toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Elektrotexnika sanoati sohada yaratilgan sharoitlar natijasida soʻnggi yetti yilda respublikaning yirik mahalliy sanoat tarmogʻiga aylandi, tarmoqda ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobarga, eksport hajmi 7 barobarga oʻsdi va geografiyasi 63 ta davlatga yetdi.
Elektrotexnika sanoati va unga yondosh sohalarni rivojlantirish, yuqori texnologiyali hamda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini sohaga keng joriy etish maqsadida:
1. Elektrotexnika sanoatini 2025 — 2027-yillarda rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
tarmoqda qoʻshilgan qiymat ulushini oʻrtacha 21 foizdan 30 foizga va ishlab chiqarish hajmini 58 trillion soʻmga yetkazish;
qayta ishlash jarayonlariga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va diversifikatsiya qilish hisobiga eksport hajmini 3,0 milliard AQSH dollariga yetkazish;
yuqori texnologiyalarga asoslangan elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish hamda innovatsion gʻoyalarni joriy etishni qoʻshimcha ragʻbatlantirish orqali umumiy qiymati 4,0 milliard AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, raqamli boshqaruv tizimini joriy etish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish.
2. Quyidagilar:
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida 2025 — 2027-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning yigʻma parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
Elektrotexnika mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dillerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilishning 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Elektrotexnika sanoati va unga yondosh sohalarni rivojlantirish, yuqori texnologiyali hamda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 4-ilova berilmaydi.
Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) bir oy muddatda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida loyihalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlasin va amalga oshirish choralarini koʻrsin.
3. Belgilansinki, yuqori qoʻshilgan qiymatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish uchun qulay moliyaviy sharoitlar yaratish maqsadida 2025-yil 1-fevraldan quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etiladi:
a) bojxona hududida qayta ishlash rejimida tayyorlangan mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan sanoat kooperatsiyasi tartibida qayta ishlash uchun bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirishga ruxsat beriladi;
b) korxonalarning rivojlanish va tadqiqot markazlari (R&D) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya jihozlari va anjomlari 2028-yil 1-fevralga qadar bojxona bojidan ozod etiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 43-bobi.
v) ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning va davlat organlarining maʼmuriy bino-inshootlarini, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini qurish boʻyicha xarid qilish hujjatlariga quyidagi talablar kiritiladi:
pudratchilar zarur tovarlarni Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi va/yoki Elektron kooperatsiya portalidagi (keyingi oʻrinlarda — portallar) mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qiladi;
zarur tovarlar portallarda mavjud boʻlmasa, tasdiqlovchi maʼlumotnomalar asosida ularni boshqa elektron portallardan xarid qilishga ruxsat etiladi;
g) Ishlab chiqaruvchilar ekotizimida savdolar davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida elektron doʻkon tartib-taomillari asosida, shartnoma qiymati bilan bogʻliq cheklovlarsiz oʻtkaziladi, bunda ofertalar mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat maʼlumotlari asosida shakllantiriladi.
4. Belgilab qoʻyilsinki, 5-ilovaga muvofiq yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalariga yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch yil muddatga quyidagi soliq imtiyozlari beriladi:
yuqori texnologiyalar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlari qismida foyda soligʻining nol darajali stavkasini qoʻllash;
yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlari egallagan yer uchastkalari boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod etish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Savdo-sanoat palatasining elektrotexnika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ommaviy savdolar orqali sotib olinadigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha toʻlovlarini 10 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining ilgʻor texnologiyalar asosida yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish hamda soha uchun muhandis va oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash maqsadida “Eltech Lab” masʼuliyati cheklangan jamiyati tarkibida Ilgʻor injiniring markazini (tarkibiy boʻlinma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda ushbu markazni tashkil etish, jihozlash hamda faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun “Eltech Lab” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 10 milliard soʻm grant ajratsin.
7. Savdo-sanoat palatasi va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi:
a) ikki oy muddatda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda elektrotexnika sanoati korxonalari uchun yuqori malakali oʻrta boʻgʻin kadrlari hamda ishchi-mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablarini tashkil etib, soha korxonalaridan mahalliy amaliyotchi hamda ilgʻor xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda taʼlim dasturini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Bunda:
injenerlik maktablarini jihozlash, saqlash va boshqa xarajatlar uchun ushbu politexnikumlarga Davlat budjetidan har yili 5 milliard soʻmdan mablagʻ ajratiladi;
injenerlik maktablariga soha korxonalaridan amaliyotchi hamda ilgʻor xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlari Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi zarur hollarda ushbu maqsadlar uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) buyurtmasiga asosan Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga qoʻshimcha mablagʻlar ajratish choralarini koʻrsin;
b) uch oy muddatda mahsulotlar tannarxini pasaytirish, sifat darajasini hamda ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarini (MES, ERP, PLM va boshqa dasturlar asosida) raqamlashtirish dasturini ishlab chiqib, amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Bunda mazkur xarajatlarning 50 foizi, biroq 10 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan qismi Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi belgilansin.
8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Markaziy bank, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) 2025 — 2027-yillarda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning mahalliy kapital bozorida qisqa (1 yilgacha) va oʻrta (5 yilgacha) muddatli obligatsiyalarini joylashtirish va xalqaro kapital bozorlarida 2 ta tarmoq korxonasining yevroobligatsiyalarini chiqarish hisobiga resurs jalb qilish. Bunda korxonalarning qimmatli qogʻozlari chiqarilishini tashkil qilish uchun tijorat banklarini moliyaviy konsultant sifatida jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
