1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Bugungi kunda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatani atrofida yanada jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuygʻusini yuksaltirish, milliy oʻzlikni saqlab qolish, turli sohalarda faoliyat yuritib, mamlakatimiz taraqqiyotiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshayotgan vatandoshlarimizni ragʻbatlantirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohalarda yuqori yutuqlarga erishgan, jahonda Oʻzbekistonning ijobiy imijini ilgari surishga intilayotgan, Oʻzbekiston xalqining bebaho maʼnaviy-madaniy merosini saqlash va koʻpaytirishga katta shaxsiy hissa qoʻshayotgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida va uning manfaatlarini koʻzlab xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish zarurati mavjud.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasining shakli va tasnifi 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Vatandosh” guvohnomasini berish hamda bekor qilish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
“Vatandosh” guvohnomasini berish uchun tavsiya etilgan nomzodlarning ularga qoʻyilgan talablarga javob berishini oʻrganish;
ishchi guruhlar tuzgan holda, komissiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
“Vatandosh” guvohnomasini berish uchun nomzodlar roʻyxatini shakllantirish;
“Vatandosh” guvohnomasi boʻyicha tavsiyanomalar va taqdimnomalar qonuniylik, xolislik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari asosida tashabbus qilinganligini oʻrganish.
3. “Vatandosh” guvohnomasini berish hamda bekor qilish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Belgilansinki:
“Vatandosh” guvohnomasini berish bilan bogʻliq xarajatlar Tashqi ishlar vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida hamda budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan;
“Vatandosh” kartasini berish, maʼlumotlarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Ichki ishlar vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida hamda budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Ichki ishlar vazirligi uch oy muddatda:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
“Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi va server qurilmalarini modernizatsiya qilish orqali toʻliq raqamlashtirilgan holda, “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirishni;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
“Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimini manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali oʻzaro axborot almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
6. Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib tashqi ishlar vaziri B.O. Saidov hamda ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-noyabr,
PQ-397-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-noyabrdagi PQ-397-son qaroriga 1-ILOVA
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
1. Ushbu Nizom yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibini belgilaydi.
2. “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmaydi.
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasi vatandoshning milliy pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati bilan haqiqiy hisoblanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
“Vatandosh” — kelib chiqishi Oʻzbekiston hududidan boʻlgan, xorijga chiqqan va xorijiy davlat fuqaroligini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs maqomini olgan yoxud etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtai nazardan oʻzini oʻzbeklar yoki qoraqalpoqlar sifatida identifikatsiya qilgan, Oʻzbekiston Respublikasi bilan madaniy-gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayotgan shaxslar va ularning avlodlari;
“Vatandosh” guvohnomasi — (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni ragʻbatlantirish shakli boʻlib, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan doʻstona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda “Vatandosh” kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat;
“Vatandosh” kartasi — guvohnoma asosida 5 yil muddatga (vatandosh milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan holda) beriladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mazkur Nizomda belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklidagi hujjat;
Komissiya — guvohnomani berish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo kollegial organ;
reyestr — rasmiylashtirilgan guvohnomalarning yagona hisobi;
tavsiyanoma — guvohnomani berish uchun vazirlik va idoralar tomonidan beriladigan hujjat;
taqdimnoma — guvohnomani bekor qilish uchun beriladigan hujjat.
2-bob. “Vatandosh” guvohnomasini berish asoslari
4. Guvohnoma quyidagi vatandoshlarga beriladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]
xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy yoki qoʻshma korxona tashkil etish tarzida investitsiyalar kiritgan;
iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohalarda yuqori yutuqlarga erishgan, xalqaro maydonda Oʻzbekistonning ijobiy imijini ilgari surishga munosib hissa qoʻshgan, Oʻzbekiston xalqining bebaho maʼnaviy-madaniy merosini saqlash va koʻpaytirishda katta shaxsiy namuna koʻrsatgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida va uning manfaatlarini koʻzlab xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirgan;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.13.00 Millatlararo munosabatlar]
Oʻzbekiston Respublikasi bilan boshqa davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga katta hissa qoʻshgan.
