1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Taʼlim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, taʼlim sohasida xususiy sektor ulushini yanada oshirish, ushbu yoʻnalishdagi tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda oʻqitishning innovatsion pedagogik shakllari, uslublari va texnologiyalarini joriy qilish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yigʻimlardan;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini jihozlash va faoliyatini taʼminlash uchun olib kiriladigan zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);
nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliqdan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari]
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddatini 2030-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
3. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan pedagogik faoliyatni doimiy asosda amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;
davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma berishda undiriladigan yigʻim miqdori bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan bir baravarigacha kamaytiriladi;
nodavlat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirishni A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlari hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan reyestrga kiritilgan nodavlat malaka oshirish tashkilotlarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-236-son qarorining 5-bandi “g” kichik bandida belgilangan toʻlovlar (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlov) nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini qurish loyihalariga tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslarga mazkur qarorda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini taqdim etish boʻyicha qonun loyihasini;
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma berishda undiriladigan yigʻim miqdorini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-noyabr,
PQ-403-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-403-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-232-son qarori 16-bandi “b” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “yakka tartibdagi uy-joylar” soʻzlari “yakka tartibdagi uy-joylar hamda nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-236-son qarori 5-bandi “g” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “obyektlar va yakka tartibdagi uy-joylar” soʻzlari “obyektlar, yakka tartibdagi uy-joylar hamda nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida”gi 408-son qaroriga 4-ilovaning 21-pozitsiyasi “Taʼrif” ustuni ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlariga pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun jalb qilinadigan xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi. Vazirliklar va idoralar, shuningdek, oʻz tasarrufida taʼlim tashkilotiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining iltimosnomalariga koʻra rasmiylashtiriladi”.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 20-ilovasida:
a) 5-pozitsiyaning “e” kichik bandi “E” mehnat vizasi,” soʻzlaridan keyin “A-2” oʻqituvchilar kirish vizasi,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 7-pozitsiyaning birinchi xatboshisidagi “Prezident maktablari va oliy oʻquv yurtlarida” soʻzlari “davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Izoh. Mazkur ilova 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 07/24/403/0955-son)