b) “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB orqali 150 million AQSH dollari hamda boshqa tijorat banklari orqali 100 million AQSH dollari miqdorida, xorijiy valyutada kredit liniyalarini ochish;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/304/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-304-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/304/0942-son)
g) elektrotexnika tarmogʻida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalariga Oʻzbekiston Respublikasining Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 25 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ yoʻnaltirish.
Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) ikki hafta muddatda mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan kredit liniyalari taqsimotini tijorat banklari kesimida tasdiqlasin.
9. Markaziy bank ikki oy muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati bilan bogʻliq xatarlarni xedjirlash maqsadida amalga oshiriladigan operatsiyalarni joriy valyuta operatsiyalari tarkibiga kiritish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritsin.
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda uch oy muddatda elektrotexnika mahsulotlari eksportini yanada jadallashtirish uchun Kompaniya mablagʻlari hisobidan yangi “Eltechexport” moliyalashtirish liniyasini joriy etsin.
Bunda “Eltechexport” moliyalashtirish liniyasi doirasida:
tarmoq korxonalariga tijorat banklari orqali bank marjasini hisobga olgan holda xorijiy valyutada yillik 6 foiz, milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi;
kredit taʼminoti sifatida amalga oshiriladigan eksport shartnomasi hamda sugʻurta polisi qabul qilinadi;
kredit bir korxona uchun bir kalendar yilda 10 million AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda taqdim etiladi.
Kompaniya eksportni moliyalashtirish yoʻnalishidagi mazkur yangi tartibni joriy etish uchun tijorat banklari talabnomasiga asosan resurslar ajratib borilishini taʼminlansin.
11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) yuridik shaxslarga Ohangaron tumani, Fargʻona va Urganch shaharlaridagi texnoparklarda yer uchastkasini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olib tayyor holda bino-inshootlarni qurish va elektrotexnika hamda unga yondosh boʻlgan tarmoq korxonalariga sotish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish yoxud ijara shartlarida toʻgʻridan-toʻgʻri realizatsiya qilishga ruxsat berish.
Bunda bino-inshootlarni xarid qilgan yoki ijaraga olgan tadbirkorlarga “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi bilan tuziladigan investitsiya bitimiga muvofiq “Eltech Industrial” texnoparki ishtirokchisi maqomi beriladi;
b) ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida qurilgan tayyor bino-inshootlarni xarid qilish uchun tadbirkorlarga oʻrnatilgan tartibda Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 7 yil muddatgacha, shundan 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kredit ajratish;
v) elektrotexnika tarmogʻi korxonalari ishlab chiqaradigan sanoat mahsulotlarini lizing asosida sotish. Bunda:
mazkur maqsadlar uchun 2025-yilda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-15-son qaroriga asosan elektrotexnika sanoati uchun ajratilishi nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 30 million AQSH dollari yoʻnaltiriladi;
ushbu mablagʻlar tijorat banklariga ularning buyurtmasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida milliy valyutada 5 yil muddatga ajratiladi;
mahalliy elektrotexnika mahsulotlarini sotish boʻyicha lizing xizmatlarini koʻrsatishda tijorat banklarining marjasi yillik 4 foizdan oshmagan miqdorda oʻrnatiladi;
lizing shartnomalari doirasida tadbirkorlik subyektlari lizing obyektining 15 foizi miqdorida avans toʻlovlarini oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirishi belgilanadi.
Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) bir oy muddatda mazkur shartlarda lizing asosida beriladigan elektrotexnika mahsulotlari roʻyxatini tasdiqlasin.
12. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi chakana savdo shoxobchalarida nazorat xaridi tadbirlarini (test, ekspertizasini) amalga oshirish orqali elektrotexnika mahsulotlarining sifati va xavfsizligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilib borsin.
13. Hukumat komissiyasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining buyurtmalariga asosan respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo va materiallarni markazlashgan holda yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha moliyalashtirish manbalarini aniq belgilab Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
14. Transport vazirligi elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xomashyo va butlovchi qismlarni import qilishdagi transport xarajatlarini optimallashtirish maqsadida har moliya yili avvalida 6-ilovaga muvofiq yirik xalqaro logistika kompaniyalarining arzonlashtirilgan narxlarda logistika kvotalari band qilinishini taʼminlasin.
15. Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan yetakchi xorijiy konsalting kompaniyasini jalb qilgan holda 2035-yilga qadar Elektrotexnika sanoatini, shu jumladan, uskunasozlikni, rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xorijiy konsalting kompaniyasini jalb qilish va strategiyani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2025-yilda Davlat budjeti hisobidan Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga 15 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Markaziy bank hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy ilgʻor uskunasozlik kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazgan holda hududlarda uskunasozlik loyihalarini, shu jumladan, kooperatsiya asosida amalga oshirish boʻyicha aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda maxsus elektrotexnika, oziq-ovqat, toʻqimachilik va charm mahsulotlari uchun distributsiya-logistika markazlarini tashkil qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishilgan taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. Bojxona qoʻmitasi uch oy muddatda qayta ishlash mahsulotlari bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini sanoat kooperatsiyasi tartibida boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishni nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqib tasdiqlasin.
19. Quyidagilar:
mazkur qarorning 2-bandida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar va topshiriqlarning bajarilishini taʼminlashga Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi M. Yunusov, Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vaxabov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari birdek masʼul va javobgar hisoblanadi;
mazkur qarordagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarining bajarilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari A. Xaydarov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vaxabov zimmasiga yuklatiladi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
21. Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-yanvar,
PQ-20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
1-ILOVA
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