5. Guvohnoma ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
3-bob. “Vatandosh” guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi
6. Vazirlik va idoralar tomonidan taklif va tashabbus asosida guvohnoma berish boʻyicha taqdim etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga tavsiyanoma kiritiladi.
Bunda vazirlik va idoralar faqatgina oʻz sohasi boʻyicha ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan vatandoshlarga guvohnoma berishni tashabbus qilib tavsiyanoma kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, “Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan vatandoshlarga guvohnoma berish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
7. Tavsiyanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
kiritilgan investitsiyalar miqdori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy yoki qoʻshma korxona tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
xoʻjalik jamiyatlaridan sotib olingan aksiyalar va ulushlar, shuningdek, davlat aktivlarining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga qoʻshgan hissasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan xayriya (metsenatlik) loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Tavsiyanomaga ilova qilinadigan maʼlumotlar oʻz sohasi boʻyicha tashabbuskorlar tomonidan beriladi, qoʻshimcha maʼlumotlarni esa tegishli vazirlik va idoralardan tashabbuskor soʻrov qilish orqali oladi.
Taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga tashabbus qilgan hamda maʼlumot taqdim etgan vazirlik va idoralarning birinchi rahbari javobgar hisoblanadi.
8. Komissiya oʻttiz kun ichida tavsiyanomani koʻrib chiqib, vatandoshga guvohnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
9. Guvohnoma Komissiyaning guvohnoma berish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
Guvohnoma Markaziy bankning “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi buyurtmanomasiga asosan belgilangan namunaga muvofiq shartnoma asosida tayyorlanadi.
10. Guvohnoma muddatsiz amal qiladi va Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti yoki uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — MvaPB) tomonidan “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
11. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoxud konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan tantanali ravishda egalariga topshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatilmagan yoxud tugatilgan davlatlarda yashovchi vatandoshlarga guvohnoma ularni Oʻzbekistonga taklif qilish orqali respublika hududida yoki ushbu davlatlarga amalga oshirilgan tashrif vaqtida topshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, “Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
12. Guvohnomani berish masalasini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish guvohnoma berilayotgan shaxsni xabardor qilmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
13. Tashqi ishlar vazirligi guvohnoma berilgan shaxslar reyestri yuritilishini taʼminlaydi va bir ish kunida har bir rasmiylashtirilgan guvohnoma haqida Ichki ishlar vazirligini elektron shaklda xabardor qiladi.
14. Reyestrda quyidagilar aks ettiriladi:
vatandosh toʻgʻrisida maʼlumot (F.I.O., fuqaroligi, milliy pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjatining seriyasi va raqami, amal qilish muddati);
guvohnomaning raqami va berilgan sanasi.
4-bob. “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish va berish tartibi
15. “Vatandosh” kartasi mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha rasmiylashtiriladi.
16. “Vatandosh” kartasini olish uchun vatandosh MvaPBga quyidagilarni taqdim etadi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
guvohnoma;
chet el fuqarosining milliy pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati.
17. “Vatandosh” kartasi MvaPB tomonidan hujjatlar toʻliq qabul qilib olingandan soʻng bir ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
MvaPB taqdim etilgan hujjatlar asosida vatandoshning biografik maʼlumotlarini, elektron koʻrinishdagi qoʻl barmoq izlarini yigʻadi, shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish uchun talabnoma shakllantiradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
18. Vatandoshga MvaPB tomonidan “Vatandosh” kartasi bepul beriladi va kartaning amal qilish davrida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish davlat boji undirilmasdan amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
5-bob. “Vatandosh” kartasi egalariga beriladigan huquq va imtiyozlar
19. “Vatandosh” kartasiga ega vatandoshlarga quyidagi huquqlar beriladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vizasiz kirish va chiqish;
mamlakat hududida koʻchmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan koʻchmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
Xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shugʻullanish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.
