1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.09 Boshqa shaxsiy huquq va erkinliklar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Shaxslarni kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash uchun yoʻllash hamda baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-son qarori ijrosini taʼminlash hamda fuqarolarga nogironlikni belgilash jarayonida shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-son qaroriga muvofiq Toshkent shahri va Navoiy viloyatining tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida:
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi koʻrigi uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini yoʻllash oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshirilishi;
“Inson” markazlari xodimlari tomonidan Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining nogironlikni baholash shkalasining mahalliy xususiyatlar va shart-sharoitlarga moslashtirilgan mezonlari asosida 18 yosh va undan katta shaxslarning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash tartibi joriy etilishi belgilanganligi, bunda baholash natijalari 2025-yil 1-sentabrga qadar nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Shaxslarni kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash uchun yoʻllash hamda baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtiroki (keyingi oʻrinlarda — funksionallik)ni baholash uchun tibbiy hujjatlarni yoʻllash tartibi;
funksionallikni baholashdan oʻtkazish tartibi;
funksionallikni baholash natijalarini shakllantirib borish tartibi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi oʻn kun muddatda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida funksionallikni baholash natijalarini shakllantirib borish imkoniyatini yoʻlga qoʻysin.
Bunda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritiladigan texnik oʻzgartirishlar, shuningdek, fuqarolarga ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq “SMS” xabarnomalarini yuborish xarajatlari Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi koʻrigidan oʻtish uchun murojaat qilish imkoniyatini joriy etish yuzasidan texnik hujjatni Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.05.00.00 Nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash (shuningdek, 14.01.10.00ga qarang)]
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi Agentlik bilan birgalikda oʻn kun muddatda:
bosqichma-bosqich Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025-yil 1-sentabrga qadar respublikaning qolgan hududlarida fuqarolarga nogironlikni belgilash masalasida YIDXP orqali oilaviy shifokorga murojaat qilish;
YIDXPda oilaviy shifokor tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi koʻrigiga yoʻllash uchun yoʻllanma berishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
6. Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya sogʻliqni saqlash tizimiga kiruvchi va ushbu qarorga muvofiq davlat xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan mazkur qarorda belgilangan talablar bajarilishi yuzasidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-noyabr,
742-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 742-son qaroriga 1-ILOVA
Shaxslarni kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash uchun yoʻllash hamda baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) 18 yosh va undan katta yoshdagi shaxslarni kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (keyingi oʻrinlarda — funksionallik) baholash uchun yoʻllash hamda baholashdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom 2025-yil 1-sentabrga qadar amal qiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.05.00.00 Nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash (shuningdek, 14.01.10.00ga qarang)]
2. Funksionallikni baholashdan oʻtkazish “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazlari) xodimlari tomonidan Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining nogironlikni baholash shkalasining (WHODAS 2.0) mahalliy shart-sharoitlariga moslashtirilgan mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Bunda funksionallikni baholash fuqarolarning xohishiga koʻra ixtiyoriylik asosida oʻtkaziladi hamda baholash natijalari nogironlikni belgilash yoki oʻzgartirish uchun asos hisoblanmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.
3. Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish hamda shaxs sogʻligʻining holatini baholash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgamuvofiq tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — TIEK) tomonidan amalga oshiriladi.
4. Funksionallikni baholash TIEK koʻrigidan avval oʻtkaziladi.
5. Shaxslarni kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash uchun yoʻllash hamda baholashdan oʻtkazish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Funksionallikni baholash uchun tibbiy hujjatlarni yoʻllash tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
6. Fuqarolar yoki ularning qonuniy vakillari TIEK koʻrigidan oʻtish uchun oʻz xohishiga koʻra tibbiyot muassasasiga, oilaviy shifokorga, “Inson” markaziga, ijtimoiy xodimga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
7. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari koʻrigidan oʻtish boʻyicha soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Bunda soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Soʻrovnoma qabul qilingani va koʻrib chiqilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
8. YIDXP, “Inson” markazi yoki ijtimoiy xodimga qilingan murojaatlar bir ish kuni ichida fuqaroning yashash manzilidagi oilaviy poliklinikaga (oilaviy shifokorlik punktiga) (keyingi oʻrinlarda — oilaviy poliklinika) yuboriladi.
