toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 2.03.07-21 “Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 275]
1. SHNQ 2.03.07-21 “Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1997-yil 15-dekabrdagi 84-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.03.07-98 “Tosh va oʻzaktoshli qurilmalar” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-iyul,
01/2-30-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 26-iyun
Tabiiy pardozbop toshlar va boshqa tosh mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha rais oʻrinbosari B. BOBOKULOV
2024-yil 5-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 11-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 15-iyuldagi 01/2-30-son buyrugʻiga
ILOVA
SHNQ 2.03.07-21 “Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalardan bino va inshootlarni loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllanilgan:
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
SHNQ 2.01.04-18 “Qurilish issiqlik texnikasi”;
QMQ 2.01.07-96 “Yuklar va taʼsirlar”;
SHNQ 2.02.01-19 “Bino va inshootlar asoslari”;
SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar”;
SHNQ 2.03.05-23 “Poʻlat konstruksiyalar”;
QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish”;
GOST 8462-85 “Devor materiallari. Siqilish va egilishdagi mustaxkamlik chegaralarini aniqlash usullari” (rasmiy manba: Materiali stenovie. Metodi opredeleniya predelov prochnosti pri sjatii i izgibe);
GOST 10180-2012 “Betonlar. Nazorat namunalaridan mustaxkamligini aniqlash usullari” (rasmiy manba: Betoni. Metodi opredeleniya prochnosti po kontrolnim obrazsam);
GOST 18105-2018 “Betonlar. mustaxkamlikni nazorat qilish va baholash qoidalari” (rasmiy manba: Betoni. Pravila kontrolya i otsenki prochnosti);
GOST 23279-2012 “Temir-beton konstruksiyalar va mahsulotlar uchun payvandlangan armatura toʻrlari. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Setki armaturnie svarnie dlya jelezobetonnix konstruksiy i izdeliy. Obshiye texnicheskiye usloviya);
GOST 24992-2014 “Tosh konstruksiyalari. Tosh termada ilishish mustaxkamligini aniqlash usuli” (rasmiy manba: Konstruksii kamennie. Metod opredeleniya prochnosti ssepleniya v kamennoy kladke).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
vertikal chok — suvoq qorishmasining gorizontal chok va devor sirtiga perpendikulyar boʻlgan choki;
gorizontal chok — toshlar (bloklar) tayanch sirtlari orasidagi qorishma choki;
deformatsiya choki — tosh (gʻisht) terilmasi tekisligida erkin siljishlarga imkon beruvchi chok;
yuk koʻtaruvchi devor — konstruksiyalarning xususiy ogʻirligi hamda boshqa doimiy va oʻzgaruvchan yuk va taʼsirlarni qabul qiladigan devor.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalarni loyihalashda yuk koʻtarish qobiliyati, yongʻin xavfsizligi talablari, konstruksiyalarning issiqlik-texnik xossalari va harorat-namlik rejimlarini taʼminlay oladigan konstruksiyasi yechimlar hamda materiallar inobatga olinishi lozim.
4. Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalarni loyihalashda quyidagi konstruktiv yechim, mahsulot va materiallarni qoʻllash lozim:
ichi gʻovak sopol va beton tosh hamda gʻishtni;
plitasiman isitgichli yoki gʻovak toʻldirgichli yengillashtirilgan gʻishtni;
har xil turdagi betondan tayyorlangan panel va yirik bloklardan, shuningdek gʻisht yoki toshlardan qilingan devorlarni;
besh va undan ortiq qavatli binolarda, siqilishga mustahkamligi boʻyicha markasi kamida 150 boʻlgan gʻisht va toshni;
mahalliy tabiiy tosh mahsulotlarini;
qishki sharoitlarda gʻisht terish uchun muzlashga qarshi kimyoviy qoʻshimchali qorishmalarni.
Quruq va meʼyoriy namlik rejimiga ega xonalar tashqi devorlarini qurish uchun uzluksiz tartibda teriladigan sirtiga yaxlit tanali sopol gʻishtdan (pishiq gʻishtdan) yoki silikat gʻishtlarni qoʻllash faqat ularning mustahkamligini taʼminlash zarur boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
5. Nam rejimli xonalar devorlarida, ularning ichki sirtiga bugʻdan himoyalovchi qoplama surtish sharti bilan silikat gʻisht, gʻovakli betondan tayyorlangan tosh va bloklarni, ichi gʻovak gʻisht va sopol toshlarni, yarimquruq holatda qoliplab tayyorlangan sopol gʻishtlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Mazkur materiallarni hoʻl rejimli xonalar, shuningdek yertoʻla va yarim yertoʻla (sokollar)ning tashqi devorlariga qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Xonalarning namlik rejimlari SHNQ 2.01.04-18ga muvofiq boʻlishi kerak.
6. Konstruksiyalar va ularning elementlarini qurish va foydalanishda, shuningdek yigʻma konstruksiyalarning elementlarini tashish va montaj qilishda ularning mustahkamligi hamda ustuvorligi taʼminlanishi lozim.
7. Konstruksiyalar hisobida QMQ 2.01.07-96 ga muvofiq ishonchlilik koeffitsiyenti inobatga olinishi kerak.
8. Loyihalanayotgan tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar xavfsizlik, foydalanishga yaroqlilik boʻyicha talablarni taʼminlashi, bunda turli xildagi hisobiy taʼsirlarda, binolarning meʼyoriy foydalanishini qiyinlashtiruvchi deformatsiya va boshqa turdagi shikastlanishlar roʻy berishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalarning xavfsizligi, foydalanishga yaroqliligi, energiya jihatidan samaradorligi hamda gʻisht, tosh, bloklar, ogʻir hamda yengil qorishmalarga, yelimlovchi eritmalar, armaturaga, konstruksiya yechimlari taʼminlanishi lozim.
9. Yuk va taʼsirlarning meʼyoriy va hisobiy qiymatlari, chegaraviy deformatsiyalar, tashqi havo harorati va xona ichi nisbiy namligining hisobiy qiymatlari, konstruksiyalarni agressiv muhit taʼsirlaridan muhofazalash QMQ 2.01.03-19, QMQ 2.01.07-96, QMQ 2.02.01-98, QMQ 2.03.11-96, SHNQ 2.01.01-22 ga muvofiq belgilanishi kerak.
10. Qurilish elementlarining konstruksiyasi yechimi bino, inshoot, qurilma boʻylab yongʻinning yashirin tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalarning ishchi chizmalari mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
4-bob. Materiallar
11. Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar uchun gʻisht, tosh va qorishmalar, shuningdek tosh va yirik bloklarning betoni quyidagi markalar yoki sinflarga mansub boʻlishi kerak:
a) toshlar:
siqilishga chegaraviy qarshiligi boʻyicha (gʻishtlar esa egilishdagi mustahkamligini hisobga olgan holdagi siqilishga);
mustahkamligi past toshlar — yengil betondan tayyorlangan va tabiiy toshlar (4, 7, 10, 15, 25, 35, 50);
oʻrtacha mustahkamlikka ega toshlar — gʻisht, sopol, betondan tayyorlangan va tabiiy toshlar (75, 100, 125, 150, 200);
yuqori mustahkamlikka ega toshlar — gʻisht, betondan tayyorlangan va tabiiy toshlar (250, 300, 400, 500, 600, 800, 1000);
sovuqqa bardoshligiga koʻra — F10, F15, F25, F35, F50, F75, F100, F150, F200, F300.
b) betonlar:
siqilishga mustahkamligi boʻyicha quyidagi sinflarga mansub boʻlganlari:
ogʻir — V3,5, V5, V7,5, V12,5, V15, V20, V22,5, V25, V30.
gʻovakli — V2, V2,5, V3,5, V5, V7,5, V12,5, V15, V20, V25, V30.
toʻldiruvchilardagi
gʻovakli — V1, V2, V2,5, V3,5, V5, V7,5, V12,5.
polistirolbeton — V1,0, V1,5, V2,0, V2,5, V3,5.
yirik gʻovakli — V1, V2, V2,5, V3,5, V5, V7,5.
gʻovaklashtirilgan — V2,5, V3,5, V5, V7,5.
silikatli — V12,5, V15, V20, V25, V30.
qorishmalar — siqilishga qarshi oʻrtacha chegaraviy mustahkamligi — 0,4 MPa hamda siqilishga qarshi mustahkamlik boʻyicha markalariga koʻra — M4, M10, M25, M50, M75, M100, M150, M200;
beton va qorishmalarning sovuqqa bardoshligiga koʻra markalari ushbu SHNQning 11-bandidagidek boʻlishi (F10 markasi bundan mustasno).
12. Devorlarning tashqi qismi (12 cm qalinligigacha) va poydevor uchun (uning butun qalinligi boʻylab) tosh materiallarning sovuqqa bardoshligiga hamda konstruksiyalarning kamida 100, 50 va 25 yil boʻlgan xizmat muddatlariga bogʻliq ravishdagi loyihaviy markalari mazkur SHNQning 1-jadvaliga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Sovuqqa bardoshlilik boʻyicha loyihaviy markalarni faqat poydevorning yuqori qismida qoʻllanilayotgan materiallar uchungina olinishi lozim.
1-jadval

T/r

Konstruksiyalar turi

Konstruksiyalarning chamalanayotgan xizmat muddati quyidagicha boʻlganidagi tosh terilmalari uchun materiallarning F sovuqqa bardoshliligi qiymatlari, yil

100

50

25

1.

Xonalarining namlik rejimi quyidagicha boʻlgan binolarda tashqi bir qatlamli devorlar tosh terilmalarining yuza qatlami:

a) quruq va meʼyoriy

25

25

25

b) nam

35

25

25

v) hoʻl

50

35

25

2.

Xonalarining namlik rejimi quyidagicha boʻlgan, ichki tosh terilmasi qatlamining zichligi 1400 kg/m3 va undan ortiq, ikki qatlamli devorlar tosh terilmalarining yuza qatlami:

a) quruq va normativ

25

25

25

b) nam

35

25

25

v) hoʻl

50

35

25

3.

Ichki tosh terilmasi qatlamining zichligi 1400 kg/m3 dan kam boʻlgan, ikki qatlamli devorlar tosh terilmalarining yuza qatlami

35

25

15

4.

Ichki qatlamning devor zichligi 1400 kg/m3 dan kam boʻlgan va yuza qatlamining qalinligi 120 mm yoki undan kam boʻlgan, ikki qatlamli devorlarning ichki qatlami

25

25

15

5.

Samarali issiqlik saqlash qoplamasiga ega boʻlgan uch qatlamli tashqi devorlar:

a) qalinligi 120 mm boʻlgan tosh terilmasining yuza qatlami

50

35

25

b) qalinligi 250 mm va undan ortiq boʻlgan tosh terilmasining yuza qatlami

35

25

15

6.

Devorlarning poydevorlari, yarim poydevorlari va yer osti qismlari:

a) beton bloklardan plastik tarzda shakllantirilgan yaxlit tanali sopol (shu jumladan, klinkerli) gʻishtlardan, mustahkamligi M200 va undan yuqori boʻlgan silikat bloklardan yasalgan

100

50

25

b) tabiiy toshlardan tayyorlangan

35

25

25

13. SHNQ 2.03.01-24ga muvofiq tosh konstruksiyalarni armaturalash uchun quyidagilar qoʻllanishi kerak:
toʻrsimon armaturalash uchun — A240 va Vr500 sinflariga mansub armatura;
boʻylama va koʻndalang armatura, ankerlar va bogʻichlar uchun — A240, A300 va Vr500 sinflarga mansub armatura;
Oldingi tahrirga qarang.
koʻp qatlamli devorlarning yuza qatlamini boʻylamasiga armaturalash uchun — polimer kompozit materiallardan, shuningdek geotoʻrdan tayyorlangan toʻrlar;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 13-maydagi 01/2-21-sonli buyrugʻi (hisob raqami 404, 02.06.2026-y.) tahririda)
Oldindan oʻrnatiladigan detallar va birlashtiruvchi ustamalar uchun SHNQ 2.03.05-23 talablariga muvofiq keladigan poʻlat qoʻllanilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻp qatlamli tashqi devorlarning egiluvchan bogʻichlari uchun A240 sinfiga mansub poʻlat armatura, toʻr koʻrinishidagi polimer-kompozit materiallar, shu jumladan geotoʻrlar, shuningdek anker moslamalari bilan jihozlangan alohida sterjenlar qoʻllanilishi lozim.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 13-maydagi 01/2-21-sonli buyrugʻi (hisob raqami 404, 02.06.2026-y.) tahririda)
Gʻovakli beton toshlardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun ishlatiladigan armaturani SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq qoʻllanishi kerak.
5-bob. Hisobiy tavsiflar
1-§. Hisobiy qarshiliklar
14. Ogʻir qorishmalarda yotqiziladigan tosh terilmasi quyidagilarga muvofiq boʻlishi lozim:
qatorining balandligi 50 — 150 mm boʻlganda barcha turdagi gʻishtlardan;
eni 12 mm gacha boʻlgan tirqishsimon vertikal gʻovaklarga ega va gʻovakligi 27 foiz boʻlgan sopol toshlardan tayyorlangan tosh terilmalarining siqilishi R hisobiy qarshiligi 2-jadvalga.
Tosh terilmasi qatorining balandligi 77 — 100 mm boʻlgan holda gʻovakliligi 48 foiz, eni 12 — 16 mm li vertikal toʻrtburchak hamda kesimi 20×20 mm li kvadrat shaklidagi gʻovaklarga ega boʻlgan sopol gʻishtlardan tayyorlanadigan tosh terilmasining R hisobiy qarshiligi tadqiqot bilan aniqlanishi lozim.
Ushbu tadqiqotlar boʻlmaganda, R kattalik qiymatini mazkur SHNQning 2‑jadvalidan, kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllash orqali qabul qilinishi lozim:
markasi 100 va undan baland qorishmalarda — 0,9;
markasi 75, 50 boʻlgan qorishmalarda — 0,8;
markasi 25, 10 boʻlgan qorishmalarda — 0,75;
mustahkamligi nolga tenglashtirilgan va 0,4 MPa (4 kgf/sm2) boʻlgan qorishmalarda — 0,65;
Gʻovakliligi 39 — 48 foiz boʻlganda, kamaytiruvchi koeffitsiyentlarning qiymatlarini 0,9 ga koʻpaytirish lozim.
15. Tosh terilmasi qatori quyidagilardan qabul qilinishi kerak:
balandligi 250 mm gacha boʻlganda, gʻovakliligi 55 foizgacha;
eni 260 mm gacha boʻlgan sopoldan tayyorlangan hamda “tuynuk-qirra” usulida (qorishma solmay) vertikal tarzda birlashtiriluvchi;
yirik hajmli toshlardan tayyorlangan tosh terilmalarining siqilishga R hisobiy qarshiligini tadqiqotlardan olib tayinlanishi;
tadqiqotlar mavjud boʻlmaganda, hisobiy qarshiliklar mazkur SHNQning 3-jadvalidan.
16. Avtoklavda qotirib tayyorlangan gʻovakli beton bloklardan ogʻir qorishmalar ishlatib yotqizilgan hamda qatorining balandligi 150‑300 mm boʻlgan tosh terilmalarining siqilishga R hisobiy qarshiligi mazkur SHNQning 4‑jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.
17. Tebratilib tayyorlangan gʻishtdan hamda ogʻir qorishmalarda yotqizilgan tosh terilmalarining siqilishga R hisobiy qarshiligi mazkur SHNQning 5‑jadvaliga muvofiq bajarilishi kerak.
18. Barcha turdagi betonlardan tayyorlangan yirik yaxlit betonli bloklardan va (arralab tayyorlangan) tabiiy tosh bloklardan tayyorlangan hamda qatorining balandligi 500 — 1000 mm boʻlgan tosh terilmalarining siqilishga R hisobiy qarshiliklari mazkur SHNQning 6-jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.
19. Yaxlit betonli toshlardan va (arralab tayyorlangan) tabiiy tosh bloklardan tayyorlangan hamda qatorining balandligi 200‑300 mm boʻlgan tosh terilmalarining siqilishga R hisobiy qarshiliklari mazkur SHNQning 7-jadvaliga muvofiq bajarilishi kerak.
20. Ichi gʻovak beton toshlardan va gʻovakliligi 25 foizgacha boʻlgan silikat bloklardan tayyorlangan hamda qatorining balandligi 200‑300 mm boʻlgan tosh terilmasining siqilishiga R hisobiy qarshiliklari mazkur SHNQning 8‑jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.
Gʻovakligi 25 foizdan 40 foizgacha boʻlgan beton toshlardan tayyorlangan tosh terilmasining siqilishga R hisobiy qarshiligi quyidagi koeffitsiyentlarni inobatga olgan holda mazkur SHNQning 6‑jadvalidan qabul qilinishi lozim:
markasi 50 va undan ortiq boʻlgan qorishmalarda — 0,8;
markasi 25 boʻlgan qorishmalarda — 0,7;
markasi 10 va undan past boʻlgan qorishmalarda — 0,6.
21. Tosh terilmasi qatorining balandligi 150 mm gacha boʻlganda (arralab yoki bejirim holatigacha yoʻnib tayyorlangan) tabiiy toshlardan tayyorlangan tosh terilmalarining siqilishga R hisobiy qarshiliklari mazkur SHNQning 9‑jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.
22. Parchalab olingan xarsangtoshdan tayyorlangan xarsangtosh terilmasining siqilishga R hisobiy qarshiliklari mazkur SHNQning 10‑jadvaliga muvofiq bajarilishi kerak.
23. Xarsang toshli (tebratilmagan) betonning siqilishga R hisobiy qarshiliklari mazkur SHNQning 11‑jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.
24. Qalinligi 88 mm boʻlgan ichi gʻovak (diametri 35 mm dan oshmaydigan dumaloq gʻovaklarga ega va gʻovakligi 25 foizgacha boʻlgan) silikat gʻishtlardan hamda qalinligi 138 mm toshlardan tayyorlangan tosh terilmalarining siqilishga R hisobiy qarshiliklari, quyidagi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda mazkur SHNQning 2‑jadvali boʻyicha qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi:
mustahkamligi nolga tenglashtirilgan va 0,2 MPa (2 kgf/cm2) boʻlgan qorishmalarda — 0,8;
markasi 4, 10, 25 va undan ortiq boʻlgan qorishmalarda — mos ravishda 0,85, 0,9 va 1.
25. Tosh terilmasining siqilishga R hisobiy qarshiliklarini quyidagicha aniqlanishi lozim:
terilma qatorining balandligi 150 mm dan 200 mm gacha oraliqdagi oʻlchamga ega boʻlgan mazkur SHNQning 2 va 7-jadvallari boʻyicha qabul qilingan qiymatlarning oʻrtacha arifmetik miqdori kabi;
qator balandligi 150 mm dan 200 mm gacha boʻlganda esa mazkur SHNQning 6 va 7-jadvallari boʻyicha qabul qilingan qiymatlararo interpolyatsiyalab.
2-jadval

Gʻisht yoki tosh markasi

Ogʻir qorishmalarda yotqiziladigan tosh terilmasi qatorining balandligi 50150 m boʻlgan holda barcha turdagi gʻishtlardan hamda eni 12 mm gacha boʻlgan tirqishsimon vertikal gʻovaklarga ega hamda gʻovakliligi 27 foiz boʻlgan, sopol toshlardan tayyorlangan tosh terilmalarining siqilishiga R, MPa (kgf/cm2), hisobiy qarshiligi

qorishma markasi

qorishma mustahkamligi

200

150

100

75

50

25

10

4

0,2 (2)

nolga teng

300

3,9 (39)

3,6 (36)

3,3 (33)

3,0 (30)

2,8 (28)

2,5 (25)

2,2 (22)

1,8 (18)

1,7 (17)

1,5 (15)

250

3,6 (36)

3,3 (33)

3,0 (30)

2,8 (28)

2,5 (25)

2,2 (22)

1,9 (19)

1,6 (16)

1,5 (15)

1,3 (13)

200

3,2 (32)

3,0 (30)

2,7 (27)

2,5 (25)

2,2 (22)

1,8 (18)

1,6 (16)

1,4 (14)

1,3 (13)

1,0 (10)

150

2,6 (26)

2,4 (24)

2,2 (22)

2,0 (20)

1,8 (18)

1,5 (15)

1,3 (13)

1,2 (12)

1,0 (10)

0,8 (8)

125

-

2,2 (22)

2,0 (20)

1,9 (19)

1,7 (17)

1,4 (14)

1,2 (12)

1,1 (11)

0,9 (9)

0,7 (7)

100

-

2,0 (20)

1,8 (18)

1,7 (17)

1,5 (15)

1,3 (13)

1,0 (10)

0,9 (9)

0,8 (8)

0,6 (6)

75

-

-

1,5 (15)

1,4 (14)

1,3 (13)

1,1 (11)

0,9 (9)

0,7 (7)

0,6 (6)

0,5 (5)

50

-

-

-

1,1 (11)

1,0 (10)

0,9 (9)

0,7 (7)

0,6 (6)

0,5 (5)

0,35 (3,5)

35

-

-

-

0,9 (9)

0,8 (8)

0,7 (7)

0,6 (6)

0,45 (4,5)

0,4 (4)

0,25 (2,5)

Izohlar:

1. Tosh terilmasining siqilishiga hisobiy qarshiligini aniqlashda sopol toshlar va plastik tarzda shakllantirilgan gʻishtlarning markalari, namunalarini, ularning tayanish sirtlarini qorishma bilan tekislab olib, sinash natijalariga koʻra qabul qilinadi.

