OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRINING
1. Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 26-iyundagi 52-2023/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3451, 2023-yil 14-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 10/23/3451/0593-son) bilan tasdiqlangan Ishga qabul qilish chogʻida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi namunaviy
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
2-band “ijtimoiy kelib chiqishi” degan soʻzlardan keyin “qarindoshlarida sudlanganlikning mavjudligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Tanlov komissiyasi tarkibi tashkilotning xodimlari orasidan kamida besh kishidan iborat va toq sonli tarkibda shakllantiriladi.
Bunda, tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari Tanlov komissiyasi raisi hamda tashkilotning inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha tarkibiy boʻlinmasi rahbari yoki bunga masʼul xodimi Tanlov komissiyasi kotibi hisoblanadi.
Tanlov komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida tegishli sohaning malakali mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari, oliy ta'lim tashkilotlari yoki davlat organi va tashkiloti huzuridagi jamoatchilik kengashlarining vakillari ham kiritilishi mumkin.”.
3.
19-banddagi “besh kun oldin” degan soʻzlar “kamida bir hafta oldin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
Ilovaning 7 va 8-pozitsiyalaridagi “taʼlim muassasasining” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.