1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEK LIZING INTERNEYShNL AJ” QOʻShMA LIZING KOMPANIYASI FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-yanvardagi 10-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 3-son, 31-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-yanvardagi 10-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 3-son, 31-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
3. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-yanvardagi 6-son qarorining 5-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari “Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ” kompaniyasi uchun ilgari berilgan imtiyozlar tamom boʻlgan paytdan boshlab 5 yil muddatga uzaytirilsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
4. “Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ” qoʻshma lizing kompaniyasi tomonidan koʻrsatilayotgan lizing xizmatlarining raqobatbardoshliligini taʼminlash maqsadida keyinchalik lizingga berish uchun qoʻshma lizing kompaniya tomonidan sotib olingan hamda respublikaga olib kelinayotgan texnologiya asbob-uskunalari uchun kompaniya 5 yil muddatga bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
5. Toshkent shahar hokimligiga “Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ” qoʻshma lizing kompaniyasini 5 yil muddatga mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilish tavsiya etilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzlizing Interneyshnl Ltd” qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 5-yanvardagi 6-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 27-mart,
149-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-martdagi 149-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzlizing Interneyshnl Ltd” qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 5-yanvardagi 6-son qaroriga kiritilayotgan
OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR
1. Qarorning nomidagi “Oʻzlizing Interneyshnl Ltd” soʻzlari “Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 1-banddagi “Oʻzlizing Interneyshnl Ltd” lizing kompaniyasini” soʻzlari “Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ” qoʻshma lizing kompaniyasini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi “tashkil etilayotgan” soʻzlaridan soʻng “qoʻshma” soʻzi bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “asbob-uskunalarini” soʻzlaridan soʻng “respublikaning mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlariga lizingga berish uchun” soʻzlari bilan toʻldirilsin.