Tekislashning boshqa usullari qoʻllanilganda gʻisht yoki toshning ushbu jadvalda keltirilgan markasi, GOST 8462-85 talablariga muvofiq K oʻtuv koeffitsiyentini inobatga olgan holda qabul qilinadi.

2. Markasi 4 dan 50 gacha boʻlgan qorishmalardan tayyorlangan tosh terilmalarining hisobiy qarshiliklarini quyidagi koeffitsiyentlarini qoʻllab kamaytirib olish lozim;

sementli dagʻal (tarkibida ohak yoki gilli qoʻshimchalarsiz) qorishmalarda hamda yengil va ohakli qorishmalarda yotqiziladigan tosh terilmalari uchun — 0,85;

organik plastifikatorlar qoʻshib qorilgan (tarkibida ohak yoki gilli qoʻshimchalarga ega boʻlmagan) sementli qorishmalarda yotqizilgan tosh terilmalari uchun — 0,9.

Yuqori sifatli tosh terilmasi uchun siqilishga hisobiy qarshilikni pasaytirish talab qilinmaydi qorishmali chok, qorishmani reyka vositasida tekislab va zichlab olgan holda ramka ostiga olib bajarilishi, bunda loyihada oddiy hamda yuqori sifatli tosh terilmasi uchun qorishma markasi koʻrsatilishi kerak.

3-jadval

Tosh markasi

Ogʻir qorishmalardan tayyorlangan tosh terilmasi qatorining balandligi 200250 mm, gʻovakliligi 40 foizdan to 55 foizgacha, eni 16 mm gacha boʻlgan vertikal holatda joylashgan tirqishsimon gʻovaklarga ega yirik hajmli sopol toshlardan tayyorlangan tosh terilmalarining siqilishga , MPa (kgf/cm2) hisobiy qarshiligi

qorishma markasi

200

150

100

75

50

300

4,1 (41)

3,8 (38)

3,5 (35)

3,2 (32)

3,0 (30)

250

3,7 (37)

3,6 (36)

3,2 (32)

3,0 (30)

2,7 (27)

200

3,5 (35)

3,2 (32)

2,9 (29)

2,7 (27)

2,4 (24)

150

2,8 (28)

2,6 (26)

2,4 (24)

2,3 (23)

2,2 (22)

125

-

2,5 (25)

2,3 (23)

2,2 (22)

2,1 (21)

100

-

2,2 (22)

2,0 (20)

1,9 (19)

1,8 (18)

75

-

-

1,6 (16)

1,5 (15)

1,4 (14)

50

-

-

-

1,1 (11)

1,0 (10)

Izohlar:

1. Yupqa chokli tosh terilmalari uchun qoʻllaniladigan yirik hajmli jilvirlangan sopol toshlardan va yelimlab yaratilgan tosh terilmalarining siqilishga hisobiy qarshiligi eksperimental maʼlumotlar boʻyicha aniqlanadi.

2. Tosh terilmasi qatorining balandligi 250 mm gacha va choklarining eni 3 — 5 mm boʻlgani holda, gʻovaklilik miqyosi 62 foiz gacha boʻlgan hamda eni 55 mm gacha vertikal holatda joylashgan yirik gʻovaklarga ega boʻlgan, “tuynuk-qirra” usulida (vertikal choklariga qorishma solmay) vertikal tarzda birlashtiriluvchi yirik hajmli sopol toshlardan tayyorlangan tosh terilmalarining siqilishga hisobiy qarshiligini eksperimental maʼlumotlardan olib qoʻllanilishi, bunda maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda, hisobiy qarshiliklar M75 rusumli tosh uchun 0,9 MPa, M50 rusumli tosh uchun 0,7 MPa deb qabul qilinishi kerak.

4-jadval

Beton sinfi

Gʻovakli (avtoklavda qotirib yasalgan) beton bloklardan ogʻir qorishmalar yotqizilgan hamda qatorining balandligi 150300 mm boʻlgan tosh terilmalarining siqilishga R, MPa (kgf/cm2) hisobiy qarshiligi

qorishma markasi

qorishma mustahkamligi

100

75

50

25

10

4

0,2

nolga teng

V7,5

2,3 (23)

2,2 (22)

2,0 (20)

1,8 (18)

1,7 (17)

1,5 (15)

1,3 (13)

1,0 (10)

V5

1,9 (19)

1,8 (18)

1,7 (17)

1,5 (15)

1,4 (14)

1,2 (12)

1,1 (11)

0,8 (8)

V3,5

1,5 (15)

1,4 (14)

1,3 (13)

1,2 (12)

1,0 (10)

0,9 (9)

0,8 (8)

0,6 (6)

V2,5

-

-

1,0 (10)

0,95 (9,5)

0,85 (8,5)

0,7 (7)

0,6 (6)

0,45 (4,5)

V2

-

-

0,8 (8)

0,75 (7,5)

0,65 (6,5)

0,55 (5,5)

0,5 (5)

0,35 (3,5)

V1,5

-

-

0,6 (6)

0,56 (5,6)

0,49 (4,9)

0,41 (4,1)

0,38 (3,8)

0,26 (2,6)

Izohlar:

1. Elimli tarkiblar qoʻllab yaratilgan tosh terilmalarning siqilishiga hisobiy qarshiligi eksperimental maʼlumotlarga koʻra belgilanadi.

2. Gʻovakli beton bloklardan tayyorlangan tosh terilmalarning siqilishga hisobiy qarshiligi quyidagi hollar uchun 0,9 koeffitsiyenti bilan qabul qilinadi:

noavtoklav usulida qotirib yasalgan bloklardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun;

yengil qorishmalardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun;

chokining eni 15 mm dan 20 mm gacha boʻlgan tosh terilmalari uchun.

5-jadval

Gʻisht markasi

Qorishma markasi, tebranib (vibratsiyalab) tayyorlangan gʻishtdan hamda ogʻir qorishmalarda yotqizilgan tosh terilmalarining siqilishga R, MPa (kgf/cm2) hisobiy qarshiligi

200

150

100

75

50

300

5,6 (56)

5,3 (53)

4,8 (48)

4,5 (45)

4,2 (42)

250

5,2 (52)

4,9 (49)

4,4 (44)

4,1 (41)

3,7 (37)

200

4,8 (48)

4,5 (45)

4,0 (40)

3,6 (36)

3,3 (33)

150

4,0 (40)

3,7 (37)

3,3 (33)

3,1 (31)

2,7 (27)

125

3,6 (36)

3,3 (33)

3,0 (30)

2,9 (29)

2,5 (25)

100

3,1 (31)

2,9 (29)

2,7 (27)

2,6 (26)

2,3 (23)

75

2,5 (25)

2,3 (23)

2,2 (22)

2,0 (20)

Izohlar:

1. Tebranish stollarda tayyorlangan gʻishtdan tosh terilmalarining siqilishga hisobiy qarshiligi ushbu jadval boʻyicha, 1,05 koeffitsiyentini qoʻllab qabul qilinadi.

2. Tebrantirib tayyorlangan gʻishtdan hamda qalinligi 30 cm dan ortiq boʻlgan tosh terilmalarining siqilishiga hisobiy qarshiligi ushbu jadval boʻyicha, 0,85 koeffitsiyentni qoʻllab, qabul qilinadi.

3. Mazkur jadvalda keltirilgan hisobiy qarshiliklar tosh terilmasining, kengligi 40 cm yoki undan ortiq boʻlgan, qismlariga taalluqlidir.

Oʻz-oʻzini koʻtarib turuvchi va yuk koʻtarmaydigan devorlarda, eni 25 cm dan 38 cm gacha boʻlgan, qismlar mavjud boʻlishiga ruxsat beriladi, bunda tosh terilmasining hisobiy qarshiligi 0,8 koeffitsiyentni qoʻllab, qabul qilinishi lozim.

6-jadval

Beton sinfi

Blok markasi

Barcha turdagi betonlardan hamda yirik yaxlit betonli bloklardan va (arralab yoki bejirim holatigacha yoʻnib yasalgan) tabiiy tosh bloklardan, shuningdek qatorining balandligi 5001000 mm boʻlgan tosh terilmalarining siqilishga R, MPa (kgf/cm2), hisobiy qarshiliklari

qorishma markasi

qorishma mustahkamligi nolga teng boʻlganida

200

150

100

75

50

25

10

V80

1000

17,9 (179)

17,5 (175)

17,1 (171)

16,8 (168)

16,5 (165)

15,8 (158)

14,5 (145)

11,3 (113)

V62,5

800

15,2 (152)

14,8 (148)

14,4 (144)

14,1 (141)

13,8 (138)

13,3 (133)

12,3 (123)

9,4 (94)

V45

600

12,8 (128)

12,4 (124)

12,0 (120)

11,7 (117)

11,4 (114)

10,9 (109)

9,9 (99)

7,3 (73)

V40

500

11,1 (111)

10,7 (107)

10,3 (103)

10,1 (101)

9,8 (98)

9,3 (93)

8,7 (87)

6,3 (63)

V30

400

9,3 (93)

9,0 (90)

8,7 (87)

8,4 (84)

8,2 (82)

7,7 (77)

7,4 (74)

5,3 (53)

V22,5

300

7,5 (75)

7,2 (72)

6,9 (69)

6,7 (67)

6,5 (65)

6,2 (62)

5,7 (57)

4,4 (44)

V20

250

6,7 (67)

6,4 (64)

6,1 (61)

5,9 (59)

5,7 (57)

5,4 (54)

4,9 (49)

3,8 (38)

V15

200

5,4 (54)

5,2 (52)

5,0 (50)

4,9 (49)

4,7 (47)

4,3 (43)

4,0 (40)

3,0 (30)

V12

150

4,6 (46)

4,4 (44)

4,2 (42)

4,1 (41)

3,9 (39)

3,7 (37)

3,4 (34)

2,4 (24)

V7,5

100

-

3,3 (33)

3,1 (31)

2,9 (29)

2,7 (27)

2,6 (26)

2,4 (24)

1,7 (17)

V5

75

-

-

2,3 (23)

2,2 (22)

2,1 (21)

2,0 (20)

1,8 (18)

1,3 (13)

V4

50

-

-

1,7 (17)

1,6 (16)

1,5 (15)

1,4 (14)

1,2 (12)

0,85 (8,5)

V2,5

35

-

-

-

-

1,1 (11)

1,0 (10)

0,9 (9)

0,6 (6)

V2

25

-

-

-

-

0,9 (9)

0,8 (8)

0,7 (7)

0,5 (5)

Izohlar:

1. Balandligi 1000 mm dan ortiq boʻlgan katta bloklardan tayyorlangan tosh terilmasining siqilishga hisobiy qarshiligi, 1,1 koeffitsiyentini qoʻllagan holda ushbu jadval boʻyicha qabul qilinadi.

2. Beton sinflarini GOST 18105-2018 boʻyicha tanlanishi, yirik beton bloklar va tabiiy toshdan yasalgan bloklarning markasi GOST 10180-2012 va GOST 8462-85 talablariga muvofiq cinovdan oʻtkazilishi, etalon deb qabul qilingan namunaviy kubning siqilishga chegaraviy qarshiligi MPa (kgf/cm2) qabul qilinishi lozim.

3. Yirik beton bloklardan va tabiiy toshdan yasalgan bloklardan tayyorlangan hamda oʻz tarkibidagi qorishmali choklari qolipga moslab, reyka vositasida tekislab va zichlab bajarilgan tosh terilmasining siqilishga hisobiy qarshiligini, 1,2 koeffitsiyentni qoʻllagan holda ushbu jadval boʻyicha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.

7-jadval

Tosh markasi

Yaxlit betonli, gips-betonli va (arralab yoki bejirim holatigacha yoʻnib yasalgan) tabiiy toshlardan qilingan hamda qatorining balandligi 200300 mm boʻlgan tosh terilmalarining siqilishga R, MPa (kgf/cm2), hisobiy qarshiliklari

qorishma markasi

qorishma mustahkamligi

200

150

100

75

50

25

10

4

0,2 (2)

nolga teng

1000

13,0 (130)

12,5 (125)

12,0 (120)

11,5 (115)

11,0 (110)

10,5 (105)

9,5 (95)

8,5 (85)

8,3 (83)

8,0 (80)

800

11,0 (110)

10,5 (105)

10,0 (100)

9,5 (95)

9,0 (90)

8,5 (85)

8,0 (80)

7,0 (70)

6,8 (68)

6,5 (65)

600

9,0 (90)

8,5 (85)

8,0 (80)

7,8 (78)

7,5 (75)

7,0 (70)

6,0 (60)

5,5 (55)

5,3 (53)

5,0 (50)

500

7,8 (78)

7,3 (73)

6,9 (69)

6,7 (67)

6,4 (64)

6,0 (60)

5,3 (53)

4,8 (48)

4,6 (46)

4,3 (43)

400

6,5 (65)

6,0 (60)

5,8 (58)

5,5 (55)

5,3 (53)

5,0 (50)

4,5 (45)

4,0 (40)

3,8 (38)

3,5 (35)

300

5,8 (58)

4,9 (49)

4,7 (47)

4,5 (45)

4,3 (43)

4,0 (40)

3,7 (37)

3,3 (33)

3,1 (31)

2,8 (28)

200

4,0 (40)

3,8 (38)

3,6 (36)

3,5 (35)

3,3 (33)

3,0 (30)

2,8 (28)

2,5 (25)

2,3 (23)

2,0 (20)

150

3,3 (33)

3,1 (31)

2,9 (29)

2,8 (28)

2,6 (26)

2,4 (24)

2,2 (22)

2,0 (20)

1,8 (18)

1,5 (15)

100

2,5 (25)

2,4 (24)

2,3 (23)

2,2 (22)

2,0 (20)

1,8 (18)

1,7 (17)

1,5 (15)

1,3 (13)

1,0 (10)

75

-

-

1,9 (19)

1,8 (18)

1,7 (17)

1,5 (15)

1,4 (14)

1,2 (12)

1,1 (11)

0,8 (8)

50

-

-

1,5 (15)

1,4 (14)

1,3 (13)

1,2 (12)

1,0 (10)

0,9 (9)

0,8 (8)

0,6 (6)

35

-

-

-

-

1,0 (10)

0,95 (9,5)

0,85 (8,5)

0,7 (7)

0,6 (6)

0,45 (4,5)

25

-

-

-

-

0,8 (8)

0,75 (7,5)

0,65 (6,5)

0,55 (5,5)

0,5 (5)

0,35 (3,5)

15

-

-

-

-

-

0,5 (5)

0,45 (4,5)

0,38 (3,8)

0,35 (3,5)

0,25 (2,5)

Izohlar:

1. Qoʻngʻir va omixta koʻmirlarning yonishidan qolgan toshqollarni qoʻllab yasalgan yaxlik toshqol-betonli toshlardan qilingan tosh terilmasinning hisobiy qarshiligi, 0,8 koeffitsiyentini qoʻllagan holda mazkur jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.

2. Gips-betonli toshlarni faqat xizmat qilish muddati 25 yil boʻlgan devorlarning tosh terilmalarini yotqizish uchungina qoʻllash yoʻl qoʻyiladi, bunda ushbu tosh terilmalarning hisobiy qarshiligini: quruq iqlimli hududlardagi devorlarning tosh terilmalari uchun — 0,7, boshqa hududlarda — 0,5, ichkaridagi devorlar uchun 0,8 koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda mazkur jadvaldan qabul qilish lozim.

Iqlimiy hududlar SHNQ 2.01.04-18 ga muvofiq qabul qilinadi.

3. Sirti havar hamda oʻlchamlari boʻyicha qoʻyimlari ± 2 mm dan oshmaydigan va markasi 150 va undan yuqori boʻlgan beton va tabiiy toshlardan tayyorlangan hamda sement pastalari yoki yelimli tarkiblarda bajarilgan qorishmalardan tayyorlangan choklarining eni 5 mm gacha boʻlgan tosh terilmalarining hisobiy qarshiligini 1,3 koeffitsiyentini qoʻllagan holda ushbu jadvalga muvofiq qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.

8-jadval

Tosh markasi

Ichi gʻovak beton toshlardan va gʻovakligi 25 foizgacha boʻlgan silikat bloklardan tayyorlangan hamda qatorining balandligi 200300 mm boʻlgan tosh terilmasining siqilishiga R, MPa (kgf/cm2) hisobiy qarshiliklari

qorishma markasi

qorishma mustahkamligi

100

75

50

25

10

4

0,2 (2)

nolga teng

300

4,6 (46)

4,4 (44)

4,2 (42)

3,9 (39)

3,6 (36)

3,2 (32)

3,0 (30)

2,7 (27)

200

3,4 (34)

3,3 (33)

3,0 (30)

2,9 (29)

2,6 (26)

2,4 (24)

2,1 (21)

1,7 (17)

150

2,7 (27)

2,6 (26)

2,4 (24)

2,2 (22)

2,0 (20)

1,8 (18)

1,7 (17)

1,3 (13)

125

2,4 (24)

2,3 (23)

2,1 (21)

1,9 (19)

1,7 (17)

1,6 (16)

1,4 (14)

1,1 (11)

100

2,0 (20)

1,8 (18)

1,7 (17)

1,6 (16)

1,4 (14)

1,3 (13)

1,1 (11)

0,9 (9)

75

1,6 (16)

1,5 (15)

1,4 (14)

1,3 (13)

1,1 (11)

1,0 (10)

0,9 (9)

0,7 (7)

50

1,2 (12)

1,15 (11,5)

1,1 (11)

1,0 (10)

0,9 (9)

0,8 (8)

0,7 (7)

0,5 (5)

35

-

1,0 (10)

0,9 (9)

0,8 (8)

0,7 (7)

0,6 (6)

0,55 (5,5)

0,4 (4)

25

-

-

0,7 (7)

0,65 (6,5)

0,55 (5,5)

0,5 (5)

0,45 (4,5)

0,3 (3)

15

-

-

-

0,45 (4,5)

0,4 (4)

0,35 (3,5)

0,3 (3)

0,2 (2)

Izoh. Qoʻngʻir va omixta koʻmirlarning yonishidan qolgan toshqollardan yasalgan ichi gʻovak toshqol-beton toshlardan, shuningdek gips-betonli va ichi gʻovak toshlardan tayyorlangan tosh terilmalarining siqilishga hisobiy qarshiliklari 7‑jadvalning 1 va 2-izohlariga muvofiq ravishda kamaytirish kerak.