20. “Vatandosh” kartasi egalarining oila aʼzolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:
amaldagi viza muddatini uzaytirishda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan koʻp martalik viza olish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
6-bob. “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini bekor qilish tartibi
21. “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
vatandoshning Tashqi ishlar vazirligi, vazirlikning hududiy boʻlinmalari, xorijdagi konsullik muassasalari va diplomatik vakolatxonalari orqali bergan oʻz iltimosiga koʻra;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
vatandosh ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar (pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirilishi bilan bogʻliq jinoyat sodir etilishi natijasida olingan holatlarda — sudning Komissiyaga yuborgan taqdimnomasiga binoan;
vatandosh vafot etganda Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga binoan;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, “Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi tomonidan Komissiyaga yuborilgan taqdimnomaga asosan;
vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan oʻz tashabbusi asosida berilgan guvohnoma egalariga nisbatan Komissiyaga yuborilgan taqdimnomaga binoan.
22. Guvohnoma va karta mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha bekor qilinadi.
23. Mazkur Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda Komissiya oʻn besh ish kuni ichida guvohnomani bekor qilish masalasini koʻrib chiqadi hamda qaror qabul qiladi.
Komissiya tomonidan guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror uch ish kunida Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi:
Tashqi ishlar vazirligi guvohnomani besh ish kunida bekor qiladi, reyestrga bu haqda oʻzgartirish kiritadi hamda guvohnoma egasini bu haqda xabardor etadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
Ichki ishlar vazirligi Komissiyaning guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori asosida besh ish kunida “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali “Vatandosh” kartasini bekor qiladi.
Agar taqdimnomada “Vatandosh” guvohnomasini bekor qilish uchun asos boʻlmasa, Komissiya bu haqda qaror qabul qiladi va tashabbuskorga uch ish kuni ichida yuboradi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“Vatandosh” guvohnomasini rasmiylashtirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Vazirlik, idora va tashkilotlar
“Vatandosh” guvohnomasini berish taklif etilayotgan vatandosh tomonidan kiritilgan investitsiya, xoʻjalik jamiyatlaridan sotib olingan aksiyalar va ulushlar, davlat aktivlarining miqdori, shuningdek, madaniyat va sanʼat, sport, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy, iqtisodiy sohaning rivojlanishiga qoʻshgan hissasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tavsiyanomani “Vatandosh” guvohnomasini berish hamda bekor qilish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) taqdim etadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Komissiya
Tavsiyanomani koʻrib chiqadi hamda “Vatandosh” guvohnomasini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, Tashqi ishlar vazirligi yoki tashabbuskorga yuboradi.
30 ish kuni ichida
3-bosqich
Tashqi ishlar vazirligi
Komissiyaning qaroriga asosan “Vatandosh” guvohnomasini rasmiylashtiradi va tantanali ravishda vatandoshga topshiradi.
15 ish kuni ichida
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va personallashtirish departamenti yoki uning hududiy boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — MvaPB) “Vatandosh” guvohnomasi va chet el fuqarosining milliy pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjatini taqdim qilgan holda murojaat qiladi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
MvaPB
Taqdim etilgan hujjatlar asosida vatandoshning biografik maʼlumotlarini, elektron koʻrinishdagi qoʻl barmoq izlarini yigʻadi, shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish uchun talabnoma shakllantiradi.
Murojaat etganda
3-bosqich
MvaPB
“Vatandosh” kartasini rasmiylashtiradi va vatandoshga topshiradi.
Bir ish kuni ichida
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
“Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini bekor qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Vazirlik, idora va tashkilotlar
Vatandoshning iltimosiga koʻra;
vatandosh ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar (pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilishi bilan bogʻliq jinoyat sodir etilishi natijasida olingan holatlarda — sudning Komissiyaga yuborgan taqdimnomasiga binoan;
vatandosh vafot etganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, “Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi tomonidan Komissiyaga yuborilgan taqdimnomaga asosan;
vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan oʻz tashabbusi asosida berilgan guvohnoma egalariga nisbatan Komissiyaga yuborilgan taqdimnomaga binoan.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Komissiya
“Vatandosh” guvohnomasini bekor qilish masalasini koʻrib chiqadi hamda qaror qabul qiladi.
