1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirining
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV DAVLAT YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI XIZMATI TEXNIKA NAZORATI BOʻYIChA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 30-iyunda 1252-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 26-iyundagi 213-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1252-5, 07.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 221-37-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom”ga asosan, buyuraman:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi Xizmati texnika nazorati boʻyicha Yoʻriqnoma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Bosh boshqarma, boshqarma va mustaqil boʻlimlari, oʻquv yurtlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB va transport IIB boshliqlariga:
2.1. “Oʻzbekiston Respublikasi IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi Xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnoma” Davlat yoʻl harakati xavfsizligi Xizmati shaxsiy tarkibi tomonidan oʻrganib chiqilishi va bajarilishi taʼminlansin.
2.2. Faoliyati yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlmagan ichki ishlar idoralari shaxsiy tarkibi va oʻquv yurtlar tinglovchilari bilan mazkur Yoʻriqnomani oʻrganish tashkillashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB boshligʻi (S.A. Abdurasulov) ga:
3.1. Hududiy YHXB idoralari tomonidan texnika nazorati boʻyicha olib borilayotgan ishlarning sifati va mazkur Yoʻriqnoma talablariga muvofiqligi ustidan doimiy nazorat oʻrnatilsin hamda joylarga amaliy yordam koʻrsatib borilsin.
3.2. Oʻrnatib qoʻyilsinki, davlat buyurtmasi asosida sotib olinayotgan namunalari mazkur Yoʻriqnoma bilan oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi standartlari talablariga mosligi qabul qilish sinovlaridan oʻtkazilmagan chet elda ishlab chiqarilgan transport vositalarini sotish uchun hisob-maʼlumotnomalari berilmaydi va foydalanishga qoʻyilmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 1992-yil 25-dekabrdagi 474-sonli buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari militsiya polkovnigi A.T. Usmonovga yuklatilsin.
Vazir, ichki xizmat general-polkovnigi Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2003-yil 2-may,
137-son
Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2003-yil 2-maydagi 137-sonli buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma texnika nazoratini tartibga solish va uning samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan, Davlat yoʻl harakati xavfsizligi Xizmati (keyingi oʻrinlarda — DYHXX)ning barcha boʻlinmalarida texnika nazorati boʻyicha vazifalar doirasini va ularni bajarish tartibini oʻrnatadi, korxona, muassasa, tashkilot va alohida fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi.
1. Umumiy qoidalar
1. DYHXX texnika nazorati boʻyicha asosiy vazifasi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtotransport vositalaridan samarali foydalanishni amalga oshirish hisoblanadi.
2. DYHXX boʻlinmalari texnika nazorati boʻyicha oʻz vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 221-37-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi IIV yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi toʻgʻrisida nizom” asosida amalga oshiradi.
3. DYHXX texnika nazorati boʻyicha masʼul shaxslarining faoliyati qonunchilikka asoslanadi. Ular oʻz vazifalarini bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Hokimiyatlar qaror va farmoyishlari, shuningdek, YHXBB haqidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi IIV buyruq va koʻrsatmalari, mazkur Yoʻriqnoma hamda amaldagi qonunchilikka mos ravishda tasdiqlangan boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etadi.
4. DYHXX boʻlinmalari texnika nazorati boʻyicha oʻz vazifalarini bajarishda ichki ishlar idoralarining boshqa xizmatlari, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, davlat idoralari, korxona, tashkilot va muassasalar hamda faoliyati yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga bogʻliq boʻlgan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
5. DYHXX texnika nazorati boʻyicha masʼul shaxslari oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmasliklari yoki oʻzlariga berilgan huquqlarni suiisteʼmol qilganliklari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
DYHXXning har bir xodimi ishda yuqori madaniyat namoyon etishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalalik va hurmatni saqlashi, yoʻl harakati ishtirokchilariga nisbatan eʼtiborli va ziyrak boʻlishi shart.
2. DYHXXning texnika nazorati boʻyicha vazifalari
6. Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda IIV YHXBB) texnika nazorati boʻyicha boshqaruv funksiyasini, nazorat qilishni va boshqa vazifalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 221-37-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi IIV yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi toʻgʻrisida Nizom” va Oʻzbekiston Respublikasi IIVning boshqa meʼyoriy hujjatlari asosida amalga oshiradi.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB YHX boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy YHXB)texnika nazorati boʻyicha boshqarish, nazorat qilish va texnika nazorati boʻyicha boshqa vazifalarni Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2001-yil 9-iyuldagi 169-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB YHX boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizom” va Oʻzbekiston Respublikasi IIVning boshqa meʼyoriy hujjatlari asosida amalga oshiradi.
8. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish meʼyor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlim (boʻlinma, guruhi)lari Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2001-yil 9-iyuldagi 169-sonli buyrugʻiga amal qilib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
a) transport vositalarining konstruksiyalarini, shu jumladan tayyorlash va qayta jihozlash uchun loyiha hujjatlari talab etilmaydigan transport vositalarining konstruksiyalari yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligini nazorat qiladi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazadi;
v) yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoida, meʼyor va standartlarning bajarilishini nazorat qiladi;
g) transport vositalarining texnik holatini harakat xavfsizligini taʼminlashga tegishli qismi boʻyicha hamda atrof-muhitni ularning zararli taʼsiridan himoya qilish talablarining bajarilishini nazorat qiladi va transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, ularda radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni oʻrnatishga ruxsatnomalar mavjudligini tekshiradi;
d) transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini tekshiradi.
9. DYHXX diagnostika stansiyalari (keyingi oʻrinlarda “Diagnostika stansiyalari”) texnika nazorati boʻyicha quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazadi;
b) mazkur Yoʻriqnomaning 8-bandi “g”) bandchasida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar boʻyicha transport vositalarining texnik holatini tekshiradi;
v) tergov va surishtiruv idoralari yoʻllanmasi boʻyicha yoʻl-transport hodisalarida ishtirok etgan transport vositalarini koʻrikdan oʻtkazadi va texnik holatini tekshiradi.
3. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga taalluqli va atrof muhitni transport vositalarining zararli taʼsiridan muhofaza qilish boʻyicha qoida, meʼyor va standartlarni ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 221-37-sonli qaroriga muvofiq IIV YHXBB yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha qoida, meʼyor va standartlarni ishlab chiqadi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan ishlab chiqilayotgan shu sohaga oid meʼyoriy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi, ular boʻyicha xulosalar tayyorlaydi.
11. Qoida, meʼyor va standartlarni ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
12. Standartlarni ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasining OzDSt 1.1-92, OzDSt 1.2-92, OzDSt 1.3-92, OzDSt 1.9-95 davlat standartlari talablari asosida amalga oshiriladi.
13. IIV YHXBB tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar tarkibiga (bunday holatlarda YHXBB bosh tashkilot hisoblanadi) quyidagilarni belgilovchi qoida, meʼyor va standartlar kiradi:
avtotransport vositalari konstruksiyasining yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir qiluvchi tarkibiy qismlari va qoʻshimcha jihozlar koʻrsatkichlari (1–ilova);
yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha transport vositalarining texnik holatiga qoʻyiladigan talablar;
yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha tezkor xizmatlar transport vositalariga qoʻyiladigan talablar;
yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha transport vositalari va qoʻshimcha jihozlarning konstruksiyalariga qoʻyiladigan talablar;
korxona, muassasa, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarida transport vositalarini soz holatda saqlash boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlarda qatnashish tartibi;
DYHXX texnika nazorati boʻyicha ish hisobi va hisobotlarni topshirish tartibi.
14. IIV YHXBB vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan ishlab chiqiladigan quyidagi hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etishi mumkin:
transport vositalari, ularning konstruksiyasi tarkibiy qismlari va qoʻshimcha jihozlariga yoʻl harakati xavfsizligi talablari;
transport vositalari namunalari va qoʻshimcha jihozlarining xavfsizlik talablariga mosligini qabul qilish sinov usullari;
transport vositalaridan texnik foydalanish meʼyorlari;
transport vositalarining diagnostika uskunalari, nazorat-oʻlchov asboblariga qoʻyiladigan texnik talablar va ulardan transport vositalarining texnik holatini tekshirishda foydalanish usullari;
transport vositalaridan chiqadigan gazlarning tutunlilik va zaharlilik miqdorining, shuningdek, transport vositalari tomonidan hosil qilinadigan tashqi va ichki shovqinlarning meʼyorlari;
tezkor xizmatlar transport vositalaridagi maxsus chiroq va ovozli signallarga yoʻl harakati xavfsizligi talablari.
4. Transport vositalari konstruksiyalari va qoʻshimcha uskunalarning yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga taalluqli va atrof muhitni transport vositalarining zararli taʼsiridan muhofaza qilish boʻyicha standart talablariga mosligini tekshirish
15. Avtotransport vositalari, tramvay, trolleybuslarga, ularning konstruksiyasi tarkibiy qismlariga va qoʻshimcha uskunalariga yoʻl harakati xavfsizligi talablari hamda atrof muhitni transport vositalarining zararli taʼsiridan muhofaza qilish talablarini belgilaydigan standartlarga quyidagilar kiradi:
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan transport vositalari, ularning butlovchi qismlari va qoʻshimcha uskunalarining (maxsus bolalar oʻrindigʻi, mototransport vositalari uchun shlemlar, bosh suyanchigʻi va shunga oʻxshash mahsulotlar) tarmoq standart va meʼyorlari.
16. Oʻzbekiston Respublikasi umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllarida foydalanish uchun moʻljallangan transport vositalari hamda xorijda ishlab chiqarilib foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan transport vositalari konstruksiyalari va qoʻshimcha uskunalari Oʻzbekiston Respublikasi standart va meʼyorlarga mosligi DYHXX tomonidan nazorat qilinadi.
17. Transport vositalari konstruksiyalari va qoʻshimcha uskunalari ishlab chiqarishning quyidagi bosqichlarida xulosalar beriladi:
a) mamlakatimizda ishlab chiqiladigan avtotransport vositalari uchun texnik topshiriq (TT), texnik loyiha (TL), texnik shartlarni (TSh) kelishuv, namunalar sinovi va ularni ishlab chiqarish uchun qabul qilish bosqichida;
b) xorijda ishlab chiqilgan umumiy foydalanishdagi avtomototransport vositalari, trolleybus va tramvaylar uchun namunalar sinovi bosqichida;
v) mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qoʻshimcha uskunalarga texnik shartlarni kelishish va xorijda ishlab chiqarilgan qoʻshimcha uskunalardan esa Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi transport vositalarida foydalanish masalasini hal etish bosqichida.
Yuqorida koʻrsatilgan bosqichlar mamlakatimizda yangi transport vositalarini ishlab chiqish va qayta jihozlash ishlari gabarit va ogʻirlik oʻlchamlarining oʻzgarishi, tormoz tizimi, oʻrindiqlar soni, koʻrish burchagini oʻrnatish, chiroq va yoritish rangi jihozlarining tavsifi, yorugʻlik ishoralari, rul boshqaruvi, yurish qurilmalari, shuningdek, koʻrishni taʼminlovchi konstruksiyaning tarkibiy qismlari, koʻrinishni oshirish, passiv va falokatdan soʻnggi havfsizlikni taʼminlashga bogʻliq boʻlgan holatlarida amalga oshiriladi.
18. IIV YHXBB hududiy YHXBlarini zarur hollarda transport vositalari konstruksiyalarni koʻrib chiqishga jalb etishi mumkin.
19. IIV YHXBB ayrim holatlarda namunalar sinovida ishtirok etish va ularni ishlab chiqarishga qabul qilish boʻyicha hududiy YHXB ish faoliyatini belgilaydi.
20. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish meʼyor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlim(boʻlinmasi, guruhi)lari quyidagi nazoratni amalga oshiradi:
ishlab chiqarish va qayta jihozlash ishlari loyiha hujjatlarisiz amalga oshiriladigan avtomototransport vositalari konstruksiyalarini (2-ilova);
avtomobilsozlik sanoatiga tegishli boʻlmagan korxonalarda ishlab chiqilayotgan avtotransport vositasining yoki uning biror qismining konstruksiyasi yoʻl harakati xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi guvohnoma mavjudligini.
21. IIV YHXBB xodimlari nazoratni amalga oshirayotganda standartlarning yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga taalluqli qismi talablariga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanmaslik va qoʻshimcha uskunalarni ishlatmaslik choralarini koʻrishlari shart.
Standartlar talablari buzilgan holda loyiha hujjatlarisiz yoki loyiha hujjatlari IIV YHXBB bilan kelishilmagan holda tayyorlangan yoki qayta jihozlangan transport vositalaridan foydalanish va qoʻshimcha uskunalarni ishlatishga ruxsat etilmaydi (2-ilovada koʻrsatilgan oddiy qayta jihozlashlar bundan mustasno).
Standartlar talablari buzilib, transport vositalari va qoʻshimcha uskunalarni tayyorlash, qayta jihozlash holatlari haqida IIV YHXBB zarurat boʻlganda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligining tegishli idoralariga mahsulotlarni talab darajasiga keltirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish yoki nostandart mahsulotlarni ishlab chiqarishni taqiqlash haqida maʼlumot yuboradi.
Maʼlumotda quyidagilar koʻrsatiladi:
ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va manzili;
ishlab chiqarilayotgan transport vositasining turi va rusumi yoki qoʻshimcha uskunaning nomi va rusumi;
konstruksiyada talablari hisobga olinmagan standartlar roʻyxati.
