toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.06.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
BUXGALTERIYA HISOBIDA LIZING OPERATSIYALARINI AKS ETTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 22-iyunda 1373-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 11-maydagi 54-sonli “Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1961, 01.06.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli “Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 17-son, 197-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Buxgalteriya hisobida lizing operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-may,
74-son
Moliya vazirining 2004-yil
12-maydagi 74-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Buxgalteriya hisobida lizing operatsiyalarini aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli “Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 17-son, 197-modda) muvofiq ishlab chiqilgan va buxgalteriya hisobida lizing va ijara operatsiyalarini aks ettirishning yagona uslubiy asosini belgilaydi.
1 §. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, (budjet tashkilotlari, banklar va kredit uyushmalaridan tashqari) barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (keyingi oʻrinlarda — korxona) tadbiq etiladi.
2 §. Lizingga beruvchida lizing operatsiyalarining hisobi
2. Lizing obyektlarini sotib olish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing obyektlari uni sotib olish bilan bogʻliq egri soliqlar va yigʻimlarni qoʻshgan holda (agar ular qoplanmasa) kirim qilinganda:
debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” yoki 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar” yoki turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoki boshqa tegishli schyotlar;
b) lizing obyektlarini sotib olish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar:
debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”, 6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar”, 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar”, turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
v) lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizingga oluvchi tomonidan qoplanadigan lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar:
debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
g) lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizingga oluvchi tomonidan qoplanmaydigan lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
d) mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa xizmat koʻrsatgan korxonalar oldidagi qarzlarning toʻlanishi (qoplanishi):
debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar”, 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar”, turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar.
3. Agar lizing shartnomasining sharti boʻyicha lizing obyekti sotuvchi tomonidan lizingga beruvchini chetlab bevosita lizingga oluvchiga yetkazib berilsa, lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida lizing obyektining kirimi va chiqimi lizing obyektining harakatini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
4. Agar lizing shartnomasining sharti boʻyicha lizingga beruvchi tomonidan lizing obyekti sotib olingan boʻlsa, lekin lizingga oluvchi qator sabablarga koʻra uni qabul qilishdan bosh tortsa, mazkur lizing obyekti, undan foydalangunga yoki chiqib ketgunga qadar kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800) da hisobga olinadi.
5. Agar minimal lizing toʻlovlarining diskontlangan qiymati lizing obyektining joriy qiymatidan past boʻlsa, lizing lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida minimal lizing toʻlovlarining diskontlangan qiymati boʻyicha tan olinishi kerak.
6. Agar minimal lizing toʻlovlarining diskontlangan qiymati lizing obyektining joriy qiymatidan yuqori boʻlsa, lizing lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida lizing obyektining joriy qiymati boʻyicha tan olinishi kerak.
7. Lizing obyektlari lizingga berilganda, lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan uning balans qiymati oʻrtasidagi farq kechiktirilgan daromad (xarajat) sifatida aks ettiriladi va lizingga beruvchining daromadi hisoblanishiga qarab bir meʼyorda (oyma oy) asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (boshqa operatsion xarajatlari) ga olib boriladi.
Agar lizing obyekti lizingga berilgunga qadar lizingga beruvchi tomonidan qayta baholangan boʻlsa, lizing obyektini lizingga berish vaqtida kechiktirilgan daromad (xarajat) lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan uning balans qiymati oʻrtasidagi farq sifatida rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda qayd qilingan lizing obyektining qayta baholash natijasi (qoldigʻi) ni, yaʼni mazkur lizing obyektini oldingi baholashlardagi qiymat koʻpayishi summasining oldingi baholashlardagi qiymat pasayishi summasiga nisbatan ortgan summasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
8. Lizing obyektlarining lizing shartlariga muvofiq lizingga berilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing obyektlarini lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymati boʻyicha lizingga berilishi:
debet 0920 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
b) lizing obyektlarining balans qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
v) lizing obyektining qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
debet 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar”;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
g) lizing shartnomasi boʻyicha lizing obyektlarini lizingga berishda kechiktirilgan daromadlar yuzaga kelganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
d) lizing shartnomasi boʻyicha lizing obyektlarini lizingga berishda kechiktirilgan xarajatlar yuzaga kelganda:
debet 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
9. Lizing shartnomasi boʻyicha lizing obyektlarini lizingga berilishida vujudga kelgan kechiktirilgan daromadlar va kechiktirilgan xarajatlarni hisobdan chiqarish quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq, lizing shartnomasi boʻyicha lizing obyektlarini lizingga berilishida vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi oʻtkazilganda:
debet 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
kredit 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
b) lizing shartnomasi boʻyicha lizing obyektlarini lizingga berilishidagi kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi moliyaviy natijalarga oʻtkazib hisobdan chiqarilishi:
debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti;
v) lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq, lizing shartnomasi boʻyicha lizing obyektlarini lizingga berilishida vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi oʻtkazilganda:
debet 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
g) lizing shartnomasi boʻyicha lizing obyektlarini lizingga berilishidagi kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi moliyaviy natijalarga oʻtkazib hisobdan chiqarilishi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti.
