Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 11-dekabrdagi 697-son “Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2748, 2015-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 656-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruq
muqaddimasidagi “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlari” degan soʻzlar “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14 oktabrdagi 292-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “inspeksiya nazorati” degan soʻzlar “davriy baholash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “attestatsiya qilingan” degan soʻzlar “texnik jihatdan malakaliligi maʼqullangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.