toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 12-noyabrda hisobga olindi, hisob raqami 312]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1997-yil 13-martdagi 17-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.06.01-97 “Gidrotexnik inshootlar” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-oktabr,
01/2-80-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 8-oktabr
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
2024-yil 4-oktabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 27-sentabr
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 9-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 22-oktabrdagi 01/2-80-son buyrugʻiga
ILOVA
SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan gidrotexnika inshootlarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllanilgan:
SHNQ 2.01.14-21 Hisobiy gidrologik tavsiflarni aniqlash;
QMQ 2.03.11-96 Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish;
SHNK 2.06.03-12 Sugʻorish tizimlari. Loyihalash normalari;
SHNQ 2.06.04-21 Gidrotexnika inshootlariga boʻladigan yuklanish va taʼsirlar;
GOST 9.602-2016 Korroziya va eskirishdan himoya qilish yagona tizimi. Yerosti inshootlari. Korroziyadan himoyalashga umumiy talablar (rasmiy manba: GOST 9.602-2016 Yedinaya sistema zashiti ot korrozii i stareniya. Soorujeniya podzemnie. Obshiye trebovaniya k zashite ot korrozii);
GOST 26775-97 Ichki suv yoʻllaridagi koʻpriklarning koʻprik osti kema qatnov oraliqlarining oʻlchamlari. Meʼyorlar va texnik talablar (rasmiy manba: Gabariti podmostovie sudoxodnix proletov mostov na vnutrennix vodnix putyax. Normi i texnicheskiye trebovaniya).
2-bob. Atamalar, taʼriflar va qisqartmalar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
gidrotexnika inshootlari — suv omborlari toʻgʻonlari, daryolar, soylar, kanallar va kollektorlardagi toʻgʻonlar, daryolarning oʻzanlarini toʻsuvchi inshootlar, suv olish, suv oʻtkazish, suv tashlash hamda qirgʻoqlarni himoya qilish inshootlari, gidroelektrostansiyalar, nasos stansiyalari;
gidrouzel — joylashuvi boʻyicha birlashgan gidrotexnika inshootlarining guruhlari.
3. Ushbu SHNQda qoʻyidagi shartli belgilanishlar va qisqartmalar qoʻllanilgan:
NOʻM — nazorat-oʻlchash moslamalari;
NDS — normal dimlangan sath;
JDS — jadallashgan dimlangan sath;
GES — gidroelektr stansiyasi;
GTES — gidrotoʻplash elektr stansiyasi;
NS — nasos stansiyasi.
3-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Asosiy talablar
4. Doimiy gidrotexnika inshootlarining turlari mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq boʻlishi kerak.
Gidrotexnika inshootlarining sinfini ushbu SHNQning 2-ilovasiga muvofiq belgilash zarur.
5. Gidrotexnika inshootlarini suv resurslaridan kompleks foydalanish, suv xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish va joylashtirish sxemalari hamda suv oqimi yoki suv havzasidan kompleks foydalanish sxemalari asosida qurilish obyektlarini umumiylashtirish talablaridan kelib chiqqan holda loyihalash lozim.
6. Gidrotexnika inshootlarining turi, ularning parametrlari va komponovkalari hamda hisoblangan suv sathlari texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini taqqoslash asosida va quyidagilarni hisobga olish kerak:
gidrotexnika inshootlarni qurish joylari va hududning tabiiy sharoitlarini (iqlimiy, muhandislik-geologik, gidrogeologik, seysmik, topografik, gidrologik, biologik);
suv xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish va joylashtirishni, shuningdek transport sxemasini oʻzgartirish va yuk aylanmasining koʻpaytirishni, sugʻorish va zax qochirishni, suv taʼminotini, suv omborlari va suv oqimlarining qirgʻoq boʻyi maydonlarini, neft va gaz konlarini, issiqlik va atom elektr stansiyalarini ishlab chiqishni;
yuqori va quyi byeflardagi daryolarning gidrologik, termik tartibining oʻzgarishlarini prognoz qilishni;
daryolar va suv omborlarining oʻzanlari va qirgʻoqlarini loyqa bosishi hamda qayta shakllantirilishini;
hududlarni suv bosishi hamda u yerda joylashgan binolar va inshootlarni muhandislik jihatidan muhofaza qilishni;
kemasozlik, baliqchilik xoʻjaligi, suv taʼminoti va melioratsiya tizimlari ishlarining shartlari va vazifalarini oʻzgarishlarini;
aholining maishiy sharoitlari va dam olishini (sanatoriya, kurort zonalari).
7. Suvning sifatini taʼminlashda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur:
biogen elementlarni (tarkibida azot boʻlgan moddalar, fosfor) kelishini cheklash, ularning suvdagi miqdori yoʻl qoʻyilgan maksimal konsentratsiyasidan oshmasligini taʼminlash;
gidrotexnika inshootlaridan doimiy va vaqtinchalik foydalanish;
ishlab chiqarish ishlari, mehnat resurslarini mavjudligi shartlari va usullari;
tabiiy resurslarni ishlab chiqish imkoniyatlari;
suv oqimi va suv havzalari qirgʻoqlarida joylashgan gidrotexnika inshootlariga estetik va arxitektura talablarini taʼminlash.
8. Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
gidrotexnika inshootlari va ularning poydevorlarini ishonchliligi va ulardan foydalanish boʻyicha talablar hamda choʻkindilar, sellar, muz, mayda muz parchalari, oquvchi jismlarining noqulay taʼsirini kamaytirish shartlarini;
qurilish va foydalanish davrida gidrotexnika inshootlari va uskunalarning ishlashi va ularning holatini doimiy kuzatuvlarini;
gidrotexnika inshootlari tarmogʻini arxitekturaviy bezashni;
eng yuqori darajadagi mexanizatsiya ishlarini va eng kam mehnat sarflarida qurilishning normativ davomiyligini tanlashni;
suv omborining joyini va yon atrofidagi hududlarni tayyorlashni;
baliqlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini tashkil etishni;
foydali qazilmalar konlarini muhofaza qilishni;
qishloq xoʻjaligi yerlarini, qoʻriqxonalarni va madaniy yodgorliklarni saqlanishini;
kemasozlikning zarur shartlarini;
quyi byefda qulay sath va tezlik hamda oʻzlashtirilgan yerlar uchun yer osti suvlari darajasining qulay tartibini;
qurilishda va foydalanishda yongʻin xavfsizligi va yongʻin oʻchirish vositalarini.
9. Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlik va quyidagi imkoniyatlarni hisobga olish lozim:
turli foydalanish funksiyalarini bajaradigan gidrotexnika inshootlarini birlashtirishni;
gidrotexnika inshootlarini qurish va ularni alohida ishga tushirish majmualari bilan foydalanishga topshirishni;
mavjud gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiyasini;
uskunalar, konstruksiyalar va ularning oʻlchamlarini, qurilish-montaj ishlarini bajarish usullarini birxillashtirishni;
meliorativ va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan gidrouzellarda hosil boʻladigan bosimdan energetika maqsadlarida foydalanishni.
10. Yer osti gidrotexnika inshootlarini loyihalashda grunt massivi tarkibini uning suvliligini, gaz miqdori, geologik xususiyatlarini va radioaktivligini hisobga olish kerak.
11. Gidrotexnika inshootlarini qurish jarayonida quyidagilar inobatga olinishi kerak:
atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etish chora-tadbirlari;
hududdagi daraxt va butalar hamda yashil maydonlarga zarar yetkazmaslik, daraxt va butalar atrofi betonlab tashlanmasligi.
12. I va II sinfdagi hamda III sinf asosiy gidrotexnika inshootlarini loyihalashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
qurilish jarayonida va foydalanishda gidrotexnika inshootlarining ishonchliligini baholashni;
nuqsonlarni oʻz vaqtida aniqlashni;
taʼmirlash tadbirlari tayinlashni;
avariyalarning oldini olish va foydalanishni yaxshilash uchun qurilish jarayonida hamda foydalanish vaqtida gidrotexnika inshootlari va ularning asoslarining ishlashini tabiiy kuzatish uchun nazorat-oʻlchov moslamalari oʻrnatilishini.
13. IV sinfdagi gidrotexnika inshootlarida NOʻMlarni oʻrnatish, shuningdek III sinfdagi gidrotexnika inshootlarida esa NOʻMlarni oʻrnatmaslik texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan boʻlishi kerak.
Asosiy gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirishda, ularning taʼsir doirasidagi hududlarda favqulodda vaziyatlar yuz berganda xabar beruvchi mahalliy ogohlantirish tizimlari loyihalanishi lozim.
14. I va II sinf gidrotexnika inshootlarini loyihalashda qabul qilingan texnik yechimni asoslash uchun ilmiy-tadqiqot ishlari, eksperimental va tajriba-konstruktorlik ishlari olib borilishi kerak.
III va IV sinf gidrotexnika inshootlari uchun ilmiy-tadqiqot ishlari, eksperimental va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish asoslangan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
2-§. Gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilish
15. Doimiy gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilishda quyidagilar bajarilishi kerak:
energetika obyektlarida elektroenergiya ishlab chiqish;
sugʻorish tizimlarini suv bilan taʼminlanganligini oshirish, zax qochiriladigan yoki sugʻoriladigan va ularga tutash hududlarda, kanallarning trassalari atrofida yer osti suvlarini rejimini yaxshilash;
portlarda va kemasozlik inshootlarida yuk va kema oʻtkazish imkoniyatini oshirish;
gidrouzelning taʼsir zonasini ekologik sharoitlarini yaxshilash;
gidrotexnika inshootlarining uskunalarni almashtirish;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlashni oshirish.
Asosiy gidrotexnika inshootlari rekonstruksiya qilinganda, ulardan foydalanish toʻxtatilmasligi lozim.
16. Gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilishda mavjud inshootlar va ularning yuk koʻtarish qobiliyati zaxiralaridan maksimal darajada foydalanish kerak.
Rekonstruksiya qilinayotgan gidrotexnika inshootlari va ularning elementlari poydevorining materiallari va gruntlarining texnik holati maxsus tadqiqotlar bilan aniqlanishi kerak.
2-bob. Asosiy hisobiy talablar, yuklanish va taʼsirlar
17. Gidrotexnika inshootlari, ularning konstruksiyalari va poydevorlarini chegaraviy holatlar usuli boʻyicha hisoblash kerak.
Hisoblash ikkita chegaraviy holatlar guruhlari boʻyicha amalga oshirilishi kerak:
gidrotexnika inshootlari, ularning konstruksiyalari va poydevorlarining foydalanishga toʻliq yaroqsizligi — poydevor umumiy mustahkamligi va barqarorligini hisoblash, poydevor va gruntli inshootlarini umumiy filtratsiyalar mustahkamligi, gidrotexnika inshootlarining alohida elementlarining mustahkamligi, ularning mustahkamligi yoki barqarorligi bilan bogʻliq boʻlgan konstruksiyalarni siljishi hisob-kitoblari;
normal foydalanishda yaroqsizligi — mahalliy mustahkamlikka asoslarni hisoblash, siljish va deformatsiyalarni cheklash boʻyicha hisob-kitoblar, yoriqlar va qurilish choklarini shakllanishiga yoki ularni topishga, mahalliy filtratsiyalash mustahkamligini yoki birinchi guruhning chegaraviy holatlari uchun koʻrib chiqilmaydigan gidrotexnika inshootlarining alohida elementlarining mustahkamligini buzilishiga hisoblash.
18. Gidrotexnika inshootlarini, ularning konstruksiyalarini va poydevorlarini hisoblashda chegaraviy holatlar vujudga kelmasligini taʼminlaydigan quyidagi shartga rioya qilish lozim:
γic Fc / γn
bu yerda:
γic — yuklarning uygʻunlashtirish koeffitsiyenti:
normal foydalanish davrida yuklar va taʼsirlarning asosiy birikmalari uchun birinchi guruhning chegaraviy holatlari boʻyicha hisob-kitoblarda — 1,0;
qurilish va taʼmirlash davri uchun — 0,95;
yuklar va taʼsirlarni maxsus birikmalari uchun — 0,90;
ikkinchi guruhning chegaraviy holati boʻyicha hisob-kitoblarda — 1,0.
F — umumlashtirilgan kuch taʼsirining (kuch, moment, kuchlanish), deformatsiya yoki chegara holatini baholash amalga oshiriladigan boshqa parametrining hisobiy qiymati;
R — umumlashtirilgan yuk koʻtarish qobiliyati, deformatsiya bilan belgilanadigan boshqa parametrlarni hisobiy qiymati;
γs — gidrotexnika inshootlarining turini, konstruksiyasini yoki poydevorini, material turini, hisobiy chizmalarning yaqinligini, chegaraviy holati turini va boshqa omillarni hisobga olgan holda va ayrim turdagi gidrotexnika inshootlarini, ularni konstruksiyalarini va poydevorlarini loyihalash uchun ish sharoitlari koeffitsiyenti;
γn — gidrotexnika inshootlarining vazifasiga koʻra ishonchlilik koeffitsiyenti.
Birinchi guruhning chegaraviy holati boʻyicha hisob-kitoblarda gidrotexnika inshootlari sinfi uchun quyidagicha qabul qilinishi kerak:
I — 1,25;
II — 1,20;
III — 1,15;
IV — 1,10.
Ikkinchi guruhning chegaraviy holatlari boʻyicha hisob-kitoblarda γn ni 1,0 ga teng deb qabul qilish lozim.
Tabiiy qoyalar barqarorligini hisob-kitob qilishda γn ni loyihalashtirilayotgan gidrotexnika inshootlari yaqin joylashgan sinfi uchun kabi qabul qilinishi kerak.
19. Materiallarning hisobiy qarshiliklari va gruntlarning xususiyatlarini aniqlash uchun qabul qilingan materiallar γm va gruntlar γ g boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlarining qiymatlari gidrotexnika inshootlarining alohida turlarini, ularning konstruksiyalari va asoslarini loyihalash ushbu SHNQ boʻyicha belgilanishi kerak.
Materiallar va gruntlarning hisobiy qarshiliklari eksperimental tadqiqotlar natijalarini statistik qayta ishlashdan soʻng aniqlanishi lozim.
20. Yuklarning hisobiy qiymati uning normativ qiymatiga mos keladigan yuk boʻyicha tegishli ishonchlilik koeffitsiyentiga γ f koʻpaytirish bilan aniqlanishi lozim.
Gidrotexnika inshootlarining konstruksiyalarini va poydevorlarini loyihalashda, yuklarning normativ qiymatlarini mazkur SHNQning talablari boʻyicha aniqlash kerak.
Birinchi guruhning chegaraviy holatlari uchun hisob-kitoblarda γ f yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentining qiymatlari mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq qabul qilinishi kerak.
21. Gidrotexnika inshootlari, ularning konstruksiyalari va poydevorlarini ikkinchi guruhning chegaraviy holatlari boʻyicha hisob-kitoblarini γf, yuklar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti bilan hamda materiallar γm va gruntlar γ g ishonchliligi koeffitsiyent bilan ularning konstruksiyalarini va poydevorlarini alohida turlarini loyihalashga 1,0 ga teng boʻlganda amalga oshirilishi kerak.
22. Gidrotexnika inshootlarini va konstruksiyalarini hisoblash, kerakli holatlarda, chiziqli boʻlmagan va egiluvchan boʻlmagan deformatsiyalarni, yoriqlar taʼsirini va materiallarning bir turda boʻlmaganligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
23. Gidrotexnika inshootlariga tushadigan yuklar va taʼsirlar mazkur SHNQning 4-ilovasiga koʻra olinishi lozim.
Gidrotexnika inshootlarining alohida turlarini, ularning konstruksiyalari va poydevorlarini hamda birikmalarini hisoblashda hisobga olinishi lozim boʻlgan yuklar va taʼsirlar roʻyxati SHNQ 2.06.04-21ga muvofiq olinishi kerak.
24. Gidrotexnika inshootlarini yuklar va taʼsirlarning asosiy va maxsus birikmalariga hisoblash kerak.
Asosiy birikmalar doimiy, uzoq davomiy va qisqa muddatli yuklar va taʼsirlarni oʻz ichiga olishi lozim.
Maxsus birikmalar doimiy, uzoq davomiy, qisqa muddatli va maxsus yuklar hamda taʼsirlarning bittasini oʻz ichiga olishi lozim.
Yuklamalar va taʼsirlarni eng noqulay, biroq koʻrib chiqilayotgan hisobiy holat uchun haqiqiy (real) boʻlgan birikmalarda qurilish, foydalanish davrlari va taʼmirlash holati uchun alohida qabul qilish kerak.
25. Doimiy gidrotexnika inshootlarini loyihalashda hisoblangan maksimal suv sarflari mazkur SHNQning 1-jadvaliga muvofiq olinishi kerak.
Bunda, gidrologik xususiyatlarni SHNQ 2.01.14-21 ga muvofiq aniqlash lozim.
26. Gidrouzelning doimiy suv oʻtkazgichlari orqali foydalanish jarayonida oʻtkazilishi kerak boʻlgan hisobiy suvning sarfi, uning ushbu gidrotexnika inshooti uchun loyihalashtirilayotgan suv omborlari yoki mavjud suv omborlari tomonidan oʻzgartirilishini va daryo havzasidagi xoʻjalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan oqimlarni shakllantirish shartlarining oʻzgarishini transformatsiyasini hisobga olgan holda, ushbu SHNQning 25-bandiga muvofiq olingan hisobiy maksimal sarf asosida aniqlanishi kerak.

