1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda homilador ayollar, yangi tugʻilgan bolalar, reproduktiv yoshdagi aholi orasida ekstragenital, tugʻma va irsiy kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilishning yuqori texnologik amaliyotlarini joriy etish, bolalar oʻlimi va tugʻma nogironlikning oldini olish, sogʻlom oilani shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-296-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekistonning Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining chaqaloqlar tirik tugʻilishiga oid mezonlariga toʻliq oʻtishini tashkil etish, perinatal yordam koʻrsatishni yanada rivojlantirish hamda tugʻuruqqa koʻmaklashish sohasidagi tibbiyot muassasalarida onalar va chaqaloqlarga sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-296-son qaroriga muvofiq 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi, Respublika “Ona va bola skrining” markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz);
hududiy perinatal, aholi reproduktiv salomatligi hamda “Ona va bola skrining” markazlari negizida Markazning 14 ta hududiy filiallari tashkil etilgani;
b) Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) oʻrtasida 2024-yil 20-noyabrda “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yil muddatga jami 100 million AQSH dollari miqdorida qarz bitimi imzolangani;
Loyihaning umumiy qiymati 134,09 million AQSH dollariga teng texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilgani va vakolatli davlat organlarida ekspertizadan oʻtkazilgani, bunda 34,09 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushini tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
2. Quyidagilar:
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq va foizlar toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida tugʻuruqqa koʻmaklashish sohasidagi tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy jihozlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Sogʻliqni saqlash vazirligi Loyihaning sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi hamda OTBning qarzidan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
OTB ajratgan qarzni qaytarish, shu jumladan, qarz boʻyicha foiz va komissiyalarni toʻlash, boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Sogʻliqni saqlash vazirligiga Loyiha doirasida keltirilgan tovarlarni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat budjetidan vazirlik uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirishga ruxsat beriladi;
Loyihani boshqarish funksiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi OTB loyihalarini amalga oshirish guruhi zimmasiga yuklanadi, uning taʼminoti Loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlarida koʻrsatilgan OTB mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasining ulushi hisobidan amalga oshiriladi;
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Xaridlar markazi” davlat muassasasi Loyiha doirasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha kontragent vazifasini bajaradi;
Loyiha doirasida xarid qilinadigan tibbiy jihozlar tanlov savdolari eʼlon qilingunga qadar mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda tibbiyot muassasalarini jihozlash meʼyorlari asosida har bir muassasa kesimida tahlil qilinadi.
Bunda tahlillar natijasiga koʻra Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xarid qilinadigan tibbiy jihozlarning roʻyxati, miqdori va texnik tavsiflariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
4. Sogʻliqni saqlash vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga quyidagilarni taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklansin:
Loyiha doirasida xarid qilinishi nazarda tutilgan tibbiy jihozlarni yetkazib berishdan oldin obyektlarda jihozlash uchun tegishli xonalarni tayyorlash;
OTB tartibotlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, zarur hisobot va hujjatlarning vakolatli vazirlik va idoralarga oʻz vaqtida taqdim etilishini tashkil etish;
Loyihani amalga oshirish davrida unda ishtirok etadigan muassasalar ishlarini samarali tashkil etish;
Loyiha doirasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi kelgusi yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini shakllantirishda unga “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasining belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
6. Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va OTB oʻrtasida imzolangan qarz bitimi boʻyicha yuridik xulosa bersin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
7. Tashqi ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining viza talabnomalariga binoan Loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining talabnomalariga asosan Loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik viza rasmiylashtirilishi va uning muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
9. Quyidagilar:
sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov — mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga;
sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosarlari E.I. Basitxanova, F.M. Tashpulatov va O.M. Omonov — Loyihaning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy choralarni koʻrish, OTB qarzidan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash, Loyiha doirasida xarid qilinadigan tibbiy jihozlar tibbiyot muassasalarining ehtiyojlariga muvofiqligini taʼminlash, tibbiyot xodimlarining ulardan foydalanish boʻyicha oʻqitilishini tashkil etishga;
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika perinatal markazi rahbarlari — Loyiha doirasida xarid qilinadigan tibbiy jihozlardan foydalangan holda barcha tugʻuruqqa koʻmaklashish sohasidagi tibbiyot muassasalarida ixtisoslashtirilgan hamda yuqori texnologik diagnostika va davolash amaliyotlarini joriy etish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularning yuqori texnologik tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini doimiy ravishda oshirib borishni tashkil etishga, tibbiy jihozlardan samarali foydalanish va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashga;
hududlar hamda tuman (shahar) darajasidagi tugʻuruqqa koʻmaklashish sohasidagi tibbiyot muassasalari rahbarlari — Loyiha doirasida tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mutaxassislar bilan taʼminlash, xarid qilinishi koʻzda tutilgan tibbiy jihozlardan samarali foydalanish, ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashga masʼul va shaxsiy javobgar etib belgilansin.
10. Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-fevral,
PQ-69-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-69-son qaroriga 1-ILOVA
Osiyo taraqqiyoti banki ishtirokida “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasining asosiy
2-Komponent: Bemorlar perinatal yoʻllanmasining elektron tizimini rivojlantirish
2,72
2,43
0,29
1.2.1.
Oʻqitish uchun asbob-uskunalar va jihozlar
0,41
0,33
0,08
1.2.2.
IT-uskunalar
0,07
0,06
0,01
1.2.3.
Perinatal yordam uchun dasturiy taʼminotni ishlab chiqish
2,24
2,04
0,20
1.3.
3-Komponent: Tugʻuruqqa koʻmaklashish sohasidagi tibbiyot muassasalarida davolanish sifatiga boʻlgan ishonchni oshirish
2,60
2,48
0,12
1.3.1.
Loyihani amalga oshirish uchun konsaltingxizmatlari, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika perinatal markazi bazasida oʻqitish hamda yangi tugʻilgan chaqaloqlarda sepsisning oldini olish uchun ilmiy-asoslangan tadqiqotlar oʻtkazish xarajatlari
1,73
1,68
0,05
1.3.2.
Oʻqitish
0,50
0,50
1.3.3.
Oʻqitish uchun jihozlar
0,37
0,30
0,07
1.4.
4-Komponent:
Onalar salomatligini muhofaza qilishni takomillashtirish boʻyicha konsalting xizmatlari
0,37
0,36
0,01
1.5.
5-Komponent:
Loyihani boshqarish
3,07
2,29
0,78
1.5.1.
Dastlabki va yakuniy tadqiqotlar boʻyicha konsalting xizmatlari va loyiha uchun auditorlik xizmatlari
0,24
0,22
0,02
1.5.2.
Loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan konsultantlar va xizmatlar*****
2,49
1,77
0,72
1.5.3.
Joriy xarajatlar
0,34
0,30
0,04
2.
Koʻzda tutilmagan xarajatlar
12,14
9,84
2,30
3.
Foiz toʻlovlari
6,13
6,13
4.
Muassasalar soni
230 ta
5.
Loyihani amalga oshirish davri
60 oy
6.
Qarzni qaytarish muddati
25 yil
shu jumladan, asosiy qarz uchun imtiyozli davr
5 yil
Izohlar:
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha oʻtkaziladigan tender savdolari natijalariga asosan aniqlanadi.
** Loyihani amalga oshirish doirasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan, shu jumladan, soliqlar va boshqa toʻlovlar shaklidagi xarajatlardan tashkil topgan.
*** Xalqaro va nodavlat tashkilotlar (YUNFPA, YUNISEF, JSST) grantlari hisobidan ushbu loyihada koʻzda tutilgan tibbiy uskunalar xarid qilinganda boʻshaydigan mablagʻlar taqsimlanmagan mablagʻlar hisobiga oʻtkaziladi.
**** Sogʻliqni saqlash vazirligiga loyiha doirasida taqsimlanmagan mablagʻlarni ehtiyojdan kelib chiqib, Osiyo taraqqiyot banki bilan kelishilgan holda qayta taqsimlash vakolati beriladi.
***** Loyihani amalga oshirish uchun, shu jumladan, xaridlar, monitoring, moliya, ekologiya va ijtimoiy masalalar boʻyicha konsultantlar jalb etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-69-son qaroriga 2-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq va foizlar toʻlashning
* Toʻlovlar summasi qarz mablagʻlarini haqiqatda oʻzlashtirish kuniga bogʻliq ravishda aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-69-son qaroriga 3-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida tugʻuruqqa koʻmaklashish sohasidagi tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy jihozlar
ROʻYXATI
T/r
Tibbiy jihoz nomi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Fargʻona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahri
Respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari
Jami soni
JAMI
1217
1715
1072
1031
1622
795
1530
2027
1514
744
1835
1898
1056
1653
438
20147
1.