15 ish kuni ichida
3-bosqich
Komissiya
“Vatandosh” guvohnomasini bekor qilish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi. Agar bekor qilish uchun asos boʻlmasa, bu haqda qaror qabul qiladi va tashabbuskorga yuboradi.
3 ish kuni ichida
4-bosqich
Tashqi ishlar vazirligi
“Vatandosh” guvohnomasini bekor qiladi va reyestrga bu haqda oʻzgartirish kiritadi hamda guvohnoma egasini bu haqda xabardor etadi.
5 ish kuni ichida
Ichki ishlar vazirligi
“Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali “Vatandosh” kartasini bekor qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-noyabrdagi PQ-397-son qaroriga 2-ILOVA
“Vatandosh” guvohnomasining shakli va tasnifi
“Vatandosh” guvohnomasi 110x75 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi. Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan. Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 3,5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli ikkita satrdan iborat matnda VATANDOSH GUVOHNOMASI (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan.
Guvohnomaning pastki chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr yuqorida, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli ikkita satrdan iborat matnda CERTIFICATE OF COMPATRIOT (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) och kulrangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan. Guvohnomaning ichki chap tomoni (ikkinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “guvohnoma” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “-sonli” soʻzi va 15 millimetrli chiziq joylashgan. “___-sonli guvohnoma” soʻzidan 11 millimetr pastda guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan. Uchinchi chiziqda “ga” soʻzi yozilgan. Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, markazda oraligʻi 4 millimetrli uchta satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “ning”, ikkinchi satrda “20__ -y. “___” _______dagi”, keyin 15 millimetr uzunligida qaror (buyruq)ning tartib raqamini koʻrsatish uchun chiziq va “-sonli” soʻzi, uchinchi satrda “qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan. Pastki chiziqdan 6 millimetr yuqorida markazda “VATANDOSH” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan matn joylashgan.
Undan 5 millimetr pastda “guvohnomasi berildi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi yozilgan. Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “M.Oʻ”, keyin 12 millimetr uzunligida “Vatandosh” guvohnomasini imzolaydigan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatish hamda imzo qoʻyish uchun chiziq, ikkinchi satrda “___” _______ 20__ -yil” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “Certificate № ____” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan. “Certificate № ____” soʻzidan 11 millimetr pastda guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan. 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 4 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan.
Birinchi satrda “According to the order № _________”, ikkinchi satrda “from ______ “___” 20____ year”, uchinchi satrda “was conferred with certificate of” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan. Pastki chiziqdan 6 millimetr yuqorida markazda “COMPATRIOT” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan matn joylashgan. Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “P.S”, keyin 12 millimetr uzunligida “Vatandosh” guvohnomasini imzolaydigan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatish hamda imzo qoʻyish uchun chiziq, ikkinchi satrda “___” ______ 20__ year” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-noyabrdagi PQ-397-son qaroriga 3-ILOVA
“Vatandosh” kartasining shakli va tasnifi
“Vatandosh” kartasiga kiritilgan himoya elementlari va vositalari kartadan oʻrnatilgan tartibda (“Vatandosh” kartasi chipiga yozilgan maʼlumotlarni NFC qurilmasi yordamida oʻqib olish uchun MRZ zonasini yoki QR kodni skaner qilish lozim) foydalanish jarayonida toʻsqinlik qilmaydi, aksincha qoʻshimcha maʼlumot kiritish yoki mavjud maʼlumotlarni oʻzgartirish imkoniyatini cheklanganligi undagi shaxsiy maʼlumotlarning ishonchli ekanligini tasdiqlaydi.
“Vatandosh” kartasiga kiritilgan himoya elementlari va vositalari firibgarlikni vizual va/yoki avtomatlashtirilgan tartibda aniqlashni yengillashtirish hamda uning qalbakilashtirilishi, soxtalashtirilishining oldini olish, himoyalangan tarmoqdagi maʼlumotlar bazasi bilan solishtirish, shuningdek, boshqa shaxs tomonidan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik imkoniyatini taʼminlaydi.
