1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 16-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3147-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 14-martdagi 11, 8, 5, 6, 23-qq, 37-son qarori (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/3147/2889-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri Sh. XALMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-dekabr,
17-son
Milliy gvardiya qoʻmondoni R. DJURAYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-dekabr,
30-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-dekabr,
26-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-dekabr,
45-qq-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-dekabr,
17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 18-dekabrdagi 17-son, Milliy gvardiyasining 2024-yil 5-dekabrdagi 30-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024-yil 9-dekabrdagi 26-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2024-yil 15-dekabrdagi 19-son, Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 7-dekabrdagi 45-qq-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 17-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1) 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarida (keyingi oʻrinlarda DXX CHQ deb yuritiladi),” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatida (keyingi oʻrinlarda DXX deb yuritiladi),” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 2 va 3-banddagi “DXX CHQ,” va “DXX CHQda” degan soʻzlar tegishli ravishda “DXX,” va “DXXda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 40-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DXX CHQ,” va “DXX CHQ,” degan soʻzlar tegishli ravishda “DXX,” va “DXX,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2. 1-ilovaning 1-bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1-bob. Chaqiruv uchastkalarida qayd etilayotgan, muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirilayotgan, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilinayotgan, harbiy kafedralarga kirayotgan, MIB huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassislik boʻyicha tayyorlash markazlariga yuborilayotgan fuqarolar uchun
1. Umumiy qon tahlili (gemoglobin, leykotsitlar, eritrotsitlar, eritrotsitlar choʻkish tezligi).
2. Umumiy peshob tahlili.
3. Gijja tuxumlari va sodda organizmlarni aniqlovchi najas tahlili
4. Elektrokardiografiya (kardiolog yoki shifokor-funksional tekshiruvlar oʻtkazadigan mutaxassisning yozuv xulosasi bilan).
5. Jismoniy zoʻriqish bilan oʻtkaziladigan elektrokardiografiya (kardiolog yoki shifokor-funksional tekshiruvlar oʻtkazadigan mutaxassisning yozuv xulosasi bilan) (harbiy-tibbiy komissiyalarga muddatli harbiy xizmat uchun chaqirilayotgan fuqarolarga).
6. Fibrogastroduodenoskopiya (keyingi oʻrinlarda FGDS deb yuritiladi).
7. Ichki aʼzolarning ultratovush tekshiruvi (keyingi oʻrinlarda UTT deb yuritiladi).
8. Koʻkrak qafasi aʼzolarining flyuorografiyasi (tekshiriluvchining familiyasi, ismi sharifi hamda tekshiruvning tartib raqami va oʻtkazilgan sana koʻrsatiladi).
9. Qon guruhi va rezus mansubligi (faktori) (harbiy guvohnomaga qayd etilishi lozim).
10. Qonning OIV bilan zararlanishi toʻgʻrisida tahlili (OITS bilan qarshi kurash markazlaridan) hamda “V” va “S” gepatitlarning (NVsAg, NCV) markerlarini aniqlovchi qon tahlili (muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolarga).
Chaqiruv uchastkalarida qayd etilayotgan fuqarolarga tibbiy koʻrsatmalar mavjudligida ichki aʼzolarning UTT va FGDS oʻtkaziladi.”.
Kasalliklarning nomlanishi, faoliyatning buzilish darajasi
Kasalliklar jadvalining ustunlari
I
II
III
IV
V
VI
13
Endokrin tizimining boshqa kasalliklari, oziqlanish va moddalar almashinuvining buzilishlari:
a) faoliyatning yaqqol ifodalangan buzilishi bilan
F
F
F
F
F
F
b) faoliyatning moʻtadil ifodalangan buzilishlari bilan, oziqlanishning yetishmovchiligi
E
Yaroqsiz
C yoki E
(YATA)
C yoki E
(YATA
Yaroqsiz
E
v) faoliyatning kam ifodalangan buzilishlar bilan, semizlikning ikkinchi darajasi
E
Yaroqsiz
B yoki C
(YATA)
C
Yaroqsiz
E
g) jarrohlik amaliyoti, surunkali kasallikning xurujidan va oʻtkir kasallikdan keyingi faoliyatning vaqtincha buzilishlari, oziqlanishning pasayishi
D
Yaroqsiz
D
D
D
D
d) alimentar semizlikning birinchi darajasi
B
Ayrim cheklanishlar bilan yaroqli
V
V
Yaroqli
B
”.
Harbiy xizmatchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish faqat statsionar tekshiruv va davolanishdan soʻng amalga oshiriladi.
