toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining
buyrugʻi
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3573]
Oʻzbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-oktabr,
113-son
Kelishildi:
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
2024-yil 19-sentabr
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
2024-yil 07-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2024-yil 15-oktabrdagi 113-son buyrugʻiga
ILOVA
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom kiberxavfsizlik subyektlarining axborot tizimlari va resurslari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlarini, shuningdek axborot tizimlari va resurslarini yaratish boʻyicha texnik topshiriq loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
kiberxavfsizlik subyekti — milliy axborot resurslariga ega boʻlish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish hamda ulardan foydalanish boʻyicha elektron axborot xizmatlari koʻrsatish, axborotni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik bilan bogʻliq muayyan huquqlar va majburiyatlarga ega boʻlgan yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi subyektlari;
muhim axborot infratuzilmasi obyektlari — davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari koʻrsatish, mudofaa, davlat xavfsizligini, huquq-tartibotni taʼminlash, yoqilgʻi-energetika majmui (atom energetikasi), kimyo, neft-kimyo tarmoqlari, metallurgiya, suvdan foydalanish va suv taʼminoti, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish, bank-moliya tizimi, transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, strategik ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida, ishlab chiqarish sohasida, shuningdek iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida va ijtimoiy sohada qoʻllaniladigan axborotlashtirish tizimlari;
texnik topshiriq — axborot tizimini ishlab chiqish, ishga tushirish va qabul qilish davomida amalga oshirilishi kerak boʻlgan qarorlarga qoʻyiladigan talablar qayd qilingan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
moliya-kredit tashkilotlari — kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolari;
ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot — “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
2. Davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari, muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan majburiy tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilganidan boshqa axborot tizimlari va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish kiberxavfsizlik subyektlarining tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Kiberxavfsizlik subyektlarining axborot tizimlari va resurslari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlarini, shuningdek texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi, bundan mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Moliya-kredit tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslari hamda bank sohasidagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlarini, shuningdek texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda, Markaziy bank tomonidan ekspertizadan oʻtkazish uchun yetarli sharoitlar yaratish talablari bajarilgan taqdirda, ekspertizadan oʻtkazish amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
4. Davlat sirlarini tashkil etadigan maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimlari va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizasi axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyalash doirasida amalga oshiriladi.
5. Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza quyidagilar:
texnik topshiriqlar loyihalari — kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik;
kiberxavfsizlik subyektlarining axborot tizimlari va resurslari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari — texnik topshiriqlar va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik boʻyicha oʻtkaziladi.
6. Foydalanilayotgan axborot tizimlari ikki yilda kamida bir marta kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.
7. Kiberxavfsizlik subyektlarining veb-saytlar koʻrinishidagi axborot resurslari bir yilda kamida bir marta kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.
8. Tayyor yechim shaklida xorijda ishlab chiqilgan axborot tizimlari va resurslari faqat kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.
9. Yangi ishlab chiqiladigan axborot tizimi yoki resursi foydalanishga joriy etishdan avval texnik topshiriq va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan mazkur Nizomning 3 va 4-boblarida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11-bob. Markaziy bank tomonidan ekspertizadan oʻtkazish uchun yetarli sharoitlar yaratilganligini aniqlash
91. Moliya-kredit tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslari hamda bank sohasidagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlarini, shuningdek texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun yetarli sharoitlar yaratilganligini oʻrganish kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) va uning ishchi organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
92. Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun yetarli sharoitlar yaratish talablariga quyidagilar kiradi:
ekspertizadan oʻtkazish boʻlinmasi tuzilganligi va unda malakali mutaxassislar mavjudligi;
kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazuvchi mutaxassislarning malakasi vakolatli davlat organi va uning ishchi organi tomonidan tasdiqlanganligi;
ekspertiza oʻtkazish boʻlinmasida kiberxavfsizlik talablarini yetarli darajada tekshirish imkonini beruvchi sertifikatlangan (litsenziyalangan) dasturiy, apparat-dasturiy vositalar mavjudligi;
axborot tizimi va resurslarining sinov nusxalarini ishga tushirish va ularni test qilish uchun yetarli quvvatga ega (xotira va protsessor resursli) hisoblash texnikasining mavjudligi;
ekspertizadan oʻtkazish metodikasini vakolatli davlat organi va uning ishchi organi bilan kelishilganligi;
ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha vakolatli davlat organi va uning ishchi organini xabardor etish tizimining mavjudligi.
Xabardor etish tizimi (elektron pochta va vakolatli davlat organi bilan kelishilgan boshqa tizimlar) orqali kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilgan axborot tizimi va resursining nomi, axborot tizimi va resursida aniqlangan zaifliklar va kamchiliklar hamda ularning bartaraf etilganlik holati boʻyicha maʼlumotlar vakolatli davlat organi va uning ishchi organiga yuboriladi.
93. Markaziy bank tomonidan mazkur Nizomning 92-bandida koʻrsatilgan talablar bajarilganligini vakolatli davlat organ va uning ishchi organi tomonidan oʻrganish natijalari boʻyicha ikki nusxada tegishli bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bayonnoma Markaziy bank, vakolatli davlat organi va uning ishchi organi vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi.
94. Ekspertizadan oʻtkazish uchun yetarli sharoitlar yaratish talablari bajarilganligi toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank tomonidan moliya-kredit tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslari hamda bank sohasidagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari, shuningdek texnik topshiriqlar loyihalari kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilishi mumkin.
95. Ekspertizadan oʻtkazish uchun yetarli sharoitlar yaratish talablari bajarilmaganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank tomonidan kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vakolatli davlat organi va uning ishchi organi tomonidan ekspertizadan oʻtkazish uchun yetarli sharoitlar yaratilganligini oʻrganish natijalari boʻyicha qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida bu haqida Markaziy bankka xabar qilinadi.
Markaziy bank tomonidan kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan oʻtkazilgan ekspertizada uning natijasiga salbiy taʼsir etuvchi holatlar aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organi ushbu holatlar Markaziy bank tomonidan bartaraf etilguniga qadar uning ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini vaqtincha toʻxtatish haqida qaror qabul qiladi hamda bu haqida bir ish kuni ichida Markaziy bankka xabarnoma yuboradi.
(11-bob Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
2-bob. Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish
10. Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun ariza kiberxavfsizlik subyektlari tomonidan ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Arizaga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi texnik topshiriq loyihasi boʻyicha maʼlumot, texnik topshiriq loyihasi va unga tegishli ilovalar hamda texnik topshiriq loyihasiga tushuntirish xati ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot ariza va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlar va texnik topshiriqlar loyihalarini koʻrib chiqadi hamda ularni kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Quyidagi hollarda ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan kiberxavfsizlik subyektiga texnik topshiriq loyihasi kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish rad etilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
texnik topshiriq loyihasining shakli, tarkibi va uni rasmiylashtirilishi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq boʻlmaganda;
axborot tizimini ishlab chiqish, ishga tushirish va qabul qilish bilan bogʻliq boʻlmagan texnik topshiriq loyihalari taqdim etilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Kiberxavfsizlik subyekti xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda ekspertizadan oʻtkazish uchun takroran ariza berishi mumkin. Bunda, takroran berilgan ariza ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi, bundan mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot kiberxavfsizlik subyektiga ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 30 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
16. Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishda:
texnik topshiriqlar loyihalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi;
texnik topshiriqlar loyihalarida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarining qoʻllanishi;
texnik topshiriqlar loyihalarida axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash nazarda tutilganligi tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ekspertizadan oʻtkazish jarayonida texnik topshiriqlar loyihalari mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlansa, ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot kiberxavfsizlik subyektini texnik topshiriqda aniqlangan nomuvofiqliklarni 30 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Bunda, ushbu muddat davomida texnik topshiriqlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish muddati toʻxtatib turiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Kiberxavfsizlik subyekti texnik topshiriqlar loyihalaridagi nomuvofiqliklarni belgilangan muddatda bartaraf etgandan soʻng ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotga ekspertizani davom ettirish uchun texnik topshiriq loyihasini taqdim etadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
19. Ekspertiza natijalari boʻyicha ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Texnik topshiriqlar loyihalari mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa va kiberxavfsizlik subyekti tomonidan texnik topshiriq loyihasidagi nomuvofiqliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot texnik topshiriq loyihasini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspert xulosasi berishni rad etadi hamda bu haqda rad etish sabablarini koʻrsatgan holda 3 ish kuni ichida kiberxavfsizlik subyektini xabardor qiladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Kiberxavfsizlik subyekti texnik topshiriq loyihasini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun takroran ariza taqdim etishi mumkin. Bunda, takroran berilgan ariza boʻyicha texnik topshiriqlar loyihalari ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Texnik topshiriqlar loyihalari mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan texnik topshiriq loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi va 3 ish kuni ichida kiberxavfsizlik subyektiga taqdim etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ekspert xulosasi ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