1-jadval

Hisobiy holatlar

Gidrotexnika inshootining sinfidan kelib chiqib, hisobiy maksimal suv sarflarini R,  foiz ortishi yillik ehtimolligi

I

II

III

IV

Asosiy

0.1

1.0

3.0

5.0

Tekshiriladigan

0.01*

0.1

0.5

1.0

* SHNQ 2.01.14-21 ga muvofiq toʻgʻrilashni ΔQ1 hisobga olish kerak.

27. Asosiy hisobiy holat uchun hisobiy suv sarfini oʻtkazish yuqori byefning suv oqimining normal sathida foydalanilgan suv tashlash inshootlari toʻliq ochiqligida taʼminlanishi kerak:
Asosiy hisoblash holati uchun hisobiy suv sarfini oʻtkazish, yuqori byefning normal dimlangan sathida suv tashlash inshootlari (GES barcha turbinalari va ularni foydalanishida normal tartibda boshqa suv oʻtkazish inshootlari) orqali ular toʻliq ochilganda taʼminlanishi kerak.
Asosiy hisobiy holatga mos keluvchi yuklanishlar va taʼsirlarni, asosiy birikmalar tarkibida mazkur SHNQga muvofiq hisobga olinishi kerak.
Asosiy hisobiy holat uchun suv sarflarining oʻtkazish, tartibga solinmaydigan suv tashlash inshootlaridan (zatvorsiz), NDSdan farq qiladigan yuqori byef darajalarida ham amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
NDS dan yuqori darajalarga muvofiq keladigan yuklamalar va taʼsirlar ularning asosiy birikmalari tarkibida hamda suv toshqinlariga qarshi kurashishga moʻljallangan gidrotexnika inshootlari uchun ularning maxsus birikmalari tarkibida texnik — iqtisodiy asoslanganda hisobga olinishi kerak.
28. Tekshirish-hisoblash holati uchun hisobiy suv sarfini oʻtkazish gidrouzelning barcha suv oʻtkazish inshootlari, shuningdek suv tashlash inshootlari, GES gidroturbinalari, suv taʼminotining sugʻorish tizimlarining suv yigʻish inshootlari, baliq oʻtkazish inshootlari va zaxira suv tashlash inshootlari tomonidan texnik-iqtisodiy asoslangan JDSda taʼminlanishi kerak.
Bunda, agar asosiy hisobiy holati uchun suv sarflarini oʻtishi yuqori byefning suv sathlarida ΔN kattaligiga NDSdan yuqori boʻlganda amalga oshirilishi, tekshirish hisob-kitob holatining maksimal suv sarfi transformatsiyasi JDS — (NDS + ΔN) belgilar atrofida amalga oshirilishi lozim.
Suv toshqinining eng koʻp miqdorini qisqa vaqtda oʻtishini, maksimal hisobiy tekshirish sarfini oʻtkazishni hisobga olib quyidagilarga yoʻl qoʻyiladi:
GES elektr energiyasini ishlab chiqishini kamayishiga;
suv isteʼmolchilari obyektlarida avariya holatlariga olib kelmaydigan suv olish inshootlarining normal ishlashining buzilishiga;
asosiy gidrotexnika inshootlarni ishonchliligini pasaytirmaydigan, zaxira suv tushirgichlarni buzilishiga;
suv quvurlarini buzilishiga olib kelmaydigan oʻzgaruvchan tartiblarda yopiq koʻndalang kesmali quvurlar orqali suvning oʻtishiga;
suv toshqini oʻtganidan keyin oqibatlar bartaraf etilishi mumkin boʻlgan, asosiy inshootlar, turar joy va korxonalar hududlarini buzilishiga tahdid solmaydigan, gidrouzelning quyi byefining oʻzan va qirgʻoq yonbagʻirlarining yuvilishiga.
Tekshirish hisobiy holatiga mos keladigan yuklar va taʼsirlar ushbu SHNQning 23-bandiga muvofiq yuklanishlarning maxsus birikmasining tarkibida hisobga olinishi kerak.
29. Gidrouzellar kaskadli joylashgan daryolarda loyihalashtirilayotgan gidrouzel uchun hisobiy maksimal suv sarfi uning sinfi, kaskadda joylashuvi, NDS va JDSda yuqorida joylashgan gidrouzelning suv oʻtkazish qobiliyati, shuningdek kaskadning gidrouzellari va suv omborlaridan foydalanish rejimi, yuqori beʼfning gidrouzelga tutashgan qismlarida qoʻshimcha yon tomondan oqib kelish hajmini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
Kaskadda joylashgan gidrouzel inshootlarining sinfidan qatʼiy nazar, asosiy hisobiy holatida suv sarfining oʻtishi quyi joylashgan gidrouzelning asosiy gidrotexnika inshootlarini normal foydalanishini buzilishiga olib kelmasligi kerak.

2-jadval

Kaskadda loyihalashtirilayotgan gidrouzelning joylashishi

Loyihalashtirilayotgan gidrouzelning sinfi mavjud gidrouzel sinfidan yuqori boʻlganda

Loyihalashtirilayotgan gidrouzelning sinfi mavjud gidrouzelning sinfiga teng boʻlganda

Loyihalashtirilayotgan gidrouzelning sinfi mavjud gidrouzel sinfidan past boʻlganda

Loyihalashtirilayotgan gidrouzel mavjud gidrouzeldan pastda joylashganda

Asosiy va tekshirish holatlari uchun  suv sarfi loyihalashtirilayotgan gidrouzel sinfiga muvofiq qabul qilinadi

Asosiy va tekshirish holatlari suv sarflari loyihalanayotgan gidrouzelning sinfiga muvofiq asosiy va tekshirish holatlari uchun mavjud gidrouzel orqali oʻtkaziladigan asosiy hisob-kitob holati suv sarflari va gidrouzellar orasidagi hududida yon tomon oqim xarajatlari yigʻindisiga teng deb qabul qilinadi

Loyihalashtirilayotgan gidrouzel mavjud gidrouzeldan yuqorida joylashganda

Asosiy va tekshirish holatlarining suv sarfi loyihalashtirilgan gidrouzel sinfiga muvofiq qabul qilinadi.

Mavjud gidrouzelning oʻtkazish qobiliyati loyihalashtirilayotgan gidrouzel orqali oʻtkaziladigan asosiy hisobiy holat xarajatlari va mavjud gidrouzelning javobgarlik darajasiga javob beradigan asosiy va tekshirish holatlari uchun gidrouzellar orasidagi uchastkada yonlama oqim xarajatlari yigʻindisiga muvofiqlashtirilishi kerak

Asosiy va tekshirish holatlarining suv sarflari loyihalashtirilayotgan gidrouzelning muhimlik darajasiga muvofiq qabul qilinadi

Izohlar:

1. Mavjud gidrouzel — ilgari ishga tushirilishi moʻljallangan gidrouzelni tushunish lozim.

2. Uch yoki undan ortiq gidrouzellardan iborat kaskadlar uchun ushbu jadvalda keltirilgan jarayon, daryoning yuqoridan pastga qarab har bir juft gidrouzellar uchun ketma-ket bajarilishi kerak.