Mazkur moddaning “a” bandiga quyidagilar kiradi:
gipofiz, buyrak usti, qalqonsimon orqa va jinsiy bezlar kasalliklari tufayli faoliyatning yaqqol ifodalangan buzilishlari hamda davolash natijalari qoniqarsiz boʻlgan holatlar;
kasallik tufayli oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin qalqonsimon bezning (boshqa endokrin aʼzoning) yoʻqligi hamda faoliyati oʻrin bosuvchi davolash bilan turgʻunlikka erishilmaganligi;
davolash natijalari qoniqarsiz boʻlgan klimaks sindromining ogʻir shakllaridan kelib chiqqan turgʻun va yaqqol ifodalangan buzilishlar: ifodalangan neyrovegetativ oʻzgarishlar — “qizib ketish” holatlari soni sutkasiga 20 tadan ortiq boʻlgan, terlashlar, yurak urish xurujlari, qon bosimining oʻzgaruvchanligi, boshqa kasalliklar tufayli boʻlmagan ekstrasistoliyalar. Jinsiy aʼzo va siydik chiqarish yoʻllarining shilliq qavatlarida rivojlanib boruvchi atrofik oʻzgarishlar;
tugunsimon yoki diffuz zaharlovchi boʻqoqning ogʻir shaklidan (kasallik boshlangan davrdan boshlab vaznning 25 dan 50 foizgacha kamayishi, harakatsizlik, ifodalangan ekzoftalm, tinch holatda hansirash, pulsning tezligi bir daqiqada 120 ta va undan ortiq, turli visseral asoratlar, SYUYEning NYNA boʻyicha II — IV FS alomatlari bilan kechadigan tireotoksik kardiomiopatiyaning rivojlanishi), hamda qandli diabetning ogʻir shaklidan kelib chiqqan turgʻun va yaqqol ifodalangan buzilishlar.
qandli diabetning ogʻir shakliga (giperglikemiya darajasi va davolash usulidan qatʼiy nazar) quyidagi asoratlardan biri bilan kuzatilsa: proliferativ retinopatiyalar; trofik teri yaralari, oyoq panjalarining gangrenasi, nevropatik shishlar, osteoartropatiyalar bilan kechadigan yaqqol ifodalangan angiopatiya va oyoqlarning nevropatiyasi; makroproteyinuriya va buyraklar azot ajratib chiqarish faoliyatining buzilish bilan kechadigan diabetik nefropatiya, shuningdek retsidivli ketoatsidozli koma oldi va koma holatlari kiradi.
Kasallik tufayli jarrohlik amaliyotidan keyingi qalqonsimon bezining (boshqa endokrin aʼzoning) yoʻqligi, ammo aʼzoning faoliyati oʻrin bosuvchi davolash bilan kompensatsiya boʻlgan va harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish qobiliyati saqlanganda, harbiy xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetmagan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar 13-moddaning “b” bandi boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Mazkur moddaning “b” bandiga quyidagilar kiradi:
aʼzoning faoliyat oʻrinini bosuvchi davolanish bilan kompensatsiya boʻlgan gipofiz, buyrak usti, qalqonsimon oldi va jinsiy bezlarning kasalliklari;
oʻrta darajadagi ogʻirlikda kechayotgan endokrin bezlarining kasalliklar tufayli moʻtadil ifodalangan turgʻun buzilishlari (qandli diabetning oʻrta ogʻirlik darajasida uglevod almashinuvi kompensatsiyasiga doimiy parhez, qonda glyukoza miqdorini kamaytiruvchi dori vositalarni peroral isteʼmol qilish yoki insulin bilan davolash yordamida erishilgan holatlar);
mikroalbuminuriya bosqichidagi nefropatiya, moʻtadil ifodalangan proliferativ boʻlmagan retinopatiya, periferik angiopatiya va nevropatiya bilan kechadigan qandli diabet;
oʻrta daraja ogʻirlikdagi tireotoksikoz (kasallik boshlangan davrdan boshlab vaznning 25 foizgacha kamayishi, ifodalangan vegetativ buzilishlar, pulsning tezligi bir daqiqada 110 — 120-marta, moʻtadil ifodalangan vegetativ-tomir va hissiy buzilishlar, SYUYE NYNA boʻyicha I-II FS alomatlari bilan kechadigan tireotoksik kardiomiopatiyaning rivojlanishi);
klimaks sindromining oʻrtacha ogʻirlik darajasidan kelib chiqqan turgʻun moʻtadil ifodalangan buzilishlar (moʻtadil ifodalangan neyrovegetativ oʻzgarishlar — “qizib ketish” holatlari sutkasiga 20 tagacha, terlashlar, yurak urish xurujlari, qon bosimining oʻzgaruvchanligi, boshqa kasalliklar tufayli boʻlmagan ekstrasistoliyalar).
