1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING
qarori
Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlar boʻyicha berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 25-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3590]
1. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlar boʻyicha berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
3. Mazkur qaror 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-noyabr,
196-son
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 28-noyabr,
2024-22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 29-noyabrdagi 196-son va Soliq qoʻmitasining 2024-yil 28-noyabrdagi 2024-22-son qaroriga 1-ILOVA
Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlar boʻyicha berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi
Nizom
Mazkur Nizom yuridik shaxslarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlar boʻyicha berilgan imtiyozlarni (bundan buyon matnda soliqlar va bojxona imtiyozlari deb yuritiladi) buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
1. Tashkilotlarga soliqlar va bojxona imtiyozlari:
a) soliqlar va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlarni (bundan buyon matnda boʻshagan mablagʻlar deb yuritiladi) aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan;
b) boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti nazarda tutilmagan holda beriladi.
2. Boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda, tashkilot tomonidan soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlar hisoblanmaydi hamda mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) va boshqa mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritilmaydi.
3. Soliqlar va bojxona imtiyozlari boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan berilganda, soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlarni hisoblash amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Bunda:
a) bojxona imtiyozlari summasi Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) belgilangan tartibda bojxona yuk deklaratsiyasining 47 va “V”-grafalarida koʻrsatiladi;
b) soliq imtiyozlari boʻyicha hisob-kitoblar tashkilot roʻyxatga olingan joydagi soliq organlariga belgilangan shakllar va muddatlarga muvofiq taqdim etiladi. Mahsulot (tovar, ishlar, xizmatlar) va boshqa aktivlar realizatsiya qilinayotganda, soliq solinadigan aylanmaga hisoblangan aksiz soligʻi (aksizli tovarlar (mahsulotlar) sotilganda) summasi ajratilgan holda hisobvaraq faktura yoziladi.
4. Soliq va bojxona imtiyozlari miqdori soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlarning hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
5. Soliq va bojxona imtiyozlari har bir soliq, bojxona va yigʻim turi boʻyicha moliyaviy hisobotga izohlarda yoritib beriladi.
2-bob. Boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish
6. Boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan berilgan soliq va bojxona imtiyozlarining buxgalteriya hisobi 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻida soliqlar va bojxona imtiyozlarining turlari boʻyicha yuritiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi]
Soliq va bojxona imtiyozlarini batafsil hisobga olish maqsadida tashkilotlarning ishchi hisobvaraqlar rejasida quyidagi hisobvaraqlar ochiladi:
a) budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4400) guruhida “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
b) budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6400) guruhida “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
g) turli kreditorlardan qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6900) guruhida “Importda aksiz soligʻi boʻyicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot]
7. Soliq va bojxona imtiyozlari buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va oʻrnatiladigan asbob-uskunalar xarid qilinayotganda hamda import qilinganda, xarid qiymatiga kiritiladigan soliqlar va bojxona toʻlovlari summasi:
debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0800), oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0700), tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1000 — 2900);
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.04.00 Import (olib kirish) vaqtida aksizning qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.04.00ga qarang)]
b) tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va oʻrnatiladigan asbob-uskunalar import qilinganda:
soliq toʻlovchilar uchun aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan berilgan aksiz soligʻini hisoblash:
debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0800), oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0700), tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1000 — 2900);
kredit “Importda aksiz boʻyicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
aksiz soligʻini toʻlashdan ozod qilinishi natijasida boʻshagan mablagʻlar summasi:
debet “Importda aksiz boʻyicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
kredit 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
v) mahsulot (ish, xizmat)lar sotilganda:
hisoblangan aksiz soligʻi summasi:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar”, 4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan toʻlovlar” hisobvaraqlari;
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
aksiz soligʻini toʻlashdan ozod qilinishi natijasida boʻshagan mablagʻlar summasi:
debet “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
kredit 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻi;
g) qonunchilikka muvofiq davr xarajatlariga olib boriladigan hisoblangan soliq va yigʻimlar summasi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻi;
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
d) tashkilotlarning foydasidan hisoblanadigan soliq summasi:
debet soliqlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9800);
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
e) soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlarni toʻlashdan ozod qilinishi natijasida boʻshagan mablagʻlar summasi:
debet “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
kredit 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻi.
8. 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻida hisobga olingan soliq va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlar summasi quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi:
a) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaxiralarni sotib olishga, kredit va qarzlarni qoplashga, asosiy vositalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilganda, agar imtiyozli davr koʻrsatilgan boʻlsa, imtiyozli davr tugagan yoki haqiqatda foydalanilgan muddatlarning eng kami boʻyicha, imtiyozli davr koʻrsatilmagan boʻlsa, har yili:
debet 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻi;
kredit “Soliq va bojxona imtiyozlari”ni ajratgan holda 8530 “Tekinga olingan mulk” hisobvaragʻi;
b) joriy majburiyatlarni vujudga kelishiga olib keladigan joriy xarajatlarni qoplashga yoʻnaltirilganda (masalan, ish haqi, ijara, davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar va boshqalar):
debet 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻi;
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” yoki 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar” yoki 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” hisobvaraqlari yoki turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6900) yoki boshqa tegishli hisobvaraqlar.
3-bob. Boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti nazarda tutilmaganda soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish
9. Boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish nazarda tutilmagan soliq va bojxona imtiyozlari buxgalteriya hisobining balans hisobvaraqlarida aks ettirilmaydi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirishga taʼsir qilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi]
10. Boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari uchun har bir soliq, bojxona toʻlovi va yigʻimlar turi boʻyicha alohida “Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari” balansdan tashqari hisobvaragʻi ochiladi.
Har bir soliq, bojxona toʻlovi va yigʻimlar turi boʻyicha hisoblangan, boʻshagan mablagʻlar summasi mazkur hisobvaraqlarning debeti boʻyicha aks ettiriladi.
11. Imtiyoz berilgan davr tugaganidan soʻng “Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari” balansdan tashqari hisobvaraqlari debetida hisobga olinadigan boʻshagan mablagʻlar summasi ushbu hisobvaraqlar kreditiga hisobdan chiqariladi.
4-bob. Yakuniy qoida
12. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 29-noyabrdagi 196-son va Soliq qoʻmitasining 2024-yil 28-noyabrdagi 2024-22-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2005-yil 24-fevraldagi 29, 2005-25, 01-02/8-3-son “Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 105-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-son “Davlat boshqaruvi tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3448, 2023-yil 25-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son) ilovaning 7-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 10/24/3590/1074-son)