2024-yil

(joriy koʻrsatkich)

2025-yil

2026-yil

2027-yil

1.

Ishlab chiqarish hajmi

trln soʻm

31

43

50

58

2.

Mis xomashyosini birja savdolariga chiqarish hajmi

ming tn

92

110

125

145

3.

Eksport

mlrd doll.

1,2

1,7

3,0

3,0

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/304/0942-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
2-ILOVA
Elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida 2025 — 2027-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning
YIGʻMA PARAMETRLARI

T/r

Hudud nomi

Loyihalar soni

(dona)

shu jumladan ishga tushadigan:

Loyihalar qiymati

(ming dollar)

shu jumladan ishga tushadigan loyihalar boʻyicha:

Ish oʻrinlari

(nafar)

shu jumladan ishga tushadigan loyihalar boʻyicha:

Loyihaga biriktirilgan masʼullar

2025-yilda

2026-yilda

2027-yilda

istiqbolli loyihalar

2025-yilda

2026-yilda

2027-yilda

istiqbolli loyihalar

2025-yilda

2026-yilda

2027-yilda

istiqbolli

Hudud boʻyicha

Tarmoq va tuman/shahar boʻyicha

Jami:

192

71

63

23

35

3 927 581

655 813

672 377

745 134

1 854 257

16 167

4 658

5 130

4 665

1 714

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

8

2

3

1

2

142 700

48 500

61 800

700

31 700

455

170

185

30

70

A.T. Orinbayev

M.M. Yunusov,

Z.I. Zaytov,

R.A. Shamuratov,

S.J. Xojametov,

B.B. Madaminov

2.

