Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-son “Yoʻl harakati sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 10-martdagi 4-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish
qoidalariga (roʻyxat raqami 3363, 2022-yil 19-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 10/22/3363/0322-son)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
uchinchi xatboshidagi “asosiy yoʻllar” degan soʻzlar “asosiy temir yoʻllari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“yoʻl-transport hodisasi — transport vositasining yoʻlda harakatlanish jarayonida va uning ishtirokida sodir boʻlgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoxud boshqa moddiy zarar yetkazilgan hodisa;
yoʻl harakati ishtirokchisi — yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda sifatida bevosita ishtirok etayotgan shaxs”;
“qatnov qismi — yoʻlning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan qismi;”;
“piyoda — transport vositasidan tashqarida boʻlgan va yoʻlda biror-bir yumush bilan band boʻlmagan shaxs. Nogironligi boʻlgan shaxslarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, velosiped, moped, mototsikl, elektromototsikl, skuter, individual harakatlanish vositalari, chana, aravacha va bolalar yoki nogironligi boʻlgan shaxslar aravachasini yetaklagan, shuningdek, harakatlanish uchun rolikli konkilar, dvigatelsiz samokatlar va boshqa shularga oʻxshash vositalardan foydalanayotgan shaxslar ham piyodalarga tenglashtiriladi;”;
“transport vositasi — yoʻlovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining yoki maxsus ishlarni amalga oshirish uchun uskunalarning yoʻllarda harakatlanishi yoki tashilishi uchun moʻljallangan qurilma;”;
“haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish oʻrgatilayotganda oʻrgatuvchi shaxs haydovchi hisoblanadi. Ot aravani boshqarayotgan hamda hayvonlarni minib harakatlanayotgan shaxslar haydovchiga tenglashtiriladi;”.
3. 21-bandning
“g” kichik bandidagi “asosiy yoʻllar” degan soʻzlar “asosiy temir yoʻllari” degan soʻzlari bilan almashtirilsin.