O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-427-son
qaroriga hamda 2023-yil 21-dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-208-son
Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Bolalarni sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasiga 2025-2026-yillarda ajratilishi nazarda tutilgan mablag‘ning bir qismini 2023-yil yoz mavsumida dam olgan bolalarning yo‘llanma xarajatlarini hamda 2024-yil yoz mavsumiga 59 ta oromgohni tayyorlash maqsadida olib borilgan ta’mirlash ishlari bo‘yicha vujudga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltirishga ruxsat berish;
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning
12-bandidagi “hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirlari” so‘zlari “vazirlari hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmonining
8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasining 2-bobi 3-paragrafi
“g” kichik bandidagi “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi” so‘zlari “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-son Farmonining
5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-apreldagi PF-49-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi
tarkibining 12-bandidan “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-210-son Farmoni bilan tasdiqlangan Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiya
tarkibining 19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-maydagi PQ-2993-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning
3-bandidagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi” so‘zlari “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4235-son qarori 4-bandining
to‘rtinchi va
beshinchi xatboshilaridagi “tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi” so‘zlari “tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4342-son qarori 8-bandining
“b” kichik bandidagi “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga” so‘zlari “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-4513-son qarori 4-bandining
uchinchi xatboshisidagi “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi” so‘zlari “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-son
qarorida:
14-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi” so‘zlari “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5116-son
qarorida:
10-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga” so‘zlari “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaning 7, 11 va 16-pozitsiyalari “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi” so‘zlari “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-maydagi “Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-199-son qarorining
6-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan mablag‘larni 2023-yil yoz mavsumida dam olgan bolalarning yo‘llanma xarajatlari uchun tegishli yilda amalda bo‘lgan tartib asosida kompensatsiya to‘lash hamda 2024-yilda Federatsiya tizimidagi oromgohlarni yoz mavsumiga tayyorlash maqsadida olib borilgan ta’mirlash ishlari bo‘yicha vujudga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltirishga ruxsat etiladi”.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son qaroriga
4a-ilovada:
a) 15-pozitsiyaning “Axborot tizimi nomi” ustunidagi “Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimi” so‘zlaridan keyin “*” belgisi bilan to‘ldirilsin;
b) quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin: