1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2025 — 2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda davlat xaridlari tizimida shaffoflik taʼminlanishi va xaridlar jarayonlarining raqamlashtirilishi ushbu sohada raqobat muhitini yanada kengaytirish hamda budjet mablagʻlaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda, davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan, xarid jarayonlarini raqamlashtirishni jadallashtirish va “yashil” davlat xaridlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2025 — 2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
barqaror davlat xaridlarini tizimli rivojlantirish, shu jumladan, “yashil” davlat xaridlarini kengaytirish;
davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish;
davlat xaridlari ishtirokchilarining shartnoma majburiyatlariga rioya etishini monitoring, tahlil va nazorat qilishning raqamli texnologiyalarga asoslangan kompleks dasturini joriy etish;
davlat xaridlari sohasida xavfni boshqarish, manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlari, korrupsiya va qonunchilikka zid holatlarni aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini koʻrish;
davlat xaridlarida tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini kengaytirish;
davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, oʻquv-uslubiy, ilmiy va axborot-tahliliy bazani takomillashtirish.
2. 2025 — 2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil 1-iyulga qadar xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, barqaror davlat xaridlarini, shu jumladan, “yashil” davlat xaridlarini amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasini, shuningdek, namunaviy yoʻriqnomani ishlab chiqsin va amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish choralarini koʻrsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi:
“yashil” davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida davlat buyurtmachilarining salohiyatini tizimli oshirib borsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Strategiya va Chora-tadbirlar rejasining oʻz vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-dekabr,
865-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 865-son qaroriga 1-ILOVA
2025 — 2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish
STRATEGIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
1. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan asosiy yoʻnalish va maqsadlardan kelib chiqib, davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish hamda uning ochiq va shaffofligini taʼminlash dolzarb hisoblanadi.
Davlat xaridlari jamiyatning tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlovchi, shuningdek, iqtisodiyotni, uning oʻsish surʼatlari va tuzilishini davlat tomonidan tartibga soluvchi vositalardan biri boʻlib, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim omilidir.
Davlat xaridlari sohasidagi siyosatning asosiy maqsadi davlat buyurtmachilarining oʻz funksiyalarini bajarishi, davlat xizmatlarini koʻrsatishi hamda investitsiya va ishlab chiqarish dasturlarini amalga oshirishi uchun tovarlar, ishlar va xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini eng samarali yoʻl bilan qanoatlantirishdan iborat.
Shu bilan birga, davlat xaridlari tizimi quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda samarali vosita boʻlib xizmat qiladi:
barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning raqobatbardoshligini oshirish;
aholi farovonligini taʼminlash, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va guruhlarini iqtisodiy jarayonlarga jalb qilish;
bozor iqtisodiyoti tamoyillariga muvofiq raqobatni rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyatlar yaratish;
innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlarga yoki yangi isteʼmol xususiyatlariga ega mahsulotlarga talabni shakllantirish;
barqaror xaridlarni qoʻllab-quvvatlash orqali ekologik va tabiat muhofazasi bilan bogʻliq muammolarni hal qilish;
davlatning oziq-ovqat, texnologik va axborot xavfsizligini taʼminlash.
2. 2025 — 2027-yillarda davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida” va “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
3. Strategiya davlat xaridlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish va izchil davom ettirish, ushbu sohani yanada rivojlantirish hamda takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari va aniq chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi hamda ushbu tadbirlarni amalga oshirish va rejalashtirilgan natijalarga erishishni taʼminlaydigan masʼul ijrochilarni belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Strategiya Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, davlat xaridlari tizimining hozirgi holatini tahlil qilish natijalari, istiqbolli ishlanmalarni oʻrganish va xalqaro moliya institutlarining tavsiyalariga asoslanadi.
2-bob. Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish boʻyicha ayrim masalalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
5. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar asosida davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish zarurati mavjud boʻlib, oʻtkazilgan tahlillar natijasida davlat xaridlari sohasida quyidagi dolzarb masalalar aniqlandi:
davlat xaridlarida “yashil” xaridlar ulushining sezilarli darajada kamligi;
toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari ulushining yuqoriligi;
shartnoma majburiyatlarining bajarilishini monitoring va nazorat qilishning yaxlit tizimini takomillashtirish zarurati;
davlat xaridlari sohasida shikoyatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishning samarali tizimi mavjud emasligi;
davlat xaridlarida oldindan til biriktirish, korrupsiya xatarlarining yuqoriligi hamda manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlarning mavjudligi;
davlat xaridlarida faol ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlari qamrovining kamligi;
xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va amalga oshirishga masʼul boʻlgan shaxslar hamda xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari mutaxassislarining kasbiy mahorat darajasi zamonaviy talablarga javob bermasligi kabilar.
3-bob. Strategiyaning maqsadlari va asosiy yoʻnalishlari
6. Strategiyaning maqsadi 2025 — 2027-yillar davomida iqtisodiy oʻsishda muhim boʻlgan barqaror, keng raqobatga asoslangan davlat xaridlari tizimini joriy qilishga qaratilgan davlat xaridlari siyosatini belgilashdan iborat.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
7. Oʻzbekiston Respublikasida davlat xaridlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyatlar yaratuvchi, oqilona va samarali barqaror davlat xaridlari tizimini takomillashtirish;
“yashil” davlat xaridlarining ulushini oshirish, shuningdek, xarid jarayonlarida atrof-muhitni himoya qilish va ekologiyaga zarar yetkazilishini oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
davlat buyurtmachilari tomonidan buyurtmalarni shakllantirishda va mahsulotlarni (tovarlarni) yetkazib beruvchilarni aniqlashda ekologik standartlarni belgilash, atrof-muhitga taʼsiri kam boʻlgan, ekologik toza yoki ikkilamchi xom ashyo va chiqindilardan tayyorlangan tovarlarni yetkazib beruvchilarga qulayliklar yaratish;
xotin-qizlar va nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanadigan mahalliy ishlab chiqaruvchi kichik biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish;
davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va elektron xaridlar ulushini oshirish choralarini koʻrish;
davlat xaridlarining barcha bosqichlarida kompleks monitoring va samarali nazoratni taʼminlaydigan yagona va yaxlit, samarali davlat xaridlarini boshqarish tizimini yaratish, davlat xaridlarida ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
shartnomalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini monitoring va nazorat qilish, shartnomalarga rioya qilish intizomini mustahkamlash, xarid qilish tartib-taomillarida ishonchli ishtirokchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
shikoyatlarni koʻrib chiqish mexanizmlarini takomillashtirish va avtomatlashtirish;
manfaatlar toʻqnashuvi, korrupsiya va til biriktirish, mablagʻlarni noqonuniy oʻzlashtirish hamda shu kabi boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish;
davlat xaridlari ishonchli ishtirokchilarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, buyurtmachilarning davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishini tizimli monitoring qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish;
davlat xaridlarida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
davlat xaridlari sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat xaridlari jarayonini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shuningdek, huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish;
ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, davlat xaridlarining barcha bosqichlarini xalqaro meʼyorlarga muvofiqlashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish.