9. Tibbiyot muassasalari nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tasdigʻini topgandan soʻng ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bir ish kuni ichida fuqaroning yashash manzilidagi oilaviy poliklinikaga yuborishlari lozim.
10. Oilaviy poliklinikaga murojaat kelib tushgandan soʻng u bir ish kuni ichida roʻyxatdan oʻtkaziladi va murojaat muallifining yashash manziliga biriktirilgan oilaviy shifokorga oʻrganish uchun yuboriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
11. Oilaviy shifokor murojaatni qabul qilib olgandan soʻng fuqaroni tibbiyot muassasalarida davolanganligiga oid tibbiy hujjatlari mavjudligini hamda TIEK koʻrigiga yoʻllash uchun asoslar bor yoki yoʻqligini aniqlaydi, agar fuqaro tor soha mutaxassislari koʻrigida tibbiy tekshiruvlardan oʻtishi va davolanishi lozim boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlangan klinik bayonnomalar, tashxislash va davolash standartlari (keyingi oʻrinlarda — davolash standartlari)ga muvofiq fuqaro tor soha mutaxassislari koʻrigida tibbiy tekshiruvlardan oʻtish sanasini belgilaydi hamda “SMS” xabar yuborish orqali yoki elektron murojaat qilinganda YIDXP orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ariza beruvchi xabarni olgach, xabarda belgilangan sanada tibbiy tekshiruvlardan oʻtish uchun oilaviy poliklinikaga boradi, bundan fuqaro sogʻligʻi holati boʻyicha oilaviy poliklinikaga bora olmaydigan holatlar mustasno.
Shaxs koʻrikdan oʻtgandan soʻng tor soha mutaxassislari belgilagan tashxis boʻyicha davolanishi oilaviy shifokor tomonidan kuzatib boriladi.
12. Shaxs davolash standartlarida belgilangan muddatlarda davolanib, tibbiy tekshiruvlardan oʻtgandan soʻng organizm funksiyasining turgʻun buzilishi saqlanib qolgan hollarda, TIEK koʻrigiga yoʻllash uchun mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari koʻrigi uchun yoʻllanma (keyingi oʻrinlarda — yoʻllanma) oilaviy shifokorlar tomonidan besh kun ichida rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
13. Oilaviy shifokor elektron tarzda rasmiylashtirgan hamda oilaviy poliklinika bosh shifokori tomonidan imzolangan yoʻllanmani elektron shakldagi kasallik tarixi va (yoki) ambulator kartadan koʻchirma bilan birgalikda bir ish kuni ichida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritadi.
14. Yoʻllanma koʻrikdan oʻtuvchi shaxsning yashash joyi boʻyicha roʻyxatda turgan hududiga xizmat koʻrsatuvchi TIEKga yuborilgandan soʻng fuqaroga bu toʻgʻrisida “SMS” xabar yuboriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Bunda ariza YIDXP orqali qabul qilingan boʻlsa, yoʻllanma ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga avtomatik yuboriladi.
15. Ariza beruvchilar YIDXP orqali yoʻllanma shakllangan yoki shakllanmaganligini tekshirish imkoniga ega boʻladi.
3-bob. Funksionallikni baholashdan oʻtkazish tartibi
16. TIEKga yoʻllanma kelib tushgandan soʻng u koʻrikdan oʻtuvchi shaxsning yashash joyi boʻyicha roʻyxatda turgan hududiga xizmat koʻrsatuvchi TIEK tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Bunda yoʻllanmani rasmiylashtirishning kamchiliklari TIEK tomonidan aniqlanmagan hollarda, fuqaro koʻrikdan oʻtish joyi, sanasi va vaqti haqida SMS-xabar yuborish orqali, agar ariza YIDXP orqali qabul qilingan boʻlsa, arizachining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga xabar yuborish orqali xabardor qilinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
17. Yoʻllanma va tibbiy hujjatlardagi maʼlumotlar toʻliq shakllantirilmagan yoki notoʻgʻri toʻldirilgan hollarda, TIEK yoʻllanmani “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali oilaviy poliklinikaga qaytaradi.