23. Ekspert xulosasida texnik topshiriq nomi, axborot tizimining vazifasi, texnik topshiriq loyihasining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Axborot tizimi yoki resursini ishlab chiqish davrida yoki undan soʻng mazkur axborot tizimi yoki resursiga funksional oʻzgartirish kiritish, shu jumladan yangi versiyada ishlab chiqish yoki unga qoʻshimcha funksiyalar qoʻshish rejalashtirilsa, kiberxavfsizlik subyekti ushbu oʻzgartirishlarni oʻzida jamlagan texnik topshiriq loyihasini ishlab chiqadi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotga taqdim etadi. Bunda, ekspertiza ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
3-bob. Axborot tizimlari va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish
25. Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish mazkur Nizomning 4-ilovasida koʻrsatilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizani oʻtkazish uchun ariza kiberxavfsizlik subyektlari tomonidan ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotga mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
texnik topshiriq va uning ilovalari, shu jumladan, administrator hamda foydalanuvchilar qoʻllanmasi;
axborot tizimi yoki resursining Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi manzili (axborot tizimi yoki resursida sinov maʼlumotlari boʻlishi lozim);
axborot tizimi yoki resursi va ularning modullariga masofadan kirish imkonini beruvchi maʼlumotlar (superadministrator huquqi);
axborot tizimi yoki resursi oʻrnatilgan server qurilmalariga masofadan kirish imkonini beruvchi maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida taqdim etilgan ariza va unga ilovalarni koʻrib chiqadi hamda axborot tizimi va resursini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma yuboradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Quyidagi hollarda ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan kiberxavfsizlik subyektiga axborot tizimi va/yoki resursi texnik topshiriq talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish rad etilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
mazkur Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda;
kiberxavfsizlik subyekti tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar boʻyicha axborot tizimi yoki resursiga masofadan kirish imkoni boʻlmaganda;
texnik topshiriqda belgilangan quyi tizim va modullar axborot tizimi yoki resursida toʻliq mavjud boʻlmaganda;
texnik topshiriq kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilmaganda yoki u ekspertizadan oʻtkazilgan texnik topshiriqqa muvofiq boʻlmaganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Kiberxavfsizlik subyekti xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda ekspertizadan oʻtkazish uchun takroran ariza berishi mumkin. Bunda, takroran berilgan ariza ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
(28-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Mazkur Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot kiberxavfsizlik subyektiga ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 60 ish kuni ichida oʻtkaziladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
31. Ekspertizadan oʻtkazishda axborot tizimi va resurslari texnik topshiriqda belgilangan texnik talablar asosida ishlab chiqilganligi tekshiriladi.
32. Ekspertiza natijalari boʻyicha ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Axborot tizimi va resurslari texnik topshiriqda belgilangan texnik talablarga muvofiq boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan axborot tizimi yoki resursini texnik topshiriq talablariga muvofiqligi yuzasidan ijobiy ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi va 3 ish kuni ichida kiberxavfsizlik subyektiga taqdim etiladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Axborot tizimi yoki resurslari mazkur Nizomning 31-bandida belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan axborot tizimi yoxud resursining texnik topshiriq talablariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida salbiy ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi hamda unda axborot tizimi yoki resursining texnik topshiriq talablariga nomuvofiqligi asoslari koʻrsatiladi. Ekspert xulosasi imzolangan kundan boshlab 3 ish kuni ichida kiberxavfsizlik subyektiga taqdim etiladi.
Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan axborot tizimlari va resurslarini texnik topshiriq talablariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida salbiy ekspert xulosasi berilganda, kiberxavfsizlik subyekti ekspertizadan oʻtkazish uchun takroran ariza taqdim etishi mumkin. Bunda, takroran berilgan ariza boʻyicha axborot tizimi va resursi ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda ekspertizadan oʻtkaziladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
35. Ekspert xulosasida ekspertiza oʻtkazishning asosi va predmeti, ekspertiza oʻtkazilgan muddatlar, axborot tizimi yoki resursi boʻyicha umumiy maʼlumotlar hamda ekspertiza oʻtkazish natijalari qisqacha bayon etiladi. Ekspertiza xulosasiga axborotni himoya qilish choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalar va boshqa maʼlumotlar ilova qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ekspertiza xulosasi ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Axborot tizimi yoki resursiga funksional oʻzgartirishlar kiritilsa, shu jumladan yangi versiyada ishlab chiqilsa yoki unga qoʻshimcha funksiyalar qoʻshilsa, kiberxavfsizlik subyekti 10 ish kuni ichida axborot tizimi yoki resursining oʻzgartirilgan qismini mazkur oʻzgartirishlar kiritishga asos boʻlgan texnik topshiriq talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotga taqdim etishi lozim. Bunda, ekspertiza ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
