1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 39-moddasiga asosan eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
eksperimental havo kemalarini hisobga olish uchun zarur boʻladigan hujjatlarni qoʻrib chiqish va qaror qabul qilish tartibi;
eksperimental havo kemalarini hisobga olish va hisobdan chiqarish tartibi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
3. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-noyabr,
762-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-noyabrdagi 762-son qaroriga ILOVA
Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzaviatsiya” agentligi) tomonidan eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — eksperimental havo kemasini hisobga olish yoki hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan “Oʻzaviatsiya” agentligiga murojaat qiluvchi yuridik shaxs;
eksperimental havo kemasi — aviatsiya texnikasining yangi turlarini yaratish yoki modernizatsiya qilishda tajriba-konstruktorlik, eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda sinovlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan havo kemasi;
eksperimental havo kemalarini hisobga olish jurnali — havo kemasining turi, zavodda berilgan raqami, havo kemasini ishlab chiqaruvchi, havo kemasini hisobga olish asoslari toʻgʻrisidagi hamda boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan jurnal;
eksperimental havo kemasi hisobga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma — havo kemasi eksperimental havo kemalarini hisobga olish jurnaliga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat;
havo kemasi turining sertifikati — havo kemasi turining konstruksiyasini belgilaydigan, shuningdek, uchishga yaroqlilik talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.06 Havo kemalarining parvozi]
3. Hisobga olingan eksperimental havo kemasiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida parvozlarni amalga oshirish imkoni beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.07 Havo transportining xavfsizligi]
4. Eksperimental havo kemasi texnik jihatdan tartibga solish va parvozlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha fuqaro aviatsiyasi talablariga javob berishi kerak.
5. Oʻzbekiston Respublikasi eksperimental havo kemalari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida hisobga olinadi.
2-bob. Eksperimental havo kemalarining turlari hamda ularni hisobga olish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
6. Eksperimental havo kemalari quyidagi turlarga boʻlinadi:
yangi yaratilgan yoki oʻzgartirilgan havo kemalarining namunalari;
aviatsiya texnikasining tarkibiy qismlarini parvozda tadqiq etish yoki sinovdan oʻtkazish uchun uchar laboratoriyalar.
7. Eksperimental havo kemasini hisobga olish uchun ariza beruvchi “Oʻzaviatsiya” agentligiga bevosita yoki uning elektron pochta manziliga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
havo kemasi turining sertifikati yoki havo kemasining foydalanishga yaroqliligi toʻgʻrisida hujjat;
ariza beruvchining havo kemasida parvoz qilish sinovlarini oʻtkazish dasturi.
8. Eksperimental havo kemasini hisobga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
9. Eksperimental havo kemasini hisobga olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan bevosita “Oʻzaviatsiya” agentligiga taqdim etiladi.
3-bob. Hujjatlarni qoʻrib chiqish va qaror qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
10. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan hujjatlarni qoʻrib chiqish va eksperimental havo kemasini hisobga olish boʻyicha barcha zarur tartib-taomillarni amalga oshirish uchun yigʻim undirilmaydi.
11. Ariza va taqdim etilgan hujjatlar “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan oʻn besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
12. Ariza beruvchi tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, arizadagi maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilganda yoki toʻliq koʻrsatilmaganda, “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan uch ish kuni ichida ariza beruvchiga kamchiliklarni bartaraf qilish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun besh ish kunidan kam boʻlmagan muddat beriladi.
Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan ariza beruvchining elektron pochta manziliga yuboriladi.
Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda, arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar]
13. Eksperimental havo kemasini hisobga olish yoki hisobga olishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun “Oʻzaviatsiya” agentligining vakolatli xodimi hujjatlarni oʻrganib chiqib, havo kemasini texnik koʻrikdan oʻtkazadi va natijalariga koʻra asoslantirilgan xulosa tayyorlaydi.
14. Xulosa natijalariga koʻra eksperimental havo kemasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eksperimental havo kemalarini hisobga olish jurnaliga (keyingi oʻrinlarda — hisobga olish jurnali) kiritiladi va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda eksperimental havo kemasi hisobga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) rasmiylashtirilib, ariza beruvchiga beriladi yoki eksperimental havo kemasini hisobga olish rad etiladi.
15. Guvohnoma “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori yoki belgilangan tartibda “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va arizada koʻrsatilgan muddatga beriladi.