Semizlikning III darajasi mavjud boʻlgan, kasalliklar jadvalining I — VI ustunlarida nazarda tutilgan fuqarolar 13-moddaning “b” bandi boʻyicha harbiy xizmatga yaroqsiz deb topiladi.
Semizlikning II darajasi mavjud boʻlgan, kasalliklar jadvalining III, IV ustunlarida nazarda tutilgan fuqarolarga 13-moddaning “v” bandi bilan olti oy muddatdan soʻng qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish sharti bilan “S” yaroqlilik toifasi beriladi. Agar mazkur fuqarolar tomonidan ushbu muddat davomida tana vaznining 15 foiz kamayishiga erishilmasa, ushbu fuqarolar mazkur moddaning “b” bandi boʻyicha harbiy xizmatga yaroqsiz deb topiladi.
Qandli diabetni insulin bilan davolash yordamida turgʻunlikka erishgan va kasalliklar jadvalining IV ustunida nazarda tutilgan fuqarolar 13-moddaning “b” bandiga asosan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topiladi.
Kasallik tufayli jarrohlik amaliyotidan keyingi qalqonsimon bez boʻlagining (boshqa endokrin aʼzo qismining) yoʻqligida endokrin aʼzo faoliyatining buzilish darajasiga koʻra, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish mazkur moddaning “b” yoki “v” bandi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ushbu bandga kasalliklar jadvalining I-, VI-ustunlarida nazarda tutilgan shaxslarning endokrin aʼzosini jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash, shu jumladan qisman, asoratlari kiradi.
Mazkur moddaning “v” bandiga quyidagilar kiradi:
diffuz zaharlovchi boʻqoqning yengil qayta tiklana oladigan shakllari (qalqonsimon bezning I-II darajada kattalashishi bilan kechadigan yengil nevroz shakldagi alomatlar, jismoniy zoʻriqishlarga chidamlilikning pasayishi, pulsning tezligi bir daqiqada 100 tagacha) klimaksda jinsiy bezlar faoliyatining kam ifodalangan oʻzgarishlari;
retsidiv shakldagi oʻtkir osti tireoidit;
glikemiya sutka davomida 8,9 mmol/ldan oshmaydigan, uning miqdori parhez va biguanidlar isteʼmoli bilan meʼyorga keladigan qandli diabet;
klinik alomatlari mavjud boʻlgan mikroprolaktinoma.
Kasalliklar jadvalining I, II va VI ustunlarida nazarda tutilgan fuqarolarda semizlikning II darajasi mavjud boʻlganda ular 13-moddaning “g” bandi bilan harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topiladi. Bunda, semizlikni davolash samara bermaganda ushbu fuqarolar 13-moddaning “v” bandiga asosan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topiladi.
Kasalliklar jadvalining I, II va VI ustunlarida nazarda tutilgan fuqarolarda semizlikning I darajasi mavjudligida 13-moddaning “d” bandi bilan ayrim cheklanishlar bilan harbiy xizmatga yaroqli deb topiladi, bundan HDQ HTM, MG HTM va uchuvchilar tarkibini tayyorlash boʻyicha HTM mustasno.
Surunkali fibrozli va autoimmunli tireoiditida qalqonsimon bez faoliyatga oid buzilish darajasiga koʻra, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish mazkur moddaning “a”, “b” yoki “v” bandlari boʻyicha amalga oshiriladi (faoliyat buzilishsiz boʻlganda, kasalliklar jadvali 12-moddasining “v” bandi boʻyicha oʻtkaziladi).
Kasallik tufayli oʻtkazilgan ikki tomonlama ovarioektomiyadan soʻng yaroqlilik toʻgʻrisidagi xulosa klimaks sindromining ifodalanganligi va davolash natijalariga koʻra, mazkur moddaning “a”, “b” yoki “v” bandlari boʻyicha chiqariladi.
Chaqiruv uchastkalarida qayd etish, muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, SCHRga qabul qilish, shartnoma boʻyicha harbiy xizmat va HTMga kirishda oʻtkir va oʻtkir osti tireoidit tufayli davolangan fuqarolar 12 oy muddatga harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topiladilar.
Oziqlanish yetishmovchiligi mavjudligida fuqarolar statsionarda tekshirilishi va (yoki) davolanishlari lozim. Bunday holatlarda chaqiruv uchastkalarida qayd etish, muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, SCHRga qabul qilishda, shartnoma boʻyicha harbiy xizmat va HTMga kirishda fuqarolar 12 oy muddatga harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topiladilar.