Strategiyada nazarda tutilgan vazifa va tadbirlarni belgilangan asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirish natijasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan va ilgʻor xorijiy andozalardan ortda qolmaydigan yagona, shaffof, yuqori texnologik va barqaror davlat xaridlari tizimini joriy etishdan iborat.
4-bob. Davlat xaridlari tizimini rivojlantirish boʻyicha asosiy vazifalar
4.1. Barqaror davlat xaridlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
8. Davlat xaridlari tizimi mamlakatning barqaror rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolarning ijtimoiy farovonligini taʼminlash sohasidagi muhim vazifalarni hal etishni qoʻllab-quvvatlaydi.
Barqaror davlat xaridlarini joriy etish xalqaro maydonda davlatning ijobiy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Barqaror davlat xaridlari tizimini joriy etishda quyidagi asosiy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi:
davlat xaridlari tizimi orqali yosh tadbirkorlar, tadbirkor xotin-qizlar, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari — nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlaydigan korxonalar hamda jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish;
“yashil” davlat xaridlarini joriy etish (energiya tejovchi mahsulotlarni xarid qilish va boshqalar);
atrof — muhitga taʼsiri kam boʻlgan, ekologik toza yoki ikkilamchi xom ashyo va chiqindilardan tayyorlangan tovarlarni yetkazib beruvchilarga qulayliklar yaratish;
ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek, kichik biznes subyektlarini tizimli qoʻllab-quvvatlash, ular uchun keng imkoniyatlar yaratish, shu jumladan, uzoq muddatli shartnomalar tuzish (offteyk-shartnomalar) va boshqalar.
Barqaror davlat xaridlarini bosqichma-bosqich joriy etishda kadrlar malakasi oshiriladi, buyurtmachilar uchun metodik qoʻllanmalar ishlab chiqiladi, xarid hujjatlariga “yashil” davlat xaridlari tamoyillari va mezonlari kiritiladi.
4.2. Davlat xaridlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish koʻlamini kengaytirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
9. Davlat xaridlarini yanada takomillashtirish, shaffoflikni oshirish, raqobatni qoʻllab-quvvatlash, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, elektron maʼlumotlar almashinuvini davlat xaridlarining barcha bosqichlarda joriy etish va ularni tahlil qilish jarayonlarini rivojlantirish davlat xaridlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirishni talab qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
10. Davlat xaridlari jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish koʻlamini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) davlat xaridlarining shaffofligi va ochiqligini yanada oshirish maqsadida quyidagilarni taʼminlash uchun maxsus axborot portali va elektron davlat xaridlari tizimlarini modernizatsiya qilish:
ochiq maʼlumotlarni qulay tarzda saralash, yuklab olish va tahlil qilish uchun sohadagi elektron tizimlarni takomillashtirish;
davlat xaridlarining elektron tizimidan roʻyxatdan oʻtishni soddalashtirish, davlat xaridlarini rejalashtirish va amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirish, ularning natijalarini monitoring va nazorat qilish maqsadida maxsus axborot portali hamda davlat xaridlari elektron tizimlari bilan tegishli vazirlik va idoralar oʻrtasida maʼlumot almashinuvini yanada kengaytirish;
maxsus axborot portalida statistika hisobotlarini shakllantirish asosida tahliliy-axborot tizimini joriy etish;
barcha ishtirokchilarning takliflari hamda xarid komissiyasi aʼzolari tomonidan baholash natijalarini maxsus axborot portalida ochiqlash;
davlat xaridlarida davlat nazorati hamda jamoatchilik nazoratini tashkil qilishda ochiq maʼlumotlarni tizimlashtirish;
b) davlat xaridlarining yangi elektron usullarini joriy etish, shuningdek, mavjud elektron savdo platformalarini modernizatsiya qilish va kengaytirish;
v) manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlarini nazorat qiluvchi dasturni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
g) xavfni boshqarish tizimini joriy qilish;
d) shartnomalarni boshqarish tizimini takomillashtirish;
e) davlat buyurtmachilari tomonidan joylashtirilayotgan eʼlonlarning elektron nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish;
j) ishtirokchilar taqdim etgan hujjatlarni elektronlashtirish orqali xarid jarayonida takroriy tarzda hujjatlarni taqdim etmaslik tizimiga oʻtish;
z) davlat xaridlari elektron tizimlarining mobil versiyalarini joriy etish;
i) davlat buyurtmachilari hamda tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushadigan savollarga onlayn maslahatchilar orqali tezkor javob berish tizimini joriy etish;
y) davlat xaridlari natijalariga koʻra tuzilgan shartnomalardagi tovar (ish, xizmat)larning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiqlab borish;
k) maʼlumotlarni raqamlashtirishni joriy etish orqali xarid hujjatlarini, shuningdek shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish va tizimlashtirish;
l) nazorat organlari tomonidan aniqlangan xato va kamchiliklar asosida davlat buyurtmachilariga xabarnoma yuborish tizimini yaratish;
m) elektron tizim operatorlari faoliyatini muvofiqlashtirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot]
11. Davlat xaridlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari natijasida elektron davlat xaridlari tizimi xalqaro talablarga muvofiq tarzda rivojlanadi hamda xaridlar jarayonining barcha bosqichlari raqamlashtiriladi.
12. Raqamli texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muvofiqlashtiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
4.3. Shartnoma majburiyatlari bajarilishini monitoring, tahlil va nazorat qilishning kompleks va yuqori texnologiyali tizimini yaratish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]
13. Davlat xaridlarida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring va nazorat qilib borishning samarali tizimini joriy etilishi, ushbu jarayonlarining yuqori darajadagi shaffofligiga va budjet mablagʻlarining tejab sarflanishiga erishish imkoniyatini yaratadi. Mazkur tizimni joriy etish quyidagi chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
a) shartnomalarning yagona reyestrini takomillashtirish boʻyicha:
shartnomalarning ijrosi hamda ular toʻgʻrisida maʼlumotlarning ochiqlanishi;
pudratchi va subpudratchi oʻrtasida tuziladigan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxsus axborot portalida ochiqlanishi;
davlat xaridlarining axborot tizimlarida shartnomalarni elektron tarzda tuzish imkoniyatini yaratish va amaliyotga joriy qilish;
shartnoma loyihalarini yuridik xizmat koʻrsatish markazlaridan elektron shaklda ekspertizadan oʻtkazish amaliyotini joriy etish;
b) shartnomalar monitoringi tizimini takomillashtirish boʻyicha:
oʻz vaqtida gʻolib ishtirokchi tomonidan yetkazib berilmagan tovar (ish, xizmat)lar boʻyicha maʼlumotlarni jamoatchilik uchun ochiqlash;
majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilmagan shartnomalar boʻyicha penya va jarimalar qoʻllash hamda shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish maqsadida elektron maʼlumotlar almashinuvi orqali sud organlariga koʻrib chiqish uchun yuborish amaliyotini joriy etish;
shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishda ichki audit tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
14. Davlat buyurtmachilarida davlat xaridlari jarayonlari yuzasidan komplayens nazorat, ichki audit tadbirlarini amalga oshirish tartibi va muddatlari aniq belgilanadi, shuningdek, aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan aniq choralar ishlab chiqiladi.