4-bob. Axborot tizimlari va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish
38. Axborot tizimi va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish mazkur Nizomning 6-ilovasida koʻrsatilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizani oʻtkazish uchun ariza kiberxavfsizlik subyektlari tomonidan ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotga mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Arizaga quyidagi maʼlumotlar ilova qilinadi:
axborot tizimi yoki resursini lokal kompyuterda ishga tushirish uchun zarur boʻlgan manba kodining hajmi (megabaytda (MB) koʻrsatiladi);
axborot tizimi yoki resursining modullari soni;
axborot tizimi yoki resursidagi rollar soni (masalan, operator, moderator, foydalanuvchi);
axborot tizimi yoki resursi maʼlumotlar bazasining hajmi (megabaytda (MB) koʻrsatiladi);
axborot tizimi yoki resursining maʼlumotlar bazasidagi jadvallar soni;
axborot tizimi yoki resursiga integratsiya qilinadigan (qilingan) boshqa axborot tizimlari va resurslari soni hamda tavsiflovchi maʼlumotlari;
texnik hujjatlar toʻplami, shu jumladan texnik topshiriq, qoʻllanmalar va boshqalar (zarurat mavjud boʻlsa).
Konfidensial maʼlumotlarni qayta ishlashga moʻljallangan axborot tizimlari va resurslari uchun ushbu axborot tizimi va resursini lokal kompyuterda ishga tushirish uchun zarur boʻlgan manba kodi talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida taqdim etilgan ariza va unga ilovalarni koʻrib chiqadi hamda axborot tizimi yoki resursini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma yuboradi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Kiberxavfsizlik subyekti tomonidan mazkur Nizomning 39-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda, ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan axborot tizimi va resursini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Kiberxavfsizlik subyekti xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda ekspertizadan oʻtkazish uchun takroran ariza berishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Mazkur Nizomning 41-bandida koʻrsatilgan kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot kiberxavfsizlik subyektiga ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Arizachi ekspertiza oʻtkazish uchun zaruriy dasturiy va/yoki texnik vositalar hamda ularga tegishli boʻlgan hujjatlar bilan ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotni taʼminlaydi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Axborot tizimi yoki resursini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizani oʻtkazish muddati axborot tizimi yoki resursining murakkabligini hisobga olgan holda ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot va kiberxavfsizlik subyektining kelishuviga muvofiq belgilanadi, biroq ushbu muddat ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 60 ish kunidan oshmasligi lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
44. Ekspertiza natijalari boʻyicha ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.
45. Ekspertizadan oʻtkazishda axborot tizimi yoki resursini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi, shu jumladan axborot xavfsizligi zaifliklari, axborot tizimi yoxud resursi administratori tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatoliklar, axborot tizimi yoki resursi doirasida joriy etilgan zaif dasturiy taʼminotlar va boshqa holatlar tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Axborot tizimi va resurslari kiberxavfsizlik talablariga muvofiq boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan axborot tizimi yoki resursini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ijobiy ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi va 3 ish kuni ichida kiberxavfsizlik subyektiga taqdim etiladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Axborot tizimlari yoki resurslari mazkur Nizomning 45-bandida belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan axborot tizimi yoxud resursi kiberxavfsizlik talablariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida hisobot tuziladi va unda kiberxavfsizlik talablariga nomuvofiqlik holatlari, ularning oqibatlari va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar nazarda tutiladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Kiberxavfsizlik subyekti hisobotda koʻrsatilgan nomuvofiqliklarni bartaraf etib, ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotga 20 ish kuni ichida qayta ekspertiza oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin. Bunda, ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan qayta ekspertiza 10 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
(48-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Kiberxavfsizlik subyekti tomonidan 20 ish kuni ortiq muddatda taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi va ekspertizadan oʻtkaziladi.
49. Axborot tizimlari yoki resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspert xulosasida ekspertiza oʻtkazishning asosi va predmeti, ekspertiza oʻtkazilgan muddatlar, axborot tizimi yoki resursi boʻyicha umumiy maʼlumotlar hamda ekspertiza oʻtkazish natijalari, axborotni himoya qilish choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalar va boshqa maʼlumotlar bayon etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Ekspert xulosasi va hisobot ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Axborot tizimi yoki resursiga funksional oʻzgartirishlar kiritilsa, shu jumladan yangi versiyada ishlab chiqilsa yoki unga qoʻshimcha funksiyalar qoʻshilsa, kiberxavfsizlik subyekti 10 ish kuni ichida axborot tizimi yoki resursini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotga taqdim etishi lozim. Bunda, ekspertiza ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
52. Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot va uning masʼul xodimlari ekspertiza oʻtkazish jarayonida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarning konfidensialligini taʼminlashi lozim.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
53. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