Agar tibbiy tekshiruv natijasida oziqlanishning pasayishiga sabab boʻladigan kasalliklar aniqlanmasa, ular 13-moddaning “d” bandi boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi va ayrim cheklanishlar bilan harbiy xizmatga yaroqli (V toifa), nomzodlar HTMga kirishga yaroqli deb topiladi (bundan HDQ HTM, MG HTM va uchuvchilar tarkibini tayyorlash boʻyicha HTM mustasno). Boʻyi 160 sm dan 164,9 sm gacha, vazni 50 kg dan 54,9 kg gacha boʻlgan chaqiriluvchilar cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli deb topilib, SCHRdagi xizmatga olinadi, HTMga kirayotgan nomzodlar esa yaroqsiz deb topiladi.
13-moddaning “d” bandiga endokrin buzilishsiz boʻlgan birinchi darajadagi alimentar semizlik kiradi, kasalliklar jadvalining II ustunida nazarda tutilgan shaxslar HTMga kirishga yaroqli (bundan HDQ HTM, MG HTM va uchuvchilar tarkibini tayyorlash boʻyicha HTM, xorijiy davlatlarning HTM mustasno).
Kelib chiqish sababi boshqa boʻlgan semizlikda harbiy xizmat va harbiy mutaxassislik boʻyicha xizmatga yaroqlilik asosiy kasallikning ogʻirligi va kechishi boʻyicha kasalliklar jadvalining tegishli moddalari boʻyicha aniqlanadi.
Oziqlanish holatini baholash uchun TVIdan foydalaniladi, u quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
TVI =
tana vazni (kg)
boʻy oʻlchamining kvadrati (m)
Boʻy va tana vaznining meʼyordagi, hamda oziqlanish buzilishlaridagi nisbati Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 6-ilovasida keltirilgan.”;
Kasalliklarning nomlanishi, faoliyatning buzilish darajasi
Kasalliklar jadvalining ustunlari
I
II
III
IV
V
VI
34
Koʻz mushaklari kasalliklari, koʻzlarning hamkor harakatlarining buzilishi:
a) diplopiya mavjudligida, binokulyar koʻrish boʻlmaganida, gʻilaylik 15 gradus va undan ortiq
E
Yaroqsiz
C yoki E
(YATA)
E
Yaroqsiz
E
b) diplopiya mavjudligida, binokulyar koʻrish boʻlmaganida, gʻilaylik 10 gradusdan 15 gradusgacha
E
Yaroqsiz
C
C yoki E
(YATA)
Yaroqsiz
E
v) diplopiya boʻlmaganida,
gʻilaylik 10 gradusdan kam,
binokulyar koʻrish boʻlmaganda, nistagm va koʻzning boshqa gʻayriixtiyoriy harakatlarisiz
V
Yaroqsiz
B
V
Yaroqli.
HHB, AYP operatorlikka, qutqaruvchilikka yaroqsiz
V
”.
Mazkur moddaning “a” bandiga koʻzning mushaklari shikastlanishi bilan koʻz kosasining jarohatidan soʻnggi turgʻun diplopiya hamda 15 gradus va undan ortiq boʻlgan gʻilaylikning barcha turlari kiradi.
Agar nistagm asab tizim yoki vestibulyar apparatni zararlash belgilaridan biri boʻlganida, xulosa asosiy kasallik boʻyicha qabul qilinadi. Koʻrishning yaqqol pasayishida, xulosa kasalliklar jadvalining 36-moddasi yoki mazkur moddaning “v” bandi boʻyicha qabul qilinadi. Koʻz olmalarining chetga burishdagi koʻzni nistagmsimon titrashi harbiy xizmat va HTMga kirishga toʻsiq boʻla olmaydi.
Mazkur moddaning “b” bandiga diplopiya bilan kechayotgan 10 gradusdan 15 gradusgacha boʻlgan gʻilaylik; binokulyar koʻrish boʻlmagan 15 gradusgacha boʻlgan hamkor gʻilaylik kiradi.
15 gradusgacha boʻlgan hamkor gʻilaylikda tashxis binokulyar koʻrish tekshiruvi (Fridmanning rangli moslamasi yoki Kalf usulida zoʻraki harakatni aniqlash bilan) bilan tasdiqlanishi lozim. Binokulyar koʻrishning mavjudligi, hamkor gʻilaylik yoʻqligini koʻrsatadi. Gʻilaylik mavjud boʻlgan harbiy xizmatchilar binokulyar koʻrishni talab qiladigan lavozimlarga tayinlanmaydilar.
Ikkala koʻzda koʻrish yaxshi boʻlgan alternirlovchi gʻilaylikda diplopiya paydo boʻlish ehtimoli boʻlganligi sababli, jarrohlik amaliyoti oʻtkazishidan saqlanish maqsadga muvofiq boʻladi.
Chaqiruv uchastkalarida qayd etishda hamkor gʻilaylik aniqlanganda jarrohlik amaliyoti oʻtkazish tavsiya etiladi. Muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqiruv vaqti va SCHRga qabul qilishda yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Diplopiyasiz boʻlgan hamkor, paralitik gʻilayliklar va binokulyar koʻrishning boshqa buzilishlarida, harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi koʻz faoliyatiga koʻra, kasalliklar jadvalining tegishli moddalari asosida aniqlanadi.