Nazorat va audit natijalari jamoatchilik uchun ochiq boʻladi.
15. Davlat xaridlari maxsus axborot portalida maʼlumotlarni uzluksiz toʻplash va qayta ishlash (tahlil qilish) imkoniyati yaratiladi.
16. Davlat xaridlari monitoringi va tahlil tizimlari hamda xaridlar samaradorligini baholash tizimlari miqdoriy hamda sifat koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi. Bunda:
budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish va xaridlar samaradorligini baholash uchun maʼlumotlarni umumlashtirish;
xaridlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan qoidabuzarliklar va xatoliklarni oʻz vaqtida aniqlash;
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda javobgarlikni aniq belgilash;
davlat buyurtmachilari va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilish imkoniyati yaratiladi.
4.4. Shikoyatlarni koʻrib chiqishning zamonaviy tizimini yaratish
17. Davlat xaridlari sohasini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari qatorida xaridlar natijalari boʻyicha shikoyat qilish va eʼtiroz bildirishning shaffof va samarali tizimini joriy etish muhim ahamiyatga ega.
18. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha vakolatlar zamonaviy uslubiyotdan kelib chiqib takomillashtiriladi.
19. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalaridan norozi boʻlgan taraflarning sudga daʼvo kiritish jarayonlari soddalashtiriladi.
20. Vujudga kelgan nizolarni sudgacha hal qilish bosqichi sifatida murojaat qilish imkoniyatini taʼminlash uchun qonunchilikda “muhokama davri” koʻzda tutiladi. Bunda gʻolib aniqlangan paytdan boshlab shartnoma tuzilgunga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida sudgacha shikoyat beruvchilar va xaridlar ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilish imkoniyati yaratiladi.
21. Xarid qilish jarayonini kechiktirmaslik uchun shikoyatlar qonunchilikda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi, shikoyatlarni koʻrib chiqish davrida yetkazib beruvchi va gʻolibni aniqlash yoki shartnoma tuzish boʻyicha harakatlarni toʻxtatish elektron tizimlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
22. Har bir murojaat va uni koʻrib chiqish natijalari sohalar kesimida maxsus axborot portalida ochiqlanadi va shu asosda davlat buyurtmachilarining jamoatchilik uchun hisobdorligi yanada oshiriladi.
23. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqishning tezkor va obyektiv tizimi quyidagilar orqali joriy qilinadi:
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning faoliyatini qayta koʻrib chiqish orqali mustaqil qarorlarni qabul qiluvchi davlat xaridlari subyektlari boʻlmagan shaxslardan iborat komissiyani tashkil etish;
davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqishning xalqaro talablarga javob beruvchi elektron tizimini joriy etish;
tezkor qarorlarni qabul qilish hamda shartnoma majburiyatlarini bajarish jarayonida nizolar va kelishmovchiliklarni xolisona hal qilish uchun mediatsiyaga, hakamlik sudiga yoki arbitraj sudiga murojaat qilish imkoniyatini ommaga yetkazish orqali keng jamoatchilik ishtirokini taʼminlash.
4.5. Davlat xaridlari sohasidagi korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish
24. Davlat xaridlarida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik eng asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda davlat xaridlaridagi korrupsiyadan koʻrilgan yoʻqotishlar jami ajratmalarning 10 foizigacha, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 25 foizgacha va YAIMning 2 foizigacha yoʻqotishlarga olib keladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
25. Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat xaridlari tizimining ochiqlanishi, xaridlarning elektron tarzda amalga oshirilishi, dastlabki ichki va tashqi nazorat hamda jamoatchilik nazorati tizimining huquqiy tartibga solish mexanizmlari orqali samarali natijaga erishiladi.
26. Mavjud chora-tadbirlar bilan bir qatorda davlat xaridlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tashkil etish uchun korrupsiya xavfini baholash, korrupsiyaga qarshi kurashishda masʼul shaxslarni belgilash, xaridlarni rejalashtirish kabi qoidalardan iborat xavfni boshqarishning kompleks tizimini joriy etish quyidagi chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
a) korrupsiya xatarlarini aniqlash koʻrsatkichlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish;
b) xaridlarni oqilona rejalashtirish va yillik xarid reja-jadvallarini jamoatchilikka ochiqlash. Bunda rejalashtirish bosqichidagi nazorat orqali zarur ehtiyojdan ortiq isteʼmol xususiyatlariga ega boʻlgan mahsulotlarni xarid qilish holatlarining oldini olish imkoniyati yaratiladi;
v) korrupsiya xavfini aniqlashda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, sunʼiy intellektdan foydalanish, shu jumladan, korrupsiya xavfini aniqlashda indikatorlarni ishlab chiqish hamda amaliyotda qoʻllash;
g) davlat buyurtmachilarining xaridlarni rejalashtirish, moliyaviy resurslardan foydalanish, taʼminot zanjirini nazorat qilish, ishlab chiqarish va boshqa xoʻjalik jarayonlarni yagona dasturiy taʼminot orqali tartibga solish imkoniyatini yaratish;
d) Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro metodikasining talab va prinsiplarini qoʻllash;
e) davlat xaridlarini amalga oshirishda mablagʻlarni talon-toroj qilish holatlari, tovar va xizmatlar narxining bozor qiymatidan oshib ketishining oldini olish boʻyicha jamoatchilik nazoratini toʻlaqonli joriy etish, budjet intizomini mustahkamlash;
j) kalendar yil yakuni bilan davlat xaridlari sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklarni (maʼmuriy, jinoiy va boshqa) umumlashtirish, tahlil qilish, shu orqali ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib bergan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va boshqalar.
