1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATINING USTAVINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-iyun, 108-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 25-apreldagi PQ-628-son qarori)” haqidagi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-fevraldagi 71-sonli “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini aksionerlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga (“Olmaliq KMK” AJ) aylantirilganligi munosabati bilan amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Olmaliq kon metallurgiya kombinatining ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 9-iyun,
291-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-iyundagi 291-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining
USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, keyingi o‘rinlarda “kombinat” deb ataladi, o‘zining huquqiy maqomi bo‘yicha davlat mulkchiligiga asoslangan davlat korxonasi hisoblanadi va bevosita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
2. Kombinat yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga ega bo‘ladi, to‘liq xo‘jalik yuritish huquqlari bilan alohida mol-mulkka egalik qiladi, mustaqil balansga ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy huquqlarga ega bo‘lishi va ular bo‘yicha majburiyatlarni bajarishi, sud opganlarida da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
3. Kombinat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, hukumatning qarorlari va farmoyishlariga, amaldagi qonun hujjatlarining normativ aktlariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
4. Kombinat O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan shtampga va ish qog‘ozlariga ega bo‘ladi.
5. Kombinatning korxonalari va bo‘linmalari joylashgan joy: O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hududlarida. Pochta manzili: 702400, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 213-sonli qarori tahririda)
6. Kombinat tarkibiga xo‘jalik hisobi asoslarida va kombinat tomonidan tasdiqlangan ular to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi tarkibiy bo‘linmalar hamda yuridik shaxs huquqi bilan quyidagi korxonalar mustaqil balans bilan kiradilar.
ishlab chiqarish bo‘linmalari:
Tojikiston Respublikasining Leninobod viloyatidagi Oltintopgan ishchilar shaharchasida joylashgan Oltintopgan kon boshqarmasi;
Uchquloch kon boshqarmasi, Jizzax viloyatining Forish tumani;
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Quyun shaharchasida joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxona;
Qalmoqqir koni;
mis boyitish fabrikasi;
mis eritish zavodi;
rux zavodi;
sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi;
remont-mexanika zavodi;
avtotransport boshqarmasi.
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan sex huquqiga ega bo‘lgan asosiy bo‘linmalar:
qo‘rg‘oshin-rux boyitish fabrikasi;
Saricho‘qqi koni;
xo‘jalik transporti avtobazasi;
avtomobillar va maxsus texnikani tuzatish zavodi;
emal sim ishlab chiqarish sexi;
ohaktosh qazib olish va qayta ishlash zavodi;
xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish boshqarmasi.
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan sex huquqiga ega bo‘lgan yordamchi bo‘linmalar:
tuzatish-qurilish boshqarmasi;
tarmoqlar va kichik stansiyalar sexi;
elektr issiqlik markazi;
markaziy avtomatlashtirish laboratoriyasi;
markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi;
markaziy tahliliy laboratoriya;
yadro-geofizika laboratoriyasi;
moddiy-texnika ta’minoti bo‘limi;
texnika nazorati bo‘limi;
sanoat suv ta’minoti sexi;
aloqa sexi;
asbob-uskunalar bo‘limi;
uy-joylarni tuzatish va ulardan foydalanish tashkiloti;
ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarni saqlash sexi;
geologiya-razvedka partiyasi;
idoradan tashqari harbiylashtirilgan qo‘riqlash;
kombinat boshqarmasi.
Kombinat tarkibiga yuridik shaxs huquqi bilan, mustaqil balans va bankda hisob-kitob schyoti bilan quyidagilar kiradi:
ixtisoslashtirilgan tuzatish-montaj boshqarmasi;
“Ranglimetalltuzatish” aksionerlik jamiyati;
elektr tuzatish ijara korxonasi;
“Xizmat” kichik davlat korxonasi”.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 213-sonli qarori tahririda)
II. KOMBINATNING FAOLIYAT TURI, ASOSIY VAZIFALARI VA HUQUQLARI
7. Kombinatning faoliyat turi va maqsadi quyidagilardan iborat:
polimetall rudalarni qazib olish va boyitishni hamda tozalangan mis, metall-rux, oltingugurt kislotasi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
qimmatbaho, nodir va kam uchraydigan nodir metall rudalarini qazib olish va boyitish hamda qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish va ularga ishlov berish;
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslarni va chiqindilarni tayyorlash hamda ularni qayta ishlash;
import bo‘yicha, shuningdek, MDH mamlakatlaridan keltirilayotgan xomashyoni qayta ishlash;
sog‘lomlashtirish va boshqa bolalar lagerlarini tashkil etish;
xalq iste’mol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish.