Bunda oilaviy shifokor qaytarilgan yoʻllanma va tibbiy hujjatlarni kamchiliklarini bartaraf etgan holda umumiy asoslarga koʻra “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritadi.
18. Fuqaro TIEK xabarnomasini qabul qilib olgandan soʻng koʻrikdan oʻtish joyiga belgilangan vaqtda yetib kelishi lozim, bundan fuqaro sogʻligʻi holati boʻyicha oilaviy poliklinikaga bora olmaydigan holatlar mustasno.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
19. Xabardor qilingan shaxs koʻrikdan oʻtish joyiga belgilangan vaqtda va sanada kelmagan hollarda, TIEK fuqaroni koʻrikdan oʻtish joyi, sanasi va vaqti haqida aloqa vositalari orqali takroran xabardor qiladi.
Takroran xabardor qilingan shaxs uzrli sabablardan (ogʻir kasalligi, yaqin qarindoshining vafot etganligi, xizmat safarida ekanligi yoki favqulodda vaziyatlar boʻlishi va shu kabi boshqa holatlar) tashqari koʻrikdan oʻtish joyiga belgilangan vaqtda va sanada kelmaganda TIEK yoʻllanmani “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali oilaviy poliklinikaga qaytaradi.
Bunda yoʻllanma oilaviy shifokor tomonidan umumiy asoslarga koʻra takroran rasmiylashtiriladi.
20. Fuqaro sogʻligʻi holati boʻyicha yashash joyi boʻyicha roʻyxatda turuvchi hududga xizmat koʻrsatuvchi TIEKdan koʻrikdan oʻtish uchun bora olmagan taqdirda, sogʻligʻining holati va funksionallikni baholash shaxsning uyida yoki davolanishda boʻlgan statsionarda oʻtkaziladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Bunda yoʻllanmaga oilaviy shifokor tomonidan uyda yoki statsionarda koʻrikdan oʻtuvchilar uchun “uyda yoki statsionarda koʻrik” deb yoki sogʻligʻi holati boʻyicha yashash joyi boʻyicha roʻyxatda turuvchi hududga xizmat koʻrsatuvchi TIEKdan koʻrikdan oʻtish uchun bora olmaydiganlar uchun esa, “TIEKga bora olmaydi” degan maʼlumotlar kiritilgan boʻlishi lozim.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
21. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarning roʻyxatida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha shaxsning funksionalligini baholashdan oʻtkazish ham fuqaroning uyida yoki statsionarda amalga oshiriladi.
22. Shaxs funksionalligini baholashdan oʻtkazish “Inson” markazining xodimi tomonidan ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi shaxs kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholashdan oʻtkazish savolnomasi asosida suhbat oʻtkazish yoʻli bilan TIEK koʻrigidan avval amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
23. Shaxs funksionalligi baholashdan oʻtkazilgandan soʻng shaxsni koʻrikdan oʻtkazish tuman (shahar), tumanlararo TIEK tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24. Aqliy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan shaxslar funksionalligini baholashdan oʻtkazish ularning qonuniy vakillari yoki davolovchi vrachlari ishtirokida oʻtkaziladi.
25. Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan shaxslarning funksionalligini baholashdan oʻtkazish jazoni ijro etish muassasalarining davolovchi vrachlari ishtirokida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
26. Funksionallikni baholash natijalari tahlil qilinishi uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantirib boriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. “Inson” markazlari xodimlarining funksionallikni baholashdan oʻtkazish boʻyicha xatti-harakatlari yoki harakatsizligi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlikka, uning hududiy boshqarmalari yoxud sudga shikoyat qilinishi mumkin.
28. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Shaxslarni kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash uchun yoʻllash hamda baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
Shaxslarni kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash uchun yoʻllash hamda baholashdan oʻtkazish
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari koʻrigidan oʻtish uchun tibbiyot muassasasiga, oilaviy shifokorga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga, ijtimoiy xodimga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
YIDXP
1. YIDXP orqali qoldirilgan murojaatlar fuqaroning yashash manzilidagi oilaviy poliklinikaga (oilaviy shifokorlik punktiga) yuboriladi.
1. Bir ish kunida
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, ijtimoiy xodim
2. “Inson” markaziga, ijtimoiy xodimga qilingan murojaatlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali elektron tarzda murojaat muallifining yashash manziliga biriktirilgan oilaviy poliklinikaga (oilaviy shifokorlik punktiga) yuboriladi.
2. Bir ish kunida
Tibbiyot muassasalari
3. Nogironligi belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar fuqaroning yashash manzilidagi oilaviy poliklinikaga (oilaviy shifokorlik punktiga) yuboriladi.
3. Nogironligi belgilari aniq koʻrinib turganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tasdigʻini topgandan soʻng bir ish kunida
3-bosqich
Oilaviy poliklinika
(oilaviy shifokorlik punkti)
Murojaat kelib tushgandan soʻng roʻyxatdan oʻtkaziladi va murojaat muallifining yashash manziliga biriktirilgan oilaviy shifokorga oʻrganish uchun yuboriladi.
Bir ish kunida
4-bosqich
Oilaviy shifokor
1. Murojaat qabul qilib olgandan soʻng fuqaroni tibbiyot muassasalarida davolanganligiga oid tibbiy hujjatlari mavjudligini hamda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari koʻrigiga yoʻllash uchun asoslar bor yoki yoʻqligini aniqlaydi, agar fuqaro tor soha mutaxassislari koʻrigida tibbiy tekshiruvlardan oʻtishi va davolanishi lozim boʻlsa, davolash standartlariga muvofiq fuqaro tor soha mutaxassislari koʻrigida tibbiy tekshiruvlardan oʻtish sanasini belgilaydi hamda “SMS” xabar yuborish orqali yoki YIDXP orqali elektron murojaat qilinganda YIDXP orqali arizachini xabardor qiladi.
1. Oʻn besh kun ichida
2. Shaxs koʻrikdan oʻtgandan soʻng tor soha mutaxassislari belgilagan tashxis boʻyicha davolanilishi tashkil etiladi.
2. Davolanish standartlariga muvofiq belgilangan muddatlarda
3. Shaxs davolash standartlarida belgilangan muddatlarda davolanib, tibbiy tekshiruvlardan oʻtgandan soʻng organizm funksiyasining turgʻun buzilishi saqlanib qolgan hollarda TIEK koʻrigiga yoʻllash uchun yoʻllanma rasmiylashtiriladi.
3. Besh kun ichida
4. Yoʻllanma tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yuborilgandan soʻng fuqaroga bu toʻgʻrisida “SMS” xabar yuboriladi. Bunda ariza YIDXP orqali qabul qilingan boʻlsa, yoʻllanma arizachining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga avtomatik yuboriladi.
4. Yoʻllanma yuborilgandan soʻng oʻttiz daqiqa ichida
5-bosqich
Tuman (shahar), tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi
1. Yoʻllanma kelib tushgandan soʻng koʻrikdan oʻtuvchi shaxsning yashash joyi boʻyicha roʻyxatda turgan hududiga xizmat koʻrsatuvchi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
2. Yoʻllanmaning kamchiliklari aniqlanmagan hollarda fuqaroni koʻrikdan oʻtish joyi, sanasi va vaqti haqida aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.
