Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/13-son qarori (roʻyxat raqami 3079, 2018-yil 25-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/3079/2122-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan bank tizimi likvidligini tartibga solish hamda pul-kredit siyosati foiz instrumentlari samaradorligini oshirish maqsadida tijorat banklarining pul mablagʻlarini jalb qilish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-bandning
toʻqqizinchi xatboshisidagi “Markaziy bank Kredit qoʻmitasi” degan soʻzlar “Markaziy bank boshqaruvi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
4-banddagi “Markaziy bankning Kredit qoʻmitasi” degan soʻzlar “Markaziy bank boshqaruvi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.