1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.24.00 Poligrafiya sanoati;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MATBAA FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 367-sonli “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga davriy bosma nashrlar va kitob mahsulotlarining nusxalarini bepul yuborish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida matbaa korxonalarini ochish va faoliyat ko‘rsatishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-dekabrdagi 454-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 24-son, 199-modda)
bosma mahsulotlarning majburiy bepul nusxalarini belgilangan qoidaga muvofiq yuborish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, matbaa korxonalari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida ro‘yxatga olingandan va Ichki ishlar vazirligining hududiy organlarida hisobga qo‘yilgandan so‘ng o‘z faoliyatini boshlaydilar.
Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan matbaa korxonalarining faoliyati to‘xtatilib, ularning olgan daromadlari davlat budjetiga o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-dekabrdagi 454-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 24-son, 199-modda)
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-dekabrdagi 454-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 24-son, 199-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-fevraldagi 52-son qaroriga 2-ILOVA
Bosma mahsulotlarning majburiy bepul nusxalarini belgilangan qoidaga muvofiq yuborish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1. Barcha matbaa korxonalari (shu jumladan, matbuotda davlat sirlarini saqlash inspeksiyasi tashkilotlari bilan kelishuvdan holi bo‘lganlar ham), ularning tashkiliy-huquqiy shakllaridan, idoraviy tegishliligidan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, o‘zlari tayyorlagan maxfiy bo‘lmagan bosma asarlar tirajining dastlabki qismidan davlat hokimiyati va boshqaruv muassasalariga bepul majburiy nusxalar yuborishga majburdirlar.
2. Maxfiy bo‘lmagan bosma asarlarning bepul majburiy nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxat bo‘yicha yuboriladi.
Majburiy nusxalar sifatida yuborish quyidagilarga tegishli emas:
xizmat nashrlari, davlat hokimiyati va boshqaruv tashkilotlari, boshqa davlat tashkilotlari hujjatlari;
sud-prokuratura amaliyoti byulletenlari;
korxonalar, tashkilotlar, o‘quv va ilmiy muassasalarning axborot materiallari va xizmat hujjatlari;
qat’iy hisobot hujjatlari va ularga tenglashtirilgan materiallar;
harbiy mahsulotga tegishli maxfiy bo‘lmagan texnikaviy hujjatlar;
blanka mahsulotlari, yo‘riqnomalar va hisobot, hisob-kitob va rejali hujjatlar, to‘ldirilgan blankalar ko‘rsatkichlari, hisob-kitob va hisobot hujjatlarining albom shakli;
3. Chet davlat matbaa korxonalarida tayyorlangan nashrlardan majburiy nusxalar bu nashrlarni tayyorlash uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq va Vazirlar Mahkamasining ko‘rsatmasiga binoan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tasdiqlaydigan ro‘yxatga binoan nashr etuvchi tashkilotlar tomonidan yuboriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-dekabrdagi 454-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 24-son, 199-modda)
4. Majburiy nusxalar buyurtmachi tomonidan belgilangan nashr umumiy tiraji hisobidan nashrni tarqatishni rasmiylashtirishga qadar, gazetalar esa har bir soni chiqadigan kunda yuboriladi. Har bir majburiy nusxaga “Majburiy nusxa” belgisi qo‘yilgan tamg‘a bosiladi.
5. Majburiy nusxalarni yuborgunga qadar va nashrni tarqatishga rasmiylashtirmay turib, buyurtmachiga tirajni berib yuborish taqiqlanadi.
6. Turli matbaa korxonalarida tayyorlangan nashrlardan majburiy nusxalar yuborish o‘sha nashrni tarqatish rasmiylashtiriladigan joyda amalga oshiriladi.
7. Majburiy nusxalar matbaa korxonasi tomonidan ilova qilinadigan hujjat (nakladnoy) bilan yuboriladi. Unda matbaa korxonasining nomi va manzili, muallif va nashr nomi, nashriyot yoki nashr etuvchi tashkilot, majburiy nusxalar kimga yuborilayotgani, buyurtma raqami, tiraji, jo‘natilayotgan nusxalar soni va jo‘natish sanasi ko‘rsatiladi.
Majburiy nusxalarni pochta to‘lovi yoki ustama narx qo‘yish yo‘li bilan yuborish man qilinadi.
8. Majburiy nusxalarni o‘z vaqtida va to‘liq yuborish uchun matbaa korxonalari va nashriyotlar (nashr etuvchi tashkilotlar) rahbarlari, matbaa korxonasi qaramog‘idagi bo‘limlar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari shaxsan javobgardirlar.