30. I — III sinfdagi doimiy gidrotexnika inshootlari uchun qurilish jarayonidagi vaqtinchalik foydalanish davrida, suv sarfining hisobiy maksimal qiymatlaridan oshib ketishning yillik ehtimolliklarini ishga tushirish majmuasi gidrotexnika inshootlarining sinfiga koʻra mazkur SHNQning 1-jadvaliga muvofiq qabul qilish lozim.
Gidrotexnika inshootlarining vaqtincha foydalanishi cheklangan muddatini hisobga olgan holda, ishga tushirish majmuasi uchun qabul qilingan suvning maksimal sarfini texnik-iqtisodiy asoslash bilan kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, ushbu davr uchun maksimal suv sarfini oshib ketishi ehtimolini hisoblash mazkur SHNQning 5-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
31. Vaqtinchalik gidrotexnika inshootlarini loyihalashda, hisobiy maksimal sarflar asosiy hisobiy holat uchun gidrotexnika inshootining sinfi va foydalanish muddatiga koʻra belgilangan yillik oshib ketish ehtimoli (taʼminlanganlik) dan kelib chiqib qabul qilinishi kerak.
Bunda, IV sinfdagi vaqtinchalik gidrotexnika inshootlari uchun hisoblangan maksimal suv sarfidan oshib ketishning yillik hisobiy ehtimoli quyidagilarga teng deb qabul qilinishi kerak:
foydalanish muddati:
3 yilgacha boʻlganda — 10 foiz;
3 yildan ortiq — 5 foiz.
III sinfdagi vaqtinchalik gidrotexnika inshootlari uchun esa:
foydalanish muddati:
2 yilgacha boʻlganda — 10 foiz;
2 yildan ortiq — 3 foiz.
32. Qurilish davrida muzlarning toʻplanish va tiqilish hodisalari yuzaga kelishi sababli suv sathining koʻtarilishi ehtimolini inobatga olgan holda hisobiy suv sathini tanlash kerak.
33. Kompleks gidrouzel tarkibiga kirmaydigan kichik va mikro GESlar uchun hisoblangan maksimal suv sarflari asosiy hisobiy holat uchun ushbu SHNQning 26-bandiga muvofiq aniqlanishi kerak.
Suv toshqini davrida kichik GESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarishning toʻxtatilishiga texnik-iqtisodiy asos boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
3-bob. Toʻgʻonlar
34. Toʻgʻonning turi va konstruksiyasi uning funksional maqsadiga, muhandislik-geologik, topografik, gidrologik va iqlim sharoitlariga koʻra hududning seysmikligini, gidrouzelning toʻplanishi, ishlarni ishlab chiqarishini tashkil etish chizmasidan kelib chiqib, mahalliy qurilish materiallari mavjudligi, qurilish muddatlari va toʻgʻonning foydalanish shartlarini hisobga olib, variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida tanlanishi kerak.
35. Grunt materiallardan boʻlgan toʻgʻonlar gidrouzelning bosimli yuzasining yopiq qismlari uchun qoʻllanilishi kerak.
Beton toʻgʻonlardan asosan qoyali poydevorga ega boʻlgan ustunlar va gidrouzellarning bosimli yuzasining suv tushirish maydonlari uchun foydalanish kerak.
36. Qoyali daralar sharoitida geologik sharoitlarga bogʻliq holda toʻgʻon stvorida arkali toʻgʻonlar, fazoviy ishlaydigan betonli gravitatsiya toʻgʻonlar va grunt materiallardan toʻgʻonlar qurish imkoniyatlarini koʻrib chiqish lozim.
37. Beton yoki temir-beton toʻgʻonlar turini tanlashda turli yengillashtirilgan va texnologik konstruksiyalarni qoʻllash maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilishi lozim.
Bunda, kengaytirilgan chokli va boʻshliqli gravitatsion toʻgʻonlar, kontrforsli toʻgʻonlar, kam sementli zichlangan betondan qurilgan toʻgʻonlar hamda GES binosi bilan birlashtirilgan toʻgʻon konstruksiyalari kiritilishi kerak.
38. Dambalarning konstruksiyasini tanlashda toʻkma gruntli gidrotexnika inshootlariga ustunlik berish lozim (agar bu himoyalangan hududni qoʻshimcha suv bosishiga olib kelmasa).
4-bob. Gidroelektr stansiyalari, gidrotoʻplash elektr stansiyalar, nasos stansiyalar, kichik va mikro gidroelektr stansiyalar
1-§. Gidroelektr stansiyalar, gidrotoʻplash elektr stansiyalar va nasos stansiyalar
39. Gidroelektr stansiyalar, gidrotoʻplash elektr stansiyalilari va nasos stansiyalari binolar turini tanlash variantlarning texnik — iqtisodiy koʻrsatkichlarini taqqoslash asosida va quyidagilarni hisobga olib amalga oshirilishi kerak:
stansiyaning, uning asosiy va yordamchi uskunasining yuqori samaradorligi ishini taʼminlashni;
gidrotexnika inshootlari va uskunalar ishining ishonchliligini, qulay doimiy va vaqtinchalik foydalanishni taʼminlashni;
gidrotexnika inshooti va tanlangan texnologik uskuna bosimining qiymatini;
gidrouzeldagi stansiya binosining holatini va asosiy tayanch inshootlarning turini;
poydevor gruntlarining koʻrinishini;
qurilish-montaj ishlab chiqarish va taʼmirlash-tiklash ishlarini shartlari va usullarini.
40. Oʻzanli va toʻgʻonoldi GES larning binolarini loyihalashda, suv tashlash inshootlari (yer usti yoki yer osti bosimli suv tashlagichlar bilan) mumkin boʻlgan turdagi gidroagregatlar bilan toʻplamlarni birlashtirilgan va birlashtirilmagan variantlarini koʻrib chiqish kerak.
GES binosi tor darada joylashgan togʻli sharoit uchun gidroagregatlarning ikki qatorli joylashuvini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Derivatsiyali GESlar uchun jihozlar xonasining yer ustida yoki yer ostida, gidroagregatlarning turli joylashuvi (bir yoki ikki qatorli) bilan alohida turgan binolarni loyihalash lozim.
41. GES, GTES va NS binolarining qurilish gidrotexnika qismining tarkibiy yechimlari binoni harorat choʻkish choklari bilan ajratilgan agregat seksiyalarga ajratish kerak.
Agregat seksiyalarining oʻlchamlari agregatlarning gabarit oʻlchamlariga, poydevor gruntlarining turiga va binoning qurilish qismining konstruktiv yechimiga koʻra belgilanishi kerak.
Texnik-iqtisodiy asoslanganda, GES, GTES va NS binolarining suv osti qismini har qanday asoslar uchun boʻlinmaydigan konstruksiyada qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Montaj maydonini stansiyaning asosiy binosidan harorat yoki harorat-choʻkish choklari bilan ajratilishi kerak.
42. Montaj maydonining oʻlchamlari minimal qabul qilinishi va bitta montaj agregatni joylashtirish va bosh kuchaytiruvchi transformatorning hisob–kitob bilan tanlanishi kerak.
Bunda, montaj ishlari uchun uskunalar xonasining bir qismini ishlatish imkoniyatini hisobga olish kerak.
Yer osti binolarida yer yuzidagi maydonlardan foydalanish hisobiga montaj maydonini kamaytirish imkoniyatini inobatga olish kerak.
43. GTESlarda agregatlarni bosimli suv quvurlarining ustuni (stvori)da joylashtirish kerak.
GTES binosi qoyali boʻlmagan poydevorda joylashganda, qurilish va foydalanish davrlarda qiyaliklarning barqarorligini taʼminlashi, bosimli quvurlar yotqizilgan tabiiy yonbagʻirlarini eng kam kesish bilan stansiyalarning toʻplami hisobga olinishi lozim.
44. GTES havzalarini loyihalashda, sutkalik toʻplash toʻplash davriga ega yuqori havzada, ularning intensiv ishlatilishi va toʻldirilishi rejimini hisobga olish lozim.
Zarur boʻlgan hollarda, filtratsiyaga qarshi va drenaj qurilmalari bilan taʼminlashni kerak.
45. GESning suv qabul qilish joylarida chiqindini ushlab qolish panjaralarini, avariya-taʼmirlash va taʼmirlash zatvorlarini oʻrnatish uchun tirqishlarni inobatga olish kerak.
Panjaralar muzlashdan va muz parchalari bilan tiqilib qolishdan himoyalangan boʻlishi kerak.
Soʻruvchi quvurlarning chiqish teshiklarida koʻchma taʼmirlash zatvorlarini oʻrnatish uchun tirqishlar tashkil etilishi lozim.
46. Biriktirilgan GES binolarida, kirish joyida, bosimli suv tashlagichlar uchun chiqish joylarida asosiy, avariya-taʼmirlash va taʼmirlanadigan zatvorlarni oʻrnatish uchun tirqishlar moslamasini hisobga olish lozim.
Zatvorlarni joylashgan joyini suv tushirgichlarning toʻplami, turi va konstruksiyalaridan kelib chiqib aniqlash kerak.
47. GTES va NS ning yuqori havzalarining suv qabul qilish joylari avariya-taʼmirlash zatvorlari toʻsiladigan panjaralarni oʻrnatish uchun tirqishlarga ega boʻlishi kerak.
Panjaralarning tirqishlari, taʼmirlash zatvorlarining tirqishlari bilan birlashtirilishi lozim.
48. NS uchun chiqish teshiklarida avariya-taʼmirlash zatvorlari yoki sifonlarni oʻrnatilishini hisobga olish kerak.
49. Yopiq yoki bosimsiz derivatsiya mavjud boʻlganda, uni tekshirish va taʼmirlash uchun boʻshatish imkoniyatini inobatga olish kerak.
Zatvorlar bilan toʻsiladigan suv oʻtkazish inshootlarini toʻgʻri burchakli teshiklarining oʻlchamlari mazkur SHNQning 6-ilovasiga muvofiq qabul qilinishi lozim.
50. Chuqur suv qabul qilgichli GESning yopiq derivatsiyalarida panjaralarni mexanik yoki gidravlik tozalash bilan chiqindilarni ushlab turuvchi panjarani suv qabul qilgich uzunligi boʻyicha joylashish variantlarini koʻrib chiqish kerak.
51. GES, GTES va NS binolarining suv osti qismining oʻlchamlari agregatning oqar qismi oʻlchamlaridan, asosiy va yordamchi uskunalarni joylashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha texnologik talablardan kelib chiqqan holda, shuningdek qurilish konstruksiyalarining oʻlchamlarini hisobga olgan holda minimal darajada boʻlishi kerak.
52. GES binosida (GTES, NS) ishlab chiqarish, xizmat va yordamchi xonalarning oʻlchamlari suv osti qismi oʻlchamlarini oshishiga olib kelmasligi kerak.
Yordamchi xonalarni joylashtirish uchun oqim qismi ustidagi mavjud boʻlgan hajmlardan foydalanish kerak.
GES, GTES va NS binosining suv osti qismining konstruktiv elementlari barcha agregat boʻlimlari boʻyicha birlashtirish (unifikatsiya) qilinishi kerak.
53. Turbina kameralarini tekshirish va taʼmirlash uchun binoning suv osti qismida chiqarish va kirish quvurlari, xizmat galereyalari, yurish yoʻllari, yoʻllar va liftlar (12 m va undan ortiq chuqurlikda) loyihalanishi kerak.
Galereyaning boshida va oxirida boshqa xonalardan ajratilgan va zinapoya kataklariga ega boʻlgan chiqishlar boʻlishi lozim.
54. Zinapoya katagining yuqorisi quyi byefning maksimal hisobiy suv sathidan 0,5 m balandlikda joylashtirilishi kerak.
Galereyalarni suv bosishini oldini olish uchun germetik lyuklar yoki eshiklar boʻlishi kerak.
55. NS, toʻgʻon oldi va derivatsion GES va GAESlarning bosimli suv quvurlari ochiq poʻlatdan tayyorlangan hollarda, stansiya binolarini quvurlarning toʻsatdan buzilishi oqibatlaridan himoya qilish boʻyicha choralar (ochiq temir-beton, temir-poʻlatli beton va tunnel suv quvurlari bundan mustasno) koʻrilishi lozim.
56. Togʻli hududlarda GES, GTES va NSlarini loyihalashda yer osti yoki ochiq turdagi derivatsiyali va turbinali suv quvurlarini tanlash texnik-iqtisodiy taqqoslash bilan asoslanishi kerak.
57. Yordamchi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan binolar, (moy xoʻjaligi binolari) agar maxsus talablar boʻlmasa, yer yuzasiga olib chiqilishi kerak.
58. Yer osti gidrotexnika inshootlarini loyihalashda, transport galereyalari yoki shaxtalar orqali yer usti bilan aloqa oʻrnatilishi kerak.
Galereyalar va shaxtalar orqali uskunalar, materiallarni mexanizatsiyalashgan tarzda tashish va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni tashish amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
59. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun yer yuziga chiqishni taʼminlaydigan piyoda yoʻllari yoki zinapoyalar boʻlishi kerak.
60. Transport galereyalari va shaxtalar montaj maydoniga yaqin joylashgan boʻlishi kerak.
Kabel kommunikatsiyalari transport shaxtalari va galereyalari bilan birlashtirilishi lozim.
61. Quyi byefdagi barcha suv sathlarida suv chiqarish tunnelining gidravlik rejimini faqat bosimli yoki bosimsiz ushlab turish kerak.
62. Suvni olib ketuvchi tunnelda, toʻgʻri asoslangan holda suvni bosimli rejimdan bosimsiz rejimga oʻtish yoki aksincha bosimsiz rejimdan bosimliga oʻtish qisqa muddatlarga yoʻl qoʻyiladi.
63. Olib ketuvchi bosimsiz tunnellar har qanday ish holatlarida havo bilan taʼminlanishi kerak.
64. Nasos stansiyalarini loyihalashda suvni berilgan hajmda va suv taʼminoti tizimining barcha ish tartiblari uchun suv yuborish jadvallariga muvofiq boʻlishi kerak.
65. Suvni yuborish hajmi va jadvallar tizimning suv xoʻjaligi balansi tomonidan quyidagilarni hisobga olib belgilanishi lozim:
loyihalashtirilayotgan tizimning hisobiy parametrlari;
suv taʼminoti manbasining gidrologik parametrlari;
suv saqlash joyidan pastda joylashgan suv oqimida zarur suv sarflari.
66. Nasos stansiyasida zaxira agregatlari sonini suv yuborilishining ishonchliligi toifasiga muvofiq belgilanishi kerak.
67. Katta quvvatli (10 — 15 ming kW dan ortiq) nasos stansiyasining ish rejimini belgilashda uni energiya tizimi quvvat rostlagichining isteʼmolchisi sifatida ishlatish, hamda turbina rejimida (qisman yoki toʻliq quvvatda) ishlash imkoniyatlarini koʻrib chiqish lozim.
68. Nasos stansiyalarining suv chiqarish inshootlarini loyihalashda oqimning tarqalishi, qayta taqsimlanishi va suv oqimi tezligining pasayishi bilan suvning kanalga silliq chiqishi kerak.
69. Suvni chiqarish inshootida quvurlarni kanaldan avtomatik ravishda uzilishini taʼminlaydigan uskunani oʻrnatishni lozim (teskari klapanlar, zatvorlar, vakuumni buzish klapanlari).
2-§. Kichik va mikro GES lar
70. Oʻrnatilgan quvvati 5 MW gacha boʻlgan GESlar kichik GESlarga, oʻrnatilgan quvvati 0,5 MW gacha boʻlgan GESlar esa mikro GESlarga kiritilishi kerak.
71. Kichik GESlarni ikkita turga ajratish kerak:
markazlashtirilgan energiya taʼminoti tizimida ishlaydigan;
energiya tizimidan ajratilgan, energiya isteʼmolchilarining energiya taʼminotini taʼminlaydigan.
Energiya tizimidan ajratilgan kichik GESlar uchun n quvvatni energo-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida aniqlanishi kerak.
Mikro GESlar alohida isteʼmolchini (isteʼmolchilarni) energiya taʼminoti uchun ishlashi lozim.
72. Kompleks gidrouzel tarkibida quriladigan kichik GESlarni loyihalashda, ularning ish tartibini asosiy suvdan foydalanuvchilar bilan bogʻlash kerak.
73. Kichik va mikro GESlarni loyihalashda quyidagi talablarni inobatga olgan birlashtirilgan (unifikatsiyalangan) loyihalarni keng qoʻllash zarur:
kichik va mikro GESlarning texnik tavsiflarini, uskunalarini va qurilish qismlarini maksimal turlarga ajratish;
texnologik uskunaning yuqori zavod tayyorgarligini;
industrial qurilish konstruksiyalari va buyumlari, mahalliy (gruntli va toshli) materiallardan keng foydalanishni;
uskunalar va konstruksiyalarni avtomobilli va zanjir (gusenitsa)li kranlardan foydalanib montaj qilishni.
74. Kichik va mikro GESlar maksimal darajada avtomatlashtirilgan, masofadan boshqariladigan boʻlishi kerak.
75. Kichik va mikro GESlarning uskunalar xonasining oʻlchamlari texnologik uskunalarni joylashtirish shartlaridan kelib chiqqan holda minimal darajada belgilanishi kerak.
Uskunalarni montaj qilish jarayoni uchun ochiq montaj qilish maydonlarini va yechib olinadigan tomli maydonlardan foydalanish lozim.
76. Kichik va mikro GES suv qabul qiluvchilari avariya-taʼmirlash zatvorlari va chiqindilarni ushlab qoluvchi panjaralar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Quyi byef tomonida, suv qabul qiluvchilarining chiqish joylarida koʻchma toʻsiqni taʼmirlash uchun tirqishlar hisobga olinishi lozim.
Avariya-taʼmirlash zatvorlarini suv qabul qilgichga oʻrnatishdan koʻra quyi byef tomonidan oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
77. Kichik GESlarning derivatsiya suv quvurlari yer usti va yer ostida boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Mikro GESlarning derivatsiya suv quvurlari ochiq kanallar, lotoklar yoki quvurlar koʻrinishida yer ustida joylashtirilishi zarur.
