toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari sayloviga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 79 — 84-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari qoʻshma majlisi Maslahat kengashi yigʻilishi bayonnomasining namunasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzolari sayloviga doir saylov byulletenining namunasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari qoʻshma majlisi sanoq komissiyasi bayonnomasining namunasi 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari qoʻshma majlisi bayonnomasining namunasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari sayloviga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 8-yanvardagi 1021-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
4. Ushbu qaror nusxasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga yuborilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-noyabr,
1418-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-noyabrdagi 1418-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-noyabrdagi 1418-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-noyabrdagi 1418-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-noyabrdagi 1418-son qaroriga
4-ILOVA