Ikki ish kunida
6-bosqich
1. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
1. Funksionallikni baholashdan oʻtkazish “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining xodimi tomonidan savolnoma asosida suhbat oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
1. Koʻrik belgilangan kun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari koʻrigidan avval bir soat ichida
2. Ijtimoiy himoya milliy agentligi
2. Baholash natijalari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantirib boriladi.
2. Baholash natijalari kiritilgandan soʻng oʻn daqiqa ichida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Shaxslarni kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash uchun yoʻllash hamda baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
NAMUNA
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari koʻrigidan oʻtish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi koʻrigidan oʻtuvchi fuqaro toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Tugʻilgan sanasi
5. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi seriyasi va raqami
6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
7. Yashash manzili
8. Telefon raqami
9. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
10. Ish joyi
II. Ilova qilinadigan hujjatlar
Tibbiyot muassasalarida davolanganligiga oid hujjatlar (agar mavjud boʻlsa)
Shaxslarni kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash uchun yoʻllash hamda baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 3-ILOVA
Vaqtincha yashash manzili:viloyat _______________, tuman _______________________, mahalla __________________, manzil _____________________, telefon raqami: ____________, elektron pochta manzili ______________________
3. Nogironlik toʻgʻrisida maʼlumot: avvalgi nogironlik guruhi, sababi, muddati ________________________________________________________________________________
4. TIEKga murojaat etish(birlamchi yoki qayta): ______________________________
5. Ish joyi(asosiy) ____________, kasbi (asosiy) ___________, lavozimi ____________, ishsiz yoki oʻzini oʻzi band qilgan _______
7. Xizmat koʻrsatuvchi poliklinika: _________________________________________
8. Dispanser hisobida turadigan DPM nomi _________________________________
9. Bemorning antropometrik oʻlchovlari (tana vazni, boʻyi, qon bosimi, puls, nafas soni, semizlik darajalari oʻlchanadi va ularning natijalari) __________________________
10. Nogironlikka olib kelgan kasallik boshlangan sana: kun, oy, yil. Nogironlikka olib kelgan kasallik boʻyicha hisobga olingan sana: kun, oy, yil.
11. Birlamchi yoʻllangan bemorlarga standartda koʻrsatilgan muddatda, qayta yoʻllangan bemorlarga TIEK tomonidan avvalgi koʻrik natijasi belgilangan muddat davomida davolanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
Davolangan sanasi
Davolangan kunlari
VML kunlari
Davo turi
Klinik tashxis
DPM
boshlangan
tugagan
kun
oy
yil
kun
oy
yil
Jami:
12. Obyektiv koʻrik natijalari:(shikoyatlari, koʻrik natijalari yoziladi) ________________________________________________________________________________
13. Hayot anamnezi: (toʻliq yoziladi) ___________________________________________
14. Kasallik anamnezi:(kasallik, koʻrik vaqtida bemorning umumiy ahvoli yoziladi) _________________________________________________________________________________________
15. Terining rangi va teri osti yogʻ qatlami (terining rangi, namligi, qalinligi va boshqalar tanlanadi) ___________________________________________________________
16. Regionar limfa tugunlari: (lokalizatsiyasi, kattaligi, qattiqligi va boshqalar tanlanadi) _____________________________________________________________________
17. Qalqonsimon bezi holati: (qattiqligi, oʻlchami, oʻzgarishlar va boshqalar tanlanadi) _____________________________________________________________________
18. Suyak-mushak holati: (oʻzgarishlar, deformatsiyalar, choʻltoqlar, ogʻriq lokalizatsiyasi, holati va boshqa oʻzgarishlar tanlanadi) _______________________________