10. Mulkni lizingga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalar, joriy davrga tegishli boʻlgan lizingga beruvchining hisoblangan daromadi summasi (lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyoti.
11. Mulkni lizingga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalar, joriy davrga tegishli boʻlgan lizingga beruvchining hisoblangan daromadi summasi (lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
debet 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti;
kredit 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar” schyoti.
12. Mulkni lizingga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda lizingga oluvchidan lizing toʻlovlari kelib tushishi boʻyicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq lizing boʻyicha olinadigan uzoq muddatli toʻlovlarning joriy qismi oʻtkazilganda:
debet 4810 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyoti;
kredit 0920 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti;
b) lizing shartnomasi boʻyicha lizingga oluvchidan pul mablagʻlari kelib tushganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
v) lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq toʻlov muddati kelmagan lizing toʻlovlari boʻyicha lizingga oluvchidan boʻnak kelib tushganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan boʻnaklar” schyoti;
g) lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq toʻlov muddati kelganda lizingga oluvchidan oldin olingan boʻnaklar qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6390 “Boshqa olingan boʻnaklar” schyoti;
kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti.
13. Mulkni lizingga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda lizingga oluvchidan lizing toʻlovlari kelib tushishi boʻyicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq lizing boʻyicha olinadigan uzoq muddatli toʻlovlarning joriy qismi oʻtkazilganda:
debet 4810 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyoti;
kredit 0920 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti;
b) lizing shartnomasi boʻyicha lizingga oluvchidan pul mablagʻlari kelib tushganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyoti;
kredit 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti;
v) lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq toʻlov muddati kelmagan lizing toʻlovlari boʻyicha lizingga oluvchidan boʻnak kelib tushganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan boʻnaklar” schyoti;
g) lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq toʻlov muddati kelganda lizingga oluvchidan oldin olingan boʻnaklar qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6390 “Boshqa olingan boʻnaklar” schyoti;
kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyoti;
kredit 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti;
14. Lizing shartnomasi tugagandan keyin lizingga oluvchi tomonidan lizing obyektlarining qaytarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing shartnomasiga muvofiq lizing obyektining qoplanmagan qiymati summasiga:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyoti;
b) lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektlarini yaxshilash xarajatlarini lizingga beruvchi tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) lizing shartnomasiga muvofiq lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektlarini qaytarish boʻyicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
g) lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektlarini yaxshilash xarajatlarini qoplash uchun pul mablagʻlari oʻtkazilganda:
debet turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
15. Lizingga oluvchi tomonidan lizing obyektlarining muddatidan oldin qaytarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing shartnomasiga muvofiq lizing toʻxtatilgan sanadagi lizing obyektining qoplanmagan qiymati summasiga:
debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyoti — joriy qismi;
kredit 0920 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti — uzoq muddatli qismi;
b) lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektlarini yaxshilash xarajatlarini lizingga beruvchi tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) lizing shartnomasi boʻyicha lizing obyektlarini lizingga berilishidagi kechiktirilgan daromadlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga oʻtkazib hisobdan chiqarish:
debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti — joriy qismi;
kredit 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti — uzoq muddatli qismi;
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti;
g) lizing shartnomasi boʻyicha lizing obyektlarini lizingga berilishidagi kechiktirilgan xarajatlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga oʻtkazib hisobdan chiqarish:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti — joriy qismi;
kredit 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti — uzoq muddatli qismi;
d) lizing shartnomasiga muvofiq lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektini qaytarish boʻyicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
e) lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektini yaxshilash xarajatlarini qoplash uchun pul mablagʻlari oʻtkazilganda:
debet turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar.