Chaqiruv uchastkalarida qayd etishda hamkorli gʻilaylik aniqlanganda jarrohlik amaliyoti oʻtkazish tavsiya etiladi. Muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqiruv vaqtida, SCHRga qabul qilishda yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Diplopiyasiz boʻlgan hamkorli gʻilaylik, paralitik gʻilayligida va binokulyar koʻrishning boshqa buzilishlarida harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi koʻzning faoliyatiga koʻra kasalliklar jadvalining tegishli moddalari asosida aniqlanadi.”;
4) 58-moddaning oltinchi va yigirma birinchi xatboshilaridagi “(TVI 19,0 kg/m2 va undan kam)” degan soʻzlar “(oziqlanishning pasayishi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Kasalliklarning nomlanishi, faoliyatning buzilish darajasi
Kasalliklar jadvalining ustunlari
I
II
III
IV
V
VI
59
Meʼda va oʻn ikki barmoqli ichakning yara kasalligi:
a) faoliyatning yaqqol ifodalangan buzilishi bilan
F
F
F
F
F
F
b) faoliyatning moʻtadil ifodalangan buzilishi va tez-tez xurujlar bilan
E
Yaroqsiz
C yoki E
(YATA)
C yoki E
(YATA
Yaroqsiz
E
v) faoliyatning kam ifodalangan buzilishi va kam xurujlar bilan
E
Yaroqsiz
C
C
Yaroqsiz
E
g) faoliyati buzilishisiz, obyektiv maʼlumotlar mavjudligida
E
Yaroqsiz
V
V
Yaroqli
E
”;
ikkinchi xatboshidagi “oziqlanishning buzilishi (TVI 19,0 kg/m2 va undan kamroq)” degan soʻzlar “oziqlanishning buzilishi (oziqlanishning pasayishi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “oziqlanishning buzilishi (TVI 19,0 kg/m2 va undan kamroq)” degan soʻzlar “oziqlanishning buzilishi (oziqlanishning pasayishi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “oziqlanishning buzilishi (TVI 19,0 kg/m2 va undan kamroq)” degan soʻzlar “oziqlanishning buzilishi (oziqlanishning pasayishi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oʻtkir (asoratsiz) meʼda va oʻn ikki barmoqli ichakning yara kasalligini oʻtkazgan muddatli harbiy xizmatchilar kasalliklar jadvalining 62-moddasi bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi, chandiqsiz bitgan yaradan soʻng harbiy xizmatga yaroqli deb topiladi.”;
quyidagi mazmundagi yigirma beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Chandiqsiz bitgan oʻtkir (asoratsiz) meʼda va oʻn ikki barmoqli ichakning yara kasalligini oʻtkazgan kursant (tinglovchi)larga HTMda (bundan HTMning jangovar va havo-desant qoʻshinlari tayyorlovchi boʻlinmalari mustasno) tahsil olish uchun monelik qilmaydi.”;
yigirma oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Meʼda va oʻn ikki barmoqli ichakning yara kasalligi asoratlarida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar kasalliklar jadvalining 62-moddasi bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi va harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi toʻgʻrisidagi xulosa ovqat hazm qilish faoliyatining buzilishiga bogʻliq holda 59-moddaning “a”, “b”, “v” va “g” bandlari boʻyicha chiqariladi.”;
Kasalliklarning nomlanishi, faoliyatning buzilish darajasi
Kasalliklar jadvalining ustunlari
I
II
III
IV
V
VI
60
Meʼda va oʻn ikki barmoqli ichakning boshqa kasalliklari, jigar, oʻt qopi, oʻt chiqarish yoʻllari va meʼda osti bezining kasalliklari:
a) faoliyatining yaqqol ifodalangan buzilishlari bilan
F
F
F
F
F
F
b) faoliyatining moʻtadil ifodalangan buzilishlari va tez-tez xurujlar bilan
E
Yaroqsiz
C yoki E
(YATA)
C yoki E
(YATA)
Yaroqsiz
E
v) faoliyatining kam ifodalangan buzilishlari bilan
E
Yaroqsiz
B yoki C
(YATA)
B yoki C
(YATA)
Yaroqsiz
E
g) faoliyat buzilishisiz, obyektiv alomatlar mavjudligida
V
Cheklangan ravishda yaroqli
A
B
Yaroqli
V
”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “oziqlanishning buzilishlari (TVI 19,0 kg/m2 va kamroq),” degan soʻzlar “oziqlanishning pasayishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 62-moddaning uchinchi xatboshisidagi “ofitserlar tarkibidagi shaxslarga” degan soʻzlar “kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 63-modda quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshisi bilan toʻldirilsin:
