1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-mart,
136-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-martdagi 136-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 21-bandning “b” kichik bandidagi “tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati” soʻzlari “mazkur Nizomning 22-bandi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“22. Yer uchastkasiga ijara huquqini qoʻlga kiritish uchun oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksion savdolaridagi boshlangʻich narx quyidagi formula asosida hisoblanadi:
C = S x T x B x G x F x M + E,
bunda:
C — boshlangʻich narx;
S — yer uchastkasining maydoni, kv m;
T — hududning toifa koeffitsiyenti, 1-toifaga kiruvchi tuman va shaharlarda — 25, 2-toifaga — 20, 3-toifaga — 15, 4-toifaga — 10 va 5-toifaga — 5 koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi;
B — 1 kv metr yer uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkasi, soʻm (Soliq kodeksiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari hamda xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari qarori bilan belgilangan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar hisobga olingan holda);
G — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan yer uchastkasi joylashgan hududda (daha, massiv, mahalla, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari) mavjud hamda kelgusida markazlashgan manbalar hisobidan barpo etilishi rejalashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini barpo etish qiymatiga muvofiqlashtiruvchi oshiruvchi koeffitsiyent;
F — yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turidan kelib chiqqan holda, oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyent;
M — yer uchastkasining maydoni boʻyicha kamaytiruvchi koeffitsiyent;
E — yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlari va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid xarajatlar, soʻm.
Bunda G va Gʻ koeffitsiyentlar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinmagan yoki belgilanmagan boʻlsa, tegishli qaror qabul qilingunga yoki belgilanguniga qadar 1,0 koeffitsiyent qoʻllaniladi.
1 kv metr uchun yer soligʻi stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining yer soligʻi hisobini yuritish boʻyicha axborot bazasidan toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda “Yerelektron” AATda shakllanadi”.
3. Nizomga 1a-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
Auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarining boshlangʻich narxini belgilashda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turidan kelib chiqqan holda oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlar
T/r
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turining nomi
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turining kodi*
Qoʻllanilgan koeffitsiyent miqdori
1.
Koʻp kvartirali turar joy qurilishi
2.3
1,4
2.
Biznes boshqaruvi, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmatlar koʻrsatish
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya
7.0
1,1
Izoh. Jadvalda koʻrsatilgan koeffitsiyentlar ushbu yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish asosiy turining kodi va uning tarkibidagi mazkur jadvalda koʻrsatilmagan kichik bandlardagi turlar uchun ham qoʻllaniladi”.
4. Quyidagi mazmundagi 1b-ilova bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1b-ILOVA
Yer uchastkasining maydoni boʻyicha kamaytiruvchi koeffitsiyentlar
T/r
Yer uchastkasining maydoni
Qoʻllanilgan koeffitsiyent miqdori
1.
Umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrgacha boʻlgan yer uchastkasi
1
2.
Umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan 10 000 kvadrat metrgacha boʻlgan yer uchastkasi
0,9
3.
Umumiy maydoni 10 000 kvadrat metrdan 50 000 kvadrat metrgacha boʻlgan yer uchastkasi
0,8
4.
Umumiy maydoni 50 000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yer uchastkasi
0,7
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2025-y., 09/25/136/0213-son)