19. Umurtqa pogʻonasi: (shakli, nuqsonlari, harakati va boshqalar tanlanadi) ________________________________________________________________________________
20. Boʻgʻimlar holati: (kontraktura, ankiloz, deformatsiya, shish, harakatda ogʻriqliligi, giperemiya, mahalliy temperatura, boʻgʻimlar harakati tanlanadi) ________________________________________________________________________________
21. Shishlar: (lokalizatsiyasi, konsistensiyasi va boshqa oʻzgarishlari tanlanadi) ________________________________________________________________________________
22. Nafas olish tizimi: (auskultatsiya va perkussiyadagi oʻzgarishlar bemor holatlari, oʻzgarish turlari tanlanadi) _____________________________________________
23. Yurak qon-tomir tizimi: (obyektiv oʻzgarishlar, auskultatsiya va perkussiyadagi oʻzgarishlar, lokalizatsiyasi, turlari tanlanadi) ______________________________________
24. Hazm qilish tizimi: (obyektiv oʻzgarishlar, palpatsiya, perkussiyadagi oʻzgarishlar tanlanadi) _____________________________________________________________________
26. Nerv tizimi: (oliy nerv tizimidagi oʻzgarishlar, BMN holati, harakat, sezgi oʻzgarishlar tanlanadi) ___________________________________________________________
27. Ruhiy holati: (oʻzgarishlar holati, turlari tanlanadi) ______________________
28. Koʻzning holati: (oʻzgarishlar holati, lokalizatsiyasi va turlari tanlanadi) ________________________________________________________________________________
29. Laborator-instrumental tekshiruvlar (oʻtkazilishi lozim boʻlgan standart tekshiruvlar roʻyxati boʻyicha tashxisni asoslovchi tibbiy tekshirishlar natijalari tanlanadi va hujjat yuklanadi)
30. Tashxis:
Asosiy tashxis va XKT-10: ___________________________________________________
Yondosh tashxis va XKT-10: ___________________________________________________
33. Fuqaro koʻrikdan oʻtkaziladigan joy: ____________________________________
34. Nogironlik sababi: (har bir sabab uchun asos boʻladigan hujjatlar skaner shaklida yuklanadi) _______________________________________________________________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Shaxslarni kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash uchun yoʻllash hamda baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 4-ILOVA
NAMUNA
Shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholashdan oʻtkazish
SAVOLNOMASI
I. Kognitiv faoliyat
Sizga soʻnggi 30 kun ichida sogʻligʻingiz sabab quyidagi faoliyat turlari qanchalik qiyinchilik keltirgan
Qiyin emas
Biroz qiyin
Oʻrtacha qiyin
Juda qiyin
Bajara olmayman
Soʻnggi 30 kun ichida qoʻllanilmaganligi sababli baholanmaydi
Javob yoʻq
Izoh
1.
Oʻn daqiqa davomida biror narsaga diqqatni jamlash
1
2
3
4
5
2.
Muhim narsalarni qilish kerakligini eslash
1
2
3
4
5
3.
Kundalik hayotdagi muammolarni tahlil qilish va ularga yechim topish
1
2
3
4
5
3.
Yangi vazifalarni oʻrganish (masalan, ilgari boʻlmagan joyga qanday borishni oʻrganish)
1
2
3
4
5
5.
Umuman odamlar nima deyayotganini tushunish
1
2
3
4
5
6.
Suhbatni boshlash va davom ettirish
1
2
3
4
5
7.
Soʻzlashish, yaʼni faktlarni ifodalash yoki ogʻzaki hikoya qilish
1
2
3
4
5
8.
Xabar yozish — yozma nutq orqali xabarlarning toʻgʻridan-toʻgʻri va nazarda tutilgan maʼnolarini yaratish
1
2
3
4
5
II. Harakatchanlik
Sizga soʻnggi 30 kun ichida sogʻligʻingiz sabab quyidagi faoliyat turlari qanchalik qiyinchilik keltirgan
Qiyin emas
Biroz qiyin
Oʻrtacha qiyin
Juda qiyin
Bajara olmayman
Soʻnggi 30 kun ichida qoʻllanilmaganligi sababli baholanmaydi
Javob yoʻq
Izoh
1.
Uzoq vaqt davomida tik turish, masalan 30 daqiqa davomida
1
2
3
4
5
2.
Oʻtirgan holatdan turish (masalan stuldan)
1
2
3
4
5
3.
Xona ichida harakatlanish
1
2
3
4
5
4.
Uydan tashqariga chiqish
1
2
3
4
5
5.
Uzoq masofaga piyoda yurish (masalan, 1 kilometr)
1
2
3
4
5
6.
Tananing asosiy holatini oʻzgartirish (masalan, choʻkkalab oʻtirgan holatdan turish)
1
2
3
4
5
7.
