Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga
ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 28-maydagi 24-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3259, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3259/1055-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ning
24-bandida:
“qayta hisoblash yoʻli bilan soʻmda belgilanadi” degan soʻzlardan keyin “, bundan toʻlangan boʻnak summasi mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, tovar-moddiy zaxiralar toʻliq yoki qisman oldindan chet el valyutasida toʻlangan boʻnak hisobiga xarid qilinganda, ularning qiymatining ushbu boʻnak miqdoriga teng summasi boʻnak toʻlangan sanadagi Markaziy bank kursida tan olinadi.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 133-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3546, 2024-yil 9-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3546/0602-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ning
16-bandida:
“hisobga olgan holda, aniqlanadi” degan soʻzlardan keyin “, bundan toʻlangan boʻnak summasi mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, asosiy vositalar toʻliq yoki qisman oldindan chet el valyutasida toʻlangan boʻnak hisobiga xarid qilinganda, ularning qiymatining ushbu boʻnak miqdoriga teng summasi boʻnak toʻlangan sanadagi Markaziy bank kursida tan olinadi.”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 134-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3547, 2024-yil 9-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3547/0605-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ning
17-bandida:
“qayta hisoblash yoʻli bilan soʻmda belgilanadi” degan soʻzlardan keyin “, bundan toʻlangan boʻnak summasi mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, nomoddiy aktivlar toʻliq yoki qisman oldindan chet el valyutasida toʻlangan boʻnak hisobiga xarid qilinganda, ularning qiymatining ushbu boʻnak miqdoriga teng summasi boʻnak toʻlangan sanadagi Markaziy bank kursida tan olinadi.”.