“Tananing yuz va kaft sohasidan tashqari joylashgan diametri 3 sm dan kam yagona boʻlgan vitiligo kasalligi mavjud boʻlgan fuqaro ayrim cheklanishlar bilan harbiy xizmatga yaroqli deb hisoblanadi, bundan XTMga kirayotgan fuqarolar mustasno.”;
“son suyagi boshchasi, son yoki katta boldir suyaklari uchlari, tovon va qayiqsimon suyaklarning III-IV darajali aseptik nekrozi, III-IV bosqich koksartrozi yoki gonartrozi (bemorning endoprotezlash jarrohlik amaliyotidan bosh tortgan hollarda);”;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sunʼiy boʻgʻim, yirik boʻgʻimlarga bir tomonlama total endoprotezlash amaliyotidan soʻng, III va IV ustun bilan tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga 66-moddaning “b” bandi qoʻllaniladi.”;
“Yuqori matnlardagi shakl buziluvchi spondilez va umurtqalararo ostexondrozning klinik hamda rentgenologik alomatlarining mavjudligi, shu jumladan tashqi nafas olish faoliyatining kam ifodalangan buzilishi bilan kechadigan koʻkrak qafasining deformatsiyasi 67-moddaning “v” bandini qoʻllash uchun asos boʻladi.”;
“I darajali skolioz DXX HTMga kirishga monelik qilmaydi. 5 gradusgacha (qoʻshilgan holda) boʻlgan I darajali skolioz HTMga kirishga monelik qilmaydi, bundan HDQ HTM, MG HTM va uchuvchilar tarkibini tayyorlash boʻyicha HTM mustasno.”;
11) 84-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi “oziqlanishning ifodalangan pasayishi (TVI 19,0 kg/m2 va kamroq)” degan soʻzlar “oziqlanishning pasayishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Kasalliklarning nomlanishi, faoliyatning buzilish darajasi
Kasalliklar jadvalining ustunlari
I
II
III
IV
V
VI
88
Jismoniy rivojlanish yetishmovchiligi:
a) yaqqol ifodalangan oʻzgarishlar bilan
E
Yaroqsiz
-
-
-
E
b) moʻtadil ifodalangan oʻzgarishlar bilan
E
Yaroqsiz
-
-
-
E
v) kam ifodalangan oʻzgarishlar bilan
E
Yaroqsiz
-
-
-
D
g) vazni 50 kg — 54,9 kggacha yoki boʻyi 160,0 sm — 164,9 smgacha boʻlgan holatlarda
E
Yaroqsiz
-
B
Yaroqli
C
”.
Chaqiriluvchining jismoniy rivojlanishini baholashda uning yoshini hisobga olish lozim, chunki organizmning jadal oʻsish davrida tana vazni boʻydan orqada qolishi mumkin. Boʻy va vazn nomutanosibligi jismoniy rivojlanish yetishmovchiligining koʻrsatkichi boʻlib hisoblanmaydi. Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan shaxsning jismoniy barkamolligi toʻgʻrisidagi xulosa, qatʼiy, yakka tartibda, uning vazni, boʻyi, mushak tizimlarining rivojlanganlik darajasi va koʻkrak qafasi aylanasining oʻlchami mutanosibligiga koʻra beriladi. Mushak tizimlarini rivojlanganligini baholashda, teri osti — yogʻ qatlamining toʻplanish darajasini hamda kam ifodalangan mushaklari mavjud boʻlgan boʻyi baland shaxslarning suyak mushaklari xususiyatlari ham hisobga olinadi.
Mushak tizimlari rivojlanishining zaifligi, mushaklarning boʻshashganligi, relyef konturlarining yoʻqligi va mushak hajmining yetishmovchiligi, qorin devorining osilib tushishi, ayniqsa uning pastki qismi, kuchanganda chov sohasidagi qorin devorining boʻrtib chiqishi, oʻmrov suyaklari va kurak qirralarining doʻppayib chiqishi; kurak pastki burchaklarining koʻkrak qafasidan ayrilib uzoqlashishi (qanotsimon kuraklar), mushaklar qisqarishida koʻndalang kesimini kam ifodalangan kattalashishi bilan tavsiflanadi.
Boʻyi 165 sm va undan uzun hamda vazni 55 kg va undan ortiq boʻlgan chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga ayrim cheklanishlar bilan yaroqli deb topilib, FVV harbiy qismlari, IIV qorovul qoʻshinlari va Qurolli Kuchlarning boshqa qismlariga (bundan A toifalari belgilangan harbiy qismlar mustasno) muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin.