22. Texnik topshiriqni koʻrib chiqish va xulosa berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) texnik topshiriq yuzasidan xulosa berishda, unga yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga bogʻliq quyidagi maʼlumotlar kiritilganligi tekshiriladi:
mahsulotdan foydalanish haqidagi qisqacha tavsif;
transport vositalari uchun moʻljallangan yoʻl sharoiti va foydalanish tartibi;
tezligi, quvvati, solishtirma quvvati;
ogʻirlik oʻlchamlari (yuk bilan vazni, toʻliq vazni, yuk koʻtarish qobiliyati, yoʻlovchilar soni, tirkamaning toʻliq vazni, oʻqlar boʻyicha toʻla vaznning taqsimlanishi);
yoʻl sathi bilan oraliq masofa, burilish radiusi;
gʻildiraklar soni, shinalar oʻlchami va tavsifi;
tormoz konstruksiyasi;
standart talablaridan past boʻlmagan yoʻl harakati xavfsizligining boshqa talablari.
b) texnik topshiriq loyihalarini koʻrib chiqish, u tushgan kunidan boshlab 20 kundan ortiq boʻlmagan muddat ichida amalga oshiriladi;
v) texnik topshiriq loyihalari boʻyicha ikki nusxada yozma xulosa tuziladi.
Texnik topshiriq loyihasi boʻyicha kamchiliklar boʻlmasa tuzilgan xulosada: “Texnik topshiriq loyihasi boʻyicha eʼtirozlar yoʻq” deb koʻrsatiladi. Agarda loyihada standartlar talablari hisobga olinmagan boʻlsa yoki transport vositasi konstruksiyasi haqidagi maʼlumot toʻliq boʻlmasa, xulosada: loyihadagi kamchiliklar qaysi standart va meʼyorlarning talablariga mos kelmasligi asoslantirilib, koʻrsatib oʻtiladi.
Xulosaning bir nusxasi texnik topshiriq loyihasini ishlab chiqqan korxonaga joʻnatiladi, ikkinchi nusxasi nazorat qilish uchun loyiha bilan birgalikda IIV YHXBBda qoldiriladi.
Agar texnik topshiriqni koʻrib chiqish boʻyicha asoslangan kamchiliklar bartaraf etilmaganda ishlab chiqaruvchi korxonaga bajarilishi shart boʻlgan transport vositalari konstruksiyalarida standart talablariga rioya qilish toʻgʻrisida koʻrsatma (3-ilova) yuboriladi.
g) texnik topshiriq loyihalari yuzasidan ijobiy xulosa berilsa, loyiha muqovasiga kelishuv haqidagi yozuvni kiritish bilan rasmiylashtiriladi (4-ilova).
23. Texnik loyihani koʻrib chiqish va xulosa berish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) texnik loyihani ekspertiza qilishda texnik topshiriqda koʻrsatilgan kamchiliklarning bartaraf etilganligi va uning tasdiqlanganligi, texnik topshiriqda koʻrsatilgan standartlar talablarining toʻliq tatbiq etilganligi koʻrib chiqiladi.
Texnik loyihaga transport vositasi umumiy koʻrinishi va konstruksiyasining yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi tarkibiy qismlari chizmasi, shuningdek, texnik topshiriq boʻyicha bajarilmagan talablar, ularning bajarilmaslik sabablari asoslangan tushuntirish yozuvlari kiritiladi.
b) texnik loyihani koʻrib chiqish va kamchiliklarning bartaraf etilishini nazorat qilish mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandi “b)” – “g)” bandchalarida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi;
v) IIV YHXBB avtomobilsozlik tarmogʻiga aloqasi boʻlmagan ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan taqdim etilgan texnik topshiriq bilan bir qatorda namunalarni sinovidan oʻtkazish uslublar dasturini ham koʻrib chiqadi. Agar mahsulotlarda ommaviy (seriyali) ishlab chiqariladigan transport vositalarining tarkibiy qismlari qoʻllanilgan boʻlsa, sinovdan oʻtkazish uslublar dasturida faqat oʻzgargan koʻrsatkichlarni tekshirishdan oʻtkazish nazarda tutiladi.
Sinovdan oʻtkazish uslublar dasturini koʻrib chiqish, texnik topshiriqni koʻrib chiqish uchun oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
24. Transport vositalarini ishlab chiqarish uchun namunalarni sinovdan oʻtkazish va qabul qilish bosqichida koʻrib chiqish hamda xulosa berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) qabul qilish sinovlari mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona, muassasa, tashkilot, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining buyrugʻi bilan tayinlangan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Sinovni oʻtkazish joyi komissiya tomonidan belgilanadi.
Komissiya tarkibiga, ushbu mahsulot loyiha hujjatlariga xulosalar berish bosqichlarida qatnashgan IIV YHXBB xodimlari kiritiladi.
b) IIV YHXBB xodimlari komissiyadagi ishini transport vositalari namunasi va hujjatlarini oʻrganishdan boshlaydi. Ular quyidagilarni aniqlashi lozim:
sinovga yetarli miqdordagi namunalar qoʻyilayotganligini;
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan oʻtkazilgan dastlabki sinov natijalarini;
texnik topshiriq va texnik loyiha oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanganligini.
Komissiya eʼtiboriga dastlabki sinov natijalari texnik hisobotlari, sinovdan oʻtkazish uslublar dasturi loyihasi va boshqa zaruriy hujjatlar taqdim etiladi.
Yuqorida keltirilgan shartlarning birortasi bajarilmasa IIV YHXBB xodimi tomonidan qabul sinovlari boshlanishi boshqa muddatga koʻchirilishi toʻgʻrisida taklif beriladi.
v) qabul qilish sinovidan oʻtkazish uslublar dasturida namunalar standartlarning barcha talablariga muvofiqligini tekshirish nazarda tutiladi;
g) dastlabki sinovlardagi ijobiy natijalar qabul qilish sinovlarining natijalari ham deb qabul qilinishi mumkin;
d) IIV YHXBB xodimlari namunalarning standartlar talablariga mosligini tekshirishni sinovlarda bevosita ishtirok etish yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari va mahsulotni ishlab chiqqan korxonalar konstruktorlik boʻlimlarining texnik hisobotlarini koʻrib chiqish yoʻli bilan amalga oshiradi;
e) qabul komissiyasi tomonidan sinov natijalari boʻyicha bayonnoma va qabul qilish dalolatnomasi tuziladi. Agar namuna sinovdan oʻtmagan boʻlsa, dalolatnoma imzolangunga qadar konstruksiyaga ishlov berish haqidagi takliflar yoziladi. Konstruksiyaning qayta ishlangan tarkibiy qismlari takroriy sinovdan oʻtkaziladi.
Sinovdan oʻtmagan namunalarni ishlab chiqarishga taklif etish haqidagi dalolatnoma IIV YHXBB xodimlari tomonidan imzolanmaydi. Bunday holatlarda ishlab chiqaruvchi korxonaga koʻrsatma yuboriladi (3-ilova).
25. Texnik shartlarini koʻrib chiqish va xulosa berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) transport vositalari texnik shartlarining loyihalarini koʻrib chiqish uchun faqat qabul qilish sinovlari hujjatlari bilan qabul qilinadi;
b) texnik shartlar loyihalarini ekspertiza qilishda, ularda transport vositalarining konstruksiyalari standartlar talablariga mosligini tasdiqlovchi maʼlumotlar koʻrsatilganligi aniqlanadi;
v) texnik shartlar loyihalarini koʻrib chiqish, ular kelib tushgan kundan boshlab 20 kundan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Texnik shartlar loyihalarini koʻrib chiqish mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Texnik shartlar oʻzgarganligi haqidagi xabar texnik topshiriqlar uchun oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
g) texnik shartlar loyihalari kelishilganda, ishlab chiquvchi korxonaga avtotransport vositasining yoki uning biror qismining konstruksiyasi yoʻl harakati xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi guvohnoma (5-ilova) beriladi va u ushbu transport vositasini foydalanishga va hududiy YHXBda qayta roʻyxatga olishga asos boʻladi.
26. Loyiha hujjatlari ishlab chiqilmasdan tayyorlash yoki qayta jihozlash amalga oshirilgan transport vositalarining konstruksiyalari ustidan nazorat qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) loyiha hujjatlari ishlab chiqilmasdan tayyorlash yoki qayta jihozlash amalga oshirilgan transport vositalariga quyidagilar kiradi:
shaxsiy foydalanish uchun yakka tartibda tayyorlangan yengil avtomobillar, yengil avtomobil tirkamalari, mototsikl va motorollyerlarning yon tirkama aravachalari;
oddiy turda qayta jihozlangan transport vositalari (2-ilova);
b) yakka tartibda tayyorlangan yengil avtomobillar konstruksiyalari texnik talablarga (6-ilova) mosligi tekshiriladi.
Avtomobil oʻrnatilgan talablarga mos kelganda IIV YHXBB tomonidan erkin shakldagi dalolatnoma beriladi, ushbu dalolatnoma transport vositasidan foydalanishga va hududiy YHXBga roʻyxatga olishga asos boʻladi.
Yengil avtomobil tirkamalari, mototsikl va motorollyerlar yon tirkama aravachalari konstruksiyalarining tegishli texnik talablarga mosligi IIV YHXBB texnika nazorati xodimlari tomonidan tekshiriladi.
Koʻrsatilgan transport vositalari oʻrnatilgan talablarga mos kelganda, ulardan foydalanish boʻyicha xulosa beriladi.
v) oddiy turdagi qayta jihozlashga kiradigan avtotransport vositalarining ustidan nazoratni amalga oshirishda, ularning konstruksiyalari yoʻl harakati xavfsizligi talablariga mosligi tekshiriladi (2-ilova). Ushbu transport vositalari belgilangan talablarga javob bergan taqdirda DYXXX tomonidan belgilangan tartibda transport vositasidan foydalanishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida ijobiy xulosa beriladi.
27. Murakkab boʻlgan qayta jihozlash va konstruksiyasiga oʻzgarish kiritish (boshqa rusumdagi dvigatel oʻrnatish, yoʻlovchi tashuvchi va maxsus avtomobillarni qayta jihozlash va boshqa shu kabi) masalalari IIV YHXBB texnika nazorati boʻlimi tomonidan koʻrib chiqiladi va bunday qayta jihozlangan, konstruksiyasiga oʻzgartirish kiritilgan transport vositalarining texnik holati boʻyicha xulosalar beriladi.
28. Xorijda ishlab chiqarilgan va sotib olinayotgan transport vositalari konstruksiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi qoida, meʼyor va standartlariga mosligini koʻrib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini buyurtmalar asosida sotib olish maqsadida mazkur avtotransport vositalarini qabul sinovlaridan oʻtkazish va standartlarga mosligini tekshirish uchun komissiyalar tuzilganda IIV YHXBB xodimlari mazkur komissiyalar tarkibida va uning faoliyatida qatnashadi;
b) oʻtkazilgan tekshirish va qabul qilish sinovlari natijalari yuzasidan DYHXX xulosa beradi.
Komissiya tomonidan imzolangan va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan dalolatnoma nusxalari esa ushbu avtotransport vositasini sotib oluvchi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralariga hamda IIV YHXBBga taqdim qilinadi.
v) sinovlar natijalari ijobiy boʻlganda, IIV YHXBB hududiy YHXBlariga ushbu transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi qoida, meʼyor va standartlariga mosligi toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi;
g) xorijdan yakka tartibda keltirilgan avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi qoida, meʼyor va standartlariga mosligi DYHXX xodimlari tomonidan roʻyxatga olish vaqtida tekshiriladi.
29. Qoʻshimcha uskunalar konstruksiyalarini koʻrib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) IIV YHXBB qoʻshimcha uskunalar konstruksiyalarini, ularning yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsirini, standartlar yoki boshqa meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga mosligini koʻrib chiqadi;
b) Yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir koʻrsatadigan qoʻshimcha uskunalar namunalarining sinovlari ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ushbu mahsulot uchun standartlarda yoki meʼyoriy hujjatlarda belgilangan uslublar boʻyicha oʻtkaziladi.
IIV YHXBB texnika nazorati xodimlari namunalarning xavfsizlik talablariga mosligini tekshirishni bevosita sinovlarda ishtirok etish yoki ishlab chiqaruvchi korxonaning texnik hisobotlarini koʻrib chiqish orqali amalga oshiradi.
Sinovlar ijobiy natija bilan tugaganda, IIV YHXBB tomonidan yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoida, meʼyor va standartlar talablariga mosligi toʻgʻrisida xulosa beriladi.
5. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar (avtotransport korxonalari) tomonidan yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga va atrof muhitni avtomototransport vositalarining zararli taʼsiridan himoya qilishga oid qoidalar, meʼyorlar va standartlarning bajarilishini tekshirish
30. DYHXX tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda bu haqdagi meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
31. Rejali tartibda tekshirish nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan nazorat qiluvchi organlarning reja-jadvali boʻyicha amalga oshiriladi.
32. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini rejadan tashqari tekshirish yetarli darajada asos boʻlganda IIV YHXBB yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan oʻrnatilgan tartibda tekshirish oʻtkazish haqida berilgan buyurtmalar boʻyicha nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalarining qarorlariga asosan amalga oshiriladi.
33. Nazorat tariqasidagi tekshirishlar oldin oʻtkazilgan tekshirishlarning natijalari boʻyicha chiqarilgan hujjatlarda (maʼlumotnomalarda) koʻrsatilgan holatlar boʻyicha va belgilangan muddatlarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalarining qoʻshimcha qarorlarisiz amalga oshiriladi.
34. Yoʻl-transport hodisalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyatini tekshirish, tergovchining tekshirish oʻtkazish haqidagi qarori asosida amalga oshiriladi.
35. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (avtotransport korxonalarining (ATK)) transport vositalarini soz holatda saqlash boʻyicha faoliyatini tekshirish IIV YHXBB texnika nazorati boʻlimi, hududiy YHXB texnika nazorati boʻlimlari hamda tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish meʼyor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlim (boʻlinmasi, guruhi)lari tomonidan amalga oshiriladi.
36. Tekshirishdan koʻzlangan maqsad transport vositalarining texnik holatini doimiy ravishda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga oid qoida, meʼyor va standartlar talablariga mosligiga erishishdir.
37. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni (ATK) tekshirishda transport vositalarini texnik soz saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha quyidagi masalalarga eʼtibor qaratiladi:
transport vositalarining texnik holati;
transport vositalari sozligining kundalik nazorati;
birinchi (1-TXK) va ikkinchi (2-TXK) texnik xizmatning oʻtkazilganligi, bunda yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi konstruksiya tarkibiy qismlaridagi nosozliklarni bartaraf etish toʻliq hajmda bajarilganligi;
yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi konstruksiya qismlarini joriy taʼmirlash (JT) uchun buyurtmalarning oʻz vaqtida berilganligi va ularning bajarilish sifati;
transport vositalarini texnik holatini xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha tekshirish uchun moʻljallangan diagnostik asboblarning mavjudligi, ishga yaroqliligi, sozligi va amalda qoʻllanilishi.
38. Xoʻjalik yurituvchi subyektni nazorat tartibida tekshirish oldingi oʻtkazilgan tekshirish natijalari boʻyicha yuborilgan taqdimnomada koʻrsatilgan kamchilik boʻyicha amalga oshiriladi.
39. Tekshirishlarni rejalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) DYHXX tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda (ATK) tekshirish oʻtkazish uchun nazorat qiluvchi organlar organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining hududiy komissiyalariga tekshirilishi lozim boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning roʻyxati koʻrsatilgan buyurtma yuboriladi;
b) nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining reja-jadvali asosida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirish uchun hududiy YHXBning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi chiqariladi va buyruqda tekshiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tavsifi, tekshirish sanasi va tekshirishni oʻtkazishga masʼul xodimlarning ismi, familiyasi va sharifi koʻrsatiladi;
v) DYHXX xodimi tekshirish zarurligi va davriyligini belgilashda, har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻyicha quyidagilarni inobatga oladi:
transport vositalarining texnik nosozligi tufayli sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining mavjudligi;
oxirgi majburiy texnik koʻrik natijalari boʻyicha transport vositalarining texnik holati;
texnik nosozligi tufayli foydalanishi taqiqlangan transport vositalarining soni;
belgilangan amortizatsiya va foydalanish muddatini oʻtagan transport vositalarining soni;
konstruksiyasi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlovchi qoida va standartlar talablariga javob bermaydigan oʻzboshimchalik bilan tayyorlangan yoki qayta jihozlangan transport vositalarining mavjudligi;
DYHXX xodimlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (ATK) transport vositalarining texnik holati va konstruksiyalarida qoida, meʼyor va standartlar talablarining buzilishi boʻyicha koʻrsatma yuborilgan holatlar mavjudligi.
40. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni (ATK) tekshirish DYHXX texnika nazorati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bajariladigan ishlarning tavsifiga qarab tekshirishga tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
41. Tekshirishlar imkon qadar xoʻjalik yurituvchi subyektda (ATK) oʻrnatilgan ish tartibini buzmagan holda va texnika xizmati rahbarlari ishtirokida amalga oshiriladi.
Transport vositalarining texnik holatini tekshirish, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari bilan kelishilgan holda smenalar oraligʻida amalga oshirilishi mumkin.
42. Transport vositalarining sozligini kundalik nazorat qilishni tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) DYHXX xodimlari transport vositalarining sozligini kundalik nazorat qilishni tekshirishni, taʼmirlash bazasi va texnik xizmati mavjud xoʻjalik yurituvchi subyektlarda transport vositalarining sozligini kundalik nazorat qilish vazifalari texnik nazorat boʻlimi nazoratchilariga, texnik nazorat shoxobchalari mexaniklariga va haydovchilarga yuklatilganligini smenalar oraligʻida amalga oshirishlarini hisobga olib tashkillashtiradi.
Taʼmirlash bazasi va texnik xizmati boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda transport vositalarining sozligini kundalik nazorat qilish vazifalari haydovchilar zimmasiga yuklatiladi;
b) DYHXX texnik nazorati xodimi tekshirish davrida xoʻjalik yurituvchi subyektning hujjatlari boʻyicha smenalar oʻrtasidagi vaqt davomiyligi, har kuni korxonadan tashqariga chiqadigan avtomobillar soni, avtomobillarni tekshirishda foydalaniladigan texnik nazorat shoxobchalari va diagnostika postlarining soni hamda ularning smenalar oʻrtasidagi ish vaqtlari haqidagi maʼlumotlarni toʻplaydi.
Ana shu maʼlumotlar asosida korxona, muassasa, tashkilot hududidan tashqariga chiqadigan barcha transport vositalarining sozligini kundalik nazoratdan oʻtkazish imkoniyati aniqlanadi.
Nazoratchi, mexanik va haydovchilar tomonidan transport vositalarining sozligini kundalik nazoratdan oʻtkazish ishlarining toʻliq bajarilganligi, yoʻl varaqasiga ushbu xodimlar tomonidan soz deb imzo qoʻyilgan avtomobil, tirkama va yarim tirkamalarni koʻzdan kechirish yoʻli bilan tekshiriladi.
Agar yoʻl harakati qoidalari talablariga javob bermaydigan transport vositalari xoʻjalik yurituvchi subyektdan (ATK) tashqariga chiqarilish hollari aniqlansa, ushbu transport vositasidan foydalanish nosozliklar bartaraf etilgunga qadar taqiqlanadi, aybdorlarga esa maʼmuriy taʼsir choralari qoʻllaniladi. Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash uchun asoslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-sonli qarori bilan tasdiqlangan yoʻl harakati qoidalarining 3-ilovasiga muvofiq aniqlanadi;
v) transport vositalarining sozligini kundalik nazorat qilishni tekshirish natijalari erkin shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
mavjud foydalanish tizimi korxona, muassasa, tashkilot hududidan tashqariga chiqariladigan transport vositalarining sozligini kundalik nazorat qilishni taʼminlayotganligi yoki yoʻqligi;
nazoratchi, mexanik va haydovchilar ish sifatining tavsifi;
DYHXXning transport vositalarining sozligini kundalik nazorat qilishni soʻzsiz taʼminlashga yoʻnaltirilgan takliflari.
Taklif etiladigan tadbirlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
texnik nazorat shoxobchalari va diagnostika postlarining smenalar oraligʻidagi ish vaqtini oshirish;
texnik nazorat shoxobchalari sonini koʻpaytirish (kirish yoʻllari mavjud boʻlganda);
diagnostika postlarini barpo qilish, post va texnik nazorat shoxobchalarini zamonaviy nazorat vositalari bilan jihozlash hamda ulardan transport vositalarining texnik holatini nazorat qilishda samarali foydalanish.
Tekshirish natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, tekshirish oʻtkazgan DYHXX xodimi va xoʻjalik yurituvchi subyektning (ATK) masʼul xodimi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi xoʻjalik yurituvchi subyektga (ATK) topshiriladi.
43. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda (ATK) transport vositalariga 1-texnik xizmat koʻrsatish (1-TXK) va 2-texnik xizmat koʻrsatish (2-TXK)ni tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) 1-TXK va 2-TXKni tekshirayotgan DYHXX xodimlari ushbu texnik xizmat koʻrsatish ishlari transport vositasi maʼlum vaqt oraligʻida, maʼlum masofani bosib oʻtganligini hisobga olib tuzilgan jadvallarni inobatga olgan holda oʻz ishlarini tashkillashtiradi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda avtotransport vositalariga 1-TXK va 2-TXK davriyligi oʻrnatilgan tartibda belgilanadi;
b) DYHXX xodimlari avtotransport korxonasini hujjatlari boʻyicha tekshirishda transport vositalarining roʻyxat boʻyicha tarkibi va turlari, 1-TXK va 2-TXKni oʻtkazishda bajariladigan ish hajmiga kiritilgan yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir qiluvchi konstruksiyasining tarkibiy qismlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlar roʻyxatini aniqlaydi.
Olingan maʼlumotlarni hisobga olib, 1-TXK va 2-TXK jadvallarining mavjudligini va unga rioya qilinganligini, har bir postda bajariladigan ishlar kiritilgan ish kartasining yoki boshqa shunga oʻxshash hujjatlarning mavjudligini, yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir qiluvchi konstruksiyalarning tarkibiy qismlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarning bajarilayotganligini tekshiradi;
v) jadvalga rioya qilinishi, ularni 1-TXK va 2-TXK oʻtkazilganligini hisobga olish hujjatlari bilan taqqoslab tekshiriladi;
g) Yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir qiluvchi konstruksiyaning tarkibiy qismlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarning bajarilayotganligi bevosita xizmat koʻrsatilayotgan va koʻrsatilgan transport vositalarini tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Tekshirishga texnik xizmat koʻrsatishda qoʻllaniladigan diagnostik uskunalar, nazorat-oʻlchov asboblari va jihozlar jalb etilishi mumkin;
d) xizmat koʻrsatilgan, lekin yoʻl harakati qoidalari talablariga javob bermaydigan transport vositalari takror xizmat koʻrsatish uchun qaytariladi;
e) xoʻjalik yurituvchi subyektlarda 1-TXK va 2-TXK tekshirish natijalari erkin shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va unda tekshirilgan barcha masalalar boʻyicha ishlar ahvoli, shuningdek, jadvalning buzilishi va ish hajmining toʻliq bajarilmasligi sabablarini bartaraf etish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar haqidagi DYHXXning takliflari koʻrsatiladi.
Tekshirish natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, tekshirish oʻtkazgan DYHXX xodimi va xoʻjalik yurituvchi subyektning (ATK) masʼul xodimi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi xoʻjalik yurituvchi subyektga (ATK) topshiriladi.
44. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda (ATK) transport vositalarining joriy taʼmirini (JT) tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) DYHXX xodimlari xoʻjalik yurituvchi subyektning hujjatlari boʻyicha JTga buyurtma qabul qilinishi, roʻyxatga olinishi va hisob tartibini aniqlaydilar, shundan soʻng joriy taʼmirning oʻz vaqtida bajarilganligini tekshiradilar;
b) JTning oʻz vaqtida bajarilishi tegishli hujjatlar boʻyicha va mavjud diagnostik uskunalarini, nazorat-oʻlchov asboblari va jihozlarini bevosita transport vositalarida qoʻllash orqali tekshiriladi;
v) JTdan oʻtgan, lekin yoʻl harakati qoidalari talablariga javob bermaydigan transport vositalari takror taʼmirlash uchun qaytariladi.
Tekshirish natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, tekshirish oʻtkazgan DYHXX xodimlari va xoʻjalik yurituvchi subyektning (ATK) masʼul xodimi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi xoʻjalik yurituvchi subyektga (ATK) topshiriladi.
45. Transport vositalarining texnik holatini harakat xavfsizligi koʻrsatkichlari boʻyicha tekshirish uchun qoʻllaniladigan diagnostik uskunalar, nazorat-oʻlchov asboblari va jihozlarining mavjudligi, ish samaradorligi, sozligi va amalda qoʻllanilishi mazkur Yoʻriqnomaning 70-bandida koʻrsatilgan tartibda tekshiriladi.
46. DYHXX xodimlari xoʻjalik yurituvchi subyektni tekshirish natijalari boʻyicha quyidagi yakuniy ishlarni amalga oshiradi:
a) har bir xoʻjalik yurituvchi subyektda oʻtkazilgan tekshirish natijalarini tahlil qilinib, transport vositalarining texnik holati past darajadaligi sababi, transport vositalarini soz holatda saqlash boʻyicha tadbirlarning bajarilmasligi yoki qoniqarsiz bajarilishi sabablari aniqlanadi;
b) tekshirish jarayonida olingan hujjatlar asosida, (dalolatnomalar, hisob-kitoblar va h. k.) tekshirish natijalari boʻyicha erkin shakldagi dalolatnoma tuziladi, ushbu dalolatnomaga xoʻjalik yurituvchi subyektni ayrim masalalar boʻyicha tekshirish natijalari, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun majburiy boʻlgan transport vositalarini soz holatda saqlash boʻyicha tadbirlar haqidagi takliflar kiritiladi;
v) tekshirish natijalari boʻyicha transport vositalarining texnik holati past darajadaligi va texnik foydalanish meʼyorlarining qoniqarsiz bajarilganligi aniqlansa, tegishli koʻrsatma (7-ilova) tuziladi, unga aniqlangan holatlar dalolatnomalar asosida kiritiladi va dalolatnomalarda koʻrsatilgan transport vositalarini soz holatda saqlash boʻyicha tadbirlarning oʻtkazilishi taklif etiladi.
Dalolatnomalar va koʻrsatma nusxalari xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga imzo bilan topshiriladi;
g) xoʻjalik yurituvchi subyekt maʼmuriyati tomonidan koʻrsatilgan tadbirlar bajarilmagan holda Hokimiyatlar qoshidagi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha komissiyaga transport vositalarining qoniqarsiz holatda saqlayotganligi haqidagi masalani koʻrib chiqish haqida taklif bilan chiqiladi.
DYHXX komissiyaga mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektdagi transport vositalarining qoniqarsiz texnik holati, korxona tomonidan transport vositalarini soz holatda saqlash boʻyicha tadbirlarning bajarilmaganligi haqidagi hujjatlar (dalolatnomalar, hisob-kitoblar, taqdimnoma nusxasi va h. k.) va aniq takliflar taqdim etadi.
DYHXX xodimlari oʻz takliflarini tuzishda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan transport vositalarini soz saqlash boʻyicha quyidagi tadbirlarni inobatga oladi:
yoʻl harakati qoidalarining qatʼiy bajarilishi;
xoʻjalik yurituvchi subyekt transport vositalarini soz holatda saqlash uchun javobgar xizmat rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatlarini oshirish;
d) transport vositalarining texnik holati va ularni soz saqlash boʻyicha ishlar xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan bajarilmaganligiga yuqori tashkilot yoki yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha komissiya aralashuvi talab qilingan holatlar haqida tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish meʼyor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlim (boʻlinmasi, guruhi)lari hududiy YHXBga axborot beradi.