9-jadval

Tosh terilmasi turi

Tosh markasi

Toʻgʻri shakldagi (arralab yoki bejirim holatigacha yoʻnib yasalgan) va mustahkamligi past boʻlgan tabiiy toshlardan tayyorlangan tosh terilmalarining siqilishga R, MPa (kgf/cm2) hisobiy qarshiliklari

qorishma markasi

qorishma mustahkamligi

25

10

4

0,2 (2)

nolga teng

1. Tabiiy toshlar­dan tayyorlangan tosh terilmasi qatorining balandligi 150 mm gacha boʻlganda

25

0,6 (6)

0,45 (4,5)

0,35 (3,5)

0,3 (3)

0,2 (2)

15

0,4 (4)

0,35 (3,5)

0,25 (2,5)

0,2 (2)

0,13 (1,3)

10

0,3 (3)

0,25 (2,5)

0,2 (2)

0,18 (1,8)

0,1 (1)

7

0,25 (2,5)

0,2 (2)

0,18 (1,8)

0,15 (1,5)

0,07 (0,7)

2. Tosh terilmasi qatorining balandligi 200300 mm gacha

10

0,38 (3,8)

0,33 (3,3)

0,28 (2,8)

0,25 (2,5)

0,2 (2)

7

0,28 (2,8)

0,25 (2,5)

0,23 (2,3)

0,2 (2)

0,12 (1,2)

4

-

0,15 (1,5)

0,14 (1,4)

0,12 (1,2)

0,08 (0,8)

10-jadval

Parchalab olingan xarsang tosh markalari

Parchalab olingan xarsangtoshdan tayyorlangan xarsangtosh terilmasining siqilishga R, MPa (kgf/cm2) hisobiy qarshiliklari

qorishma markasi

qorishma mustahkamligi

100

75

50

25

10

4

0,2 (2)

nolga teng

1000

2,5 (25)

2,2 (22)

1,8 (18)

1,2 (12)

0,8 (8)

0,5 (5)

0,4 (4)

0,33 (3,3)

800

2,2 (22)

2,0 (20)

1,6 (16)

1,0 (10)

0,7 (7)

0,45 (4,5)

0,33 (3,3)

0,28 (2,8)

600

2,0 (20)

1,7 (17)

1,4 (14)

0,9 (9)

0,65 (6,5)

0,4 (4)

0,3 (3)

0,22 (2,2)

500

1,8 (18)

1,5 (15)

1,3 (13)

0,85 (8,5)

0,6 (6)

0,38 (3,8)

0,27 (2,7)

0,18 (1,8)

400

1,5 (15)

1,3 (13)

1,1 (11)

0,8 (8)

0,55 (5,5)

0,33 (3,3)

0,23 (2,3)

0,15 (1,5)

300

1,3 (13)

1,15 (11,5)

0,95 (9,5)

0,7 (7)

0,5 (5)

0,3 (3)

0,2 (2)

0,12 (1,2)

200

1,1 (11)

1,0 (10)

0,8 (8)

0,6 (6)

0,45 (4,5)

0,28 (2,8)

0,18 (1,8)

0,08 (0,8)

150

0,9 (9)

0,8 (8)

0,7 (7)

0,55 (5,5)

0,4 (4)

0,25 (2,5)

0,17 (1,7)

0,07 (0,7)

100

0,75 (7,5)

0,7 (7)

0,6 (6)

0,5 (5)

0,35 (3,5)

0,23 (2,3)

0,15 (1,5)

0,05 (0,5)

50

-

-

0,45 (4,5)

0,35 (3,5)

0,25 (2,5)

0,2 (2)

0,13 (1,3)

0,03 (0,3)

35

-

-

0,36 (3,6)

0,29 (2,9)

0,22 (2,2)

0,18 (1,8)

0,12 (1,2)

0,02 (0,2)

25

-

-

0,3 (3)

0,25 (2,5)

0,2 (2)

0,15 (1,5)

0,1 (1)

0,02 (0,2)

Izohlar:

1. Parchalab olingan xarsangtosh terilmalari uchun ushbu jadvalda keltirilgan hisobiy qarshiliklar tosh terilmaning yotqizilish muddati 3 oy hamda qorishmaning markasi 4 va undan ortiq boʻlgan holat uchun beriladi. Bunda, qorishmaning markasi 28 kunlik muddatda aniqlanadi. 28 kunlik muddatga ega tosh terilmalari uchun mazkur jadvalda keltirilgan hisobiy qarshiliklarni 4 va undan ortiq markali qorishmalar uchun 0,8 koeffitsiyentini qoʻllab qabul qilish lozim.

2. Parchalab olingan toʻshamabop xarsangtoshdan tayyorlangan, tosh terilmalari uchun mazkur jadvaldan qabul qilingan hisobiy qarshiliklarni 1,5 koeffitsiyentga koʻpaytirish lozim.

3. Har tarafidan tuproq bilan koʻmilgan poydevorlarning parchalab olingan xarsangtosh terilmalari hisobiy qarshiligini quyidagi qiymatlarga orttirib olish yoʻl qoʻyiladi: yotqizib boʻlgach, kotlovan boʻshliqlariga tuproq toʻkib koʻmiladigan tosh terilmalarida — 0,1 MPa (1 kgf/cm2), transheya ichida ishlov berilmagan tabiiy holatdagi tuproqqa “tirab” yotqiziladigan hamda ustqurmalardagi tosh terilmalarida — 0,2 MPa (2 kgf/cm2).

11-jadval

Parchalab olingan xarsantosh turi

Parchalab olingan xarsangtoshdan tayyorlangan betonning R, MPa (kgf/cm2) hisobiy qarshiligi, betonning quyidagi sinflari uchun

V15

V12,5

V10

V7,5

V3,5

V2,5

parchalardan iborat xarsangtoshning markalari:

200 va undan ortiq

4 (40)

3,5 (35)

3 (30)

2,5 (25)

2,0 (20)

1,7 (17)

100

-

-

-

2,2 (22)

1,8 (18)

1,5 (15)

50 yoki gʻisht parchalari bilan omixta

-

-

-

2,0 (20)

1,7 (17)

1,3 (13)

Izoh:

Parchalab olingan xarsangtosh-betonni tebrangan (vibratsiyalangan)da, uning siqilishga hisobiy qarshiligi 1,15 koeffitsiyentni qoʻllab qabul qilinishi lozim.

26. Tosh terilmasining ushbu SHNQning 4 — 10-jadvallarida keltirilgan siqilishga hisobiy qarshiliklarning qiymatlari quyidagicha boʻlgan ish sharoitlari koeffitsiyentlariga koʻpaytirib olish lozim, bunda:
kesimining yuzasi 0,3 m2 va undan kam boʻlgan ustunlar va oradevorlar uchun — 0,8 ga;
lekalobop boʻlmagan gʻishtdan tayyorlangan hamda toʻrsimon armatura bilan armaturalanmagan, doirasimon kesimli elementlar uchun — 0,6 ga;
mustahkamlik boʻyicha sinfi V25 dan yuqori boʻlgan, ogʻir betonlardan va tabiiy toshlardan (1800 kg/m3) tayyorlangan yirik bloklar va toshlar uchun — 1,1 ga;
mustahkamlik boʻyicha sinflari B25 dan yuqori boʻlgan, avtoklavlangan gʻovakli hamda silikat betonlardan tayyorlangan tosh terilmasi uchun — 0,9 ga;
yirik gʻovakli betonlardan va avtoklavlanmagan gʻovakli betonlardan tayyorlangan bloklar va toshlardan tayyorlangan tosh terilmalar uchun — 0,8 ga;
B turidagi gʻovakli betonlardan, bloklar va toshlardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun — 0,7 ga;
qorishma uzoq (1 yildan ortiq) muddat davomida qotib boʻlgandan soʻng tosh terilmalari uchun — 1,15 ga;
tarkibiga ishqor qoʻshiladigan qorishmalarda yotqiziladigan silikat gʻishtlardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun — 0,85 ga;
muzlatish usulida bajariladigan qishki tosh terilmalari uchun mazkur SHNQning 37-jadvali boʻyicha ish sharoiti koeffitsiyentlariga.
27. Turli xildagi ichi gʻovak yirik beton bloklardan tayyorlangan tosh terilmasining siqilishga hisobiy qarshiligi eksperimental maʼlumotlarga koʻra tayinlanadi.
Bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda, hisobiy qarshiliklari quyidagi koeffitsiyentlarni qoʻlagan holda mazkur SHNQning 6-jadvalidan olinishi lozim:
bloklarning gʻovakliligi ≤ 5 foiz boʻlganda — 0,9;
bloklarning gʻovakliligi ≤ 25 foiz boʻlganda — 0,5;
bloklarning gʻovakliligi ≤ 45 foiz boʻlganda — 0,25.
Bu yerda, gʻovakligining foizi oʻrtacha gorizontal kesim boʻyicha aniqlanadi.
Gʻovaklilik foizining oraliq qiymatlari uchun uqtirib oʻtilgan koeffitsiyentlarni interpolyatsiya qilib aniqlash lozim.
Tabiiy toshlardan tayyorlangan tosh terilmasining mazkur SHNQning 6, 7 va 9-jadvallarida keltirilgan, siqilishga hisobiy qarshiliklarini quyidagi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda qabul qilish lozim:
bejirim boʻlmagan holatigacha yoʻnib yasalgan toshlardan tayyorlangan tosh terilmasi (devordan 10 mm gacha boʻrtib chiqib turgan joylar) uchun — 0,8;
dagʻal tarzda yoʻnib yasalgan toshlardan tayyorlangan tosh terilmalari (devordan 20 mm gacha boʻrtib chiqib turgan joylar uchun) — 0,7.
1-rasm — Tosh terilmasining bogʻichlanmagan kesim boʻylab choʻzilishi
a)
b)
2-rasm — Tosh terilmasining choʻzilishi:
a) bogʻichlangan kesim boʻylab; b) qiya shtraba boʻylab
3-rasm — Tosh terilmasining bogʻichlangan kesim boʻylab egilish mobaynida choʻzilishi
28. Xom gʻisht va grunt toshlardan tayyorlangan tosh terilmasining siqilishga hisobiy qarshiligi, quyidagi koeffitsiyentlarni hisobga holda mazkur SHNQning 9-jadvali hamda quyidagi qiymatlardan olinishi lozim:
quruq iqlimli sohalardagi tashqi devorlarning tosh terilmalari uchun — 0,7;
ichki devorlar tosh terilmalari uchun — 0,8.
Xom gʻisht va grunt toshlarini xizmat muddati 25 yildan oshmaydigan binolarning devorlari uchungina foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
29. Sement-ohak va ohakli qorishmalardan foydalanib bajarilgan yaxlit toshlardan tayyorlangan tosh terilmasining, uning gorizontal va vertikal choklari boʻylab oʻtuvchi kesimlarini hisob-kitobida qoʻllaniladigan oʻq boʻylab choʻzilishga , egilish mobaynidagi choʻzilishga va egilish mobaynidagi choʻzuvchi bosh zoʻriqishlarga , hamda qirqilishga hisobiy qarshiliklari mazkur SHNQning 12-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
30. Toʻgʻri shaklga ega gʻisht va toshlardan tayyorlangan tosh terilmasining uning gʻisht yoki tosh boʻylab oʻtuvchi bogʻichlangan kesimi boʻylab hisob-kitobida qoʻllaniladigan, oʻq boʻylab choʻzilishga , egilish mobaynidagi choʻzilishga , qirqilishga va egilish mobaynidagi choʻzuvchi bosh zoʻriqishlarga hisobiy qarshiliklari mazkur SHNQning 13-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
31. Xarsangtoshli betonning oʻq boʻylab choʻzilishga , egilish mobaynidagi choʻzilishga , choʻzuvchi bosh zoʻriqishlarga va egilish mobaynidagi choʻzilishlarga hisobiy qarshiliklari mazkur SHNQning 14-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
32. Armaturaning SHNQ 2.03.01-24 ga muvofiq qabul qilinadigan, hisobiy qarshiliklarini konstruksiyalarni armaturalash turiga bogʻliq tarzda mazkur SHNQning 15-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim, ish sharoiti koeffitsiyentlariga koʻpaytirib olinishi lozim.
12-jadval

Kuchlangan holat turi

Shartli belgilar

Sement-ohak va ohakli qorishmalardan bajarilgan yaxlit toshlardan tayyorlangan tosh terilmasining uning gorizontal va vertikal choklari boʻylab oʻtuvchi kesimlarini hisob-kitobida qoʻllaniladigan, oʻq boʻylab choʻzilishga, egilish mobaynidagi choʻzilishga va egilish mobaynidagi bosh choʻzuvchi zoʻriqishlarga, hamda qirqilishga R, MPa (kgf/cm2), hisobiy qarshiliklari

qorishma markasii

qorishmaning mustahkamligi 0,2 (2) boʻlganda

50 va undan baland

25

10

4

A. Oʻq boʻylab choʻzilish

Rt

1. Barcha turdagi tosh terilmalarining bogʻichlanmagan ke­simlari boʻylab meʼyoriy ilashuvchanlik (1‑rasm)

0,08 (0,8)

0,05 (0,5)

0,03 (0,3)

0,01 (0,1)

0,005 (0,05)

2. Bogʻichlangan kesim boʻylab (2, a rasm)

a) toʻgʻri shakldagi toshlardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun

0,16 (1,6)

0,11 (1,1)

0,05 (0,5)

0,02 (0,2)

0,01 (0,1)

b) xarsangtosh terilmalari uchun

0,12 (1,2)

0,08 (0,8)

0,04 (0,4)

0,02 (0,2)

0,01 (0,1)

B. Egilish mobaynidagi choʻzilish

Rtb(Rtw)

3. Barcha turdagi tosh terilmalari uchun bogʻichlanmagan ke­simlar boʻylab va qiya shtraba boʻylab (egilish mobaynidagi choʻzuvchi bosh zoʻriqishlar, 2 b rasm)

0,12 (1,2)

0,08 (0,8)

0,04 (0,4)

0,02 (0,2)

0,01 (0,1)

4. Bogʻichlangan kesim boʻylab (3-rasm)

a) toʻgʻri shakldagi toshlardan qilin­gan tosh terilma­lari uchun

0,25 (2,5)

0,16 (1,6)

0,08 (0,8)

0,04 (0,4)

0,02 (0,2)

b) xarsangtosh terilmalari uchun

0,18 (1,8)

0,12 (1,2)

0,06 (0,6)

0,03 (0,3)

0,015 (0,15)

V. Qirqilish

Rsq

5. Barcha turdagi tosh terilmalari uchun bogʻichlanmagan kesimlar boʻylab (urinma ilashuvchanlik)

0,16 (1,6)

0,11 (1,1)

0,05 (0,5)

0,02 (0,2)

0,01 (0,1)

6. Xarsangtosh terilmalari uchun bogʻichlangan kesim boʻyicha

0,24 (2,4)

0,16 (1,6)

0,08 (0,8)

0,04 (0,4)

0,02 (0,2)

 

Izohlar:

1. Hisobiy qarshiliklar tosh terilmasining zoʻriqish yoʻnalishiga (qirqilish mobaynida) perpendikulyar yoki parallel boʻlgan, sinib uzilish yoki qirqilishga oid butkul kesimiga tegishli deb hisoblanadi.

2. Tosh terilmasining ushbu jadvalda keltirilgan hisobiy qarshiliklari quyidagi koeffitsiyentlarni inobatga olgan holda qabul qilinishi lozim:

ayrim oʻziga xos taʼsirlarga hisob-kitob qilish mobaynida tebranish stollarida vibratsiya qilib olinadigan gʻisht terilmalari uchun — 1,4;

plastik holatda presslangan sopol gʻishtlardan tayyorlangan hamda tebrangan (vibratsiyalangan) gʻisht terilmalari uchun, shuningdek serteshik va tirqishli gʻishtlardan va ichi gʻovak beton toshlardan tayyorlangan oddiy tosh terilmalari uchun — 1,25;

gil yoki ohak qoʻshmay bajarilgan sementli dagʻal qorishmalarda bajarilgan tebratish orqali tayyorlanmagan gʻisht terilmalari uchun — 0,75;

yaxlit va ichi gʻovak silikat gʻishtlardan tosh terilmalari uchun — 0,7;

mayin (barxan) qumlardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan silikat gʻishtlardan tosh terilmalari uchun esa — tadqiqotlar asosida;

muzlatish usulida bajariladigan qishki tosh terilmasi uchun — 37‑jadval boʻyicha.

Darzlarning ochilishi boʻyicha ushbu SHNQning (33) formulasiga koʻra hisob-kitoblar mobaynida barcha turdagi tosh terilmalar uchun egilishga Rtb hisobiy qarshiliklar mazkur SHNQning 12‑jadvalidan eslatmada keltirilgan koeffitsiyentlarni eʼtiborga olmagan holda qabul qilinishi lozim.

3. Toʻgʻri shakldagi gʻishtning (toshning) bogʻichlanish chuqurligining tosh terilmasi qatorining balandligiga nisbati birdan kam boʻlganda, tosh terilmasining oʻq boʻylab choʻzilishga va bogʻichlangan kesimlar boʻylab egilishidagi choʻzilishiga hisobiy qarshiligi 12-jadvalda koʻrsatilgan qiymatlarini, bogʻichlanish chuqurligining tosh terilmasi qator balandligiga nisbatining qiymatlariga koʻpaytirilib olingan holdagi kattaliklarga teng qabul qilinadi.

4. Yirik hajmli sopol toshlardan va polistirolli beton bloklardan tayyorlangan tosh terilmasining hisobiy qarshiligi eksperimental maʼlumotlarga koʻra aniqlanadi.

5. Yirik hajmli toshlardan, gʻovakli betondan va yelimli tarkiblardagi polistirolli beton bloklardan tayyorlangan tosh terilmalari mazkur jadvalning 1‑ustunida keltirilgan barcha turdagi zoʻriqishli holatlar uchun hisobiy qarshiliklari eksperimental maʼlumotlar boʻyicha aniqlanadi.

13-jadval

Zoʻriqish holatining turi

Shartli belgilar

Toʻgʻri shaklga ega gʻisht va toshlardan tayyorlangan tosh terilmasining uning gʻisht yoki tosh boʻylab oʻtuvchi bogʻichlangan kesimi boʻylab hisob-kitobida qoʻllaniladigan oʻq boʻylab, egilish mobaynidagi choʻzilishga, qirqilishga va egilish mobaynidagi choʻzuvchi bosh zoʻriqishlarga hisobiy qarshiliklari, R, MPa (kgf/cm2)

200

150

100

75

50

35

25

15

10

1. Oʻq boʻylab choʻzilish

Rt

0,25 (2,5)

0,2 (2)

0,18 (1,8)

0,13 (1,3)

0,1 (1)

0,08 (0,8)

0,06 (0,6)

0,05 (0,5)

0,03 (0,3)

2. Egilish mobaynidagi choʻzilish va choʻzuvchi bosh kuchlanishlar

Rtb(Rtw)

0,4 (4)

0,3 (3)

0,25 (2,5)

0,2 (2)

0,16 (1,6)

0,12 (1,2)

0,1 (1)

0,07 (0,7)

0,05 (0,5)

3. Qirqilish

Rsq

1,0 (10)

0,8 (8)

0,65 (6,5)

0,55 (5,5)

0,4 (4)

0,3 (3)

0,2 (2)

0,14 (1,4)

0,09 (0,9)

Izohlar:

1. Oʻq boʻylab choʻzilishga Rt, egilish mobaynidagi choʻzilishga Rtb va choʻzuvchi bosh zoʻriqishlarga Rtw hisobiy qarshiliklar tosh terilmasi sinib uzilishiga tegishli kesimiga taalluqli deb hisoblangan.

2. Bogʻichlangan kesim boʻyicha qirqilishga Rsq hisobiy qarshiliklar faqat gʻisht yoki tosh kesimi maydonidan vertikal choklar kesimlarining yuzalarini ayirib olingan kattalikka (netto kesim yuzasiga) taalluqli.

3. Yirik hajmli gʻovaklashtirilgan toshlar va polistirolli beton bloklardan tayyorlangan tosh terilmaning hisobiy qarshiligi eksperimental maʼlumotlarga koʻra aniqlanadi.

4. Tosh terilmasining, gʻisht yoki tosh boʻylab oʻtadigan bogʻichlangan kesimi boʻyicha hisoblashda oʻq boʻylab hamda egilish mobaynidagi zoʻriqish, qirqilish va choʻzuvchi bosh zoʻriqishlarga hisobiy qarshilikni aniqlash mobaynida sopol toshlar va plastik holatida shakllangan gʻishtlarning markalari ularning tayanch sirtlarini tekislab olgan holda oʻtkazilgan sinov natijalariga koʻra qabul qilinadi.

Sirt tekislashning boshqacha uslublari qoʻllanilganda gʻisht yoki toshning mazkur jadvalda keltirilgan markalari GOST 8462-85 ga muvofiq K oʻtish koeffitsiyentini inobatga olgan holda qabul qilinadi.

14-jadval

Zoʻriqishli holat turi

Shartli belgilar

Beton sinfi quyidagicha boʻlgan holatlar uchun xarsangtoshli betonning oʻq boʻylab hamda egilish mobaynidagi choʻzilishga, choʻzuvchi bosh zoʻriqishlarga va egilish mobaynidagi choʻzilishlarga R, MPa (kgf/) hisobiy qarshiliklari

V15

V12,5

V7,5

V5

V3,5

V2,5

1. Oʻq boʻylab choʻzilish va choʻzuvchi bosh zoʻriqish

Rt(Rtw)

0,2 (2,0)

0,18 (1,8)

0,16 (1,6)

0,14 (1,4)

0,12 (1,2)

0,1 (1,0)

2. Egilish mobayni­dagi choʻzilish

Rtb

0,27 (2,7)

0,25 (2,5)

0,23 (2,3)

0,2 (2,0)

0,18 (1,8)

0,16 (1,6)

15-jadval

Konstruksiyani armaturalash turi

Quyidagicha  sinfdagi armatura uchun γcs ish sharoiti koeffitsiyentlari

A240

A300

Br500

1. Toʻrsimon armaturalash

0,75

-

0,6

2. Tosh terilmasidagi boʻylama armatura:

a) choʻzilgan boʻylama armatura

1

1

1

b) choʻzilgan boʻylama siqilgan armatura

0,85

0,7

0,6

v) bukilgan armatura va xomutlar

0,8

0,8

0,6

3. Tosh terilmasi ichidagi ankerlar va bogʻichlar:

a) markasi 25 va undan ortiq boʻlgan qorishmalardagi

0,9

0,9

0,8

b) markasi 10 va undan past boʻlgan qorishmalardagi

0,5

0,5

0,6

Izohlar:

1. Boshqa turdagi armatura poʻlatlari qoʻllanilganda SHNQ 2.03.01-24 da keltirilgan hisobiy qarshiliklar, sinfi A300 yoki mos ravishda B500 boʻlgan armaturanikidan yuqori boʻlmagan holda qabul qilinadi.

2. Muzlatish yoʻli bilan tayyorlangan qishki tosh terilmani hisob-kitob qilishda mobaynida toʻrsimon armaturalash qoʻllanilgan taqdirdagi armaturaning hisobiy qarshiligi ushbu jadvalda keltirilgan qoʻshimcha γcs1 ish sharoitlari koeffitsiyenti qoʻllab qabul qilish lozim.

2-§. Tosh terilmasining qisqa muddatli va uzoq muddatli yuk taʼsirlari ostidagi elastiklik va deformatsiya modullari, tosh terilmasining elastik xossalari, kirishishga oid deformatsiyalar, chiziqli kengayish va ishqalanish koeffitsiyentlari
33. Tosh terilmasining qisqa muddatli yuk ostidagi elastiklik moduli (deformatsiyaning boshlangʻich moduli) quyidagilarga teng qabul qilinishi kerak:
armaturalanmagan tosh terilmasi uchun:
(1)
boʻylamasiga armaturalangan tosh terilmalari uchun:
(2)
Mazkur SHNQning 1 va 2-formulalarida — tosh terilmasining elastik xossasi ushbu SHNQning 36-bandidan qabul qilinadi.
Toʻrsimon armaturalashga ega tosh terilmasining elastiklik moduli armaturalanmagan tosh terilmasidagi kabi qabul qilinishi lozim.
Boʻylama armaturaga ega tosh terilmasi uchun elastiklik xossasini armaturalanmagan tosh terilmasi kabi qabul qilinishi, — tosh terilmasining siqilishga vaqtincha qarshiligi (mustahkamlikning oʻrtacha chegarasi) quyidagi formula orqali aniqlanishi lozim:
(3)
bu yerda:
— mazkur SHNQning 16-jadvaliga muvofiq qabul qilinadigan koeffitsiyent;
— tosh terilmasining mazkur SHNQning 11-jadvaliga koʻra qabul qilinadigan, siqilishga hisobiy qarshiligi boʻlib, ushbu jadval izohlarda keltirilgan koeffitsiyentlarni, shuningdek mazkur SHNQning 26 — 31-bandlarining talablarini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Toʻrsimon armaturaga ega tosh terilmasining elastiklik xossasini quyidagi formula orqali aniqlash zarur:
(4)
Ushbu SHNQning 2 va 4-formulalarida — gʻisht yoki toshlardan terilgan tosh terilmasining, terilma qatorining balandligi 150 mm dan ortiq boʻlmagandagi siqilishga vaqtincha qarshiligi (mustahkamlikning oʻrtacha chegarasi) boʻlib, u quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
boʻylama armaturali tosh terilmasi uchun:
(5)
toʻrsimon armaturali tosh terilmasi uchun:
(6)
bu yerda:
— tosh terilmasining armaturalanish foizi.
Boʻylama armaturali tosh terilmasi uchun:
bu yerda:
va — armaturalanish foizi boʻlgan, toʻrsimon armaturali tosh terilmas uchun mos ravishda armatura va tosh terilmasining koʻndalang kesimi yuzalari ular mazkur SHNQning 77‑bandidan aniqlanadi;
— armaturalangan tosh terilmasidagi armaturaning A240, A300 va B500 sinflaridagi armaturalar uchun SHNQ 2.03.01-24 ga muvofiq 0,6 ish sharoiti koeffitsiyenti bilan qabul qilinishi lozim.
16-jadval

T/r

Tosh terilmasining turi

Koeffitsiyent k

siqilishdagi

choʻzilish, egilib choʻzilish va qirqilish mobaynidagi choʻzilish

1.

Barcha turdagi gʻisht va toshlardan, yirik bloklardan tayyorlangan gʻovaklar foizi koʻpi bilan 55 foiz boʻlganda titratib (vibratsiya) tayyorlangan gʻishtni hamda parchalab olingan xarsangtoshdan va xarsangtoshli betondan tayyorlangan qalinligi 20 sm dan ortiq boʻlgan devorlar uchun

2,0

2,25

2.

Barcha turdagi gʻisht va toshlardan, gʻovaklarning foizi koʻpi bilan 55 foiz boʻlgan yoriq bloklardan tayyorlangan hamda qalinligi 20 cm dan ortiq boʻlgan devorlar uchun

2,3

2,4

3.

Gʻishtdan, toshlardan hamda qalinligi 20 sm gacha, biroq kamida 8,5 cm boʻlgan bloklardan tayyorlangan devorlar uchun

2,3

bogʻlanmagan kesim boʻylab:

4,0*

bogʻlangan kesim boʻylab

2,4

4.

Gʻovakli betondan, katta va kichik bloklardan tayyorlanganlar uchun

2,2

2,25

* Sinovlar oʻtkazilgan va qurilish maydonchasida GOST 24992-2014 boʻyicha muntazam tekshiruvlar oʻtkazilganda koeffitsiyentning qiymatini olishga yoʻl qoʻyiladi, biroq uning qiymati kamida 2,4 boʻlishi kerak.

34. Armaturalanmagan tosh terilmasining elastiklik xossasi qiymatlari quyidagi 17-jadval boʻyicha qabul qilinishi kerak.
17-jadval

Tosh terilmasining turi

α elastiklik xossasi

qorishma markalari

qorishma mustahkamligi

25-200

10

4

0,2 (2)

nolga teng

1. Ogʻir toʻldiruvchilar va vazmin tabiiy toshlardan (γ ≥1800 kg/m3) hamda ogʻir va yirik gʻovakli betondan tayyorlangan yirik bloklardan iborat

1500

1000

750

750

500

2. Ogʻir beton, ogʻir tabiiy toshlar va xar-sang toshlardan tayyorlangan toshlardan iborat

1500

1000

750

500

350

3. Yengil toʻldiruvchilardan, gʻovakli toʻldiruvchilar va gʻovaklashtirilgan va yirik gʻovakli betondan, zich silikat betondan va tabiiy yengil toshdan tayyorlangan  yirik bloklardan iborat

1000

750

500

500

350

4. Quyidagi turdagi gʻovakli betonlardan tayyorlangan yirik bloklardan iborat:

Avtoklavli

750

750

500

500

350

avtoklav boʻlmagan

500

500

350

350

350

5. Quyidagi turdagi gʻovakli betonlardan tayyorlangan toshlardan iborat:

Avtoklavli

750

500

350

350

200

avtoklav boʻlmagan

500

350

200

200

200

6. Sopol toshlardan iborat (yirik hajmli lar bundan mustasno)

1200

1000

750

500

350

7. Plastik tarzda presslangan, ichi yaxlit va ichi gʻovak sopol gʻishtlardan, ichi gʻovak silikat toshlardan, gʻovakli toʻldiruvchilarda va gʻovaklishtirilgan betondan tayyorlangan toshlardan, tabiiy yengil toshlardan iborat

1000

750

500

350

200

8. Ichi yaxlit va ichi gʻovak silikat gʻishtdan iborat

750

500

350

350

200

9. Yarim quruq presslash yoʻli bilan tayyorlangan ichi yaxlit va ichi gʻovak sopol gʻishtdan iborat

500

500

350

350

200

Izohlar:

1. Egiluvchanligi l0/i≤28 yoki l0/h nisbatlar bilan tavsiflanadigan elementlar uchun boʻylama egilish koeffitsiyentlarini aniqlashda, plastik tarzda presslangan gʻishtdan tayyorlangani kabi barcha turdagi gʻishtlardan tayyorlangan tosh terilmasining elastiklik xossalari kattaligini qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.

2. Gʻisht terilmasi α elastik xossasi ushbu jadvalda keltirilgan qiymatlari vibrogʻishtli panellar va bloklarga qoʻllaniladi.

3. Xarsangtoshli betonning elastiklik xossasi α = 2000 qabul qilinadi.

4. Yengil qorishmalarga yotqizilgan tosh terilmalari uchun α elastiklik xossasining qiymatlari mazkur jadval boʻyicha 0,7 koeffitsiyentini qoʻllab qabul qilinishi lozim.

5. Eksperimental tadqiqotlar natijalari asosida aniqlangan tabiiy toshlardan tayyorlangan tosh terilmalarning elastiklik xossalariga aniqlik kiritilishga yoʻl qoʻyiladi.

6. Yirik shaklli toshlardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun α koʻrsatkichni 0,7 koeffitsiyentni qoʻllab sopol toshlardagi kabi qabul qilish lozim.

35. Tosh terilmasining modul deformatsiyasi quyidagilarga muvofiq olinishi kerak:
tosh terilmasi deformatsiyalari ularning konstruksiyalardagi boshqa materiallardan tayyorlangan elementlar bilan birgalikdagi ishi tomonidan belgilanish shart ekanligida siqilishdagi chegaraviy holatida koʻrib chiqilayotgan, tosh terilmasidagi zoʻriqishlarni aniqlash uchun (ravoq tortmalaridagi, koʻp qatlamli kesimlardagi zoʻriqishlarni, randbalkalar usti yoki taqsimlovchi belbogʻlar ostidagi tosh terilmasini hisob-kitob qilish mobaynida haroratga oid deformatsiyalar keltirib chiqaruvchi zoʻriqishlarni aniqlash uchun) tosh terilmasining mustahkamligi boʻyicha hisoblash mobaynida quyidagi formulaga koʻra:
(7)
bu yerda:
— tosh terilmasining (1) va (2) formulalarga koʻra aniqlanadigan, elastiklik moduli (deformatsiyalar boshlangʻich moduli).
boʻylama yoki koʻndalang kuchlar taʼsiridan tosh terilmasida paydo boʻladigan deformatsiyalarni konstruksiyalarning elementlari boshqa materiallardan tayyorlangan elementlar bilan birgalikda ishlaydigan statik jihatdan noaniq qolipli tizimlardagi zoʻriqishlarni, tosh konstruksiyalar tebranish davriyligini, konstruksiyalarning bikrligini aniqlashda quyidagi formulaga koʻra aniqlash kerak:
(8)
36. Tosh terilmasining nisbiy deformatsiyasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(9)
bu yerda:
kattalik aniqlanadigan kuchlanish;
— tosh terilmasi siljuvchanlik taʼsirini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
— tirqishsimon vertikal gʻovaklarga ega boʻlgan, sopol toshlardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun (tosh balandligi 138 mm dan 220 mm gacha);
— plastik va yarim quruq presslash yoʻli bilan tayyorlangan sopol gʻishtlardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun;
— ogʻir betonlardan yasalgan yirik bloklardan yoki toshlardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun;
— yaxlit tanali va ichi gʻovak silikat gʻisht va toshlardan, shuningdek gʻovaksimon toʻldiruvchilarda qorilgan yoki gʻovaklashtirilgan betondan yasalgan, toshlardan va yirik silikat bloklardan tayyorlangan tosh terilmasi uchun;
— avtoklavda tayyorlangan gʻovakli betonlardan yasalgan, yirik bloklardan yoki toshlardan q tayyorlangan tosh terilmalari uchun;
— noavtoklavli gʻovakli betonlardan va polistirolbetondan tayyorlanganlari uchun.
Nochiziqli hisob-kitoblar uchun tosh terilmalarining qisqa muddatli yuk taʼsirdagi e nisbiy deformatsiyalari har qanday kuchlanishlar uchun quyidagi formulaga koʻra aniqlanishiga yoʻl qoʻyiladi:
(10)
Zoʻriqishlar va deformatsiyalar mazkur SHNQning 10-formulasiga muvofiq bogʻliqlik mavjud boʻlganda, deformatsiyalarning tangensial moduli quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(11)
37. Tosh terilmasining, doimiy va uzoq muddatli yuklar taʼsiri ostida, uning siljuvchanlikni inobatga olgan holda elastiklik modulini siljuvchanlik koeffitsiyentiga boʻlib kamaytirib olish lozim.
38. Tabiiy toshlardan tayyorlangan tosh terilmalarning elastiklik va deformatsiya modulini tajribalar oʻtkazish yoʻli bilan aniqlangan tadqiqotlarga muvofiq qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
39. Sopol gʻisht va sopol toshlardan tayyorlangan tosh terilmasining kirishishidan paydo boʻlgan deformatsiyasini hisoblamaslikka yoʻl qoʻyiladi.
Tosh terilmalari kirishishdan paydo boʻlgan deformatsiyani quyidagicha qabul qilish lozim:
silikat yoki sement bogʻlovchilardan yasalgan, gʻisht, tosh, mayda va yirik bloklardan tayyorlanganlari uchun —
qum va turli rudalarni boyitish ikkilamchi mahsulotlaridan avtoklavda, gʻovakli betonlardan tayyorlangan toshlar va yirik bloklardan uchun —
qurum qoʻshib, avtoklavda tayyorlangan betonlar uchun —
40. Tosh terilmasining siljish modulini yuklarning alohida (seysmik) uygʻunliklarida esa kattaliklarga teng deb qabul qilish lozim.
Bu yerda: — siqilishdagi elastiklik moduli.
41. Tosh terilmasi chiziqli kengayish koeffitsiyentlarining kattaliklarini quyidagi 18-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
18-jadval

Tosh terilmasi materiali

Tosh terilmasining chiziqli kengayish koeffitsiyenti αt, grad-1

1. Yaxlit, ichi gʻovak sopol gʻisht va sopol toshlar

0,000005

2. Silikat gʻisht, beton va xarsangtoshli betondan tayyorlangan toshlar va bloklar

0,00001

3. Tabiiy toshlar, gʻovakli betonlardan tayyorlangan toshlar va bloklar

0,000008

Izoh. Polistirolbeton va boshqa materiallardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun chiziqli kengayish koeffitsiyentlari kattaliklarini tajriba maʼlumotlariga asosan qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.

42. Ishqalanish koeffitsiyentini quyidagi 19-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.
19-jadval

Material

Sirt yuzasining quyidagicha boʻlgandagi μ ishqalanish koeffitsiyenti

quruq

nam

1. Tosh terilmasi yoki beton uzra tosh terilmasi

0,7

0,6

2. Tosh terilmasi yoki beton uzra yogʻoch

0,6

0,5

3. Tosh terilmasi yoki beton uzra poʻlat

0,45

0,35

4. Qum yoki shagʻal uzra tosh terilmasi yoki beton

0,6

0,5

5. Qum yoki shagʻal uzra tosh terilmasi yoki beton suglinka uzra

0,55

0,4

6. Qum yoki shagʻal uzra tosh terilmasi yoki beton gil tuproq uzra

0,5

0,3

6-bob. Konstruksiyalarning elementlarini birinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha (yuk koʻtarish qobiliyati boʻyicha) hisoblash
1-§. Tosh konstruksiyalar
43. Armaturalanmagan toshli konstruksiyalarni markaziy siqilishdagi hisob-kitoblarini quyidagi formula orqali aniqlash lozim:
(12)
bu yerda:
— hisobiy boʻylama kuch;
— tosh terilmasining mazkur SHNQning 4 — 11-jadvallari boʻyicha aniqlanadigan, siqilishga hisobiy qarshiligi;
— mazkur SHNQning 46-bandiga koʻra aniqlanadigan boʻylama egilish koeffitsiyenti;
— element kesimining yuzasi mazkur SHNQning 2-ilovasiga muvofiq belgilanadi;
— uzoq muddatli yuk taʼsirini eʼtiborga oluvchi va (16) formulaga koʻra holat uchun aniqlanadigan koeffitsiyent.
Elementlarning toʻgʻri burchakli koʻndalang kesimlari kichikroq oʻlchamdagi sm boʻlganda (ixtiyoriy kesimga ega elementlarning inersiya radiusi kichikroq sm boʻlganda) koeffitsiyentni birga teng deb qabul qilish lozim.
44. Uzunligi boʻylab doimiy kesimga ega elementlar uchun boʻylama egilish koeffitsiyentini mazkur SHNQning 20-jadvalidan elementning:
(13)
egiluvchanligiga bogʻliq tarzda yoki toʻgʻri burchakli yaxlit kesim uchun:
(14)
nisbat oʻrinli boʻlganda hamda tosh terilmasining mazkur SHNQning 17-jadvalidan qabul qilinuvchi, elastik xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek toʻrsimon armaturalanishga ega tosh terilmasi uchun esa (4) formuladan qabul qilish lozim.
Ushbu SHNQning 13 va 14-formulalarida:
— elementning ushbu SHNQning 47-bandiga muvofiq aniqlanadigan hisobiy balandligi (uzunligi);
— element kesimining eng kichik inersiya radiusi;
— toʻgʻri burchakli kesimning kichik oʻlchami.
20-jadval

Egiluvchanlik

Tosh terilmasining α elastiklik xossasi quyidagicha boʻlgandagi φ boʻylama egilish koeffitsiyenti

λh

λi

1500

1000

750

500

350

200

100

4

14

1

1

1

0,98

0,94

0,90

0,82

6

21

0,98

0,96

0,95

0,91

0,88

0,81

0,68

8

28

0,95

0,92

0,90

0,85

0,80

0,70

0,54

10

35

0,92

0,88

0,84

0,79

0,72

0,60

0,43

12

42

0,88

0,84

0,79

0,72

0,64

0,51

0,34

14

49

0,85

0,79

0,73

0,66

0,57

0,43

0,28

16

56

0,81

0,74

0,68

0,59

0,50

0,37

0,23

18

63

0,77

0,70

0,63

0,53

0,45

0,32

-

22

76

0,69

0,61

0,53

0,43

0,35

0,24

-

26

90

0,61

0,52

0,45

0,36

0,29

0,20

-

30

104

0,53

0,45

0,39

0,32

0,25

0,17

-

34

118

0,44

0,38

0,32

0,26

0,21

0,14

-

38

132

0,36

0,31

0,26

0,21

0,17

0,12

-

42

146

0,29

0,25

0,21

0,17

0,14

0,09

-

46

160

0,21

0,18

0,16

0,13

0,10

0,07

-

50

173

0,17

0,15

0,13

0,10

0,08

0,05

-

54

187

0,13

0,12

0,10

0,08

0,06

0,04

-

Izohlar:

1. Egiluvchanliklarning oraliq qiymatlarida φ koeffitsiyenti interpolyatsiya boʻyicha aniqlanadi.

2. Oʻz chegaraviy mazkur SHNQning 118-119-bandlarida keltirilgan qiymatlaridan ortib ketuvchi λh nisbatlar uchun φ koeffitsiyentlar xuddi katta ekssentrisitetga ega boʻlgan nomarkaziy siqilishga hisob-kitoblarda φc mazkur SHNQning 52-bandi qiymatini aniqlash mobaynida qoʻllaniladi.

3. Toʻrsimon armaturalangan tosh terilmasi uchun (4) formulaga koʻra aniqlanadigan, elastik xossalarining kattaligi kamida 200 boʻlishi mumkin.

45. Devorlar va ustunlarning boʻylama egilish koeffitsiyentlarini aniqlashdagi hisobiy balandliklari ularning gorizontal tayanchlariga tayanish shartidan kelib chiqib quyidagicha qabul qilinishi lozim:
a) sharnirli qoʻzgʻalmas tayanchlarda (4, a rasm);
b) yuqori tayanch elastik va pastki tayanch bikir qistirib qoʻyilgan boʻlgan holatlarda:
bir oraliqli binolarda ,
koʻp oraliqli binolarda (4, b rasm);
v) erkin holatda alohida turgan konstruksiyalar uchun (4, v rasm);
g) qisman qistirib mahkamlangan tayanch kesimlarga ega konstruksiyalar uchun — amaldagi qistirilish darajasini eʼtiborga olgan holda, biroq kamida ,
bu yerda:
— orayopmalararo yoki boshqa gorizontal tayanchlararo masofa temir-beton gorizontal tayanchlarda — ulararo sof masofa.
Bikr tayanchlar va devorlarga yigʻma temir-beton orayopmalar qistirib qoʻyilganda toʻrt tomoni boʻylab devorlarga tayanuvchi monolit temir-beton orayopmalarda esa —
Yuk elementning faqat hisob-kitob qilinayotgan chegaralaridagi xususiy massasidan iborat boʻlsa, bunda siqilgan elementlarning hisobiy balandligini ushbu SHNQning 47-bandida keltirilgan 0,75 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali kamaytirib olish lozim.
4-rasm — Siqilgan devor va ustunlarning balandligi boʻyicha va koeffitsiyentlari
a — qoʻzgʻalmas tayanchlarga sharnirli tayangan; b — pastidan qistirilgan va tepasida elastik tayanchlarga ega; v — erkin holatda alohida turgan
46. Sharnirli qoʻzgʻalmas tayanchlarga tayangan hamda hisobiy balandligi boʻlgan devor va ustunlar uchun va koeffitsiyentlarining qiymatlari balandlikning oʻrtadagi uchdan bir qismida joylashgan, hisobiy kesimlarni hisob-kitobida mazkur element uchun aniqlangan va hisobiy qiymatlariga teng boʻlgan doimiy qiymatlarida qabul qilinishi lozim.
chetki uchdan bir qismlarida joylashgan kesimlarni hisob-kitob qilishda va koeffitsiyentlar tayanchda bir raqamigacha chiziqli oshirib boriladi (4, a rasm).
Pastidan qistirilgan va tepasi elastik tayanchlarga ega boʻlgan devorlar va ustunlar uchun devor yoki ustunning balandligigacha boʻlgan pastki qismining qismlarini hisoblashda va hisobiy qiymatlar devor yoki ustunning tepa qismini hisob-kitoblarida ushbu kesimlar uchun va qiymatlari chiziqli bir raqamigacha oshiriladi (4, b rasm).
Erkin holatda alohida turgan devor va ustunlar uchun ularning pastki qismlarida balandligigacha boʻlgan kesimlarda hisob-kitob bajarish mobaynida va hisobiy qiymatlari qabul qilinadi, tepa qismidagi kesimlar uchun esa va qiymatlari bir raqamigacha chiziqli orttirib boriladi (4, v rasm).
Boʻylama va koʻndalang devorlar kesishuv joyida ularning oʻzaro ishonchli tutashuvi taʼminlanganligi sharti bajarilganda, va koeffitsiyentlarini 1 ga teng qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Devorlar kesishuvidan masofada va koeffitsiyentlari mazkur SHNQning 11 — 13-bandlari boʻyicha aniqlanadi. Vertikal oraliq maydonlarida va koeffitsiyentlari interpolyatsiyalab qabul qilinadi.
47. Tuynuklar bilan kuchsizlangan devorlardagi ora devorlarni hisob-kitob qilishda koeffitsiyenti devor egiluvchanligi boʻyicha qabul qilinadi.
Kengligi devor qalinligidan kam boʻlgan tor ora devorlar uchun uning devor tekisligidagi hisob-kitobi amalga oshirilishi, bunda ora devorning hisobiy balandligi tuynuk balandligiga teng deb qabul qilinishi lozim.
48. Tepa qismi pastrogʻidagiga qaraganda kichikroq kesimga ega boʻlgan pillapoyasimon devorlar va ustunlar uchun va koeffitsiyentlari quyidagicha aniqlanadi:
devorlar (ustunlar) sharnirli qoʻzgʻalmas tayanchlarga — balandlik boʻylab ( — devor yoki ustunning balandligi) hamda balandlikning oʻrtadagi uchdan bir qismida joylashgan eng kichik kesimi bilan tayanganida;
tepa qismida elastik tayanch mavjud boʻlsa yoki bunday boʻlmaganda, ushbu SHNQning 11-bandiga muvofiq aniqlangan, hisobiy balandlikka va pastki tayanch oldidagi kesimga koʻra, balandligi boʻlgan, devor (ustun) tepa maydonchasini hisob-kitob qilishda esa hisobiy balandlikka va ushbu maydonning koʻndalang kesimi boʻyicha, — xuddi kabi aniqlanadi, biroq bunda boʻlishi kerak
49. Tosh konstruksiyalarning markazdan tashqari siqilgan armaturalanmagan elementlar hisob-kitoblarini quyidagi formulaga muvofiq aniqlash lozim:
(15)
bu yerda:
— kuchlanishlarning epyurasi toʻgʻri burchakli boʻlganda, kesim siqilgan qismining oʻz ogʻirlik markazi hisobiy boʻylama kuchning qoʻyilish nuqtasi bilan mos kelishi shartidan kelib chiqib aniqlanadigan yuzasi.
yuza chegarasining holati ushbu maydonning statik momenti, oʻzining toʻgʻri burchakli kesimi uchun ogʻirlik markaziga nisbatan nolga teng boʻlish shartidan kelib chiqib aniqlanadi:
(16)
(17)
Ushbu SHNQning 15 — 17-formulalarida:
— tosh terilmasining siqilishga hisobiy qarshiligi;
— element kesimi yuzasi;
— kesimning eguvchi moment taʼsir qilish tekisligidagi balandligi;
— hisobiy kuchning kesim ogʻirlik markaziga nisbatan ekssentrisiteti;
— eguvchi moment taʼsir qilish tekisligidagi butkul kesim uchun elementning hisobiy balandligiga koʻra) mazkur SHNQning 20-jadvali boʻyicha aniqlanadigan boʻylama egilish koeffitsiyenti;
— kesimning siqilgan qism uchun elementning haqiqiy balandligiga koʻra mazkur SHNQning 20-jadvali boʻyicha eguvchi moment taʼsir qilish tekisligida quyidagicha:
nisbat uchun yoki quyidagicha:
egiluvchanlik uchun aniqlanadigan boʻylama egilish koeffitsiyenti.
bu yerda:
va — koʻndalang kesim siqilgan qismining eguvchi moment taʼsir qilish tekisligidagi balandligi va inersiya radiusi.
5-rasm — Nomarkaziy siqilish
6-rasm — Koʻndalang yuk bilan yuklatilgan hamda nomarkaziy siqilgan element uchun egilish momentining oʻzgaruvchan ishorali epyurasi
Toʻgʻri burchakli kesim uchun .
Tavrli kesimlar uchun ( boʻlganda) va qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Bu yerda:
element kesimining ogʻirlik markazidan uning ekssentrisitet tomondagi chetigacha boʻlgan masofa;
— tavrli kesimning ekssentrisitet yoʻnalishiga bogʻliq tarzdagi siqilgan tokchasi kengligi yoki devorchasi qalinligi.
Eguvchi momentning epyurasi element balandligi boʻyicha oʻzgaruvchan ishorali boʻlganda, mustahkamlik boʻyicha hisob-kitobni maksimal eguvchi momentlari turli ishoralarga mansub boʻlgan kesimlarda bajarilishi kerak.
Boʻylama egilish koeffitsiyentini quyidagi nisbatlar yoki egiluvchanliklardagi elementning egilish momenti bir xil ishorali epyurasi chegaralaridagi qismi balandligi boʻylab aniqlash lozim.
yoki
va yoki
bu yerda:
va — elementning, bir xil ishorali eguvchi moment epyurasiga ega boʻlgan, qismlari balandliklari;
, va , — elementlarning maksimal eguvchi momentlarga ega boʻlgan siqilgan qismlari balandliklari va inersiya radiuslari;
— mazkur SHNQning 21-jadvalida keltirilgan formulalarga koʻra aniqlanadigan koeffitsiyent;
— quyidagi formulaga koʻra aniqlanadigan koeffitsiyent:
(18)
bu yerda:
— uzoq muddatli yuklardan tushuvchi hisobiy boʻylama yuk;
— mazkur SHNQning 22-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan koeffitsiyent;
— uzoq muddatli yuklar taʼsiridan paydo boʻlgan ekssentrisitet.
sm yoki sm boʻlganda koeffitsiyentni bir raqamiga teng deb qabul qilish lozim.
21-jadval

Tosh terilmasining turi

Quyidagi shakldagi kesimlar uchun  qiymatlari

ixtiyoriy shakldagi

toʻgʻri burchakli shakldagi

1. Barcha koʻrinishdagi tosh terilmasi 2‑pozitsiya bundan mustasno

2. Gʻovakliligi 25 foizdan ortiq boʻlgan sopol gʻisht, tosh va bloklardan, gʻovakli betondan, polistirolbetondan va yirik gʻovakli betondan toshlar va katta bloklardan, shuningdek tabiiy toshlardan (shu jumladan, xarsangtoshlardan ham) qilingan tosh terilmalari

1

1

Izoh.

 boʻlganda,  koeffitsiyentni aniqlash mobaynida  oʻrniga  kattalikni qabul qilish lozim.

22-jadval

Egiluvchanlik

Tosh terilmasi uchun  koeffitsiyenti

sopol gʻisht va toshlardan, ogʻir betondan tayyorlangan toshlar va yirik bloklardan, barcha turdagi tabiiy toshlardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun

silikat gʻisht va silikat toshlardan, gʻovakli toʻldiruvchi, qorilgan betondan yasalgan toshlardan, gʻovakli betondan tayyorlangan yirik bloklardan tosh terilmalari uchun

boʻylama armaturalanish foizi quyidagicha boʻlganda

0,1 va undan kam

0,3 va undan ortiq

0,1 va undan kam

0,3 va undan ortiq

≤10

≤35

0

0

0

0

12

42

0,04

0,03

0,05

0,03

14

49

0,08

0,07

0,09

0,08

16

56

0,12

0,09

0,14

0,11

18

63

0,15

0,13

0,19

0,15

20

70

0,20

0,16

0,24

0,19

22

76

0,24

0,20

0,29

0,22

24

83

0,27

0,23

0,33

0,26

26

90

0,31

0,26

0,38

0,30

Izoh.

Armaturalanmagan tosh terilmasi uchun  koeffitsiyentining qiymatlari armaturalanish foizi 0,1 foiz va undan kam boʻlgan tosh terilmasi uchun olingani kabi qabul qilinishi lozim.

Armaturalanish foizi 0,1 foizdan ortiq va 0,3 foizdan kam boʻlganda,  koeffitsiyenti interpolatsiyalash yoʻli bilan aniqlanadi.

50. boʻlganda nomarkaziy siqilgan elementlarni mazkur SHNQning 13-formulasi orqali hisoblashdan tashqari, tosh terilmasida mazkur SHNQning 93‑bandiga muvofiq darzlar ochilishi boʻyicha hisob-kitoblar ham amalga oshirilishi lozim.
51. Qalinligi 25 sm va undan kichik boʻlgan yuk koʻtaruvchi va oʻz-oʻzini koʻtarib turuvchi devorlarni hisob-kitoblarida mazkur SHNQning 103-bandiga hamda boʻylama kuchning ekssentrisiteti bilan qoʻshib olinishi, bunda tasodifiy ekssentrisitetini hisobga olinishi lozim.
52. Tasodifiy ekssentrisitetning kattaligini quyidagilarga teng deb qabul qilish lozim:
yuk koʻtaruvchi devorlar uchun — 2 cm;
oʻz-oʻzini koʻtarib turuvchi devorlar uchun, shuningdek uch qatlamli yuk koʻtaruvchi devorlarning alohida olingan qatlamlari uchun — 1 sm.
Pardevorlar va yuk koʻtaruvchi devorlari uchun, shuningdek faxverkli devorlarni toʻldiruvchilari uchun tasodifiy ekssentrisitetni eʼtiborga olmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
53. Choʻzilgan sohasida boʻylama armaturaga ega boʻlmagan nomarkaziy siqilgan konstruksiyalardagi ekssentrisiteti (tasodifiysini eʼtiborga olgan holda) quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:
yuklarning asosiy uygʻunliklari uchun — ;
alohida maxsus yuklar uchun — ;
qalinligi 25 cm va undan ensiz boʻlgan devorlar uchun — 0,8;
alohida maxsus yuklar uchun —
Kuch taʼsir etayotgan nuqtadan yuk koʻtaruvchi devorlar va ustunlar uchun kesimning eng siqilgan chetigacha boʻlgan masofa kamida 2 cm boʻlishi kerak.
54. Nomarkaziy siqilishga ishlaydigan, elementlar kesimining kengligi boʻlganda, eguvchi momentning taʼsir etish tekisligiga perpendikulyar tekislikda markaziy siqilishga hisob-kitob qilish orqali tekshirib koʻrilishi lozim.
55. Elementlarning qiyalama markazdan tashqari siqilishidagi hisob-kitobi zoʻriqishlarning epyurasi har ikkala yoʻnalishda ham toʻgʻri burchakli boʻlgani holda mazkur SHNQning15-formulasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Kesim siqilgan qismining maydoni shartli ravishda ogʻirlik markazi kuch qoʻyilish nuqtasi bilan ustma-ust tushadigan va har ikki tomoni element kesimining sirti bilan cheklanishi, toʻgʻri burchak koʻrinishida qabul qilinishi mazkur SHNQning 7‑rasmida keltirilgan, bunda va .
Bu yerda: va kuchning qoʻyilish nuqtasidan kesimning eng yaqin chegarasigacha masofalar.
Kesim oʻz shakliga koʻra murakkab boʻlgan hollarda, hisob-kitobni soddalashtirish uchun kesimning toʻgʻri burchakli qismini uning shaklini murakkablashtiradigan maydonlarini eʼtiborga olmagan holda qabul qilish yoʻl qoʻyiladi mazkur SHNQning 8-rasmida keltirilgan).
va kattaliklar ikki marta aniqlanadi:
kesimning balandligi yoki yoʻnalishdagi inersiya radiusi va ekssentrisitet boʻlgan holatda;
kesimning balandligi yoki yoʻnalishdagi inersiya radiusi va ekssentrisitet boʻlgan holatda.
Hisobiy yuk koʻtarish qobiliyati sifatida uning va larning ikkita qiymatlari uchun mazkur SHNQning 15-formulasiga koʻra hisoblab topilgan ikkita kattaligidan kichikrogʻi qabul qilinadi.
Agar yoki boʻlsa, bunday holatlarda yuk koʻtarish qobiliyati boʻyicha hisob-kitoblardan tashqari, mazkur SHNQning 93-bandiga muvofiq tegishli yoʻnalishdagi darzlarning ochilishi boʻyicha hisob-kitoblar ham amalga oshirilishi kerak.
7-rasm — Qiyalama markazdan tashqari siqilishdagi toʻgʻri burchakli kesimning hisobiy sxemasi
8-rasm — Qiyalama markazdan tashqari siqilishdagi murakkab kesimning hisobiy sxemasi, hisob-kitoblar mobaynida va maydonlar eʼtiborga olinmaydi
56. Yuklar kesimning bir qismidagina taqsimlanganda kesimning ezilishga hisob-kitoblari quyidagi formulaga koʻra amalga oshirilishi lozim:
(19)
bu yerda:
— mahalliy yuklardan tushadigan boʻylama siquvchi kuch;
— tosh terilmasining mazkur SHNQning 57-bandiga muvofiq aniqlanadigan ezilishga hisobiy qarshiligi;
— yuk uzatilayotgan, ezilish yuzasi;
— gʻisht va vibrogʻishtli tosh terilmalari uchun, shuningdek ogʻir va yengil betondan yaxlit toshlardan yoki bloklardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun;
— ichi gʻovak beton yoki yaxlit toshlardan hamda yirik gʻovakli betondan tayyorlangan tosh terilmalari uchun;
— ichi gʻovak beton yoki yaxlit toshlardan hamda bloklardan tayyorlangan tosh terilmalar uchun;
— bosim epyurasining mahalliy yuklar bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti.
Teng taralgan bosim uchun bosim epyurasi uchburchak shaklida boʻlganda
Agar egiluvchi elementlarning tayanchlari ostida taqsimlovchi plitalar oʻrnatilishi talab qilinmasa, bunday hollarda mazkur SHNQning 70-jadvalining 1 va 2-jadvallarida keltirilgan materiallardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun , shuningdek mazkur SHNQning 71-jadvalida keltirilgan materiallardan tayyorlangan tosh terilmalari uchun qabul qilish yoʻl qoʻyiladi.
57. Tosh terilmasining ezilishga hisobiy qarshiligini quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
(20)
(21)
bu yerda:
— kesimning mazkur SHNQning 59-bandiga muvofiq aniqlanadigan hisobiy yuzasi;
— tosh terilmasi materialiga va yuk qoʻyilish joyiga bogʻliq boʻlgan koeffitsiyent mazkur SHNQning 23 va 24-jadvallariga muvofiq aniqlanadi.
Toʻrsimon armaturaga ega boʻlgan tosh terilmasining ezilishga hisob-kitobida, tosh terilmasining mazkur SHNQning 19-formulasidagi hisobiy qarshiligi sifatida quyidagi ikkita qiymatdan armaturalanmagan tosh terilmasi uchun ushbu SHNQning 20-formulasiga koʻra aniqlanadigan yoki qiymatlari orasidan kattarogʻi qabul qilinadi.
Bu yerda, toʻrsimon armaturaga ega boʻlgan tosh terilmasining oʻq boʻylab siqilishidagi mazkur SHNQning 29 yoki 30-formulalar bilan aniqlanadigan hisobiy qarshilik.
Orayopmalar va toʻsinlarning 25 cm yoki undan kamroq chuqurlikda tayanishida, gʻovakliligi 48 foiz va undan ortiq boʻlgan toshlar va bloklardan tayyorlangan tosh terilmasida uning sinib yorilish va qirqilishi mazkur SHNQning 8-ilovasiga muvofiq bajarilishi lozim.
23-jadval

Tosh terilmasining materiali

sxemalarga koʻra yuklar uchun, ξ1

mazkur SHNQning 9, a, v, v1, d, j rasmida keltirilgan

mazkur SHNQning 9, b, g, e, z rasmida keltirilgan

mahalliy yuklar

mahalliy va asosiy yuklarning yigʻindisi

mahalliy yuklar

mahalliy va asosiy yuklarning yigʻindisi

1. Butun yaxlit gʻisht, yaxlit toshlar va ogʻir beton yoki gʻovaksimon toʻldiruvchilardan tayyorlangan B3,5 va undan yuqori sinfdagi betondan tayyorlangan yirik bloklar

2

2

1

1,2

2. Gʻovaklarga ega boʻlgan (yirik hajmlilari bundan mustasno), sopol gʻisht va toshlar, xarsangtoshli beton

1,5

2

1

1,2

3. Betondan tayyorlangan ichi gʻovak toshlar va bloklar

    B35 betondan tayyorlangan bloklar va yaxlit toshlar

    gʻovakli beton va tabiiy toshlardan tayyorlangan toshlar va bloklar

1,2

1,5

1

1

4. Qorishma markasi

1

1

1

1

Izohlar:

1. Qotib ulgurmagan yoki qish mavsumida yotqizilayotgan tosh terilmalari uchun muzlagan qorishma uzra uning eriyotgan davrida muzlatish usulida yotqizib bajarilgan, barcha turdagi tosh terilmalari uchun ushbu jadvalda keltirilgan ξ1 qiymatlari qabul qilinadi.

2. Gʻovakliligi 27 foizdan ortiq boʻlgan hamda sopoldan tayyorlanganlari gʻisht, tosh va bloklar uchun ξ1 koeffitsiyenti qiymati 1 ga teng deb qabul qilinadi.

3. Gʻovakliligi 27 foizdan ortiq boʻlgan, sopol gʻisht va toshlar uchun ξ1 koeffitsiyent qiymatini 24-jadval boʻyicha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.

4. Polistirolbetonli bloklar uchun ξ1 qiymati eksperimental maʼlumotlar boʻyicha qabul qilinadi.

58. Mahalliy (toʻsinlarning, sarrovlar hamda tayanch reaksiyalari) va asosiy yuklar (mazkur tosh terilmasiga uzatilayotgan, oʻzidan yuqorida yotgan tosh terilmasi ogʻirligi va yuklar) bir vaqtning oʻzida taʼsir etgan taqdirda hisob-kitob mahalliy yuk uchun alohida va mahalliy va asosiy yuklarning yigʻindisi uchun alohida amalga oshiriladi, bunda qiymatlari mazkur SHNQning 23 va 24-jadvallariga muvofiq qabul qilinadi.
Mahalliy va asosiy yuklarning yigʻindisini hisoblashda, mahalliy yukning, ezilish maydonini asosiy yuk bilan yuklangunigacha qoʻyilgan qismini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
24-jadval

Tosh terilmasining materiali

Quyidagi sxemalarga koʻra yuklar uchun

mazkur SHNQning 9, a, d, j rasmida keltirilgan

mazkur SHNQning 9, b, g, e, z rasmida keltirilgan

mazkur SHNQning 9, v, v1 rasmida keltirilgan

mahalliy yuklar

mahalliy va asosiy yuklarning yigʻindisi

mahalliy yuklar

mahalliy va asosiy yuklarning yigʻindisi

mahalliy yuklar

mahalliy
va asosiy yuklarning yigʻindisi

Gʻovakliligi 40 foizdan 55 foiz gacha boʻlgan, yirik hajmli sopol tosh

1,1

1,2

1,0

1,0

1,1

1,2

Izohlar:

1. Toʻsinlarning tosh terilmasi ustiga tayanish chuqurligi mazkur SHNQning 9 v va 9 v1 rasmlarida keltirilgan kamida 380 mm boʻlishi kerak.

Tayanish chuqurligi bundan kamroq boʻlganda taqsimlovchi plitalarni qoʻllash zarur.

2. Toshning gʻovakliligi katta boʻlganda  koeffitsiyenti 1 ga teng deb qabul qilinadi.

3. g, e, z sxemalarida choklari qorishma toʻldirilgan NF toshlaridan va 1 NF gʻishtdan tayyorlangan tosh terilmalari qoʻllaniladi (yoki taqsimlovchi plitalari qoʻllaniladi).

