1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni hamda “Madaniyat, savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 11-apreldagi PQ-155-son qaroriga muvofiq respublikadagi yirik bozorlarda tashrif buyuradigan fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etish tartibi;
yirik bozorlarni videokuzatuv kameralari, tashvish-chaqiruv signalizatsiyasi, yongʻin signalizatsiyasi, tashvish tugmalari va xavf-xatardan ovozli xabar beruvchi uskunalar kabi xavfsizlikni taʼminlash texnik vositalari bilan jihozlash talablari;
jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻlinmalarining (idoraviy xizmatlar) xodimlarining (harbiy xizmatchilar) huquq va majburiyatlari;
jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha obyekt maʼmuriyati, sotuvchi va obyektga tashrif buyuruvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan yirik bozorlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
3. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev va favqulodda vaziyatlar vaziri A.H. Qoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-noyabr,
791-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 791-son qaroriga 1-ILOVA
Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
1. Ushbu Nizom yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yirik bozorlar — 300 va undan ortiq turgʻun savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlari mavjud boʻlgan,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda doimiy yoki vaqtincha asosda faoliyat koʻrsatadigan mulkiy kompleks va unga tutash hududlar;
xavfsizlikni taʼminlash texnik vositalari — obyektda jamoat tartibini saqlashni taʼminlash uchun foydalaniladigan qoʻriqlash, tashvish va yongʻin signalizatsiyalari, kirishni nazorat qilish va boshqarish, videokuzatuv, yoritish va xabardor qilish hamda boshqa tizimlar tarkibiga kiruvchi, konstruktiv jihatdan tugallangan, mustaqil funksiyalarni bajaradigan qurilmalar.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
3. Yirik bozorlarda (keyingi oʻrinlarda — obyekt) jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash quyidagi shakllardan birida tashkil etiladi:
shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida joylashgan yirik bozorlar uchun), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (boshqa tuman-shaharlardagi yirik bozorlar uchun) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining ixtisoslashgan boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlarining ixtisoslashgan boʻlinmalari) xizmatini yoʻlga qoʻyish;
idoraviy qoʻriqlash va yongʻindan saqlash xizmatlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Bunda obyektlarda mazkur bandning ikkinchi yoki uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qaysi shakli tashkil etilishidan qatʼi nazar, obyekt maʼmuriyati tomonidan ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan obyektlarni xavfsizlikni taʼminlash texnik vositalari bilan jihozlash talablariga toʻliq rioya etilishi shart.
4. Obyektda davlat organlarining ixtisoslashgan boʻlinmalarining xizmati shartnoma asosida, shuningdek, obyektda idoraviy qoʻriqlash va idoraviy yongʻindan saqlash xizmatlarining faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
5. Davlat organlarining ixtisoslashgan boʻlinmalari xodimlariga obyektda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga noqonuniy aralashish qatʼiyan man etiladi.
2-bob. Davlat organlarining ixtisoslashgan boʻlinmalari hamda idoraviy qoʻriqlash va yongʻindan saqlash xizmatlari xodimlarining huquq va majburiyatlari
1-§. Davlat organlarining ixtisoslashgan boʻlinmalari xodimlari (harbiy xizmatchilari)ning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
6. Obyektlarda jamoat tartibini saqlashda ichki ishlar organlari xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
obyektga kirish joylarida tashrif buyuruvchi shaxslarning jamoat tartibini buzishda, shuningdek, gʻayriqonuniy harakatlarni sodir etishda shubha uygʻotgan shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — shubhali shaxslar) shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, yonidagi buyum va ashyolarni koʻzdan kechirish;
koʻzdan kechirishda maxsus texnik va boshqa vositalardan, shu jumladan, xizmat itlaridan foydalanish;
zaruratga koʻra shubhali shaxslarni belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtkazish uchun obyektda tashkil etilgan maxsus joyga olib borish va koʻrikdan oʻtkazish;
obyekt hududiga alkogolli ichimlik, giyohvandlik vositalari, psixotrop va boshqa moddalar taʼsirida mastlik holatida boʻlgan shaxslar kirishini cheklash;
obyektga kirayotgan har qanday transport vositasining yukxonasini, shubha uygʻotgan transport vositalarining esa yukxonasi, saloni va boshqa joylarini shaxsiy xavfsizlikka amal qilgan holda koʻzdan kechirish;
obyektga tashrif buyuruvchi shaxslarning oʻz transport vositasini tekshiruvdan, shaxsiy tekshiruvdan yoki undagi buyumlar tekshirilishidan bosh tortgan taqdirda, obyektga tashrif buyuruvchini (transport vositasini) obyekt hududiga kiritmaslik;
obyekt maʼmuriyatiga yoki tegishli davlat organlariga obyektlarda huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
obyektda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslardan hamda obyekt maʼmuriyatidan xavfsiz evakuatsiyani taʼminlash talablari bajarilishini talab qilish;
obyekt maʼmuriyatidan obyektning radiotranslyatsiya tarmogʻi (ovoz kuchaytirgich) yoki boshqa vositalaridan foydalanib, obyekt hududida fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari oʻtkazilishini talab qilish;
obyekt hududida umumiy qabul qilingan xulq-odob normalarini buzayotgan shaxslarning hududdan chiqib ketishlarini talab qilish;
jamoat tartibini va yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzayotgan shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XV bobi va 211-moddasi.
obyektda karantin, veterinariya, veterinariya-sanitariya, sanitariya-epidemiologiya tadbirlarini, ekologiyaga va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
obyektga tashrif buyuruvchi shaxslardan qonunchilik hujjatlariga rioya etishni, shuningdek, gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni toʻxtatishni talab qilish, ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, vakolati doirasida tegishli choralar qoʻrish;
obyekt hududida jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarliklar yoki boshqa noxush hodisalar sodir boʻlgan joyni ularga aloqador boʻlmagan shaxslar tark etishlarini talab qilish;
fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini, yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha oʻzaro, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining boʻlinmalari, boshqa manfaatdor tashkilotlar va obyekt maʼmuriyati bilan hamkorlik qilish;
fuqarolarni ularning roziligi bilan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashda koʻmaklashishga jalb etish.
Ichki ishlar organlari xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanishlari mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
7. Obyektlarda jamoat tartibini saqlashda ichki ishlar organlari xodimlari va Milliy gvardiya organlarining harbiy xizmatchilari (xodimlari) majburiyatlari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida barcha zarur choralarni koʻrish;
huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan vakolati doirasida choralar koʻrish;
jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish va ularni fosh etish, shuningdek, ularni sodir etishga aloqador boʻlgan shaxslarni aniqlash hamda topish choralarini koʻrish;
jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyga darhol yetib kelish, gʻayriqonuniy qilmishlarga chek qoʻyish, fuqarolarning xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etish choralarini koʻrish, jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlarini belgilangan tartibda hujjatlashtirish;
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yoki hodisa joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek, nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yoki boshqa turdagi yordam koʻrsatilishini tashkil etish;
obyektda jamoat tartibini saqlash, shu jumladan, huquqbuzarliklarning oldini olish va patrullik faoliyatini amalga oshirish;
obyektlarga tashrif buyuruvchilar, ishchi xodimlar va transport vositalarini koʻzdan kechirish maqsadida obyektga kirish-chiqish joylarida xizmatni oʻtash;
shubhali shaxslarni va transport vositalarini, egasiz buyumlarni aniqlash maqsadida obyekt hududida kuzatuv ishlarini olib borish;
postlar va patrullik yoʻnalishlarida davlat organlari, shu jumladan, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni taʼminlash;
avariyalar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki roʻy berganda, aholini xabardor qilish, odamlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, hududning zarur uchastkalarini toʻsish, maxsus transport vositalarining obyektga kirishini muvofiqlashtirish, qarovsiz qolgan mol-mulkni qoʻriqlash choralarini koʻrish;
obyekt maʼmuriyati bilan birgalikda hududning joylashuvi, muhandislik xususiyatlarini hisobga olgan holda, obyektda xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash borasidagi chora-tadbirlarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash.