16. Ariza beruvchiga quyidagi hollarda eksperimental havo kemasini hisobga olish rad etilishi mumkin:
aniqlangan xato va kamchiliklar ariza beruvchi tomonidan mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan muddat ichida bartaraf etilmaganda;
hujjatlarni koʻrib chiqish va havo kemasini texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra asoslantirilgan salbiy xulosa mavjud boʻlganda.
Eksperimental havo kemasini hisobga olishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Eksperimental havo kemasini hisobga olishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan hollarda, ariza beruvchiga qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida elektron pochta manziliga rad etish sabablari koʻrsatilgan xabarnoma yuboriladi.
18. Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf qilgandan soʻng “Oʻzaviatsiya” agentligiga mazkur Nizom talablariga muvofiq takroran ariza taqdim etish huquqiga ega.
4-bob. Eksperimental havo kemalarini hisobga olish
19. Eksperimental havo kemalari “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi hisobga olish jurnalida hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
20. Har bir eksperimental havo kemasi hisobga olish jurnaliga muvofiq ketma-ketlik boʻyicha roʻyxat raqamiga ega boʻladi.
21. Ushbu Nizomga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligiga taqdim etilgan hujjatlar eksperimental havo kemasini ekspluatatsiya qilish davri tugagunga qadar saqlanishi lozim.
5-bob. Eksperimental havo kemasini hisobdan chiqarish
22. Eksperimental havo kemasi kuyidagi hollarda hisobdan chiqariladi:
eksperimental havo kemasi hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda;
ariza beruvchi mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda eksperimental havo kemasini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda.
23. Ariza beruvchining murojaati boʻyicha eksperimental havo kemasini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
24. “Oʻzaviatsiya” agentligining masʼul xodimi eksperimental havo kemasini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olish jurnaliga kiritadi va ariza beruvchining elektron pochta manziliga eksperimental havo kemasi hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.19.00 Transport va transport xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Eksperimental havo kemalarini hisobga olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Eksperimental havo kemasini hisobga olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni “Oʻzaviatsiya” agentligiga bevosita yoki uning elektron pochta manziliga taqdim etadi.
Ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra
↓
2-bosqich
“Oʻzaviatsiya” agentligi
Eksperimental havo kemasini hisobga olish va eksperimental havo kemasi hisobga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish yoki uni hisobga olishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni koʻrib chiqadi va havo kemasini texnik koʻrikdan oʻtkazadi, uning natijalariga koʻra xulosa tayyorlaydi.
Hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida
↓
3-bosqich
“Oʻzaviatsiya” agentligi
Xulosa natijalari boʻyicha eksperimental havo kemasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eksperimental havo kemalarini hisobga olish jurnaliga kiritadi va ariza beruvchiga guvohnoma beradi yoki eksperimental havo kemasini hisobga olishni rad etish toʻgʻrisida elektron pochta manziliga xabarnoma yuboradi.
Tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida
Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi
Transport vazirligi huzuridagi
Fuqaro aviatsiyasi agentligi
direktori
__________________________ ga
(F.IO.)
ARIZA
________________________________________________________________________________ dan
(yuridik shaxsning toʻliq nomi)
eksperimental havo kemasini hisobga olishni soʻrayman__________□
eksperimental havo kemasini hisobdan chiqarishni soʻrayman______□
1. Arizani berish sababi: ___________________________________________________________
Ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqaruvchi tomonidan havo kemasining belgilanishi
Seriya
(zavodda berilgan) raqami
Ariza beruvchi ________________________________________________
Ariza beruvchining manzili ___________________________________________
Mazkur hujjatda qayd etilgan eksperimental havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksiga va Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq eksperimental havo kemalarini hisobga olish jurnaliga belgilangan tartibda kiritilganligini tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Berilgan sanasi:
Transport vazirligi huzuridagi
M.Oʻ.
Fuqaro aviatsiyasi agentligi
Amal qilish muddati:
direktori
_____________________________
(imzo, F.I.O.)
Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Eksperimental havo kemalarini hisobga olish
JURNALI
T/r
Havo kemasining turi
Seriya (ishlab chiqilgan) raqami
Havo kemasini ishlab chiqaruvchi
Havo kemasini hisobga olish asoslari
Guvohnoma raqami va berilgan sanasi
Hisobdan chiqarish uchun asoslar
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 09/24/762/0927-son)