78. Kichik GESlar kaskadining asosiy (eng katta) tartibga soluvchi stansiyasi daryoning yuqori qismiga joylashtirilishi kerak.
5-bob. Suv tashlash, suv tushirish va suv chiqarish inshootlari
79. Suv tashlash, suv tushirish va suv chiqarish inshootlari quyidagi funksiyalarni bajarish taʼminlanishi kerak:
a) suv tashlash inshootlari:
yuqori byefda loyihada belgilangan suv sathidan oshib ketmaslikni oldini olish uchun toshqinlarni va yomgʻirli toshqinlarni suv sarflarini hamda boshqa foydalanilmaydigan suv sarflarini oʻtkazib yuborish;
muz, mayda muz boʻlaklarini, chiqindilarni va boshqa yuqori oqimdan quyi oqimga suzadigan buyumlarni chiqarib tashlash (agar bu talab gidrouzelning foydalanish shartlariga toʻgʻri kelsa);
b) suv tushirish inshootlari:
suv omborlarini yoki kanalni toʻliq va qisman boʻshatish;
suv tubidagi choʻkindilarni yuvib tashlash;
v) suv chiqaruvchi inshootlar:
suvni suv omborlaridan yoki kanallardan chiqarib yuborish.
Mazkur gidrotexnika inshootlarini yoki ularning bir qismini gidrouzel tarkibiga kiritilishi gidrouzelning aniq shartlari va vazifasiga muvofiq boʻlishi lozim.
Suv tashlash, suv tushirish va suv chiqarish inshootlarining turlarini inshootning funksional yoʻnaltirilganligiga, muhandislik-geologik va boshqa sharoitlarga qarab variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida tanlash kerak.
Bitta gidrotexnika inshootida turli funksiyalarning birlashtirilishini ushbu SHNQning 9-bandiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Suv tashlash inshootlarining turini tanlashda yer usti gidrotexnika inshootlariga ustunlik berish kerak.
80. Suv tashlash, suv tushirish va suv chiqarish inshootlarini loyihalashda qurilish davridagi suv sarfini oʻtkazib yuborish uchun ulardan foydalanish imkoniyatini koʻrib chiqish kerak.
81. Suv tashlash inshootlari teshiklarining turi, soni va koʻndalang kesim oʻlchamlarini tanlash suvning hisobiy sarfini oʻtkazib yuborish talablaridan kelib chiqib amalga oshirilishi kerak.
Tekshiruv hisobiy holat uchun hisoblangan suv sarfining oʻtishi ushbu SHNQning 27-bandiga muvofiq taʼminlanishi kerak.
82. Zatvorlar bilan toʻsib qoʻyiladigan suv oʻtkazadigan inshootlarning toʻgʻri burchakli teshiklarining oraligʻini (kengligini) va balandligi mazkur SHNQning 6-ilovasiga muvofiq belgilanishi kerak.
83. Suv tashlash, suv chiqarish inshootlarining quyi byefida solishtirma suv sarfini belgilash, ularning konstruksiyasini tanlash, byeflarni suv oʻtkazgich konstruksiyalari, risbermalari, qirgʻoqlarni mahkamlash konstruksiyalarini, alohida va tutashtiruvchi devorlarni tanlash maxsus gidravlik hisoblar asosida variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash bilan asoslanishi kerak.
Asosiy gidrotexnika inshootlari uchun matematik modellashtirish va/yoki gidravlik model tadqiqotlari asosida amalga oshirilishi kerak.
84. Suv chiqarish inshootlarining umumiy tuzilishi (komponovka qilinishi) va loyihalashda ularning quyi byefi bilan oʻzaro bogʻliqligini tanlashda gidrouzel inshootlarining poydevorlarini xavfli yuvilib ketilishidan, GES binolarini tushadigan oqimlardan himoya qilish va ushbu inshootlardan foydalanish uchun noqulay boʻlgan kanal deformatsiyalarini oldini olishni taʼminlash kerak.
Suv tashlash inshooti elementlari uchun gidrodinamik taʼsirlarni, oqim katta tezliklar bilan oqib oʻtganda kavitatsiya va choʻkindilar bilan ishqalanish hodisalarini hisobga olish kerak.
85. Suv oqimi tezligi 15 m/s dan ortiq boʻlgan suv tashlash inshootlarini va quyi byefda mahkamlagichlarni loyihalashda oqim qismining geometrik shakllari kavitatsiya boʻlmasligini taʼminlaydigan tarzda boʻlishi kerak.
86. Agar ushbu SHNQning 84-bandi talablarini taʼminlashning imkoni boʻlmasa, mumkin boʻlgan vakuumni vujudga kelishi zonasiga havo yetkazib berishni, kuchaytirilgan mustahkam betondan foydalanishni, himoya qoplamalarini yoki metall qoplamani oʻrnatish kerak.
87. Bosim 50 m dan oshganda, yopiq suv tashlagichning oqimga tushuvchi yuzalarini kavitatsiya eroziyasidan himoyalash yoki suv oqimining pastki byefga tutashishi sharoitlariga koʻra, kinetik energiyani oraliq soʻndirish talab etilganda, shuningdek suv tashlash yoʻlagining butun kesimini oqim bilan toʻldirish yoki suv tashlash miqdorini tartibga solishda rejimlarning oʻzgarishini istisno qilish zarur boʻlganda, gidrotexnika inshooti ichida energiyani soʻndiruvchi suv tashlagichlarni qoʻllashni koʻrib chiqish lozim.
88. Asosiy hisobiy holat uchun qabul qilingan suv tashlash konstruksiyalari va ularning yuqori va quyi byeflari bilan birikish elementlari quyidagilarga tekshirilishi kerak:
tekshiriladigan hisobiy holatga;
suv tashlashning bir oraligʻi (suv chiqarilishi, suv tushirilishi) toʻliq ochilgan holatda, qolgan qismi yopiq va GESning normal ishlashiga (belgilangan quvvatning 80 foizi).
GES mavjud boʻlmaganda, quyi byefning darajasini, sanitar-texnik talablarga muvofiq minimal yoʻl qoʻyilgan daraja sifatida qabul qilinishi, bunda ushbu SHNQning 27-bandi talablariga rioya qilish lozim.
89. Suv tashlash inshootlarini (suv chiqarish, suv tushirish) loyihalashda zatvorlarning manyovr qilish sxemalari chizmalarini ishlab chiqish kerak.
Bunda, tavsiya etilgan zatvorlarning manyovr qilish sxemalari pastki byefda inshootlarni va ularga tutashgan oʻzan hududlarini yuvilishdan himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqarmasligi kerak.
90. Gidrouzel kompleksi umumiy tuzilishida (komponovka qilinishida) yuqori va quyi byefda qurilish sarfini oʻtkazish uchun va uning tarkibiga kiradigan inshootlardan (GES, suv yigʻish inshootlari, suv qabul qilish inshootlari) foydalanishda qiyinchilik tugʻdirmaydigan gidravlik sharoitlarni taʼminlash kerak.
91. Suv tashlash, suv tushirish va suv chiqarish inshootlarni loyihalashda asosiy va avariya-taʼmirlash zatvorlarini hisobga olish kerak.
92. Asosiy sirt zatvorlari oldida, foydalanish va qurilish chuqur suv tashlash inshootlarining asosiy zatvorlari oldida, suv chiqarish va suv tushirish inshootlarida avariya-taʼmirlash zatvorlarini inobatga olish lozim.
93. Doimiy chuqur suv tashlagichlarga kirishni boʻshatishning iloji boʻlmaganda, bosh qismining kirish qismida asosiy va avariya-taʼmirlash zatvorlaridan tashqari (masalan, qiya yopilgan) taʼmirlash zatvorlari ham oʻrnatish nazarda tutilishi kerak.
94. Bir xil teshiklari bir nechta boʻlgan sirt suv tashlagichlarda koʻchma avariya-taʼmirlash (taʼmirlash) yassi zatvorlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi: ularning soni teshiklar sonidan kam boʻlishi mumkin.
95. Chuqur suv tashlagichlar ostonalari quyi byef sathidan pastda joylashgan boʻlsa, suv tashlagich chiqish kesimida koʻchma taʼmirlash zatvorlarini hisobga olish lozim.
96. Zatvorlar va koʻtarish mexanizmlarining turlarini tanlashda bahorgi toshqinlar va yomgʻir toshqinlarining oʻsish tezliklarini, byeflarning tuplash qobiliyatini, shuningdek quyi byefda turbinalarning bir qismi yoki barcha GESlarning toʻsatdan oʻchishi holatida minimal suv sarfini taʼminlash zarurligini hisobga olish kerak.
97. Yirik yassi zatvorli chuqur suv tashlash mavjud boʻlganda (maydoni 30 m2 dan ortiq) va sarflar bitta suv tashlash teshigining oʻtkazish qobiliyatidan sezilarli darajada kam boʻlgan tez-tez suv tashlashni amalga oshirish zarur boʻlganda, segmentli yoki teleskopik zatvor bilan jihozlangan maxsus suv chiqarish teshigi qurilishi kerak.
6-bob. Suv toʻplash inshootlari va tindirgichlar
1-§. Suv toʻplash inshootlari
98. Suv toʻplash inshootlari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
GES, GTES va NSlarning suv quvurlari, sugʻorish tizimlarining magistral kanallari va boshqa suv foydalanuvchilarga uzluksiz suv joʻnatishni;
suv quvurlariga va kanallarga rejali koʻrikdan oʻtkazishda, foydalanish tartibiga muvofiq taʼmirlash va avariya sodir boʻlganda ularga suv berishni toʻxtatishni.
Suv quvurlari va kanallarga singib ketgan choʻkindi, suzib yuruvchi predmetlar va chiqindi, yogʻoch qismlari, muz, muz parchalari tushishidan himoya qilish uchun ushlab qolish toʻsinlari, chiqindini ushlab qoluvchi panjaralar, toʻsadiganlar, mayda muzlarni oʻtkazuvchi joylar, ostonalar, yuvuvchi galereyalar, choʻktirgichlar bilan taʼminlash, shuningdek suvdan chiqindilarni olib tashlash boʻyicha chora-tadbirlar hisobga olinishi kerak.
99. Mollyuskalar lichinkalari toʻplangan joylarda (agar mollyuskalarni yoʻq qilish boʻyicha choralar koʻzda tutilmagan boʻlsa) suv olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bosimsiz derivatsiyali suv quvurlari boʻlgan GESlarda mayda muzlarni turbinalar orqali oʻtkazishni inobatga olish kerak.
100. Kafolatlangan suv olish shartlari daryo va kanal maydonini oʻrganilganligi, foydalanish jarayonida kanalning deformatsiyasining prognoz qilingan hisob-kitoblari, tartibga solingan kanalning rejalashtirilgan shakllarini maqbul belgilash asosida aniqlash kerak.
101. Suv olish inshootining tarkibi, konstruksiyasi va toʻplami uning maqsadiga muvofiq va suv quvurining turiga, foydalanish sharoitlariga, tabiiy sharoitlarga, suv havzasi va suv oqimining gidrologik tartibiga, qirgʻoqlarning morfologiyasiga koʻra tanlanishi kerak.
102. Kirish quvurlariga havo kirishini oldini olish va bosim yoʻqotishlarini minimallashtirish bilan suv taʼminotini taʼminlash kerak.
Suv qabul qiluvchi inshootni taʼmirlash yoki tozalash uchun har qanday boʻlimni oʻchirish imkoniyatini taʼminlash maqsadida bir nechta boʻlimdan iborat qilib loyihalashtirilishi kerak.
103. Suv omborlaridan ichimlik suvi olishda qirgʻoq chizigʻining qayta ishlanishi, ularni joylashtirish mumkin boʻlgan joylarda suvning haqiqiy va prognoz qilinayotgan sifati, aeratsiya va suv sathi oqimlarining intensivligi, shuningdek yer usti oqimlaridagi biomassa, shu jumladan suv oʻtlarining miqdoriy tarkibi hisobga olinishi kerak.
104. Suv toʻplash turini tanlash daryodagi suv sathi va loyihalashtirilgan magistral kanalda talab qilinadigan darajalarga qarab, topografik, gidrologik va geologik sharoitlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
105. Suv olish stvorida daryodagi suv sathining kanaldagi suv sathidan balandligi yetarli boʻlmaganda toʻgʻonli suv olishni hisobga olish kerak.
Toʻgʻonli suv olish joyini nasos stansiyalari orqali mexanik suv koʻtaruvchi suv olish moslamasiga almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
106. Daryoda tabiiy holatdagi maksimal suv sarfining qiymati mazkur SHNQning 26-bandi talablariga muvofiq belgilanishi kerak.
Hisobiy suv sathi sifatida quyidagilar qabul qilish lozim:
toʻgʻonsiz suv olishda — maishiy yoki yuqorida joylashgan suv ombori tomonidan boshqariladigan, oʻzan jarayonlarini hisobga olgan holda asosiy holatdagi maksimal suv sarfining hisoblangandagi suv sathi;
toʻgʻonli suv olishda — tekshirish hisobiy holatiga mos keladigan hisoblangan maksimal suv sarfi oʻtkazishda yuqori byefdagi suv sathi.
107. Oʻzini-oʻzi tartibga soluvchi suv quvurlarning suv qabul qilish joylarida avariya-taʼmirlash zatvorlari hisobga olinishi kerak.
108. Sirt suv olishli suv qabul qilgichlarda bosimli derivatsiyali chuqurlardan toʻliq oʻtuvchi kanalga faqat taʼmirlash zatvorlarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
109. Oʻzini-oʻzi tartibga solmaydigan suv qabul qilish joylarida (bosimsiz suv quvurlarining chuqur suv qabul qilish joylarida) bosim ostida uzluksiz tartibga solish uchun moslashtirilgan va koʻtarish mexanizmlari bilan jihozlangan asosiy zatvorlarni, shuningdek avariyaviy-taʼmirlash zatvorlarni loyihalash hisobga olinishi kerak.
110. Suv quvurlariga tushadigan choʻkindilarining kirib kelishidan himoya qilish uchun oqimning yuqori qatlamlaridan suv olinishini taʼminlash, shuningdek suv qabul qilgichga kirish qismida quyidagilarni taʼminlash kerak:
tubida yuvish teshiklari boʻlgan baland ostonalar mavjudligini;
qiya yoʻnalgan tub ostonasi va ekran devorlari mavjudligini;
suv qabul qilgich choʻmichlar, oqim-boshqaruvchi qalqonlar va shporlar oʻrnatilganligini.
tartibga solish va tuzatish inshootlarini qurishni;
qurilgan suv olish gidrouzellaridan foydalanish sharoitlarida tekshiruvdan oʻtgan boshqa tadbirlarni oʻtkazish imkoniyati mavjudligini;
111. Katta boʻlmagan quvvatli manbadan suv olish inshootlarining konstruksiyasi va oʻlchamlari shamol tomonidan manbaga olib boradigan, suv oqimida harakatda boʻlmagan suv yoki choʻl-dasht oʻsimliklarining harakatlanishi sharoitida ularning normal ishlashini taʼminlashi kerak.
112. Agar turbinalar orqali muz va mayda muz boʻlaklari oʻtishining imkoniyati boʻlmasa, suv oqimining muz, mayda muz parchalari va foydalanish sharoitlaridan kelib chiqib, quyidagilarni inobatga olish kerak:
suv oqimining tegishli harorat va tezlik tartiblari mavjud boʻlganda yuqori byefda muz qoplamining shakllanishi uchun sharoit yaratishni;
yuqori byefda mayda muz boʻlaklarini va ustki muzni ushlab qolishni;
bosh tarmoqda mayda muz boʻlaklarini va ustki muzni toʻgʻon orqali chiqarib tashlashni;
yuqori byefda mayda muz boʻlaklarini ushlab turish imkoniyati boʻlmaganda, shuningdek quyi byefda mayda muz boʻlaklarining toʻsib qoʻyilishi xavfi mavjud boʻlganda, kanalda yoki bosimli havzadagi mayda muz boʻlaklarini tushiradigan inshootlari orqali mayda muz boʻlaklarini tushirishni.
113. Mayda muz boʻlaklarini va muzni quyi byefga toʻkishda, shuningdek toʻsiqlar paydo boʻlishining oldini olish uchun zarur sarflarni oʻtishini inobatga olish kerak.
114. Suv olish inshootlari, olinadigan suvning tegishli ravishda tozalanishini taʼminlashi kerak.
Buning uchun gidrouzel tarkibida chiqindilarni tutib oladigan va chiqindilarni ushlab qoladigan inshootlar va qurilmalar — tindirgichlar, shagʻal va qum ushlagichlar boʻlishi kerak.
115. Suv olish inshootlarini loyihalashda ushbu SHNQning 10-bobi talablariga rioya qilish kerak.
2-§. Tindirgichlar
116. Chiqindilarni tutib oladigan va chiqindilarni ushlab qoladigan inshootlar va qurilmalar quyidagilarni taʼminlashi kerak:
yirikligi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslangan qiymatdan oshib ketadigan choʻkindi zarralarini choʻktirish yoki tutib olish yoʻli bilan suvni tozalashni;
suv taʼminlash jadvallariga binoan suv quvurlariga tozalangan suvni uzluksiz uzatishni;
sigʻim kameralarida yotgan choʻkindilarni bartaraf qilishni.
Chiqindilarni tutib oladigan, chiqindilarni ushlab qoladigan inshootlar va sugʻorish tizimlarini qurilmalari quyidagi talablarni taʼminlashi kerak:
sugʻorish tarmogʻiga faqat sugʻorish tizimini loyqalanishdan himoya qilish boʻyicha loyihada qabul qilingan chora-tadbirlar bilan ruxsat etilgan miqdorli va yirik boʻlgan oʻsha choʻkindilarni oʻtkazishi;
silliqlanmagan kanallarning yuvilib ketilishiga olib kelmaydigan suvning tozalik darajasini;
qulay sharoitlarda sigʻimda yotgan choʻkindilarni gidravlik yuvish imkoniyatini.
117. Daryolarning oʻrta va quyi oqimlarida suv olish koʻpayganda, choʻkkan oqiziqlarni tindirgichlardan daryoga oqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunday sharoitda tindirgichlar choʻkindilarni chiqindixonalarga chiqarib tashlash imkoniyatini hisobga olgan xolda loyihalanishi, bunda ularni xarita koʻrinishida joylashtirish va qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish kerak.
Chiqindixonalar ostidagi gruntning unumdor qatlami olib tashlanishi va rekultivatsiyada ishlatilishi kerak.