Ichki ishlar organlari xodimlari va Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatchilari (xodimlari)ga qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.01.00 Umumiy qoidalar]
8. Obyektlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlashda Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari harbiy xizmatchilari (xodimlari) oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
yongʻinlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan vakolatlarni amalga oshirish;
obyektda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslardan hamda obyekt maʼmuriyatidan xavfsiz evakuatsiyani taʼminlash talablari bajarilishini talab qilish;
obyekt maʼmuriyatidan obyektning radiotranslyatsiya tarmogʻi (ovoz kuchaytirgich) yoki boshqa vositalaridan foydalanib, obyekt hududida yongʻin xavfsizligini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari oʻtkazilishini talab qilish;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaldagi maxsus rejalarga muvofiq zarur choralarni koʻrish;
yongʻinlar va favqulodda vaziyatlar hududida transport vositalari va aholi harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash uchun tegishli xizmatlarni jalb qilish;
obyektda tuzilgan koʻngilli yongʻin oʻchirish boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
obyektda yongʻinlar va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moʻljallangan moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ishlatish va qayta tiklashni nazorat qilish;
obyektda yongʻinlarning oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishda ishtirok etish.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining harbiy xizmatchilari (xodimlari) qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanishlari mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
9. Obyektlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlashda Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining harbiy xizmatchilari (xodimlari) majburiyatlari quyidagilardan iborat:
yongʻinga qarshi targʻibotni, yongʻin xavfsizligi sohasida oʻqitishni va axborot bilan taʼminlashni, obyektning radiotranslyatsiya tarmogʻi (ovoz kuchaytirgich) orqali yongʻin xavfsizligi talablarini eshittirish, plakatlar, eslatmalar, flayerlar va boshqalarni tarqatish orqali amalga oshirish;
obyektda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan joylarda yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishini oʻrganish hamda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi yuzasidan tavsiyalar berish;
obyekt maʼmuriyati bilan birgalikda yongʻinlar va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish yuzasidan profilaktika tadbirlarini tashkil etish;
obyekt maʼmuriyati hamda jamoat tartibini saqlashni taʼminlovchi boʻlinmalar bilan birgalikda yongʻinlar, favqulodda vaziyatlar va fuqarolar xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa holatlar yuzaga kelishi xavfi boʻlganda yoki roʻy berganda, obyekt va unga tutash hududlarda evakuatsiya tadbirlarini tashkil etish.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining harbiy xizmatchilari (xodimlari)ga qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
2-§. Idoraviy qoʻriqlash va idoraviy yongʻindan saqlash xizmatlari xodimlarining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
10. Idoraviy qoʻriqlash xizmati xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
obyektga tashrif buyuruvchi shubhali shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish hamda yonidagi buyum va ashyolarini koʻzdan kechirish;
koʻzdan kechirishda maxsus texnik va boshqa vositalardan foydalanish;
obyekt hududiga alkogolli ichimlik, giyohvandlik vositalari, psixotrop va boshqa moddalar taʼsirida mastlik holatida boʻlgan shaxslar kirishini cheklash;
obyektga kirayotgan har qanday transport vositasining yukxonasini, shubha uygʻotgan transport vositalarining esa yukxonasi, saloni va boshqa joylarini shaxsiy xavfsizlikka amal qilgan holda koʻzdan kechirish;
obyektga tashrif buyuruvchi shaxslarning oʻz transport vositasini tekshiruvdan, shaxsiy tekshiruvdan yoki undagi buyumlar tekshirilishidan bosh tortgan taqdirda, obyektga tashrif buyuruvchini (transport vositasini) obyekt hududiga kiritmaslik;
jamoat tartibini buzish holatlarini aniqlash hamda vakolati doirasida bartaraf etish choralarini koʻrish;
obyektga tashrif buyuruvchi shaxslardan qonunchilik hujjatlariga rioya etishni, shuningdek, gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni toʻxtatishni talab qilish, ushbu talablar bajarilmagan taqdirda vakolatli davlat organlariga xabar berish;
obyekt hududida jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarliklar yoki boshqa noxush hodisalar sodir boʻlgan joyni ularga aloqador boʻlmagan shaxslar tark etishlarini talab qilish.
Idoraviy qoʻriqlash xizmati xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanishi mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
11. Idoraviy qoʻriqlash xizmati xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
obyektda jismoniy va yuridik shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, shu jumladan, huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida barcha zarur choralarni koʻrish;
obyektlarga tashrif buyuruvchilar, ishchi xodimlar va transport vositalarini koʻzdan kechirish maqsadida obyektga kirish-chiqish joylarida xizmatni oʻtash;
shubhali shaxslarni va transport vositalarini, egasiz buyumlarni aniqlash maqsadida obyekt hududida kuzatuv ishlarini olib borish;
obyektda jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlik qilish;
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yoki hodisa joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek, nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yoki boshqa turdagi yordam koʻrsatilishini tashkil etish;
avariyalar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki roʻy berganda, aholini xabardor qilish, odamlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, hududning zarur uchastkalarini toʻsish, maxsus transport vositalarining obyektga kirishini muvofiqlashtirishi, qarovsiz qolgan mol-mulkni qoʻriqlash choralarini koʻrish.
Idoraviy qoʻriqlash xizmati xodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
12. Idoraviy yongʻindan saqlash xizmati xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
obyekt hududida idoraviy yongʻin nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;
obyekt hududida yongʻinlarning oldini olish, yongʻinlar sodir boʻlganda odamlar va mol-mulkni qutqarish hamda yongʻinlarni oʻchirishni tashkil etish;
yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini aniqlash hamda ularni vakolati doirasida bartaraf etish choralarini koʻrish;
obyekt hududiga tashrif buyurgan shaxslardan, shuningdek, obyekt hududidagi sotuvchilardan savdo doʻkonlari va rastalarida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishini talab qilish;
obyektda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslardan xavfsiz evakuatsiyani taʼminlash talablari bajarilishini talab qilish;
obyekt maʼmuriyatidan obyektning radiotranslyatsiya tarmogʻi (ovoz kuchaytirgich) yoki boshqa vositalaridan foydalanib, obyekt hududida yongʻin xavfsizligini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlarini oʻtkazish.
Idoraviy yongʻindan saqlash xizmatlari xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
13. Idoraviy yongʻindan saqlash xizmati xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
yongʻinlar va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish yuzasidan profilaktika tadbirlarini tashkil etish;
obyektda sodir boʻlgan yongʻinlar haqida aholini oʻz vaqtida xabardor qilish, odamlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, vakolatli organlar kuch va vositalari yetib kelguniga qadar oʻz imkoniyatlari bilan yongʻinni oʻchirish va ularning tarqalishining oldini olish choralarini koʻrish;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlariga obyektda sodir boʻlgan yongʻin va favqulodda vaziyatlarning sabablarini oʻrganish ishlariga koʻmaklashish;
yongʻinlar, favqulodda vaziyatlar va fuqarolar xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa holatlar yuzaga kelishi xavfi boʻlganda yoki roʻy berganda, obyekt va unga tutash hududlarda evakuatsiya tadbirlarida ishtirok etish;
yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzayotgan shaxslar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda vakolatli organga xabar berish.
