1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qarshi shahrining bosh rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Qarshi shahrini kompleks rivojlantirish, qurilish ishlarini rejalashtirish, mazkur ishlarning sifati va darajasini oshirish, shaharning meʼmoriy-rejalashtirish qiyofasini hamda infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.08.00 Aholi punktlarining bosh rejalari]
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan taʼminlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qaroriga muvofiq shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiquvchi etib belgilangan “OʻzshaharsozlikLITI” bosh loyiha instituti davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — bosh loyiha tashkiloti) tomonidan Qarshi shahri bosh rejasining loyihasi ishlab chiqilganligi;
b) Qarshi shahri bosh rejasining loyihasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilganligi;
v) ishlab chiqilgan Qarshi shahri bosh rejasining loyihasida 2042-yilgacha boʻlgan davrda Qarshi shahrining Koson, Qarshi va Koʻkdala tumanlari hududiga (7 767 gektar) kengayishi hisobga olinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Bosh loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgan Qarshi shahrining bosh rejasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq asosiy yechimlari va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birgalikda tasdiqlansin.
3. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qisqa, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan qurilish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rejalashtirishni hisobga olgan holda, Qarshi shahrining bosh reja loyihasini amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) mazkur qarorga asosan tasdiqlangan Qarshi shahrining bosh rejasi loyihasiga muvofiq Qarshi shahri chegarasini oʻzgartirish yuzasidan iltimosnomani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
v) manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin:
bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan koʻchalarning qizil chiziqlari doirasidagi maydonlarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkalarining bosh rejaga zid ravishda egallab olinishini cheklash;
bosh rejaga asosan yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat zonasi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish, koʻkalamzorlashtirish va daraxt ekish uchun moʻljallagan rekreatsiya zonalarida boshqa maqsadlar uchun bosh rejaga zid ravishda obyektlarni joylashtirish hamda qurilish ishlarini amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida doimiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlash;
bino va inshootlarni joylashtirishda tarixiy zona va shaharning boshqa hududlarida joylashgan madaniy yodgorliklarning muhofaza zonalari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
energiya tejamkor zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali suv taʼminoti, oqova suv, irrigatsiya, elektr energiyasi, gaz, issiqlik va telekommunikatsiyalar taʼminoti obyektlarini modernizatsiya qilish;
hududning shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi mavjud maydonlar, obodonlashtirilgan xiyobonlar va bogʻlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish orqali shaharning meʼmoriy qiyofasini yaxshilash;
uy-joy, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat, sanʼat va dam olish obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash hisobidan ijtimoiy va turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
ilmiy gidrogeologik tadqiqotlar asosida sizot suvlar sathini pasaytirish boʻyicha shahar hududini muhandislik jihatidan tayyorlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
g) birinchi navbatda qurilish ishlari olib boriladigan hududlarning batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqsin hamda ularni bosqichma-bosqich amalga oshirilishini tashkil etsin;
d) Qarshi shahrining bosh rejasi loyihasini kompleks amalga oshirilishi yuzasidan mualliflik nazoratini oʻrnatish boʻyicha bosh loyiha tashkiloti bilan shartnoma imzolash, ishlarni bajarish va moliyalashtirish oʻz vaqtida tashkil etilishini taʼminlasin.
4. Belgilansinki, xorijiy investorlar, ijtimoiy soha muassasalari va mahalliy investorlar tomonidan kiritilgan takliflar (loyihalar) Qarshi shahrining bosh rejasiga ushbu obyektlarni kiritish maqsadida Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashida koʻrib chiqiladi va kelishiladi.
5. Bosh loyiha tashkilotiga Qarshi shahrining tasdiqlangan bosh rejasi loyihasining kompleks amalga oshirilishi ustidan mualliflik nazoratini toʻlaqonli taʼminlash yuzasidan masʼuliyat yuklansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “2030-yil davrigacha Qarshi shahrining bosh rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 23-sentabrdagi 262-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-fevral,
105-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 105-son qaroriga 1-ILOVA
Qarshi shahri bosh rejasining
ASOSIY YECHIMLARI
Qarshi shahrining bosh rejasida aholi punkti hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, hududlarning zonalashtirilishi va ularni qurish navbati, aholi punkti hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari, aholi punktining qurilgan va qurilmagan hududlari nisbati, aholi punktini rivojlantirish uchun zaxira hududlar va chegaralar hamda aholi punktining iqtisodiy, sanoat va hududiy salohiyati, aholining koʻpayish surʼatini nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilangan.
Shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda shaharning xalq xoʻjaligi, sanoat salohiyati, ishchi resurslari, tabiiy-ekologik muhitning rivojlanishi Qashqadaryo viloyati va Qarshi shahrining shu sohalardagi rivojlanish yoʻnalishi bilan bogʻliq.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
Qarshi shahrida 2030-yil (keyingi oʻrinlarda — birinchi navbat) va 2042-yil oxiriga qadar (keyingi oʻrinlarda — hisob davri) kuyidagilar rejalashtirilgan:
1. Aholi soni va hududi:
aholi soni oʻsishi — 283,15 ming kishidan, birinchi navbatda — 400,0 ming kishi va hisob davrida — 470,0 ming kishi;
shaharning hududi — 8 308,9 gektardan, birinchi navbatda — 11 026,8 gektar va hisob davrida — 16 073,6 gektarga oʻzgaradi.
2. Uy-joy qurilishi va uy-joy fondi:
uy-joy fondi umumiy maydoni — 3 992,27 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 7 200,0 ming kv. metr, hisob davrida — 10 810,0 ming kv. metr;
uy-joy fondi bilan taʼminlanish darajasi, bir kishiga — 14,1 kv. metrdan, birinchi navbatda — 18,0 kv. metr, hisob davrida — 23,0 kv. metrga oʻzgaradi;
uy-joy fondi qisqarishi, birinchi navbatda — 89,75 ming kv. metr, hisob davrida — 100,37 kv. metrni tashkil qiladi.
Hisobiy muddatda uy-joy fondi qavatlar kesimida:
1 qavatli yakka tartibdagi uylar — 2 700,52 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 5 308,24 ming kv. metr va hisob davrida — 8 261,35 ming kv. metr;
2 qavatli kottej uylar — 211,7 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 501,8 ming kv. metr va hisob davrida — 698,93 ming kv. metr;
2-3 qavatli uylar — 165,11 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 169,62 ming kv. metr va hisob davrida — 137,14 ming kv. metr;
4-5 qavatli uylar — 840,51 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 890,72 ming kv. metr va hisob davrida — 1 102,22 ming kv. metr;
7 qavatli uylar — 56,04 ming kv. metrdan,birinchi navbatda — 159,76 ming kv. metrdan va hisob davrida — 221,69 ming kv. metr;
9 qavatli uylar birinchi navbatda — 43,34 ming kv. metr va hisob davrida — 95,0 ming kv. metr;
12 qavatli uylar — 2,86 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 37,09 ming kv. metrdan va hisob davrida — 92,16 ming kv. metr;
16 qavatli uylar — 11,9 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 47,85 ming kv. metrdan va hisob davrida — 86,61 ming kv. metr;
20 qavatli uylar, birinchi navbatda — 14,25 ming kv. metr va hisob davrida — 43,79 ming kv. metrga oʻzgaradi;
3. Ijtimoiy sohada:
aholining ijtimoiy soha obyektlariga boʻlgan talabini amaldagi meʼyorlarga moslashtirish maqsadida soha koʻrsatkichlari quyidagi tarzda oʻzgaradi:
maktabgacha taʼlim muassasalari, birinchi navbatda — 22 000 oʻrinni va hisob davrida — 29 140 oʻrinni;
umumtaʼlim maktablari, birinchi navbatda — 64 000 oʻrinni va hisob davrida — 74 260 oʻrinni;
shifoxonalar, birinchi navbatda — 9 924 oʻrin, hisob davrida — 11 661 oʻrin;
poliklinikalar bir smenada, birinchi navbatda — 18 400 ta tashrifni, hisob davrida — 21 760 ta tashrifni;
doʻkonlar, birinchi navbatda savdo maydoni — 102 020 kv. metr, hisob davrida savdo maydoni — 146 120 kv. metrni;
umumiy ovqatlanish korxonalari, birinchi navbatda — 18 400 oʻrinni, hisob davrida — 24 650 oʻrinni;
klublar, madaniyat saroylari, birinchi navbatda — 14 800 oʻrinni, hisob davrida — 19 775 oʻrinni;
kinoteatrlar, birinchi navbatda — 8 000 oʻrinni, hisob davrida — 12 960 oʻrinni;
teatrlar, birinchi navbatda — 837 oʻrinni, hisob davrida — 3 325 oʻrinni;
mehmonxonalar, birinchi navbatda — 2 400 oʻrinni, hisob davrida — 2 800 oʻrinni;
maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, birinchi navbatda — 2 800 ish oʻrinlarini, hisob davrida — 4 265 ish oʻrinlarini tashkil qiladi.