portlovchi moddalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, transportda tashish va sotish;
yong‘inga qarshi avtomatik signalizatsiya tizimini montaj qilish, sozlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
dam olish uylari va zonalari, profilaktoriylar, retranslatsiya uzellari va mehnatkashlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga oid boshqa muassasalar ishini tashkil etish;
do‘konlar, bufetlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlari sotib olishga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga doir boshqa savdo shoxobchalari orqali savdo qilishni belgilangan tartibda tashkil etish va amalga oshirish.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 213-sonli qarori asosida sakkizinchi –– o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
8. Kombinat quyidagi huquqlarga egadir:
mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish;
budjetga soliqlar va boshqa to‘lovlar to‘langanidan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foydadan foydalanish yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan va kombinatning Ustavida nazarda tutilgan maqsadlarga javob beradigan xo‘jalik faoliyatining boshqa turlarini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mustaqil ravishda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
davlatga qarashli bo‘lmagan korxonalar bilan o‘zaro munosabatlarda asosiy fondlarni Davlat mulki qo‘mitasining qarori bilan, oborot mablag‘larni — mustaqil ravishda tasarruf etish;
davlat korxonalari bilan o‘zaro munosabatlarda asosiy oborot fondlarni mustaqil ravishda tasarruf etish.
televizion va radio dasturlarni retranslatsiya (qabul qilib olish va uzatish) qilish.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 213-sonli qarori asosida sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
9. Kombinat o‘z faoliyatini iqtisodiy istiqbolni belgilash asosida amalga oshiradi, resurslar, xomashyo, materiallarning mavjudligidan hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishlarga, ko‘rsatilayotgan xizmatlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda kombinatni ijtimoiy rivojlantirish masalalarini mustaqil ravishda hal etadi.
III. KOMBINATNING MOL-MULKI
10. Kombinatning mol-mulkini asosiy fondlar va oborot mablag‘lar, shuningdek, qiymati kombinatning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil etadi.
Mol-mulk kombinatga to‘liq xo‘jalik yuritish huquqlari bilan tegishli bo‘ladi. Kombinat barcha boyliklarning ahvoli uchun to‘liq javob beradi.
11. Quyidagilar kombinat mol-mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
mahsulotni sotishdan, bajarilgan ishlardan, ko‘rsatilgan xizmatlardan, shuningdek, xo‘jalik faoliyatining boshqa turlaridan olinadigan daromadlar;
banklar va boshqa kreditorlarning kreditlari;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq kombinat tomonidan chiqariladigan qiymatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar;
Budjetdan ajratiladigan kapital mablag‘lar va dotatsiyalar;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
IV. KOMBINATNING XO‘JALIK, IQTISODIY VA IJTIMOIY FAOLIYATI, FOYDANI TAQSIMLASh
13. Foyda, daromad kombinat xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalarining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Kombinat budjetga soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lagandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foydadan foydalanishning yo‘nalishini mustaqil ravishda belgilaydi. Sof foyda korxonaning ixtiyoriga to‘liq o‘tadi, uning bir qismi mehnat jamoasi a’zolarining mulki qilib berilishi mumkin, uning miqdori kombinat Kengashi tomonidan belgilanadi.
14. Kombinat boshqa korxonalar, tashkilotlar va fuqarolar bilan xo‘jalik faoliyatining barcha sohalaridagi munosabatlarini shartnoma asosida quradi.
15. Kombinat o‘z ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatni rejalashtirish, moddiy-texnika ta’minoti, normalashtirish va mehnatga ijtimoiy muhofaza qilish sohalaridagi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa sohalardagi o‘z huquq va majburiyatlarini to‘liq amalga oshiradi.