Idoraviy yongʻindan saqlash xizmati xodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
3-§. Obyekt maʼmuriyati, sotuvchi va obyektga tashrif buyuruvchi shaxslarning jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
14. Obyekt maʼmuriyati jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlarining ixtisoslashgan boʻlinmalaridan obyektga tashrif buyuruvchi shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari bajarilishini talab qilish;
obyektga tashrif buyuruvchilardan ushbu Nizom talablariga rioya etishni, gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni toʻxtatishni talab qilish;
obyekt hududiga tashrif buyurgan shaxslardan, shuningdek, obyekt hududidagi sotuvchilardan savdo doʻkonlari va rastalarida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishini talab qilish;
obyektda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslardan fuqarolarni evakuatsiya qilish yoʻllarining boʻshatilishini talab qilish;
sotuvchilar tomonidan jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablari bir necha marta buzilganligi holatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirda savdo oʻrinlari taqdim etish, turgʻun savdo shoxobchalarini ijaraga berish yuzasidan ular bilan tuzilgan shartnomalarni muddatidan oldin bekor qilish.
Obyekt maʼmuriyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
15. Obyekt maʼmuriyatining jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlari quyidagilardan iborat:
davlat organlari ixtisoslashgan boʻlinmalarining jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish boʻyicha qonuniy talablarini bajarish;
obyektda jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrish;
davlat organlarining ixtisoslashgan boʻlinmalari tomonidan kiritilgan taqdimnomalar asosida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
obyekt hududida jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash talablari boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
jamoat tartibini saqlashga salbiy taʼsir etuvchi reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar, tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik (mahsulotning sifat xususiyatlaridan kelib chiqib, uni qisqa fursatda sotish zaruratining vujudga kelish holatlari bundan mustasno);
tashrif buyuruvchi shaxslarda obyektga olib kirilishi taqiqlangan predmet va buyumlar aniqlanganda, huquq-tartibotning buzilganligi yoki jinoyat sodir etilganligi aniqlanganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bu haqda tegishli vakolatli organlarga darhol xabar berish;
yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki roʻy berganda, obyekt hududidagi aholini xabardor qilish hamda xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, shuningdek, qarovsiz qolgan mol-mulkni qoʻriqlash ishlarini tashkil etish;
obyektning koʻrinarli joylarida xavfsizlik va yongʻin xavfsizligi belgilarini, evakuatsiya qilish koʻrsatgichlarini, harakatlanish qoidalarini, sxemalari, rejalari va yoʻriqnomalarini, yongʻin xavfsizligi qoidalarini favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarma (boʻlim)lari bilan kelishilgan holda joylashtirish;
obyektning veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligini, shuningdek, hududning zarur darajada yoritilishini taʼminlash.
Obyekt maʼmuriyatiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.07.00.00 Fuqarolar va jamoat birlashmalarining xavfsizlikni taʼminlashdagi ishtiroki]
16. Sotuvchilar jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha quyidagi huquqlarga ega:
obyekt maʼmuriyatidan obyekt hududida jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash yuzasidan belgilangan talablar boʻyicha zarur tushuntirishlar olish;
obyektda jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimini yaxshilash boʻyicha obyekt maʼmuriyatiga takliflar kiritish;
obyekt maʼmuriyati va boshqa sotuvchilardan hamda obyektga tashrif buyuruvchi shaxslardan ushbu Nizom talablariga rioya etishlarini talab qilish.
Sotuvchilar qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.07.00.00 Fuqarolar va jamoat birlashmalarining xavfsizlikni taʼminlashdagi ishtiroki]
17. Obyektga tashrif buyuruvchi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
obyekt hududida jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash talablari, shuningdek, mavjud cheklovlar toʻgʻrisida tushuntirishlar olish;
obyekt maʼmuriyati, sotuvchilardan va obyektga tashrif buyuruvchi boshqa shaxslardan ushbu Nizom talablariga rioya etishlarini talab qilish;
obyekt hududida jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalarida davlat organlarining ixtisoslashgan boʻlinmalari hamda obyekt maʼmuriyatiga koʻmaklashish;
obyekt maʼmuriyatiga obyektda jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish.
Obyektga tashrif buyuruvchi shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.07.00.00 Fuqarolar va jamoat birlashmalarining xavfsizlikni taʼminlashdagi ishtiroki]
18. Sotuvchilar va obyektga tashrif buyuruvchilarning jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlari quyidagilardan iborat:
obyekt hududida jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
obyekt maʼmuriyati va davlat organlarining ixtisoslashgan boʻlinmalari harbiy xizmatchilari (xodimlari)ning ushbu Nizom talablariga rioya qilishga doir qonuniy talablarini bajarish;
obyekt hududiga taqiqlangan buyumlar va vositalarni olib kirmaslik;
odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, jamoat tartibini buzuvchi yoki agressiv his-tuygʻularni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni sodir etmaslik;
obyektda huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etilganligi aniqlanganda, bu haqda tegishli vakolatli organlarga darhol xabar berish;
evakuatsiya eʼlon qilinganda vahima koʻtarilishini va evakuatsiyani qiyinlashtiruvchi boshqa xatti-harakatlarni qilmagan holda belgilangan xavfsiz hududga harakatlanish;
davlat organlarining ixtisoslashgan boʻlinmalari hamda idoraviy qoʻriqlash va yongʻindan saqlash xizmati xodimlariga xizmat majburiyatlarini bajarishga toʻsqinlik qilmaslik.
Sotuvchilar va tashrif buyuruvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
3-bob. Obyektni xavfsizlikni taʼminlash texnik vositalari bilan jihozlash talablari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
19. Jamoat tartibi obyektni quyidagi xavfsizlikni taʼminlash texnik vositalaribilan jihozlash orqali taʼminlanadi:
videokuzatuv kameralari;
tashvish-chaqiruv signalizatsiyasi;
yongʻin signalizatsiyasi;
tashvish tugmalari;
xavf-xatardan ovozli xabar beruvchi uskunalar.
1-§. Videokuzatuv tizimi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
20. Videokuzatuv tizimidagi (keyingi oʻrinlarda — VKT) videokuzatuv kameralari obyektning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi joylarda oʻrnatiladi:
a) obyektning avtoturargohiga kirib-chiqish joylarida, avtoturargohning butun hududi va obyektning perimetri boʻylab, unga tutash hududning eng samarali burchagi (koʻrinishini) hisobga olingan holda;
b) avtoturargohdan obyektga oʻtish yoʻlaklarida;
v) obyekt hududiga fuqarolar va transport vositalari kirish va oʻtish joylarida;
g) obyektning fuqarolar kirishi mumkin boʻlgan barcha binolariga, inshootlariga va xonalarga kirib-chiqish joylarida;
d) obyektning fuqarolar kirishi mumkin boʻlgan barcha bino va inshootdagi:
savdo, koʻrgazma va ovqatlanish joylarida, shu jumladan, bu joylarning “G” va “P” shaklidagi maydonlarida;
koʻp yarusli savdo, koʻrgazma, ovqatlanish va mijozlar joylashadigan boshqa joylarning har bir yarusida;
savdo, koʻrgazma, ovqatlanish va mijozlar joylashadigan boshqa joylarga va bu joylardan xizmat xonalariga oʻtish yoʻlaklarida;
fuqarolarning shaxsiy buyumlarini, qoʻl yuklarini saqlash joylari oldida;
e) obyektdagi omborxonalarga oʻtish maydonlarida;
j) obyektning qavatlarga oʻtish, chiqib-tushish (zinapoyalar, eskalatorlar) va kirib-chiqish joylarida;
z) obyektning debarkaderlarida;
i) savdo rastalari orasida.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
21. Videokuzatuv tizimlari ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya hududiy boʻlinmalarining situatsion markazlariga hamda obyektdagi texnik vositalar operatori xonasiga videosignal uzatilishini taʼminlashi lozim.
22. Videoyozuvlarni saqlash uchun videoaxborot arxivini yaratish 30 kalendar kunni tashkil etib, undan soʻng yozuvlar avtomatik tarzda yoʻq qilinadi.
23. Agar videokuzatuv kameralari ziddiyatli vaziyatni qayd etgan boʻlsa, bunday yozuvlarni saqlash muddati vaziyatga aniqlik kiritilgunga qadar belgilanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
Jinoiy qilmish yoki maʼmuriy huquqbuzarlik qayd etilgan boʻlsa, bunday yozuvlar jinoyat yoki maʼmuriy ishning yuritilishi davomida saqlanadi.
24. Videokuzatuv kameralarining hojatxonalarga va yuvinish xonalariga oʻrnatilishi taqiqlanadi.
2-§. Videoidentifikatsiya qilish quyi tizimlarining videokameralariga qoʻyiladigan talablar
25. Videoidentifikatsiya qilish quyi tizimlarining videokameralari videokuzatuv obyektlari hisoblangan va videokameralar koʻrish maydonida boʻlgan odamlarning yuzlari va yoki transport vositalarini qayd etish uchun moʻljallangan boʻlishi, qayd etish va uzatish qismi sifatida rangli tarmoq videokameralaridan foydalanish kerak.
26. Videoidentifikatsiya qilish quyi tizimlari videokameralarining asosiy parametrlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
27. Videoidentifikatsiya qilish quyi tizimlari videokameralari va obyektivlarining asosiy parametrlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
28. Ushbu Nizomiga 2-ilovada keltirilgan parametrlarning qiymatlariga quyidagi shartlarda erishilishi mumkin:
qayd etish joyida yuz sohasining barqaror yoritilishi 150 dan 1000 lx gacha boʻlsa;
yuz sohasining notekis yoritilishi 50 % foiz oshmagan boʻlsa;
odamlar harakatining eng past va eng yuqori tezligi hisobga olinsa;
1 m2 uchun odamlar oqimining zichligi kamida 1 kishidan iborat boʻlsa;
yuzning frontal tekislikka nisbatan rakursi: vertikal boʻyicha ogʻish 15o dan oshmasa, gorizontal boʻyicha ogʻish 20o dan oshmasa;
maʼlumotlar bazasining hajmi shartli ravishda frontal turdagi kamida 400 000 ta yuzdan iborat boʻlsa.
3-§. Videotahlil quyi tizimi videokameralariga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.01.00 Umumiy qoidalar]
29. Video tahlil quyi tizimi videokameralari real vaqt rejimida videokameralardan kelib tushadigan videotasvirlar ketma-ketligini tahlil qilish asosida turli xil maʼlumotlarni olish uchun moʻljallangan:
odamlarning yuzlarini aniqlash;
transport vositalarini aniqlash;
indentifikatsiya raqamlarini aniqlash (transport, pul kupyurasi, hujjatlarda va boshqalar);
hodisalarni aniqlash (oʻtish, harakat qilish, ruxsat etilgan chiziqlar va chegaralarni kesib oʻtish, kuzatish chegaralarida boʻlish, obyektlarni qoldirish yoki uzatish va boshqalar);
xavfli vaziyatlarni aniqlash (odamlar gavjum joylar, qoldirib ketilgan predmetlar, yongʻin va tutun bilan qoplanish va boshqalar).
30. Qayd etish va uzatish qismi sifatida rangli tarmoq videokameralaridan foydalanish kerak.
31. Videotahlil quyi tizimi videokameralarining asosiy parametrlari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
32. Videotahlil quyi tizimining videokameralari va obyektivlarining parametrlari ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq qayd etish shartlari va videotasvir sifatidan kelib chiqib belgilanadi.
33. Ushbu Nizomiga 4-ilovada keltirilgan parametrlarning qiymatlariga quyidagi shartlarda erishilishi mumkin:
qayd etish joyida yoritilish 150 dan 1000 lx gacha boʻlsa;
1 m2 uchun odamlar oqimining zichligi kamida 1 kishidan iborat boʻlsa;
odamlar va avtotransport harakatining eng past va eng yuqori tezligi hisobga olinsa;
qoldirib ketilgan predmet hajmi kamida 0,001 m3boʻlsa.
4-§. Kengaytirilgan videokuzatuv quyi tizimi videokameralariga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
34. Kengaytirilgan videokuzatuv videokameralari xavfli, ekstremal va favqulodda vaziyatlarni aniqlash, erta yongʻin va tutun bilan qoplanish, odamlar gavjum joylarni aniqlash, identifikatsiya obyektlari va subyektlarining oʻtishini videokuzatish maqsadida obyektlar, hududlarni kuzatish va nazorat qilish uchun moʻljallangan.
35. Qayd etish va uzatish qismi sifatida rangli tarmoq videokameralaridan foydalanish kerak.
36. Kuzatuv guruhining nomi, videokamera turi va kengaytirilgan videokuzatuv quyi tizimining videokameralari parametrlarining qiymatlari ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq belgilanadi.
37. Videokameralarning VKT komponentlari bilan oʻzaro ishlashi ochiq protokollar va interfeyslar orqali amalga oshirilishi kerak:
turli uskuna va ONVIF (Open Network Video Interface Forum) 2.2 versiyasidan past boʻlmagan dasturiy vositalarning oʻzaro ishlashi uchun protokol;
mashinaviy koʻrish tizimlarida foydalaniladigan videokameralar uchun 2.0 versiyasidan past boʻlmagan GigE Vision interfeysi;
yuqori aniqlikdagi televideniyeda foydalaniladigan ND-SDI (Nigh-Definition Serial Digital Interface) raqamli interfeys;
jismoniy interfeyslar RJ-11, RJ-14, RJ-25, RJ-45S va boshqalar.
38. Serverning apparat taʼminotiga qoʻyiladigan eng kam talablar quyidagilardan iborat:
masofaviy boshqaruv;
masofaviy elektr taʼminoti;
tasvir rakursini oʻzgartirish;
transfokatsiya;
avtomatik ekspozitsiya;
diafragmani avtomatik tarzda boshqarish;
maʼlumotlarni roʻyxatga olish sanasi va vaqti boʻyicha aniq vaqt signallari bilan sinxronlashtirish.
39. VKT kameralarining har bir guruhi uchun amalga oshiriladigan vizual vazifalar, vaqtincha ish rejimlari va tasvir parametrlari (rangli, qora va oq) beriladi.
5-§. Videokameralar elektr taʼminoti boʻyicha talablar
40. Videokameralar elektr taʼminoti quyidagi usullardan biri yoki usullar kombinatsiyasi orqali amalga oshirilishi kerak:
nominal kuchlanish 220 V boʻlgan 50 Nz chastotali AC tarmogʻidan;
DC bilan, elektr taʼminoti manbalaridan 12; 24; 48 V kuchlanish bilan;
DC bilan, uzaytirgichlar (PoE Extender)dan va/yoki takrorlagichlar (PoE Repeater)dan foydalangan holda kalitlar yoki injektorlardan PoE texnologiyasi boʻyicha.
Boshqa chiquvchi yuklanish parametrlari boʻlgan oʻzga manbalardan videokameralarning elektr taʼminotini amalga oshirishga ruxsat beriladi, bunda ularga quyiladigan talablar ilova hujjatlarida belgilanadi.
41. VKTni tashkil qilish uchun foydalaniladigan audio, video va boshqa turdagi elektron apparaturaning elektr xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar GOST IEC 60065ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
42. VKT tashqi kameralarining elektr taʼminoti uskunasining iqlim jihatidan bajarilishi va turli xil qattiq predmetlar, chang va namlikning kirib ketishidan himoya qilish darajasining indeksi “Xavfsiz shahar” kompleksi “Videokuzatuv tizimi uchun umumiy talablar”ga javob berishi kerak.
43. Ichki va tashqi videokameralarini binolar, inshootlar va statsionar konstruksiyalar mulkdorlarining texnik hujjat asosida oʻrnatilishi kerak.
44. VKT videokameralarini oʻrnatish joylari zarur gorizontal, vertikal va aylanma koʻrish burchaklari, oʻrnatish balandligi, yorugʻlik, toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrishdagi toʻsiqlarni istisno qilish va videokuzatuv obyektlarigacha boʻlgan masofani hisobga olgan holda tanlanadi.
45. VKT videokameralarini oʻrnatishda muntazam reglament ishlarini amalga oshirish va texnik xizmat koʻrsatish talablarini hisobga olish kerak.
46. VKT videokameralarini oʻrnatishda quyidagilardan himoya qilishni koʻzda tutish kerak:
noqulay iqlim sharoitlari;
agressiv muhitlar va xavfliligi yuqori boʻlgan muhitlar;
kelib chiqishi turli xil boʻlgan elektromagnit nurlanishlari;
mexanik shikastlar, shu jumladan, vandalizm aktlari.
47. VKT videokameralarini mahkamlash yigʻma-qismlarga ajraladigan boʻlishi, montaj-demontaj qilishni taʼminlashi va butun foydalanish davri davomida videokameradan boʻlgan ikki baravar yuklanishga va tashqi taʼsir qiluvchi omillardan boʻlgan yuklanishga bardosh berishi kerak.
48. Videokameralar xonalar ichida quyidagi talablarga rioya qilgan holda joylashtirilishi kerak:
kirish eshigi, derazalar va xonadagi barcha obyektlar videokamera kengaytirilganligiga tushishi uchun xonaning turli burchaklariga oʻrnatiladi;
xonalarda videokameralarni oʻrnatish balandligi pol yuzasidan kamida 2,3 m boʻlishi kerak;
videokameralar kengaytirilgan turli interyer predmetlari (mebel, gullar va boshqalar) bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak.
49. Videokameralar xonalardan tashqarida quyidagi talablarga rioya qilgan holda joylashtirilishi kerak:
mahkamlagichlar kabel liniyalarini yotqizish imkoniyatini taʼminlashi kerak;
oʻrnatish balandligi, koʻrish yoʻnalishi va burchagi zarur piksel zichligi bilan boʻlgan tasvirni olishni taʼminlashi kerak;
kadrda koʻrinishga sezilarli darajada toʻsqinlik qiladigan obyektlar boʻlmasligi kerak;
vertikal oʻrnatish burchagi kamera matritsasiga toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuri tushishini istisno qiladigan tarzda tanlanishi kerak.
7-§. Videokameralar oʻtkazish qobiliyati, internet kanal tezligi va uzatiladigan trafik hajmiga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
50. Umumiy MUT har bir videokameradan maʼlumotlarni saqlash qurilmasiga kamida 10 Mbit/s audio va video axborot (trafik)ni uzatishning oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan taʼminlashi kerak.
51. Internetkanalning ishlashi uchun zarur boʻlgan tezlik videokameraning ajratish qobiliyati, kadrlar takroriyligi, bitreyt, kodek, tasvirni kodlash usuli, kadrda harakatlanuvchi obyektlar soni, yoritilganlik va boshqalarga bogʻliq boʻladi. Aniqlash uchun qoniqarli boʻlgan tasvir sifatini olish uchun yuqorida koʻrsatilgan parametrlarning nisbatlarini optimal boshqarishga ruxsat beriladi. Videokuzatuv tizimi videokameralarining ajratish qobiliyatiga koʻra MUT internetkanali (trafigi) tezligiga qoʻyiladigan eng kam talablar ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan talablarga mos kelishi kerak.
52. Videokameralarning ajratish qobiliyatiga koʻra VKT maʼlumotlarining uzatiladigan (qabul qilinadigan) trafik hajmi ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq belgilanadi.
53. Kadrda koʻplab harakatlanuvchi obyektlar bilan tasvirni olganda va oʻzgaruvchan bitreytdan foydalanganda, trafik hajmi oshadi, buning natijasida qabul qilish-uzatish kanalining oʻlchamlarini va video materialni saqlash uchun disklarning hajmlarini rejalashtirish va hisoblash mumkin boʻlgan maksimal qiymatlar asosida hisoblanadi.
8-§. Tashvish-chaqiruv signalizatsiyasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.03.00 Favqulodda holat rejimi (shuningdek, 16.03.03.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
54. Tashvish-chaqiruv signalizatsiyasi vositalari obyektlarning quyidagi joylarida oʻrnatiladi:
obyektning fuqarolar kirishi mumkin boʻlgan barcha binolariga, inshootlariga va xonalarga;
obyekt maʼmuriyati xonalarida;
obyektning fuqarolar kirishi mumkin boʻlgan barcha binolar va inshootlardagi savdo, koʻrgazma ovqatlanish va mijozlar joylashadigan boshqa joylarda;
obyektning qorovullik boʻlinmasi xizmat xonasida va postlarida;
ochiq turdagi savdo rastalari orasida.
55. Tashvish-chaqiruv signalizatsiyasi ishlab ketganligi toʻgʻrisidagi signallar ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning hududiy boʻlinmalarida takrorlanishi lozim.
9-§. Yongʻin signalizatsiyasi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
56. Obyekt yongʻin signalizatsiyalari bilan amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar asosida taʼminlanadi.
57. Yongʻin signalizatsiyasi ishlab ketganligi toʻgʻrisidagi signallar favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmalarida takrorlanishi lozim.
10-§. Tashvish tugmasi
58. Tashvish signalini tezkorlikda yetkazish uchun obyekt ochiq va yashirin turdagi tashvish tugmalari bilan jihozlanadi.
59. Ochiq turdagi tashvish tugmalari quyidagi joylarda oʻrnatiladi:
obyektning fuqarolar kirishi mumkin boʻlgan barcha binolariga, inshootlariga va xonalarga kirib-chiqish joylarida;
obyektning fuqarolar kirishi mumkin boʻlgan barcha binolar va inshootlardagi savdo, koʻrgazma, ovqatlanish va mijozlar joylashadigan boshqa joylarda;
fuqarolarning shaxsiy buyumlarini, qoʻl yuklarini saqlash joylari oldida;
zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho buyumlar bilan savdo qilish rastalari hamda ularni saqlash xonalarida;
obyektning qorovullik boʻlinmasi xizmat xonasida va postlarida.
61. Tashvish signallari ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya hududiy boʻlinmalarida takrorlanishi lozim.
11-§. Ovozli xabar berish tizimi
62. Ovozli xabar berish vositalari obyektning quyidagi joylarida oʻrnatiladi:
obyekt maʼmuriyati xonalarida;
obyektning fuqarolar kirishi mumkin boʻlgan barcha binolar va inshootlardagi savdo, koʻrgazma, tomosha, ovqatlanish va mijozlar joylashadigan boshqa joylarda;
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
63. Obyektdagi fuqarolar quyidagilarni taʼminlovchi texnik vositalar yordamida xabardor qilinadi:
fuqarolar doimiy yoki vaqtincha boʻladigan binolarda, inshootlarda, xonalarda va hududlarda tovushli va/yoki nurli signallarni berishi;
xavfning xususiyati, evakuatsiya qilinishi lozimligi va evakuatsiya yoʻllari hamda xavfsizlikni taʼminlashga doir boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish toʻgʻrisida nutqli xabarni eʼlon qilish.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
64. Fuqarolarning evakuatsiyasini samarali tashkil etish maqsadida quyidagilar tashvish signali (xabari) bilan birga avtomatik tarzda amalga oshirilishi lozim:
avariya yoritish tizimi yoqilishi;
vahima koʻtarilishini va evakuatsiyani qiyinlashtiruvchi boshqa xatti-harakatlar amalga oshirilishining (oʻtish joylarida, eshiklar oldida, zinalarda va boshqa joylarda fuqarolarning toʻplanib qolishini) oldini olishga qaratilgan maxsus ishlab chiqilgan matnning uzatib borilishi.
65. Xabar berish signali boshqa maqsaddagi signallardan farq qilishi kerak. Xabar berish vositalari soni va ularning quvvati fuqarolar doimiy yoki vaqtincha boʻladigan barcha joylarda aniq eshitilishini taʼminlashi shart.
66. Obyektning ochiq joylarida karnayli uskunalardan foydalanilishi lozim. Ular yoritish chiroqlarining ustunlariga, devorlarga va boshqa konstruksiyalarga oʻrnatilishi mumkin.
67. Hudud boʻylab oʻrnatiladigan karnaylar soni va ularni oʻrnatish joyi sinov oʻtkazish natijalari boʻyicha hisob-kitob qilinadi (nutq aniq va tushunilishi eshitilishi lozim), lekin har bir uchastkaga 10 vattli 1 ta karnaydan kam boʻlmasligi kerak.
68. Ovozli xabar berish uskunalari tovush balandligini koʻtarib-pasaytirish regulatoriga hamda ajraluvchi qismlarga ega boʻlmasligi kerak.
69. Alohida hollarda ovozli xabar berish tizimi kommunikatsiyasi obyektning radioeshittirish tizimi bilan birga loyihalashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
70. Ovozli xabar berish tizimi obyektning qorovul xizmati xonasidan, dispetcher xonasidan yoki boshqa maxsus xonadan boshqariladi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
71. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XV bobi va 211-moddasi.
Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlashni taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Videoidentifikatsiya qilish quyi tizimlari videokameralarining asosiy parametrlari
Kamida 4 megapiksel (shunday tanlanadiki, bunda videokamera ishchi masofasida qayd etgan videokameraning optik oʻqiga nisbatan frontal holda joylashgan yuz tasvirida koʻz markazlari orasidagi masofa kamida 60 pikselni tashkil qiladi)
Qayd etish joyida keskin aks ettiriladigan maydonning chuqurligi
Kamida 1 metr
Yuz sohasidagi tasvir intensivligining dinamik diapazoni
Kamida 8 bit
Video oqimda yuzni aniqlash ehtimoli
Kamida 95 %
Distorsiya
5 foizdan oshmasligi kerak
Kadrlar takroriyligi
kamida 25 FPS
Odamni haqiqatan ijobiy identifikatsiya qilish ehtimoli
0,5 foizdan oshmagan notoʻgʻri ijobiy identifikatsiya qilish ehtimolida kamida 85 %
Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlashni taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Videotahlil quyi tizimi videokameralarining asosiy parametrlari
noaniq shakldagi obyektlar va xavotirli vaziyatlarni aniqlash: signal liniyasi, kuzatuv chegaralarida harakatlanish, toʻxtash, ishlamasdan yurish;
odamlar gavjum joylarni aniqlash
Predmetlar va obyektlarni aniqlash uchun statsionar videokamera:
ajratish qobiliyati: kamida 4 megapiksel;
kadrlar takroriyligi: kamida 25 FPS;
koʻrish burchagi: kamida 50°;
vertikal burilish: kamida 80°;
gorizontal burilish: 360°;
infraqizil filtr: “kun/tun” rejimiga avtomatik tarzda qayta ulanish bilan;
interfeys: RJ45 10Mbit/100Mbit Internet port, RS-485, RS-232;
siqish algoritmi N.264;
ishchi haroratlar diapazoni:
30°C dan + 60°C gacha;
ishchi namlik: 95foizgacha;
elektr taʼminoti: AS220V/DC12V/PoE;
xavfsizlik: foydalanuvchini tekshirish, IP adreslarni filtrlash
3-guruh
Aniqlash:
odamlarni: jinsi, boʻyi, kiyimining yirik detallarini;
predmetlarni: sumkalar, chamadonlar va boshqalarni;
avtotransportni: turi va modeli, davlat raqamini
Odamlar, predmetlar, avtotransportni aniqlash uchun statsionar videokamera:
ajratish qobiliyati: kamida 4 megapiksel (kuzatuv chegaralarining uzoqligi va joylashishini hisobga olgan holda tanlanadi);
kadrlar takroriyligi: kamida 25 FPS;
koʻrish burchagi: kamida 50°;
vertikal burilish: kamida 80°;
gorizontal burilish: 360°;
infraqizil filtr: “kun/tun” rejimiga avtomatik tarzda qayta ulanish bilan;
interfeys: RJ45 10Mbit/100Mbit Internet port, RS-485, RS-232;
siqish algoritmi N.264;
ishchi haroratlar diapazoni:
30 °C dan + 60 °C gacha;
elektr taʼminoti: AS220V/DC 12V/Poe;
xavfsizlik: foydalanuvchini tekshirish, IP adreslarni filtrlash
4-guruh
Videoidentifikatsiya qilish:
yuzlar, kiyim detallarini aniqlash;
predmetlarni: sumkalar, chamadonlar va boshqalarni;
transportni: turi, modeli, davlat raqami, boshqa detallarini
Odamlarning yuzlari, predmetlar, avtotransportni aniqlash uchun statsionar videokamera:
ajratish qobiliyati: kamida 4 megapiksel (shunday tanlanadiki, bunda videokamera ishchi masofasida qayd etgan videokameraning optik oʻqiga nisbatan frontal holda joylashgan yuz tasvirida koʻz markazlari orasidagi masofa kamida 60 pikselni tashkil qiladi);
koʻrish burchagi: kamida 50°;
vertikal burilish: kamida 80°;
gorizontal burilish: 360°;
IQ filtr: “kun/tun” rejimiga avtomatik tarzda qayta ulanish bilan;
interfeys: RJ45 10Mbit/100Mbit Internet port, RS-485, RS-232;
kadrlar takroriyligi: 24 FPS dan boshlab;
siqish algoritm: N.264, MGPEG;
ishchi haroratlar diapazoni:
30 °C dan + 60 °C gacha;
elektr taʼminoti: AS220V/DC 12V/PoE;
xavfsizlik: foydalanuvchini tekshirish, IP adreslarni filtrlash
5-guruh
Videokuzatuv obyektlarini aylanma videokuzatish:
yuzlar, kiyim detallarini aniqlash;
predmetlarni: sumkalar, chamadonlar va boshqalarni;
transportni: turi, modeli, davlat raqami, boshqa detallarini;
tutun yoki yongʻin oʻchoqlarini
Aylanma videokuzatuv uchun statsionar videokamera:
eng kam ajratish qobiliyati: kamida 4 megapiksel;
koʻrish burchagi: kamida 50°;
vertikal burilish: 80°;
gorizontal burilish: 360°;
videoni siqish: kamida H.264;
infraqizil filtr: “kun/tun” rejimiga avtomatik tarzda qayta ulanish bilan;
interfeys: RJ45 10Mbit/100Mbit Internet port, RS-485, RS-232;
ishchi haroratlar diapazoni:
30 °C dan + 60 °C gacha;
ishchi namlik: 95 foizgacha;
elektr taʼminoti: AS220V/DC 12V/PoE;
xavfsizlik: foydalanuvchini tekshirish, IP adreslarni filtrlash
6-guruh
Aniq belgilangan joyni teplovizion kuzatish
Sovitilmaydigan fotoqabul matritsasi boʻlgan teplovizion kameralar:
matritsaning kam ajratish qobiliyati: 320×240 megapiksel;
piksel qadami: kamida 17 µm;
spektr diapazoni: 8 dan 14 µm gacha;
obyektiv (fokus masofasi): kamida 1,8 mm;
fokusni topish eng yaqin masofasi: 0,1 m dan boshlab;
apertura F ± 1,1;
raqamli zum: kamida ikki baravar;
matritsalar harorat etaloni boʻyicha kalibrlangan;
shaffoflik oynalarida teplovizion kameralarining sezuvchanligi: 3-5 µm va 8-12 µm kamida 40 µm (25 °C), F ± 1,1;
obyektning qayd etilgan harorati va fon harorati oʻrtasidagi farq qadami: kamida 0,05 °C;
ishchi haroratlar diapazoni:
30 °C dan + 60 °C gacha;
videotasvir qoidalarining kamida 4 VCA (Video Content Analsys) tahlili (chiziqni kesib oʻtish, bostirib kirish, hududga kirish/chiqish);
Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlashni taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Vidoyekuzatuv tizimi videokameralarining ajratish qobiliyatiga koʻra MUT internet-kanali (trafigi) tezligiga qoʻyiladigan talablar
Videokamera ajratish qobiliyati, megapiksel
Eng kam kadrlar takroriyligi, FPS
Internetkanalning eng past tezligi, Mbit/s
1280×720
25
4
1920×1080
25
6
3072×2048
25
25
Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlashni taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Videokameralarning ajratish qobiliyatiga koʻra VKT maʼlumotlarining uzatiladigan (qabul qilinadigan) trafik hajmi
Videokamera ajratish qobiliyati, megapiksel
Doimiy bitreyt,
bit/s
Doimiy qabul qilish-uzatishda bitta videokameradan boʻlgan trafik hajmi,
GB, vaqt davomida, h
1 h
4 h
8 h
12 h
24 h
1280×720
1532
0,6
2,7
5,4
8,1
16,2
1920×1080
2048
0,9
3,6
7,2
10,8
21,6
3072×2048
6144
2,6
11,4
22,8
34,2
68,4
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 791-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan yirik bozorlar
ROʻYXATI
T/r
Obyektlar nomi
(dehqon, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa bozorlar)
Joylashgan joyi
(tuman, shahar)
Turgʻun savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlari soni
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.