Andijon viloyati

8

4

1

1

2

112 750

35 650

2 100

30 000

45 000

250

145

5

60

40

Sh.K. Abduraxmanov

M.M. Yunusov,

B.B. Yuldashov,

G.G. Abdurahmonov,

M.X. Tadjibayev

3.

Buxoro viloyati

8

2

2

2

2

196 130

42 030

41 000

74 100

39 000

553

238

65

180

70

B.K. Zaripov

M.M. Yunusov,

Q.I. Tursunov,

O.N. Kazakov,

Sh.R. Ashurov

4.

Jizzax viloyati

7

2

2

2

1

451 300

81 300

200 000

150 000

20 000

5 780

1 030

2 200

2 450

100

U.M. Mustafoyev

M.M. Yunusov,

K.A. Xolmurodov,

A.M. Abdugʻaniyev

5.

Qashqadaryo viloyati

7

4

1

1

1

52 000

22 000

5 000

10 000

15 000

310

185

50

50

25

M.B. Azimov

M.M. Yunusov,

N. Xolboyev,

F.Q. Gʻulomov

6.

Navoiy viloyati

13

2

4

1

6

812 200

35 500

37 000

2 500

737 200

785

25

115

20

625

N.T. Tursunov

M.M. Yunusov,

D.B. Ergashev,

V.Yu. Adizov

7.

Namangan viloyati

16

6

6

1

3

150 280

35 500

18 680

38 000

58 100

638

190

208

120

120

Sh.Sh. Abdurazakov

M.M. Yunusov,

S.Z. Moʻminov,

Sh.M. Musayev,

A.A. Tadjimirzayev,

Sh.A. Qosimov,

J.Sh. Abdullayev,

J.X. Nurmatov,

D.G. Kadirov

8.

Samarqand viloyati

13

5

4

1

3

208 637

35 716

50 637

3 584

118 700

783

328

310

60

85

A.M. Boboyev

M.M. Yunusov,

G.Z. Alimova,

B.Sh. Jabborov,

S.X. Usmanov,

Sh.Sh. Raxmanov,

Sh.A. Qudratov

9.

Surxondaryo viloyati

6

2

1

1

2

92 000

11 000

1 000

10 000

70 000

190

70

10

30

80

U.B. Qosimov

M.M. Yunusov,

A.A. Allamuradov,

Sh.X. Nazarov,

A.A. Ishmurzoyev,

Q.E. Mardonov

10.

Sirdaryo viloyati

6

1

3

1

1

64 200

5 000

41 000

3 200

15 000

282

30

132

30

90

A.A. Umarov

M.M. Yunusov,

J.X. Xojimanov,

U.X. Yoʻldoshev,

N.N. Xazratqulov,

O.U. Nosirov

11.

Toshkent viloyati

54

15

30

2

7

915 260

141 600

166 660

150 000

457 000

3 795

1 175

1 560

800

260

Z.T. Mirzayev

M.M. Yunusov

A.A. Raimov,

E.E. Rustamov,

M.A. Rashidov,

I.M. Kilichxanov,

T.A. Bobolov,

D.M. Madirimov,

S.D. Isakulov,

S.K. Ergashev,

I.R. Kasimov,

M.K. Abduraximov

12.

Fargʻona viloyati

16

11

1

2

2

237 895

52 895

15 000

95 000

75 000

585

330

40

170

45

X.X. Bozarov

M.M. Yunusov,

V.Sh. Nazarov

Q.N. Erkaboyev

M.A. Usmonov

Z.Q. Toʻrakulov

A.A. Djurabayev

Sh.N. Tojihakimov

B.O. Ibragimov

13.

Xorazm viloyati

12

6

1

4

1

154 400

11 850

4 500

121 050

17 000

512

167

60

260

25

J.R. Raximov

M.M. Yunusov,

Sh.K. Axmedov,

Gʻ.P. Sultanov,

T.I. Davletov,

S.M. Palvanov,

O.M. Xolboyev,

Z.A. Abrdimov

14.