59. Kesimning hisobiy yuzasi quyidagilarga koʻra aniqlanishi lozim:
devor qalinligi qamrab olganda, ezilishning hisobiy yuzasi ichiga, mahalliy yuk chegarasidan har tomonga devor qalinligidan oshmaydigan, masofadagi maydonlari ushbu SHNQning 9a-rasmiga;
ezilish maydoni, devorning butun qalinligi boʻylab, uning chetida joylashganda, hisobiy yuza pachoqlanish yuzasiga teng, mahalliy va asosiy yuklarning yigʻindisiga hisob-kitob qilish mobaynida esa hisobiy yuza ushbu SHNQning 9b-rasmda keltirilgan;
devorga sarrovlar (progon) va toʻsinlarning uchki qismlari tayanganda, ezilishning hisobiy yuzasi tarkibiga devorning kesimining, sarrov (progon) yoki toʻsin tayanish qismi suqib kiritilish chuqurligiga teng boʻlgan, kengligidagi va toʻsinlar aro ikki qoʻshni oraliqlar oʻqlari aro masofadan ortiq boʻlmagan uzunlikdagi kesimi yuzasi kiritiladi (9v-rasm), toʻsinlar orasidagi masofa devor qalinligining ikki barobaridan ortiq boʻlsa, kesim hisobiy yuzasining uzunligi toʻsinning eni va devor qalinligining ikki barobarlari yigʻindisi sifatida aniqlanadi ushbu SHNQning 9v-rasmiga;
devorning burchakli qirrasiga taʼsir etuvchi chekkadagi yuk ostida pachoqlanishda, hisobiy yuza ezilish yuzasiga teng boʻladi, mahalliy va asosiy yuklar yigʻindisiga hisob-kitob qilinganda ushbu SHNQning 9g-rasmida nuqta chiziq bilan cheklangan, hisobiy maydon qabul qilinadi;
ezilish maydoni, kesimning uzunligi va kengligining bir qismida joylashgan taqdirda, hisobiy yuza 9-d-rasmga muvofiq qabul qilinadi.
Agar pachoqlanish maydoni kesimning chetiga yaqin joylashgan boʻlsa, bunda mahalliy va asosiy yukning yigʻindisiga hisob-kitob qilishda kesimning 9-g-rasm boʻyicha devorning burchakli qirrasiga qoʻyilgan yuklar kabi aniqlanadigan kamroq boʻlmagan, hisobiy yuzasi.
pilyastrani ezilish maydoni sarhadida joylashganda hisobiy yuza pachoqlanish maydoniga teng, mahalliy va asosiy yuklarning yigʻindisiga hisob-kitob mobaynida esa, 9-e-rasmida nuqta chiziq bilan cheklangan, hisobiy yuza qabul qilinadi;
ezilish maydoni pilyastra va devor yoki oradevorlarning biror qismi sahnida joylashganida, pachoqlanish maydoniga nisbatan hisobiy yuzaning ortib borishini faqat, teng taʼsir etuvchisi tokcha (devor) chegaralarida yoki qovurgʻa (pilyastra) chegaralarida devor tomon ekssentrisitet bilan qoʻyilgan, yuk uchungina eʼtiborga olish (bu yerda — ezilish maydonining uzunligi, — ezilish maydoni oʻqiga nisbatan ekssentrisitet).
Bunday hollarda, kesimning hisobiy yuzasiga, ezilish maydonidan tashqari, tokcha kesimi yuzasining, tayanch plitasining devor tosh terilmasiga suqilish chuqurligiga teng boʻlgan, S kenglikka va plita chetidan har qaysi tomonga koʻpi bilan devor qalinligiga barobar uzunlikka ega qismi ham kiritiladi ushbu SHNQning 9-j-rasmiga;
kesim murakkab shaklga ega boʻlsa, kesimning hisobiy yuzasini aniqlashda, yuklatilgan maydon bilan bogʻlanishi bosimni qayta taqsimlash uchun yetarli boʻlmagan, maydonlarni eʼtiborga olishga yoʻl qoʻyilmaydi ushbu SHNQning 9-z-rasmdagi.
Ushbu SHNQning 9-rasmda keltirilgan barcha holatlarda kesimning A hisobiy yuzasi jumlasiga ezilish yuzasi ham kiritilishi lozim.
60. Tosh terilmasining chetiga, element uchlari bilan birgalikda burilish mavjud boʻlmaganda, taqsimlovchi plitalarsiz yoki taqsimlovchi plitalarga ega boʻlgan, egiluvchi elementlar (toʻsinlar) tayanganda element tayanish maydonchasining uzunligi hisob-kitobga asosan aniqlanishi kerak.
Mazkur bandning talablari osma devorlar tayanchlari hamda ushbu SHNQning 56 va 100‑bandlariga muvofiq amalga oshiriladigan hisobi bundan mustasno.
Tayanch plitalari ostidagi ezilish maydonini orttirish zarurati boʻlganda ularning poʻlat oraqistirmalar yotqizilishi lozim.
Tosh terilmasining, mahalliy yuklanmalar bilan yuklatilgan maydonlariga qoʻyiladigan konstruksiyaviy talablar mazkur SHNQning 135 — 138-bandlarida keltirilgan.
9-rasm — Kesimlarning mahalliy siqilishdagi hisobiy yuzalarini aniqlash
a — z — mahalliy siqilishning turli hollari
61. Armaturalanmagan egiluvchi elementlar hisob-kitobini quyidagi formulaga asosan aniqlash lozim:
(22)
bu yerda:
— hisobiy eguvchi moment;
— tosh terilmasining elastik ishlashi mobaynidagi uning kesimi qarshilik momenti;
— tosh terilmasining bogʻichlangan kesimi boʻylab egilishidagi choʻzilishga hisobiy qarishiligi mazkur SHNQning 12 — 14-jadvalga muvofiq.
Armaturalanmagan egiluvchi elementlarni koʻndalang kuchga quyidagi formulaga asosan aniqlash lozim:
(23)
bu yerda:
— tosh terilmasining egilishdagi choʻzuvchi bosh kuchlanishlarga 13-14-jadval boʻyicha hisobiy qarshiligi;
— kesim eni;
— toʻgʻri burchakli kesim uchun ichki juft kuchlarning yelkasi
Tosh konstruksiyalarning, bogʻichlanmagan kesimi boʻylab egilishga ishlaydigan, elementlarini loyihalash faqat gʻishtning (toshning, blokning) tosh terilmasiga mansub qorishma bilan normativ ilashish mustahkamligini GOST 24992-2014 ga muvofiq aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
62. Armaturalanmagan tosh konstruksiyalarning elementlarini oʻq boʻylab choʻzilishdagi mustahkamlikka hisob-kitoblari quyidagi formula orqali aniqlanishi lozim:
(24)
bu yerda:
— choʻzilish mobaynida oʻq boʻylab taʼsir qiluvchi hisobiy kuch;
— tosh terilmasining mazkur SHNQning 12 — 14-jadvallari boʻyicha qabul qilinadigan choʻzilishga hisobiy qarshiligi;
— kesimning netto hisobiy yuzasi.
Tosh konstruksiyalarning bogʻichlanmagan kesim boʻyicha oʻq boʻylab choʻzilishga ishlaydigan elementlarini loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
63. Armaturalanmagan tosh terilmasini, bogʻichlanmagan choklar va xarsangtosh terilmalari uchun bogʻichlangan choklar boʻylab qirqilishga hisob-kitobi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanishi kerak:
(25)
bu yerda:
— qirqilishga hisobiy qarshiligi mazkur SHNQning 12-jadvalida keltirilgan;
— tosh terilmasining choki boʻylab gʻisht va toʻgʻri shakldagi toshlar uchun 0,7 ga teng deb qabul qilinuvchi ishqalanish koeffitsiyenti;
— eng kam hisobiy yuklar taʼsiri ostida siqilishi 0,9 zamlanish koeffitsiyenti bilan aniqlanadigan oʻrtacha kuchlanish;
— butun yaxlit gʻisht va toshlardan tayyorlangan tosh terilmalar uchun 1,0 ga hamda ichi gʻovak gʻisht va vertikal gʻovaklarga ega toshlardan tayyorlangan tosh terilmalar uchun, shuningdek parchalangan xarsangtoshdan tayyorlangan tosh terilmalar uchun 0,5 ga teng deb qabul qilinadigan koeffitsiyent;
A — kesimning hisobiy yuzasi.
Tosh terilmasining bogʻichlangan kesimi boʻyicha (gʻisht yoki tosh boʻyicha) qirqilishga hisob-kitobini ushbu SHNQning 25-formulasiga muvofiq siqilishni hisobga olmagan holda amalga oshirilishi kerak.
Tosh terilmasining hisobiy qarshiliklari mazkur SHNQning 13-jadvaliga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Kesim yadrosi chegaralaridan tashqariga chiqadigan ekssentrisitet ega boʻlgan, nomarkaziy siqilishda (toʻgʻri burchakli kesimlar uchun ), kesimning hisobiy yuzasi sarhadiga kesimning faqat siqilgan qismi yuzasi kiritiladi.
2-§. Koʻp qatlamli devorlar (yengillashtirilgan tosh termali devorlar va pardoz qatlamiga ega devorlar)
64. Koʻp qatlamli devorlarning alohida-alohida qatlamlari bikr yoki egiluvchan bogʻichlar bilan oʻzaro tutashtirilgan boʻlishi kerak.
65. Koʻp qatlamli devorlarni mustahkamlikka hisoblash qoʻyidagicha amalga oshirilishi lozim:
qatlamlarning bikr tutashishi;
qatlamlarning turlicha mustahkamlik va elastik xususiyatlarini, shuningdek devorda birgalikda ishlashda ularning mustahkamliklaridan toʻliq foydalanilmasligini kesim yuzasini asosiy yuk koʻtaruvchi qatlamning materialiga keltirish yoʻli;
barcha zoʻriqishlarning ekssentrisitetlari keltirilgan kesimning oʻqiga nisbatan aniqlanishi.
Quyidagi bogʻlanishlar bikr hisoblanadi:
har qanday issiqlik izolyatsiya qatlamida va gʻisht yoki toshlarning tiqma qatorlaridan tayyorlangan vertikal diafragmalarning oʻqlari orasidagi masofalar koʻpi bilan 120 sm boʻlganda (bu yerda — ancha yupqa konstruktiv qatlamning qalinligi);
siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,7 MPa dan kam boʻlmagan monolit betondan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyalovchi qatlamda yoki yotqizish balandligi boʻyicha qatorlar oʻqlari orasidagi masofada joylashgan tishli gorizontal yotqizish qatorlarida kamida M25 markali toshlardan terilganda.
Qattiq bogʻlamli koʻp qatlamli devorlarni hisoblash quyidagi tartibda bajarilishi kerak:
mazkur SHNQning (12) formulasi boʻyicha markaziy siqishda;
markazdan tashqari siqishda ushbu SHNQning (15) formulasi boʻyicha, bunda vertikal diafragmali toʻshama uchun koeffitsiyent 1,0 ga teng deb qabul qilinadi.
66. Devor kesimini bitta materialga keltirishda qatlamlar qalinligi haqiqiy deb qabul qilinishi, qatlamlar kengligi esa (devor uzunligi boʻyicha) hisobiy qarshiliklar nisbatiga va qatlamlar mustahkamligidan foydalanish koeffitsiyentlariga proporsional ravishda quyidagi formula boʻyicha oʻzgarishi kerak:
(26)
bu yerda:
— qatlamning keltirilgan kengligi;
— qatlamning amaldagi kengligi;
— kesim qatlamning hisobiy qarshiligi va mustahkamlikdan foydalanish koeffitsiyenti;
— devorning boshqa har qanday qatlamining hisobiy qarshiligi va mustahkamligidan foydalanish koeffitsiyenti.
Koʻp qatlamli devorlarda qatlamlarning mustahkamlik koeffitsiyentlaridan va foydalanish ushbu SHNKning 25-jadvalida keltirilgan.
67. Bikr bogʻichlarga ega koʻp qatlamli devorlarning hisobi quyidagilarga asosan amalga oshirilishi lozim:
markaziy siqilishda mazkur SHNQning 10-formulasiga asosan;
markaz tashqarisidan siqilishda ushbu SHNQning 13-formulasiga muvofiq.
Mazkur SHNQning 10 va 13-formulalarida:
keltirilgan kesimning yuzasi , keltirilgan kesimning siqilgan qismi yuzasi va kesim keltirilayotgan qatlamning hisobiy qarshiligi undan foydalanish koeffitsiyentini .
Boʻylama egilish koeffitsiyentlari va koeffitsiyenti keltirilayotgan kesimning qatlam materiali uchun mazkur SHNQning 47 — 52-bandlariga muvofiq aniqlanishi lozim.
Keltirilgan kesim oʻqiga nisbatan ekssentrisitetlar dan ortib ketganda, darzlar ochilishi boʻyicha mazkur SHNQning 93-bandiga muvofiq hisoblar amalga oshirilishi kerak.
25-jadval

Qatlamlar mustahkamligidan foydalanish koeffitsiyentlari

beton toshlardan tayyorlangan

quyidagi materiallardan tayyorlangan

sopol toshlar

plastik presslash yoʻli bilan tayyorlangan sopol gʻisht

silikat gʻisht

nimquruq holatda presslash yoʻli bilan tayyorlangan sopol gʻisht

Gʻovaksimon toʻldiruvchilarda qorilgan betonlar va gʻovaklashtirilgan betonlardan tayyorlangan M25 markali toshlar

0,8

1

0,9

1

1

0,9

1

0,85

Avtoklavda ishlov berilgan sergʻovakli betonlardan tayyorlangan M25 va undan yuqori markali toshlar

-

-

0,85

1

1

0,8

1

0,8

Avtoklavda ishlov berilmagan B turiga mansub sergʻovakli betonlardan tayyorlangan M25 va undan yuqori markali toshlar

-

-

0,7

1

0,8

1

0,9

1,0

68. Egiluvchan bogʻichlarga mavjud boʻlgan (koʻndalangiga terilgan qator boʻylab bogʻichlarsiz), koʻp qatlamli devorlarni hisoblashda va koeffitsiyentlarni, ikkita konstruksiyaviy qatlam qalinliklari yigʻindisiga teng boʻlgan hamda 0,7 koeffitsiyentiga koʻpaytirib olingan, shartli qalinlik uchun mazkur SHNQning 47 — 52-bandlariga muvofiq aniqlanishi lozim.
Qatlamlarning materiallari turlicha boʻlganda, u quyidagi formulaga koʻra aniqlanishi, bunda keltirilgan elastiklik xossasi qabul qilinishi kerak:
(27)
bu yerda:
va — qatlamlarning elastiklik xossalari;
i — qatlamlarning qalinliklari.
69. Ikki qatlamli devorlarda, qatlamlar oʻzaro bikr bogʻlanganda, kesimning ogʻirlik markazi orqali oʻtadigan, oʻqqa nisbatan issiqlik izolyatsiyasi qatlami tomon yoʻnaltirilishi, bunda boʻylama kuchning ekssentrisitet dan oshmasligi kerak.
70. Plitasimon issiqlik izolyatsiyasi (mineral-momiqli, polimerli) mavjud boʻlgan hamda siqilishga mustahkamlik chegarasi 1,5 MPa (15 kgf/cm2) va undan past beton bilan toʻldirilgan koʻp qatlamli devorlarni issiqlik izolyatsiyasi qatlamning yuk koʻtarish qobiliyatini hisobga olmagan holda tosh terilmasining kesimi boʻyicha hisob-kitob qilinishi lozim.
71. Pardoz qatlami mavjud devorlarning kesimini uning asosiy qatlami materialiga keltirish kerak.
Pardozlash qatlamida mavjud boʻlgan koʻp qatlamli devorlarda koʻndalang kesimning yuk koʻtaruvchi qatlami mustahkamligidan foydalanish koeffitsiyentining qiymati sifatida ushbu SHNKning 25 va 26-jadvallarida keltirilgan koʻrsatkichlarning eng pastini qabul qilish lozim.
Yuklanish ekssentisiteti pardoz qatlami tomon boʻlganda mazkur SHNQning 15-formuladagi koeffitsiyentni bir raqamiga teng deb qabul qilish kerak.
Tosh terilmasi tomon ekssentrisitet kesimning oʻqiga nisbatan dan oshganda, kesimning choʻzilgan tomonidagi choklarning ochilib ketishi boʻyicha hisob-kitoblar mazkur SHNQning 48-bandiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Qoplamali devorlarda qatlamlarning mustahkamligidan foydalanish koeffitsiyentlari va mazkur SHNQning 26-jadvalida keltirilgan.
26-jadval

Pardoz qatlami materiali

Devor materiali

sopol toshlar

plastik presslash yoʻli bilan tayyorlangan sopol gʻisht

silikat gʻisht

nimquruq holatda presslash yoʻli bilan tayyorlangan sopol gʻisht

Devorning yuza tarafiga teriladigan, plastik presslash yoʻli bilan tayyorlangan hamda balandligi 65 mm boʻlgan, gʻishtlar

0,8

1

1

0,9

1

0,6

1

0,65

Devorning yuza tarafiga teriladigan, tirqishsimon gʻovaklarga ega hamda balandligi 140 mm boʻlgan, sopol toshlar