16. Kombinat o‘z faoliyatini mustaqil ravishda rejalashtiradi, chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishlarga va ko‘rsatilayotgan xizmatlarga bo‘lgan talablardan hamda kombinatning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda istiqbolni belgilaydi.
Kombinat qonunchilik bilan belgilangan tartibda davlat ehtiyojlari uchun ishlar bajaradi, mahsulot yetkazib beradi.
Kredit va moliya munosabatlari sohasida
17. Kombinat pul mablag‘larini saqlash va hisob-kitob, kredit va kassa operatsiyalarining barcha turlarini amalga oshirish uchun birlashma va uning tarkibiy bo‘linmalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan joylarda hisob-kitob va boshqa schyotlarni ochishga haqlidir.
Kombinatning hisob-kitoblari, shu jumladan, budjetga to‘lovlar hamda ish haqi to‘lovlari hisob-kitob hujjatlarining kalendar bo‘yicha kelib tushish navbatiga ko‘ra (to‘lov muddatlari kelganda) amalga oshiriladi.
Kombinat kreditlar bo‘yicha shartnomalarga hamda hisob-kitob intizomiga rioya qilinishi uchun to‘liq javob beradi.
Narx-navo sohasida
18. Bozor munosabatlari sharoitida kombinat mahsulotni, tovarlarni o‘zi mustaqil ravishda belgilagan yoki shartnomaviy narxlar va tariflar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda esa davlat narxlarida sotadi va xizmatlar ko‘rsatadi.
Mehnat, ish haqi va ijtimoiy rivojlantirish sohasida
19. Ish haqining eng kam miqdori jamoa shartnomasi bilan, lekin O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgandan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Kombinat xodimlari ish haqlarining kafolatli eng kam miqdori Yagona tarif setkasiga muvofiq har qaysi kasb, lavozim bo‘yicha belgilangan razryadlar bilan aniqlanadi.
Kombinatda mehnat va ish haqi to‘lash shartlarining kontrakt shakli ham qo‘llaniladi.
Kombinat xodimlarini ularning mehnati uchun moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ma’muriyat va mehnat jamoasi tomonidan qabul qilingan nizomlar va shartlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ijtimoiy rivojlanish, shu jumladan, mehnat, turmush sharoitlarini va salomatlikni yaxshilash, mehnat jamoasi va ularning oila a’zolarini majburiy cyg‘ypta qilishni kafolatlash masalalari mehnat jamoasi tomonidan kombinat ma’muriyati ishtirokida hal etiladi.
V. KOMBINATNI BOShQARISh VA O‘ZINI O‘ZI BOShQARISh
20. Kombinatni boshqarish bosh direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Kombinat boshqaruv tuzilmasini mustaqil ravishda aniqlaydi, shtatlarni belgilaydi.
21. Kombinatga bosh direktor boshchilik qiladi.
Bosh direktor:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan bo‘shatiladi;
Kombinat nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, vatanimizdagi va xorijdagi barcha korxonalar va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
o‘z vakolatlari doirasida:
shartnomalar tuzadi, shu jumladan, mehnat va kontrakt asosida shartnomalar tuzadi;
ishonchnomalar beradi, banklarda hisob-kitob va boshqa schyotlar ochadi;
shtatlarni tasdiqlaydi, buyruqlar, normativ hujjatlar chiqaradi va kombinatning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
kombinat Kengashi va mehnat jamoasi konferensiyasi vakolati darajasida bo‘lgan masalalardan tashqari kombinat faoliyatiga tegishli barcha masalalarni mustaqil ravishda hal etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda bosh muhandisni, bosh direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan bo‘shatadi;
bo‘linmalar va xizmatlar, bo‘limlar, sexlarning rahbarlarini va ularning o‘rinbosarlarini, katta ustalar va ustalarni lavozimga tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan bo‘shatadi;
bosh muhandisning, bosh direktor o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, bo‘linmalar, xizmatlar, bo‘limlar rahbarlarining va bosh mutaxassislarning lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlaydi.