Toshkent shahri

18

9

4

3

2

337 830

97 273

28 000

57 000

155 557

1 249

575

190

405

79

Sh.B. Umurzakov

M.M. Yunusov,

A.N. Sayfutdinov,

 

A.Sh. Umarxonov,

 

E.X. Shukurov,

 

B.Yu. Abubakirov,

 

N.A. Allabergenova,

 

X.I. Inoyatov,

 

B.T. Raxmankulov

Izoh: Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi zarur hollarda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining taklifiga asosan ushbu yigʻma parametrlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
3-ILOVA
Elektrotexnika mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dillerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilishning 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari
Oldingi tahrirga qarang.

mlrd soʻm

T/r

Vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari

Mahsulot nomi

2025 — 2027-yillardagi talab

shu jumladan

2025-yil

2026-yil

2027-yil

JAMI

28 416,5

8 142,7

10 038,8

10 239,4

1.

Suv xoʻjaligi vazirligi

Suv nasoslari

65,7

20,6

21,5

23,6

Elektrodvigatellar

148,4

60,8

59,7

27,9

Aqlli suv oʻlchagichlar (Smart Water)

78,6

31,2

25,9

21,5

Kabel-sim mahsulotlari

6,7

2,4

2,2

2,1

Quyosh panellari

19,4

7,0

6,5

5,9

Quyosh suv isitkichlari

22,1

6,9

7,7

7,5

Kondensator qurilmalari

(Reaktiv energiya kompensatsiyasi)

22,4

6,9

7,7

7,8

Chastota boshqarish qurilmasi

(Ustroystvo chastotnogo regulirovaniya)

18,2

5,4

5,9

6,9

JAMI

381,5

141,2

137,1

103,2

2.

Energetika vazirligi

JAMI

7 521,3

1 943,5

2 611,6

2 970,6

shu jumladan

2.1

“Hududgaztaʼminot” AJ

Gaz taqsimlash punktlari

(telemetriya tizimiga ega boʻlgan)

2 349,1

345,8

864,6

1 138,7

Elektron gaz hisoblagichlar

600,0

150,0

225,0

225,0

Regulatorlar

300,0

100,0

100,0

100,0

Quyosh fotoelektr stansiyalari

35,3

12,3

12,3

10,8

Bir konturli va ikki konturli qozonlar

3,5

1,0

1,0

1,5

JAMI

3 287,9

609,1

1 202,9

1 476,0

2.2

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

Elegazli oʻchirgichlar

 (Elegazoviy viklyuchatel)

4,6

1,2

1,3

2,1

Ajratkichlar

(Razyedinitel)

1,9

0,3

0,5

1,1

Transformator shkaflari

22,8

6,0

6,1

10,7

Kabel mahsulotlari

45,4

12,9

14,2

18,3

Sim mahsulotlari

2,8

0,8

0,9

1,1

Metall tayanchlar (220 kV)

53,3

15,2

17,8

20,3

Yuqori kuchlanishli izolyatorlar

34,6

10,0

11,2

13,4

Avtotransformatorlar

51,2

8,7

17,0

25,5

Kondensatorlar

3,4

0,9

0,9

1,5

JAMI

220,0

56,0

69,9

94,0

2.3

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Usti ochiq simlar (AS markali)

43,1

13,7

14,3

15,1

Kabellar

113,5

36,0

37,8

39,7

Aloqa kabellari (SIP)

750,6

238,1

250,0

262,5

Transformator punktlari

1 289,0

408,9

429,3

450,8

Kabel-armatura mahsulotlari (LSA)

131,7

41,8

43,9

46,1

Elektr ajratkichlar

(Rubilnik)

1 102,0

349,6

367,0

385,4

Avtomatik elektr oʻchirgichlar

(Avtomat viklyuchatel)

208,7

66,2

69,5

73,0

Vakuum oʻchirgichlar

123,2

39,1

41,0

43,1

Izolyatorlar

48,2

15,3

16,1

16,9

JAMI

3 810,0

1 208,6

1 268,9

1 332,4

2.4

“Oʻzbekneftgaz” AJ

Emallangan sim

1,6

0,4

0,5

0,7

Yoritish uskunalari

12,6

4,0

4,2

4,4

UPS, batareya, akkumulyatorlar

8,8

2,5

2,9

3,4

Kabel mahsulotlari

77,3

25,2

25,6

26,5

Quyosh fotoelektr stansiyasi, suv isitkich uskunasi

34,0

10,5

11,5

12,0

Chastotali tartibga solish qurilmasi

(Ustroystvo chastotnogo regulirovaniya)