1

0,9

1

0,8

0,85

0,6

1

0,5

Silikat betondan tayyorlangan yirik oʻlchamli plitalar

0,6

0,8

0,6

0,7

0,7

0,6

0,9

0,6

Silikat gʻisht

0,6

0,85

0,6

1

1

1

1

0,8

Balandligi 138 mm boʻlgan silikat toshlar

0,9

1

0,8

1

1

0,8

1

0,7

Ogʻir sementli betondan tayyorlangan yirik oʻlchamli plitalar

1

0,9

1

0,9

1

0,75

1

0,65

72. Pardoz qatlami mavjud devorlar hisobida yukning pardoz qatlamidan ekssentrisiteti kattalikdan oshmasligi kerak.
Bu yerda, — keltirilgan kesimning ogʻirlik markazidan kesimning ekssentrisitet tomon yoʻnalishidagi qirgʻogʻigacha boʻlgan masofa.
Devorning ichki tarafiga yoʻnalgan ekssentrisitet , biroq kamida boʻlganda, mazkur SHNQning 10 — 15-formulalariga muvofiq hisoblar mazkur SHNQning 25 va 26-jadvallarida keltirilgan va koeffitsiyentlarini hisobga olmagan holda devorning asosiy yuk koʻtaruvchi qatlamining materiali boʻyicha bir qatlamli kesim sifatida amalga oshirilishi, bunda hisobga element kesimining maydoni kiritilishi lozim.
Koʻp qatlamli tosh terilmasining tashqi va ichki qatlamlarining vertikal koʻchishlari mazkur SHNQning 4-ilovasiga muvofiq aniqlanishi kerak.
3-§. Vertikal diafragmali devorlar
73. Tosh terilmasining qatlamlarini tutashtiruvchi gʻishtli vertikal diafragma tosh terilmalari quyidagi formulaga koʻra qirqilishga tekshirilishi lozim:
, (28)
bu yerda:
diafragma orqali oʻtadigan vertikal tekislikda taʼsir koʻrsatadigan hamda vertikal yuk va harorat namlik deformatsiyalarining birgalikdagi taʼsiri oqibatida vujudga keladigan urinma zoʻriqishlar;
tosh terilmalarining diafragmalar qirqilishiga ushbu SHNQning 65‑bandiga muvofiq aniqlanadigan hisobiy qarshiligi.
Markaziy va markazdan tashqari siqishni hisoblashda ikki tavrli kesimli devor fragmenti koʻrib chiqilishi, yuklamani markazdan tashqarida qoʻllashdan hosil boʻladigan eguvchi momentlar faqat qavat chegarasida qoʻyilgan yuklamadan kelib chiqqan holda hisobga olinishi lozim.
Vertikal kuchlardan tashqari harorat taʼsiridan hosil boʻladigan eguvchi holatlarni ham hisobga olish kerak.
10-rasm — Devorni hisob-kitob qilinayotgan parchasining keltirilgan kesimi
Boʻylama egilish koeffitsiyentlari va koeffitsiyentini diafragma orqali oʻtuvchi kesim uchun aniqlanishi lozim.
Mazkur SHNQning 10 va 15-formulalarida:
keltirilgan kesimning yuzi , keltirilgan kesimning siqilgan qismining yuzi va kesim keltiriladigan qatlamning hisobiy qarishiligi uning mustahkamligidan foydalanish koeffitsiyentini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Qatlamning keltirilayotgan kesimi materiali uchun diafragma orqali oʻtuvchi kesim uchun boʻylama egilish koeffitsiyentlari koeffitsiyentlari va koeffitsiyentini mazkur SHNQning 47 — 52-bandlariga muvofiq aniqlanishi kerak.
Devorning hisob-kitob qilinayotgan maydoni gorizontal kesimining yuzasi quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
, (29)
bu yerda:
ichki qatlam gorizontal kesimining yuzasi;
tashqi qatlam gorizontal kesimining yuzasi;
diafragma gorizontal kesimining yuzasi;
tashqi qatlam qalinligi;
diafragma qalinligi.
Tashqi qatlam va diafragmaning materialini ichki qatlam materialiga keltirish mazkur SHNQning 68-69-bandlari boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
Siqilgan sohaning balandligi vertikal zoʻriqish qoʻyilgan oʻqqa nisbatan vertikal zoʻriqish epyurasi statik momentlarining yigʻindisi nolga teng boʻlishi shartidan aniqlanadi.
Bunda, chegaraviy holatdagi vertikal zoʻriqishlar epyurasi toʻgʻri burchakli shaklga ega deb qabul qilinadi.
Vertikal diafragmali koʻp qatlamli toʻshama uchun quyidagi formula bilan aniqlanadigan toʻshamaning keltirilgan elastiklik xossasi qabul qilinadi:
, (30)
bu yerda:
; ; — ichki, tashqi qatlamlar va diafragmalarning elastiklik xossalari.
4-§. Sirtqi yuza qatlami qavatma-qavat tayanib boruvchi hamda egiluvchan bogʻichlari mavjud boʻlgan koʻp qatlamli devorlar
74. Choʻzuvchi zoʻriqishlarning devor tekisligi boʻylab taʼsirida armaturalanmagan tosh terilmasining bogʻichli (vertikal) kesim boʻyicha hisobi quyidagi shartdan kelib chiqib amalga oshirilishi lozim:
(31)
bu yerda:
— sirtqi yuza qatlam ostida taʼsir qiladigan haroratga oid taʼsirlardan vujudga keluvchi choʻzuvchi gorizontal zoʻriqishlar.
— tosh terilmasining ushbu SHNQning 13-jadvaliga muvofiq qabul qilinadigan bogʻlab chirmalgan kesimi boʻyicha hisobiy qarshiligi;
— tosh terilmasining vertikal kesimi yuzasi.
Armaturalanmagan tosh terilmasini harorat taʼsirida vertikal darzlar paydo boʻlishi ehtimolini tekshirish quyidagi shartdan kelib chiqib bajariladi:
(32)
bu yerda:
— tosh terilmasining ikkinchi guruh chegaraviy holatlari boʻyicha choʻzilishga hisoblari mobaynidagi ish sharoiti koeffitsiyenti, u xizmat muddati 100 yil boʻlgan binolar uchun 1,5, xizmat muddati 50 yil boʻlganlari uchun 2,0 va xizmat muddati 25 yil boʻlganlari uchun esa 3,0 etib belgilanishi kerak.
Konstruktiv armaturalanishga ega sirtqi yuza qatlam tosh terilmasi uchun vertikal deformatsiya choklari oʻrtasidagi masofalar mazkur SHNQning 36‑jadvaliga muvofiq aniqlanishi lozim.
5-§. Armaturalangan toshli konstruksiyalar
75. Toʻrsimon armaturali elementlarni markaziy siqilishdagi hisobini quyidagi formulaga koʻra amalga oshirilishi kerak:
(33)
bu yerda:
— hisobiy boʻylama kuch;
— markaziy siqilishdagi tirqishsimon vertikal gʻovaklarga ega boʻlgan barcha turdagi gʻishtlar va sopol toshlardan tayyorlangan armaturalangan tosh terilmasi uchun aniqlanadigan hisobiy qarshiligi qoʻyidagicha aniqlanadi:
(34)
bu yerda:
— gʻishtning (toshning) gʻovakliligi 20 foizgacha boʻlganda 2,0 ga, gʻovakliligi 20 foizdan 30 foizgacha boʻlganda 1,5 ga, gʻovakliligi 30 foizdan ortiq boʻlganda 1,0ga teng deb qabul qilinadigan koeffitsiyent.
Qorishmaning mustahkamligi 2,5 MPa (25 kgf/cm2) dan kam boʻlganda, tosh terilmasini qurish jarayonida vertikal tirqishsimon gʻovaklari boʻlgan barcha turdagi gʻishtlar va sopol toshlar uchun hisobni quyidagi formulaga muvofiq amalga oshirish lozim:
(35)
Qorishma mustahkamligi 2,5 MPa dan (25 kgf/cm2) ortiq boʻlganda nisbat 1 raqamiga teng deb qabul qilinadi.
— armaturalanmagan tosh terilma qorishmaning qotib boʻlish muddatidagi hisobiy qarshiligi;
— tosh terilmasining qorishma markasi 25 boʻlgandagi hisobiy qarshiligi;
— kesim yuzasi boʻlgan armaturadan tayyorlangan, balandligi S boʻylab boʻyicha oʻlchamli A " kesimli armaturadan kvadrat kataklari boʻlgan toʻrlar uchun hajm boʻyicha armaturalash foizi.
— mazkur SHNQning 18-formulasiga koʻra aniqlanadigan koeffitsiyent;
i — armatura va tosh terilmasining hajmi;
— toʻrsimon armaturali tosh terilmasining mazkur SHNQning 4-formulasiga asosan aniqlanadigan elastiklik xossasi boʻlganda, boʻylama egilish koeffitsiyentlari yoki mazkur SHNQning 20-jadvalidan aniqlanadi.
Toʻrsimon armaturali tosh terilmasining markaziy siqilishdagi armaturalanish foizi quyidagi formulaga koʻra aniqlanadigan qiymatlardan oshmasligi kerak:
Toʻrsimon armaturalashga ega elementlar, tosh terilmasi qatorining balandligi 150 mm dan oshmagan hollarda markasi 50 dan past boʻlmagan qorishmalarda bajarilishi lozim.
Armaturalanish miqdori 0,1 foizdan kam boʻlganda kesim armaturalanmagan kabi hisoblanishi lozim.
11-rasm — Tosh konstruksiyalarini koʻndalangiga (toʻrsimon) armaturalash
1 — armatura toʻri, 2 — armatura toʻrini yotqizilish holatini nazorat qilish uchun uning chiqarib qoʻyilgan uchlari
76. Toʻrsimon armaturalanishga ega boʻlgan markaz tashqarisida siqilgan elementlarning kesim yadrosidan tashqariga chiqmaydigan, kichik (toʻgʻri burchakli kesim uchun ) ekssentrisitetlarga egaligidagi hisoblari quyidagi formulaga muvofiq amalga oshirilishi kerak:
(36)
toʻgʻri burchakli kesim uchun:
(37)
bu yerda:
— qorishmaning markasi 50 va undan ortiq boʻlganda markazdan tashqari siqilishdagi armaturalangan terimning hisobiy qarshiligi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
; (38)
qorishma markasi 25 dan past boʻlganda (tosh terilmasini qurish jarayonida uning mustahkamligini tekshirishda) hisobiy qarshiligi quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
. (39)
Qolgan kattaliklar mazkur SHNQning 46 va 52-bandlariga muvofiq belgilangan qiymatlarga ega boʻlishi lozim.
Kesim yadrosidan tashqariga chiqadigan ekssentrisitetlarda (toʻgʻri burchakli kesimlar uchun ), shuningdek yoki boʻlganda toʻrsimon armaturalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Markazdan tashqari siqilish taʼsiri ostidagi tosh terilmasini toʻrsimon armatura armaturalanish foizi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadiganlaridan oshib ketmasligi kerak:
Armaturalanish foizi 0,1 foizdan kam boʻlganda kesim armaturalanmagan kabi hisob-kitob qilinishi lozim.
77. Boʻylama armaturaga ega boʻlgan tosh konstruksiyalarning elementlarini markaziy siqilish taʼsiri ostidagi hisob-kitoblari quyidagi formularga koʻra amalga oshiriladi:
(40)
(41)
(42)
bu yerda:
— siqilgan boʻylama armaturaning mazkur SHNQning 59-bandi boʻyicha qabul qilinadigan hisobiy qarshiligi;
— boʻylama armatura kesimining yuzasi.
Tosh terilmasining boʻylama armaturalanish elastik xossasi ushbu SHNQning 36‑bandi boʻyicha qabul qilinadi.
78. Markazdan tashqari siqishda markazdan tashqari siqilgan elementlarining ikkita holati farqlanadi:
1-holat boʻyicha quyidagi shartlar bajarilish taʼminlansa:
kesim ixtiyoriy shaklli boʻlganda:
(43)
kesimning shakli toʻgʻri burchakli boʻlganda:
(44)
2-holat boʻyicha quyidagi shartlar bajarilish taʼminlansa:
kesim ixtiyoriy shaklli boʻlganda:
(45)
kesimning shakli toʻgʻri burchakli boʻlganda:
(46)
Choʻzilgan yoki nisbatan kamroq siqilgan armaturaning ogʻirlik markaziga nisbatan tosh terilmasi butkul kesimining statik holati ham kesimning ixtiyoriy shakllari uchun quyidagi boʻyicha aniqlanadi:
(47)
bu yerda:
— kesimning ishchi balandligi
— butkul kesim balandligi;
— himoyalov qatlamining armatura tarafidan qalinligi;
— butkul kesimning ogʻirlik markazidan eng siqilgan qirrasigacha boʻlgan masofa.
Kesimning toʻgʻri burchakli shakli uchun:
(48)
bu yerda:
— toʻgʻri burchakli shaklning eni.
Tosh terilmasi siqilgan sohasining choʻzilgan yoki nisbatan kamroq siqilgan armaturasining statik holati kesimning shakli va oʻlchamlariga, neytral oʻqning va ogʻirlik markaziga nisbatan himoya qatlamining holatiga bogʻliq boʻlishi kerak.
79. Sterjenli armaturaga ega boʻlgan toʻgʻri burchak kesimli egiluvchi armaturalangan elementlarning hisob-kitoblari quyidagi formulalarga koʻra aniqlanadi:
iktali armaturada:
(49)
bunda, neytral oʻq holati quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(50)
yakka armaturada:
(51)
neytral oʻq holati quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(52)
Tosh terilmasi siqilgan sohasining balandligi barcha holatlarda quyidagi shartlar orqali bajarilishi kerak:
va (53)
80. Egiluvchi elementlarning koʻndalang kuchga hisoblari quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(54)
Toʻgʻri burchakli kesimlarda:
(55)
81. Boʻylamasiga armaturalangan tosh terilmalarining elementlarini markaziy choʻzilishdagi hisoblari quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(56)
82. Kompleks elementlarni markaziy siqilishga hisobida quyidagi shart bajarilishini taʼminlash kerak:
(57)
bu yerda:
— beton va armaturaning markaziy siqilishdagi hisobiy qarshiligi;
— beton kesimining yuzasi;
— armatura kesimining yuzasi;
— boʻylama egilish koeffitsiyenti.
(58)
Kompleks elementlarning keltirilgan elastiklik moduli va kompleks kesimning vaqtincha qarshiligi quyidagi formulalarga koʻra aniqlanadi:
(59)
(60)
Mazkur SHNQning 57 va 60-formulalarida:
— tosh terilmasi va beton uchun ushbu SHNQning 36-bandiga asosan beton uchun esa SHNQ 2.03.01-24 boʻyicha aniqlanadigan boshlangʻich elastiklik moduli;
— tosh terilmasi va beton kesimining inersiya momenti;
— tosh terilmasining siqilishga vaqtincha qarshiligi (mustahkamlikning oʻrtacha chegarasi);
— siqilishdagi betonning SHNQ 2.03.01-24 boʻyicha qabul qilinadigan normativ prizmatik mustahkamligi.
83. Kichik ekssentrisitetlarda quyidagi shart bajarilganda:
(61)
hisob-kitob quyidagi formulaga koʻra amalga oshiriladi:
(62)
Bunda, kuch va armaturalar ogʻirlik markazlari aro qoʻyilgan boʻlsa quyidagi qoʻshimcha shart ham bajarilishi kerak:
(63)
Yakka armaturani () hisobi quyidagi formulaga koʻra amalga oshiriladi:
(64)
mazkur SHNQning 61 — 64-formulalarida:
— kompleks kesim (tosh terilmasiga keltirilgan) maydonining choʻzilgan yoki nisbatan kamroq siqilgan armatura ogʻirlik markaziga nisbatan statik momenti;
— kompleks kesim siqilgan sohasining armatura ogʻirlik markaziga nisbatan statik momenti;
va — tosh terilmasining beton va armatura kesimlari soha maydonlarining armatura ogʻirlik markaziga nisbatan statik momentlari;
, , va — tosh terilmasining beton va armatura kesimlari maydonlarining armatura ogʻirlik markaziga nisbatan statik momentlari;
, va — tosh terilmasining beton va armatura kesimlari maydonlarining armatura ogʻirlik markaziga nisbatan statik momentlari;
va kuchning qoʻyilish nuqtasidan mos ravishda va armaturalarning ogʻirlik markazlarigacha boʻlgan masofalar.
Agar va armaturalarning ogʻirlik markazlari kesimlarning qirralaridan 5 sm dan ortiq masofada joylashgan boʻlsa, bunda 63 va 64-formulalaridagi statik momentlar va va ekssentrisitetlar kesimi aniqlanadi.
Kompleks konstruksiyalarning sharti bajariladigan markazdan tashqari siqilgan elementlari uchun hisoblar quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(65)
Ushbu hollarda neytral oʻqning vaziyati quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
(66)
mazkur SHNQning 66-formulacida kuch va armaturalar ogʻirlik markazlari aro masofadan tashqarida qoʻyilgan boʻlsa “musbat” ishora, kuch va armaturalar ogʻirlik markazlari aro qoʻyilgan boʻlsa “manfiy” ishora qabul qilinadi.
Yakka armatura () boʻlgan holatda hisob quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(67)
neytral oʻq vaziyati quyidagi tenglamadan hisoblab topiladi:
(68)
mazkur SHNQning 65 — 68-formulalarida:
— tosh terilmaning siqilgan sohasini yuzasi;
— beton siqilgan sohasining yuzasi;
— kuch qoʻyilgan nuqtaga nisbatan tosh terishning siqilish sohasining statik momenti;
— beton siqilgan sohasining kuch qoʻyilish nuqtasiga nisbatan statik momenti.
84. Kompleks konstruksiyalar egiluvchi elementlarining hisobi quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(69)
Neytral oʻq vaziyati quyidagi tenglamadan hisoblab topiladi:
(70)
Kompleks kesim siqilgan sohasining balandligi quyidagi shartlarga koʻra aniqlanadi:
va (71)
va hamda va qiymatlari markazdan tashqari siqilishdagidek, ichki kuchlar juftligining yelkasi esa va zoʻriqishlarning teng taʼsir etuvchisining qoʻyilish nuqtasidan armaturaning ogʻirlik markazigacha boʻlgan masofaga teng deb qabul qilinishi kerak.
Egiluvchan yakka armatura () boʻlgan holatda hisob quyidagi formulaga koʻra amalga oshiriladi:
(72)
neytral oʻq vaziyati quyidagi tenglamadan hisoblab topiladi:
(73)
85. Kompleks konstruksiyalar egiluvchi elementlarining koʻndalang kuch taʼsiriga hisobi quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(74)
bu yerda:
— tosh terilmasining choʻzuvchi bosh zoʻriqishlarga mazkur SHNQning 12 va 13-jadvallariga muvofiq qabul qilinadigan hisobiy qarshiligi.
— kesimning eni;
— toʻgʻri burchakli kesimdagi ichki kuchlar juftligining yelkasi:
86. Oboymalar bilan kuchaytirilgan gʻisht terilmasining ekssentrisitetlar kesim yadrosidan tashqariga chiqmaydigan, markaziy va markazdan tashqari siqilishdagi hisobi quyidagi formulalarga koʻra aniqlanadi:
poʻlat oboymalar boʻlgan holat uchun:
(75)
temir oboymalar boʻlgan holat uchun:
(76)
armaturalangan qorishmali oboymalar uchun:
(77)
va koeffitsiyentlari markaziy siqilishda va , markazdan tashqari siqilishda quyidagicha qabul qilinadi:
(78)
(79)
ushbu SHNQning 75 — 79-formulalarida:
— boʻylama kuch;
— zoʻriqtirilayotgan tosh terilmaning kesimini yuzasi;
— poʻlat oboymani boʻylama metall burchaklarini yoki temir-beton oboymani boʻylama armaturasining kesimini yuzasi;
— xomutlar va tosh terilmasi aro oʻrnashgan oboyma betoni kesimining yuzasi;
— oboyma koʻndalang armaturasining hisobiy qarshiligi;
— metall burchaklar yoki siqilgan boʻylama armaturaning hisobiy qarshiligi;
— boʻylama egilish koeffitsiyenti ( aniqlanayotgan paytda xuddi zoʻriqtirilmagan tosh terilmasi uchun kabi qabul qilinadi);
— mazkur SHNQning 46, 52-bandlari boʻyicha yuklarning uzoq muddatli taʼsirini eʼtiborga oluvchi koeffitsiyent;
— tosh terilmasining shikastlanishlarsiz tosh terilmasi uchun 1 raqamiga teng deb hamda darzlarga ega boʻlgan, tosh terilmalari uchun esa 0,7 deb qabul qilinuvchi ish sharoiti koeffitsiyenti;
— yuklarni oboymaga uzatilganida va oboyma ostida tayanch mavjudligida 1 raqamiga teng deb, yuklarni oboymaga uzatilganida va oboyma ostida tayanch mavjud emasligida 0,7 deb va yuklarni oboymaga bevosita uzatilmaganida 0,35 deb qabul qilinadigan ish sharoiti koeffitsiyenti;
— xomutlar va koʻndalang plankalar bilan armaturalashda quyidagi formulaga koʻra aniqlanadigan foizi:
va — zoʻriqtirilayotgan element tomonlarining oʻlchamlari;
— poʻlat oboymalardagi koʻndalang bogʻichlar oʻqlari aro (, biroq koʻpi bilan 50 cm) yoki temir-beton va suvoqli oboymalardagi ( cm) xomutlar aro masofalar.
87. Oboymalar oʻrnatishda qoʻllaniladigan armaturaning hisobiy qarshiliklari quyidagilarga teng boʻlgan, pasaytiruvchi koeffitsiyentlar bilan SHNQ 2.03.01-24 boʻyicha qabul qilinishi lozim:
koʻndalang armatura — 0,65;
yuklarni oboymaga bevosita uzatuvisiz boʻylama armatura — 0,19;
yuklarni oboymaga bevosita uzatuvisiz boʻylama armatura, biroq yuklarni oboymaga bir taraflama:
uzatiluvidagi — 0,56;
uzatiluvidagi, biroq bunda yuklarni oboymaga ikki taraflama:
uzatiluvidagi — 0,83.
88. Elementning yon tomonlaridan biri (masalan, devor) sezilarli uzunlikka ega boʻlsa, bunday hollarda tosh terilmasi orqali oʻtkaziladigan qoʻshimcha koʻndalang bogʻichlar oʻrnatilishi zarur.
Koʻndalang bogʻichlar aro devorning balandligi va uzunligi boʻylab masofa dan kam va koʻpi bilan 100 cm boʻlishi kerak.
Bu yerda, — devor qalinligi.
Bogʻichlarning ish sharoiti koeffitsiyenti 0,5 ga teng qabul qilinadi.
7-bob. Konstruksiyalar elementlarining ikkinchi guruh chegaraviy holatlariga koʻra (darzlar paydo boʻlishi va ochilishi boʻyicha hamda deformatsiyalar boʻyicha) hisobi
89. Tosh terilmani choklarida darzlar paydo boʻlishi va ochilishiga koʻra quyidagilarni hisob-kitob qilish lozim:
boʻlganda markazdan tashqari siqilgan armaturalanmagan elementlarni;
turlicha deformatsiya (elastiklik moduli, siljuvchanlik, kirishish xossalari turlicha) boʻlgan materiallardan tayyorlangan tosh terilmasining bir-biri bilan yondosh hamda birgalikda ishlaydigan yoki ushbu elementlarda yuzaga keladigan zoʻriqishlar sezilarli darajada farqlanishga ega boʻlgan konstruktiv elementlarini;
karkaslar bilan bogʻlangan va koʻndalang egilishga ishlovchi hamda devorlarning yuk koʻtarish qobiliyati yuklarni mustaqil ravishda (karkassiz) qabul qilish uchun yetarli boʻlmagani holda, oʻzini-oʻzi koʻtarib turuvchi devorlarni;
karkaslarning devorga oid toʻldirmasini devorlar tekisligidagi tob tashlashga;
armatura uchun agressiv muhitlar mavjud boʻlgan sharoitlarda foydalanishda, markazdan tashqari siqilgan va choʻzilgan hamda boʻylamasiga armaturalangan, egiluvchi elementlarni;
suvoqli yoki plitasimon izolyatsiya qoplamalarining oʻzi orqali oʻtqazmaslik talablari mavjud boʻlgan holda, boʻylamasiga armaturalangan idishlarni;
bino va inshootlarning, darzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydigan yoki darzlarning ochilishi foydalanish shartlariga koʻra cheklanishi lozim boʻlgan boshqa elementlari.
90. Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalarning ikkinchi guruh chegaraviy holatlari boʻyicha hisoblarda normativ yuklarning asosiy uygʻunliklar taʼsirida amalga oshirilishi lozim.
Markazdan tashqari siqilgan armaturalanmagan elementlarning boʻlgandagi darzlar ochilishiga hisoblari hisobiy yuklar taʼsiri uchun amalga oshirilishi kerak.
91. Markazdan tashqari siqilgan armaturalanmagan toshli konstruksiyalar darzlarining (tosh terilmalari choklarining) ochilishiga hisoblar, boʻlganda quyidagi talablardan kelib chiqib amalga oshirilishi lozim:
hisob-kitob mobaynida markazdan tashqari siqilish zoʻriqishlarining xuddi elastik tana uchun boʻlgani kabi chiziqli epyurasi qabul qilinadi;
hisob-kitoblar choʻzilishning qirraga doir, choʻzilgan sohadagi darzlarni ochilish kattaligini tavsiflaydigan,shartli zoʻriqishi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hisob-kitob quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(80)
bu yerda:
— kesimning eguvchi moment taʼsir qilish tekisligidagi inersiya momenti;
— kesim ogʻirlik markazidan oʻzining eng siqilgan qirrasigacha boʻlgan masofa;
— mazkur SHNQning 12-jadvalida keltirilgan tosh terilmasining bogʻichlanmagan kesimi boʻyicha egilishdagi choʻzilishga hisobiy qarshiligi;
— tosh terilmasining darzlar ochilishiga koʻra hisobi mazkur SHNQning 27-jadvaliga muvofiq qabul qilinadigan ish sharoiti koeffitsiyenti.
92. Foydalanish shartlariga koʻra suvoqli va boshqa qoplamalarida darzlar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan, konstruksiyalar choʻzilgan sirtlarning deformatsiyalariga tekshirib koʻrilishi kerak.
Armaturalanmagan tosh terilmalari uchun ushbu deformatsiyalarni suvoq yoki boshqa qoplamalar tortilishdan soʻng taʼsir qila boshlaydigan, normativ yuklar uchun mazkur SHNQning 81 — 84-formularga koʻra aniqlanishi lozim.
Ular mazkur SHNQning 28-jadvalida keltirilgan nisbiy deformatsiyalarning kattaliklaridan oshmasligi kerak.
27-jadval