3 §. Lizingga oluvchida lizing operatsiyalarining hisobi
16. Agar minimal lizing toʻlovlarining diskontlangan qiymati lizing obyektining joriy qiymatidan past boʻlsa, lizing lizingga oluvchining buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida minimal lizing toʻlovlarining diskontlangan qiymati boʻyicha tan olinishi kerak.
17. Agar minimal lizing toʻlovlarining diskontlangan qiymati lizing obyektining joriy qiymatidan yuqori boʻlsa, lizing lizingga oluvchining buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida lizing obyektining joriy qiymati boʻyicha tan olinishi kerak.
18. Lizing shartnomasi boʻyicha olib kelingan lizing obyektlari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing obyektlarini lizingga oluvchining buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida tan olinadigan qiymati boʻyicha kirim qilish:
debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 7910 “Toʻlanadigan uzoq muddatli ijara” schyoti;
b) lizing obyektlarini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar summasiga:
debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
v) lizing obyektlarini boshlangʻich qiymati boʻyicha foydalanishga topshirilishi (ularni asosiy vositalar tarkibiga oʻtkazilishi):
debet 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyoti;
kredit kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800).
19. Lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalardan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblash:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 schyotlar va lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab boshqa schyotlar);
kredit 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti;
b) lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni ishchi holatda saqlash (joriy, oʻrtacha yoki kapital taʼmirlash va boshqalar) bilan bogʻliq xarajatlar summasiga:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 schyotlar va lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab boshqa schyotlar);
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar.
20. Lizing boʻyicha foizlarni hisoblash va lizingga beruvchiga lizing toʻlovlarini toʻlash boʻyicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing toʻlovlari jadvali (tartibi)ga muvofiq lizing boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi oʻtkazilganda:
debet 7910 “Toʻlanadigan uzoq muddatli ijara” schyoti;
kredit 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
b) lizing boʻyicha hisoblangan foizlar summasiga:
debet 9610 “Foiz koʻrinishidagi xarajatlar” schyoti;
kredit 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti;
v) lizingga beruvchiga lizing toʻlovlarining joriy qismi toʻlanganda:
debet 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti;
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
g) lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq toʻlov muddati kelmagan lizing toʻlovlari boʻyicha lizingga beruvchiga boʻnak toʻlanganda:
debet 4330 “Boshqa berilgan boʻnaklar” schyoti;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
d) lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq toʻlov muddati kelganda lizingga beruvchiga oldin toʻlangan boʻnaklar qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti;
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 4330 “Boshqa berilgan boʻnaklar” schyoti.
21. Lizing obyektini yaxshilash (obodonlashtirish, qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish va boshqa) xarajatlari summasi, lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar qiymatini koʻpaytiruvchi kapital qoʻyilmalar sifatida buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kapital quyilmalar amalga oshirilganda:
debet 0860 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarga kapital quyilmalar” schyoti;
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
b) kapital qoʻyilmalarni asosiy vositalar tarkibiga oʻtkazilganda:
debet 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti;
kredit 0860 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar” schyoti;
v) lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga eskirish hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 schyotlar va lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab boshqa schyotlar);
kredit 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti.
22. Lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni va lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishni qayta baholash buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) balans qiymati koʻpayganda (bahosi oshganda):
debet 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyoti;
debet 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti;
kredit 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti;
b) balans qiymati kamayganda (bahosi pasayganda) oldingi qayta baholash summasi (koʻpaygan bahosi) darajasida:
debet 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyoti;
kredit 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti.
Lizing shartnomasi boʻyicha olingan mazkur asosiy vositani qayta baholash natijasida bahosi pasayishi summasining oldingi qayta baholash (koʻpaygan baho) dan ortgan qismi xarajat sifatidan tan olinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida aks ettiriladi;
v) eskirish summasining koʻpayishi (bahosi oshganda):
debet 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti;
kredit 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti;
g) eskirish summasining kamayishi (bahosi pasayganda):
debet 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti;
debet 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti;
kredit 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti.