118. Sugʻorish tizimi kanallaridagi tindirgichlarni hisoblash loyqaligi yillik oʻrtacha boʻlgan loyqa choʻkindilar tarkibi uchun amalga oshiriladi, keyinchalik loyihalashtirilgan tindirgichning loyqaligi maksimal boʻlgan yil boʻyicha ishlash qobiliyati kanalning ish rejimlarini hisobga olgan holda tekshiriladi.
119. Tindirgich joylashuvini bosh gidrouzel chegaralari yoki magistral kanallarida tanlashda quyidagilarni hisobga kerak:
geologik va topografik sharoitlarni;
kameralarda choʻkindilarni choʻkishini taʼminlaydigan sigʻimga suvni olib kelinishini;
choʻkindi kameralarida choʻkib qolgan choʻkindilarni olib tashlash yoki saqlash imkoniyatlarini;
gidrouzelning quyi byefidagi magistral (derivatsion) kanal va daryoning suv tashish qobiliyatini.
120. Tindirgich turini tanlashda (doimiy yoki davriy yuvish, mexanik tozalash) quyidagi talablarni inobatga olgan holda tindirgichni qurilishi va foydalanishida texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida amalga oshirilishi kerak:
yuvish traktining yetarliligi, gidravlik qiyaligi va erkin suv sarfi mavjudligida tindirgichlarni faqat gidravlik yuvish bilan ishlatishni;
choʻkindilarni toʻliq yuvish uchun zarur boʻlgan suv bosimlari farqi boʻlmaganda, kombinatsiyalangan (mexanik va gidravlik) tozalash bilan tindirgichlardan foydalanishni.
121. Suv quvuriga yoki sugʻorish tarmoqlariga suv yetkazib berishda uzilishlar yoki tozalanmagan suvni qisqa muddatli yetkazib berishga yoʻl qoʻyilgan hollarda davriy yuviladigan bir kamerali tindirgichlardan foydalanish kerak.
7-bob. Yopiq koʻndalang kesimli suv oʻtkazgichlar va ulardagi inshootlar
1-§. Umumiy talablar
122. GES, GTES va NSlarning yopiq koʻndalang suv oʻtkazgichlari loyihada nazarda tutilgan barcha foydalanish rejimlarida suvning oʻtishini taʼminlashi kerak.
123. GES, GTES va NSlarning bosimli suv oʻtkazgichlarining trassasi va boʻylama profili, har qanday ish tartibida suv oʻtkazgichlarda vakuum hosil boʻlishga yul qoʻyilmasligi lozim.
124. Yopiq koʻndalang kesimli suv oʻtkazgichlar va ulardagi inshootlarni loyihalashda gidravlik hisob-kitoblar amalga oshirilishi, I va II sinf gidrotexnika inshootlarining suv oʻtkazgichni uzunligi boʻylab bosimning yoʻqolishlarini, gidravlik zarbani hisobga olgan holda bosimli suv oʻtkazgichining uzunligi boʻyicha, suvning notekis va beqaror harakati bilan bosimsiz suv oʻtkazgichlarda eng yuqori va eng past suv sathlarini aniqlash uchun laboratoriya izlanish ishlarini bajarish kerak.
125. Butun uzunligi boʻylab yoki alohida hududlarda ochiq boʻlgan GES va GTES turbinaning poʻlat suv quvurlari uchun suv qabul qilgichda quvur yorilganda bosimli traktdan tezda uzilishini taʼminlaydigan individual yuritmali avariya-taʼmirlash zatvorlarini oʻrnatish kerak.
Avariya-taʼmirlash zatvori oldida taʼmirlash zatvori oʻrnatilishi kerak.
GES va GTES binolarini suv toshqinidan himoya qiluvchi inshootlari inobatga olinishi lozim.
126. Toʻgʻon tanasidan yoki togʻ massividan oʻtadigan quvurlar uchun, poʻlat-beton va temir-beton quvurlar uchun avariya-taʼmirlash zatvorlari va himoya inshootlari boʻlmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
Avariya-taʼmirlash zatvorlari orqasida quvurga havo yetkazib berilishi taʼminlanishi kerak.
2-§. Gidrotexnika tunellari
127. Trassani va tunnel turini (bosimli yoki bosimsiz), mahkamlash konstruksiyasini va koʻndalang kesim shaklini tanlashni variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida amalga oshirish kerak. Bunda, quyidagilar hisobga olinishi kerak:
gidrouzel umumiy tuzilishi (komponovka qilinishi);
yerning hisobiy yuzasiga nisbatan joylashish chuqurligi va kattaligi;
muhandislik-geologik va tektonik sharoitlari;
tunnelning gidravlik rejimi;
ishlab chiqarish shartlari;
gidrouzelning qoʻshni yer osti va yer usti inshootlarining taʼsirlari.
128. Loyihalashtirilayotgan tunnel trassasini, toʻgʻri chiziqli, eng qisqa uzunlikda tanlash kerak.
Tunnelning toʻgʻri chiziqli boʻlmagan trassasiga oʻta murakkab muhandislik-geologik yoki gidrogeologik sharoitlarda (tektonik buzilishlar, yoriqlar, koʻchkilar), murakkab qurilish sharoitlarida yoʻl qoʻyiladi.
Gidrouzel inshootining joylashish sharoitlariga koʻra, agar tunnel faol tektonik yoriq zonasini kesib oʻtsa, tunnel qoplamasining tuzilishini yer massividagi tektonik kuchlarga bardosh beradigan, moslashuvchan qilib loyihalash lozim.
129. Suv sarflarini oʻtkazish uchun tunnellarni loyihalashda ulardan qurilish suv sarflarini xam oʻtkazish uchun foydalanish imkoniyatini hisobga olish kerak.
130. Vaqtinchalik tunnellarni loyihalashda, ularning foydalanish muddati tugagandan soʻng, gidrouzelning gidrotexnika inshootlari asosida grunt massivining talab qilingan tabiiy xususiyatlarini saqlanishini taʼminlaydigan toʻldirishni inobatga olish kerak.
Toʻgʻonning filtratsiyaga qarshi elementi stvorini kesib oʻtadigan vaqtinchalik tunnellar foydalanish muddati tugagandan soʻng, yuqori byef bosimiga chidamli beton tiqinlar bilan yopib ketilishi kerak. Bunda, qamrovchi massivning yuk koʻtarish va filtratsiya qobiliyatini tunnel atrofida zaiflashgan zona mavjudligini hisobga olgan holda qabul qilish kerak.
131. Tunnellarning konstruksiyalarini loyihalashda grunt massivining yuk koʻtarish qobiliyatidan maksimal darajada foydalanish kerak.
3-§. Quvurlar
132. Quvurning turi va konstruksiyasini tanlashda quvurning maqsadini, uni montaji va foydalanish shartlarini, inshootning tuzilishi (komponovkasi), bosimni qiymatini, poydevori gruntining xususiyatlarini hisobga olib texnik-iqtisodiy taqqoslash variantlari asosida amalga oshirilishi kerak.
Turli xil variantlarning bir xil koʻrsatkichlarida poʻlat-beton va temir-beton konstruksiyalarga ustunlik berish kerak.
Quvurlarni loyihalashda choʻkuvchan, suv bosgan, loyli gruntlarda va botqoq hududlarda alohida tayanchlar yoki turli konstruksiyali estakadalar yordamida yer sathidan yuqorida oʻtkazish va poydevorning gruntlarini mustahkamlash boʻyicha maxsus choralar inobatga olinishi lozim.
133. Yer usti yotqizilgan quvurni qoyasimon boʻlmagan asosda loyihalashda uning uzunligi boʻyicha kompensatorlar (GES, GTES va NS suv qabul qilgichlarida) qurilishi, ular quvur joylashgan hududlarning mustaqil choʻkishini va ularning harorat deformatsiyasini yoki quvurning yaxlit temir-beton poydevor konstruksiyasi bir tekisda choʻkishini taʼminlay olishi kerak.
134. Quvurning konstruksiyasini tanlash (oʻlchamlarini, armaturalash, materiallarni) hisob-kitob bilan asoslanishi kerak.
135. Quvurlarni loyihalashda metallarni korroziyadan himoya qilishni GOST 9.602-2016 va QMQ 2.03.11-96 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
136. Quvurni kirish qismida va trassada, quvurni suv bilan oldindan toʻldirish uchun hamda havoni yuborish va chiqarish uchun moslamalar hisobga olish lozim.
Quvur tirsagi oʻqining radiusi kamida uchta quvur diametridan iborat boʻlishi kerak.
137. Temir-beton va poʻlat-beton quvurlariga, armatura va betonning korroziyasi shartlari boʻyicha konstruksiyaning uzoq muddatliligini, shuningdek yetarli darajada filtratsiyali oʻtkazmasligini taʼminlaydigan yoriqlar ochilishining kengligini cheklash talabini qoʻyish kerak.
Temir-beton va poʻlat-temir-beton quvurlarga yoriqlarning ochilish kengligini cheklash talabini qoʻyish zarur.
4-§. Kunlik tartibga solinadigan hovuzlar GES, GTES va NSning bosimli hovuzlari
138. Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslangan boʻlsa, toʻgʻonlarning yuqori byefida va derivatsion suv quvurlarida yetarli darajada rostlash sigʻimlari mavjud boʻlmaganda derivatsion GESlarning sutkalik rostlash havzalarini loyihalashni hisobga olish kerak.
139. Kunlik rostlash havzalari derivatsiya yoʻnalishida yoki uning tarmoqlarida, bosimli havzaga yaqinroq joylashtirilishi lozim. Bunda, daryolar vodiysi va tabiiy chuqurliklardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlib, havzalardan suv sizib chiqishi, loyqa va oqiziqlar bilan toʻlib qolishi ehtimolini hisobga olish zarur.
Kunlik rostlash havzasini bosimli havza bilan birlashtirishga yul qoʻyiladi.
140. Eng yuqori ish rejimiga ega boʻlgan GESning sutkalik rostlash havzalarini va GTESning bosimli havzalarini loyihalashda suv sathining keskin oʻzgarishi, qiyaliklarda muzlashning toʻsuvchi inshootlarining turgʻunligi, ularning qoplamalari mustahkamliligiga taʼsirini hisobga olish kerak.
141. Bosimli havzalarni loyihalashda quyidagilarni inobatga olish kerak:
ortiqcha suvni hamda suzadigan buyumlarni, chiqindini, muzni va mayda muz boʻlaklarini chiqarib tashlashni;
havzada turib qolgan choʻkindilarni bartaraf qilishni;
turbina suv quvurlari avariyaviy yoki foydalanishdan boʻshatilganda ularga havo kiritish, suv quvurlari suv bilan toʻldirilganda havoni chiqarish qurilmalarni.
142. Bosim havzalarida maksimal sath oʻrnatishda GES va GTESlarning yuklanishlarini toʻkishda hosil boʻlgan dimlangan suv toʻlqinini hisobga olish kerak.
Bosimli havzadagi suvning minimal foydalanish sathini GES va GTES ning foydalanish sharoitlariga koʻra eng katta yuklamani ishga tushirishda oʻrnatilmagan rejimda toʻlqinning oqishini hisobga olgan holda aniqlash kerak.
143. Derivatsion suv quvurlarini loyihalashda bosimli havza yonida avtomatik ishlaydigan suv tashlash inshootlarini (zatvorlarsiz suv toshirgich, sifonli suv tashlagich, gidravlik avtomatik zatvorli suv tashlagich) boʻlishi lozim.
Bu inshootlar GESning barcha hisoblangan suv sarfini oʻtkazib yuborishni yoki GES toʻxtatilganda, pastroqda joylashgan suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berishni taʼminlashi kerak. Bunda, suv isteʼmolchilarining zaxira sigʻimlari mavjudligi hisobga olinishi zarur.
144. Bosimli havzalarning qoya boʻlmagan asoslarida (choʻkadigan gruntlarda) joylashganda, suv havzasi filtratsiyasi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan koʻchki hodisalari, notekis yogʻingarchiliklarning oldini olish choralarini inobatga olish lozim.
145. NS bosimli havzalarini loyihalashda quyidagi chora-tadbirlarni inobatga olish kerak:
bosimli quvurlardan chiqadigan suvning kinetik quvvatini soʻndirish;
bosimli havzalarda qolib ketgan choʻkindilarni bartaraf qilish;
bosimli basseynning kanal yoki undan chiquvchi suv quvurlari bilan ravon tutashishi.
146. Bosimli quvurlarni bosimli havzalar bilan birikishi quyidagi xollarda bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi:
bosimli quvurlardan suvning bosimli havzadagi suv sathigacha oqishi sxemasiga koʻra, har bir bosimli quvurning boshida teskari klapan (nasos toʻxtatilganda suvning teskari oqishini oldini olish uchun) va zadvijka (klapanni taʼmirlash vaqtida bosimli quvurni ajratib qoʻyish uchun) oʻrnatilganda;
sifonli suv chiqarish qurilmalari yordamida, ularning har biri nasos toʻxtatilganda sifondagi vakuumni uzish va bosimli havzadan nasosga suvning teskari oqimini oldini olish uchun avtomatik havo klapani bilan jihozlanganida.
Mazkur variantni tanlash texnik-iqtisodiy taqqoslash bilan asoslanishi lozim.
5-§.Tenglashtiruvchi rezervuarlar
147. Tenglashtiruvchi rezervuar moslamasining zarurligi, chiqadigan derivatsiya bosimi, gidravlik zarba hisob-kitoblari va agregatlarning ish sharoitlarini tahlil qilish bilan asoslanishi kerak.
148. Tenglashtiruvchi rezervuarlarning oʻtuvchi tartiblarining gidravlik hisobi yuklanishni oʻchirishga (tushirish) va yoqishga (koʻtarish) uchun amalga oshirilishi lozim.
Tenglashtiruvchi rezervuaridagi suv sathining eng katta qiymatini GESning barcha agregatlari yuklamasi toʻliq boʻshatilganda aniqlash kerak.
Bunda, yuqori byefdagi suv sathini eng yuqori, bosim yoʻqotilishini esa eng kam deb qabul qilish kerak.
Tenglashtiruvchi rezervuardagi suv sathining eng koʻp pasayishi qiymati foydalanish sharoitlariga koʻra yuklanish eng yuqori darajada oshgan holda aniqlash lozim.
Bunda, yuqori byefdagi suv sathini eng past, bosim yoʻqotilishini esa mumkin boʻlgan eng yuqori darajada deb qabul qilish kerak.
8-bob. Kanallar
149. Kanal trassasini, suv oqimini, koʻndalang kesmalarini, konstruktiv parametrlarini tanlash kanalning maqsadi va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy asoslash asosida amalga oshirilishi lozim.
150. Kanallarning rejali joylashuvi hududning relyefi, gruntli sharoitlar, hududning oʻzlashtirilganligi va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
151. Kanallarni loyihalashda ularni chuqurlikda yoki yarim chuqurlik, koʻtarmada joylashtirish lozim.
Kanalning koʻtarmada qurilishiga uning yoʻnalishi mahalliy pastliklar bilan kesishganda yoʻl qoʻyiladi.
152. Kanallardagi suvning tezligini ularning kanallarini loyqalanmasligi va yuvilmasligi shartlaridan kelib chiqib hisob-kitoblar bilan aniqlash kerak.
153. Kanal oʻzanining yuvilishini oldini olish maqsadida uni qoplash zarurati qiyosiy texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida belgilanishi lozim.
154. Kanallarni loyihalashda kuchli oʻtkazuvchan gruntlarda va quyi joylashgan yer maydonlarini suv bosishini oldini olish uchun filtrlashga qarshi chora-tadbirlarni inobatga olish kerak.
155. Kanallarning oxirgi qismida, kanallarni boʻshatish uchun suv tashlovchi inshootlar loyihalanishi kerak.
Kanal uzunligining oxirgi qismida suv tashlash inshootlardan tashqari, avariya suv tashlagichlari tashkil etilishi kerak, ularning joylashuvi muhofaza qilinadigan obyektlar va mahalliy sharoitlarga qarab tanlanishi lozim.
156. Kanallar boʻylab kanallar va undagi inshootlarning holatini nazorat qilish uchun xizmat (inspektorlik) avtomobil yoʻllarini, shuningdek aholi punktlari hududlarida chegara-ximoya toʻsiqlarni oʻrnatish zarur.
157. Togʻli hududlarning qiyaligidan oʻtgan kanallarni yomgʻir, erigan va oqava suvlar yuvib ketmasligi uchun himoyalash chora-tadbirlarini hisobga olish kerak.
158. Jarliklar va soylar bilan kesishgan joylarda maxsus suv va sel oʻtkazish inshootlarini loyihalash kerak.
159. Soylardan toshqinlar oʻtishi davri sugʻorish kanallaridagi suv talabi davriga toʻgʻri kelganda, suv chiqarish inshootlarini loyihalash lozim.
160. Chuqur oʻyiqlardan oʻtadigan kanallarning maydonlarida (sugʻoriladigan zonalarda) qiyaliklarning vayron boʻlishi va koʻchishi va kanalni grunt bilan toʻsib qoʻyishning oldini oladigan chora-tadbirlarni inobatga olish kerak.
161. Kanal dambasining maksimal suv sathidan balandligi kanalning parametrlari va maqsadiga koʻra belgilanishi zarur.
Nasos stansiyalarining suv olib kelish kanallarini loyihalashda damba oʻrkachining suv sathidan balandligini nasos stansiyasini oʻchirishda toʻlqin va avariya zaxirasini hisobga olgan xolda loyihalashtirishi kerak.
162. Toʻgʻonlarning oʻrkachi va bermalari kengligi qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishni hisobga olgan holda foydalanish talablaridan kelib chiqqan holda belgilanishi kerak.
163. Agar kanal orqali motorli qayiqlar va boshqa suzish vositalari oʻtishi mumkin boʻlsa, qirgʻoqni toʻlqinlar deformatsiyasidan va yuvilishidan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak.
164. Magistral kanallarning trassalari burilishlarining aylanma radiusi maxsus gidravlik hisob-kitob natijalari asosida belgilanishi kerak.
165. Kanal loyihalarida suvni muhofaza qilish zonalari va qirgʻoq boʻyi chiziqlari belgilanishi kerak.
166. Sugʻorish maqsadlari uchun kanallarning hisobiy sarflari SHNQ 2.06.03-12 ga muvofiq aniqlanishi lozim.
9-bob. Qirgʻoqlarni mustahkamlash, muhofaza qilish va tartibga solish inshootlari
167. Qirgʻoqni mustahkamlash, himoya qilish va tartibga solish inshootlarini himoya qilinadigan maydondan foydalanish maqsadi va xususiyatiga koʻra daryo oqimini tartibga solish, suv ombori yoki daryo kanalining qirgʻoq chizigʻini qayta ishlash prognozi, choʻkindi, toʻlqin va muz taʼsirlari harakatini, mumkin boʻlgan koʻchkilarni hisobga olgan holda loyihalash kerak.
Bunda, zarur hollarda kemasozlik, suvdan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek aholi punktlari istiqbolli rivojlantirish talablarini hisobga olinishi kerak.
168. Qirgʻoqlarni mustahkamlash, himoya qilish va tartibga solish inshootlarini ulardan ijtimoiy maqsadlarda (muhandislik inshootlari sifatida, aholining ommaviy dam olishi va sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari uchun) foydalanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
169. Daryoning tubi va suv sathini barqarorlashtirish uchun bogʻlovchi (suv saqlovchi) inshootlar kaskadini qurish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish kerak.
170. Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini tanlashda ularning maqsadiga qoʻshimcha ravishda, mahalliy qurilish materiallarining mavjudligi va mumkin boʻlgan ishlab chiqarish usullarini hisobga olish kerak.
Qirgʻoqni muhofaza qilish inshootlarining konstruktiv turlari va ulardan foydalanishning asosiy shartlari mazkur SHNQning 7-ilovasida keltirilgan.
Qirgʻoqni muhofaza qilish inshootlarining uzunligi boʻyicha geologik xususiyatlari, chuqurligi, toʻlqinlarning holati muvofiq turli konstruksiyalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
171. Qirgʻoqlarni yemirilishdan himoyalash sunʼiy inshootlar (toʻlqinlardan himoyalovchi va toʻlqinlarni energiyasini soʻndiruvchi) yordamida yoki kelayotgan choʻkindilardan foydalanib zarur kenglikdagi qumloq yaratish orqali, yoxud qumloq materiallari konlaridan olingan qum bilan qumloq hosil qilish yoʻli bilan amalga oshirilishi lozim.
172. Gidrotexnika inshootlarning qirgʻoqlarini mustahkamlash turlari va ularni qoʻllashning asosiy shartlari mazkur SHNQning 8-ilovasiga muvofiq olinishi kerak.
10-bob. Baliqni oʻtkazuvchi va baliqni muhofaza qilish inshootlari
173. Daryolar, suv omborlari, koʻllar yoki baliqchilik xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan ichki suv havzalarida (hovuzlarda) gidrouzel inshootlarini loyihalashda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida tanlanadigan baliq oʻtkazuvchi va baliqni himoya qilish inshootlarini oʻrnatishni inobatga olish kerak.
174. Baliqchilik suv havzalarida suv olish inshootlarini loyihalashda baliqlarni suv olish inshootlariga kirishdan himoya qilish uchun maxsus qurilmalar oʻrnatilishini kerak.
11-bob. Suv omborlari
1-§. Asosiy talablar
175. Suv omborlarini loyihalashda quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
qishloq xoʻjaligi yerlarini suv bosishidan himoya qilish;
aholi punktlarini, ishlab chiqarish obyektlarini, alohida inshootlarni yoki binolarni, tarixiy yoki meʼmoriy yodgorliklarni muhandislik muhofazasi qilish;
avtomobil va temir yoʻllar, gaz va neft quvurlari, elektr uzatish va aloqa liniyalari, suv ombori tubini sanitariya holatiga keltirish, daraxtlar va butalarni olib tashlash;
suv havzalarida baliqchilikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish;
suv, gidrobiologik, oʻsimlik va boshqa tabiiy resurslarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish
gidrologik, geologik, gidrogeologik, geobotanik, qishloq xoʻjaligi, ekologik va boshqa omillarni hisobga olgan holda suv omborlarini yaratish natijasida tabiiy atrof-muhitning oʻzgarishi prognozlarini, shu jumladan suv sifati, suv omborlarining loyqalanishi, qirgʻoqlarni qayta ishlash, yer osti suvlari sathlarining, grunt xususiyatlarini oʻzgarishini prognozlarini tuzish;
suv omborining erkin sathini egri yuzasi ponalash zonasida suv tubida va qirgʻoqlarida surilib boradigan choʻkindilarining chiqishini hisobga olish,
suv omborlaridan foydalanish davrida suzuvchi yogʻochlar, chiqindilar, muzli qor va boshqa toʻsiqlardan kelib chiqadigan qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan choralar;
suv omborlarni suv muhofazasi va qirgʻoq boʻyi zonalarini belgilash va ular uchun tegishli chora tadbirlar ishlab chiqish;
suv omborlaridan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar.
176. Qirgʻoqlarning qayta ishlash prognozi 10 yilga va oxirgi bosqich uchun tuzilishi kerak.
10 yillik qayta ishlash hududida binolar, qabriston va boshqa inshootlarni koʻchirish boʻyicha choralarni koʻzda tutish lozim.
2-§. Issiqlik va atom elektr stansiyalarni suv bilan taʼminlash uchun suv omborlari
177. Suv omborlari-sovitgichlarining parametrlari, suv toʻkuvchi va suv oluvchi gidrotexnika inshootlarining toʻplamini termik hisob-kitoblari asosida aniqlanishi, modellarda tadqiqotlar bilan aniqlash va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni variantlarini taqqoslash natijalariga koʻra tanlanishi kerak.
178. Suv omborlari-sovitgichlar sifatida suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining manfaatlarini hisobga olgan holda kompleks maqsadlarda suv omborlarini yoki ularning ajratilgan qismidan foydalanish imkoniyatini koʻrib chiqish kerak.
179. Suv omborlari-sovitgichlarni loyihalashda ulardan baliq xoʻjaligi, sugʻorish, dam olish maskanlarini tashkil etish uchun kompleks foydalanish imkoniyatini inobatga olish kerak.
12-bob. Portli inshootlar
180. Port gidrotexnika inshootlarini (prichal va qirgʻoqni mustahkamlash) ular asosida port toʻplamlari, inshootlarning uzunligi, vertikal rejalashtirish belgilari, normativ foydalanish yuklari oʻrnatiladigan texnologik talablardan kelib chiqib loyihalash lozim.
181. Port obyektlarining joylashuvi port akvatoriyasining zarur kengligi va maydonini yaratish, qulay suv, temir yoʻl va avtomobil yondashuvlari, hududning va port akvatoriyasini yaratish boʻyicha minimal grunt ishlari hajmini, qazib olish va toʻkishlar hajmining maqbul muvozanati, portning rivojlanish istiqbollari, geologik va boshqa tabiiy va shahar qurishni rejalashtirish bilan bogʻlanganligida foydalanish sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
182. Port akvatoriyasining loyiha joylashuvi (navigatsiyasi) chuqurligini hisobiy choʻkishidan va zarur zaxiralarga qarab belgilanishi kerak.
Loyihaviy joylashuvi (navigatsiyasi) chuqurligini ichki suv yoʻllari uchun — suvning eng past darajasiga koʻra hisoblash kerak.
183. Kema qatnovi uchun moʻljallangan eng past suv sathi quyidagilardan oshmasligi kerak:
joylashuv (navigatsiya) darajasi uzoq yillik davrda kundalik maʼlumotlardan (suv yoʻllari maydonlarining tartibga solinadigan maydonlarida kunlik tebranishlarni hisobga olgan holda) aniqlangan holda, I va II toifadagi portlar uchun — 99 foiz, III va IV toifadagi portlar uchun — muvofiq ravishda 97 va 95 foiz;
suv yoʻlining yon qoʻshni maydonlardagi loyihadagi suv sathi, uning oʻzgarishi istiqbollarini va suv omborlarida esa maksimal joylashuvi (navigatsiyasi) ishlab ketishini darajasini hisobga olish kerak.
Joylashuv (navigatsiya) davri — portlarda joylashuv (navigatsiya) muddatlarini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
184. Mavjud portning toifasini oʻzgartirganda, tegishli asoslar bilan, ilgari qurilgan inshootlarda qabul qilingan, hisoblangan suv sathlarini yoki kordon va prichallar (kemalar bogʻlab qoʻyiladigan maxsus joylar) oldida akvatoriya tubining belgilarini oʻzgartirmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
185. Chuqurliklarning kattalashishi, foydalanish yuklarining koʻtarilishi bilan bogʻliq boʻlgan port inshootlarini rekonstruksiya qilishni loyihalashda mavjud inshootlarning konstruksiyalarining yuk koʻtarish qobiliyatining zaxiralaridan foydalanish kerak.
186. Inshootning turini va konstruksiyasini tanlashni prichalni, texnologik talablarni, portning hududi va akvatoriyasining oʻlchamlari, ishlab chiqarish ishlari mumkin boʻlgan usullari hisobga olib amalga oshirish kerak.
187. Kordon yaqinidagi prichal hududining belgisi daryo portining toifasiga, suv sathi va muzning siljishiga qarab, maqsadi, qoʻshni hududning relyefi, suv sathining kutilayotgan oʻzgarishini, ishlatiladigan texnologik uskunalar hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
Daryolarda yuk prichallari hududining belgisi portlar uchun yillik ehtimoli foiz dan ortiq boʻlgan suv toshqini choʻqqisi darajasidan kam boʻlmagan holda belgilanadi:
Daryolarda portlar uchun yuk prichallari hududining belgisi suv toshqinining eng yuqori darajasidan kam boʻlmagan yillik ehtimollik koʻrsatkichi bilan belgilanishi lozim:
I toifasini…………..…..1 foiz;
II va III toifalarni...……5 foiz;
IV toifani............………10 foiz.
Suv omborlarida kordonda yaqinidagi prichalning belgisi koʻrsatilganidan past boʻlmasligi va NDS dan kamida 2 m balandlikda boʻlishi kerak, bunda, qoida tariqasida, u tirbandlik hodisalarini hisobga olgan holda soʻnggi 60 yil ichida belgilangan muz siljishining eng yuqori darajadagi belgisidan kamida 0,2 m baland boʻlishi kerak.
188. Prichal inshootlarini loyihalashda muhandislik tarmoqlarini yotqizishni, yongʻinga qarshi oʻtish joylari moslamasi, uradigan gʻildiraklarni bruslarini, narvonlarini, uradigan va bogʻlash moslamalarini oʻrnatishni, yer usti suvlarini olib borib hududni qoplash, chuqurni mahkamlash va boshqalar.
189. Kranlarni ortiqcha yuklangan uskunalari oʻrnatilmagan prichallar uchun (paromli oʻtish joylari, ogʻir vaznli prichallar, neft prichallari va boshqalar) kemaning choʻkishi oʻzgarganda va akvatoriya sathini tebranishlarida, ularning normal foydalanishini taʼminlaydigan konstruktiv chora-tadbirlar va qurilmalarni inobatga olish kerak.
Suzuvchi prichallarni mahkamlash moslamalari oʻzgaruvchan suv sathlarida kemaning xavfsiz bogʻlanishini taʼminlashi kerak.
190. Qirgʻoq boʻylarni mustahkamlash inshootlarini loyihalashda ushbu SHNQning 9-bobi talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
1-ILOVA
Doimiy gidrotexnika inshootlar
1. Asosiy gidrotexnika inshootlariga quyidagilar kiradi:
toʻgʻonlar;
bosim maydonining tarkibiga tayanchlar va himoya devorlari;
oʻrab turadigan dambalar;
qirgʻoqni mustahkamlaydigan (portdan tashqari), tartibga soladigan va panjarali inshootlar;
suv tashlovchilar;
suv qabul qiluvchi va suv yigʻish inshootlari;
derivatsiyali kanallar, akveduklar, dyukerlar, kanal-koʻpriklar, quvurlar-selni tushirgichlar;
tunnellar;
quvurlar;
bosimli havzalar va tekislaydigan rezervuarlar;
gidravlik va gidroakkumulyatsiyalovchi elektrstansiyalar, nasos stansiyalar, kichik va mikro gidroelektrstansiyalar;
portlarning (pristanlar, qirgʻoq boʻyi, pirslar), kemalarni taʼmirlaydigan korxonalarni, paromli oʻtkazgichlarni gidrotexnika inshootlari, ikkinchi darajalilarga tegishlilardan tashqari;
issiqlik elektrstansiyalarning gidrotexnika inshootlari.
2. Ikkinchi darajali gidrotexnika inshootlariga quyidagilar kiradi:
muzdan himoya qiladigan inshootlar;
suv oqimini boʻladigan devorlar;
bosimli maydon tarkibiga kirmaydigan ustunlari va tayanch devorlari;
qirgʻoqni mustahkamlaydigan portlarning inshootlari;
baliqlarni himoya qiladigan inshootlar;
asosiy gidrotexnika inshootlarning tarkibida koʻrsatilmagan boshqa inshootlar.
Buzilishida mumkin boʻlgan zararga koʻra va tegishli asoslar bilan portlarning qirgʻoqni himoya qilish inshootlarini asosiy inshootlarga kiritishga yoʻl qoʻyiladi.
SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
2-ILOVA
Gidrotexnika inshootlari sinfining vazifasi
1. Asosiy gidrotexnika inshootlari sinfi 1 — 3-jadvallarga muvofiq aniqlangan eng yuqori qiymati boʻyicha olinishi kerak.
Ikkinchi darajali gidrotexnika inshootlari sinfi ushbu gidrouzelning asosiy inshootlari sinfidan pastroq birlikka, biroq III sinfdan yuqori boʻlmagan qabul qilish lozim.
Vaqtinchalik inshootlar IV sinfga kiritilishi kerak.
Agar ushbu inshootlarning buzilishi halokatli oqibatlarga olib kelishi yoki I va II sinfdagi asosiy inshootlarni qurishda sezilarli kechikishlarga olib kelishi mumkin boʻlsa, ularni tegishli asoslar bilan III sinfga kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
2. Bir vaqtning oʻzida suv xoʻjaligi kompleksining bir nechta ishtirokchilarini (energetika, melioratsiya, suv taʼminoti, suv toshqini bilan kurash) taʼminlaydigan gidrouzel majmuasining asosiy gidrotexnika inshootlari sinfini, koʻrsatkichlari yuqori sinfga mos keladigan ishtirokchi uchun kabi belgilanishi kerak.
Bosim maydonining tarkibiga kiradigan asosiy inshootlar sinfi, yuqori sinfga toʻgʻri keladigan inshootga koʻra belgilanishi lozim.
3. Agar asosiy gidrotexnika inshootining buzilishi shaharlar, yirik sanoat korxonalari, gidrouzellar, transport magistrallari uchun olib kelishi mumkin boʻlsa, 1-jadval boʻyicha aniqlanadigan inshootning sinfi, kanallar uchun esa 3-jadvalga muvofiq, tegishli asoslar bilan gidrotexnika inshootlari sinfini birlikka oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
4. Ushbu ilovaning 3-jadvalga muvofiq aniqlanadigan, quvvati 1,5 million kW dan kam boʻlgan gidravlik yoki issiqlik elektr stansiyasining asosiy gidrotexnika inshootlari sinfini, agar bu elektr stansiyalari energiya tizimlaridan ajratilgan boʻlsa va yirik aholi punktlariga, sanoat korxonalariga, transport va boshqa isteʼmolchilarga xizmat qilsa, yirik aholi punktlari va sanoat korxonalarini issiqlik, issiq suv va bugʻ bilan taʼminlaydigan boʻlsa, gidrotexnika inshootlari sinfini birlikka oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
5. 1, 2 va 3-toifali daryo portlarini asosiy gidrotexnika inshootlarini III sinfga, qolganlarini IV sinfga kiritilishi kerak.
Port toifasini 4-jadvalga asosan belgilash kerak.
Yuk aylanmasi va yoʻlovchilar aylanmasi daryo portlarini texnologik loyihalash talablariga muvofiq belgilanishi lozim.
6. Balandligi 15 m gacha boʻlgan maxsus konstruksiyadagi toʻgʻonlar (filtrlaydigan, toʻldiruvchi zatvorli, suv bostiradigan va bosimsiz dambalar) IV sinfli inshootlarga kiritilishi kerak.
7. Kompleks gidrouzel tarkibiga kiruvchi kichik va mikro GESlarni III sinfga kiritilishi lozim.
8. Bitta gidrotexnika inshootining yuqori sinfdagi boshqa inshootlar bilan kesishgan joyida loyihalashtirilgan gidrotexnika inshooti sinfining oshishi asoslanishi kerak.
9. Bosh suv olish joyidan birinchi tartibga soluvchi suv omborigacha boʻlgan kanal hududining sinfi, shuningdek tartibga soluvchi suv omborlari orasidagi kanal hududlari, agar oqibatlarini bartaraf etish davrida asosiy suv isteʼmolchisiga suv yetkazib berilsa, kanaldagi avariya suv omborlari yoki boshqa manbalarning tartibga solish sigʻimi hisobidan taʼminlanganda uning sinfi mumkin boʻlgan birlikka qisqartirilishi mumkin.
10. Qirgʻoqni mustahkamlaydigan gidrotexnika inshootlari III va IV sinflarga kiritilishi kerak.
Agar qirgʻoqni mustahkamlaydigan inshootda halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlsa (koʻchki, suvning yuvib ketishi) gidrotexnika inshootining sinfini birlikka oshirish kerak.
Asosiy doimiy gidrotexnika inshootlarni ularning balandligidan va poydevori tuproqlarining turidan kelib chiqqan xolda sinflanishi

