Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Huquqiy taʼlimni takomillashtirish, yoshlarning huquqiy madaniyati darajasini oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy demokratik davlat qurish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yoshlar oʻrtasida huquqiy taʼlimni takomillashtirish Kompleks dasturi ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi ilova qilinayotgan Kompleks dasturga muvofiq zarur oʻquv-uslubiy adabiyotni tayyorlasinlar va Davlat matbuot qoʻmitasi bilan birgalikda nashr etsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik institutida 1994/95 oʻquv yilidan boshlab:
huquqshunos pedagoglar tayyorlash uchun huquqiy pedagogika fakultetini;
“Davlat va huquq” mutaxassisligi oʻqituvchilarini qayta tayyorlash uchun malaka oshirish fakultetini;
huquqshunoslik asoslarini chuqur oʻrgatishga ixtisoslashtirilgan huquqshunoslik litseyni tashkil etsin.
4. Kompleks dasturning ijrochilari sifatida tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bir oy muddatda dasturni oʻz vaqtida bajarish chora-tadbirlari majmuini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kompleks dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M. Qoraboyev zimmasiga yuklansin.