1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat toʻgʻrisida qonun hujjatlari]
“OʻZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVqULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TURISTIK TAShKILOTLARI TOMONIDAN ChET EL TURISTLARINI QABUL QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 19-mayda 1357-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Ushbu qaror “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2004-yil 13-sentabr, 23, 9/1005, 7, 1/5/4-622-son qaroriga (roʻyxat raqami 1421, 03.11.2004-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi.
“Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-fevraldagi 82-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasiga chet ellik turistlarning kirib kelishini tartibga solish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining turistik tashkilotlari tomonidan chet ellik turistlarini qabul qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab 10 kundan keyin kuchga kiradi.
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi B. XUSANBOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-mart,
7-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. SUBANOV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-mart,
43-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-mart,
9/442-son
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-mart,
3-son
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligining 2004-yil 9-martdagi 7, 43, 9/442, 3-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasining turistik tashkilotlari tomonidan chet el turistlarini qabul qilish
QOIDALARI
Mazkur qoidalar “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-fevraldagi 82-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasida turistik ekskursiyalarni amalga oshirish vaqtida turistlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
1. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, turistik tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan chet ellik turistlar haqidagi ilovaga muvofiq maʼlumotnomani ular kirib kelishlaridan 5 kun oldin “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasiga taqdim etadilar.
a) kirib kelayotgan turistlar soni, ular qaysi davlatdan kelayotganligi va qabul qilayotgan tashkilotdan hamroh boʻlib boruvchi shaxs toʻgʻrisida maʼlumot;
b) transport vositasining davlat raqami;
v) Oʻzbekiston hududida yashash va ovqatlanish joylari koʻrsatilgan holda, turistlarning harakat qilish marshrut va muddatlari.
3. Turistlarni qabul qiluvchi turistik tashkilotlar turistlar xavfsizligini taʼminlash va sodir boʻlishi mumkin boʻlgan baxtsiz voqealarning oldini olish maqsadida quyidagilarni amalga oshiradi:
a) aeroport, vokzal va boshqa kirish joylarida chet ellik turistlarni kutib olish, maʼlumotnomada koʻrsatilgan mehmonxonalarga joylashtirish va tegishli rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish;
b) barcha yoʻnalishlarda sayohat tugaguncha turistlarni kuzatib borish;
v) turistlarni respublika hududida belgilangan muddat davomida boʻlishi va belgilangan muddat tugagandan soʻng respublika hududidan oʻz vaqtida chiqib ketishlarini taʼminlash;
g) xavf-xatar manbalari boʻlgan hududlarga chet ellik turistlarni olib chiqishlaridan oldin, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmasidan baxtsiz hodisalar yoki xavf-xatarlar kelib chiqishi mumkin boʻlishi yoki boʻlmasligi yuzasidan tegishli maʼlumotlarni olish;
d) ruxsat etilgan xavfsiz yoʻnalishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmasi bilan kelishilgan holda belgilangan xavfsiz yoʻnalish boʻyicha sayohat qilishni taʼminlash;
e) belgilangan yoʻnalishning xususiyati va turistlarning xatti-harakatiga bogʻliq holda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatar manbalari haqida ularning oʻzini xabardor qilish va xavfsizligini taʼminlash;
j) zarur hollarda, chet ellik turistlar haqidagi maʼlumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish;
z) chet ellik turistlar tomonidan chegara hududidan oʻtish vaqtida belgilangan tartibga rioya qilinishida tegishli davlat organlariga koʻmaklashish.
4. Qabul qiluvchi turistik tashkilot chet el turistlari bilan xavfsizlik choralariga rioya etishlari, Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibi, ekologik xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari toʻgʻrisida tegishli tushuntirish ishlarini oʻtkazadi.
5. Turizm toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining turistik tashkilotlari tomonidan chet el turistlarini qabul qilish qoidalariga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan turistik guruh (yakka turist) toʻgʻrisida AXBOROT
4.Qabul qilayotgan tashkilotdan hamroh boʻlib boruvchi shaxs toʻgʻrisida maʼlumot__________________ _________________________________________________________________________________________
5.Transport vositasining davlat raqami_____________________________________________________ 6.Turistik guruhining (yakka turist) qaysi shaharlarda toʻxtashi va muddatlari, mehmonxonalar nomlari va umumiy ovqatlanish joylari tafsiloti bilan 7.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish joyi _________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 239-modda)