“Vatandosh” kartasi uchun ishlatiladigan smart karta (blank)lardagi chip ICAO 9303 xalqaro standartiga asoslangan va xalqaro axborot xavfsizligi talablariga javob beradi.
“Vatandosh” kartasiga asosiy va qoʻshimcha himoya elementlari va vositalari kiritilgan.
“Vatandosh” kartasi himoya foni (laminatsion lentadagi Oʻzbekiston gerbining tasviri, yorugʻlikda tovlanuvchi naqshlar va mikromatnlar) va ikki qavatli naqsh koʻrinishidagi rasmdan iborat.
“Vatandosh” kartasi blanki va laminatsion lentasidagi mikroyozuvlar 6 — 8 karra kattalashtirilganda oʻqiladi.
“Vatandosh” kartasi blanklarini ishlab chiqarishda quyidagi xavfsizlik va himoya elementlaridan foydalanish imkoniyatlari taʼminlangan:
himoya shablonlari:
a) golografik mikro-nanomatn;
b) “DENTIFIKATSIONNAYA” soʻzida ataylab qilingan xato;
v) “HAXSNI” soʻzida ataylab qilingan xato;
g) gilosh;
d) optik tekshiriladigan siyoh.
Oʻzbekiston gerbi tasvirlagan, mikromatnli va yorugʻlikda tovlanuvchi laminatsion lenta bilan qoplangan;
qayta oʻtkazishli (retransferli) chop etish (HDP) texnologiyasiga asoslangan;
yozuvlar yuqori aniqlikda bosib chiqarilishi taʼminlangan (chop etish zichligi 600 dpi).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-noyabrdagi PQ-397-son qaroriga 4-ILOVA
“Vatandosh” guvohnomasini berish hamda bekor qilish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya
TARKIBI
S.S. Safoyev
—
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi
B.O. Saidov
—
tashqi ishlar vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari
P.R. Bobojonov
—
ichki ishlar vaziri
A.A. Azizov
—
Davlat xavfsizlik xizmati raisi
A.D. Tashkulov
—
adliya vaziri
L.Sh. Qudratov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
Q.A. Sharipov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
A.I. Ikramov
—
sport vaziri
A.A. Xudayarov
—
sogʻliqni saqlash vaziri v.b.
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
lavozimiga koʻra
—
“Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi
lavozimiga koʻra
—
Tashqi ishlar vazirligining vatandoshlar bilan ishlash boʻyicha masʼul boshqarmasi boshligʻi, Komissiya kotibi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Komissiya ishiga boshqa davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari jalb qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-noyabrdagi PQ-397-son qaroriga 5-ILOVA
“Vatandosh” guvohnomasini berish hamda bekor qilish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.02.00 Fuqarolikka ega boʻlish va bekor qilinishi]
1. Mazkur Nizom “Vatandosh” guvohnomasini berish hamda bekor qilish masalalarini koʻrib chiqish komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) faoliyatini belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.03 Oliy Majlis Senati Raisi va uning oʻrinbosarlari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.05 Oliy Majlis Senati qoʻmitalari va komissiyalari]
2. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari huzuridagi vazirlik va idoralar rahbar xodimlaridan tashkil topgan kollegial organdir.
Komissiya raisi, rais oʻrinbosari va boshqa aʼzolari uning ishida jamoatchilik asosida ishtirok etadi.
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
4. Komissiya xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini berishning maqsadga muvofiqligi masalalari yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan tavsiyanoma berilgan nomzodlarni koʻrib chiqadi.
5. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
6. Tashqi ishlar vazirligi Komissiyaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) boʻlib, Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini berish masalalariga oid hujjatlarni ishlab chiqadi va tayyorlaydi.
7. Komissiya “Vatandosh” guvohnomasini berish masalalarini koʻrib chiqish jarayonida zaruratga koʻra tavsiyanoma berilgan nomzodlar va boshqa maʼlumotlarni oʻrganish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralardan qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib oladi, shuningdek, zarurat tugʻilganda tegishli mutaxassislarni, vazirlik va idoralarning masʼul xodimlarini jalb etadi.
