1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 23-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3002-4]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/8-son qarori (roʻyxat raqami 3002, 2018-yil 25-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/3002/1102-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-noyabr,
34/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 15-noyabrdagi 34/4-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“Mazkur Nizom tijorat banklari (bundan buyon matnda — banklar deb yuritiladi) tomonidan majburiy rezervlarni hisoblash va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (bundan buyon matnda — Markaziy bank deb yuritiladi) depozitga oʻtkazish tartibini belgilaydi.”.
2. 2-band “majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablagʻlar meʼyori,” degan soʻzlardan keyin “majburiy rezervlar shakllantiriladigan va saqlanadigan valyuta turi,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 1-ILOVA
“Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida rezerv shakllantiriladigan majburiyatlari ROʻYXATI
T/r
Balans hisobvaragʻi raqami
Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar nomlari
1.
20200
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
2.
20400
Jamgʻarma depozitlar
3.
20600
Muddatli depozitlar
4.
21000
Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar
5.
21400
Bankning toʻlanmagan akseptlari
6.
21600
Toʻlanishi lozim boʻlgan qisqa muddatli kreditlar
7.
22000
Olingan uzoq muddatli kreditlar
8.
22600
Mijozlarning boshqa depozitlari
9.
23100
Mijozlarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari
10.
23400
Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari
11.
23500
Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum
12.
23600
Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar
13.
23700
Subordinar qarz
14.
29801
Mijozlar bilan hisob-kitoblar
15.
29840
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar
16.
29842
Harakatsiz depozit majburiyatlari
17.
29846
Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar
18.
29849
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablagʻlar
19.
29896
Boshqa majburiyatlar
”.
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 2-ILOVA
“Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
__________ bankning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga depozitga oʻtkazishi lozim boʻlgan majburiy rezervlari miqdori HISOB-KITOBI
(ming soʻmda)
T/r
Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar
Balans hisobvaraqlari
Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning oʻrtacha miqdori
Majburiy rezerv normativlari,
foizlarda
Majburiy rezervlarning normativ miqdori
Rezident
Norezident
Milliy valyuta
Chet el valyutasi
Milliy valyuta
Milliy valyuta
Chet el valyutasi
Milliy valyuta
Chet el valyutasi
A
B
D
E
F
G
H
I
J
1.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
20200
2.
Jamgʻarma depozitlar
20400
3.
Muddatli depozitlar
20600
4.
Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar
21000
5.
Bankning toʻlanmagan akseptlari
21400
6.
Toʻlanishi lozim boʻlgan qisqa muddatli kreditlar
21600
7.
Olingan uzoq muddatli kreditlar
22000
8.
Mijozlarning boshqa depozitlari
22600
9.
Mijozlarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari
23100
10.
Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari
23400
11.
Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum
23500
12.
Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar
23600
13.
Subordinar qarz
23700
14.
Mijozlar bilan hisob-kitoblar
29801
15.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar
29840
16.
Harakatsiz depozit majburiyatlari
29842
17.
Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar
29846
18.
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablagʻlar
Majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdori
X
X
X
X
X
X
X
25.
Markaziy bankka oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezerv mablagʻlari
X
X
X
X
X
X
X
26.
Hisob-kitob davrida majburiy rezervlarda saqlanayotgan mablagʻlar
10309
X
X
X
X
X
X
27.
Majburiy rezerv hisobvaragʻiga qoʻshimcha ravishda depozitga oʻtkazish yoki Markaziy bank tomonidan qaytarilishi lozim boʻlgan mablagʻlar
X
X
X
X
X
X
X
Bank rahbari:
Bosh buxgalter:
”.
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 3-ILOVA
“Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Majburiy rezervlar miqdori hisob-kitobi jadvalini toʻldirish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar
Hisob-kitob elektron shaklda berilishi lozim.
Jadval kataklari boʻsh qoldirilmasligi kerak. Agar axborot boʻlmasa nol koʻrsatilsin.
Hisob-kitobda umumiy summa butunligicha ming soʻmda koʻrsatilishi lozim. 500 soʻm va undan kam boʻlgan summa hisobga olinmaydi (chiqarib tashlanadi), 500 soʻmdan ortiq boʻlgan summa minggacha yaxlitlanadi.
Hisob-kitob tuzishda ham musbat, ham manfiy summalar uchrashi mumkin.
Hisob-kitobni tuzishda har kunlik balans hisoboti asosida hisoblanadigan hisob-kitob davridagi balans maʼlumotlarining oʻrtacha qoldigʻi aks ettirilishi lozim.
(D) Ustun — Rezidentlarga tegishli milliy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi. Bu ustunda rezidentlarga tegishli milliy valyutadagi koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi koʻrsatilishi lozim.
