Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-son “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 24-dekabrdagi 119, 307-V, 6, EG-01/14-8052, 01-02/5-61-son “Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari oluvchilarning hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1892, 2009-yil 2-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y, 6-son, 55-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.