Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-150-son qaroriga “Vatan tayanchi” harakati faoliyatida faol ishtirok etgan iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini yanada kengaytirish, unda faol ishtirok etgan hamda davlat umumtaʼlim maktablarini aʼlo baholar bilan tamomlagan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish maqsadida:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-150-son
qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarda ham yoʻlga qoʻyish;
“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatida faol ishtirok etgan hamda davlat umumtaʼlim maktablarini aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy taʼlim muassasalariga hamda oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma berish tizimini joriy etish;
Xalq taʼlimi vazirligi negizida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashkil etilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
“davlat umumtaʼlim maktablari, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar (keyingi oʻrinlarda — maktablar) oʻquvchilarini odob-axloq qoidalariga rioya qilish, Vatanga sadoqat hamda oʻziga qatʼiy ishonch ruhida tarbiyalash, oʻqishi, intizomi va jismoniy koʻrsatkichlari past oʻquvchilarga yuqori natijalarga erishishda koʻmaklashish;
maktablarda oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish”.
“maktablarda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi rahbarligida sinflar sonidan kelib chiqib, tarkibi 20 nafar 10-11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻlgan “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi va ularning faoliyati “Vatan tayanchi” harakati tomonidan muvofiqlashtirib boriladi”;
birinchi xatboshidagi “Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va
uchinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “davlat umumtaʼlim maktablari” soʻzlari tegishli kelishikdagi “maktablar” soʻzi bilan almashtirilsin.
“Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktablarni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi;
“Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyozga ega boʻladilar”.
6.
Ilovaning “Vatan tayanchi” harakatining almashuvchi tarkibi” blokidagi “maktablari” soʻzidan keyin “, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning” soʻzlari bilan toʻldirilsin.