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.05 Oliy Majlis Senati qoʻmitalari va komissiyalari]
8. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
“Vatandosh” guvohnomasini berish uchun tavsiya etilgan vatandoshlarning nomzodlarga qoʻyilgan talablarga javob berishini oʻrganish;
vazirlik va idoralar tomonidan “Vatandosh” guvohnomasini berish boʻyicha nomzodlarga qoʻyilgan talablardan chetga chiqqan holda, nomzodlarni toʻliq oʻrganmasdan turib taqdim qilish holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlarni tuzish;
“Vatandosh” guvohnomasini berish boʻyicha nomzodlar roʻyxatini shakllantirish va oʻrganish;
“Vatandosh” guvohnomasini berish boʻyicha tavsiyanomalar berishda manfaatlar toʻqnashuvi, xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish holatlari mavjudligini oʻrganish.
Komissiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
9. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
vazirlik va idoralar tomonidan “Vatandosh” guvohnomasini berish boʻyicha taqdim etilgan tavsiyanomalardagi nomzodlarning belgilangan talablarga mos kelishi hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar salmogʻini, Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ishtirok etishdagi rolini oʻrganadi;
“Vatandosh” guvohnomasini berishga nomzodlarning tarjimai holi va u bilan bogʻliq maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va ularning haqqoniyligini tekshirish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga oʻrganish uchun joʻnatadi;
nomzodlar boʻyicha vazirlik va idoralarga berilgan koʻrsatmalar va topshiriqlar ijrosi toʻliq amalga oshirilishini nazorat qiladi;
vazirlik va idoralarning “Vatandosh” guvohnomasi hamda “Vatandosh” kartasini berish bilan bogʻliq faoliyatini nazorat qiladi;
“Vatandosh” guvohnomasini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
amaldagi “Vatandosh” guvohnomasini taqdimnoma asosida bekor qilish yoxud taqdimnomani koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va ijrosini nazorat qiladi.
3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.05 Oliy Majlis Senati qoʻmitalari va komissiyalari]
10. Komissiya raisi quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Komissiyaning faoliyatiga rahbarlik qilish;
Komissiya majlislarini chaqirish va kun tartibini belgilash;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosining nazoratini tashkil etish;
Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarishda uning aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Komissiya tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini nazorat qilish;
Komissiyaning samarali ishlashini taʼminlash maqsadida boshqa harakatlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.02 Oliy Majlis Senati Reglamenti]
11. Komissiya oʻz faoliyatini Komissiya raisi tomonidan uning aʼzolari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan ish reglamentiga muvofiq tashkil etadi.
12. Komissiya majlisini rais, rais boʻlmaganda uning oʻrinbosari boshqaradi.
13. Komissiya raisining oʻrinbosari:
Komissiya yigʻilishini tashkil etadi;
Komissiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari yuzasidan takliflar tayyorlanishini tashkil etadi;
vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini taʼminlaydi;
tegishli axborot va takliflarni Komissiya raisiga kiritadi;
Komissiya raisi boʻlmaganda yoki uning topshirigʻi boʻyicha Komissiya yigʻilishlariga raislik qiladi;
Komissiyaning samarali ish olib borishini taʼminlash maqsadida boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
14. Komissiya aʼzolari:
Komissiya yigʻilishlari kun tartibidagi masalalar boʻyicha muhokamalarda ishtirok etadi;
vazirlik va idoralar tomonidan “Vatandosh” guvohnomasini berish boʻyicha taqdim etilgan tavsiyanomalardagi nomzodlarni belgilangan talablarga mos kelishini hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar salmogʻini, Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ishtirok etishdagi rolini oʻrganadi;
“Vatandosh” guvohnomasini berishga nomzodlarning tarjimai holi va u bilan bogʻliq maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va ularning haqqoniyligini tekshiradi;
“Vatandosh” guvohnomasini berishga nomzodlarni oʻrganib chiqish va tanlashga doir dolzarb masalalar yuzasidan Komissiyaga takliflar kiritadi;
Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qarorlar loyihalarini tayyorlaydi;
Komissiyaning qarorlari va qoʻyilgan vazifalarning ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni Komissiya raisiga taqdim etadi;
Komissiyaning samarali ish olib borishini taʼminlashga oid boshqa funksiyalarni bajaradi.