 

Ishtirokchi

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Kiberxavfsizlik subyekti

 

Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun arizani ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotga taqdim etish.

 

oʻz xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot

 

1. Ariza, taqdim etilgan hujjatlar va texnik topshiriqlar loyihalarini koʻrib chiqish.

2. Texnik topshiriqlar loyihalari belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, ekspertiza oʻtkazishni rad etish haqida xabarnoma yuborish.

3. Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma yuborish.

 

10 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Kiberxavfsizlik subyekti

 

Texnik topshiriqlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib ekspertiza oʻtkazish uchun takroran ariza taqdim etish.

 

oʻz xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot

 

1. Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish.

2. Texnik topshiriqlar loyihalarida kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish boʻyicha kiberxavfsizlik subyektiga xabarnoma yuborish.

 

30 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Kiberxavfsizlik subyekti

 

Texnik topshiriqda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish va ekspertizani davom ettirish uchun taqdim etish.

 

30 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot

 

1. Texnik topshiriq loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasini taqdim etish.

2. Texnik topshiriq loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasi berishni rad etish.

 

3 ish kuni

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun

ARIZA
 

__________________________________________________________________

(Ariza beruvchi tashkilotning nomi)

Sizdan quyidagi texnik topshiriq(lar) loyiha(lar)ini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishingizni soʻraydi:

- _____________________________________________________________________________________________________;

(Texnik topshiriq loyihasining nomi)

- _____________________________________________________________________________________________________;

(Texnik topshiriq loyihasining nomi)

- _____________________________________________________________________________________________________.

(Texnik topshiriq loyihasining nomi)

 

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

1) Texnik topshiriq loyihasi;

2) Texnik topshiriq loyihasi ilovalari;

3) Loyiha boʻyicha tushuntirish xati.
 

Tashkilot rahbari

(imzo)

(F.I.O.)

Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Texnik topshiriqlar loyihalari boʻyicha
MAʼLUMOT

1.

Kiberxavfsizlik subyektining toʻliq nomi

 

2.

Texnik topshiriqni ishlab chiquvchi tashkilotning toʻliq nomi

 

3.

Texnik topshiriq xaqida umumiy maʼlumot

3.1.

Texnik topshiriqning nomi

 

3.2.

Texnik topshiriq versiyasi

 

3.3.

Texnik topshiriqning sahifalari soni

 

4.

Texnik topshiriq loyihasining turi

4.1.

  • Axborot tizimini yaratish
  • Axborot tizimini oʻzgartirish

5.

Axborot tizimi xaqida maʼlumot

5.1.

Axborot tizimining toʻliq nomi

 

5.2.

Axborot tizimining versiyasi

 

5.3.

Axborot tizimi quyi tizimlarining turlari

5.3.1.

  • Kompyuter qurilmasi
  • Periferiya qurilmalari

5.3.2.

  • Server qurilmasi
  • Maʼlumotlarni saqlash tizimlari

5.3.3.

  • Tarmoq qurilmasi
  • Xavfsizlik qurilmalari

5.3.4.

  • Tizimli dasturiy taʼminot
  • Amaliy dasturiy taʼminot

5.3.5.

  • Maʼlumotlar bazasi
  • Xavfsizlik boʻyicha dasturiy taʼminot

5.3.6.

  • Virtuallashtirish tizimi
  • Bulutli xisoblashlar

5.3.7.