16,5

4,8

5,5

6,2

Nasos va elektrodvigatellar

10,4

3,7

4,2

2,5

Transformatorlar

28,8

9,2

9,5

10,1

Dizel generatorlari

3,3

1,0

1,1

1,2

Oʻlchov-nazorat asboblari

3,1

1,0

1,0

1,1

JAMI

192,0

62,3

66,0

68,1

2.5

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

Nasoslar

9,1

6,3

2,9

Elektrodvigatellar

2,2

1,2

1,0

JAMI

11,3

7,5

3,9

3.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Koʻmir va gazda ishlovchi isitish qozonlari

120,0

28,0

44,0

48,0

Liftlar

560,7

185,3

186,7

188,7

Individual issiqlik punktlari (IIP)

194,5

50,7

64,5

79,3

Taqsimlash shitlari

(Shiti raspredelitelnie)

2,4

0,6

0,8

0,9

Alyumindan profil va aksessuarlar

14,9

4,1

4,9

5,9

PVXdan profil va aksessuarlar

166,9

45,4

55,0

66,5

Devor uchun sendvich-panellar

44,9

12,2

14,8

17,9

LED lampalar

26,7

7,3

8,8

10,6

Quyosh fotoelektr stansiyalari

123,5

33,5

40,7

49,2

Quyosh suv isitkichlari

8,9

2,4

2,9

3,5

Elektr hisoblagichlar

8,2

2,2

2,7

3,3

Elektron suv hisoblagichlar

6,4

1,7

2,1

2,6

JAMI

1 278,0

373,6

427,9

476,5

4.

“Oʻzavtosanoat” AJ

Avtomobillar uchun jgut simlari (180 turdagi)

3 868,0

1 280,0

1 292,0

1 296,0

Avtomobil generatorlari

(Damas va Kobalt, Jentra generatorlari)

569,0

189,0

190,0

190,0

Avtomobil yoritish tizimlari

2 299,0

747,0

765,0

787,0

Avtomobillar uchun simlar

556,0

178,0

186,0

192,0

Avtomobil oynasini koʻtaruvchi modullar

(Moduli steklopodyemnikov)

556,0

175,0

186,0

195,0

Spidometrlar

395,0

127,0

132,0

136,0

Akkumulyator batareyalar

(konveyer va ikkilamchi bozor)

1 089,0

355,0

364,0

370,0

Yoqilgʻi nasoslari (Kobalt)

162,3

54,1

54,1

54,1

Yangi modellar generatorlari va kompressorlari

(Oniks va Treker avtomobillari generatorlari, Kobalt avtomobili kompressori)

362,4

177,4

185,0

Elektr va gibrid avtomobillarning jgut simlari

227,5

97,5

130,0

Elektr va gibrid avtomobillarning yoritish tizimlari

39,0

6,5

32,5

JAMI

10 123,2

3 105,1

3 450,5

3 567,6

5.

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

Isteʼmolchilar uchun aqlli suv oʻlchagichlar

(Smart Water)

280,9

23,4

117,0

140,5

Suv inshootlari va tarmoqlari uchun masofadan maʼlumot uzatuvchi suv oʻlchagichlar

586,5

307,5

279,0

Transformator

28,9

7,9

9,3

11,7

Kabel mahsulotlari

2,9

1,3

0,8

0,7

Quyosh panellari

4,2

2,0

1,1

1,1

JAMI

903,3

34,6

435,7

433,0

6.