6. Trolleybus va tramvaylar texnik holati ustidan nazorat
47. Trolleybus va tramvaylarning texnik holati ustidan nazoratni hududiy YHXB amalga oshiradi.
Tekshirishlarni rejalashtirish va oʻtkazish mazkur Yoʻriqnomaning 39-bandida keltirilgan talablar asosida amalga oshiriladi.
48. Tekshirishlar trolleybus va tramvay parklari hududida mumkin qadar ularning belgilangan ish jadvalini buzmagan holda amalga oshiriladi.
49. Park hisobiga kiruvchi barcha trolleybus va tramvaylar tekshirishga jalb qilinadi.
Trolleybus va tramvaylarning texnik holatiga bu turdagi transport vositalarining texnik ekspluatatsiya qoidalarida keltirilgan talablar qoʻyiladi.
Tekshirish nazorat-oʻlchov asboblari va uskunalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Tekshirishda barcha xavfsizlik koʻrsatkichlariga eʼtibor berilishi shart.
50. Trolleybus va tramvaylarning texnik holati xavfsizlik talablarining biror-bir bandiga javob bermasa park hududidan tashqariga chiqarilmasligi kerak.
51. Trolleybus va tramvaylarning texnik holatini tekshirish natijalari erkin shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
trolleybus yoki tramvay parkining nomi;
tekshiruv kim tomonidan va qachon oʻtkazilganligi;
trolleybus va tramvaylarning raqamlari;
har bir trolleybus va tramvaylarda aniqlangan texnik nosozliklar;
foydalanishga ruxsat berish mumkinligi haqidagi xulosa;
transport vositalarining texnik holatini yaxshilash boʻyicha oʻtkazilishi lozim tadbirlar haqidagi DYHXX takliflari.
Tekshirish natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, tekshirish oʻtkazgan DYHXX xodimlari va parkning masʼul xodimi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi park rahbarlariga imzo bilan topshiriladi.
52. Trolleybus va tramvaylarning texnik holatini tekshirish natijalari boʻyicha DYHXX xodimlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni (ATK) tekshirish natijalari kabi yakuniy ishni amalga oshiradi.
53. Diagnostika stansiyalari transport vositalarining texnik holatini majburiy texnik koʻrik va koʻrik oraligʻi davrida agregatlari, qismlari va tizimlarining ishlashini diagnostika qilish metodi bilan tekshirishga moʻljallangan.
Tergov yoki surishtiruv idoralari qarorlari boʻyicha yoʻl transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalarining texnik holati diagnostika stansiyalarida tekshiriladi.
54. Diagnostika stansiyalarida transport vositalarining texnik holatini tekshirish ish kunlari va dam olish kunlarining birida oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda ish ikki smenada tashkil etilishi mumkin.
55. Transport vositalarining tekshiruvga diagnostika texnologiyasi, diagnostika uskunalarining tuzilishi va ishlash tamoyillarini hamda nazorat-oʻlchov asboblarining, texnik holatni diagnostika vositalari yordamida diagnostika qilish usullari, mehnat muhofazasi talablarini oʻrgangan va oʻrnatilgan tartibda mazkur fanlardan sinov topshirgan xodimlar qoʻyiladi.
56. Diagnostika stansiyalari oʻz ishini hududiy YHXB boshligʻi tomonidan tasdiqlangan chorak rejalari asosida amalga oshiradi.
Rejalarga transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvallari hamda ularning texnik holatini tekshirishlar va quyidagi tadbirlar kiritiladi:
transport vositalarining texnik holatining nazoratini tashkillashtirish shakllarini takomillashtirish;
diagnostika texnologiyasi va usullarini takomillashtirish;
zamonaviy diagnostika vositalarini tatbiq qilish;
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligining tegishli idoralari tomonidan diagnostika uskunalari va nazorat-oʻlchov asboblarini tekshirish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish.
Rejaga stansiya ishini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar ham kiritilishi mumkin.
57. Transport vositalarining texnik holatini tekshirish va majburiy texnik koʻrik oʻtkazish jadvallarini ishlab chiqish hamda natijalarini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
58. Diagnostika stansiyalarida fuqarolarga va yuridik shaxslarga tegishli avtomobillar tekshiriladi.
59. Har bir diagnostika postida transport vositalarining texnik holatini tekshirish shu postda amalga oshiriladigan ishlar kartasiga (8-ilova) asosan amalga oshiriladi.
Yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalarining texnik holatini tekshirish tergovchi yoki surishtiruvchi va ular tomonidan taklif etilgan xolislar ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda transport vositasining texnik holati oʻzgarishiga taʼsir qiladigan qismlarga ajratish yoki boshqa ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
60. Diagnostika stansiyasiga kelgan har bir transport vositasi uchun davlat avtomobil inspektori diagnostika kartasini (9-ilova) toʻldiradi va unda diagnostika operatorlari tomonidan texnik holatni tekshirish natijalari qayd etiladi.
Yoʻl-transport hodisalarida ishtirok etgan transport vositalarining texnik holati diagnostika kartadan tashqari tergovchi yoki surishtiruvchi tomonidan transport vositasini koʻrikdan oʻtkazish bayonnomasida qayd etiladi va tekshiruv oʻtkazgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Agar tekshiruv natijalari maxsus tasma yoki kartaga qayd etilgan boʻlsa, ular bayonnomaga ilova etiladi.
61. Majburiy texnik koʻriklar oraligʻidagi davrda transport vositalarining texnik holatini tekshirilganda transport vositalaridan foydalanishni taqiqlashga asos boʻladigan texnik nosozlik aniqlangan holatda, ular kimga tegishliligidan qatʼi nazar, natijasi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Nosoz transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash va uni saqlash yoki taʼmirlash joyigacha borish tartibi haqidagi qarorni davlat avtomobil inspektori qabul qiladi, shu bilan birga qayta tekshirish sanasi va vaqtini belgilaydi, ikki nusxada transport vositasini koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasini tuzadi va unda harakat sharoiti, tartibi haqidagi yozuvni qayd etadi.
Dalolatnoma nusxasi xoʻjalik yurituvchi subyekt vakili yoki shaxsiy transport vositasi egasiga imzo bilan topshiriladi.
62. Rasmiylashtirilgan diagnostika kartalari diagnostika stansiyasi kartotekasida ikki yil davomida saqlanadi va ishlar hisobotini yuritishda hamda transport vositalarining texnik holatini tahlil qilishda foydalaniladi.
63. Diagnostika uskunalari va nazorat-oʻlchov asboblarini saqlash va ulardan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) diagnostika stansiyasining har bir asbob-uskunasi va ularning saqlanishi, butligi, sozligi va ulardan foydalanish uchun masʼul hisoblangan aniq bir xodimga biriktiriladi;
b) asbob va uskunalarni soz saqlash bosh mexanik guruhining vazifasi hisoblanadi va u shu maqsadda quyidagilarni amalga oshiradi:
asbob-uskunalar soni, ishlatilishi, taʼmiri, berilishi va hisobdan chiqarilishini qayd etish jurnalini yuritadi (10-ilova);
stansiya xodimlariga asbob-uskunalarning saqlash va foydalanish qoidalarini oʻrgatadi;
asbob-uskunalarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash yillik jadvalini ishlab chiqadi (11-ilova);
ulardan foydalanish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha nazoratni yuritadi;
ish rejasiga asosan asbob-uskunalarni tekshirish uchun Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligining tegishli idoralariga taqdim etadi.
64. Bosh mexanik guruhi oʻz ishini diagnostika stansiyasining chorak ish rejasiga asosan bajaradi:
a) asbob-uskunalarning yuqori texnik tayyorgarligini taʼminlash uchun diagnostika stansiyasida amalga oshiriladigan asbob-uskunalarga xizmat koʻrsatish, joriy va kapital taʼmirlash ishlarining rejali tizimi tashkil etiladi.
Zarur hollarda ushbu taʼmirlash, xizmat koʻrsatish ishlari boshqa korxona yoki tashkilotda amalga oshirilishi mumkin.
Xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun toʻlovlar shartnoma asosida amalga oshiriladi;
b) diagnostika stansiyalariga yangi asbob-uskunalarni joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi IIV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlari tomonidan tasdiqlangan yangi texnikani sotib olish va ishga kiritish rejasiga asosan amalga oshiriladi;
v) tuzatish yoki taʼmirlashdan chiqqan asbob-uskunani foydalanishga kiritish dalolatnoma (12-ilova) bilan rasmiylashtiriladi.
Asbob-uskuna va jihozlarni hisobdan chiqarish qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
8. TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISh STANSIYALARIDA AVTOTRANSPORT VOSITALARIGA XIZMAT KOʻRSATISh VA TAʼMIR IShLARINI TEKShIRISh
65. Tekshirishlarni rejalashtirish va oʻtkazish mazkur Yoʻriqnomaning 39 bandi “a)” va “b)” bandchalarining talablari asosida amalga oshiriladi.
66. Texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida (keyingi oʻrinlarda TXS) avtotransport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilayotganda, avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini tekshirish IIV YHXBB texnika nazorati boʻlimi, hududiy YHXB texnika nazorati boʻlimlari hamda tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish meʼyor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlim(boʻlinmasi, guruhi)lari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda quyidagi masalalar tekshiriladi:
diagnostika uskunalari va nazorat-oʻlchov asboblarining mavjudligi, yaroqliligi va transport vositalarining texnik holatini tekshirishda amaliy qoʻllanilishi;
agar DYHXX bilan shartnomalar tuzilgan boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning TXSga tegishli qismi talablarining bajarilishi.
67. TXSni nazorat tariqasida tekshirish, ularda oʻrnatilgan ish suratiga taʼsir qilmagan holda va tegishli xizmat rahbarlari ishtirokida amalga oshiriladi.
68. TXSni tekshirish DYHXX xodimlari tomonidan amalga oshiriladi va zarur boʻlganda mutaxassislar jalb qilinadi.
69. DYHXX xodimi har bir tekshiruvchi (mutaxassis) oldiga qoʻyiladigan vazifalarning bajarilish tartibini oldindan ishlab chiqadi.
70. Tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) TXSda avtotransport vositalarini diagnostika qilishda zarur boʻladigan diagnostika jihozlari va nazorat-oʻlchov asboblarining mavjudligini tekshirish, barcha stend va asboblarni hamda ularning texnik hujjatlarini (zavod pasporti va boshqa shunga oʻxshash hujjatlar) koʻrish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Umumfoydalanishdagi TXS jihoz va asboblarining tarkibi, yengil avtomobillarga TXS uchun diagnostika jihozlari tabeliga (13-ilova) mosligi bilan tekshiriladi;
b) har bir asbob-uskunaning ishga yaroqliligi va sozligini aniqlash bevosita transport vositalarining texnik holatini tekshirish yoʻli bilan hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligining tegishli idoralari tomonidan berilgan hujjatlar boʻyicha amalga oshiriladi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom talablarining bajarilganligi, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash sifati, yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi qism, birikma va detallar nosozligining bartaraf etilganligi, shu TXSda xizmat koʻrsatilgan, taʼmirlangan va koʻrikdan oʻtkazilgan transport vositalarini tekshirish orqali aniqlanadi. DYHXX xodimi avtomobillarni tekshirish uchun tanlab oladi. Ularning qayta tekshiruvi birinchi tekshirishda ishlatilgan jihoz va asboblar qoʻllanilgan holda DYHXX xodimi va jalb etilgan mutaxassislar ishtirokida TXSning mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
71. TXSda avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlashni tekshirish natijalari boʻyicha DYHXX xodimi quyidagi yakuniy ishni amalga oshiradi:
a) TXSni tekshirish natijalari har bir masala boʻyicha aniqlangan kamchiliklarning sabablarini aniqlash maqsadida tahlil qilinadi va tekshirish natijasida olingan hujjatlar asosida belgilangan shakldagi dalolatnoma (14-ilova) ikki nusxada tuziladi.
Dalolatnoma tekshiruvchilarning barchasi tomonidan imzolanadi;
b) tekshirish natijalari qoniqarsiz boʻlgan holda koʻrsatma tayyorlanib (15-ilova), unda dalolatnomaga asoslangan holda qoida va meʼyorlarning buzilishi, xizmat koʻrsatish va taʼmirlashning past sifati hamda dalolatnomada koʻrsatilgan tadbirlarni amalga oshirilishi taklif etiladi.
Koʻrsatma va dalolatnoma nusxalari TXS rahbariga imzo bilan topshiriladi;
v) tavsiya etilgan tadbirlar TXS maʼmuriyati tomonidan bajarilmagan taqdirda, transport vositalariga sifatsiz xizmat koʻrsatilayotganligi va taʼmirlanayotganligi haqidagi masalani koʻrib chiqish boʻyicha tuman (shahar) hokimiyatlari qoshidagi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha komissiyaga taklif kiritiladi.
DYHXX komissiyaga TXSda avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlashdagi kamchiliklar haqidagi hujjatlar (dalolatnoma, koʻrsatma TXS hujjatlari va h.k.)ni taqdim etadi va dalolatnomada bayon etilgan koʻrsatmalarni hisobga olgan holda aniq takliflarni taqdim etadi;
g) TXSda avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash sifatining qoniqarsiz holati va bunga yuqori tashkilotlar yoki yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha komissiyasining aralashuvi talab etiladigan holatlar haqida tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish meʼyor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlim (boʻlinmasi, guruhi)lari hududiy YHXBga axborot beradi;
d) TXSda transport vositalarining texnik holatini tekshirish va ularni texnik koʻrikka tayyorlash chogʻida kamchiliklar va qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda, DYHXX xodimlari transport vositalarining texnik holatini tekshirish va majburiy texnik koʻrikka tayyorlash uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilishini ular bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turadi, ushbu TXSdan maʼlumotnomalar olinishi toʻxtatilishi haqida qaror qabul qiladi va bu haqida stansiya maʼmuriyatini rasman xabardor etadi.
Ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatilganda, ushbu TXS tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga majburiy koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisida belgi (shtamp) qoʻyilmaydi va texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talon berilmaydi.
Aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzarliklar bartaraf etilgan taqdirda TXSning murojaatiga koʻra tegishli DYHXX tomonidan ruxsatnomalarning amal qilishi tiklanadi.
72. Korxona, muassasa va tashkilotlardagi diagnostika stansiyalarida avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini tekshirish tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish meʼyor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlim (boʻlinmasi, guruhi)lari tomonidan TXSda avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini tekshirish kabi tartibda amalga oshiriladi.
9. DYHXX texnika nazorati boʻyicha hisob va hisobot
73. Texnika nazorati xizmatining barcha boʻlinmalari tomonidan ish hisobi transport vositalarining texnik holati va konstruksiyasi xavfsizligini oshirish boʻyicha tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi samarasini tahlil qilish maqsadida olib boriladi.
74. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish meʼyor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlim (boʻlinmasi, guruhi)lari oʻz ishining hisobini har oy yakunida texnika nazorati boʻyicha ishlar qaydnomasiga kiritish orqali yuritadi (16-ilova).
Qaydnoma transport vositalarining majburiy texnik koʻrigi, avtotransport korxonalari tekshiruvi, TXSda avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash tekshiruvi dalolatnomalariga asoslanib tuziladi.
75. DYHXX diagnostika stansiyalari oʻz ishlarining hisobini har oy yakunida diagnostik kartalar asosida transport vositalarining texnik holatini tekshirish boʻyicha ishlar qaydnomasiga (17-ilova) kiritish orqali yuritadi.
76. YHXB texnika nazorati boʻyicha ishlar (16-ilova) va transport vositalarining texnik holatini tekshirish boʻyicha ishlarning (17-ilova) hisobini har oy yakuniga koʻra umumlashtirish bilan olib boradi.
77. Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB oʻz ishining hisobini yil yakuni boʻyicha yuritadi. Transport vositalari konstruksiyalari va qoʻshimcha uskunalarning meʼyor va standartlar talablariga mosligini nazorat etish boʻyicha ishlar qaydnomasi (18-ilova) hisobotning asosiy shakli hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati boʻyicha Yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Avtotransport vositalari konstruksiyasining yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir qiluvchi tarkibiy qismlari va qoʻshimcha jihozlarining tuzilishi hamda xavfsizlikning asosiy omil va koʻrsatkichlari
Avtotransport vositalari konstruksiyasining yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir qiluvchi tarkibiy qismlari va qoʻshimcha jihozlari
Xavfsizlikning asosiy omil va koʻrsatkichlari
I. Faol (aktiv) xavfsizlik.
Avtotransport vositalari konstruksiyasining tarkibiy qismlari va qoʻshimcha jihozlarining yoʻl-transport hodisalarini bartaraf etishga moʻljallangan omil va koʻrsatkichlari yigʻindisi.
1. Avtotransport vositasi yaxlit holatda.
Standart boʻyicha gabarit oʻlchamlar, toʻla vazn va uning oʻqlar boʻyicha taqsimlanishi. Tashqi gʻildirak izi boʻylab minimal burilish radiusi, burilish radiusining minimal gabarit oʻlchami, aylanada belgilangan minimal radius boʻyicha harakatlanishda harakat yoʻlagining gabarit eni, yoʻlning harakat qismida harakatga xalaqit bermasdan burilish va qayrilib olishni taʼminlashi.
2. Dvigatel.
Yuqori va quyi uzatmalarda maksimal tezlikni, tezlanishni, maksimal koʻtarilishni (shatakka olish sharoitda) taʼminlaydigan nisbiy quvvat va dvigatel quvvati.
3. Rul boshqaruvi.
Rul boshqaruvining kinematik uzatish nisbati boshqariladigan gʻildiraklarning burilish burchagi nol boʻlgan paytidagi eng katta konstruktiv lyuft (eyilish), avtotransport vositalarini yengil boshqarishni va belgilangan sharoitda belgilangan yoʻnalishdan chiqmasdan harakatlanishni, haydovchining meʼyordan ortiq toliqmaslikni taʼminlovchi, rul gʻildiragiga qoʻyiladigan eng katta kuch.
4. Tormoz tizimlari. Ishchi, zaxira (avariynaya), toʻxtab turish uchun moʻljallangan. Ishchi tormoz tizimi ishlamay qolganligi haqida signal beruvchi qurilma.
Tormozlanishning samaradorligi, mavjudligi, tormoz kuchlarining oʻqlar boʻyicha va bir oʻqdagi gʻildiraklar boʻyicha taqsimlanishi. Toʻliq ogʻirligini hisobga olgan holda baʼzi turdagi tirkamalarda tormoz tizimi boʻlishi shart emas deb topilgan. Mavjudligi, sozligi.
5. Gʻildiraklar va shinalar
Gʻildiraklarning ishonchli mahkamlanganligi. Avtotransport vositasining turi, rusumi va vazniga mosligi. Qatnov qismining holati va har qanday qoplama turidan qatʼi nazar, shinalar bilan maksimal ishqalanish koeffitsenti.
6. Tashqi yoritish anjomlari va yorugʻlik qaytaruvchilar
Chiroqlar soni, rangi, oʻlcham koʻrsatkichlari va avtotransport vositasida joylashuvi, belgilangan burchaklarda koʻrishni taʼminlash, transport vositasi harakatlanayotganda yoʻlning old qismini yetarli darajada yoritishi va koʻzni qamashtiruvchi taʼsiri mavjud emasligi.
7. Bogʻlovchi qurilmalar
Tirkama va yarim tirkamalarni shatakka olish uchun qurilma, tirkamaning avtomobil-tyagach orqasidan belgilangan dinamik yoʻlak sharoitida harakatlanishini taʼminlash, tirkamaning oʻz-oʻzidan chiqib ketishining oldini olish.
8. Oynalar
Narsalarning hech qanday toʻsiqlarsiz, oʻzgartirmasdan aniq koʻrinishini taʼminlash.
9. Oyna tozalagichlar, oyna yuvgichlar hamda oynaga havo joʻnatuvchi va qizdiruvchi moslamalar
Har qanday ob-havo, iqlim va foydalanish sharoitlarida koʻrinish yaxshi koʻrishni taʼminlash.
10. Boshqaruv tarmoqlari va nazorat-oʻlchov asboblari
Boshqaruvning asosiy tarmoqlari, nazorat-oʻlchov, signal beruvchi va yoquvchi uskunalarning joylashuvi, shuningdek, ularning shartli belgilanishi va markirovkasi. Nazorat-oʻlchov asboblarining intensiv yoritilishini va sutkaning har qanday vaqtida ularning aniq koʻrinishi. Bunda shamoldan toʻsuvchi oynada yoritilgan nazorat-oʻlchov asboblarining aksi koʻrinmasligining taʼminlanishi.
11. Haydovchi oʻrindigʻi
Boshqaruv tarmoqlariga yetgan holda, oʻtirish va avtomobilni boshqarish uchun qoʻlaylilik. Sozlovchi mexanizmning mavjudligi va yaxshi koʻrinishini taʼminlash.
12. Tovush signali
Chastota, ovoz kuchi va yoʻnalishini transport qatnovini tigʻiz oqimida eshitilishini taʼminlanishi.
II. Passiv xavfsizlik
Avtotranspot vositalari va ulardagi qoʻshimcha jihozlar konstruksiyasi tarkibiy qismlarining haydovchi, yoʻlovchi va boshqa harakat qatnashchilarining yoʻl-transport hodisasi jarayonida jarohat olmasliklari yoki tan jarohatini ogʻirligini kamaytiruvchi koʻrsatkich va xususiyatlarining yigʻindisi.
1. Yengil avtomobil va avtobuslarning kuzovi, yuk avtomobilining kabinasi
Toʻqnashuv va agʻdarilib ketish vaqtida haydovchi va yoʻlovchilar hayotiga xavf soluvchi yoʻlochilar salonining deformatsiya qiluvchi zarbaga bardoshlik va mustahkamlik xususiyati. Yukning ishonchli mahkamlanganligi va yuk avtomobillari qarama-qarshi toʻqnashganda yuklarni siljishdan saqlovchi moslamalarning mavjudligi. Tashqi tomonida oʻtkir burchak va chiqib turuvchi boʻlaklarning mavjud emasligi.
2. Manzarali detallar va qoʻshimcha jihozlarning chiqib turishi, orqani koʻrish oynasi.
Kuchli taʼsir paytida pachoqlanish, egilish yoki yulinib uzilishda oʻtkir burchaklar hosil qilmay, piyodalarning jiddiy jarohat olishlaridan saqlovchi holatga qobiliyati.
3. Bufyerlar
Uncha katta boʻlmagan tezlikdagi toʻqnashuvda va toʻxtab turish joyiga qoʻyish paytda kuzovni jarohatlanishdan saqlash. Piyodalar va boshqa harakat qatnashchilarini ilinib qolishining oldini oladi. Toʻqnashuv paytida balandlik boʻyicha yengil avtomobillarni bufyerlar ishonchli himoyalashi. Yuk avtomobillari, tirkamalar, yarim tirkamalarning orqa qismiga yengil avtomobillarning old qismining kirib ketishidan saqlovchi, energiyani soʻndiruvchi qurilmalarning mavjudligi.
4. Dvigatel
Qarama-qarshi zarba vaqtida dvigatelning salonga (kabinaga) kirishining oldini olish.
5. Eshiklarning yopiladigan mexanizmlari, dastak va osmalari.
Toʻqnashuv va surilib ketish, ogʻirlik taʼsirida eshiklarning oʻz-oʻzidan ochilib ketishining, ishlamay qolishining oldini olish. Yengil avtomobillarning eshik dastaklari eshik yuzasidan chuqurlikda joylashuvi. Avtobuslar eshigi yoki moslamasini ochiq ekanligini bildiruvchi signal, eshik ochiq vaqtida joyidan qoʻzgʻalishining oldini olish.
6. Old, orqa va yon oynalar
Zarb bilan urilganda haydovchi va yoʻlovchilarga jiddiy jarohat yetkazuvchi oʻtkir qirralar va siniqlar paydo boʻlishining oldini olish.
7. Rul gʻildiragi va rul kolonkasi
Rul kolonkasining salonga xavfli kirishini oldi olingan, toʻqnashuv paytida haydovchining jarohatlanishining oldini olish maqsadida zarba quvvatini soʻndirish.
8. Asboblar (paneli) qoplamasi.
Zarba quvvatini soʻndirish qobiliyati. Oʻtkir burchakli boʻlak va qirralarning yoʻqligi.
9. Ichki jihozlar detallari.
Jarohatlanish xavfsizligi.
a) orqani koʻrish oynasi, quyosh nurlariga qarshi ayvon, dastaklar, richaglar, tugmachalar va boshqalar
Odam tanasi bilan zarba taʼsirida urilganda, oʻtkir burchakli boʻlak va qirralar hosil qilmasdan deformatsiyalanish, pachoqlanish va sinish qobiliyati yoki ularni zarba zonasidan tashqarida joylashuvi.
b) kuzov shipi (kabina, salon), eshiklarning ichki qoplamasi va yon ustunlar
Qoplangan materiallar ostida quvvat soʻdiruvchi tagliklarning mavjudligi.
v) oʻrindiqlar va ularni sozlash mexanizmlari
Qarama-qarshi toʻqnashuvlar va agʻdarilish paytida yuzaga keluvchi ogʻirlik ostida buzilish ehtimolligidan holi. Oʻrindiq suyanchigʻining jarohat xavfsizligi (orqa oʻrindiqlardan boshqa). Yengil avtomobillarning barcha oʻrindiqlarida xavfsizlik yostiqlarining mavjudligi.
III. Avtofalokatdan keyingi xavfsizlik
Yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda haydovchi va yoʻlovchilarni tezda evakuatsiyasini taʼminlovchi, avtotranspot vositalari va ulardagi qoʻshimcha jihozlar konstruksiyasi tarkibiy qismlarining koʻrsatkichlari va xususiyatlarining yigʻindisi.
1. Avtotransport vositasi yaxlit holatda
Har qanday yoʻl-transport hodisasi yoki yongʻin sodir boʻlganda shikstlangan transport vositasidan haydovchi va yoʻlovchilarni tezda evakuatsiya qilish imkoniyati. Oʻt oʻchiruvchi moslama, tibbiy quticha va avariya holati belgilarini joylashtirish hamda olish uchun qulay joy mavjudligi.
2. Eshiklarning yopiluvchi mexanizmlari, dastagi va osmalari
Har handay yoʻl-transport hodisasidan keyin eshiklarning ichkari va tashqaridan ochish imkoniyati.
3. Falokatdagi (eshiklar, oynalar, lyuklar)
Falokat paytida chiqish yoʻllarining soni, oʻlchamlari va joylashuvi har qanday yoʻl-transport hodisasi yoki yongʻin sodir boʻlganda ichki va tashqi tomondan ochish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
IV. Yongʻin xavfsizligi
Yoʻl-transport hodisasida yongʻinning oldini olish, toʻxtatish uchun av�otransport vositalari va ulardagi qoʻshimcha jihozlar konstruksiyasi tarkibiy qismlarining koʻrsatkich va xususiyatlarining yigʻindisi.
1. Avtotransport vositasi yaxlit holatda
Haydovchi joyidan elektroenergiya manbaini oʻchirish moslamasining mavjudligi. Kabina va yoʻlovchi salonida akkumulyator batareyasining joylanmasligi. Oʻt oʻchiruvchi moslamaning olish uchun qulay joyga ishonchli mahkamlangan tarzda oʻrnatilishi.
2. Ichki pardoz
Yongʻin chiqqanda qiyin yonadigan, yonganda va kuyayotganda oʻzidan zaharli gaz chiqarmaydigan materiallarni qoʻllash.