Zarur boʻlganda bir xil tana holatida qolish (masalan, ish joyida yoki oʻqishda oʻtirish yoki turish)
1
2
3
4
5
8.
Predmetlar (yuk)ni koʻtarish va olib yurish
1
2
3
4
5
9.
Yoʻlovchi sifatida yoʻlovchi tashish transportidan foydalanish
1
2
3
4
5
10.
Tovar va xizmatlarni sotib olish
1
2
3
4
5
III. Oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish
Sizga soʻnggi 30 kun ichida sogʻligʻingiz sabab quyidagi faoliyat turlari qanchalik qiyinchilik keltirgan
Qiyin emas
Biroz qiyin
Oʻrtacha qiyin
Juda qiyin
Bajara olmayman
Soʻnggi 30 kun ichida qoʻllanilmaganligi sababli baholanmaydi
Javob yoʻq
Izoh
1.
Boshdan oyoqqacha yuvinish
1
2
3
4
5
2.
Kiyinish
1
2
3
4
5
3.
Ovqatlanish
1
2
3
4
5
4.
Bir necha kun yolgʻiz qolish
1
2
3
4
5
IV. Odamlar bilan til topishish
Sizga soʻnggi 30 kun ichida sogʻligʻingiz sabab quyidagi faoliyat turlari qanchalik qiyinchilik keltirgan
Qiyin emas
Biroz qiyin
Oʻrtacha qiyin
Juda qiyin
Bajara olmayman
Soʻnggi 30 kun ichida qoʻllanilmaganligi sababli baholanmaydi
Javob yoʻq
Izoh
1.
Notanish odamlar bilan suhbatlashish
1
2
3
4
5
2.
Doʻstona munosabatlarni saqlab qolish
1
2
3
4
5
3.
Yaqinlaringiz bilan til topishish
1
2
3
4
5
4.
Yangi doʻstlar orttirish
1
2
3
4
5
5.
Jinsiy hayot
1
2
3
4
5
V. Kundalik faoliyat
Uy roʻzgʻor ishlari
Sizga soʻnggi 30 kun ichida sogʻligʻingiz sabab quyidagi faoliyat turlari qanchalik qiyinchilik keltirgan
Qiyin emas
Biroz qiyin
Oʻrtacha qiyin
Juda qiyin
Bajara olmayman
Soʻnggi 30 kun ichida qoʻllanilmaganligi sababli baholanmaydi
Javob yoʻq
Izoh
1.
Uy ishlarini bajarish
1
2
3
4
5
2.
Eng muhim uy ishlarini yaxshi bajarish
1
2
3
4
5
3.
Lozim boʻlgan barcha uy ishlarini bajarish
1
2
3
4
5
4.
Uy ishlarini kerakli darajada tez bajarish
1
2
3
4
5
Agar respondent ishlayotgan boʻlsa (pullik ish, haq toʻlanmaydigan ish, oʻz-oʻzini band qilish) yoki oʻqiyotgan boʻlsa, V boʻlimning 5 — 10 savollari toʻldiriladi. Aks holda, VI boʻlimning savollariga oʻtiladi.
Sizga soʻnggi 30 kun ichida sogʻligʻingiz sabab quyidagi faoliyat turlari qanchalik qiyinchilik keltirgan
Qiyin emas
Biroz qiyin
Oʻrtacha qiyin
Juda qiyin
Bajara olmayman
Soʻnggi 30 kun ichida qoʻllanilmaganligi sababli baholanmaydi
Javob yoʻq
Izoh
1.
Kundalik ishda, oʻqishda
1
2
3
4
5
2.
Ishda/oʻqishda eng muhim vazifalarini yaxshi bajarish
1
2
3
4
5
3.
Kerak boʻlgan barcha ishlarni bajarish
1
2
3
4
5
4.
Ishni kerak boʻlganda tezroq bajarish
1
2
3
4
5
5.
Sogʻligʻingiz sababli pastroq lavozimda ishlashga majbur boʻldingizmi?
Ha
Yoʻq
6.
Sogʻligʻingiz tufayli daromadingiz kamaydimi?
Ha
Yoʻq
VI. Jamiyatdagi ishtirok
Sizga soʻnggi 30 kun ichida sogʻligʻingiz sabab quyidagi faoliyat turlari qanchalik qiyinchilik keltirgan
Qiyin emas
Biroz qiyin
Oʻrtacha qiyin
Juda qiyin
Bajara olmayman
Soʻnggi 30 kun ichida qoʻllanilmaganligi sababli baholanmaydi
Javob yoʻq
Izoh
1.
Jamoat tadbirlarida (masalan, bayramlar, diniy yoki boshqa tadbirlarda) ishtirok etish
1
2
3
4
5
2.
Jamoat tadbirlarida qatnashish uchun atrofdagi toʻsiqlarni yengib oʻtish
1
2
3
4
5
3.
Boshqa shaxslarning munosabati va xatti-harakatlari tufayli munosib hayot kechirish
1
2
3
4
5
4.
Sogʻligʻi holatiga yoki uning oqibatlariga vaqt ajratishni jamiyatdagi ishtirokiga qanchalik taʼsir qilishi
1
2
3
4
5
5.
Sogʻliq holatini emotsional holatiga qay darajada taʼsir qilishi
1
2
3
4
5
6.
Sogʻligʻi shaxsning oʻzi yoki oilaning moliyaviy holatiga qay darajada taʼsir koʻrsatishi
1
2
3
4
5
7.
Sogʻligʻi tufayli oilasidagi muammolar qanchalik koʻpayganligi
1
2
3
4
5
8.
Dam olish yoki boʻsh vaqtingizni oʻzingiz uchun mamnuniyat bilan oʻtkazish maqsadida yolgʻiz biror-bir ish qilish Siz uchun qanchalik qiyin boʻldi?
1
2
3
4
5
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 742-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Hujjatlar vrachlik-maslahat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — VMK) raisi yoki masʼul shaxsi tomonidan “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimi orqali TIEKga yuboriladi, bundan Shaxslarni kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash uchun yoʻllash hamda baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomda belgilangan tartibda shaxslarning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash bilan birga TIEKda koʻrikdan oʻtkazish hamda shaxs sogʻligʻining holatini baholash uchun yoʻllash mustasno”.
a) quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Xabardor qilingan shaxs, uzrli sabablardan (ogʻir kasalligi, yaqin qarindoshining vafot etganligi, xizmat safarida ekanligi yoki favqulodda vaziyatlar boʻlishi va shu kabi boshqa holatlar) tashqari, qayta koʻrikka kelmagan taqdirda, fuqaro “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimi orqali koʻrikning oʻtkazilish sanasi, vaqti va joyi koʻrsatilgan holda ikkinchi marta takroran xabardor qilinadi.
Ikkinchi marta xabardor qilingan shaxs qayta koʻrikdan oʻtkazishga takroran kelmaganligi qayta koʻrikdan oʻtkazish tayinlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan pensiya (nafaqa)ni toʻlashni toʻxtatib qoʻyish uchun asos hisoblanadi”;
v) yettinchi xatboshidagi “Bosh TIEK yoki Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar TIEK, Agentlik yoki Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 59-bandning birinchi xatboshisidagi “beshinchi” soʻzi “yettinchi” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. 2-ilova (Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarning roʻyxati)da:
a) quyidagi mazmundagi 43 — 48-bandlar bilan toʻldirilsin:
“43. Tugʻma mikrotsefaliya organizm funksiyasining ifodalangan va kuchli ifodalangan buzilishlarida.
44. Barcha turdagi ataksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlari.
45. Aplastik, gipoplastik va irsiy gemolitik anemiyalar.
46. Gastroektomiya, total kolektomiya amaliyotidan keyingi bir yil kuzatuvdan soʻng kasallikni yengil va oʻrta kechishi holatlarida.
47. Yirik boʻgʻimlarda total endoprotezlash amaliyotidan keyingi bir yil kuzatuvdan soʻnggi holat.
48. Qandli diabet sababli barmoqlar amputatsiyasi.”;