15. Ishchi organ:
Komissiya faoliyatining tashkiliy-texnik taʼminotini amalga oshiradi;
ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi va Komissiya muhokamasiga kiritadi;
Komissiya raisi bilan yigʻilish oʻtkazish muddati va joyini, shuningdek, taklif etilganlar roʻyxatini kelishadi, Komissiya aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni yigʻilish sanasi, vaqti va oʻtkaziladigan joyi haqida xabardor qiladi;
Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, shuningdek, vazirlik va idoralardan “Vatandosh” guvohnomasini berish boʻyicha tavsiyanomalarni qabul qiladi va jamlaydi;
Komissiya yigʻilishining kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Komissiya ishining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralardan oladi;
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uning qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
Komissiya aʼzolarining taklif va mulohazalarini qabul qiladi hamda ularni tizimlashtiradi;
Komissiya yigʻilishi bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalar nusxalari Komissiya aʼzolariga yuborilishini taʼminlaydi;
Komissiya qarorlari ijrosi monitoringini yuritadi va uning yakunlarini Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Komissiyaning qarorlariga hamda Komissiya raisi va oʻrinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
4-bob. Komissiya qarorlarini qabul qilish va ularning bajarilishini taʼminlash
16. Komissiyaning aʼzolari yigʻilish oʻtkazilishidan kamida ikki ish kuni oldin yigʻilish oʻtkazilish vaqti, joyi va kun tartibi toʻgʻrisida xabardor qilinishi lozim.
17. Yigʻilishni Komissiya raisi (rais yoʻqligida uning koʻrsatmasi asosida oʻrinbosari) olib boradi.
18. Komissiya aʼzolari yigʻilishlarda shaxsan ishtirok etadi. Komissiya aʼzosi asossiz sabablarga koʻra uch martadan ortiq yigʻilishlarda ishtirok etmagan taqdirda, unga nisbatan Komissiya raisi tomonidan tegishli taʼsir choralari koʻriladi.
19. Yigʻilish kun tartibidagi masalalar boʻyicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Komissiyaning har bir aʼzosi, shu jumladan, rais ham bitta ovozga ega boʻladi.
20. Komissiya yigʻilishda aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda qaror qabul qilish huquqiga ega.
21. Komissiya yigʻilishlari Komissiyaning ish rejasiga muvofiq, biroq har chorakda kamida bir marta, shuningdek, Komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan shoshilinch masalalarni koʻrib chiqish zarurati yuzaga kelganda navbatdan tashqari oʻtkaziladi.
Komissiya yigʻilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
22. Komissiya yigʻilishlariga koʻrib chiqilayotgan masalalardan kelib chiqqan holda, uning tarkibiga kiritilmagan davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy va taʼlim tashkilotlari rahbarlari hamda mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
23. Komissiya aʼzolarining ish samaradorligini baholash mezonlari va ularni ragʻbatlantirish mexanizmlari, davriyligi hamda moliyaviy manbalari Komissiya yigʻilishlarida muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilish orqali belgilanadi.
24. Komissiya qarorlari uning yigʻilishida ishtirok etadigan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qaror yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirishga haqli.
25. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Komissiya raisi alohida masalalar yuzasidan Komissiya aʼzolari bilan soʻrovnoma oʻtkazish orqali qaror qabul qilish huquqiga ega.
26. Komissiya yigʻilishida qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu bayonnoma rais tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Komissiya aʼzolari, vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa vazirlik va idoralarga yuboriladi.
27. Komissiya tomonidan qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan Komissiya aʼzolari (aʼzosi) tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida oʻz takliflari yoki fikrlarini yozma ravishda ishchi organga taqdim etishi mumkin.
28. Komissiya qarorlarining bajarilishi ishchi organ tomonidan nazorat qilinadi.
29. Komissiya oʻtkazilgan yigʻilish yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 07/24/397/0947-son; 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)