4. Jamoat transporti, avtomobil yoʻllari va koʻchalar hisob davrida:
shahar magistral koʻchalarning uzunligi, birinchi navbatda — 155,35 km, hisob davrida — 291,33 km;
shahar koʻcha tarmogʻining zichligi, birinchi navbatda — 1,41 km/kv. metr, hisob davrida — 1,81 km/kv. metr;
yiliga tashiladigan yoʻlovchilar, birinchi navbatda — 160,0 million yoʻlovchi, hisob davrida — 235,0 million yoʻlovchini tashkil qiladi.
5. Muhandislik va texnik infratuzilma sohalari boʻyicha hisob davrida:
Suv taʼminoti boʻyicha:
ichimlik suvining umumiy taʼminoti, birinchi navbatda kuniga — 104,0 ming kub. metr, hisob davrida kuniga — 122,2 ming kub. metr;
kommunal-maishiy ehtiyojlar, birinchi navbatda kuniga — 80,0 ming kub. metr, hisob davrida — 94,0 ming kub. metr;
sanoat va ishlab chiqarish ehtiyojlari, birinchi navbatda kuniga — 12,0 ming kub. metr, hisob davrida — 14,1 ming kub. metr;
hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar, birinchi navbatda kuniga — 12,0 ming kub. metr, hisob davrida — 14,1 ming kub. metrni tashkil qiladi.
Kanalizatsiya boʻyicha:
Umumiy oqova suv hajmi, birinchi navbatda, kuniga — 49,67 ming kub. metr, hisob davrida — 74,17 ming kub. metr;
tozalash inshootlarining umumiy quvvati, birinchi navbatda, kuniga — 60,0 ming kub. metr, hisob davrida — 90,0 ming kub. metr;
uy-joy fondining kanalizatsiya tarmogʻi bilan taʼminlanishi, birinchi navbatda — 53,0 foiz, hisob davrida — 70 foizni tashkil qiladi;
Issiqlik taʼminoti boʻyicha:
umumiy markazlashgan issiqlik taʼminoti quvvati, birinchi navbatda — 491,535 Gkal/soat, hisob davrida — 710,985 Gkal/soat;
uy-joy fondi, birinchi navbatda — 117,012 Gkal/soat, hisob davrida — 151,273 Gkal/soat;
kommunal-maishiy ehtiyojlar, birinchi navbatda — 374,515 Gkal/soat, hisob davrida — 374,515 Gkal/soatni tashkil qiladi.
Gaz taʼminoti boʻyicha:
gazning umumiy isteʼmoli, birinchi navbatda, yiliga — 230 041,9 ming kub. metr, hisob davrida — 332 735,1 ming kub. metr;
isitish qozonxonalariga gaz taʼminoti, birinchi navbatda, yiliga — 137391,9 ming kub. metr, hisob davrida — 223 515,1 ming kub. metr;
uy-joy fondi gaz taʼminoti, birinchi navbatda, yiliga — 52 800,0 ming kub. metr, hisob davrida — 62 040,0 ming kub. metr;
kommunal-maishiy ehtiyojlar gaz taʼminoti, birinchi navbatda, yiliga — 18 650,0 ming kub. metr, hisob davrida — 22 430,0 ming kub. metr;
sanoat va ishlab chiqarish korxonalari gaz taʼminoti, birinchi navbatda, yiliga — 21 200,0 ming kub. metr, hisob davrida — 24 750,0 ming kub. metrni tashkil qiladi.
Elektr taʼminoti boʻyicha:
umumiy elektr energiyasi isteʼmoli, birinchi navbatda, yiliga — 965,6 million kVt.s, hisob davrida — 1 131,7 million kVt.s;
uy-joy, kommunal-maishiy ehtiyojlar, birinchi navbatda — 880,0 million kVt.s, hisob davrida — 1 034,0 million kVt.s;
sanoat va ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlari, birinchi navbatda — 64,8 million kVt.s, hisob davrida — 75,6 million kVt.s;
hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar, birinchi navbatda — 20,8 million kVt.s, hisob davrida — 22,1 million kVt.s.ni tashkil qiladi.