4.6. Davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy va uslubiy bazani takomillashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
27. Normativ-huquqiy va uslubiy bazani takomillashtirish davlat xaridlari tizimini boshqarishda asosiy vosita boʻlib, ushbu Strategiyada belgilangan sohani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlashi kerak. Strategiyada davlat xaridlari sohasidagi normativ-huquqiy va uslubiy bazani takomillashtirishga qaratilgan quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutiladi:
davlat xaridlarini tartibga soluvchi tizimlashtirilgan, yagona va yaxlit normativ — huquqiy bazani yaratish;
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini moliya, budjet, fuqarolik va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan muvofiqlashtirish;
davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvi, afillanganlik va raqobatni cheklashga olib keladigan holatlarni aniqlash va bartaraf etishning huquqiy asoslarini yaratish;
davlat xaridlari subyektlariga qulayliklar yaratish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning boshlangʻich narxini aniqlash va ishtirokchilarning ishbilarmonlik salohiyatini baholash mexanizmlarini joriy etish;
davlat xaridlari sohasida xarid qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish standartlari boʻyicha sertifikatlashtirish tizimini joriy etish;
ayrim turdagi tovar (ish, xizmat)lar boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonlarini soddalashtirish;
davlat buyurtmachilari tomonidan xarid qilish hujjatlarini shakllantirishda belgilanadigan asosiy mezonlarni qayta koʻrib chiqish, shu jumladan, raqobatni cheklovchi talablar kiritilishini taqiqlovchi normalarni yanada kuchaytirish;
davlat xaridlari elektron tizimining operatoriga qoʻyiladigan talablarni ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqish;
xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning takliflarini baholash tizimini tartibga solish hamda xarid komissiyasi faoliyatini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali inson omilining aralashuvini sezilarli kamaytirish;
davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlarni optimallashtirish, muddat va xarajatlarni qisqartirish;
davlat xaridlarida foydalaniladigan hujjatlarning namunaviy shakllarini, davlat buyurtmachilari uchun uslubiy tavsiyalar va qoʻllanmalarni ishlab chiqish, texnik shartlar va talablarni belgilashda milliy va xalqaro standartlardan foydalanish;
xalqaro talablarga muvofiq “muhokama davri”ni (standstill period) tender savdolarida ham qoʻllash;
qonunchilik talablariga muvofiq davlat xaridlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish choralarini koʻrish;
davlat xaridlari subyektlarining davlat xaridlaridagi masʼuliyatini oshirish.
28. Davlat xaridlarida yangilangan normativ-huquqiy va uslubiy asoslar:
a) davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtiradi hamda huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etadi;
b) xarid qilish tartib-taomillarining raqobatli usullaridan foydalangan holda, elektron davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlarini tartibga soladi;
v) davlat xaridlarining barcha bosqichlarini, xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish qoidalarini, xarid qilish hujjatlari tarkibini, shartnomaviy munosabatlarni tartibga soladi;
g) raqobat darajasini oshirish va xaridlar jarayonini shaffof va adolatli tashkil etish, ishtirokchilar manfaatlarini himoya qilish hamda davlat xaridlari samaradorligini taʼminlashga koʻmaklashadi;
d) davlat xaridlarining barqarorligiga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy va atrof-muhit omillari hisobi hamda uygʻunligi quyidagilar orqali taʼminlanadi:
ehtiyojlardan kelib chiqib belgilangan miqdorlarda, shuningdek, isteʼmol xususiyatlariga koʻra zarur boʻlmagan tovarlarni xarid qilmaslik;
barcha foydalanish xarajatlarini hisobga olish hamda mahsulotdan foydalanishning butun davri davomida narxlar va sifatning maqbul nisbatlarini taʼminlash;
atrof-muhitga salbiy taʼsir va tovarlarni ishlab chiqarishda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish samaradorligini hisobga olish;
e) kichik biznes subyektlari, tadbirkor xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanadigan korxonalar, davlat xaridlaridagi ishbilarmonlik salohiyati yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻshimcha imkoniyat berish nazarda tutiladi;
j) manfaatlar toʻqnashuvi, kartel kelishuvlar va affillanganlik holatlari, davlat xaridlarida oldindan til biriktirish va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan, shuningdek, davlat organlari mansabdor shaxslari, buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi boshqa korrupsiya holatlarini masofaviy aniqlash mexanizmlari keng joriy etiladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
z) davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari faoliyatini tartibga solish quyidagilar orqali takomillashtiriladi:
operatorlar faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni kuchaytirish, mazkur faoliyatga ruxsat berish, ularni nazorat qilish, shuningdek, operatorlik faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish yoki tugatish yoxud bekor qilish tartibi;
davlat xaridlarining elektron tizimlariga, shu jumladan, ularning axborot xavfsizligiga, maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga va dasturiy qurilmalarga qoʻyiladigan texnik talablarni belgilash;
i) shikoyatlarni koʻrib chiqish mexanizmi va tartibi takomillashtiriladi;
y) davlat xaridlarini amalga oshirishdagi jarayonlarni maqbullashtirish, ortiqcha hujjatbozlikka chek qoʻyish, takrorlanishlar, muddat va xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi, subyektivlik va byurokratik rasmiyatchilikdan saqlanishni taʼminlaydi;
k) davlat buyurtmasini joylashtirishda xarid qilinadigan mahsulotlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boshlangʻich narxni aniqlash, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishda narxni asoslashning maqbul usullarini belgilaydi;
l) davlat xaridlari tizimini rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiruvchi davlat xaridlari boʻyicha mutanosib, uygʻun normativ-huquqiy baza yaratiladi.
29. Davlat xaridlari sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va uslubiy qoʻllanmalar loyihalari Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
30. Ayrim turdagi tovar (ish, xizmat)larni xarid qilish boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash jarayonlari takomillashtiriladi va jamoatchilik uchun majburiy tarzda muhokamaga qoʻyish tizimi joriy etiladi.
31. Raqobatsiz xarid turlari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnomalarni majburiy tarzda jamoatchilik uchun muhokamaga qoʻyish amaliyoti joriy etiladi.
32. Davlat xaridlari sohasida yagona davlat siyosati va raqobat tamoyillarini taʼminlash, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida davlat xaridlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
4.7. Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni tashkil etish hamda ularning salohiyatidan foydalanish
33. Xorijiy va xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari davlat xaridlari tizimini rivojlantirishda katta tajribaga ega.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat xaridlari tizimini rivojlantirish, xorijiy tajribani puxta oʻrganish va mamlakatning oʻziga xos xususiyatlariga moslashtirish maqsadida yetakchi xorijiy va xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlarining vakillari bilan tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Strategiyada davlat xaridlari sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda xorijiy va xalqaro tashkilotlar tomonidan texnik va boshqa yordam koʻrsatish, shu jumladan, ekspertlarni jalb qilish nazarda tutiladi. Bunda loyihalarning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik asosiy tamoyil boʻladi, shuningdek, mamlakatimizda talab qilinadigan ushbu sohadagi loyihalarni amalga oshirishda xorijiy va xalqaro tashkilotlarning tajribasi, resurslari va imkoniyatlari mujassamlashtiriladi.
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari bilan birgalikda davlat xaridlari sohasini rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha izchil islohotlar tizimli davom ettiriladi.
