1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish hamda Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-iyundagi 317-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻisida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoniga asosan:
2024-yilda proaktiv va kompozit shakllariga oʻtkaziladigan davlat xizmatlari roʻyxati tasdiqlanganligi;
davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini proaktiv shaklga oʻtkazish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-iyundagi 317-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish davlat xizmatini proaktiv shaklga oʻtkazish;
davlat xizmatini koʻrsatishda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari toʻgʻrisida talab etiladigan maʼlumotlarni vakolatli organ tomonidan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olishini tashkil etish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga bir oy muddatda:
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan davlat xizmatini proaktiv shaklda koʻrsatish uchun zarur boʻladigan axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlash;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirish tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 3-dekabr,
809-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-dekabrdagi 809-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-iyundagi 317-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“3. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish bevosita mazkur davlat organlari va tashkilotlariga proaktiv shaklda davlat xizmatini koʻrsatish tarzida amalga oshiriladi”.
2. 2-ilovaning matni kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha proaktiv shaklda davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ularni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
attestatsiya — talabgorning axborot xizmatlari rahbarlariga qoʻyiladigan talablarga mosligini vakolatli organ tomonidan tekshirish tartib-taomili;
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari;
guvohnoma — vakolatli organ tomonidan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarining attestatsiyadan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarining elektron reyestri — davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari rahbarlari toʻgʻrisidagi himoyalangan elektron maʼlumotlar bazasi;
talabgor — attestatsiyaga qoʻyilgan axborot xizmati rahbari.
3. Vakolatli organ davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini tegishli ravishda har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkazadi. Bunda, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini ular ishlayotgan tashkilot tomonidan boshqa turdagi attestatsiyalardan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Birinchi marta lavozimga tayinlangan axborot xizmati rahbari lavozimga tayinlangan yilida, biroq lavozimda kamida uch oy ishlaganidan keyin attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Guvohnomaga ega boʻlgan shaxslar mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugashiga kadar ikki oy muddat ichida attestatsiyadan oʻtish kerak.
5. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
1-§. Attestatsiyadan oʻtkazish shartlari va muddatlari
6. Vakolatli organ attestatsiyadan oʻtkazish muddati kelgan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun tegishli davlat organi va tashkilotiga attestatsiyani oʻtkazish sanasi, vaqti va joyini koʻrsatgan holda, attestatsiya sanasidan kamida oʻn kun oldin xat yuboradi.
7. Davlat organi va tashkiloti xatni qabul qilgandan soʻng oʻn kun ichida axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun vakolatli organga elektron shaklda soʻrovnoma yuboradi va koʻrsatilgan muddatlarda talabgorni attestatsiyada ishtirok etishini taʼminlaydi.
8. Vakolatli organ talabgor toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda oladi.
9. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
10. Vakolatli organ tomonidan attestatsiyadan oʻtuvchi talabgorlar roʻyxati tasdiqlanadi.
11. Belgilangan muddatda attestatsiyaga kela olmaydigan talabgor attestatsiya boshlangunga qadar vakolatli organni xabardor qilishi lozim. Bunda talabgor keyingi attestatsiyaga qoʻyiladi.
12. Attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor olti oy davomida keyingi attestatsiyalarga qoʻyilmaydi.
2-§. Talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
13. Attestatsiya 5 — 10 ta savoldan va amaliy sinovlardan iborat ogʻzaki suhbat shaklida oʻtkaziladi. Attestatsiya jarayoni uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va videotasvir kamida bir yil saqlanadi.
Talabgorlar attestatsiyaga shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida qoʻyiladi.
Attestatsiya savollari attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
14. Talabgorning savollarga javoblari quyidagi mezonlar asosida attestatsiya komissiyasi tomonidan baholanadi:
oʻz mutaxassisligi boʻyicha tayyorgarlik darajasi;
umumiy va maxsus bilim hamda amaliy koʻnikmalari, kasbiy faoliyati natijalari;
oʻz mutaxassisligi boʻyicha xizmat faoliyatini tahlil qila olishi.
Attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi va uning tarkibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
15. Attestatsiyada talabgor toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 65 foizi va undan yuqori ball olgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi uchun asos boʻladi.