Lizing shartnomasi boʻyicha olingan mazkur asosiy vositaning jamgʻarilgan eskirishi qayta baholash natijasida, uning bahosi pasayishi summasining oldingi qayta baholash (koʻpaygan baho) dan ortgan qismi daromad sifatidan tan olinadi va 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotida aks ettiriladi.
23. Lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni lizingga oluvchining mulkiga oʻtishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni xususiy asosiy vositalari tarkibiga oʻtkazilganda:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100 — asosiy vositalarning turlari boʻyicha);
kredit 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyoti — lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymatiga;
kredit 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti — lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymatiga;
b) lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni xususiy asosiy vositalar tarkibiga oʻtkazilganda, ular boʻyicha jamgʻarilgan eskirish summasini oʻtkazish (koʻchirish):
debet 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti — lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar boʻyicha jamgʻarilgan eskirish summasiga;
debet 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti — lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish boʻyicha jamgʻarilgan eskirish summasiga;
kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200 — asosiy vositalarning turlari boʻyicha);
v) lizing shartnomasi boʻyicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldigʻini toʻlash:
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti — joriy qismi;
debet 7910 “Toʻlanadigan uzoq muddatli ijara” schyoti — uzoq muddatli qismi;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
24. Lizingga beruvchiga lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar qaytarilganda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
a) boshlangʻich (qayta tiklash) qiymatiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyoti — lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymatiga;
kredit 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti — lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodoshlashtirishning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymatiga;
b) jamgʻarilgan eskirish summasiga:
debet 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti — lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar boʻyicha jamgʻarilgan eskirish summasiga;
debet 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti — lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish boʻyicha jamgʻarilgan eskirish summasiga;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
v) lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish qiymatining lizingga beruvchi tomonidan qoplanadigan summasiga:
debet 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
g) lizing shartnomasi boʻyicha olingan mazkur asosiy vositalar obyektini qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
debet 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
d) lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) boʻyicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldigʻi summasiga:
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti — joriy qismi;
debet 7910 “Toʻlanadigan uzoq muddatli ijara” schyoti — uzoq muddatli qismi (lizing shartnomasi muddati tugagunga qadar qaytarilgan hollarda);
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
e) lizing shartnomasiga muvofiq lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni qaytarish boʻyicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
j) lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni qaytarishdan foyda koʻrilganda:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
z) lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni qaytarishdan zarar koʻrilganda:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
i) lizing shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun lizingga beruvchidan pul mablagʻlari kelib tushganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti.
4 §. Keyingi lizing boʻyicha mulkni sotishning hisobi
25. Lizingga beruvchiga mulkni sotish hisobi sotuvchining buxgalteriya hisobida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 9-sentabrdagi 103-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha Yoʻriqnoma”ga (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 23-oktabr roʻyxat raqami 1181-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi” 2002-y., 20-son) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyinchalik lizing hisobi lizingga oluvchi va lizingga beruvchida mazkur Nizomda oʻrnatilgan tartibda yuritiladi.
5 §. Uzoq muddatli ijara hisobi
26. Asosiy vositalar uzoq muddatli ijaraga berilganda ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan asosiy vositaning boshlangʻich (agar berilayotgan obyekt foydalanilmagan boʻlsa) yoki qoldiq (agar obyekt ijaraga berishgacha foydalanishda boʻlsa) qiymati oʻrtasidagi farq summasi rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda qayd qilingan lizing obyektining qayta baholash natijasi (qoldigʻi) ni, yaʼni mazkur lizing obyektini oldingi baholashlardagi qiymat koʻpayishi summasining oldingi baholashlardagi qiymat pasayishi summasiga nisbatan ortgan summasini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilgandan soʻng kechiktirilgan daromad (xarajat) sifatida aks ettiriladi va ijara toʻlovlarining hisoblanishiga qarab bir meʼyorda (oyma oy) asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (boshqa operatsion xarajatlari) ga olib boriladi.
