Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-fevraldagi 85-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 2-son, 3-modda; 1996-y., 4-son, 12 modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida kichik korxonalar toʻgʻrisida nizom”ning 1-boʻlimi 2-bandidagi
ikkinchi — oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“sanoatda — 40 kishigacha ishlovchi boʻlgan;
qurilishda, qishloq xoʻjaligida va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida — 20 kishigacha ishlovchisi boʻlgan;
fan sohasida, ilmiy xizmat koʻrsatishda, chakana savdoda va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — 10 kishigacha.
Kichik korxonalar jumlasiga, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ishlab chiqarish tarmoqlarida band boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni 10 kishigachani, savdo, xizmatlar koʻrsatish va noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida — 5 kishigacha tashkil qiladigan mikrofirmalar ham kiradi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-noyabrdagi 538-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi toʻgʻrisida nizom”ning
5-bandi quyidagi mazmunda xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻzining ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari orqali kichik va oʻrta biznes korxonalari chiqaradigan mahsulotlarni eksportga sotishni tashkil qilish, ularga xorijiy bozorlar markenting tadqiqotlarini oʻtkazishda koʻmaklashish”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “Zamin” davlat-aksionerlik ipoteka bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 7-sentabrdagi 350-son qarorining
2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Zamin” banki Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi faoliyatida uning aʼzosi sifatida qatnashadi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda uning mablagʻlarini jamgʻarish va ulardan foydalanish Tartibini tasdiqlash haqida” 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son qaroriga
1 va
2-ilovalar matnlaridagi “shaxsiy yordamchi va dehqon” soʻzlari “dehqon va fermer” soʻzlari bilan almashtirilsin.