3. Yoqilgʻi baki va yoqilgʻi uzatuvchilar
Yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlganda boʻlaklanib ketishdan, mexanik jarohatlanishdan himoyalangan va germetik holati taʼminlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati boʻyicha Yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Loyiha hujjatlari ishlab chiqilmasdan va kelishilmasdan faqat DYHXX ruxsati boʻyicha amalga oshiriladigan avtotransport vositalarini qayta jihozlashning oddiy turlari
ROʻYXATI
1. Kuzov turini oʻzgartirish:
a) bortli va oʻziagʻdarar kuzovlar oʻrniga sisternalar oʻrnatish.
b) sisterna va oʻziagʻdarar kuzovlar oʻrniga standart bortli kuzovlar oʻrnatish;
v) sisterna va bortli kuzovlar oʻrniga oʻziagʻdarar kuzovlar oʻrnatish.
Yangi kuzov yoki sisterna oʻrnatilgan avtomobillar quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishlari shart:
eni boʻyicha gabarit oʻlchamlari, umumiy vazni va uning oʻqlar boʻyicha taqsimlanishi asosiy baza avtomobilning texnik tavsiflarida koʻrsatilgan darajadan oshib ketmasligi lozim;
kuzov yoki sisterna standart mahkamlovchi detallar bilan mahkamlangan boʻlishi shart.
2. Bortli va oʻziagʻdarar kuzovli yoki sisternali avtomobillarni shu rusumdagi shatakka oluvchi avtomobil turiga standart egarli moslama oʻrnatib qayta jihozlash.
Egar moslamali shatakchi avtomobil quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
egarli moslama standart mahkamlovchi detallar bilan mahkamlangan boʻlishi shart;
egarli moslamani orqa oʻqqa nisbatan joylashuvi ommaviy ishlab chiqarilgan shu turdagi shatakka oluvchi avtomobildagi joylashuviga mos kelishi hamda avtomobil va yarim tirkamaning egar (shkvoren) oʻqi atrofida har ikki tomonga 90 gradusdan kam boʻlmagan burchakka burilishini taʼminlash kerak.
3. Umumfoydalanishga moʻljallangan furgon avtomobillarni mikroavtobuslarga qayta jihozlash.
Umumfoydalanishga moʻljallangan furgon–avtomobillarni qayta jihozlash korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan tegishli turdagi mikroavtobuslarga monand ravishda bajarilishi kerak.
Masalan: UAZ-451M va UAZ-452 rusumli avtomobillar UAZ-452V rusumli mikroavtobus darajasida, YERAZ-762A rusumli avtomobillar RAF-977 DM mikroavtobus darajasida qayta jihozlanadi.
4. Bir oʻqli TAPZ-755 shassili tirkama (tormoz tizimi yoʻq) va uning turlariga sisterna, furgon va har xil maqsadlarda foydalaniladigan agregatlar oʻrnatish.
Bu turdagi qayta jihozlashda quyidagi xavfsizlik talablari bajarilishi shart:
sisterna, furgon yoki agregat tirkamaga standart mahkamlovchi detallar bilan mahkamlangan boʻlishi shart;
tirkama-shassi yoʻl harakati qoidalari talablari asosida ehtiyot trosi (zanjiri) va nur qaytaruvchi moslamalar bilan jihozlanishi kerak.
5. Ommaviy ishlab chiqariladigan ikki oʻqli tirkamaga sisterna, furgon yoki yechilmaydigan (tushirilmaydigan) maxsus moslamalar oʻrnatish.
Furgon-tirkama, sisternali va boshqa moslamali qayta jihozlangan tirkamalar quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
tirkamaning toʻla vazni asosiy baza tirkama texnik tavsifida belgilangan meʼyorlardan oshmasligi lozim;
furgon, sisterna yoki moslama tirkamaga standart mahkamlovchi detallar bilan mahkamlangan boʻlishi shart;
tirkamaga yoʻl harakati qoidalarida belgilangan nur qaytaruvchi moslamalar oʻrnatilishi shart;
tirkama enining gabarit oʻlchamlari asosiy baza tirkama texnik tavsifida belgilangan oʻlchamlardan oshib ketmasligi shart.
6. Yuk avtomobillariga oʻzi yuk koʻtaruvchi bortlar, changaklar va gidrokranlar oʻrnatish.
Yuk koʻtaruvchi bortlar, changaklar va gidrokranlar avtomobilga ishonchli mustahkam qilib oʻrnatilishi shart. Bundan tashqari, gidrokranning koʻtarkich moslamasi harakatlanish paytida surilmaydigan qilib mahkamlanishi shart.
Yuk koʻtaruvchi bort avtomobilning tashqi yoritish chiroqlarini va davlat raqam belgisini toʻsib qoʻymasligi shart.
7. Bortli yuk avtomobillari va ikki oʻqli bortli tirkamalarning borti oʻrniga yon tirgaklar oʻrnatish.
Bunday qayta jihozlash quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
yon tirgaklar oʻrnatilgan avtomobil va tirkama enining gabarit oʻlchamlari asosiy avtomobil va tirkama texnik tavsifida belgilangan oʻlchamlardan oshib ketmasligi shart;
yon tirgaklar mustahkam qilib mahkamlangan boʻlishi va shovqinni kamaytiruvchi moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
8. Barcha turdagi avtomobillar dvigatellarini, yuk avtomobillarining kabinalarini shu rusumli keyingi modeldagi avtomobillarning dvigatel va kabinalariga almashtirish (koʻrsatilgan agregatlarni almashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan belgilanadi).
Bu turdagi qayta jihozlash ishlari faqat avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod tavsiyasiga asosan amalga oshirilishi mumkin.
9. Yuk, yengil (Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB ruxsati bor taqdirda) avtomobillar yoki avtobuslar kuzovi oʻzgartirilmagan holda ularga olinmaydigan maxsus jihozlar oʻrnatish:
qayta jihozlangan avtomobil va avtobuslar quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
toʻla vazni va uning oʻqlar boʻyicha taqsimlanishi asosiy baza avtomobil yoki avtobus tavsifida belgilangan koʻrsatkichlardan oshib ketmasligi shart;
maxsus jihozlar ishonchli mahkamlangan boʻlishi shart;
yengil avtomobil yoki avtobusga oʻrnatilgan maxsus jihozlar shikaslantiruvchi oʻtkir yoki uchli qirralarga ega boʻlmasligi shart;
yengil avtomobillarga maxsus qurilmalar, avtomobilning boshqaruv tizimi joylariga oʻrnatilmasligi hamda orqa oynani toʻsib qoʻymasligi shart.
10. Yuk avtomobillari shassisiga ustaxona, mebel, oziq-ovqatlar, sanoat mollari va boshqa yuklarni tashish uchun furgon-kuzovlar oʻrnatish (odam tashish uchun moʻljallangan furgonlar bundan mustasno).
Furgon-kuzovli avtomobillar quyidagi xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
kuzov enining gabarit oʻlchamlari, toʻla vazni va uning oʻqlar boʻyicha taqsimlanishi asosiy baza avtomobillar tavsifida belgilangan koʻrsatkichlardan oshib ketmasligi shart;
furgon eshigi orqada yoki oʻng tomonda boʻlishi lozim;
ustaxonaning jihozlari ishonchli mustahkamlangan boʻlishi lozim;
furgonning tashqi yon tomonlari shikaslantiruvchi oʻtkir yoki uchli qirralarga ega boʻlmasligi shart;
furgon-kuzovli avtomobil kabinasining ikki tarafida orqani koʻrish uchun moʻljallangan standart koʻzgular oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Jihozlar yoki yuk bilan birga odam tashish (yukchilar, soqchilar, taʼmirlovchilar brigadasi va h.k.) uchun moʻljallangan furgon-kuzovli avtomobillarga quyidagi qoʻshimcha xavfsizlik talablari qoʻyiladi:
har bir odam uchun oʻrindiq moʻljallanib, ushbu oʻrindiqlar odam oʻtirganda harakat yoʻnalishiga qaragan holatda oʻrnatilishi shart;
furgonga oʻrnatilgan jihozlarda shikaslantiruvchi oʻtkir yoki uchli qirralar boʻlmasligi shart;
furgonda odamlarni yuk surilishidan himoya qiluvchi moslama oʻrnatilishi shart;
furgon eshigi ichki va tashqi tomondan ochilishi shart;
furgonga havo almashtirish, yoritkich asboblari va haydovchi bilan aloqa vositasi oʻrnatilgan boʻlishi shart;
furgon-ustaxonada bulardan tashqari alohida avtomobilga moʻljallangan isitish moslamasi boʻlishi kerak.
11. Yuk avtomobillari shassisiga odam tashish moʻljallangan furgon-kuzovlar oʻrnatish.
Odam tashishga maxsus moʻljallangan furgon-kuzovli avtomobillar quyidagi asosiy xavfsizlik talablariga javob berishi shart:
Furgon-kuzovli avtomobilning gabarit balandligi 3,8 metrdan oshmasligi, enining gabarit oʻlchamli avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod belgilagan oʻlchamdan oshmasligi kerak;
Furgon-kuzovli avtomobil toʻla vaznining oʻqlar boʻyicha taqsimlanishi asosiy baza avtomobillar tavsifida belgilangan koʻrsatkichlarga mos kelishi shart;
furgon-kuzov ramaga yoki yuk avtomobil kuzoviga ishonchli mahkamlangan boʻlishi kerak
kuzovning balandligi yoʻlovchilarni faqat oʻtirgan holda tashishga moʻljallangan boʻlishi kerak. Oʻrindiqlar shunday oʻrnatilishi kerakki, odam oʻtirganda harakat yoʻnalishiga qaragan holatda boʻlishi shart;
furgonga kirish eshigi orqa tomonidan oʻrnatilgan boʻlib tashqariga ochilishi (kuzovning orqa bortlari olinishi lozim), avtomobil turidagi qulf oʻrnatilishi, zinapoya va ushlagich bilan jihozlangan boʻlishi shart;
furgonning yon tomonlarida oʻlchamlari 600x800 mm boʻlgan avariya holatida chiqadigan derazalar oʻrnatilib, ular ichkaridan va tashqaridan (asbob-uskunalar ishlatmasdan) faqat tashqi tarafga ochiladigan boʻlishi lozim. Bundan tashqari furgon havo almashtirish, yoritkich asboblari, lozim boʻlgan taqdirda isitish moslamasi hamda haydovchi kabinasi bilan tovushli yoki yorituvchi aloqa, yongʻin oʻchirish moslamasi va tibbiyot qutichasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
furgon kuzovli avtomobil standart (GOST 8769-75) talablari boʻyicha tashqi yoritish asboblari bilan jihozlanishi lozim (furgonning yuqori chekkalariga oldiga oq rangli, orqa tomondan qizil rangli chiroqlar oʻrnatiladi).
Kuzovning orqa tomoniga tezlikni 70 km/soatgacha cheklaydigan belgining rangli tasviri tushiriladi.
12. Boshqa barcha turdagi konstruksiyaga yuqorida koʻrsatilganidan murakkab boʻlmagan oʻzgarishlar bilan qayta jihozlashlar.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati boʻyicha Yoʻriqnomaga 3-ILOVA
YHXBB burchak shtampi
Manzil uchun joy
Transport vositalarining konstruksiyalarida yoʻl harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoida, meʼyor va standartlar talablariga rioya qilinishi toʻgʻrisida KOʻRSATMA
____________________________________________________________________ (qoida, meʼyor va standartlarning bajarilmaganligi,
____________________________________________________________________ ularning nomlari hamda bajarilmagan
__________________________________________________________ aniqlandi. aniq koʻrsatkichlar sanab oʻtiladi)
____Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha quyidagilarni taklif etaman: _______________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________
Mazkur koʻrsatma bajarish uchun majburiy hisoblanadi. Koʻrilgan choralar haqida 200 __ “___”________ da xabar qilishingiz soʻraladi.
Boshqarma (boʻlim) boshligʻi ____________________________________________
(unvoni, imzosi, F.I.Sh.)
_________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati boʻyicha Yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Texnik topshiriq, texnik loyiha va texnik shartlar loyihalarining muqovasiga kelishuv haqidagi kiritiladigan yozuv namunasi “K E L I Sh I L G A N”
Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi boshligʻi ___________________________ (unvoni, F.I.Sh. imzosi)
200__ yil “___”_____________ Imzo gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati boʻyicha Yoʻriqnomaga 5-ILOVA
____Guvohnomaning raqamlangan kseronusxasi ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan har bir transport vositasiga beriladi va u yoʻl harakati xavfsizligi idoralari tomonidan roʻyxatga olish uchun asos boʻlgan hujjatlardan biri sifatida qabul qilinadi.
Avtotransport vositasining yoki uning biror qismining konstruksiyasi yoʻl harakati xavfsizligi talablariga mosligi haqida G U V O H N O M A № _______
____Konstruktorlik hujjatlarni ishlab chiqqan tashkilotning nomi va manzili ___________________________________________________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________
____Ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi va manzili ____________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________
____Transport vositasining turi va rusumi ____________________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________
____Ushbu transport vositasini ishlab chiqarish uchun texnik shartlar Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi bilan 200__ yil “___” ___________ da kelishilgan.
____Amal qilish muddati 200__ “___” ____________ gacha ____Oʻzbekiston Respublikasi
____IIV YHXBB boshligʻi
________________________________
(imzosi, F.I.Sh.)
200__ yil “____” ___________
____M.Oʻ.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati boʻyicha Yoʻriqnomaga 6-ILOVA
Yakka tartibda tayyorlanadigan yengil avtomobillarga qoʻyiladigan texnik talablar
Ushbu texnik talablar, shaxsiy foydalanish uchun yakka tartibda konstruksiyalashtirilgan va tayyorlangan yengil avtomobillarga qoʻllaniladi, bunday avtomobillarning konstruktiv va foydalanish-texnik koʻrsatkichlarini tartibga solish va texnikaviy yaratuvchanlikni, ayniqsa yoshlarni ajoyib (original), texnik va estetik takomillashtirilgan hamda xavfsiz konstruksiyalarni yaratishga yoʻnaltirish uchun, shuningdek, yakka tartibdagi avtomobilsozlarning ilmiy texnikaviy bilimlarini oshirishni ragʻbatlantirish hamda hunarmandchilik mahoratlarini oshirish uchun xizmat qiladi.