16. Attestatsiya natijasi hamda har bir talabgor boʻyicha attestatsiya komissiyasi qarori mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq talabgorning attestatsiya varaqasiga kiritiladi hamda ushbu varaqa attestatsiya komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
17. Attestatsiya davomida attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan bayonnoma yuritiladi.
Bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
attestatsiya oʻtkazilgan joy va sana;
attestatsiya boshlangan va tugallangan vaqt;
attestatsiyada qatnashgan attestatsiya komissiyasi aʼzolarining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi;
attestatsiyaning umumiy natijalari;
attestatsiya jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Bayonnomaga attestatsiyada hozir boʻlgan va kelmagan talabgorlar roʻyxati kiritilgan jadval ilova qilinadi. Mazkur jadvalda har bir talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili, ish joyi va lavozimi, mutaxassisligi, umumiy ish staji, mutaxassisligi boʻyicha ish staji, attestatsiyada olingan ballar hamda attestatsiya komissiyasining qarori koʻrsatiladi.
Bayonnoma attestatsiya komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
18. Bayonnomaga asosan vakolatli organ rahbarining buyrugʻi qabul qilinadi.
19. Talabgor attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda vakolatli organ ikki ish kuni muddatda uning sabablarini, qonunchilikdagi aniq normalarni koʻrsatgan holda xulosa rasmiylashtiradi hamda uni tegishli davlat organi yoki tashkilotiga xat bilan yuboradi.
20. Axborot xizmati rahbari attestatsiyadan oʻtgan deb topilgan taqdirda attestatsiya oʻtgandan keyin ikki ish kuni muddatda mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod qoʻyilgan holda guvohnomani rasmiylashtiradi va davlat organi yoki tashkilotiga xat bilan yuboradi.
3-bob. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlarirahbarlarining elektron reyestrini yuritish tartibi
21. Vakolatli organ Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarining elektron reyestrini yuritadi va unga quyidagi maʼlumotlarni kiritib boradi:
attestatsiya qilingan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari yoki axborot xizmatlari rahbarlarining tashkilotlari toʻgʻrisida;
attestatsiya toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana;
guvohnomaning raqami va berilgan sanasi;
attestatsiyaning amal qilish muddati;
guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinishi uchun asoslar va ular qabul qilingan sanalar;
guvohnomaning amal qilishini bekor qilish uchun asos va bekor qilingan sana.
22. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarining elektron reyestri begona odamlar kirishi taqiqlangan joylarda saqlanadigan va ishlatiladigan elektron manbalarda, axborotni yoʻq qilish, bloklash, oʻgʻirlash yoki oʻzgartirishning oldini oladigan shart-sharoitlarda yuritiladi.
23. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarining elektron reyestriga tegishli qaydni kiritish uchun vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan qaror asos boʻladi.
24. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarining elektron reyestriga attestatsiyadan oʻtkazish, attestatsiyaning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash va bekor qilish toʻgʻrisida qaydlarni kiritish qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida amalga oshiriladi.
25. Manfaatdor tomonlarning Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarining elektron reyestridagi maʼlumotlardan (davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari tarkibi, ularning ismi, familiyasi, otasining ismi, lavozimlari, unvonlari, elektron pochta manzillari) foydalanish imkoniyati vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali taʼminlanadi.
4-bob. Yakunlovchi koidalar
26. Vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maxfiy maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
27. Talabgorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilishlari mumkin.
28. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha proaktiv shaklda davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va uning hududiy boshqarmalari (vakolatli organ)
Axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun davlat organi va tashkilotiga attestatsiyani oʻtkazish sanasi, vaqti va joyini koʻrsatgan holda xat yuboradi.
Attestatsiyadan oʻtkazish muddati kelganda
2-bosqich
Davlat organi va tashkiloti
Axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan oʻtkazishi uchun vakolatli organga soʻrovnoma yuboradi.
10 kun ichida
3-bosqich
Vakolatli organ
Talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazadi. Attestatsiya vakolatli organ tuzadigan attestatsiya komissiyasi tomonidan 5 — 10 ta savoldan iborat ogʻzaki suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Qaror qabul qilingandan soʻng attestatsiya komissiyasi shakllanishiga qarab
4-bosqich
Vakolatli organ
Attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng guvohnomani yoki attestatsiyadan oʻta olmaganligi toʻgʻrisidagi xulosani davlat organi yoki tashkilotiga xat bilan yuboradi.
2 ish kunida
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha proaktiv shaklda davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Attestatsiyadan oʻtkazish varaqasi
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ________________________________________________________
2. Tugʻilgan yili (sanasi) __________________________________________________________________
Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha proaktiv shaklda davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA