼul va javobgar etib belgilansin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi “Samarqand viloyatida keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda turizm salohiyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PQ-5249-son qarorida:
a) 2-banddagi “5 yil” soʻzlari “10 yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash
PROGNOZ JADVALI

Kredit summasi

30 million AQSH dollari

Kredit muddati

10 yil, shu jumladan, imtiyozli davr — 2 yil

Foiz stavkasi

yillik 3,0 %

ming AQSH dollari

Qoplash davrlari

Oʻzlashtirish miqdori*

Toʻlov summasi

Jami toʻlov miqdori*

asosiy qarz

foizlar*

2021-yil II yarim yilligi

30 000,00

-

-

-

2025-yil II yarim yilligi

-

12 795,84

3 572,30

16 368,14

2027-yil I yarim yilligi

-

1 720,42

748,38

2 468,80

2027-yil II yarim yilligi

-

1 720,42

232,26

1 952,67

2028-yil I yarim yilligi

-

1 720,42

206,45

1 926,87

2028-yil II yarim yilligi

-

1 720,42

180,64

1 901,06

2029-yil I yarim yilligi

-

1 720,42

154,84

1 875,25

2029-yil II yarim yilligi

-

1 720,42

129,03

1 849,45

2030-yil I yarim yilligi

-

1 720,42

103,22

1 823,64

2030-yil II yarim yilligi

-

1 720,42

77,42

1 797,84

2031-yil I yarim yilligi

-

1 720,42

51,61

1 772,03

2031-yil II yarim yilligi

-

1 720,42

25,81

1 746,22

Jami

30 000,00

30 000,00

5 481,96

35 481,96

* Kreditning haqiqatda olingan miqdori va sanasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi “Samarqand shahrida “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-233-son qarorining 8-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “3 yil” soʻzlari “7 yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) toʻrtinchi xatboshidagi “2025-yildan” soʻzlari “2026-yildan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 07/25/113/0253-son)