1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT AVTOMOTOTRANSPORTI VOSITALARINI SOTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-sonli “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Avtomobil transportining yengil, yuk tashuvchi va boshqa turlarini xususiylashtirish uchun zarur normativ bazani yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat avtomototransporti vositalarini jismoniy va davlat tasarrufida boʻlmagan yuridik shaxslarga sotish Tartibi* tasdiqlansin.
2. “Oʻzavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi har oyning 10-kunigacha Davlat mulki qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari uchun amalda boʻlgan bozor (shartnoma) narxlari toʻgʻrisida axborot berib tursin”.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-sentabrdagi 326-sonli qarori tahririda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-maydagi 148-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.