1.
“Nukus dehqon bozori” AJ
Nukus shahri
1 822
2.
2.
“Mangʻit dehqon bozori” MCHJ
Amudaryo tumani
556
3.
3.
“Shabbaz dehqon bozori” MCHJ
Beruniy tumani
834
4.
4.
“Toʻrtkoʻl el rizq bozori” MCHJ
Turtkoʻl tumani
812
5.
5.
“Xoʻjayli dehqon bozori” MCHJ
Xoʻjayli tumani
1 141
6.
6.
“Qoʻngʻirot dehqon bozori” MCHJ
Qoʻngʻirot tumani
673
7.
7.
“Chimboy dehqon bozori” MCHJ
Chimboy tumani
707
Andijon viloyati
8.
1.
“Jahon savdo kopmleksi” AJ
Andijon shahri
1 571
9.
2.
“Andijon hunarmandchilik savdo kompleksi” MCHJ
Andijon shahri
356
10.
3.
“Bogʻishamol avtomobil va ehtiyot qismlar bozori” MCHJ
Andijon shahri
370
11.
4.
“Andijon shahar markaziy dehqon bozori” AJ
Andijon shahri
400
12.
5.
“Andijon tumani kuygan-yor dehqon bozori” MCHJ
Andijon tumani
383
13.
6.
Marhamat tumani “Dehqon bozori” MCHJ
Marhamat tumani
550
14.
7.
“Qoʻrgʻontepa dehqon bozori” MCHJ
Koʻrgʻontepa tumani
550
15.
8.
“Asaka dehqon (oziq-ovqat) bozori”
Asaka tumani
690
16.
9.
Baliqchi tumani “Dehqon bozori” MCHJ
Baliqchi tumani
370
Buxoro viloyati
17.
1.
“Buxoro markaziy dehqon bozori” AJ
Buxoro shahri
765
18.
2.
“Karvon savdo kompleksi” MCHJ
Buxoro shahri
838
19.
3.
“Gʻijduvon dehqon bozori” AJ
Gʻijduvon shahri
350
20.
4.
“Xoʻjai jahon savdo kompleksi” AJ
Gʻijduvon shahri
1 000
21.
5.
“Sitora-avtobozor” MCHJ
Buxoro shahri
492
Jizzax viloyati
22.
1.
“Jizzax markaziy dehqon bozori” AJ
Jizzax shahri
1 476
23.
2.
“Eski shahar buyum savdo kompleksi” AJ
Jizzax shahri
878
24.
3.
“Eski shahar dehqon bozori” MCHJ
Jizzax shahri
1 122
25.
4.
“Doʻstlik dehqon bozori” MCHJ
Doʻstlik tumani
329
26.
5.
“Dashtobod dehqon bozori” MCHJ
Zomin tumani
414
27.
6.
“Paxtakor tumani dehqon bozori” MCHJ
Paxtakor tumani
376
Qashqadaryo viloyati
28.
1.
“Yerqoʻrgʻon dehqon bozori” AJ
Qarshi shahri
485
29.
2.
“Qarshi shahar dehqon bozori” AJ
Qarshi shahri
432
30.
3.
“Yangi kesh dehqon bozori” MCHJ
Shaxrisabz shahri
714
31.
4.
“Yangi chorshanbe qoʻrgʻoni” dehqon bozori” MCHJ
Shaxrisabz tumani
324
32.
5.
“Gʻoʻzor dehqon bozori” MCHJ
Gʻoʻzor tumani
550
33.
6.
“Qamashi-fayz dehqon bozori” MCHJ
Qamashi tumani
300
34.
7.
“Kitob dehqon bozori” MCHJ
Kitob tumani
721
35.
8.
“Chiroqchi dehqon bozori” MCHJ
Chiroqchi tumani
550
36.
9.
“Yakkabogʻ-istiqlol dehqon bozori” MCHJ
Yakkabogʻ tumani
319
37.
10.
“Qarshi markaziy buyum savdo kompleksi” AJ
Qarshi shahri
471
38.
11.
“Orzu quvonchi” MCHJ
Qarshi shahri
605
39.
12.
“Nasaf avtomobil bozori savdo kompleksi” MCHJ
Qarshi shahri
442
40.
13.
“Koʻhna turon mega” MCHJ
Shahrisabz shahri
386
41.
14.
“Sarbon barakasi” MCHJ
Chiroqchi tumani
305
Navoiy viloyati
42.
1.
“Saxovat” bozor MCHJ
Navoiy shahri
374
43.
2.
“Qiziltepa savdo kompleksi” MCHJ
Qiziltepa tumani
460
44.
3.
“Xatirchi dehqon bozor” MCHJ
Xatirchi tumani
396
Namangan viloyati
45.
1.
“Namangan chorsu dehqon universal bozori” AJ
Namangan shahri
1 029
46.
2.
“Yashil dehqon bozori” MCHJ
Namangan shahri
480
47.
3.
“Jahon ixtisoslashgan aralash mollari savdo kompleksi” OAJ
Namangan shahri
603
48.
4.
“Namangan avtomegastroy” savdo kompleksi MCHJ
Namangan shahri
583
49.
5.
“Doʻstlik savdo sanoat kompleksi” savdo kompleksi MCHJ
Namangan shahri
322
50.
6.
“Ixtisoslashtirilgan qurilish mollari savdo kompleksi” MCHJ
Namangan shahri
600
51.
7.
“Gʻirvon savdo kompleksi” MCHJ
Namangan shahri
358
52.
8.
“Mingbuloq dehqon bozori” MCHJ
Mingbuloq tumani
474
53.
9.
“Toshbuloq dehqon bozori” MCHJ
Namangan tumani
430
54.
10.
“Kosonsoy dehqon bozori” MCHJ
Kosonsoy tumani
506
55.
11.
“Norin dehqon bozori” MCHJ
Norin tumani
625
56.
12.
“Toʻda dehqon bozori” MCHJ
Norin tumani
500
57.
13.
“Pop savdo markaz” MCHJ
Pop tumani
822
58.
14.
“Gʻurumsaroy dehqon bozori” MCHJ
Pop tumani
496
59.
15.
“Toʻraqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ
Toʻraqoʻrgʻon tumani
400
60.
16.
“Toʻraqoʻrgʻon markaziy dehqon bozori” MCHJ
Toʻraqoʻrgʻon tumani
350
61.
17.
“Shaxand dehqon bozori” MCHJ
Toʻraqoʻrgʻon tumani
486
62.
18.
“Samijon universal baraka bozori” MCHJ
Toʻraqoʻrgʻon tumani
400
63.
19.
“Uchqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ
Uchqoʻrgʻon tumani
432
64.
20.
“Uchqoʻrgʻon sof savdo dehqon bozori” MCHJ
Uchqoʻrgʻon tumani
450
65.