  • Pochta serveri
  • SIP/VoIP

5.3.8.

  • Internet-shlyuz
  • VPN

5.3.9.

  • Domen kontrolleri
  • Korporativ portal

5.3.10.

  • Resurslarni boshqarish tizimi
  • Loyihalarni boshqarish tizimi

5.3.11.

  • Mijozlar bilan ishlash tizimi
  • Veb-sayt/Veb ilova

5.4.

Axborot tizimini amalga oshirish tartibi

5.4.1.

  • Qurilmani xarid qilish
  • Dasturiy taʼminotni xarid qilish

5.4.2.

  • Xizmatlarni xarid qilish
  • Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish

5.4.3.

  • Axborot infratuzilmasini qurish
  • Tarmoq infratuzilmasini qurish
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish
sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

 

Ishtirokchi

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Kiberxavfsizlik subyekti

 

Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun arizani ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotga taqdim etish.

 

oʻz xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot

 

1. Ariza va taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish.

2. Axborot tizimi va resurslari belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, ekspertiza oʻtkazishni rad etish haqida xabarnoma yuborish.

3. Texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma yuborish.

 

10 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Kiberxavfsizlik subyekti

 

Axborot tizimi va resurslarini ekspertizadan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib ekspertiza oʻtkazish uchun takroran ariza taqdim etish.

 

oʻz xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot

 

Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish.

 

60 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot

 

1. Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqligi yuzasidan ijobiy ekspert xulosani taqdim etish.

2. Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga nomuvofiqligi yuzasidan salbiy ekspert xulosani taqdim etish.

 

3 ish kuni

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun

ARIZA


 

______________________________________________________________________

(Tashkilot nomi)

Sizdan quyidagi axborot tizimi yoki resurs(lar)ini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishingizni soʻraydi:

___________________________________________________________________________________________________;

(Axborot tizimi yoki resursining nomi)

___________________________________________________________________________________________________;

(Axborot tizimi yoki resursining nomi)

___________________________________________________________________________________________________.

(Axborot tizimi yoki resursining nomi)


Axborot tizimi yoki resursi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
 

Toʻliq nomi:

_______________________________

Qisqacha nomi:

_______________________________

Ishlab chiquvchining nomi:

_______________________________

Arizachining manzili va aloqa raqamlari:

Manzil: 

_______________________________

Telefon:

_______________________________

Elektron pochta manzili:

_______________________________



Tashkilot rahbari



 

(imzo)



 

(F.I.O.)

Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Axborot tizimlari va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

 

Ishtirokchi

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Kiberxavfsizlik subyekti

 

Axborot tizimi va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun arizani ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotga taqdim etish

 

oʻz xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot

 

1. Ariza va taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish.

2. Axborot tizimi va resurslari toʻgʻrisida toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda, ekspertiza oʻtkazishni rad etish haqida xabarnoma yuborish.

3. Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma yuborish.

 

3 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Kiberxavfsizlik subyekti

 

Axborot tizimi va resurslarini ekspertizadan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib ekspertiza oʻtkazish uchun takroran ariza taqdim etish.

 

oʻz xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot

 

1. Axborot tizimi va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish.

2. Axborot tizimi va resurslari kiberxavfsizlik talablariga nomuvofiq boʻlganda, bu haqda hisobot tuzish va uni kiberxavfsizlik subyektiga yuborish.

 

60 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Kiberxavfsizlik subyekti

 

Axborot tizimi va resurslarida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish va qayta ekspertiza oʻtkazish uchun ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilotga taqdim etish.

 

20 ish kuni

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Ekspertizadan oʻtkazuvchi tashkilot

 

1. Qayta ekspertiza oʻtkazish uchun taqdim etilgan axborot tizimi va resurslarini ekspertizadan oʻtkazish.

2. Texnik topshiriq loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasini taqdim etish.

 

10 ish kuni

 

3 ish kuni

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2025-yil 5-iyundagi 53-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3573-1, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

Axborot tizimi yoki resursini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun

ARIZA


 

____________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________

(Tashkilot nomi, ariza beruvchining F.I.Sh.)

____________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________

(axborot tizimining nomi)

kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishingizni soʻraymiz.

Ilovalar _____ varaqda.

 

Tashkilot rahbari

(imzo)

(F.I.O.)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2024-y., 10/24/3573/0934-son; 14.07.2025-y., 10/25/3573-1/0610-son)