Sanitar tozalash boʻyicha:
qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmi, birinchi navbatda — 436,0 ming kub. metr, hisob davrida, yiliga — 512,3 ming kub. metr;
qattiq maishiy chiqindi poligoni, chiqindixonalarning foydalanish hududi, birinchi navbatda — 17,9 gektar, hisob davrida — 27,0 gektarni tashkil qilish rejalashtirilgan.
6. Shaharni funksional hududlashtirish va meʼmoriy rejalashtirish:
Qarshi shahrining rejalashtirish tarkibi, aholi joylashgan hududning guruh tizimi markazi — umuman tizimning guruhini tashkil qilish bilan bogʻliq omillar majmuasini hisobga olgan holda shakllantirilgan boʻlib, bunda rivojlanish va fazoviy oʻsishni hisob-kitob davri chegaralaridan tashqari amalga oshirish imkoniyatini taʼminlaydi. Hududlardan funksional foydalanish ustuvorligini hisobga olib, asosiy boʻlgan aholi punktining turar joy hududi ishlab chiqarish, koʻkalamzor, manzara-dam olish hamda maʼmuriy markaz qismlariga boʻlingan.
Guruh tizimining asosiy kompozitsion oʻqlarining rolini Qarshi shahrini Toshkent, Buxoro, Termiz, Urganch va Nukus shaharlari bilan bogʻlaydigan yoʻnalishlar bajaradi.
Shaharning qabul qilingan loyihalashtirish va rejalashtirish tuzilishi yaxlit organizmni yaratishni nazarda tutadi, unda shaharning turli tabiatdagi qismlari, shuningdek, shaharga tutash qishloq aholi punktlari katta shaharsozlik tizimiga kiritilgan boʻlib, ular shahar guruh tizimining markazi sifatida mavqeyini hisobga oladi.
Shaharning arxitektura-rejalashtirish tuzilishining asosini koʻkalamzorlashtirilgan va suv chiqadigan boʻshliqlar bilan birlashtirgan, tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxona, alohida maʼmuriy, savdo, madaniy, maʼrifiy va sport majmualarini oʻz ichiga olgan shahar ahamiyatiga ega jamoat markazlari tizimi tashkil etadi.
Jamoat markazlarining chiziqli-tugun tuzilishi uy-joylar va fuqarolik qurilishi surʼatlariga muvofiq shahar hududlarini egallashga imkon beradi va shahar qurilishining barcha bosqichlarida stilistik birlikni qoʻllab-quvvatlaydi.
Tarixiy zonada rekonstruksiya ishlari, eskirgan binolarni buzish va alohida mavzelarni mustahkamlash ishlari qonunchilikda belgilangan tartiblarga qatʼiy amal qilgan holda amalga oshiriladi. Tarixiy zonaning chekkasida, obidalar joylashgan hududlarda transport harakati tartibga solinishi koʻzda tutilgan.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 18-yanvardagi 2024-yil 14-son “SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
2013-yilda ishlab chiqilgan bosh rejadagi asosiy funksional hududlar saqlab qolingan va unga qisman oʻzgartirishlar kiritilgan. Ishlab chiqilgan bosh reja loyihalarida shahar va shaharchalar uchun markaziy madaniyat va istirohat bogʻlari, kichik yashil hududlar va dam olish xiyobonlari joylashtirilganligi, bundan tashqari har bir turar joy hududi markazlarida piyodalar yoʻlagi, veloyoʻlaklar, avtomobil yoʻllari va sanitariya himoya hududlari inobatga olinganligi, madaniyat va istirohat bogʻlarining boshqa yashil hududlar bilan oʻzaro bogʻlanishi natijasida hududlarning yaxlit yashil tizimi hosil qilingan. Buning natijasida mavjud yashil maydonlarning loyiha hisob davrida kishi boshiga koʻkalamzorlashtirilgan yashil tizim maydoni koʻpayishiga erishilgan.
Ushbu hududlar asosida turar joy boʻyicha 35,0 gektar hamda sanoat va ishlab chiqarish hududlari uchun 20,0 gektar zaxira yer maydonlari bosh reja loyihasida rejalashtirilgan.
