toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISHDA XORIJIY SARMOYALARNI JALB QILISHNI RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishning samarali mexanizmini yaratish, qimmatli qogʻozlar bozorida chet el investorlarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-noyabrdagi 511-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan).
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat komissiyasi:
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 362-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 133-modda)
Davlat mulkini sotishda tender savdolari oʻtkazish Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
xorijiy baholash kompaniyalarini 1 va 3-ilovalarga* muvofiq korxonalar qiymatini baholashga ikki oy muddatda jalb qilsin;
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda 1 — 3-ilovalarda qayd etilgan obyektlar prospektini, ularning xorijiy investorlar uchun qiziqish tugʻdiradigan ishlab chiqarish — iqtisodiy va moliyaviy tavsifnomalari, shuningdek ushbu obyektlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, nashr qilsin.
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi—toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
xususiylashtiriladigan korxona tomonidan xorijiy investorning investitsiya majburiyatlari hisobiga olingan pul mablagʻlari va texnologiya asbob-uskunalari daromad (foyda) soligʻiga va qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortish obyekti boʻlib hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat mulki qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Oʻzbekiston Respublikasining suveren reytingini olish boʻyicha 6-ilovaga* muvofiq tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
* 6-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Toshkent” Respublika fond birjasi bilan birgalikda qimmatli qogʻozlarni xorijiy investorlarga erkin almashtiriladigan valyutaga sotish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda tegishli meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqqan va tasdiqlagan holda, 1999-yil 1-yanvargacha maxsus savdo maydonchasi tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
10. Hukumat qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki ushbu qarordan kelib chiqadigan idoraviy meʼyoriy hujjatlarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda qabul qilsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 18-noyabr,
477-son
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
18-noyabrdagi 477-son qaroriga
8-ILOVA
Hukumat qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti toʻgʻrisida” 1997-yil 5-dekabrdagi 540-son qaroriga 15-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan daromadlarga ikki tomonlama soliq solishning oldini olish haqidagi bitimlarga ega boʻlmagan davlatlar rezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning dividendlari bundan mustasno”.