Past haroratli sterilizator (100 — 150 litr)
1
1
1
1
1
1
1
1
2
1
1
1
1
1
3
18
2.
Ultratovushli yuvish moslamasi (40 — 50 litr)
1
1
1
1
1
1
1
1
2
1
1
1
1
1
3
18
3.
Turli xil pozitsiyalarda tugʻish krovati
43
73
40
42
52
27
51
69
48
34
71
68
44
54
11
727
4.
Katta yoshdagi bemorlar uchun funksional yotoq
29
35
21
26
41
28
44
82
43
29
66
71
37
52
16
620
5.
3 seksiyali gidravlik koʻruv kushetkasi
24
31
21
20
25
17
22
32
23
15
31
26
16
18
7
328
6.
Bemorlar aravachasi
18
22
14
14
18
11
15
21
17
11
21
20
13
12
3
230
7.
Transkutan bilirubinometr
19
23
15
15
19
12
16
22
18
12
22
20
14
13
3
243
8.
Qon gazlari analizatori
13
15
13
8
9
8
12
15
11
7
17
11
7
13
3
162
9.
Qon plazmasi uchun muzlatkich (-40)
5
7
8
6
8
6
8
11
7
4
10
5
3
10
2
100
10.
Raqamli rentgen tizimi (motorli stoli bilan)
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
4
1
1
3
20
11.
Mobil raqamli rentgen apparati
6
8
5
5
7
5
6
10
6
5
20
6
5
12
3
109
12.
Chaqaloqlar portativ ultratovush apparati (doppler va printer bilan komplektda
4
4
4
5
6
5
5
6
6
4
4
4
2
6
3
68
13.
Statsionar doppler (3 ta sensor va printer bilan)
5
5
5
5
6
5
5
6
5
3
6
5
3
6
4
74
14.
Elektrokardiograf (EKG, 12-kanalli)
5
3
4
4
5
3
5
6
6
3
5
3
4
10
2
68
15.
Chaqaloqlar uchun elektron tarozi
36
50
28
42
34
33
30
42
34
22
63
60
26
39
8
547
16.
Chaqaloqlar uchun inkubator
26
29
20
30
21
22
19
28
22
16
53
35
14
24
6
365
17.
Chaqaloqlar uchun mobil inkubator
4
2
3
3
4
2
4
5
5
2
8
2
3
12
4
63
18.
Kardiotokograf (KTG)
36
41
28
31
34
33
30
42
34
22
63
40
26
42
8
510
19.
Fototerapiya lampasi
19
22
15
25
19
12
16
22
18
12
22
20
12
13
0
247
20.
Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun isitish tizimiga ega reanimatsiya stoli
0
44
0
42
34
33
30
40
0
21
63
44
0
36
9
396
21.
Kesarcha kesish uchun jarrohlik toʻplami
32
41
31
26
37
21
34
46
38
17
58
40
27
30
6
484
22.
Vakuum ekstraktor
6
17
10
9
11
7
11
19
11
2
18
18
7
12
3
161
23.
Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun nafas olish apparati (CPAP)
16
20
13
12
16
9
14
20
15
10
19
18
12
18
7
219
24.
Defibrillyator
10
13
7
9
10
7
7
12
7
3
11
12
5
8
3
124
25.
Infuzion nasos
84
104
90
84
85
83
101
104
162
50
165
188
85
84
31
1500
26.
Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun kardiomonitor
26
35
27
27
34
22
28
37
33
23
40
31
23
29
13
428
27.
Muhim hayotiy koʻrsatkichlar monitori, kattalar uchun
37
45
29
29
36
23
34
47
36
23
48
42
27
111
33
600
28.
Muhim hayotiy koʻrsatkichlar monitori, yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun
37
45
29
29
36
23
34
47
36
23
48
42
26
111
33
599
29.
Elektr aspiratsiyali jarrohlik nasosi (0-650 mm simob ustuni)
19
23
16
15
19
12
14
21
17
17
41
32
19
93
18
376
30.
Chaqaloqlar elektrosoʻrgʻichi
20
23
15
15
18
11
16
21
19
15
35
23
16
73
21
341
31.
Chaqaloqlar uchun oʻpkaning sunʼiy ventilyatsiyasi apparati (IVL)
11
17
5
8
5
2
2
5
4
2
1
3
3
9
6
83
32.
Chaqaloqlar va kattalarda sunʼiy oʻpka ventilyatsiyasi uchun koʻchma apparat