1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang)]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki, Meybank (Malayziya) bilan birgalikda “Oʻzbek lizing Interneyshnl AJ” qoʻshmalizing kompaniyasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-martdagi 149-sonli qarori tahririda)
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar tashkil etilayotgan qoʻshma lizing kompaniyasining bosh vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang)]
texnologiya asbob-uskunalarini respublikaning mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlariga lizingga berish uchun sotib olish va ulardan foydalanishni uzoq muddatlarda mablagʻ bilan taʼminlash;
(2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-martdagi 149-sonli qarori tahririda)
eksport imkoniyatlarini koʻpaytirish va importning oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga lizing doirasida ilgʻor texnologiyalarni jalb etish;
oʻrta va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni va xizmatlar koʻrsatishni koʻpaytirish uchun keng koʻlamli lizing xizmatlari koʻrsatish;
lizing operatsiyalarini amalga oshirish uslubiyotini hamda lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish boʻyicha tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-martdagi 149-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy banki 2 oy muddatda qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish boʻyicha taʼsis hujjatlari tayyorlanishini nihoyasiga yetkazsin va ularni belgilangan tartibda roʻyxatga olish uchun taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
5. Koʻshma lizing kompaniyasi operatsiyalarni amalga oshirish boshlangandan soʻng 5 yilga foydadan olinadigan, qoʻshilgan qiymat soligʻi va mol-mulkdan olinadigan soliqlardan ozod qilinsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Oʻzbek lizing Interneyshnl AJ” kompaniyasini Turob Toʻla koʻchasi, 1-uyidagi Xalqaro bank va moliya markaziga joylashtirsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-martdagi 149-sonli qarori tahririda)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Oʻ. T. Sultonov va B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.