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

3 483,5

1 179,9

1 295,5

1 008,1

shu jumladan

6.1

“Olmaliq KMK” AJ

Elektrodvigatellar

58,7

18,6

19,6

20,5

Har xil turdagi elektr kabellar

76,3

24,2

25,4

26,7

Transformatorlar va transformator podstansiyalari

97,4

56,4

20,0

21,0

Yoritish moslamalari

14,2

4,5

4,7

5,0

Chastota oʻzgartirgichlar

59,9

19,0

20,0

20,9

Izolyatorlar

8,4

2,7

2,8

2,9

Elektr choʻtkalar

8,1

2,6

2,7

2,8

Yuqori kuchlanishli elektr uzatish moslamalari (YAKNO)

3,3

1,0

1,1

1,2

Ventilyatorlar

37,8

12,0

12,6

13,2

Nasoslar

52,6

16,7

17,5

18,4

Elektrodvigatelsiz nasos

(SNSK 300-480 bez elektrodvigatelya)

6,4

2,1

2,1

2,1

JAMI

423,1

159,8

128,5

134,8

6.2

“Navoiy KMK” AJ

Har xil turdagi izolyatorlar

1

0,3

0,4

0,4

Kabel va sim mahsulotlari

171,5

55,5

57,2

58,9

Mahkamlash boʻgʻinlari

(kabellar uchun muftalar)

1,6

0,5

0,5

0,6

Kuchlanish va oʻlchov transformatorlari

2,9

0,9

1,0

1,0

Elektrotexnik qurilmalar

(podstansiyalar, taqsimlash punktlari, chastota oʻzgartirgichlar va boshqalar)

774,3

246,6

258,9

268,8

Elektromontaj mahsulotlari

(rozetkalar, oʻchirgichlar (viklyuchatel), vilkalar va boshqalar)

1,9

0,6

0,6

0,7

Yoritish uskunalari

(lampalar, svetilniklar,shaxtyorlar yoritgichlari)

8,0

2,6

2,7

2,8

Elektrodvigatellar

(sinxron, asinxron dvigatellar)

309,1

100,0

103,0

106,1

Boshqaruv shkaflari, avtomatlashtirish mahsulotlari

92,7

30,0

30,9

31,8

Nasoslar

92,7

30,0

30,9

31,8

Kompyuterlar va AKT butlovchi qismlari

5,6

1,7

1,9

2,1

Maishiy texnika

15,5

5,0

5,2

5,3

JAMI

477,0

473,7

493,2

 

510,1

6.3

“Navoiyuran” davlat korxonasi

Usti ochiq simlar (AS markali)

17,7

5,3

6,0

6,4

Kabel-armatura mahsulotlari (LSA)

207,7

63,8

70,2

73,7

Kabel ulagichlar (nakonechnik)

1,8

0,6

0,6

0,6

Avtomatik elektr oʻchirgichlar
(Avtomat viklyuchatel)

14,4

4,6

4,8

5,0

Izolyatorlar

2,6

0,8

0,9

0,9

TEN (elektr isitkichlar)

1,3

0,4

0,4

0,5

Ajratkichlar (Razyedinitel)

1,8

0,6

0,6

0,6

Elektr ajratkichlar (Rubilnik)

2,7

0,9

0,9

0,9

Boshqaruv shkaflari

(Shkaf upravleniya s UCHR 0,4)

32,8

10,4

10,9

11,5

Kuchlanish transformatorlari

2,6

0,8

0,9

0,9

Yoritgichlar (Svetilnik)

11,7

3,7

3,9

4,1

Svetodiod lampalar

1,5

0,5

0,5

0,5

Transformator punktlari (KTPN)

322,2

92,6

107,0

122,6

Kondensator qurilmalari

(6 kV kuchlanishli)

76,2

23,3

25,7

27,2

Yuqori kuchlanishli elektr uzatish moslamalari

(YAKNO)

45,4

14,0

15,5

15,9

Kuch transformatorlari (35/6 kV kuchlanishli)

141,5

37,0

48,5

56,0

Vakuum oʻchirgichlar (6 — 10 kuchlanishli)

17,5

2,2

7,0

8,3

Elektr magnit oʻtkazgichlar

33,8

10,7

11,2

11,8

Oʻrash uchun simlar (provod obmotochniy)

4,6

1,5

1,5

1,6

Elektrodvigatellar

55,7

18,9

22,8

14,0

Nasoslar

581,5

250,7

330,8

JAMI

1 577,2

543,3

670,7

363,2

6.4

“Oʻzmetkombinat” AJ

Nasoslar

0,7

0,4

0,4

Elektr dvigatellar

5,6

3

3

JAMI

6,4

3,1

3,3

7.

