1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti oʻz vaqtida rasmiylashtirib berilishini taʼminlash, mazkur davlat xizmatini koʻrsatish tartibini yanada soddalashtirish hamda fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
xorijga chiqish biometrik pasportini berganlik uchun undiriladigan davlat boji summasini qayta taqsimlash;
xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish;
voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganda uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarni bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirish.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-noyabr,
PQ-380-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
b) quyidagi mazmundagi 391 va 392-bandlar bilan toʻldirilsin:
“391. Xizmatdan foydalanuvchi soʻrovnomada xorijga chiqish biometrik pasporti pochta aloqasi orqali yetkazib berilishini koʻrsatgan boʻlsa, maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimlari xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati xodimiga beradi.
Bunda pochta xarajatlari xizmatdan foydalanuvchi hisobidan qoplanadi.
Pochta xizmati tomonidan koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlov miqdorini pochta xizmati belgilaydi.
Pochta xizmati xodimi tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportini olgandan soʻng xizmatdan foydalanuvchi bilan telefon orqali bogʻlanib, soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga (Toshkent shahri va viloyatlar markazida bir ish kuni, qolgan hududlarda ikki ish kuni ichida) xorijga chiqish biometrik pasportini yetkazib beradi.
392. Xizmatdan foydalanuvchi bilan telefon orqali kelishilgan vaqtda u ushbu manzilda boʻlmasa, xizmatdan foydalanuvchi xorijga chiqish biometrik pasportini ushbu hududdagi pochta aloqasi boʻlimidan oʻn ish kuni davomida olishi mumkin.
Xizmatdan foydalanuvchi xorijga chiqish biometrik pasportini mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatda olib ketmasa, pochta xizmati xodimi uni maʼlumotlarni yigʻish punktiga topshiradi. Bunda xizmatdan foydalanuvchining oʻzi shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni yigʻish punktiga kelib xorijga chiqish biometrik pasportini olib ketadi.
Pochta xizmati uchun toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi.
Pochta xizmati xodimi xorijga chiqish biometrik pasportini maʼlumotlarni yigʻish punktidan qabul qilib olgandan boshlab uni foydalanuvchiga yoki tegishli maʼlumotlarni yigʻish punktiga qayta topshirgunga qadar but saqlanishini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi”;
“40. Tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasporti faqatgina xizmatdan foydalanuvchining oʻziga taqdim etiladi.
Bunda 16 yoshdan katta shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasporti qoʻl barmoqlarining elektron izlarini solishtirish orqali verifikatsiya qilish yoki biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali taqdim etiladi”;
g) 3-ilovaning “5-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
5-bosqich
1. Maʼlumotlarni yigʻish punkti
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportini fuqaroga taqdim etadi yoki uni ariza beruvchining manziliga yuborish uchun pochta xizmati xodimiga topshiradi.
Xizmat yuzasidan tegishli toʻlovlar amalga oshirilgan kundan boshlab, 10 ish kunida
(alohida hollarda 30 kunda)
2. Pochta xizmati
(soʻrovnomada xorijga chiqish biometrik pasportini pochta aloqasi orqali yetkazib berish koʻrsatilgan boʻlsa)
2. Pochta xizmati xodimi soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga xorijga chiqish biometrik pasportini yetkazib beradi.
Toshkent shahri va viloyatlar markazida 1 ish kunida, qolgan hududlarda 2 ish kunida
”;
d) 4-ilova quyidagi mazmundagi 12-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
12. Xizmat natijasini olish usuli
Maʼlumotlarni yigʻish punktiga oʻzi kelgan holda
Pochta xizmati orqali
”;
e) 5-ilova quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
11. Qaramogʻimdagi voyaga yetmagan shaxsni chet davlat hududida nazoratsiz qoldirmaslik, bolaga taʼminot, taʼlim-tarbiya berish, bolani oʻz ota-onasiga yoki yaqin qarindoshlariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududida taqiqlanmagan va tegishli davlatning qonunchiligiga binoan zarur vakolatlarga ega boʻlgan tashkilotga topshirish boʻyicha zimmamga yuklangan majburiyatlarni bajarmasligim maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantirildim.
”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralari tomonidan undiriladigan ayrim turdagi davlat bojlari, majburiy yigʻimlar, toʻlovlar, jarimalar va ajratmalar taqsimotida:
a) 44-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
44.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlarini berganlik uchun davlat boji
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-apreldagi 104-son qarori
a.
55 foizi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari
b.
45 foizi
Personallashtirish agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi
”;
b) quyidagi mazmundagi 45-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
45.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlarini berganlik uchun davlat boji
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori
45.1.
Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda
a.
50 foizi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari
b.
45 foizi
Personallashtirish agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi
v.
5 foizi
Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi
45.2.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda
a.
45 foizi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari
b.
45 foizi
Personallashtirish agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi
v.
5 foizi
Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi yoki Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi
g.
5 foizi
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻi
45.3.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari orqali murojaat qilinganda
a.
50 foizi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari
b.
45 foizi
Personallashtirish agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi
v.
5 foizi
Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 07/24/380/0889-son)