toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining
buyrugʻi
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3218-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi PF-59-son “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2019-yil 30-dekabrdagi 46-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3218, 2020-yil 10-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 10/20/3218/0164-son) bilan tasdiqlangan Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. SAIDOV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-dekabr,
BR-45-son
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi BR-45-son buyrugʻiga
ILOVA
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 3-band “orqali” degan soʻzdan keyin “onlayn tarzda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy konsullik hisobiga olish bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undiriladi. 16 yoshga toʻlmagan bolalarga alohida roʻyxatga olish varaqasi (elektron roʻyxatga olish varaqasi) toʻldiriladi.”.
3. 9-bandning toʻqqizinchi xatboshisidan “konsullik yigʻimi va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 23-banddan “konsullik yigʻimlari va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 2 va 3-ilovalar quyidagi mazmundagi 10-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

10. JSHSHIR

.

6. 4 va 5-ilovalar mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
“Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA

___________________________________________________________________________

(Konsullik muassasasining nomi)

(shtrix kod)

Xorijda doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni

ELEKTRON ROʻYXATGA OLISH VARAQASI

Rasm uchun joy 3x4 sm

1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (F.I.O.)

(agar familiya yoki ism oʻzgartirilgan boʻlsa, avval foydalanilgan barcha familiya va ismlar koʻrsatilishi lozim)

2. Tugʻilgan yili, oyi, kuni*

3. Tugʻilgan joyi*

4. Millati*

5. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish sanasi va maqsadi*

6. Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash manzili*

7. Xorijdagi yashash manzili va telefoni

8. Ish joyi va lavozimi

9. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi hujjat taqdim etgan idoraning nomi hujjatning seriyasi va raqami hujjatning amal qilish muddati*

10. JSHSHIR

* Mazkur bandlar avtomatik tarzda toʻldiriladi.

_________________________________________

_________________________________

(Konsullik roʻyxatiga qabul qilingan shaxsning imzosi)

Konsulning imzosi

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami: ________________

Konsullik roʻyxatiga qabul qilingan sana 20__ yil “____” ________________________

”.

Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga
2-ILOVA
“Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
5-ILOVA

___________________________________________________________________________

(Konsullik muassasasining nomi)

(shtrix kod)

Xorijda vaqtinchalik yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni

ELEKTRON ROʻYXATGA OLISH VARAQASI

Rasm uchun joy 3x4 sm

1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (F.I.O.)

(agar familiya yoki ism oʻzgartirilgan boʻlsa, avval foydalanilgan barcha familiya va ismlar koʻrsatilishi lozim)

2. Tugʻilgan yili, oyi, kuni*

3. Tugʻilgan joyi*

4. Millati*

5. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish sanasi va maqsadi*

6. Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash manzili*

7. Xorijdagi yashash manzili va telefoni

8. Ish joyi va lavozimi

9. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi hujjat taqdim etgan idoraning nomi hujjatning seriyasi va raqami hujjatning amal qilish muddati*

10. JSHSHIR

* Mazkur bandlar avtomatik tarzda toʻldiriladi.

_________________________________________

_________________________________

(Konsullik roʻyxatiga qabul qilingan shaxsning imzosi)

Konsulning imzosi

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami: ________________

Konsullik roʻyxatiga qabul qilingan sana 20__ yil “____” ________________________

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3218-1/0003-son)