1. Umumiy maʼlumotlar, yigʻma-tuzilishi (kompanovka) va asosiy oʻlchamlari:
a) faqat ikki oʻqli, toʻrt gʻildirakli, oʻrindiqlari soni 5 tadan oshmaydigan hamda dvigatelining ishchi hajmi 1200 kub santimetrdan oshmaydigan avtomobillarni tayyorlashga ruxsat etiladi. Bunda sanoatda ishlab chiqarilgan yengil avtomobil (kuzovdan tashqari), mototsikl va motorollyerlarning alohida agregat, uzel va detallaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi, MDH va boshqa xorijiy davlatlarda ommaviy ishlab chiqarilgan turdagi yengil avtomobillarni ehtiyot qismlardan yigʻish taqiqlanadi;
b) har qanday koʻrinishdagi yigʻma-tuzilish(kompanovka) chizmalariga ruxsat beriladi;
v) avtomobilning asosiy oʻlchamlari:
uzunligi — 4200 mm.dan ortiq boʻlmasligi;
eni — 1650 mm.dan ortiq boʻlmasligi;
chap va oʻng gʻildiraklar boʻylama oʻqlari oraligʻi (koleya) — 1100 mm.dan kam boʻlmasligi;
old va orqa gʻildiraklar oʻqlari oraligʻi masofasi (kolesnaya baza) — 1000 mm.dan kam boʻlmasligi kerak.
2. Foydalanish-texnikaviy sifatlari:
a) avtomobil shahar va umumfoydalanish yoʻllarida toʻla vazni bilan boshqa turdagi transport vositalariga xalaqit bermasdan toʻxtovsiz va xavfsiz harakatlanadigan dinamik sifatlarga ega boʻlishi kerak. Bunda dvigatelining quvvati toʻla vaznining har bir tonnasiga 45 ot kuchidan oshmasligi kerak.
Toʻla vazn — aslahalangan avtomobilning haydovchi va yoʻlovchilari hamda yuki bilan birgalikdagi vazniga teng.
Bir kishining ogʻirligi 70 kilogrammga teng deb qabul qilinadi;
b) tashqi gʻildirak oʻqining izi boʻyicha avtomobil burilishining eng kichik radiusi 5,5 m.dan oshmasligi kerak;
v) avtomobil quruq asfaltli maydonda diametri 50 metr boʻlgan doira boʻylab 30 km/s tezlikda muvozanatini yoʻqotmasdan harakatlana olishi kerak. Bunda surilish holati boʻlmasligi lozim;
g) toʻla vazndagi avtomobilning eng quyi qismi bilan yoʻl sathi yuzasi oʻrtasidagi masofa 150 mm.dan kam boʻlmasligi kerak;
d) kuzovning yigʻma tuzilishi (kompanovkasi), uning konstruksiyasi, oʻrindiqlarning joylashuvi hamda tuzilishi avtomobilni boshqarish uchun qulay boʻlishi, haydovchi oʻtirgan joyidan yoʻlning koʻrinmaydigan qismi 6 metrdan oshmasligi kerak.
3. Alohida agregatlarga qoʻyiladigan talablar:
a) avtomobillar tormoz, rul boshqaruvi bilan shuningdek, baholi qudrat Oʻzbekiston Respublikasi va MDH davlatlari sanoatida ishlab chiqarilgan mos sinfdagi guruhga mansub avtmobillarnikidek old osma oʻqlar (podveska) bilan jihozlanishi kerak. Toʻla vazni 800 kg.dan va tezligi 75 km/s.dan ortiq boʻlgan avtomobillarga uzatish soni 10:1 dan kam boʻlgan rul mexanizmini oʻrnatish taqiqlanadi.
Quruq asfalt qoplamasida toʻla vaznli turgan avtomobil gʻildiraklarini burilishida rul gardishiga nisbatan tushadigan kuch miqdori 15 kg.s.dan oshmasligi zarur;
b) avtomobilda bir-biriga bogʻliq boʻlmagan ikki tormoz tizimi boʻlishi shart:
ishchi — pedaldan oʻqlarga alohida boʻlingan oʻtkazgichli;
turgʻun — zaxiradagi vazifasini bajaruvchi — richag orqali.
Old gʻildiraklarga taʼsir etuvchi turgʻun tormoz tizimiga ham ruxsat etiladi.
Tormoz tizimi va ular taʼsirining samaradorligi shu turdagi va toifadagi avtotransport vositalariga qoʻyiladigan OST 37.001.016-70 “Avtomobil transporti tormozlarining xususiyatlari. Texnik talablar va sinov oʻtkazilishi shartlari” talablariga javob berishi kerak;
v) avtomobillarga toʻliq vazniga va texnik tavsifnomasi boʻyicha ruxsat etilgan eng yuqori tezligiga mos keladigan avtomobil, mototsikl yoki motorollyerlar shinalari oʻrnatilishi lozim.
Avtomobilning bir oʻqiga turli oʻlchamdagi va modeldagi shinalarni oʻrnatish taqiqlanadi;
g) aslahalangan holatda vazni 450 kg.dan ortiq boʻlgan avtomobillar orqaga yurish uzatmasiga ega boʻlishi kerak;
d) kuzovning xar qanday konstruktiv turiga ruxsat beriladi: yopiq, usti ochiladigan, sport va boshqalar.
Kuzov, uning mustahkamligini va ishonchliligini taʼminlovchi materiallardan tayyorlanishi kerak. Uning nometall qismlari issiq-qiziydigan mexanizmlar (dvigatel, gaz chiqarish tizimi)dan kamida 100 mm. oraliqda yoki undan yaqin boʻlsa, asbest yoki metall qoplama bilan muhofazalangan boʻlishi kerak. Kuzov bejirim tashqi koʻrinishga ega va yuvilib ketmaydigan boʻyoq bilan boʻyalgan boʻlishi kerak.
Panellarning tashqi chiqib turuvchi qismlari, kuzov detallari va ularning birikkan joylari kamida 2,5 mm. radiusli yumaloqlikka ega boʻlishi kerak.
Kuzov panellari yuzasidagi oʻrnatilgan detallarning boʻrtib chiqib turishiga quyidagi holatlarda ruxsat etiladi:
dekorativ panjaralar, yopishib turuvchi bezaklar(nakladkalar) uchun 10 mm.gacha;
kapot va yukxona qopqogʻi oshiq-moshiqlari uchun 30 mm. gacha;
eshiklarning tashqi dastaklari va qulf tugmalari uchun 40 mm.gacha;
chiroq soyabonchalari va gardishlari uchun, shu jumladan nur sochuvchi chiroq qoplamasi yuzasiga nisbatan boʻrtib chiqib turuvchi detallar uchun 30 mm.gacha.
Bufyerlarning oʻrnatilishi GOST 1902-74 “Yengil avtomobillar bufyerlari. Oʻlchamlar”ga muvofiq boʻlishi shart.
Bufyerlar detallarining yumaloqlik radiusi 5 mm.dan kam boʻlmasligi, bufyerlar uchlari kuzovning tashqi yuzasi tomon yoʻnalishda qayrilgan va 2 mm.dan kam boʻlmagan uzoqlikda oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Uskunalar paneli qoplamasi quyi qismining boʻrtib chiqib turuvchi chetlari radiusi 10 mm.dan kam boʻlmagan yumaloqlikka ega boʻlishi kerak.
Richaglar, yoqib-oʻchirgichlar va boshqaruv organlari tugmalari OST 37.001.017-70 “Yengil avtomobillarning boshqaruv organlari. Konstruksiya xavfsizligi va joylashuvi. Texnik talablar” ning 2.2, 2.3, 2.5 jarohatlanish xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
Kuzov quyosh nurlaridan himoyalovchi soyabon hamda orqa tomonni koʻrsatuvchi koʻzguga ega boʻlishi kerak.
Eshiklar, kapot va yukxona qopqogʻi avtomobil harakatlanayotgan paytda ularni mustahkam, zich va ochilib ketmaydigan holatda ushlab turuvchi qulflar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Kuzov oynalari xavfsiz, toblangan oʻchkir boʻlak (oskolka) hosil qilmaydigan (stalinit) yoki “tripleks” turidagi oyna boʻlishi kerak. Peshoynadan tashqari boshqa joylarga organik oyna oʻrnatishga ruxsat etiladi. Haydovchining chap yonidagi oyna tushiriladigan yoki suriladigan boʻlishi kerak.
e) yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida yonilgʻi idishi avtomobil ichida, yoʻlovchilar joyidan ajratilgan alohida joyga oʻrnatilishi tavsiya etiladi.
4. Qurilmalar va uskunalarga qoʻyiladigan talablar:
a) avtomobil GOST 8769-75 “Avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, traktorlar, tirkamalar va yarim tirkamalarning tashqi yoritish qurilmalari. Miqdori, joylashuvi, ranglari, koʻrinish burchaklari”ga muvofiq tashqi yoritish qurilmalari va ishoralovchi yoritgich bilan jihozlanishi shart;
b) avtomobil sanoatda ishlab chiqarilgan tovush moslamasi hamda oyna tozalagichga ega boʻlishi kerak;
v) avtomobil kamida spidometr, oʻt oldirish qulfi, yoritish uskunasi, yoritish va burilish yoritkichlarini oʻchirib-yoqish moslamasi hamda burilishni koʻrsatuvchi indikatorlar bilan jihozlanishi kerak.
5. Boshqa talablar:
a) avtomobilda RS OʻzR 640-2001 standarti boʻyicha davlat raqam belgilarini oʻrnatish uchun joy koʻzda tutilgan boʻlishi kerak;
b) shaxsiy foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda tayyorlangan yengil avtomobilni roʻyxatdan oʻtkazish uchun uning egasi tomonidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga raqamli agregatlarni qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
Eslatma: Agregatlarni qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilar boʻlishi mumkin: ulgurji va komission savdo doʻkonlari, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish stansiyasi va boshqa savdo tashkilotlari tomonidan berilgan hisob-maʼlumotnoma, tovarlar cheki, notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomalari va h. k.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati boʻyicha Yoʻriqnomaga 7-ILOVA
Manzil uchun joy
Transport vositalarini soz holatda saqlash boʻyicha oʻrnatilgan talablarning hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoida, meʼyor va standartlar talablarining buzilishini bartaraf etish haqida
KOʻRSATMA
____________________________________________________________________ (qoida, meʼyor va standartlarning bajarilmaganligi,
____________________________________________________________________ ularning nomlari hamda transport
____________________________________________________________________ vositalarini soz saqlashga tegishli
__________________________________________________________ aniqlandi. qoidabuzarlik tavsifi va boshqa maʼlumotlar)
____Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha quyidagilarni taklif etaman: ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________
____Mazkur koʻrsatma bajarish uchun majburiy hisoblanadi. ____Koʻrilgan choralar haqida 200 _____ “___”__________ da xabar qilishingiz soʻraladi.
____Karta toʻldirilayotganda koʻrsatkichlar natijasi raqamli belgilar bilan koʻrsatiladi, talabga javob bermaydigan koʻrsatkich, nosoz yoki umuman yoʻq konstruksiya qismi yoki qoʻshimcha uskuna raqami chizib qoʻyiladi.
Shifr
Parametrlar nomi, konstruksiya tarkibiy qismi yoki qoʻshimcha uskunalar
Raqamli belgilar
1.
Tormoz kuchining old oʻq gʻildiraklariga taqsimlanish koeffitsenti
2.
Tormoz kuchining oʻrta oʻq gʻildiraklariga taqsimlanish koeffitsenti
3.
Tormoz kuchining orqa oʻq gʻildiraklariga taqsimlanish koeffitsenti
4.
Umumiy tormoz kuchi
5.
Toʻxtab turish tormozining samaradorligi
6.
Tormoz tizimining germetiklik holati buzilgan
7.
Tormoz tizimi detallarining mexanik jarohati
8.
Havo monometri ishlamaydi
9.
Rul gʻildiragidagi umumiy lyuft oshgan
10.
Rul kuchaytirgichi ishlamaydi
11.
Rul boshqaruvi detallari mexanik jarohatlangan yoki ishonchsiz mahkamlangan
12.
Gʻildiraklar mexanik jarohatlangan yoki ishonchsiz mahkamlangan
13.
Shinalar oʻlchami va maksimal ogʻirligi boʻyicha transport vositasi rusumiga mos kelmaydi, protektor rasmlari ortiqcha yedirilgan yoki mexanik jarohatlangan
14.
Chiroqlarning sozlanishi buzilgan, ularning (shuningdek tumanga qarshi) oʻrnatilishi standart talablariga mos kelmaydi. Faralarni muvofiqlashtirish buzilgan
15.
Tashqi yoritish chiroqlari ishlamaydi, ularning oʻrnatilishi va yorugʻlik uzatishi standart talablariga mos kelmaydi
16.
Oyna tozalash, yuvish va qizdirish tizimi ishlamaydi
17.
Ishlab chiqarilgan gazlarning zararlilik darajasi oshgan
18.
Ishlab chiqarilgan gazlarning tutash darajasi oshgan
19.
Tashqi shovqin darajasi oshgan
20.
Kardan vali ishonchsiz mahkamlangan yoki mexanik jarohatlangan
21.
Yoqilgʻi tizimining germetiklik holati buzilgan
22.
Spidometri nosoz
23.
Eshik qulflari oʻrnatilishi, tovush signali, avariya chiqish joylari, haydovchi oʻrindiqlarini sozlash mexanizmlari, tortish-bogʻlanish qurilmalari nosoz
24.
Orqani koʻrish oynasi, himoyalovchi fartuklar, favqulotda toʻxtash belgisi, oʻt oʻchirgich, tibbiy qutichasi yoʻq)
25.
Radioqabulga halaqit beruvchi shovqinni pasaytiruvchi moslama yoʻq
Xulosa: ________________________________________________________ (soz, nosoz, foydalanish taqiqlandi va h.k.)
Diagnostika jihozlari va nazorat-oʻlchov asboblarining hisobi va ishini qayd etish jurnali qatʼiy hisobdagi hujjat hisoblanadi.
Diagnostika jihozlari va nazorat-oʻlchov asboblarining har biri diagnostika stansiyasi tasarrufiga oʻtgan vaqtdan boshlab uch kun ichida jurnalga kiritiladi.
Diagnostika jihozlari va nazorat-oʻlchov asboblarining har biri haqidagi yozuv jurnalning alohida sahifasiga yozib boriladi. Sahifa tartib raqami bir vaqtning oʻzida jihoz yoki asbobning inventar raqami hisoblanadi.
Bir nechta mustaqil tarmoqlardan iborat jihozlar jurnalga bitta raqam ostida yozib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati boʻyicha Yoʻriqnomaga 11 -ILOVA
Jadval jihozlardan foydalanish boʻyicha qoʻllanma asosida ishlab chiqiladi.
2 va 3-bandlar hisob jurnali boʻyicha toʻldiriladi. 4—15-bandlarda shartli asosida toʻldiriladi. Suratda shartli belgilar bilan bajarilgan ish va sana (0-koʻrik, M-kichik taʼmir, S-oʻrtacha taʼmir, K-kapital taʼmir), maxrajda esa bajarilgan ishning davomiyligi soatlarda koʻrsatiladi. (S 25.03./1soat)
Oʻzbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati boʻyicha Yoʻriqnomaga 12-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
DYHXX diagnostika stansiyasi boshligʻi
_______________________________________
(hududiy YHXXB nomi)
_______________________________________
(hududiy YHXXB nomi)
200___ yil “___” ______________________
diagnostika jihozlari va nazorat-oʻlchov asboblarini foydalanishga topshirish DALOLATNOMASI № ________ __________________________________________________________________ (lavozimi, unvoni, F.I.Sh.)
texnik xizmat koʻrsatish stansiyasida avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari tekshirildi
____Tekshirishda aniqlandi:
____1. Avtotransport vositalarini xavfsizlik koʻrsatkichlarini tekshirish uchun diagnostika jihozlari, nazorat-oʻlchov asboblarining mavjudligi __________________________________________________________________ __________________________________________________________________
____2. Diagnostika jihozlari, nazorat-oʻlchov asboblarining sozligi, ish unumdorligi, metrologik talablarga javob berishi va amalda qoʻllanilishi __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________
____3. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqidagi Nizomning texnik xizmat koʻrsatish stansiyalariga tegishli talablarining bajarilishi _________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________
____4. Tarmoqlar, birikmalar va detallarning yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir qiluvchi nosozliklarini bartaraf etish _________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________
____5. Avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlashning qonuniyligi haqida xulosa __________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati boʻyicha Yoʻriqnomaga 15-ILOVA
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga daxldor qoida, meʼyor va standartlarga hamda avtotransport vositalarining texnik holatiga, ularni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibiga, xizmat koʻrsatish va taʼmirlashga oʻrnatilgan talablarning buzilishini bartaraf etish haqida
KOʻRSATMA
_________________________________________________________________ (stansiyalarda avtotransport vositalariga sifatli xizmat _________________________________________________________________ koʻrsatish va taʼmirlashga doir qoida, meʼyor va standart _________________________________________________________________ talablarining bajarilmasligi, ularning nomlari,
________________________________________________________ aniqlandi. buzilish xususiyati va boshqa maʼlumotlar qayd etiladi)
____Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha quyidagilarni taklif etaman: _____________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________
Mazkur koʻrsatma bajarish uchun majburiy hisoblanadi. Koʻrilgan choralar haqida 200 __ “___”___________ da xabar qilishingiz soʻraladi.
tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish meʼyor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi (boʻlinma, guruhi)ning texnika nazorati boʻyicha ishlar hisobi QAYDNOMASI 200__ yil __________ uchun
1. Transport vositalarining texnik holati va konstruksiyasi yoʻl harakati xavfsizligi talablariga mosligi ustidan nazorat.
№№ t/r
Koʻrsatkichlar
Transport vositalarining turi
Yuk avtmobillari va avtopoyezdlar
Avtobuslar
Davlat yengil avtomobillari
Shaxsiy yengil avtomobillar
mototsikl va motorollyerlar
tramvaylar
trolleybuslar
1.
Aniqlangan loyiha hujjatlari talab qilinmaydigan, lekin konstruksiyasi 2-ilovada koʻrsatilgan talablarga javob bermaydigan qayta jihozlangan transport vositalari soni
2.
Foydalanish taqiqlangan
3.
Aniqlangan texnik holati yoʻl harakati qoidalariga javob bermaydigan transport vositalari soni
4.
Foydalanish taqiqlangan
2. Avtotransport korxonalarida transport vositalarini soz holatda saqlash tadbirlarining oʻtkazilishini nazorat qilish.
№№
Koʻrsatkichlar
Taʼmirlash bazasi, shtat boʻyicha taʼmirlovchi ishchilarga va texnik xizmatchilarga ega boʻlgan avtotransport korxonalar soni
1.
Transport vositalarini soz saqlash yuzasidan barcha savollar (kompleks tekshiruv) boʻyicha tekshirish
2.
Quyidagi holatlar boʻyicha ishi qoniqarsiz deb topilgan:
a)
transport vositalari texnik holati
b)
transport vositalarining sozlanganligining kunlik nazorati
v)
birinchi texnik xizmat koʻrsatishning oʻtkazilishi
g)
ikkinchi texnik xizmat koʻrsatishning oʻtkazilishi
d)
joriy taʼmirlash ishlarining olib borilishi
e)
diagnostika jihozlari va nazorat-oʻlchov asboblarining amalda foydalanilishi, sozligi, metrologik taʼminlash va tatbiq etish
3.
Korxona rahbariga yuborilgan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga daxldor qoidalar, meʼyorlar va standartlarga hamda transport vositalarini soz saqlash boʻyicha oʻrnatilgan talablarning buzilishini bartaraf etish haqida taqdimnomalar
4.
Transport vositalarini soz holatda saqlash boʻyicha ishlarning qoniqarsiz holati Hokimiyat qoshidagi yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha komissiyada muhokama etildi
5.
Transport vositalarini soz holatda saqlash boʻyicha ishlarning qoniqarsiz holati toʻgʻrisida YHXBga yozma axborot yuborilgan
3. Texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash sifatini nazorat qilish.
№№
Koʻrsatkichlar
Texnik xizmat koʻrsatish stansiyasi
1.
Tuman (shahar)dagi stansiyalar soni, shu jumladan texnik koʻrik oʻtkazish ruxsat etilgan stansiyalar soni
2.
Stansiyalarni avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarining sifati boʻyicha tekshirishlar soni, jami jumladan:
a)
diagostika jihozlari va nazorat oʻlchov asboblarining tabelga muvofiqligi
b)
diagnostika jihozlari va nazorat-oʻlchov asboblarining amalda foydalanilishi, sozligi, metrologik taʼminlashi
v)
avtomobil, mototsikl va pritseplarni texnik koʻrikdan oʻtkazishda majburiy texnik koʻrik oʻtkazish qoidalarining stans�yaga tegishli qismining bajarilishi
g)
yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi birlashmalar, tarmoqlar va detallar nosozligining majburiy bartaraf etish
d)
avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash sifati
3.
Korxona rahbariga yuborilgan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga daxldor qoidalar, meʼyorlar va standartlarning buzilishini hamda transport vositalari texnik holatiga qoʻyiladigan talablarning, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash tartiblarining buzilishini bartaraf etish haqida taqdimnomalar, jami
4.
Transport vositalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarning qoniqarsiz holati Hokimiyat qoshidagi yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha komissiyada muhokama etildi, jami
5.
Avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarning qoniqarsiz holati toʻgʻrisida YXXBga yozma axborot yuborilgan
6.
Avtomobillarni texnik koʻrikdan oʻtkazish huquqidan mahrum etildi
DYHXX xodimi _____________________
(IIB nomi)
_____________________
(unvoni)
______________________
_________________________ (imzosi, F.I.Sh.)
M.Oʻ.
200__ yil “___” _______________________
Oʻzbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati boʻyicha Yoʻriqnomaga 17-ILOVA
Jadval boʻyicha tekshirilishi lozim boʻlgan transport vositalarining soni
2.
Tekshirilgan transport vositalarining soni
3.
Nosoz deb topilgan, jami jumladan quyidagilar boʻyicha:
a)
oʻqlar boʻyicha tormoz kuchi notekis taqsimlangan
b)
tormoz kuchi yetarli emas
v)
toʻxtab turish t�rmozining samarasi yetarli emas
g)
tormoz oʻtkazgichining germetikligi buzilgan
d)
tormoz tizimi detallaridagi mexanik jarohat
e)
havo monometri nosoz
j)
rul gʻildiragidagi umumiy lyuft oshgan
z)
rul kuchaytirgichi nosoz
i)
rul boshqaruvidagi mexnik jarohat yoki detallar ishonchsiz maxkamlangan
k)
gʻildiraklar ishonchsiz mahkamlangan yoki mexanik jarohatlangan
l)
shinalar transport vositasi modeliga toʻgʻri kelmaydi, oriqcha yedirilgan yoki mexanik jarohatlangan
m)
chiroqlarining sozlanishi buzilgan va ularning oʻrnatilishi standart talablariga mos kelmaydi.
n)
tashqi yoritish chiroqlari nosoz, ularning oʻrnatilishi va yorugʻlik uzatishi standart talablariga mos kelmaydi.
o)
oyna tozalash, yuvish va qizdirish tizimidagi nosozlik
p)
ishlab chiqarilgan gazlarning zararlilik darajasi oshgan
r)
ishlab chiqarilgan gazlarning tutash darajasi oshgan
s)
tashqi shovqin darajasi oshgan
t)
kardan vali ishonchsiz mahkamlangan yoki mexanik jarohatlangan
u)
yoqilgʻi tizimi germetik yopilmagan
�
f)
spidometri nosoz
x)
eshik qulflari oʻrnatilishi, tovush signali, avariya chiqish joylari, haydovchi oʻrindigʻini sozlash mexanizmlari, tortish-bogʻlanish qurilmalari nosoz
ch)
radiopriyomnikka xalaqit beruvchi toʻlqinlarni toʻxtatuvchi moslama yoʻq
sh)
radioqabulga xalaqit beruvchi toʻlqinlarni toʻxtatuvchi moslama yoʻq
4.
Texnik holati yoʻl harakati qoidalari talablariga javob bermaganligi sababli foydalanish taqiqlangan transport vositalari
DYHXX diagnostika stansiyasida transport vositalarining texnik holatini tekshirish boʻyicha ishlar hisobi QAYDNOMASI 200__ yil __________ uchun
Diagnostika stansiyasi boshligʻi ____________________________
(unvoni)
___________________________________
(imzosi, F.I.Sh.)
200__ yil “__” _____________
Oʻzbekiston Respublikasi IIV DYHXX texnika nazorati boʻyicha Yoʻriqnomaga 18-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasining transport vositalari va qoʻshimcha jihozlarning konstruksiyalari standartlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar talablariga mosligini nazorat qilish hamda qoida, meʼyor va standartlarni ishlab chiqish boʻyicha ishlari hisobi
QAYDNOMASI
200___ yil uchun
1. Qoida, meʼyor va standartlarni ishlab chiqish.
№№
Koʻrsatkichlar nomi
Soni
1.
Qoida, meʼyor va standartlarning (Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB bosh tashkilotchi boʻldi) loyihalari ishlab chiqildi.
2.
Qoida, meʼyor va standartlarning (Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB ishtirokida) loyihalari ishlab chiqildi.
3.
Kelishish uchun taqdim etilgan qoida, meʼyor va standartlarning loyihalari
4.
Loyihalari kelishilgan qoida, meʼyor va standartlar 1-tahrir 2-tahrir
5.
Zamonaviy yoʻl harakati xavfsizligi talablari darajasida boʻlmaganligi sababli loyihalari kelishish uchun rad etilgan qoida, meʼyor va standartlar
2. Transport vositalarining konstruksiyalari standart talablariga mosligi ustidan nazorat
№ №
Koʻrsatkichlar nomi
Soni
Avtomobilsozlik tarmogʻi
Boshqa vazirlik va muassasalar
xorijda ishlab chiqarilgan
1.
Kelishish uchun taqdim etilgan texnik topshiriq, texnik loyiha va texnik shartlar
2.
Kelishilgan texnik topshiriq, texnik loyiha va texnik shartlar
3.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB xodimi ishtirokida oʻtkazilgan namunalarni qabul qilish sinovlari
4.
Texnik topshiriq, texnik loyiha va texnik shartlarni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB xodimi ishtirok etgan texnik kengash va qabul-sinovlarning natijalari namunalari
5.
Ishlab chiqarishga tavsiya etilgan transport vositalari (Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishga �uxsat etilgan)
6.
Sinovlardan oʻta olmagan va ishlab chiqarishga tavsiya etilmagan transport vositalari (Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishga ruxsat etilmagan)
3. Qoʻshimcha jihozlar konstruksiyalari standart talablari yoki boshqa meʼyoriy-texnikaviy hujjatlarga muvofiqligi ustidan nazorat.
№№
Koʻrsatkichlar
Soni
Mahalliy ishlab chiqarilgan
Xorijda ishlab chiqarilgan
1.
Kelishishga taqdim etilgan texnik shartlar
2.
Kelishilgan texnik shartlar (qoʻshimcha jihozlardan foydalanishga ruxsat etilgan)
3.
Kelishish rad etilgan texnik shartlar (qoʻshimcha jihozlardan foydalanishga ruxsat etilmagan)
Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB texnika nazorati boʻlimi boshligʻi
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 12-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 350-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/1252-2/0543-son; 20.05.2019-y., 10/19/1252-3/3150-son, 13.08.2019-y., 10/19/1252-4/3545-son)