7. Shaharning ekologik rivojlanishi:
Shaharchalarda ekologik muhitni yaxshilash, atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatish omillarini kamaytirish maqsadida ekologik talablarga mos ravishda loyihada quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
umumiy foydalanishdagi koʻkalamzor hududlar, hisob davrida — 423,0 gektarni va kishi boshiga — 9,0 kv. metr;
sanitar-himoya hududlar, hisob davrida — 586,7 gektar va kishi boshiga — 12,48 kv. metr.
Muhandislik ishlari boʻyicha hududni tayyorlash tadbirlari loyiha qismlarida hududdagi yogʻin suvlarini toʻgʻri yoʻnalish orqali chiqarish, ulardan unumli foydalanish, ariqlar va kanallar orqali yashil hududlarni sugʻorishda:
sugʻorish hududi, hisob davrida — 8 052,6 gektar;
suv miqdori — 10 066,0 l/sek;
yerosti sizot suvlari sathini kamaytirish hududi, hisob davrida — 5 650 gektarni tashkil etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 105-son qaroriga 2-ILOVA
Qarshi shahri bosh rejasining
TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARI
T/r
Koʻrsatkichlar
Oʻlchov birligi
Hozirgi holati
Birinchi navbat
Hisob davri
1
2
3
4
5
6
I
Aholi
Shahar aholisi soni
ming kishi
283,15
400,0
470,0
Shaharning maʼmuriy-hududiy rivojlanishida unga qoʻshilayotgan aholi punktlari
ming kishi
76,4
Aholining yosh tarkibi:
ming kishi
%
283,15
100,0
400,0
100,0
470,0
100,0
maktabgacha yoshdagi bolalar (0 — 6 yosh)
ming kishi
%
36,24
12,8
50,4
12,6
58,28
12,4
maktab yoshidagi bolalar (7 — 15 yosh)
ming kishi
%
45,87
16,2
64,0
16,0
74,26
15,8
mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (16 yoshdan 59 yoshgacha boʻlgan erkaklar, 16 yoshdan 54 yoshgacha boʻlgan ayollar)
ming kishi
%
177,54
62,7
252,0
63,0
297.51
63,3
mehnatga layoqatli yoshdan katta aholi
ming kishi
%kishi%
23,5
8,3
33,6
8,4
39,95
8,5
Aholining mehnat tarkibi:
shaharni shakllantiruvchi guruh
ming kishi
%
62,29
22,0
92,0
23,0
112,8
24,0
shaharga xizmat koʻrsatuvchi guruh
ming kishi
%
53,8
19,0
90,0
22,5
108,1
23,0
ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim oluvchi 16 yoshdan katta oʻquvchilar
ming kishi
%
26,33
9,3
26,4
6,6
29,1
6,2
ishsizlar va shaxsiy, maishiy va yordamchi xoʻjaliklarda band boʻlganlar
ming kishi
%
37,38
13,2
46,0
11,5
49,8
10,6
II
Shaharni shakllantirish ahamiyatiga ega obyektlar
Sanoat korxonalari
kishi
%
9603
100,0
13263
100,0
15690
100,0
Ilmiy tadqiqot va loyihalashtirish tashkilotlari
ming kishi
1151
1400
1500
Pedagogik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni
ming kishi
4,77
5,57
5,67
Maʼmuriy, xoʻjalik va jamoattashkilotlari