Davlat ulushi bor tijorat banklari

Terminal

998,5

333,4

332,5

332,5

Plastik kartalar

666,7

259,9

203,4

203,4

Bankomat

3 060,3

771,5

1 144,4

1 144,4

JAMI

4 725,5

1 364,8

1 680,4

1 680,4

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/304/0942-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
5-ILOVA
Elektrotexnika sanoatida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan mahsulotlar
ROʻYXATI
1. Identifikatsiya uchun moʻljallangan mikroprotsessor modullari.
2. Uyali va boshqa simsiz aloqa tarmogʻi uchun telefon, planshet va ularning butlovchi qismlari.
3. Kompyuter, noutbuklar va ularning butlovchi qismlari hamda avtomatlashtirilgan depozit mashinalari.
4. Bosib chiqarish, skanerlash, nusxa koʻchirish va uzatish qurilmalari.
5. Elektron axborot tashuvchi vositalar.
6. Elektronika yoʻnalishidagi mahsulotlar (yarimoʻtkazgich, mikrosxema, elektron chip, quyosh panellari uchun yacheyka va boshqalar).
7. Tibbiyot uskunalari (MRT, rentgen, portativ tashxis uskunasi va boshqalar).
8. Robot va robototexnika uskunalari, uchuvchisiz uchish qurilmalari.
9. Mis xomashyosidan qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar (misdan folga, egiluvchan plata, elektromobil zaryadlash uskunalari).
10. Texnologik asbob-uskunalar (uskunasozlik) va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari.
11. Uskunalar uchun qoliplar (press forma).
12. Elektromobillar, quyosh va shamol elektrostansiyalari uchun batareyalar va invertorlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
6-ILOVA
Elektrotexnika sanoati korxonalariga ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xomashyo va butlovchi qismlarni import qilishda arzonlashtirilgan narxlarda logistika kvotalarini band qilish parametrlari

T/r

Davlat nomi

Shahar nomi

Konteyner soni

(dona)

Vagon soni

(dona)

Jami

3 751

181

1.

Xitoy

Guanchjou

497

2.

Guandun

109

3.

Jiaksing

80

4.

Lyanyungan

55

5.

Nanchan

70

6.

Ningbo

718

7.

Suchjou

250

8.

Urumchi

500

9.

Foshan

261

10.

Xefey

340

11.

Xuayjou

60

12.

Chjetszyan

100

13.

Chjunshan

12

14.

Shanxay

314

15.

Shenchjou

60

16.

Shenchjen

132

17.

Koreya

Pusan

110

18.

Vyetnam

Xoshimin

15

19.

Malayziya

Klang

25

20.

Rossiya

Magnitogorsk

105

21.

Chelyabinsk oblasti

14

22.

Yekaterinburg

62

23.

BAA

Jabal Ali

3

24.

Turkiya

Kayseri

40

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnida “3920” pozitsiyasidan keyin quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

392049

pliti, listi, plenka i polosi ili lenti, prochiye, neporistie i nearmirovannie, nesloistie, bez podlojki i ne soyedinennie analogichnim sposobom s drugimi materialami, iz polimerov vinilxlorida, prochiye (soderjashiye meneye 6 mas.% plastifikatorov)

3

3920108900

Prochiye pliti, listi, plenka i polosi ili lenti, tolshinoy boleye 0,125 mm

0

3920621901

Plenka iz polietilentereftalata tolshinoy ne boleye 0,35 mm

0

”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4812-son qarorining 4-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“agar new.cooperation.uz portalida roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning elektrotexnika mahsulotlari narxi boshqa elektron portallarda roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning elektrotexnika mahsulotlari narxidan yuqori boʻlsa, davlat buyurtmachilariga boshqa elektron portallarda roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan elektrotexnika mahsulotlarini xarid qilishga ruxsat etiladi”;
uchinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-15-son qarorida:
a) 1 va 2-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “2025-yil 1-martga qadar” soʻzlari “2025-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan sinov laboratoriyasini jihozlash uchun xarid qilingan tovarlar va asbob-uskunalar “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan “Eltech-Lab” MCHJga bepul oʻtkazib beriladi.
Bunda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq tovarlar va asbob-uskunalarni “Eltech-Lab” MCHJga bepul berish soliq solish obyekti hisoblanmaydi”;
v) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 07/25/20/0064-son; 15.10.2025-y., 07/25/304/0942-son)