5-bob. Davlat xaridlarini boshqarish tizimini takomillashtirish
34. Davlat xaridlari samaradorligini oshirish uchun yagona siyosatni yuritish, rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash, kompleks monitoring oʻtkazish, davlat xaridlarini amalga oshiruvchi barcha tashkilotlarning xaridlar jarayonlarini muvofiqlashtirishni taʼminlaydigan yagona va yaxlit boshqaruv tizimi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
35. Davlat xaridlarini boshqarish tizimini takomillashtirish orqali quyidagilar taʼminlanadi:
davlat xaridlari subyektlarining oʻzaro aloqalari yanada kengaytiriladi;
davlat xaridlarini takomillashtirishga, shu jumladan, ularning samaradorligi, oshkoraligi va xolisligini oshirishga qaratilgan choralar koʻriladi;
davlat xaridlari subyektlari va jamoatchilik uchun davlat xaridlari masalalari yuzasidan tadbirlar tashkil etiladi;
tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan, kichik biznes subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat xaridlari subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻrish masalalari boʻyicha tashabbus bilan chiqiladi;
davlat xaridlarining elektron tizimi operatorlarining faoliyatini monitoring qilish tizimi takomillashtiriladi;
davlat buyurtmachilarining masʼul shaxslarini sertifikatlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
davlat xaridlarining samaradorligi va natijadorligini aniqlash mexanizmlari ishlab chiqiladi;
davlat xaridlarida innovatsion xaridlarni ragʻbatlantirish mexanizmlari ishlab chiqiladi;
davlat xaridlarida imtiyoz va preferensiyalarning qoʻllanilishi va samarasi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkaziladi;
barqaror rivojlanish mezonlari asosida joriy etiladigan “yashil” davlat xaridlarida mahalliy “yashil” tovarlar bozori rivojlantiriladi;
davlat xaridlarini amalga oshirishda sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi;
“yashil” davlat xaridlari orqali ekologik muhitning yaxshilanishiga koʻmaklashib boriladi hamda atrof-muhitga boʻlgan salbiy taʼsirni kamaytirishga qaratilgan choralar koʻriladi.
36. Xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaga olib keluvchi omillarni, davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvini va raqobatni cheklash holatlarini aniqlaydi, qonunchilikka rioya etilishi boʻyicha tegishli choralar koʻrilishini taʼminlaydi.
6-bob. Davlat xaridlari tizimini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
37. Kadrlar salohiyatini oshirishning asosiy maqsadi buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar manfaatlari yoʻlida davlat xaridlari tizimidan samarali foydalana oladigan hamda xarid qilish tartib-taomillarini professional darajada qoʻllay oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash va davlat xaridlarida kadrlar qoʻnimsizligini kamaytirishdan iborat.
38. Xodimlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish davlat xaridlari sohasida kadrlarga boʻlgan ehtiyojning miqdoriy hamda sifat koʻrsatkichlarini toʻliq baholashga asoslangan boʻladi.
39. Amalga oshirilayotgan xaridlarning murakkablik darajasiga qarab, davlat xaridlari bilan shugʻullanadigan xodimlar uchun malakaviy talablar ishlab chiqiladi.
40. Ushbu yoʻnalishdagi tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
davlat xaridlari sohasidagi mutaxassislar, vakolatli davlat organlari xodimlari va davlat xaridlari ishtirokchilarining malakasini oshirish boʻyicha doimiy ravishda kurslar tashkil etish;
tadbirkorlik subyektlari va aholining davlat xaridlari tartib-taomillari toʻgʻrisidagi xabardorligini oshirish.
41. Strategiyani amalga oshirishning dastlabki bosqichida asosiy eʼtibor xaridlar uchun masʼul boʻlgan xodimlarning malakasini oshirishga qaratiladi.
42. Oʻquv dasturlari davlat xaridlari ishtirokchilarining ehtiyojlariga muvofiq boʻlishi va eng samarali, qulay va zamonaviy taʼlim usullaridan foydalangan holda tashkil etilishi kerak.
Bunda masofaviy taʼlim texnologiyalarini ishlab chiqish va keng miqyosda qoʻllash nazarda tutiladi.
43. Davlat buyurtmachilari va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari uchun xaridlar boʻyicha malaka standartlari ishlab chiqiladi.
44. Davlat buyurtmachilari va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari uchun malakali kadrlarni tayyorlash hamda ishga jalb qilish va malakali mutaxassislarni ish bilan taʼminlash maqsadida axborot texnologiyalarini faol joriy etish hamda ulardan foydalanish yoʻlga qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
45. Tadbirkorlik subyektlarining xorijiy davlatlar tender savdolarida ishtirokiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
46. Oliy taʼlim muassasalarida davlat xaridlari boʻyicha oʻquv dasturlari asosida kurslar joriy etiladi hamda unga zamonaviy bilimga ega boʻlgan ekspert va pedagoglar jalb qilinadi.
47. Davlat buyurtmachilarida xaridlar bilan ishlovchi mutaxassislar belgilanadi.
7-bob. Strategiyani amalga oshirish mexanizmlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
48. Strategiya 2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida davlat xaridlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ijrosini oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq taʼminlash orqali amalga oshiriladi.
49. Kompleks chora-tadbirlarning barcha tarkibiy qismlarini oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan vazirliklar hamda idoralar tomonidan taqdim etilgan tadbirlarning bajarilishini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
50. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ sifatida quyidagilarni taʼminlaydi:
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
kompleks chora — tadbirlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
davlat xaridlarining rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish;
davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirib borish.
51. Masʼul ijrochilar hisoblangan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar quyidagilarni taʼminlaydilar:
belgilangan muddatlar va ish hajmiga muvofiq chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish;
har yili keyingi hisobot yilida tegishli tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ish rejasini ishlab chiqish hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalarni bajarish borasidagi hisobotlarni taqdim etib borish.
(51-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
8-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
52. Strategiyani amalga oshirish orqali davlat xaridlarining yagona, yaxlit va barqaror tizimi yaratiladi, bu esa oʻz navbatida, quyidagilarni taʼminlaydi:
davlat xaridlarini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etish, uning barcha bosqichlarida samarali jamoatchilik nazoratini yanada kengaytirish;
davlat buyurtmachilarining ehtiyojlarini zarur tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan narx va sifatning maqbul nisbatini hisobga olgan holda taʼminlash mexanizmini yaratish;
moliyaviy mablagʻlardan oqilona, tejamkor va samarali foydalanish;
tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida xolis va adolatli raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning javobgarlik va masʼuliyat darajasini oshirish;
davlat xaridlarida tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻrish;
barqaror davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, shu jumladan, “yashil” davlat xaridlarning ulushini oshirish;
davlat xaridlarini amalga oshirishda ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik omillarning mutanosibligini hisobga olish;
davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularning barvaqt oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash;
davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish mexanizmini takomillashtirish;
raqobatsiz xarid turlari ulushini ikki baravarga kamaytirishga erishish;
davlat xaridlarini amalga oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish koʻlamini oshirib borish, shu jumladan, elektron davlat xaridlarini amalga oshirish usullarini takomillashtirish orqali savdo aylanmasini koʻpaytirish, tegishli platformalar sonini oshirishni va axborot infratuzilmasini takomillashtirishni taʼminlaydi.
Davlat xaridlari tizimining takomillashtirilishi natijasida barqaror iqtisodiy oʻsish doirasida quyidagilarga erishiladi:
davlat investitsiya dasturlari va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohasini yanada rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirish;
tadbirkorlik subyektlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularni qoʻllab-quvvatlash va raqobat muhitini rivojlantirish;
nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy zaif qatlamlari mehnatidan foydalanadigan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash;
korrupsiya xatarlarini kamaytirish hamda barcha ishtirokchilar uchun ochiq va shaffof davlat xaridlari tizimini yaratish;
davlat xaridlari yoʻnalishidagi xalqaro standartlar va reytinglardagi koʻrsatkichlarni yaxshilash.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 865-son qaroriga 2-ILOVA
2025 — 2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
Barqaror rivojlanish maqsadlariga uygʻunlashgan keng raqobat muhitini taʼminlovchi barqaror davlat xaridlari tizimini joriy etish va rivojlantirish.
1. Barqaror xaridlarni joriy etishda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda xorijiy ekspertlarni jalb qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil mart
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Barqaror xaridlarni joriy qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish.
2025-yil iyun
3. Xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlarda barqaror xaridlar mezonlarini ishlab chiqish.
2025-yil sentabr
4. Davlat xaridlarida barqaror xaridlarni bosqichma-bosqich joriy etish va doimiy ravishda rivojlantirib borish.
Doimiy ravishda
2.
Davlat xaridlarida “yashil” xaridlarning ulushini doimiy oshirib borish.
1. “Yashil” xaridlar ulushini oshirish va rivojlantirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
“yashil” davlat xaridlari ulushini oshirish (energiya tejovchi mahsulotlarni xarid qilish, tovarlarning hayotiylik davri mezonlaridan foydalanish va boshqalar);
atrof — muhitga taʼsiri kam boʻlgan, ekologik toza yoki ikkilamchi xom ashyo va chiqindilardan tayyorlangan tovarlar yetkazib beruvchilariga qulayliklar yaratish;
davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik muhitning yaxshilanishiga koʻmaklashadigan yoki atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarning hayotiylik davrini inobatga olgan holda baholash tizimini yaratish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2025-yil dekabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
3.
Barqaror davlat xaridlarini joriy etishda davlat xaridlari subyektlarining bilim va malakalarini oshirish.
1. Barqaror xaridlar, shu jumladan, “yashil” xaridlar boʻyicha qoʻllanmalar, metodik materiallar ishlab chiqish.
2. Har bir hududda barqaror, shu jumladan, “yashil” davlat xaridlarini joriy etish boʻyicha oʻquv trenerlarini tayyorlash.
3. Hududlarda oʻquv kurslarini oʻtkazish.
Grafik asosida
2025 — 2026-yillar
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
4.
Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes subyektlarini tizimli qoʻllab-quvvatlash.
1. Davlat buyurtmachilarining ishlab chiqarish faoliyatini uzluksizligini taʼminlash maqsadida kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil fevral
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish imkonini beruvchi alohida modul yaratish.
Bunda tadbirkorlik subyektlariga mazkur modul orqali soddalashtirilgan tarzda davlat buyurtmachilariga oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni sotish imkoniyati yaratiladi.
2025-yil may
3. Nogironligi boʻlgan shaxslar, ayollar va yoshlarni doimiy tarzda ish bilan taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini yanada ragʻbatlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan “Kichik biznesga madad” sahifasini doimiy takomillashtirib borish.
Doimiy ravishda
4. Nogironligi boʻlgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan davlat buyurtmachilarini muntazam ravishda tanishtirib borish, shuningdek, ular ishtirokida koʻrgazma yarmarkalar, davra suhbatlarini tashkil etib borish.
Grafik asosida
5.
Davlat xaridlari tizimining samaradorligi va natijadorligini kompleks tahlil qilish va yanada rivojlantirish.
1. Xalqaro ekspert va konsultantlarni jalb qilgan holda davlat xaridlari tizimini kompleks tahlilini oʻtkazish.
2. Davlat xaridlarining samaradorligini va natijadorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil oktabr
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
6.
Oʻzbekistonda davlat xaridlari tizimini “MAPS (The Methodology for Assessing Procurement Systems)” modulida sinovdan oʻtkazish.
Xalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda davlat xaridlari tizimini tahlil qilish choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
2027-yil dekabr
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
II. Davlat xaridlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish
7.
Maxsus axborot portalini takomillashtirish orqali foydalanuvchilar uchun qoʻshimcha qulaylik va imkoniyatlar yaratish.
1. Axborotni joylashtirish, saralash va maʼlumot olishda qulayliklar yaratish maqsadida maxsus axborot portalining veb-dizaynini, uning ergonomikasi va funksionalligini yanada takomillashtirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil iyun
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Davlat xaridlari subyektlariga maxsus axborot portaliga kiritilgan hamda tuzilgan shartnomalar natijalari boʻyicha shakllantirilgan narxlar oʻsish surʼatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini yaratish.
2025-yil iyul
3. Davlat buyurtmachilari tomonidan eʼlonlarni joylashtirishda boshlangʻich narxlarni amalga oshirilgan davlat xaridlari natijalari bilan solishtirish imkoniyatini yaratish.
2025-yil avgust
4. Davlat buyurtmachilari hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻtarilgan savollarga onlayn maslahatchilar orqali tezkor javob berish tizimini joriy etish.
2025-yil sentabr
5. Muntazam ravishda maʼlumotlarni avtomatik tarzda tahlil qilish, toʻplash, turli sohalarga (yoʻnalishlar) ajratish va jamoatchilikka taqdim etish tizimini joriy etish.
2026-yil dekabr
6. Mashinada oʻqiladigan maʼlumotlarni (matnlar generatsiyasini) joriy etish orqali davlat xaridlari hujjatlarining standart shakllarini xamda namunaviy shartnomalarni raqamlashtirish.
2026-yil dekabr
7. Nazorat organlari tomonidan aniqlangan xato va kamchiliklar asosida davlat buyurtmachilariga xabarnomani elektron shaklda yuborish tizimini yaratish.
2026-yil sentabr
8.
Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari faoliyatini takomillashtirish.
1. Davlat xaridlari elektron tizimining operatorlari tomonidan oʻz tizimini har yilga moʻljallangan rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil iyun
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari asosida faoliyat yuritishini oʻrganish.
2025-yil iyul
3. Oʻrganish natijalariga koʻra davlat xaridlari elektron tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish
2025-yil avgust
4. Axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan salohiyatli yetkazib beruvchilarni, ular tomonidan ishlab chiqariladigan (yetkazib beriladigan) tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) davlat buyurtmasining joylashtirilganligi toʻgʻrisida avtomatik ravishda xabardor qilish funksiyasini joriy etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil avgust
5. Elektron tizim operatorlari tomonidan xarid qilish tartib-taomillarini barcha turlarini oʻz tizimlarida joriy qilish.
2026-yil oktabr
9.
Raqamli texnologiyalaridan foydalangan holda davlat xaridlari tizimida kompleks monitoring yuritishni takomillashtirish va shaffoflikni yanada oshirish.
Maxsus axborot portalida tegishli davlat organlari bilan maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash orqali:
korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarining shaffofligi va maqsadliligini taʼminlash boʻyicha korporativ buyurtmachilarning davlat xaridlarini raqamli texnologiyalardan foydalangan holda elektron monitoring qilishni bosqichma-bosqich tatbiq etish;
ishtirokchilar taqdim etgan hujjatlarni elektronlashtirish orqali kelgusida takroriy hujjatlarni taqdim etmaslik tizimiga oʻtish;
davlat xaridlari elektron tizimlarining mobil ilovalarini doimiy takomillashtirib borish;
vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan real vaqt rejimida elektron maʼlumot almashinuvini amalga oshirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025 — 2027-yillar
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar
10.