Yaxshi jismoniy rivojlangan va oziqlangan, mutanosib tana tuzilishiga ega, boʻyi 160 sm va vazni 50 kg dan kam boʻlmagan holatlarda fuqarolarning SCHRda xizmatni oʻtashiga monelik qilmaydi.
Boʻyi 160 sm dan yoki vazni 50 kg dan kam boʻlgan, kasalliklar jadvalining VI ustuni boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan chaqiriluvchilar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazish, jismoniy rivojlanganligi ortda qolayotganligi sabablarini aniqlash uchun, har tomonlama tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazish (chaqiriluvchilarni tekshirishda qoʻllaniladigan barcha majburiy tahliliy va tibbiy vositalar yordamida tekshirishlarni oʻtkazish, ExoKG, LOR kasalliklar shifokori va endokrinolog maslahatlarini olish) maqsadida, sogʻliq holati boʻyicha mazkur moddaning “v” bandi boʻyicha bir yil muddatga harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topiladilar. Bir yil muddat oʻtganidan keyin, harbiy xizmatga yaroqlilik toʻgʻrisida yakuniy xulosa qabul qilinadi. Chaqiriluvchilarning boʻyi 160 sm ga va (yoki) vazni 50 kg ga yetganda, ular kasalliklar jadvalining VI ustuniga muvofiq cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli deb topiladilar. Jismoniy rivojlanishning ortda qolayotganlik sabablari aniqlanganda, ularga kasalliklar jadvalining tegishli moddasi qoʻllaniladi. Infantilizmdan (ikkilamchi jinsiy belgilarining rivojlanishining yetishmovchiligidan) kelib chiqqan jismoniy rivojlanishning yaqqol ifodalangan alomatlari mavjudligida, chaqiriluvchilar kasalliklar jadvalining 13-moddasi boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 6-ilovasida keltirilgan boʻy va tana vazni nisbatining meʼyorda hamda oziqlanish buzilishlarida jadvalga muvofiq alimentar yoki somatik (gipotrofiya) tabiatidan kelib chiqqan oziqlanish yetishmovchiligi mavjudligida, fuqarolar muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilayotgan, SCHRga qabul qilinayotgan, shartnoma boʻyicha harbiy xizmat va HTMga kirayotganlarida 12 oy muddatga harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topiladilar. Koʻrsatilgan davr tugaganidan soʻng, mazkur shaxslarga nisbatan, harbiy xizmatga yaroqlilik toʻgʻrisida yakuniy xulosa qabul qilinadi, agar gipotrofiya bilan kechadigan ijobiy oʻzgarishlar boʻlmagan holatlarda, mazkur moddaning “b” bandi boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar. Muddatli harbiy xizmatchilar statsionar sharoitda tekshiruvlardan oʻtkazilib, davolanishlari lozim.
Boʻyi 159,9 sm kam yoki vazni 49,9 kg kam boʻlgan fuqarolar vaqtincha yaroqsizlik muddati tugaganidan soʻng, moddaning “b” bandi boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar. Boʻyi 150 sm va (yoki) tanasining vazni 46 kgdan kam boʻlganlar esa, mazkur moddaning “a” bandi boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar. Mazkur modda boʻyicha fikrlashning sayozligi, hissiy-irodaviy buzilishlar va yengil qisqa muddatli asteno-vegetativ qoʻzgʻalishlar bilan namoyon boʻlgan jismoniy rivojlanishning yetishmovchiligi va ruhiy infantilizm mavjud boʻlgan chaqiriluvchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar. Ruhiy infantilizmning boshqa shakllarida kasalliklar jadvalining 18-moddasi qoʻllaniladi. Ruhiy infantilizmning namoyon boʻlishining tashhisiy va ekspertlik bahosi psixiatr tomonidan berilishi lozim.
Boʻyi 165 sm dan past va (yoki) vazni 55 kg dan kam boʻlgan HTMga kirayotgan nomzodlar, 88-moddaning “g” bandi boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.”.
4. 5- va 6-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Fuqarolar sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishining holatiga nisbatan qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
Jismoniy rivojlanish koʻrsatkichlari, kasalliklar jadvalining kasalliklar va moddalar roʻyxati
Milliy gvardiyaning 65921 harbiy qismiga muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar, Milliy gvardiyaga kontrakt boʻyicha kirayotganlar.
Milliy gvardiyaning HTMga kirayotgan nomzodlar va Milliy gvardiyaga muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar.
Maxsus vazifalar bajaruvchi harbiy qismlar, “razvedka qoʻmondonlik taktik” mutaxassisligi boʻyicha HTMga kirayotgan nomzodlar.
DXX harbiy qismlari, “Chegara qoʻshinlari qoʻmondonlik-taktik” mutaxassisligi boʻyicha HTMga kirayotgan nomzodlar.