ming kishi
9,87
10,5
11,5
Qurilish tashkilotlari
ming kishi
9,35
11,0
13,0
Tayyorlov-taʼminot tashkilotlari
ming kishi
0,92
1,1
1,2
Transport:
havo transporti
ming kishi
0,31
0,35
0,4
temir yoʻl transporti
ming kishi
0,58
0,7
0,8
avtomobil transporti
ming kishi
4,0
8,9
10,8
Sogʻliqni saqlash muassasalari
ming kishi
6,61
12,0
15,3
Dam olish va turizm muassasalari
ming kishi
0,27
0,45
0,65
Qishloq xoʻjaligi
ming kishi
0,44
0,5
0,6
Boshqa tashkilotlar
ming kishi
0,38
0,47
0,63
III
Hudud
Shahar chegarasidagi hudud
ga
kv.m/kishi
8308,9
293,44
11026,8
275,67
16073.6
341,98
A)
Turar joy hududlari, jami
ga
kv.m/kishi
6851,94
241,99
9531,43
238,29
13694.23
291,37
Shu jumladan:
Turar joy hududlari
ga
kv.m/kishi
4076.34
143,96
7100,53
177,51
10342.03
220,04
Xizmat koʻrsatish korxonalari
ga
kv.m/kishi
950,8
33,58
954.6
23,86
1316,1
28,0
Umumiy foydalanishdagi koʻklamzorlar
ga
kv.m/kishi
178,4
6,3
320,0
8,0
423,0
9,0
Sport inshootlari va maydonlari
ga
kv.m/kishi
27,45
0,98
105,0
2,63
125,0
2,66
Kanal, kollektor, ariqlar
ga
kv.m/kishi
62,4
2,2
281,5
7,04
281,5
5,99
Magistral koʻchalar tarmogʻi
ga
kv.m/kishi
227,2
8,0
260,2
6,5
657,5
13,99
Qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga ega hududlar
ga
kv.m/kishi
830,95
29,35
174,4
2,36
174,4
3,71
Boshqa hududlar
ga
kv.m/kishi
489,1
17,27
325,9
8,16
330,4
7,03
Maxsus hudud
ga
kv.m/kishi
9,3
0,33
9,3
0,23
9,3
0,2
Turar joy zaxiralari hududi
ga
kv.m/kishi
-
-
35,0
0,75
B)
Aholi turar joylaridan tashqari hududlar, jami
ga
kv.m/kishi
1456,96
51,45
1495,37
37,8
2378.77
50,61
shu jumladan:
Sanoat korxonalari, qurilishkorxonalari, tayyorlov-taʼminottashkilotlari omborxonalari
ga
kv.m/kishi
714,56
25,24
726,47
18,16
1085.17
23,09
Koʻchalar, yoʻllar, oʻtish yoʻllari
ga
kv.m/kishi
48,6
1,72
53,0
1,32
159,6
3,39
Tashqi transport hududi
ga
kv.m/kishi
523,8
18,49
523,8
13,1
523,8
11,15
Issiqxonalar
ga
kv.m/kishi
15
0,12
15
0,09
15
0,07
Tashqi trasport
ga
kv.m/kishi
523,8
18,49
523,8
13,1
523,8
11,15
Sanitar-himoya hududi
ga
kv.m/kishi
166,5
5,88
188,6
4,71
586,7
12,48
Sanoat zaxira hududi
ga
kv.m/kishi
-
-
20,0
0,43
IV
Aholi zichligi
shahar chegarasidagi hudud boʻyicha
kishi/ga
41,3
42,0
34,3
turar joy hududi boʻyicha
kishi/ga
34,1
36,3
29,2
V
Uy-joy qurilishi
Uy-joy fondi umumiy maydoni
ming kv.m
3992,27
7200,0
10810,0
Uy-joy fondini qavatlar soni boʻyicha taqsimlash:
ming kv.m
%
3992.27
100,0
7200,0
100,0
10810.0
100,0
1 qavatli yakka tartibdagi uylar
ming kv.m
%
2700.52
67,64
5308.24
73,73
8261,35
76,42
2 qavatli kottej uylar
ming kv.m
%
211,7
5,3
501,8
6,97
698.93
6,47
