toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOSHGUZAR-BOYSUN-QUMQOʻRGʻON YANGI TEMIR YOʻL LINIYASI QURILISHI LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish, loyihalash va qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini muntazam asosda amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi - Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi qurilishi boʻyicha buyurtmachi etib;
“Boshtransloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh loyihalash tashkiloti etib;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yoʻl xoʻjaligi boshqarmasi — loyihaning bosh pudratchi tashkiloti etib belgilansin.
Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻl liniyasi qurilishining borishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining quyidagilarni:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Koʻprikqurilish” trestini — temir-beton koʻpriklar qurilishi boʻyicha;
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini — yer polotnosi va kichik sunʼiy inshootlar qurilishi boʻyicha;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tegishli boʻlinmalarini — yoʻlning ustki inshooti, yer polotnosi, signalizatsiya, markazlashtirish, toʻsish va aloqa vositalari qurilishi boʻyicha ixtisoslashtirilgan ishlarni bajarish uchun subpudrat asosida jalb etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, ishlarni amalga oshirish uchun bosh pudratchi tashkilot tomonidan boshqa subpudrat tashkilotlari, shu jumladan xorijiy subpudrat tashkilotlari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining qabul qilingan texnik yechimlarning ishonchliligini hamda obyektdan foydalanishning xavfsizligini aniqlash maqsadida, murakkab togʻ sharoitlarida temir yoʻllarni loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish masalalarida tajribaga ega boʻlgan nufuzli xorijiy loyihalash tashkilotlarini jalb etish yoʻli bilan loyihani mustaqil ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda ekspert tashkilotni tanlasin va loyihani ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan shartnoma tuzsin.
4. Quyidagilar:
kapital qoʻyilmalar hajmlari va Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi qurilishini moliyalashtirish manbalari 2-ilovaga* muvofiq;
* 2-ilova berilmaydi.
Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi qurilishini tashkil etishning 2007-yil dekabr oyida oraliq ishchi qatnovni ochishni nazarda tutuvchi yiriklashtirilgan tarmoq jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 3-ilova berilmaydi.
5. Quyidagilar uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun javobgarlik — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga (O.J.Ramatov);
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 24-oktabrdagi PQ-715-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 44-son, 442-modda)
obyekt qurilishining oʻz vaqtida moliyalashtirilishi uchun javobgarlik - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (R.S.Azimov), Moliya vazirligi (S.B.Rahimov) va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga (O.J.Ramatov);
Yaponiya pudratchilari bilan togʻ uchastkasi boʻyicha kontraktlarning oʻz vaqtida tuzilishi va ularning amalga oshirilishi uchun javobgarlik - Iqtisodiyot vazirligi (R.S.Azimov) va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga (E.M.Gʻaniyev) yuklansin.
8. Qurilayotgan temir yoʻl liniyasida loyihalash va qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish boʻyicha 4-ilovaga* muvofiq tarkibda doimiy ishlaydigan komissiya tashkil etilsin.
* 4-ilova berilmaydi.
Doimiy ishlaydigan komissiyaga quyidagi vazifalarni bajarish yuklansin:
ishlab chiqiladigan ish hujjatlarini va qabul qilingan loyiha yechimlarining ekspertizasini taʼminlash;
qurilish-montaj ishlari sifati, qurilish normalari va qoidalariga rioya etilishi, qoʻllanilayotgan qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar sifatining davlat standartlari, normalari va texnik shartlariga muvofiqligi ustidan muntazam ravishda qatʼiy nazorat oʻrnatish;
qurilish-montaj ishlarining texnologik izchilligiga, tasdiqlangan tarmoq jadvaliga muvofiq ishlarning har bir bosqichi va turi boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarga rioya etilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
shaharsozlik normalari va qoidalarining aniqlangan buzilishlarini tahlil qilish va umumlashtirish, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda tezkorlik bilan kiritish;
loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlarining buzilganligi uchun moliyaviy hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanksiyalarni belgilangan tartibda qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Doimiy ishlaydigan komissiya Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻl liniyasi qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasiga ishlarning natijalari toʻgʻrisida har oyda axborot taqdim etsin.
Doimiy ishlaydigan komissiyaga, zarur hollarda, oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etishga ruxsat berilsin.
9. Belgilansinki, xorijiy ekspert tashkilotlarni va mustaqil ekspertlarni jalb etish, shuningdek doimiy ishlaydigan komissiyaning qurilayotgan temir yoʻl liniyasidagi loyihalash va qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish boʻyicha faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi oʻz mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
10. Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻl liniyasi qurilishini oʻz vaqtida tugallash uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga qoʻshimcha ravishda sotib olinadigan yoʻl-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarning hisoblab chiqilgan roʻyxati 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 5-ilova berilmaydi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda ishlarni amalga oshirish jadvaliga muvofiq texnika va asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan 2005-yilning birinchi yarim yilligi mobaynida tanlov savdolari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Loyihani amalga oshirish davrida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 5-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha qoʻshimcha ravishda chetdan sotib olinadigan va keltiriladigan qurilish-yoʻl texnikasi hamda asbob-uskunalari uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) istisno tariqasida ozod qilinsin.
11. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi qurilishini jadallashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 24-yanvardagi 43-son qarorining 3-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish uchun Yaponiya Hukumati tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditdan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 4-oktabrdagi 458-son qaroriga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-noyabr,
559-son