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalarni tuzish jarayonlarini bosqichma-bosqich toʻliq elektronlashtirish.
Eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolari natijalari, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshiriladigan davlat xaridlari boʻyicha buyurtmachi va ijrochi oʻrtasidagi shartnomalarni elektron shaklda (elektron raqamli imzodan foydalangan holda) tuzish imkoniyatini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish. Bunda:
shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish;
shartnoma loyihalarini vakolatli organlardan yoki yuriskonsultdan elektron shaklda ekspertizadan oʻtkazish imkoniyatini yaratish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025 — 2027-yillar
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
Adliya vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
11.
Davlat xaridlarini rejalashtirish, moliyaviy resurslardan foydalanish, ishlab chiqarish va boshqa xoʻjalik jarayonlarini yagona dasturiy taʼminot orqali tartibga solish imkoniyatini yaratish.
Xaridlarni rejalashtirish, moliyaviy resurslardan foydalanish, ishlab chiqarish va boshqa xoʻjalik jarayonlarini integratsiyalash imkonini beruvchi yagona dasturiy taʼminotni bosqichma-bosqich joriy etish choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil noyabr
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
12.
Davlat xaridlarida sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanishni joriy etish.
1. Davlat xaridlarida sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanishni bosqichma-bosqich joriy etish. Bunda:
manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlarini nazorat qiluvchi dasturni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
nazorat organlari tomonidan aniqlangan xato-kamchiliklar asosida davlat buyurtmachilariga xabarnoma joʻnatish tizimini yaratish;
davlat buyurtmachilari tomonidan joylashtirilayotgan eʼlonlarning elektron nazorat qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026 — 2027-yillar
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Sunʼiy intellektga asoslangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid mahsulotlarni xarid qilishning moslashuvchan amaliyotini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2027-yil dekabr
III. Shartnoma majburiyatlari bajarilishini monitoring, tahlil va nazorat qilishning kompleks va yuqori texnologiyali tizimini yaratish
13.
Shartnomalarni boshqarish tizimini joriy etish, shu jumladan, shartnomalarga rioya etish intizomini mustahkamlash, majburiyatlarning bajarilishini tartibga solish.
1. Shartnomalar ijrosi hamda ular toʻgʻrisida maʼlumotlarni bosqichma-bosqich ochiqlash choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil avgust
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi,
Adliya vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
2. Maxsus axborot portalida shartnomalar ijrosi modulini joriy etish.
2025-yil sentabr
3. Gʻolib ishtirokchi tomonidan oʻz vaqtida yetkazib berilmagan tovarlar (ish, xizmat) boʻyicha maʼlumotlarni jamoatchilik uchun ochiqlash, davlat buyurtmachisining aybi bilan yetkazib berilmaganlik holatlari bundan mustasno.
2026-yil sentabr
4. Pudratchi va subpudratchi oʻrtasida tuziladigan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus axborot portalida aks ettirish imkoniyatini yaratish.
2027-yil yanvar
5. Penya va jarimalarni qoʻllashni hamda shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish maqsadida sud organlariga axborot tizimi orqali xabarnoma yuborishni joriy etish.
2027-yil aprel
6. Shartnomalarni boshqarish tizimini joriy qilish.
2027-yil dekabr
14.
Shartnomalar ijrosi hamda ular toʻgʻrisidagi munosabatlarni jamoatchilik uchun ochiqlash.
1. Har bir tashkilotning xaridlari, shu jumladan, shartnoma boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlarini maxsus axborot portalida doimiy ochiqlash.
2. Davlat buyurtmachilarining ichki audit tuzilmalari tomonidan har yarim yillik ijrosi boʻyicha davlat xaridlari jarayonlari, shartnomaviy munosabatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring tadbirlarini oʻtkazish hamda oʻtkazilgan monitoring va tahlil natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamoatchilik uchun ochiqlash tizimini joriy etish.
3. Har bir tashkilot boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni maxsus axborot portalida choraklik va yillik joylashtirish.
Amaliy chora-tadbirlar
Muntazam ravishda
Manfaatdor vazirlik va idoralar
IV. Shikoyatlarni koʻrib chiqishning zamonaviy tizimini yaratish
15.
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya vakolatlarini zamonaviy uslubiyotdan kelib chiqib takomillashtirish.
1. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil oktabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish komissiyasi faoliyatini tahlil qilish.
2025-yil noyabr
3. Tahlil va oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish amaliyotini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish
2025-yil dekabr
16.
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarning zamonaviy talablariga javob beruvchi elektron tizimni takomillashtirish.
1. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish modulini yanada takomillashtirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil dekabr
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
2. Shikoyatlarni koʻrib chiqish elektron tizimining mobil ilovasini yaratish.
2027-yil noyabr
V. Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish
17.
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yanada shaffofligi va ochiqligini taʼminlash.
1. Xaridlarni oqilona rejalashtirish va yillik xaridlar jadvallarini jamoatchilikka eʼlon qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
Muntazam ravishda
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
2. Rejalashtirish bosqichidagi nazorat orqali zarur ehtiyojdan ortiq isteʼmol xususiyatlariga ega boʻlgan mahsulotlarni xarid qilish holatlarini oldini olish.
2026-yil oktabr
18.
Davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvi, affillanganlik, kartel kelishuvlar va raqobatni cheklashga olib keladigan holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish.
Davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvi, affillanganlik va raqobatni cheklashga olib keladigan holatlarni hamda kartel kelishuvlar va til biriktirish holatlarini aniqlash hamda ularning oldini olish boʻyicha tartib ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil iyun
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi,
Adliya vazirligi
19.
Davlat xaridlarini amalga oshirishda davlat xaridlari uchun ajratilgan mablagʻlarni talon-taroj qilish va ushbu mablagʻlardan foydalanish tartiblarini buzish holatlarini aniqlash hamda oldini olish choralarini koʻrish.
Korporativ buyurtmachilarda xarid jarayonlarini auditdan oʻtkazish, shu jumladan, ularning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlari samaradorligini baholash (forenzik) amaliyotini majburiy ravishda har 3 yilda oʻtkazish amaliyotini joriy qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil noyabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
20.
Davlat xaridlarini tizimli tashkil etish orqali budjet intizomini mustahkamlash.
Budjet mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish boʻyicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda budjet intizomini mustahkamlash choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
Muntazam ravishda
Manfaatdor vazirlik va idoralar
21.
Davlat xaridlari sohasida xarid qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish standartlari boʻyicha sertifikatlashtirish choralarini koʻrish.
Davlat xaridlari sohasida xarid qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish standartlari boʻyicha sertifikatlashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish va ushbu tizimni joriy etish choralarini koʻrish.
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish
2026-yil fevral
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
VI. Davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy va uslubiy bazani takomillashtirish
22.