2-3 qavatli uylar
ming kv.m
%
165,11
4,15
169,62
2,36
137,14
1,28
4-5 qavatli uylar
ming kv.m
%
840,51
21,05
890.72
12,37
1102.22
10,19
7 qavatli uylar
ming kv.m
%
56,04
1,4
159,76
2,22
221.69
2,05
9 qavatli uylar
ming kv.m
%
-
43,34
0,6
95,0
0,87
12 qavatli uylar
ming kv.m
%
2,86
0,07
37,09
0,52
92,16
0,85
14 qavatli uylar
ming kv.m
%
3,63
0,1
27,19
0,38
71,11
0,66
16 qavatli uylar
ming kv.m
%
119
0,29
47,85
0,66
86,61
0,8
20 qavatli uylar
ming kv.m
%
-
14,25
0,19
43,79
0,41
uy-joy fondi bilan taʼminlanish darajasi
kv.m/kishi
14,1
18,0
23,0
uy-joy fondi qisqarishi
ming kv.m
-
89,75
100,37
yangi qurilishga nisbatan
%
-
4,0
2,7
mavjud uy-joy fondiga nisbatan
%
-
2,2
2,5
Yangi uy-joy qurilishlari
ming kv.m
%
-
2220.86
100,0
3540.62
100,0
1-qavatli yakka tartibdagi uylar
ming kv.m
%
-
1658.37
74,67
2851.11
80,52
2 qavatli kottej uylar
ming kv.m
%
-
281,83
12,7
197,13
5,58
4-5 qavatli uylar
ming kv.m
%
-
25,61
1,15
211,5
5,97
7 qavatli uylar
ming kv.m
%
-
103,72
4,67
61,93
1,75
9 qavatli uylar
ming kv.m
%
-
43,34
1,95
51,66
1,46
12 qavatli uylar
ming kv.m
%
-
34,23
1,54
55,07
1,56
14 qavatli uylar
ming kv.m
%
-
23,56
1,06
43,92
1,24
16 qavatli uylar
ming kv.m
%
-
35,95
1,62
38,76
1,09
20 qavatli uylar
ming kv.m
%
-
14,25
0,64
29,54
0,83
VI
Ijtimoiy soha qurilishi
Maktabgacha taʼlim muassasalari, jami
oʻrin
11794
22000
29140
1000 kishiga
oʻrin
41,6
55
62
Umumtaʼlim maktablari, jami
oʻrin
38066
64000
74260
1 000 kishiga
oʻrin
134,4
160
158
Shifoxonalar, jami
oʻrin
6124
9924
11661
1000 kishiga
oʻrin
21,6
24,81
24,81
Poliklinikalar, jami
qatnov
8226
18400
21760
1000 kishiga
qatnov
29,1
44
44,3
Doʻkonlar, jami
kv.m savdo maydoni
52210
102020
146120
1000 kishiga
kv.m savdo maydoni
184,4/37,8
155/51,0
310,9/60,4
Umumiy ovqatlanish korxonalari, jami
oʻrin soni
8085
18400
24650
1000 kishiga
oʻrin soni
28,5/5,9
46,0/9,2
52,5/10,2
Klublar, madaniyat saroylari, jami
oʻrin
850
14800
19775
1000 kishiga
oʻrin
3
37
42
Kinoteatrlar, jami
oʻrin
-
8000
12960
1000 kishiga
oʻrin
-
20
27,6
Teatrlar, jami
oʻrin
-
837
3325
1000 kishiga
oʻrin
-
2,9
7,0
Mehmonxonalar, jami
oʻrin
1806
2400
2800
1000 kishiga
oʻrin
6,4
6,0
6,0
Kir yuvish korxonalari, jami
1 kg quruq kiyim smenada
7650
42400
64200
1000 kishiga
27,0
106
137
Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, jami
ishchi oʻrni
425
2800
4265
1000 kishiga
ishchi oʻrni
1,5
7
9,1
VII
Shahar jamoat transporti va magistral koʻchalar tarmogʻi
Bir kishining bir yilda barcha shahar transport vositalarida qatnovlari soni
qatnov
300
400
500
Yiliga tashiladigan yoʻlovchilar soni
mln.yoʻlov.