(E) Ustun — Rezidentlarga tegishli xorijiy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi. Bu ustunda rezidentlarga tegishli xorijiy valyutadagi koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi koʻrsatilishi lozim.
(F) Ustun — Norezidentlarga tegishli milliy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi. Bu ustunda norezidentlarga tegishli milliy valyutadagi koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi koʻrsatilishi lozim.
(G) Ustun — Norezidentlarga tegishli xorijiy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi. Bu ustunda norezidentlarga tegishli xorijiy valyutadagi koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi koʻrsatilishi lozim.
(H) Ustun — Milliy valyutadagi majburiyatlar uchun majburiy rezerv normativi. Bu ustunda milliy valyutadagi majburiyatlar uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan majburiy rezerv normativlari foizlarda koʻrsatilishi lozim.
(I) Ustun — Chet el valyutasidagi majburiyatlar uchun majburiy rezerv normativi. Bu ustunda chet el valyutasidagi majburiyatlar uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan majburiy rezerv normativlari foizlarda koʻrsatilishi lozim.
(J) Ustun — Majburiy rezervlarning normativ miqdori. Quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
(J) Ustun = (D) Ustun x (H) Ustun + (E) Ustun x (I) Ustun + (F) Ustun x (H) Ustun + (G) Ustun x (I) Ustun
1-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar. Bu satrda 20200 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
2-satr. Jamgʻarma depozitlar. Bu satrda 20400 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
3-satr. Muddatli depozitlar. Bu satrda 20600 balans hisobvaragʻi qoldigʻi koʻrsatiladi.
4-satr. Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar. Bu satrda 21002 va 21006 hisobvaragʻidagi qoldigʻi olib tashlangan holda 21000 balans hisobvaragʻi qoldigʻi koʻrsatiladi. Shuningdek, bu satrda normativ miqdorni hisoblashda faqat norezidentlarga tegishli hisobvaraqlar qoldigʻi inobatga olinadi.
5-satr. Bankning toʻlanmagan akseptlari. Bu satrda 21400 balans hisobvaragʻi qoldigʻi koʻrsatiladi.
6-satr. Toʻlanishi lozim boʻlgan qisqa muddatli kreditlar. Bu satrda Markaziy bank hamda rezident banklarga tegishli hisobvaraqlar qoldigʻi olib tashlangan holda 21600 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
7-satr. Olingan uzoq muddatli kreditlar. Bu satrda Markaziy bank hamda rezident banklarga tegishli hisobvaraqlar qoldigʻi olib tashlangan holda 22000 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
8-satr. Mijozlarning boshqa depozitlari. Bu satrda 22602, 22606, 22614 va 22628 hisobvaraqlari qoldiqlari olib tashlangan holda 22600 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
9-satr. Mijozlarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari. Bu satrda 23100 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
10-satr. Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari. Bu satrda 23416 hisobvaragʻidagi qoldigʻi olib tashlangan holda 23400 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
11-satr. Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum. Bu satrda 23500 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
12-satr. Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar. Bu satrda 23600 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
13-satr. Subordinar qarz. Bu satrda kapital tarkibiga qoʻshiladigan subordinar qarz qoldigʻi olib tashlangan holda 23700 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
14-satr. Mijozlar bilan hisob-kitoblar. Bu satrda 29801 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
15-satr. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar. Bu satrda 29840 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
16-satr. Harakatsiz depozit majburiyatlari. Bu satrda 29842 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
17-satr. Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar. Bu satrda 29846 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
18-satr. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablagʻlar. Bu satrda 29849 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
19-satr. Boshqa majburiyatlar. Bu satrda 29896 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
20-satr. Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning jami. Bu satrning (J) ustunida 1 — 19 satrlarning (J) ustunidagi mablagʻlarning jami yigʻindisi koʻrsatiladi.
21-satr. Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari. Bu satrning (J) ustunida 10100 balans hisobvaragʻining Markaziy bank boshqaruvi tomonidan chegirilishi belgilangan miqdori koʻrsatiladi.
22-satr. Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlardan chegiriladigan mablagʻlar ayrilgandagi qoldiq. Bu satrning (J) ustuni quyidagi formula orqali hisoblanadi:
26-Satr. Hisob-kitob davrida majburiy rezervlarda saqlanayotgan mablagʻlar. Bu satrda 10309 balans hisobvaragʻining hisob-kitob davrining oxirgi sanasidagi qoldigʻi koʻrsatiladi.
27-Satr. Majburiy rezerv hisobvaragʻiga qoʻshimcha ravishda depozitga oʻtkazish yoki Markaziy bank tomonidan qaytarilishi lozim boʻlgan mablagʻlar. Bu satrning (J) ustuni quyidagi formula orqali hisoblanadi: