

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7218962" id="onLBC-7218962">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6032"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-7218962" id="onLS-7218962">[<b>TSZ:</b><div id="LS3677"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-7219018" id="-7219018">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7219019" id="-7219019">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-7219022" id="-7219022">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining guvohnomasi va koʻkrak nishoni toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7219024" id="-7219024"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219025" id="-7219025">Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining <a href="/mact/-4386848#-6709113">14</a>, <a href="/mact/-4386848#-4387697">16</a>, <a href="/mact/-4386848#-6708475">73</a>, <a href="/mact/-4386848#-4389440">85-moddalari</a> hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/mact/-436914#-437160">5</a> va <a href="/mact/-436914#-437329">20-moddalariga</a> muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219030" id="-7219030">1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining guvohnomasi va koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-7218962#-7219076">1-ilovaga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219031" id="-7219031">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining guvohnomasi namunasi va tavsifi <a href="/mact/-7218962#-7222266">2</a> va <a href="/mact/-7218962#-7222276">2a-ilovalarga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219032" id="-7219032">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining koʻkrak nishoni namunasi va tavsifi <a href="/mact/-7218962#-7222295">3</a> va <a href="/mact/-7218962#-7222518">3a-ilovalarga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219034" id="-7219034">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining guvohnomasiga transportda tekin yurish huquqini beradigan ilova varaqasining namunasi va tavsifi <a href="/mact/-7218962#-7222533">4</a> va <a href="/mact/-7218962#-7222553">4a-ilovalarga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219036" id="-7219036">2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/mact/-436914#-437329">20-moddasida</a> belgilangan deputatning va senatorning transportda tekin yurish huquqi amalga oshirilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219045" id="-7219045">3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining guvohnomasi va koʻkrak nishoni toʻgʻrisida” 2020-yil 6-yanvardagi 1018-son <a href="/mact/-4697019">qarori </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219047" id="-7219047">4. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219048" id="-7219048">5. Ushbu qaror nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga yuborilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219050" id="-7219050">6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-7219052" id="-7219052">Rais  Z. NIZAMXODJAYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-7219053" id="-7219053">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-7219055" id="-7219055">2024-yil 31-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-7219056" id="-7219056">1415-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7219076" id="-7219076"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7219077" id="-7219077">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 31-oktabrdagi 1415-son <a href="/mact/-7218962">qaroriga</a><br />1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7219078" id="-7219078">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining guvohnomasi va koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7219079" id="-7219079">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7219080" id="-7219080"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219082" id="-7219082">Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputati (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) aʼzosiga (bundan buyon matnda senator deb yuritiladi) guvohnoma va koʻkrak nishoni berish, ulardan foydalanish, shuningdek yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma va koʻkrak nishoni oʻrniga yangisini berish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7219083" id="-7219083"><strong>1-bob. Umumiy qoidalar</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219084" id="-7219084">1. Deputatning, senatorning guvohnomasi deputat va senatorning vakolati hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219085" id="-7219085">2. Deputat va senatorning koʻkrak nishoni deputatlik va senatorlik maqomiga ega boʻlgan vakolatli shaxs sifatida ajratib turuvchi belgi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219088" id="-7219088">Koʻkrak nishoni koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219089" id="-7219089">3. Deputat va senatorga guvohnoma hamda koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) (deputatlar uchun alohida, senatorlar uchun alohida yuritilgan tegishli qayd daftarida) roʻyxatga olinib, Markaziy saylov komissiyasi Raisi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan topshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7219090" id="-7219090"><strong>2-bob. Deputat va senatorning guvohnomasi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219092" id="-7219092">4. Deputat va senatorning guvohnomasi Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan muhri shaklidagi gologramma yopishtirilishi bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219093" id="-7219093">5. Deputatga guvohnoma Markaziy saylov komissiyasi tomonidan har yangi chaqiriqda 001 raqamidan 075 raqamigacha u saylangan saylov okrugi tartib raqami boʻyicha, 076 raqamidan 150 raqamigacha partiyalar roʻyxati asosida roʻyxatga olingan ketma-ketlik boʻyicha beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219094" id="-7219094">Senatorga guvohnoma Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 001 raqamidan 056 raqamigacha saylangan hududi boʻyicha senatorning familiyasiga muvofiq alifbo tartibida, 057 raqamidan 065 raqamigacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida koʻrsatilgan tartibda beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7219096" id="-7219096">6. Deputat va senatorga guvohnoma bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo, temir yoʻl, avtomobil yoʻlovchilar transportida (taksi va shahar yoʻlovchilar transporti bundan mustasno) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekin yurish huquqini beruvchi ilova varaqasi ham qoʻshib topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222222" id="-7222222">7. Boʻshab qolgan oʻrinlarga saylanib, roʻyxatga olingan deputatga guvohnoma, qoida tariqasida 151 tartib raqamidan boshlab beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222223" id="-7222223">Boʻshab qolgan oʻrinlarga saylanib (tayinlanib), roʻyxatga olingan senatorga guvohnoma, qoida tariqasida 066 tartib raqamidan boshlab beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7222225" id="-7222225"><strong>3-bob. Guvohnoma yoki koʻkrak nishonni yangisini olish tartibi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222226" id="-7222226">8. Deputat va senatorning yaroqsiz holga kelgan guvohnomasi oʻrniga aynan shu raqam bilan yangi guvohnoma beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222227" id="-7222227">Deputat va senatorning yaroqsiz holga kelgan koʻkrak nishoni yangisi bilan almashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222228" id="-7222228">Deputat va senatorning yoʻqolgan guvohnomasi oʻrniga navbatdagi tartib raqami bilan yangi guvohnoma beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222229" id="-7222229">9. Guvohnoma yoki koʻkrak nishoni yaroqsiz holga kelgani haqida deputat Qonunchilik palatasi orqali, senator Senat orqali Markaziy saylov komissiyasiga ikki ish kuni ichida ariza bilan murojaat qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222230" id="-7222230">Guvohnoma yoki koʻkrak nishoni yoʻqotilgani haqida deputat Qonunchilik palatasi Spikeri nomiga, senator Senat Raisi nomiga yozgan va ustxat qoʻyilgan bildirishnoma nusxasini ilova qilgan holda Markaziy saylov komissiyasiga ikki ish kuni ichida ariza bilan murojaat qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222232" id="-7222232">Arizaga guvohnoma yoki koʻkrak nishonining yoʻqotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganligi sabablari koʻrsatilishi hamda yaroqsiz holdagi guvohnoma yoki koʻkrak nishoni va tegishli hujjatlar ilova qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222233" id="-7222233">Deputat va senator guvohnomasini va (yoki) koʻkrak nishonini yoʻqotgan taqdirda unga ushbu Nizomda belgilangan tartibda guvohnoma va (yoki) koʻkrak nishoni yoʻqolgani haqida ariza bergan kundan boshlab bir oy ichida yangi guvohnoma va (yoki) koʻkrak nishoni beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222234" id="-7222234">10. Deputat va senatorning yoʻqotilgan guvohnomasi topib olingan taqdirda ushbu guvohnoma ichki ishlar organlariga yoki Markaziy saylov komissiyasiga darhol topshirilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222236" id="-7222236">11. Deputat va senatorning yaroqsiz holga kelgan guvohnomasi, topib olingan guvohnomalar yoki vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan deputat yoki senatorning Markaziy saylov komissiyasiga qaytarilgan guvohnomalari kesish yoʻli bilan foydalanib boʻlmaydigan holga keltiriladi hamda belgilangan tartibda (yoqish yoʻli bilan) yoʻq qilinadi va bu haqda tuzilgan dalolatnoma idoraviy arxivda saqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7222238" id="-7222238"><strong>4-bob. Yakunlovchi qoidalar</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222239" id="-7222239">12. Deputat va senator guvohnomasi hamda koʻkrak nishonidan oʻz vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222240" id="-7222240">Deputat va senator oʻz vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini koʻrsatib, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek ularning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222242" id="-7222242">Deputat va senator guvohnoma hamda koʻkrak nishonini avaylab asrashi shart boʻlib, ularning saqlanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222243" id="-7222243">13. Deputat va senatorning guvohnomasini va (yoki) koʻkrak nishonini olib qoʻyish, shuningdek guvohnomani va (yoki) koʻkrak nishonini boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222244" id="-7222244">14. Deputat va senatorning vakolatlari muddati tugaganidan keyin guvohnoma va koʻkrak nishoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi hamda deputatlik yoki senatorlik vakolatini toʻliq oʻtagan shaxsda esdalik sifatida qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222245" id="-7222245">15. Deputat va senatorning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda guvohnoma va koʻkrak nishoni tegishincha Qonunchilik palatasi va Senatning devoni orqali ikki ish kunidan kechiktirmay guvohnoma va koʻkrak nishoni Markaziy saylov komissiyasiga qaytarilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222246" id="-7222246">16. Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning vakolatlari muddati davrida vafot etgan taqdirda guvohnoma va koʻkrak nishoni uning oila aʼzolarida xotira sifatida qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222247" id="-7222247">17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7222266" id="-7222266"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7222267" id="-7222267">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 31-oktabrdagi 1415-son <a href="/mact/-7218962">qaroriga</a><br />2-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7222268" id="-7222268">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosi guvohnomasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7222269" id="-7222269">NAMUNASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7222271" id="-7222271"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-7222273" id="-7222273"><img src="/files/7222272.jpg" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-7222275" id="-7222275"><img src="/files/7222274.jpg" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7222276" id="-7222276"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7222277" id="-7222277">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 31-oktabrdagi 1415-son <a href="/mact/-7218962">qaroriga</a><br />2a-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7222278" id="-7222278">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosi guvohnomasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7222279" id="-7222279">TAVSIFI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7222280" id="-7222280"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222281" id="-7222281">1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining (bundan buyon matnda senator deb yuritiladi) guvohnomasi 95x65 millimetr oʻlchamdagi toʻq qizil rangli qattiq charm muqovali kitobcha koʻrinishiga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222282" id="-7222282">2. Deputat guvohnomasining old tomoni yuqori va oʻrta qismlari oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining metaldan tayyorlangan oʻxshash tasviri oʻrnatiladi, uning ostida ikki satrda oltin rangda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI DEPUTATI” degan matn joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222283" id="-7222283">3. Senator guvohnomasining old tomoni yuqori va oʻrta qismlari oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining metaldan tayyorlangan oʻxshash tasviri oʻrnatiladi, uning ostida ikki satrda oltin rangda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATORI” degan matn joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222284" id="-7222284">4. Deputat va senatorning guvohnomasi ichki soʻl tomonining:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222285" id="-7222285">oʻrta qismi chap tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi siymosini anglatuvchi moviy va yashil ranglar ustiga Davlat gerbining rangli tasviri tushiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222286" id="-7222286">yuqori qismidan pastroqda, markazdan teparoqda toʻq sargʻish rangda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI” yoki “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI AʼZOSI” degan matn joylashtiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222287" id="-7222287">pastki qismining markazida qizil rangda guvohnomaning amal qilish muddati (kun, oy, yil) koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222288" id="-7222288">5. Deputat va senatorning guvohnomasi ichki oʻng tomonining:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222289" id="-7222289">chap oʻrta qismida deputat yoki senatorning 30x40 millimetr oʻlchamidagi (oq fonda) rangli fotosurati joylashtiriladi. Fotosurat oʻng tomonining pastki burchagiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining muhri shaklidagi (nishablikning turlicha burchagida oʻz shaklini oʻzgartiradigan) gologramma yopishtiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222290" id="-7222290">yuqori qismi markaziga bir satrda qizil rangda “GUVOHNOMA №___” soʻzlari joylashgan boʻladi. Bunda chiziq oʻrniga guvohnomaning tartib raqami yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222292" id="-7222292">oʻrta qismining markazida, fotosuratdan oʻngroqda alohida uch satrda deputat yoki senatorning familiyasi, ismi va otasining ismi qora rangda yirik koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222293" id="-7222293">pastki qismining markazida qora rangda “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 20__-yil __-_________dagi ____-son qarori bilan roʻyxatga olingan.” degan matn joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222294" id="-7222294">6. Guvohnomaning ichki tomonlari (Davlat bayrogʻi siymosidan foydalangan holda) maxsus qogʻozdan tayyorlangan va shaffof plyonka bilan qoplangan boʻladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7222295" id="-7222295"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7222296" id="-7222296">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 31-oktabrdagi 1415-son <a href="/mact/-7218962">qaroriga</a><br />3-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7222297" id="-7222297">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosi koʻkrak nishonining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7222298" id="-7222298">NAMUNASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7222300" id="-7222300"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-7222303" id="-7222303"><img src="/files/7222302.jpg" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7222518" id="-7222518"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7222519" id="-7222519">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 31-oktabrdagi 1415-son <a href="/mact/-7218962">qaroriga</a><br />3a-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7222521" id="-7222521">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosi koʻkrak nishonining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7222523" id="-7222523">TAVSIFI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7222524" id="-7222524"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222525" id="-7222525">1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining (bundan buyon matnda senator deb yuritiladi) koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining hilpirab turgan tasviri koʻrinishida boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222526" id="-7222526">2. Deputat va senator koʻkrak nishonining asosi mis qotishmadan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonning old tomoni sirlangan moviy, oq va yashil rangdagi tasma chiziqlar hamda qizil rangdagi hoshiya chiziq bilan qoplangan. Oq tasma chiziq moviy va yashil tasma chiziqlardan sirlangan qizil rangdagi hoshiya bilan ajralib turadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222528" id="-7222528">3. Koʻkrak nishon old tomonining yuqori chap burchagida moviy fonda yarim oy va undan oʻngroqda uch qatorda oʻn ikkita besh qirrali yulduz tasvirlangan boʻladi. Yarim oy vertikal holatda joylashtirilgan, yulduzlar esa undan oʻngroqda, uch qatorda, yaʼni yuqori qatorda uchta, oʻrta qatorda toʻrtta va quyi qatorda beshta yulduz joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222529" id="-7222529">4. Deputat koʻkrak nishonining oq tasma chizigʻi ustida lotin yozuvida “OLIY MAJLIS” degan, yashil tasma chizigʻi ustida lotin yozuvida “DEPUTATI” degan, senator koʻkrak nishoning oq tasma chizigʻi ustida lotin yozuvida “OLIY MAJLIS” degan, yashil tasma chizigʻi ustida lotin yozuvida “SENATORI” degan matnlar sariq rangda yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222531" id="-7222531">5. Koʻkrak nishon toʻgʻnogʻich bilan taqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222532" id="-7222532">6. Koʻkrak nishonning kattaligi 35x26,5 millimetr.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7222533" id="-7222533"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7222534" id="-7222534">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 31-oktabrdagi 1415-son <a href="/mact/-7218962">qaroriga</a><br />4-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7222543" id="-7222543">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining guvohnomasiga transportda tekin yurish huquqini beradigan ilova varaqasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7222544" id="-7222544">NAMUNASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7222546" id="-7222546"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-7222549" id="-7222549"><img src="/files/7222548.jpg" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7222552" id="-7222552"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7222553" id="-7222553">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 31-oktabrdagi 1415-son <a href="/mact/-7218962">qaroriga</a><br />4a-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7222554" id="-7222554">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining guvohnomasiga transportda tekin yurish huquqini beradigan ilova varaqasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7222556" id="-7222556">TAVSIFI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7222558" id="-7222558"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222560" id="-7222560">1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (bundan buyon matnda senator deb yuritiladi) guvohnomasining transportda tekin yurish huquqini beradigan ilova varaqasi 80x55 millimetr oʻlchamdagi oq rangdagi, och koʻk rangli tangir tushirilgan qattiq qogʻozdan tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222561" id="-7222561">2. Deputat, senator guvohnomasining ilova varaqasi old tomoni chap qismining yuqorisida qizil rangda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan. Gerbning oʻng tomonidan uch satrda: “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI” yoki “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATORI” degan matn joylashgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222565" id="-7222565">3. Guvohnoma ilova varaqasining qolgan matni qora rangda yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222566" id="-7222566">Ilova varaqasining old tomoni oʻng qismining yuqorisida guvohnomaning tartib raqami va “— Guvohnomaga” degan yozuv joylashadi. Mazkur matnning yuqorisida deputat yoki senator ismining bosh harfi hamda familiyasi qoʻyiladi. Undan soʻng ilova varaqasida quyidagi mazmundagi matn joylashtiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7223885" id="-7223885">“Deputat, senator Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo, temir yoʻl, avtomobil yoʻlovchilar transportida (taksi va shahar yoʻlovchilar transporti bundan mustasno) tekin yurish huquqidan foydalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222568" id="-7222568">Deputat, senator aeroportlar va aerovokzallar, temir yoʻl vokzallari hamda stansiyalarining rasmiy shaxslar va delegatsiyalar uchun moʻljallangan zallaridan tekin foydalanish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222570" id="-7222570">Deputat, senator oʻz guvohnomasini koʻrsatganidan keyin temir yoʻl vokzallari va stansiyalarining chipta sotadigan kassalari, fuqaro aviatsiyasi agentligi yoki aeroportlar unga poyezdning yotoqli yoki yumshoq oʻrindiqli vagonidan, samolyot salonidan navbatsiz joy berishlari shart. Deputat, senator palataning majlisiga borayotganda unga samolyot chiptasi parvozdan kamida ikki soat oldin, boshqa hollarda esa, kamida bir sutka oldin beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222571" id="-7222571">Chiptasida oʻrindiqning tartib raqami ham koʻrsatiladigan shaharlararo; shuningdek shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslarda deputat, senator avtovokzallar va avtostansiyalarning kassalaridan navbatsiz olinadigan tekin chipta bilan yuradi. Qolgan barcha hollarda deputatning, senatorning yoʻlovchilar transportida yurishi (taksi va shahar yoʻlovchilar transporti bundan mustasno) deputatning, senatorning guvohnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222572" id="-7222572">Deputat, senator har bir transport turida amalda boʻlgan normalarga mos qoʻl yukini tekin olib yurish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7222573" id="-7222573">Transport tashkilotlari bilan hisob-kitob qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.”.</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