Davlat xaridlari sohasini tartibga soluvchi yagona va yaxlit normativ-huquqiy bazani yaratish.
1. Davlat xaridlari sohasiga taalluqli boʻlgan qonunchilik hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqligini xatlovdan oʻtkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil oktabr
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Xalqaro tajribadagi davlat xaridlari sohasini tartibga soluvchi qonunchilikni, shu jumladan, Jahon savdo tashkilotining bitim, qoida va meʼyorlarini oʻrganish.
2026-yil noyabr
3. Xatlov hamda xalqaro tajribalarni oʻrganish natijalariga koʻra, shuningdek, davlat xaridlarini tartibga soluvchi milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkilotining bitim, qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli qonunchilik hujjatlariga, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil dekabr
4. Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlarini soddalashtirish va bosqichma-bosqich avtomatlashtirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil dekabr
23.
Davlat xaridlarida raqobatli boʻlmagan usullardan foydalanishni bosqichma-bosqich kamaytirish.
Davlat buyurtmachilari uchun individual tarzda davlat xaridlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshirish huquqini beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ularni bekor qilish boʻyicha choralarni koʻrish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2025-yil avgust
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar
24.
Davlat xaridlarini amalga oshirishda yagona yetkazib beruvchilarni aniqlashning shaffof tizimini yaratish.
1. Yagona yetkazib beruvchilar roʻyxatini shakllantirishda talabgorlarning arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrib chiqish amaliyotini belgilash.
2. Yagona yetkazib beruvchilar tomonidan taklif etilayotgan narxlarni ochiqlash amaliyotini joriy qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil iyul
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
25.
Xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonlarini soddalashtirish hamda ularda belgilanadigan talablarni tartibga solish.
1. Xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlarni ishlab chiqish yuzasidan uslubiy materiallarni tayyorlash.
Uslubiy materiallar
2025-yil dekabr
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Davlat xaridlarida foydalaniladigan hujjatlarning (xarid qilish hujjatlari, davlat xaridlari reja-jadvallari va shartnomalar) namunaviy shakllarini ishlab chiqish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil noyabr
4. Xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlarni majburiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish
2026-yil dekabr
3. Davlat buyurtmachilari tomonidan xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlarida belgilanadigan talablarni, shu jumladan, yetkazib berish muddatlari, tovar brendlari hamda raqobatni cheklovchi talablarni tartibga soluvchi namunaviy normalarni belgilash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2027-yil mart
26.
Davlat xaridlari elektron tizimining operatoriga qoʻyiladigan talablarni qayta koʻrib chiqish.
Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlariga belgilanadigan texnik va moliyaviy talablarni qayta koʻrib chiqish va takliflar kiritish.
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish
2025-yil iyun
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
27.
Xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning takliflarini baholash tizimini tartibga solish hamda xarid komissiyasi faoliyatini qisqartirish orqali inson omilisiz baholash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish.
1. Davlat buyurtmachilari tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlash vositasidagi tovarlarning davlat xaridini amalga oshirishda takliflarning baholash mezonlari faqat miqdoriy koʻrsatkichlardan iborat boʻlgan hollarda, takliflar davlat xaridlari elektron tizimida xarid komissiyasining ishtirokisiz avtomat tarzda baholash imkoniyatini joriy etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025 — 2027-yillar
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Takliflarni baholash jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha axborot tizimlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.
Texnik topshiriq
2027-yil yanvar
28.
Davlat xaridlari subyektlarining davlat xaridlaridagi masʼuliyatini oshirish.
1. Davlat xaridlari ishtirokchilarining ishonchlilik reytingini baholab boruvchi skoring tizimini joriy etish va ularga qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻshimcha imkoniyat berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Bunda:
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarini ishbilarmonlik salohiyatini aniqlash mezonlari joriy etiladi hamda ularga davlat xaridlaridagi ishtirokini ragʻbatlantirishga qaratilgan imkoniyatlar yaratiladi;
salohiyatli tadbirkorlik subyektlariga davlat xaridlaridagi ishtirokida qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil sentabr
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi,
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2027-yil yanvar
29.
Davlat xaridlarida ishtirok etadigan tadbirkorlik subyektlarining koʻlamini oshirish va ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.
1. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining davlat xaridlaridagi faoliyatini ochiqlash tartibini ishlab chiqish.
Bunda, salohiyatli tadbirkorlik subyektlariga davlat xaridlaridagi ishtirokida qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish.
2. Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarining dasturlaridagi davlat xaridlariga oid barcha maʼlumotlarni elektron maʼlumotlar almashinuvi orqali davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida jamlash.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil may
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
3. Davlat xaridlarida sugʻurtalash va (yoki) faktoring xizmatidan foydalanish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish hamda oʻrganish natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil noyabr
30.
Xorijiy davlatlarning davlat xaridlarida mahalliy tadbirkorlik subyektlarining ishtirokiga koʻmaklashish.
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti hisoblangan yuridik shaxslarni xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan davlat xaridlarida ishtirok etish imkoniyatini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish
2025-yil oktabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
31.
Eng yaxshi takliflarni tanlash, tender va hadli kelishuv xarid turlarini soddalashtirish
1. Xalqaro tajribani oʻrgangan holda eng yaxshi takliflarni tanlash, tender va hadli kelishuv xarid turlari uchun belgilangan talablarni oʻrganish.
Amaliy chora-tadbirlar
2027-yil yanvar
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Tahlil va oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, eng yaxshi takliflarni tanlash, tender va hadli kelishuv xarid turlarini soddalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish
2027-yil fevral
VII. Davlat xaridlari tizimini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash
32.
Davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari boʻyicha masʼul mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilash.
1. Davlat xaridlari boʻyicha masʼul mutaxassislarga qoʻyiladigan talablar boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil oktabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Oʻrganish natijalariga koʻra, davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari boʻyicha masʼul mutaxassislariga malaka talablarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish
2025-yil noyabr
33.
Davlat buyurtmachilari hamda xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari uchun oʻqitish (malakasini oshirish) tizimini takomillashtirish.
1. Masofaviy taʼlim modulini takomillashtirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil aprel
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
2. Milliy qonunchilik va xalqaro standartlar talablariga muvofiq zamonaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va doimiy tarzda yangilab borish.
Muntazam ravishda
34.
Davlat xaridlari subyektlarining malakasini tizimli oshirib borish.
1. Davlat xaridlari sohasidagi mutaxassislar, vakolatli davlat organlari xodimlari va davlat xaridlari ishtirokchilarining malakasini oshirish boʻyicha doimiy ravishda kurslar tashkil etish.
2. Tadbirkorlik subyektlari va aholining davlat xaridlari tartib-taomillari toʻgʻrisidagi xabardorligini oshirish choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
Muntazam ravishda
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
35.
Davlat xaridlari boʻyicha tajriba almashish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Oʻzbekistonda davlat xaridlari sohasini tizimli takomillashtirib borish maqsadida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlar bilan oʻzaro tajriba almashib borish.
Amaliy chora-tadbirlar
Muntazam ravishda
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/865/1044-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)