Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/21-son qarori (roʻyxat raqami 3294, 2021-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 10/21/3294/0285-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“MCC-kod — terminal ajratilgan mijoz toifasi kodi boʻlib, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyat turini 4 xonali raqam bilan tasniflaydi;”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Banklar toʻlov terminallarini texnik jihatdan mijozga biriktirish paytida uning faoliyati turidan kelib chiqib MCC-kodlarini, terminal va toʻlov turi, mijozning identifikatsiya maʼlumotlari va toʻlov tizimi operatori qoidalarida belgilangan tegishli maʼlumotlarni bank axborot bazasiga kiritishi lozim. Bunda, mijozning faoliyat turi va tegishli maʼlumotlari oʻzgargan taqdirda, mijoz uch bank ish kunida xizmat koʻrsatuvchi bankiga tegishli maʼlumotni taqdim etadi va bank tomonidan bir ish kuni mobaynida mijozga biriktirilgan terminal maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.”;