1-jadval

Inshootlar

Poydevor tuprogʻining turi

Gidrotexnika inshootining balandligi, m,

ularning quyidagi sinfida

I

II

III

IV

1. Gruntli materiallardan toʻgʻonlar

A

100 dan ortiq

70 dan 100 gacha

25 dan 70 gacha

25 dan kam

B

75 dan ortiq

35 dan 75 gacha

15 dan 35 gacha

15 dan kam

V

50 dan ortiq

25 dan 50 gacha

15 dan 25 gacha

15 dan kam

2. Bosimli yuzaning hosil qilishda ishtirok etadigan betonli va temir-betoni toʻgʻonlar, elektrostansiyalar binolari yer osti konstruksiyalari inshootlar

A

100 dan ortiq

60 dan 100 gacha

25 dan 60 gacha

25 dan kam

B

50 dan ortiq

25 dan 50 gacha

10 dan 25 gacha

10 dan kam

V

25 dan ortiq

20 dan 25 gacha

10 dan 20 gacha

10 dan kam

3. Tayanch devorlar

A

40 dan ortiq

25 dan 40 gacha

15 dan 25 gacha

15 dan kam

B

30 dan ortiq

20 dan 30 gacha

12 dan 20 gacha

12 dan kam

V

25 dan ortiq

18 dan 25 gacha

10 dan 18 gacha

10 dan kam

4. Daryoviy, prichalli inshootlar

A, B, V

25 dan ortiq

20 dan 25 gacha

20 dan kamroq

-

5. Passiv himoyalangan daryoviy portli qiroqli mustahkamlashlar; tor yoʻnaltirilgan va chiqindi-larni ushlab qoladigan dambalar

A, B, V

-

15 dan yuqori

15 va kamroq

-

Izohlar:

1. A gruntlar — qoyali, B — qumli, yirik boʻlakli va qattiq va yarim qattiq holatda loyli; V — loyli, plastik suv bilan toʻyingan holatda.

2. Gidrotexnika inshootining balandligini va uning poydevorini baholashni ushbu SHNQga muvofiq aniqlanishi kerak.

3. Mazkur jadvalning 4-pozitsiyasida inshootning balandligi oʻrniga inshoot oldidagi chuqurlik olingan.

Himoyalanadigan inshootlarning sinfi

2-jadval

Himoyalanadigan hududlar

Himoyalanadigan gidrotexnika inshootlarining sinfida suv tayanch inshootiga maksimal hisobiy bosim, m

I

II

III

IV

1. Aholi punktlari. Yashash joyining hududini yashash jamlanmasi zichligi, 1 ha m2

2500 dan ortiq

x)

5 gacha

3 gacha

-

2100 dan 2500 gacha

-

8 gacha

5 gacha

2 gacha

1800 dan 2100 gacha

-

10 gacha

8 gacha

5 gacha

1800 gacha

-

10 dan koʻp

10 gacha

8 gacha

Sogʻlomlashtirish-rekreatsion va sanitar-himoya moʻljallangan

-

-

10 dan koʻp

10 gacha

Sanoat:

Ishlab chiqarishning yillik hajmi bilan sanoat korxonalari

500 dan ortiq

x)

5 gacha

3 gacha

-

100 dan 500 gacha

-

8 gacha

5 gacha

2 gacha

100 gacha

-

8 dan koʻp

8 gacha

5 gacha

4. Kommunal-omborli:

umumshaharga moʻljallangan kommunal-omborxona korxonalari

-

8 gacha

5 gacha

2 gacha

boshqa kommunal-omborxona korxonalari

-

8 dan koʻp

8 gacha

5 gacha

5. Madaniyat va tabiat yodgorliklari

-

3 gacha

-

-

x) Tegishli asoslar bilan, agar avariya oqibatida ulardagi himoyalanadigan yirik shaharlar va sanoat korxonalari uchun halokatli xususiyatli oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan, himoya inshootlarini I sinfga kiritishga yoʻl qoʻyiladi.

Asosiy gidrotexnika inshootlarining ulardan foydalanishi buzilishi oqibatlariga koʻra sinfi (ijtimoiy-iqtisodiy masʼuliyatini)

3-jadval

Gidrotexnika qurilishining obyektlari

Inshootlar sinfi

1. Gidravlik, gidrotoʻplovchi, gidrotexnika inshootlarining va issiqlik elektrstansiyalarining quvvati, ming kVt:

1,5 va undan koʻp

I

1,5 dan kam

IIIV

2. Ichki suv yoʻllarida gidrotexnika inshootlar va kema yuradigan kanallar (daryo portlarining inshootlaridan tashqari):

yuqori magistral

II

magistral va mahalliy ahamiyatli

III

3. Inshootlar tomonidan xizmat koʻrsatiladigan sugʻorish va quritish maydonida meliorativ tizimlarning gidrotexnika inshootlari, ming.ga:

300 dan koʻproq

I

100 dan koʻp 300 gacha

II

50 dan koʻp 100 gacha

III

50 va undan kam

IV

4. Hajmi meliorativ maqsadlar uchun boʻlgan suv omborlarining tayanch inshootlari, mln. m3:

1000 dan katta

I

200 dan katta 1000 gacha

II

50 dan katta 200 gacha

III

50 va undan kam

IV

5. Daryo portlari va kema taʼmirlash korxonalarining toʻsiq inshootlari

III

Izoh: Yuqori magistral boʻlib I va II sinflarga GOST 26775-97 ga tegishli suv yoʻllari hisoblanadi, magistrallilarga — III va IV sinflarga tegishli, mahalliy ahamiyatli suv yoʻllari — boshqa barcha ichki suv yoʻllari

Daryo portlarining toifalari

4-jadval

Portning toifasi

Oʻrtacha kunlik

Yuk aylanmasi, shartli t

Yoʻlovchi tashish aylanmasi, shartli yoʻlovchi

1

15000 dan koʻp

2000 dan koʻp

2

3501 — 15000

501 2000

3

751 — 3500

201500

4

750 va kam

200 va kam

SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
3-ILOVA
Birinchi guruh cheklangan holati hisob-kitoblarda γf yuklanish boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlarining qiymatlari

1-jadval

Yuklanishlar va taʼsirlar

γf  yuklanish boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentining qiymatlari

Toʻgʻridan-toʻgʻri inshootning va poydevor yuzasida suv bosimi, filtrlovchi suvning kuch taʼsiri; toʻlqinli bosim, ostonadagi bosim

1,0

Tunnellarni qoplashga yer osti suvlarini gidrostatik bosimi

1,1 (0,9)

Inshootning ogʻirligi (gruntning ogʻirligisiz)

1,05 (0,95)

Tunnellarning qoplamalarini ogʻirligi

1,2 (0,8)

Gruntning ogʻirligi (gruntning ogʻirligidan vertikal bosim)

1,1 (0,9)

Gruntning yon bosimi (jadvalga 2 va 3 eslatmaga qarang)

1,2 (0,8)

Nasoslarning bosimi

1,2

Koʻtaradigan yuk oʻtkazish va transport vositalaridan yuklanishlar

1,2

Kran yoʻllari, yoʻlovchi, xizmat va boshqa prichallari va qirgʻoqlari ichidagi yuk prichallari hududida omborlanadigan yuklardan (quyma yuklardan tashqari) yuklanishlar

1,2

Yuk koʻtarish yoʻllarini chekkasida va boshqa inshootlarida

1,3

Quyma yuklardan yuklanishlar

1,3 (1,0)

Konstruksiyalarni oldindan kuchlanishidan yuklanishlar

1,0

Kemalardan yuklanishlar (ogʻirlik, quymalar, shvartli va zarbli)

1,2

Muzli yuklanishlar

1,1

Maʼlumotli va adabiy maʼlumotlardan qabul qilinadigan haroratli va namli taʼsirlardan kuchlar

1,1

Seysmik taʼsirlar

1,0

Eksperimental tadqiqotlar, haqiqiy oʻlchovlar va dinamik koeffitsiyentlarining hisobga olib belgilanadigan koʻp yillik qator kuzatuvlarni statistik qayta ishlash asosida belgilanadigan yuklanishlar, meʼyoriy qiymatlar

1,0

Izohlar:

1. Qavslar ichida keltirilgan yuklanish boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyentlarning qiymatlari, koeffitsiyentlarning minimal qiymatidan foydalanish inshootning foydasiz yuklanishiga olib keladigan holatlarga tegishli.

2. Grunt xususiyatlari (solishtirma ogʻirlikning va mustahkamlik xususiyatlari) va materiallarning (betonning solishtirma ogʻirligi) hisobiy qiymatlarini qoʻllab hisoblangan, barcha grunt yuklanishlari va inshootning ogʻirligi uchun birga teng boʻlishi kerak.

3. Gruntning normativ tavsiflaridan foydalanganda gruntning yon bosimidan yuklanishlar uchun γ=1,2 (0,8) koeffitsiyentining qiymati.

SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
4-ILOVA
Gidrotexnika inshootlariga taʼsir qiladigan yuklar va taʼsirlar roʻyxati
1. Gidrotexnika inshootlarining loyihalashda quyidagi yuklar va taʼsirlarni hisobga olish kerak:
Doimiy va vaqtinchalik (davomiy va qisqa muddatli):
a) konstruksiyalar va inshootning ogʻirligi;
b) foydalanish jarayonida, uning inshootdagi joyi oʻzgarmaydigan, doimiy texnologik uskunaning ogʻirligi (zatvorlarni, gidroagregatlarni, transformatorlarni);
v) inshoot va poydevorning ayni yuzasiga suvning bosimi, filtrlashga qarshi va drenaj moslamalarining asosiy hisobiy holatidan oshib ketishning hisobiy ehtimolligining va normal ishlashining maksimal suv sarflariga mos keladigan, normal tayanch darajasida bosimga qarshi bosim, inshoot va poydevorning suv bilan toʻyingan qismlarida hajmiy kuchlarni filtrlashni va oʻlchashni hisobga oladigan filtrlovchi suvning kuchli taʼsiri;
g) gruntni ogʻirligi va uning yon bosimi, togʻ bosimi, tashqi yuklanishlar va haroratli taʼsirlar bilan vujudga keladigan poydevorni va konstruksiyani deformatsiyasi oqibatida paydo boʻladigan gruntning bosimi;
d) tashqariga chiqqan choʻkindilarning bosimi;
e) konstruksiyalarning oldindan kuchlanishidan yuklanishlar;
j) filtrlashga qarshi va drenaj qurilmalarining normal tayanch darajasida va normal ishlashida suv bilan toʻyingan gruntda tugatilmagan birlashtirishni keragidan ortiq ostona bosimi bilan yuzaga keladigan yuklanishlar;
z) oʻrtacha oylik tashqi havo haroratining oʻrtacha tebranish amplitudasi bilan bir yil uchun belgilanadigan qurilish va foydalanish davrlarining haroratli taʼsirlari;
i) qayta yuklash va yuklarni transport vositalaridan, shuningdek inshootning foydalanishi bilan bogʻliq boshqa yuklanishlar;
k) shamolning oʻrta koʻp yillik tezligida koʻrsatilgan bosimni portli inshootlardan tashqari, toʻlqinning bosimi;
l) kemalardan (ogʻirlik, quyma, shvartli va zarbli) va suzuvchi jismlardan yuklanishlar;
m) qor va shamol yuklari;
n) koʻtaruvchi va boshqa mexanizmlardan yuklar (koʻprikli va osiluvchan kranlarni);
o) normal foydalanish davrida gidravlik zarbdan bosim;
p) normal tayanch sathida bosimsiz va bosimli suv quvurlar boʻyicha sarflarni oʻtkazishda dinamik yuklar;
r) suvni oʻtkazuvchi inshootlarga choʻkindilarni tozalovchi taʼsiri.
2. Maxsus (yuklarning maxsus birikmasida ularni ularga mos keladigan doimiy, vaqtinchalik, davomiy va qisqa muddatli yuklar bilan almashtiriladi):
s) toʻgʻridan-toʻgʻri inshoot va poydevor yuzasidagi suv bosimi;
filtrlovchi suvning kuch taʼsiri, inshootning suvga toʻyingan qismlari chegarasida qarshi bosim va inshootning va poydevorning suvga toʻyingan qismlarida filtrlashni va tortishni hajmiy kuchlari;
asosiy hisobiy holatdan oshib ketishning hisoblangan ehtimoli darajasi maksimal suv sarfiga mos keladigan NDS dan yuqori boʻlgan tekshirish hisobiy holatidan oshib ketishning hisoblangan ehtimolining va yuqori byefning sathlarida suvning maksimal sarflariga mos keladigan yuqori byefning kuchaytirilgan darajasida suv bilan toʻyingan tuprogʻida tugatilmagan birlashishining juda koʻp boʻlgan ostona bosimi bilan filtrlanishga qarshi yoki drenaj uskunalarini asosiy hisobiy holatini hisobiy ehtimolini maksimal suv sarflariga mos keladigan va normal ishlashini buzilishida (“v” va “j” band ostilarning yuklari oʻrniga), yuqori byefning normal tayanch darajasida filtrlanishga qarshi normal ishida yoki yuqori byefning yuklari;
t) oʻrtacha oylik tashqi havo haroratining eng katta tebranish amplitudasi boʻlgan yil uchun aniqlangan, qurilish va foydalanish davrlarining haroratli taʼsiri (“z” kichik bandidagi yuklar oʻrniga);
u) shamolning maksimal hisobiy tezligida belgilanadigan, suvning bosimi (“k” band osti yuklanishi oʻrniga);
f) yukning toʻliq tushirilishida gidravlik zarbadan bosim (“o” band osti yuki oʻrniga);
x) yuqori byefning tezlashtirilgan sathida bosimsiz va bosimli suv quvurlari boʻyicha sarflarni oʻtkazish paytida dinamik yuklar (“p” band osti yuk oʻrniga);
s) seysmik taʼsirlar;
ch) portlatishlardan dinamik yuklar;
sh) suvning shiddatli oqimlaridan gidrodinamik va oʻlchanadigan taʼsirlari.
SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
5-ILOVA
Gidrotexnika inshootlarining vaqtinchalik foydalanish davri uchun suv sarflarining ortib ketishi ehtimolini hisoblash
Suv oqimidan ortib ketishning hisoblangan ehtimoli R, foiz (suvning hisobiy oqimi Qr har qanday yilda sodir boʻlishi ehtimoli), bir marta takrorlanishning oʻrtacha davri T, yillar va ishonchlilik R quyidagi bogʻliqliklar bilan bogʻliq:
Gidrotexnika inshootlarini qurish yoki rekonstruksiya qilish davrida maksimal suv sarfidan oshib ketishning hisoblangan ehtimolini, qabul qilingan inshootning sinfi uchun R tekshirish hisobiy holatiga mos keladigan normal darajadagi ishonchlilik darajasi bilan “n” inshootning vaqtinchalik foydalanish davrining davomiyligidan kelib chiqib, quyidagi jadval boʻyicha belgilashga yoʻl qoʻyiladi.
Ishonchlilikning normativ darajasi — RQ ning tekshirish hisobiy holatga mos keladigan maksimal suv sarfi Qr, inshootning hisobiy xizmat muddati davomida sodir boʻlmasligi ehtimoli.

1-jadval

Gidrotexnika inshootining vaqtinchalik davrining foydalanish davomiyligi n, yillar

Inshootning sinfi

I

II

1

1,0

3,0

2

0,5

3,0

3

0,3

3,0

5

0,2

2,0

10

0,1

1,0

100

0,01

0,1

III sinf inshootlar uchun vaqtinchalik foydalanish muddati 10 yilgacha boʻlgan suv sarfi dan oshib ketishining hisoblangan ehtimoli 5 foizga teng deb qabul qilinadi.
Inshootning vaqtinchalik foydalanishining boshlanishi loyihada qurilishning kalendar rejasida belgilangan yoki hujjat bilan qayd etilgan inshootni yoki inshootning tugallanmagan qurilishida boshlangʻich foydalanish yuklariga va taʼsirlariga yoki hisobiy yuklarga va taʼsirlariga uning alohida elementlarini yuklar va taʼsirga oʻrnatish sanasi hisoblanadi.
SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
6-ILOVA
Zatvorlar bilan toʻsiladigan suv oʻtkazish inshootlarini toʻgʻri burchakli teshiklarining oʻlchamlari
1. Zatvorlar bilan toʻsib qoʻyilgan toʻgʻri burchakli teshiklarning kengligi (oraligʻi) va balandligi quyidagi 1-jadvalga muvofiq olinishi kerak.
Teshiklarning kengligi va balandligi oʻrtasidagi munosabatini, ushbu obyektning aniq loyihalash sharoitlaridan kelib chiqib tanlash kerak.
2. Texnik-iqtisodiy asoslashda, quyidagi 1-jadvalda keltirilgan, teshiklarning oʻlchamlaridan chetga chiqishiga yoʻl qoʻyiladi.

1-jadval

Teshiklarning kengligi (oraligʻi), m

0,4; 0,6; 0,8; 1; 1,25; 1,5; 2; 2,5; 3; 3,5; 4; 4,5; 5; 5,5; 6; 7; 8; 10; 12; 14; 16; 18; 20; 24; 30

Teshiklarning balandligi, m

0,6; 0,8; 1; 1,25; 1,5; 1,75; 2; 2,5; 3; 3,5; 4; 4,5; 5; 5,5; 6; 7; 8; 9; 10; 12; 14; 16; 18; 20

3. Teshikning oraligʻi uchun yon vertikal qirralari orasidagi minimal oʻlcham olinadi (oqimning mahalliy chetga chiqaruvchilarini hisobga olmasdan).
4. Teshiklar balandligiga qabul qilinadi: yuza teshiklari uchun — ostonaning yuqori qirrasidan to zatvorning tikilgan yuqori chetigacha boʻlgan oʻlcham, chuqur boʻlgani uchun — tekis zatvorlarda va siljish tekisligida oʻlchanadigan, teshikning shiftigacha boʻlgan ostonaning yuqori qirrasigacha oʻlchami, boshqa zatvorlar turida — suv quvuri oʻqi boʻyicha.
SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
7-ILOVA
Kema yuradigan kanallarning va kanallashtirilgan daryolarning hisobiy sathlari va oʻlchamlari
1. Daryo yoki suv omborining unga qoʻshni qismida ularning darajasi suvning tebranishi bilan belgilanadigan kanallarda, uzoq muddatli oʻrnatilgan navigatsiya davri uchun kunlik maʼlumotlardan aniqlangan, taʼminlangan hisobiy eng past kema yuradigan suvning darajasi bilan navigatsiya suv darajasini qabul qilish kerak, suv yoʻllari uchun:
yuqori magistralli ……….. 99 foiz;
magistralli ……………... 97 foiz;
mahalliy ahamiyatli ....……... 95 foiz.
Ochiq kanallarda suvning eng yuqori kema yuradigan sathini hisobiy ortib ketish ehtimoli bilan suv sarfi boʻyicha, suv yoʻllari uchun koʻp yillik kesimda qabul qilish kerak:
yuqori magistralli ……….... 1 foiz;
magistralli ……………..... 3 foiz;
mahalliy ahamiyatli ……..... 5 foiz.
2. Hisobiy eng past kema yuradigan sathlarni belgilashda kanalning koʻp yillik eroziyasi;
tagini chuqurlashtirish ishlari tufayli sathning pasayishini;
shamol koʻtarilishini;
navigatsiya davrida uni uzaytirish istiqbollarini hisobga olgan holda suv omborini suv toshqini oldidan tortib olish;
suvning beqaror harakati (GES va GTESda chaqiriladigan kunlik tartibga solish, nasos stansiyalarining ishi bilan) hisobiga qabul qilinadi.
3. Hisobiy eng yuqori kema yurishi sathlarini belgilashda sathning shamol haydashi, tiqilishlar vujudga kelishi;
suvning belgilanmagan harakati bilan chaqiriluvchi sathning koʻtarilishini (GES, GTES, NS, boʻsh tushirilishi oqibatida) hisobga olish kerak.
4. Ikki tomonlama harakatga ega boʻlgan kema harakatlanadigan kanalning hisobiy kengligini shamol silkinishini hisobga olgan holda kelayotgan hisobiy kemalar va tarkiblarning farq qilishi holatidan, suvni yondan tanlash yoki joʻnatish maydonlarida oqim tufayli chaqiriladigan dreyf hisobiga aniqlash kerak.
Hisobiy eng past kema yuradigan suv sathida uning hisobiy chuqurligini sathida kemalarning ikki tomonlama harakati bilan kanalning kengligini kemaning (tarkib) hisobiy kengligi eng kamida 2.6, bir tomonlama harakat bilan maydonlarda esa — eng kamida uning bir yarimli kengligi deb qabul qilinishi kerak.
5. Kanallarning hisobiy eng past kema yurishining suv sathi hisoblangan chuqurligini, hisob-kitob bilan, daryo kanallari uchun esa uning toʻliq toʻlganida hisobiy kemaning statik tushishini eng kamida 1,3 deb aniqlash kerak.
6. Hisobiy kema yurishi suv sathida kanalning tirik kesimi maydoni, uni toʻliq toʻlganida hisobiy kemaning (tarkibning) eng kamida midel kesimining besh karra maydoni boʻlishi, uning toʻliq toʻlganida hisobiy kemaning (tarkibning) midel kesimining kema yuradigan shlyuzining kamerasi midel kesimiga nisbati, xuddi oʻsha sathda eng kamida, 0,7 boʻlishi lozim.
Kanaldagi suv oqimining tezligi, uning harakati paytida kemaning tirik kesimining torayishidan kelib chiqadigan, kanaldagi oqimning oʻtish tezligini hisobga olgan holda, bosib tubini va qirgʻoqlarini yuvilib ketishini chaqirmasligi va kemalarning normal harakat qilishiga xalaqit bermasligi kerak.
7. Pastki qiyalikli va kemachilik uchun ishlatiladigan majmuaviy maqsadlar uchun kanallar va oqimlarni oʻtkazish uchun kanallarida, 4 va 5 ostilarning talablari, oqim boʻlmaganda har bir byefning yuqori kesimida rioya qilish kerak.
8. Kanallarning aylanishi radiuslari hisobiy bittali oʻzi yurar kemaning, hisobiy kemaning buksiri tarkibida yoki qattiq ushlash bilan tarkibning eng kamida besh karra uzunligi boʻlishi kerak.
Aylanishlarda kanalni, ikkita bir-biri bilan koʻrishishga harakatlanayotgan hisobiy kemalarni (tarkiblarni) toʻsiqsiz oʻtishini taʼminlaydigan oʻlchamgacha kengligini kamaytirish qabul qilish kerak.
9. Toʻkilganlarda barpo etilayotgan chuqurlikda kanal bermasining yoki kanal dambasining qirrasi belgisi hisobiy eng yuqori kema yurishi suv sathi kema toʻlqinining maksimal yuqori belgisidan eng kamida 0,5 m ga ortib ketishi kerak.
10. Koʻprik-kanallar tutash kanallarning hududlarining oʻlchamlaridan kam boʻlmagan kema harakati oʻlchamlariga ega boʻlishi kerak.
Koʻprik-kanalning yuqorisi hisobiy boʻsh boʻlgan kemaning pastki koʻtariladigan brusidan, hisobiy eng yuqori sathda eng kamida 0,5 m ga baland boʻlishi kerak.
11. Avariya-taʼmirlash toʻsiqning teshiklari kengligi hisobiy eng past kemaning yurishi suv sathida hisobiy chuqurlikda kanalning kengligidan eng kamida 1,2 boʻlishi kerak.
12. Kanallarni kesib oʻtuvchi inshootlarning koʻprik osti gabaritlari GOST 26775-97 ga muvofiq boʻlishi kerak.
SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
8-ILOVA
Gidrotexnika inshootlarining qirgʻoqlarini mustahkamlash turlari va ularni qoʻllashning asosiy shartlari

1-jadval

Qirgʻoqlarni mustahkamlash inshootlari

Qoʻllashning asosiy shartlari

1. Plyajlar

Plyajni tashkil qilish yoki kengaytirish zarurligi; Karyer materiallarini yetarli darajadagi zaxiralari mavjudligida buxtalarda va qirgʻoqning cheklangan hududlarida hisobiy kengligini plyajni barqarorligini taʼminlash

a) inshootsiz:

davriy toʻldirish bilan

Plyajning davriy mavsumiy eroziyasi, qirgʻoq toʻlqini
va osti kesilgan zonalari atrofida suv osti yon bagʻirlarini yuvilishlari, choʻkindilarning tabiiy yetarli darajada kelmaganligida

doimiy toʻldirish bilan

Qirgʻoq chizigʻini tizimiy ketib qolishi, choʻkindilarni tabiiy kelishini amaliy boʻlmasligi, uncha katta boʻlmagan uzunlikdagi qirgʻoqning alohida hududlarida

b) inshootlar bilan:

devorlar bilan

Qirgʻoqning suv osti yonbagʻrining qirgʻoq toʻlqini va osti kesilgan zonalarida toshlar va qum choʻkindilari bilan yuvilishi

suv osti toʻlqin qaytargichlar bilan

Qiroq toʻlqini va osti kesilgan zonalarda 0,05 gacha qiyalik bilan yer osti nishabini yuvilishi, choʻkindilarni yetarli darajada boʻlmagan tabiiy kelishida, toʻlqinlarni qiyshiq burchakda kelishida (15° dan ortiq), sunʼiy plyaj bilan birgalikda koʻchki joylarida va qiroqning pastki qismidagi plyajlarni toʻldirishda

2. Qiyalik turidagi inshootlar

Suv osti qismini yuvilishi va buzilishiga uchragan qiyalama qirgʻoqlar

3. Yarim ochiq yoki yarim vertikal inshootlar

Prichal sifatida ishlatilganda qiyalama qirgʻoqlar; mustahkamlanadigan nishabni uzunligini qisqartirish kerakligida, port ichidagi va shahar qirgʻoqlari uchun

4. Devorlar

tikka nishablar bilan qirgʻoqlar uchun