Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining
“Oʻzbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat roʻyxatiga olish qoidalarini (OʻzR AQ-46) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-noyabrdagi 762-son “Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2005-yil 7-yanvardagi 3-son “Oʻzbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat roʻyxatiga olish qoidalarini (OʻzR AQ-46) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1452, 2005-yil 16-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 7-son, 63-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 22-yanvardagi 12-son “Oʻzbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat hisobiga olish qoidalariga (OʻzR AQ-46) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1452-1, 2008-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 49-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 28-fevraldagi 29-son “Oʻzbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat roʻyxatiga olish qoidalariga (OʻzR AQ-46) oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1452-2, 2011-yil 4-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 143-modda).