Bosh direktorning ish haqi kombinat Kengashi tomonidan belgilanadi.
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq kombinat mol-mulkini boshqarish huquqi beriladi va javobgar bo‘ladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 213-sonli qarori asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan)
22. Bosh muhandis, bosh direktorning o‘rinbosarlari o‘z vakolatlari doirasida kombinat nomidan ish ko‘radilar, boshqa muassasalar va tashkilotlarda uni ifodalaydilar, ishonchnomasiz xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishlari va shartnomalar tuzishlari mumkin.
23. Kombinat faoliyatiga tegishli ijtimoiy iqtisodiy qarorlar korxonaning boshqaruv organlari tomonidan mehnat jamoasi yoki ularning vakolatlari organlari ishtirokida ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Kombinat mehnat jamoasi vakolatlarini amalga oshirishning asosiy shakli Konferensiya hisoblanadi, u:
Kombinat ma’muriyati bilan jamoa shartnomasi tuzish zarurligi to‘g‘risidagi masalani hal etadi, uning loyihasini ko‘rib chiqadi hamda uni mehnat jamoasi nomidan imzolash uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasiga vakolat beradi;
kombinat Kengashiga vakillar saylaydi (chaqirib oladi), ularning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tinglaydi;
o‘z xodimlari uchun qo‘shimcha ta’tillar, qisqartirilgan ish kunini hamda iste’mol qilish uchun yo‘naltiriladigan ishlab topilgan mablag‘lar doirasida boshqa ijtimoiy imtiyozlarni belgilaydi;
kombinat Kengashi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlaydi.
24. Kombinatda 22 vakildan iborat Kengash faoliyat ko‘rsatadi, shulardan 11 nafari bosh direktor tomonidan tayinlanadi va 11 nafari mehnat jamoasi tomonidan saylanadi.
Kombinat Kengashi 5 yil muddatga tuziladi.
Kengashning huquqlari va majburiyatlari Kengash to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi.
VI. KOMBINAT TARKIBIGA KIRUVChI TARKIBIY BO‘LINMALARNI BOShQARISh
25. Tarkibiy bo‘linmaning huquqiy mavqei kombinat bosh direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
VII. HISOBGA OLISh, HISOBOT VA NAZORAT QILISh
26. Kombinat o‘z ish yakunlari bo‘yicha operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini olib boradi
27. Mylkni to‘liq xo‘jalik hisobida boshqarish huquqiga ega bo‘lgan subyekt o‘z tashabbusi bilan bir yilda kamida bir marta korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilishi mumkin.
Tekshiruv va taftishlarning barcha turlari kombinatning normal ishlashiga xalaqit bermasligi kerak. Taftishlar va tekshirishlarning natijalari kombinatga xabar qilinadi hamda tegishli hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
28. Kombinatning moliya-xo‘jalik faoliyatini kompleks taftish qilish “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Kombinat faoliyatining alohida tomonlarini tekshirish vazifasi qonunchilik bilan yuklatilgan soliq, moliya va boshqa davlat organlari, auditorlik xizmatlari bunday tekshiruvlarni o‘z vakolatlari doirasida o‘tkazishlari mumkin.
VIII. MAXFIY VA TIJORAT AXBOROTLARINI MUHOFAZA QILISh
Kombinat amalga oshirilayotgan ishlarning maxfiyligini, shuningdek, tijorat siri bo‘lgan axborotni muhofaza qilishni tashkil etadi va maxfiylik tartibini ta’minlaydi.
IX. KOMBINATNING JAVOBGARLIGI
30. Shartnoma majburiyatlarini, kredit-hisob-kitob va soliq intizomini, mahsulot sifatiga bo‘lgan talablarni, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun kombinat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida yoki shartnomada nazarda tutilganidek to‘liq mulkiy javobgar bo‘ladi.
X. KOMBINATNING TUGATISh VA UNI QAYTA TAShKIL ETISh
31. Kombinatni tugatish va uni qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilangan holatlar va tartibda amalga oshiriladi.