27. Asosiy vositalarning uzoq muddatli ijara shartlariga muvofiq ijaraga berilishi ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) asosiy vositalarni ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymati boʻyicha ijaraga berilishi:
debet 0920 “Uzoq muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
b) asosiy vositalarning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
v) asosiy vositalarning jamgʻarilgan eskirishi hisobdan chiqarilganda:
debet asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
g) ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan ijara obyektini yetkazib berish va uni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq xarajatlar summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
d) mazkur asosiy vositalar obyektini qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
debet 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
e) uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha asosiy vositalarni ijaraga berilishida kechiktirilgan daromadlar yuzaga kelganda:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
j) uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha asosiy vositalarni ijaraga berilishida kechiktirilgan xarajatlar yuzaga kelganda:
debet 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
Keyinchalik uzoq muddatli ijara boʻyicha operatsiyalarning hisobi ijaraga beruvchida mazkur Nizomning 2 § da koʻrsatilgan tartibda yuritiladi.
28. Uzoq muddatli ijara boʻyicha operatsiyalarning hisobi ijarachida xuddi lizingga oluvchidagidek mazkur Nizomning 3 § da oʻrnatilgan tartibda yuritiladi.
6 §. Qisqa muddatli ijara hisobi
29. Qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar ijarachida balansdan tashqari schyot hisoblangan 001 “Qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotining debetida, ijaraga beruvchida esa asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
30. Qisqa muddatli ijara bilan bogʻliq operatsiyalar ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
b) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda joriy davrga tegishli boʻlgan ijara toʻlovlari (ijara toʻlovlar jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyoti;
v) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda joriy davrga tegishli boʻlgan ijara toʻlovlari (ijara toʻlovlar jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4820 “Qisqa muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti;
kredit 9350 “Qisqa muddatli ijaradan daromadlar” schyoti;
g) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara toʻlovlarining kelib tushishi:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
d) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara toʻlovlarining kelib tushishi:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4820 “Qisqa muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti;
e) ijara toʻlovlari jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq toʻlov muddati kelmagan ijara toʻlovlari boʻyicha boʻnak kelib tushganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan boʻnaklar” schyoti;
j) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara toʻlovlari jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq toʻlov muddati kelganda ijarachidan oldin olingan boʻnaklarni qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6390 “Boshqa olingan boʻnaklar” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
z) mulkni qisqa muddatli ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara toʻlovlari jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq toʻlov muddati kelganda ijarachidan oldin olingan boʻnaklarni qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6390 “Boshqa olingan boʻnaklar” schyoti;
kredit 4820 “Qisqa muddatli ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti;
i) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash xarajatlarining ijaraga beruvchi tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
kredit turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
k) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash xarajatlarini qoplash uchun pul mablagʻlari oʻtkazilganda:
debet turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
31. Qisqa muddatli ijara bilan bogʻliq operatsiyalar ijarachining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara toʻlovlari hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 schyotlar va qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab boshqa schyotlar);
kredit 6910 “Toʻlanadigan qisqa muddatli ijara” schyoti;
b) ijaraga beruvchiga ijara toʻlovlari toʻlanganda:
debet 6910 “Toʻlanadigan qisqa muddatli ijara” schyoti;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
v) ijara toʻlovlari jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq toʻlov muddati kelmagan ijara toʻlovlari boʻyicha boʻnak toʻlanganda:
debet 4330 “Boshqa berilgan boʻnaklar” schyoti;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
g) ijara toʻlovlari jadvali (tartibi) ga yoki qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq toʻlov muddati kelganda ijaraga beruvchiga oldin toʻlangan boʻnaklarni qoplashga (hisoblashishga) olinganda:
debet 6910 “Toʻlanadigan qisqa muddatli ijara” schyoti;
kredit 4330 “Boshqa berilgan boʻnaklar” schyoti;
d) qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash boʻyicha kapital qoʻyilmalar amalga oshirilganda:
debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
e) qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar qaytarilganda kapital qoʻyilmalarni hisobdan chiqarish:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
j) qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash boʻyicha kapital qoʻyilmalar qiymatining ijaraga beruvchi tomonidan qoplanadigan summasiga:
debet 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
z) qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash boʻyicha kapital qoʻyilmalarning berilishidan foyda koʻrilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
i) qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash boʻyicha kapital quyilmalarning berilishidan zarar koʻrilganda:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
k) qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash boʻyicha kapital qoʻyilmalar qiymatini qoplash uchun ijaraga beruvchidan pul mablagʻlari kelib tushganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti.
Qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar qaytarib berilganda balansdan tashqari schyot hisoblangan 001 “Qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti kreditlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 291-modda)