toggle_night_mode
Hujjat 17.01.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining
buyrugʻi
Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2008-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 25-avgustdagi 266-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2008, 2009-yil 19-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 39-son, 426-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari O. PEKOS
Toshkent sh.,
2025-yil 4-yanvar,
276-mh-son
Kelishildi:
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
2024-yil 6-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 4-yanvardagi 276-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Frankirlash mashinalaridan pochta aloqasi milliy operatorining (bundan buyon matnda milliy operator deb yuritiladi) filiallari, pochta aloqasi obyektlari yozma-xat-xabarlarni qabul qilishda, shuningdek pochta aloqasi foydalanuvchilari (bundan buyon matnda foydalanuvchilar deb yuritiladi) (faqat yuridik shaxslar) shartnoma asosida milliy operatorning filiallari, pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqasi bogʻlamalari, pochtamtlar)ning bevosita nazorati ostida foydalanishi mumkin.”.
2. 3-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) yozma xat-xabarlarni qabul qilishni amalga oshiradigan milliy operatorning filiali (bundan buyon matnda filial deb yuritiladi) yoki pochta aloqasi obyektining nomi va qabul qilish sanasi boʻlgan taqvim shtempel tamgʻasi;”.
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning” degan soʻzlar “milliy operatorning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ” degan soʻzlar “milliy operator” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 5-banddagi “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ” degan soʻzlar “milliy operator” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Yozma xat-xabarlarni qabul qilish uchun filiallar, pochta aloqasi obyektlari tomonidan foydalaniladigan frankirlash mashinalari manzil tamgʻasi oʻrniga milliy operator logotipiga ega boʻlishi mumkin.”.
6. 7-band va 11-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Pochta aloqasining hududiy tashkiloti” degan soʻzlar “Filial” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Frankirlash mashinalaridan foydalanishga, ular roʻyxatga olinganidan hamda filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) bilan shartnoma tuzilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi. Frankirlash mashinalarining mulkdori hisoblangan filiallar va pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqasi bogʻlamalari, pochtamtlar) uchun shartnoma tuzish talab etilmaydi.”.
8. 10-banddagi “pochta aloqasining hududiy tashkilotlari” degan soʻzlar “filiallar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9. 13, 16 — 21-bandlar va 2-ilovadagi “pochta aloqasining hududiy tashkiloti” degan soʻzlar “filial” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Milliy operator tomonidan frankirlash mashinalari ijaraga berilgan taqdirda, mashinadan foydalanish uchun shartnoma filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) va ijarachi (foydalanuvchi) oʻrtasida tuziladi. Bunda foydalanuvchi, uning pochta manzili tamgʻasini tayyorlash uchun buyurtma berishi kerak.”.
11. 15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) vakili tomonidan foydalanuvchining vakili ishtirokida milliy operator taqvim shtempeli va tamgʻasi frankirlash mashinasiga qoʻyiladi. Bunda, frankirlash mashinasi hisoblagichining koʻrsatkichlari qayd etiladi.”.
12. 1-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
“Pochta aloqasida frankirlash mashinasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Roʻyxatga olish varaqchasining namunasi

___________________________________________________________________________

____-son Roʻyxatga olish varaqchasi

____________________________________________________________________________

(mashina tipi, tayyorlovchi-zavod)

Zavod (seriya, hisobga olish) nomeri _________ Chiqarilgan sana _______________________

Muvofiqlik sertifikati ________________________________________________________

(sertifikat raqami)

1. Frankirlash mashinasi foydalanuvchisining rekvizitlari

Foydalanuvchining nomi ________________________________________________________

Pochta manzili _________________________________________________________________

_____________________________________ Telefon _________________________________

Bank rekvizitlari ______________________________________________________________

Frankirlash mashinasidan foydalanish uchun masʼul xodim

_______________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________

Rahbar imzosi

___________________________________

2. Filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) rekvizitlari

Filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) nomi ____________

_______________________________________________________________________________

Pochta manzili _________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________

Frankirlash mashinasidan foydalanish uchun filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) masʼul xodimi ________________________________________

Foydalanish uchun shartnoma 20___ yil “____” __________ dagi ______-son

Foydalanishga kiritish sanasi ___________________________________________________

Filial yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqasi bogʻlamasi, pochtamt) rahbarining imzosi

______________________________________________________________________________

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/2008-3/0043-son)