Havo-desant, desant-hujumchi, togʻ-oʻqchi, IIVning 7531 va 7551 harbiy qismlari “HDK qoʻmondonlik-taktik”mutaxassisligi boʻyicha HTMga kirayotgan nomzodlar, MIB huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash markazlariga yuborilayotgan nomzodlar.
Maxsus vazifalar bajaruvchi harbiy qismlarning taʼminot boʻlinmalariga (bazalari) muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar.
IIVning boshqa harbiy qismlari, Tank, artilleriya HTMning qoʻmondonlik, muhandislik-qoʻmondonlik fakultetlariga (boʻlinmalariga) kirayotgan nomzodlar va muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar.
Avtomobil, zenit-raketa, radiatsion, kimyoviy, biologik muhofaza HTMning qoʻmondonlik, muhandislik-qoʻmondonlik fakultetlariga (boʻlinmalariga) kirayotgan nomzodlar.
Boshqa HTMlarga kirayotgan nomzodlar.
Radiatsion, kimyoviy, biologik muhofaza harbiy qismlari (boʻlinmalari) muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar.
Zenit-raketa, radiotexnik hamda HHM Q va HHKning boshqa quruqlikdagi harbiy qismlariga muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar.
Aralash tarkibdagi umumqoʻshin harbiy qismlar, aloqa qismlariga muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar.
FVV harbiy qismlari, Qurolli Kuchlarning boshqa harbiy qismlariga muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
Cheklanish darajasi
1
1
2
2
2
2
3
3
3
3
3
3
3
4
Yaroqlilik toifasi
A
A
A
A
A
A
V
V
V
V
V
V
V
S
Boʻyi
185 sm va undan baland
175 sm va undan baland
170 sm va undan baland
170 sm va undan baland
170 sm va undan baland
170 sm va undan baland
165 sm va undan baland
165 sm va undan baland
165 sm va undan baland
165 sm va undan baland
165 sm va undan baland
165 sm va undan baland
165 sm va undan baland
160 sm va undan baland
Vazni
67 kg dan
62 kg dan
60 kg dan
60 kg dan
60 kg dan
60 kg dan
55 kg dan
55 kg dan
55 kg dan
55 kg dan
55 kg dan
55 kg dan
55 kg dan
50 kg dan
Koʻrish aʼzosi
uzoq masofaga koʻrish oʻtkirligi
korreksiyasiz
1,0-0,8/
1,0-0,8
1,0-0,8/
1,0-0,8
0,6/0,6
0,6/0,6
0,6/0,6
0,6/0,6
0,6/0,6
0,5/0,5
0,4/0,4
0,5/0,1
0,5/0,1
0,5/0,1
0,5/0,1
0,5/0,1
korreksiya bilan
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
0,5/0,2
0,5/0,2
0,5/0,2
0,5/0,2
0,5/0,2
yaqin masofaga koʻrish oʻtkirligi
korreksiyasiz
0,8/0,8
0,8/0,8
0,7/0,7
0,7/0,7
0,7/0,7
0,7/0,7
0,7/0,7
0,7/0,7
0,7/0,7
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
rang ajratish
trixromaziya S turi
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
trixromaziya A va V turlari, dixromaziya
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
Eshitish
shivirlab gapirish,
metrdan kam boʻlmagan
6/6
6/6
6/6
6/6
6/6
6/6
6/6
6/6
6/6
5/5
6/6
6/6
6/6
6/6
Izoh:
1. Jadvalda “yaroqsiz” deganda — (tinchlik davrida) harbiy xizmatga yaroqsiz yoki HTMga kirishga yaroqsiz deb tushuniladi.
2. Raketa qoʻshinlariga maxsus vositalar haydovchisi va mexanik-haydovchisi lavozimlariga harbiy xizmatga yaroqli harbiy xizmatchilar tayinlanadi, ular transport vositalarini boshqarishga yaroqli boʻlib, har bir koʻzning koʻrish oʻtkirligi 0,8 dan kam boʻlmagan, rang ajratish qobiliyati buzilmagan va shivirlab gapirganda har bir qulogʻida 6 m dan kam boʻlmagan eshitish qobiliyati boʻlishi lozim.
3. Antropometriya koʻrsatkichlari boʻyicha talablar quyidagi fuqarolarga nisbatan qoʻllanilmaydi: ilmiy darajasi va unvoni mavjud boʻlganlar, respublika va xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlari, respublika va xalqaro toifadagi sport arbobi, ayrim sport turlari boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalar sovrindorlari, tor sohadagi mutaxassislar.
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Boʻy va tana vazni nisbati (meʼyorda va hujayra oziqlanishi buzilishida)