96,0
160,0
235,0
Shahar transporti yoʻllarining uzunligi
km
192,1
155,35
291,33
VIII
Shahar magistral yoʻllari, koʻchalar tarmoqlari
Shahar magistral koʻchalarining uzunligi, jami
km
88,0
155,35
291,33
jumladan:
shahar ahamiyatiga ega magistral yoʻllar
km
55,4
80,66
162,53
Shahar koʻcha tarmogʻining zichligi, jami
km/kv.m
1,06
1,41
1,81
jumladan:
shahar ahamiyatidagi magistrallar
km/kv.m
0,66
0,73
1,01
Bir yoʻnalish qatnovining oʻrtacha vaqt sarfi
min
9,35
8,48
Yirik muhandislik — transportinshootlarining soni
obyekt
3
7
14
IX
Muhandislik tarmoqlari va obodonlashtirish
A)
Ichimlik suvi va taʼminot
Ichimlik suvining umumiy taʼminoti,
jami:
ming kub.m kuniga l/kun. kishi
68,98
244
104,0
260
122,20
260
kommunal-maishiy ehtiyojlar
ming kub.m kuniga l/kun.kishi
39,8
141
80,0
200
94,0
200
sanoat va ishlab chiqarish ehtiyojlari
ming kub.m/ kuniga
5,56
12,0
14,1
hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar
ming kub.m/ kuniga
23,62
12,0
14,1
Suv inshootlari quvvati
ming kub.m/ kuniga
112,0
124,8
147,0
Suv olish manbalari:
Kitob — Shahrisabz yer osti suvlari (zaxira suv taʼminoti manbasi — Hisorak suv omborining suvlari);
ming kub.m/ kuniga
112,0
124,8
147,0
Uy-joy fondini markazlashtirilgan suv taʼminoti bilan taʼminlash
%%
95,0
100,0
100,0
B)
Kanalizatsiya
Umumiy oqova suv hajmi, jami
ming kub.m/ kuniga
25,16
49,67
74,17
shu jumladan:
xoʻjalik-maishiy chiqindi oqova suvlari
ming kub.m/ kuniga
21,36
38,16
59,22
sanoat oqova suvlari
ming kub.m/ kuniga
3,80
9,60
11,99
hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar
ming kub.m/ kuniga
-
1,91
2,96
Tozalash inshootlarining umumiy quvvati
ming kub.m/ kuniga
25,0
60,0
90,0
Uy-joy fondining oqova suv tarmogʻi bilan taʼminlanganligi
%
51,3
53,0
70,0
V)
Elektr taʼminoti
Umumiy elektr energiyasi isteʼmoli
yiliga mln. kVt.s.
444,276
965,6
1131,7
jumladan:
uy-joy, kommunal-maishiy ehtiyojlaruchun
yiliga mln. kVt.s.
368,095
880,0
1034,0
sanoat va ishlab chiqarish korxonalari
yiliga mln. kVt.s.
61,301
64,8
75,6
hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar
yiliga mln. kVt.s.
14,88
20,8
22,1
G)
Issiqlik taʼminoti
umumiy markazlashgan issiqliktaʼminoti quvvati
MVt
(Gkal/s)
-
571,65
(491,535)
826,9
(710,985)
Issiqlik taʼminoti, jami
MVt
(Gkal/s)
21,215
(18,5)
571,65
(491,535)
826,9
(710,985)
jumladan:
uy-joy fondi
MVt
(Gkal/s)
21,215
(18,5)
136,085
(117,012)
175,93
(151,273)
kommunal-maishiy ehtiyojlar
MVt
(Gkal/s)
-
435,56
(374,515)
435,56
(374,515)
Uy-joy fondining markazlashtirilgan isitish va issiq suv manbai bilan taʼminlanganligi
%
23,5
100,0
100,0
D)
Gaz taʼminoti
Gazning umumiy isteʼmoli (jami)
yiliga ming n.m.kub
222693,2
230041,9
332735,1
jumladan:
uy-joy fondi gaz taʼminoti
yiliga ming n.m.kub
160480,0
52800,0
62040,0
kommunal-maishiy ehtiyojlar gaz taʼminoti
yiliga ming n.m.kub
30180,2
18650,0
22430,0
isitish qozonlari gaz taʼminoti
yiligamingn.m.kub
1270,7
137391,9
223515,1
sanoat va ishlab chiqarish korxonalari gaz taʼminoti
yiliga ming n.m.kub
30762,3
21200,0
24750,0
Tabiiy gaz bilan taʼminlanganxonadonlar
miqdori
74192
79620
93125
Uy-joy fondlarining tabiiy gaz bilan taʼminlanganligi
%
100
100
100
E)
Sanitar tozalash inshooti hududi
qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmi
ming m.kub/yil
308,0
436,0
512,3
qattiq maishiy chiqindi poligoni, chiqindixonalarning foydalanish hududi
ga
29,0
5,8
29,0
17,9
29,0
27,0
Chiqindilarni qayta ishlash zavodi
soni/ming m.kub/yil
1
120
1
120
1
165
X)
Hududni muhandislik tayyorlash
Sugʻorish maydoni
ga
3220,3
4896,4
8052,6
yashil maydonlarni sugʻorish uchun hisoblangan suv miqdori
l/sek.
5367,0
6995,0
10066,0
yerosti sizot suvlari sathini kamaytirish hududi
ga
1764,0
2772,0
5650,0
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 09/25/105/0179-son)