21.
“Qoʻgʻay bozori” MCHJ
Uchqoʻrgʻon tumani
472
66.
22.
“Chortoq-Murod dehqon bozori” MCHJ
Chortoq tumani
330
67.
23.
“Chust shahar dehqon bozori” MCHJ
Chust tumani
520
68.
24.
“Yangiqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ
Yangiqoʻrgʻon tumani
400
Samarqand viloyati
69.
1.
“Siyob dehqon bozori” MCHJ
Samarqand shahri
1 923
70.
2.
“Samarqand shodiyonasi” MCHJ
Samarqand shahri
387
71.
3.
“Samarqand ipak yoʻli” MCHJ
Samarqand shahri
569
72.
4.
“Temiryoʻl dehqon bozori” MCHJ
Samarqand shahri
660
73.
5.
“Muso xonkeldi” savdo majmuasi MCHJ
Samarqand shahri
404
74.
6.
“Samkat oazis durdonasi” MCHJ
Kattaqoʻrgʻon shahri
422
75.
7.
“Ishtixon dehqon bozori” MCHJ
Ishtixon tumani
850
76.
8.
“Qoʻshrobod dehqon bozori” MCHJ
Qoʻshrabot tumani
456
77.
9.
“Mirbozor bozori” MCHJ
Narpay tumani
312
78.
10.
“Pastdargʻom meva-sabzavot dehqon bozori” MCHJ
Pastdargʻom tumani
326
79.
11.
“Pastdargʻom buyum savdo majmuasi” MCHJ
Pastdargʻom tumani
420
80.
12.
“Koʻkat bozori” dehqon bozori MCHJ
Nurobod tumani
395
81.
13.
“Urgut savdo kompleksi” MCHJ
Urgut tumani
2 246
Sirdaryo viloyati
82.
1.
“Sirdaryo guliston savdo kompleksi” MCHJ
Guliston shahri
753
83.
2.
“Baxt savdo kompleksi” MCHJ
Sirdaryo tumani
319
Surxondaryo viloyati
84.
1.
“Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” MCHJ
Termiz shahri
748
85.
2.
“Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori” MCHJ
Termiz shahri
306
86.
3.
“Shoʻrchi dehqon bozori” MCHJ
Shoʻrchi tumani
436
87.
4.
“Jarqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ
Jarqoʻrgʻon tumani
450
88.
5.
“Uzun dehqon bozori” MCHJ
Uzun tumani
592
89.
6.
“Angor markaziy dehqon bozori” MCHJ
Angor tumani
406
90.
7.
“Muzrabot dehqon bozori” MCHJ
Muzrabot tumani
423
91.
8.
“Denov baraka yashil olami” MCHJ
Denov tumani
1 255
Toshkent viloyati
92.
1.
“Angren shahar dehqon bozori” MCHJ
Angren shahri
493
93.
2.
“Olmaliq dehqon bozori” MCHJ
Olmaliq shahri
407
94.
3.
“Bekobod dehqon bozori” MCHJ
Bekobod shahri
762
95.
4.
“Chirchiq dehqon bozori” MCHJ
Chirchiq shahri
600
96.
5.
“Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori” MCHJ
Yangiyoʻl shahri
1 488
97.
6.
“Oqqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ
Oqqoʻrgʻon tumani
443
98.
7.
“Parkent dehqon bozori” MCHJ
Parkent tumani
443
99.
8.
“Chinoz dehqon bozori” MCHJ
Chinoz tumani
574
100.
9.
“Bekobod dehqon bozori” MCHJ
Bekobod shahri
614
101.
10.
“Xoʻjalik mollari va hunarmandlar savdo kompleksi” MCHJ
Zangiota tumani
454
102.
11.
“Ilm shuʼlasi konselariya mollari savdo kompleksi” MCHJ
Zangiota tumani
319
103.
12.
“Bek-baraka ixtisoslashgan savdo kompleksi” MCHJ
Zangiota tumani
962
104.
13.
“Boʻstonliq dehqon bozori” MCHJ
Boʻstonliq tumani
302
Fargʻona viloyati
105.
1.
“Markaziy dehqon bozori” AJ
Fargʻona shahri
1 853
106.
2.
“Fargʻona savdo majmuasi” MCHJ
Fargʻona shahri
1 018
107.
3.
“Qoʻqon shahar dehqon bozori” AJ
Qoʻqon shahri
1 206
108.
4.
“Qoʻqon savdo kompleksi” MCHJ
Qoʻqon shahri
1 675
109.
5.
“Buyuk ipak yoʻli savdo kompleksi” MCHJ
Qoʻqon shahri
388
110.
6.
“Rizq baraka savdo kompleksi” MCHJ
Qoʻqon shahri
2 278
111.
7.
“Qoʻqon istiqlol savdo kompleksi” MCHJ
Qoʻqon shahri
471
112.
8.
“Farobiy savdo kompleksi” MCHJ
Qoʻqon shahri
365
113.
9.
“Qoʻqon muzaffar savdo kompleksi” MCHJ
Qoʻqon shahri
670
114.
10.
“Margʻilon shahar dehqon bozori”AJ
Margʻilon shahri
1 222
115.
11.
“Beshariq turon sanoat savdo kompleksi” AJ
Beshariq tumani
520
Xorazm viloyati
116.
1.
“Urganch markaziy dehqon bozori” AJ
Urganch shahri
2 547
117.
2.
“Urganch buyum savdo” MCHJ
Urganch shahri
505
118.
3.
“Gurlan dehqon bozori” AJ
Gurlan tumani
686
119.
4.
“Shovot dehqon bozori” MCHJ
Shovot tumani
518
120.
5.
“Bogʻot dehqon bozori” MCHJ
Bogʻot tumani
613
121.
6.
“Hazorasp universal savdo kompleksi” AJ
Hazorasp tumani
1 503
Toshkent shahar
122.
1.
“Mirobod dehqon bozori” AJ
Mirobod tumani
891
123.
2.
“Navroʻz dehqon bozori” AJ
Mirzo Ulugʻbek tumani
1 820
124.
3.
“Oloy dehqon bozori” AJ
Yunusobod tumani
588
125.
4.
“Yunusobod dehqon bozori” AJ
Yunusobod tumani
1 955
126.
5.
“Askiya dehqon bozori” AJ
Yakkasaroy tumani
543
127.
6.
“Eski-juva dehqon bozori” AJ
Shayxontohur tumani
3 599
128.
7.
“Chorsu buyum savdo kompleksi” AJ
Shayxontohur tumani
751
129.
8.
“Chilonzor dehqon bozori” MCHJ
Chilonzor tumani
1 102
130.
9.
“Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ
Chilonzor tumani
3155
131.
10.
“Bek toʻpi savdo kompleksi” MCHJ
Chilonzor tumani
393
132.
11.
“Sergeli dehqon bozori” AJ
Sergeli tumani
933
133.
12.
“Sergeli avto” MCHJ
Sergeli tumani
1 875
134.
13.
“Parkent universal savdo kompleksi” AJ
Yashnobod tumani
305
135.
14.
“Yangiobod ixtisoslashgan bozor” MCHJ
Yashnobod tumani
3 379
136.
15.
“Aviasozlar dehqon bozori” AJ
Yashnobod tumani
1 814
137.
16.
“Qora-qamish dehqon bozori” MCHJ
Olmazor tumani
1 239
138.
17.
“Farhod dehqon bozori” AJ
Uchtepa tumani
2 596
139.
18.
“Oʻrikzor savdo kompleksi” MCHJ
Uchtepa tumani
2 940
140.
19.
“Qoʻyliq dehqon bozori” AJ
Bektemir tumani
2 290
Izoh.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariOʻzbekiston RespublikasiIchki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy tuzilmalari bilan kelishilgan holda, hududida joylashgan yirik bozorlar roʻyxatinidoimiy yangilab boradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 09/24/791/0980-son)