Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq
kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 10-iyundagi 2016-21-son “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2808, 2016-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016- y., 28-son, 340-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi 157-son “Soliq toʻlovchilarga axborot xizmati koʻrsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom moliyaviy va soliq hisobotlarini (bundan buyon matnda hisobot deb yuritiladi) aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibini belgilaydi.”;
“Soliq organi soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etilgan hisobotini qabul qilishni rad etishga haqli emas.”.