Tosh terilmasining tavsifi va ish sharoitlari

Konstruksiyalarning xizmat muddatlari quyidagicha boʻlganligidagi γr ish sharoiti koeffitsiyentlari, yil

100

50

25

1. Armaturalanmagan markazdan tashqari yuklatilgan va choʻzilgan tosh terilmasi

1,5

2,0

3,0

2. Armaturalanmagan markazdan tashqari yuklatilgan va choʻzilgan tosh terilmasi, biroq meʼmoriy talablari yuqoriroq boʻlgan konstruksiyalar uchun dekorativ pardozlovga ega boʻlganlar

1,2

1,2

-

3. Suyuqliklarning gidrostatik bosimi ostida ishlaydigan, konstruksiyalar uchun gidroizolyatsiya suvoqqa ega boʻlgan, armaturalanmagan markazdan tashqari yuklatilgan tosh terilmasi

1,2

1,5

-

4. Suyuqliklarning gidrostatik bosimi ostida ishlaydigan, konstruksiyalar uchun gidroizolyatsiya suvoqqa ega boʻlgan, armaturalanmagan markazdan tashqari yuklatilgan tosh terilmasi, biroq kislotabardoshli suvoqli yoki suyuq shishadan surtib qilingan pardozlov qatlami

0,8

1,0

1,0

Izoh. Boʻylamasiga armaturalangan tosh terilmasini markazdan tashqari siqilishga, egilishga, oʻq boʻylab va markazdan tashqari choʻzilishga hamda choʻzuvchi bosh zoʻriqishlarga hisob-kitob qilishda γr ish sharoiti koeffitsiyenti ushbu jadvaldan quyidagi koeffitsiyentlarni qoʻllab qabul qilinadi:

μ≥0,1 boʻlganida; k=1,25

μ≤0,05 boʻlganida. k=1

Armaturalashning oraliq foizlarida k=0,75+5μ formulaga koʻra interpolyatsiya orqali aniqlanadi.

93. Armaturalanmagan tosh terilmasidan tayyorlangan tosh konstruksiyalar choʻzilgan sirtlarining deformatsiyalar boʻyicha hisobini quyidagi formulalarga koʻra aniqlanishi lozim:
oʻq boʻylab choʻzilishda:
(81)
egilishda:
(82)
Markazdan tashqari siqilishda:
(83)
Markazdan tashqari choʻzilishda:
(84)
Ushbu SHNQning 81 — 84-formulalarida:
va — tosh terilmasining yuza sirtiga suvoq yoki plitasimon qoplamalar tushirilganidan soʻng qoʻyiladigan normativ yuklardan tushuvchi boʻylama kuch va momentlar;
— mazkur SHNQning 28-jadvaliga muvofiq qabul qilinadigan chegaraviy nisbiy deformatsiyalar;
— tosh terilmasining ogʻirlik markazidan qoplamaning eng olis qirrasigacha boʻlgan masofa;
— kesimning inersiya momenti;
— tosh terilmasining 8-formulaga koʻra aniqlanadigan deformatsiyalar moduli.
94. Koʻp qavatli binolarning tosh terilmalaridan tayyorlangan devorlarining darzlarni ochilishi boʻyicha vertikal yuklarga hisob-kitobi ushbu SHNQning 5-ilovasiga koʻra bajarilishi lozim
95. Deformatsiya diafragmalari qoʻllanilgan tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalarning hisobi ushbu SHNQning 7-ilovasiga koʻra bajarilishi kerak.
28-jadval

Qoplamalarning turlari va vazifasi

Suyuqliklarning gidrostatik bosimiga uchragan konstruksiyalar uchun sementli gidroizolyatsiyaviy suvoq

Suyuq shisha negizidagi kislotabardoshli suvoq yoki kislotabardoshli zamazka negizidagi quyma toshli (diabaz, bazalt) plitkalardan tayyorlangan bir qatlamli qoplama

Kislotabardoshli toʻldirish negizidagi quyma toshli (diabaz, bazalt) plita qoplamalardan tayyorlangan ikki va uch qatlamli qoplamalar:

Plita qoplamalarning uzun tomoni boʻylab;

Plita qoplamalarning kalta tomoni boʻylab

Izoh. Konstruksiyalarni boʻylamasiga armaturalanishda, shuningdek armaturalanmagan konstruksiyalarga toʻr boʻylab suvoq tortilganda nisbiy   deformatsiyalarni 25 foizga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.

8-bob. Konstruksiyalarni loyihalash boʻyicha talablar
1-§. Asosiy talablar
96. Binolarni qurish jarayonida devorlar, ustunlar, karnizlarning mustahkamligini va ustuvorligini aniqlashda orayopmalarning elementlari (toʻsinlar, plitalar) tosh terilmalarining yoʻnalishi boʻylab yotqizilishi, bunda bino elementlarining yangi yotqizilgan tosh terilmasi ustiga tayana olish imkoniyati boʻlishi lozim.
97. Silikat gʻisht va toshlar, ichi gʻovak sopol gʻishtlar va toshlar, gʻovakli betondan tayyorlangan bloklar, gʻovaklari mavjud beton bloklar, yarim quruq holatda presslangan sopol gʻishtlar, ularning ichki sirtlariga bugʻ izolyatsiya qoplamasini solish sharti bajarilishi, nam rejimli xonalarning tashqi devorlari uchun qoʻllaniladi, shuningdek keltirilgan materiallarni yertoʻlalar, sokollar, poydevorlarning devorlarida qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keltirilgan materiallarni, ularning ichki sirtlariga gidroizolyatsiya qatlamini solish sharti bajarilgan hollarda, hoʻl rejimli xonalarning devorlari uchun qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Gips asosidagi va gips-betonli mahsulotlarni nam va hoʻl haroratli xonalarning devorlari, shuningdek yertoʻlalar, sokollar, poydevorlarning devorlari uchun qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
98. Poydevor va yertoʻlalarning tashqi devorlarini qurish uchun yaxlit silikat bloklari ushbu SHNQning 176-bandiga muvofiq holda qoʻllaniladi.
Silikat gʻisht, pardevor bloklari va plitalar sanitariya tugunlarida, dushxonalarda, vannaxonalarda, devorlarning ichki sirtlarini (binolarni pardozlamay “topshirishda” — faqat tashqi devorlarni) vertikal gidroizolyatsiya bilan qoplab yoki plitkalar bilan pardozlab olish sharti bilan qoʻllanilishi lozim.
99. Foydalanish rejimi nam boʻlgan xonalarning tashqi devorlari uchun samarali issiqlik qoplamalariga ega uch qatlamli tosh terilmalari ularning ichki sirtlariga bugʻ izolyatsiyalovchi qoplama boʻlishi sharti bilan qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Foydalanish rejimi hoʻl boʻlgan xonalarning tashqi devorlari uchun, shuningdek yertoʻlalarning tashqi devorlari uchun bunday tosh terilmalarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
100. Gʻisht, tosh va mayda bloklardan qurilgan sidirgʻasiga yaxlit tosh terilmasidan tayyorlangan devorlarning issiqlik uzatuvchanlikka qarshiligini oshirish uchun devor tosh terilmalarini samarali issiqlik tutib qoluvchi material bilan toʻldiriladigan hamda tosh terilmasining tashqi yuza qatlami va asosiy qatlamlari aro, eni 50 mm dan oshmaydigan kengaytirilgan chok bilan bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
Yirik hajmli sopol toshdan loyihalanayotgan, tashqi devorlarning issiqlik uzatuvchanlikka qarshiligi yetarlicha boʻlmaganda tosh terilmasini oʻzining har bir qatorida, qorishmaning tosh gʻovaklariga kirib qolishiga monelik qiladigan kompozit materiallardan tayyorlangan toʻrlarni yoki devorning issiqlik uzatuvchanlikka qarshiligini oshiradigan boshqa uslublarni qoʻllab qurishga yoʻl qoʻyiladi.
101. Konstruksiyalarning yirik oʻlchamli elementlari (panellar, yirik bloklar) ularni ishlab chiqarish, tashish va montaj qilish bosqichlari uchun hisob-kitob qilish yoʻli bilan tekshirilishi kerak.
Hisob-kitoblarda yigʻma konstruksiyalar elementlarining xususiy ogʻirligini, kattaligi quyidagicha qabul qilinadigan, dinamiklik koeffitsiyenti eʼtiborga olinishi kerak:
tashish mobaynida — 1,8;
koʻtarish va montaj qilish paytida — 1,5, bunda elementning xususiy ogʻirligiga yukning ortib ketishi koeffitsiyenti hisob-kitoblarga kiritilmaydi.
Agar bunday elementlarni qoʻllash uzoq muddatli tajriba orqali aniqlangan boʻlsa, yuqorida keltirilgan dinamiklik koeffitsiyentlarni kamaytirishiga yoʻl qoʻyiladi, biroq kamida 1,25 qabul qilinishi kerak.
102. Toʻgʻri shakldagi toshlardan tayyorlangan uzluksiz tosh terilmalar uchun gʻisht panellari bundan mustasno qilgan holda, bogʻlashga quyidagi minimal talablarni bajarish lozim:
qalinligi 65 mm boʻlgan sidirgʻasiga yaxlit gʻishtdan tayyorlangan tosh terilmalari uchun tosh terilmasining olti qatordan iborat boʻlgan hamda toshlari (gʻishtlari) koʻndalangiga terilgan bitta qator;
qalinligi 88 mm boʻlgan gʻishtdan va qalinligi 65 mm boʻlgan ichi gʻovak gʻishtdan tayyorlanganlari uchun tosh terilmasining toʻrt qatordan iborat boʻlgan hamda toshlari (gʻishtlari) koʻndalangiga terilgan bitta qator;
qator balandligi 200 mm gacha boʻlganda, toʻgʻri shakldagi toshlardan tayyorlangan tosh terilmasi uchun tosh terilmasining uchta qatordan iborat boʻlgan hamda toshlari (gʻishtlari) koʻndalangiga terilgan bitta qator.
eni 260 mm gacha, qalinligi 250 mm gacha va uzunligi 510 mm gacha boʻlgan, yirik hajmli toshlardan tayyorlangan tosh terilmasi uchun devor qalinligi boʻylab bogʻichlashni har bir qatorda toshning (gʻishtning) yarim balandligida amalga oshirilishi kerak.
Choklarni bogʻichlashning minimal kattaligi boʻlishi lozim.
103. Devorlar va ustunlarni poydevor tarafdan namlanishidan, shuningdek ularga kelib tutashuvchi trotuarlar va otmostkalar tarafidan namlanishidan muhofazalashni, trotuarlar va otmostkalar sathidan balandroqda joylashtiriladigan, gidroizolyatsiya qatlamini oʻrnatilishini bajarilishini taʼminlanishi, shuningek gidroizolyatsiya qatlamini yertoʻla polidan pastroqda ham oʻrnatilishi lozim.
Devorlarning deraza tokchalari, belbogʻchalari, parapetlari tashqariga boʻrtib chiqib turadigan hamda namlanishga oʻta moyil qismlari uchun sement qorishmalaridan, tomyopma poʻlatidan tayyorlangan muhofaza qoplamalarini bilan loyihalash lozim.
Devorlarning boʻrtib chiqib turadigan qismlari atmosfera namliklari oqimlarini chetlatishni taʼminlay oladigan nishabliklarga ega boʻlishi kerak.
104. Tosh materiallaridan tayyorlangan armaturalanmagan tosh terilmalarini ularning turi, shuningdek toshlari va qorishmalarining mustahkamligiga koʻra quyidagi 29-jadvalga muvofiq toʻrtta guruhga boʻlish lozim.
29-jadval

Tosh terilmasining turi

Tosh terilmasining guruhi

I

II

III

IV

1

2

3

4

5

1. Markasi 50 va undan baland boʻlgan gʻisht va toshlardan tayyorlangan uzluksiz tosh terilmasi

markasi 10 va undan baland qorishmadagi

markasi 4 boʻlgan qorishmadagi

-

-

2. Markasi 35 va 25 va undan baland boʻlgan gʻisht va toshlardan tayyorlangan uzluksiz tosh terilmasi

-

markasi 10 va undan baland qorishmadagi

markasi 4 boʻlgan qorishmadagi

-

3. Markasi 15, 10 va 7 va undan baland boʻlgan gʻisht va toshlardan tayyorlangan uzluksiz tosh terilmasi

-

-

ixtiyoriy qorishmadagi

ixtiyoriy qorishmadagi

4. Markasi 4 va undan va undan baland boʻlgan gʻisht va toshlardan tayyorlangan uzluksiz tosh terilmasi

-

-

-

ixtiyoriy qorishmadagi

5. Gʻisht yoki toshlardan tayyorlangan (tebrangan va tebranmagan) yirik bloklar

markasi 25 va undan baland qorishmadagi

-

-

-

6. Gruntli materiallardan tayyorlangan tosh terilmasi (grunt-bloklar va xom gʻisht)

-

-

ohakli qorishmadagi

xom gruntli loy qorishmadagi

7. Gʻisht va toshlardan qilingan hamda gorizontal va toshlari koʻndalangiga yotqi­ziluvchi qatorlar yoki chegalar bilan bogʻichlab chirmalgan, yengillashtirilgan tosh terilmasi

Sinfi kamida B2 boʻlgan beton yoki B2 sinfidagi betondan tayyorlangan oʻrnatma bilan toʻldirluvchi hamda markasi kamida 50 boʻlgan qorishma

Beton bilan yoki B1 sinfidagi betondan tayyorlangan oʻrnatma bilan toʻldirluvchi hamda markasi 25 boʻlgan qorishma

Tuproq tortib toʻldiriluvchi hamda 10 markali qorishma

-

8. Gʻisht yoki toshlardan qilingan, quduqbop yengillashtirilgan (vertikal diafragmalar bilan bogʻichlab chirmalgan) tosh terilmasi

Issiqlik izolyatsiyalovchi plitalar bilan yoki tuproq tortib toʻldirilgan hamda markasi 50 va undan yuqori boʻlgan qorishmalar

Issiqlik izolyatsiyalovchi plitalar bilan yoki tuproq tortib toʻldirilgan hamda markasi 25 boʻlgan qorishmalar

-

-

9. Toʻshamasimon xarsangtoshdan tayyorlangan tosh terilmasi

-

Markasi 25 va undan baland boʻlgan qorishmalar

Markasi 10 va 4 boʻlgan qorishmalar

Xom tuproqli loy qorishma

10. Parchalangan xarsangtoshdan tayyorlangan tosh terilmasi

-

Markasi 50 va undan baland boʻlgan qorishmalar

Markasi 25 va10 boʻlgan qorishmalar

Markasi 4  boʻlgan qorishmalar

11. Xarsangtoshli beton

V7,5 va undan baland sinfdagi beton

V5 va V3,5 sinfidagi beton

V2,5 sinfidagi beton

-

105. Binoning konstruktiv sxemasiga koʻra tosh devorlar quyidagilarga boʻlinadi:
yuk koʻtaruvchi devorlar (oʻzini ogʻirligi va shamoldan tushadigan yuklardan tashqari qoplamalar, orayopmalar, kranlardan tushuvchi yuklarni ham qabul qiladigan);
oʻz-oʻzini koʻtaruvchi devorlar (faqat binoning oʻzidan yuqorida joylashgan barcha qavatlar devorlarining xususiy ogʻirligidan va shamol taʼsiridan tushadigan yuklarni qabul qiluvchi;
yuk koʻtarmaydiganlar (osmalariga) devorlar (bino qavatining balandligi koʻpi bilan 6 m boʻlgani holda bitta qavat chegarasidagi xususiy ogʻirlikdan va shamol taʼsiridan tushadigan yuklarni qabul qiluvchi);
pardevorlar (bino qavatining balandligi koʻpi bilan 6 m boʻlgani holda, bitta qavat chegarasidagi xususiy ogʻirlikdan va shamol (deraza teshiklari ochiq holatda boʻlganligidagi) taʼsiridan tushadigan yuklarni qabul qiluvchi ichki devorlarga);
oʻz-oʻzini koʻtarib turuvchi devorlar (qavat balandligi kattaroq boʻlganda ushbu turdagi devorlarni shartli ravishda taalluqli deb topiladi).
Binolarda oʻz-oʻzini koʻtaruvchi va koʻtarmaydigan tashqi devorlarga qoplamalar, orayopmalardan tushuvchi yuklar binolarning karkasiga yoki koʻndalang konstruksiyalariga uzatilishi lozim.
106. Binolarning tosh devorlari va ustunlari gorizontal yuklar, markazdan tashqari va markaziy siqilishga hisoblaganda, gorizontal yoʻnalishda ularni qavatlar aro orayopmalarga, qoplamalarga va koʻndalang devorlarga tayangan deb qabul qilinishi lozim.
107. Bikr tayanch sifatida quyidagilarni qabul qilish lozim:
qalinligi kamida 12 cm boʻlgan koʻndalang tosh va beton devorlar, qalinligi kamida 6 sm boʻlgan temir-beton devorlar, kontrforslar, bikr tugunli koʻndalang ramalar, koʻndalang devorlarning maydonlari va gorizontal yukni qabul qilish uchun moʻljallangan boshqa konstruksiyalarni ushbu SHNQning 3-ilovasida keltirilgan;
ushbu SHNQ 30-jadvali boʻyicha koʻndalang bikr konstruksiyalar orasidagi masofa qoplovchi va toʻsuvchi qavatlar orasidagi masofadan oshmasligi kerak;
devorlardan shamoldan uzatilayotgan gorizontal yukni qabul qilish uchun mustahkamlikka va deformatsiyalar boʻyicha belbogʻlar, fermalar, shamolga oid bogʻichlar va temir-beton chirmalma bogʻichlar hisob-kitob qilinishi lozim.
Koʻndalang bikr konstruksiyalar orasidagi masofalar mazkur SHNQning 30-jadvalida keltirilgandan ortiqcha boʻlsa hamda izohlarda “v” bandda keltirilgan shamolga oid bogʻichlar mavjud boʻlmaganida qoplamalar va qavatlar orayopmalarni elastik tayanchlar sifatida qabul qilinishi lozim.
Devorlar va ustunlarni orayopmalar bilan bogʻlanishga ega boʻlmagan (gʻaltakli tayanchlar va boshqalar oʻrnatilganda) erkin holatda tik turgan singari hisob-kitob qilinishi lozim.
30-jadval

Qoplamalar va orayopmalar turi

Tosh terilmasining guruhi boʻyicha koʻndalang bikr konstruksiyalar orasidagi masofa, m

I

II

III

IV

A. Monolitlashtirilgan va monolit yigʻma temir-betondan tayyorlangan

54

42

30

-

B. Yigʻma temir-betonli toʻshamalardan va plita va toshlardan tayyorlangan toʻshamaga ega boʻlgan, temir-beton yoki poʻlat toʻsinlardan tayyorlangan

42

36

24

-

V. Yogʻochdan tayyorlangan

30

24

18

12

Izoh:

1. Ushbu jadvalda keltirilgan chegaraviy masofalar quyidagi hollarda kamaytirilishi mumkin:

a) shamolning shiddatli 70, 85 va 100 kgf/m2 bosimlarida mos tarzda 15, 20 va 25 foiz;

b) binoning balandligi 22 — 32 m boʻlganda — 10 foiz, 33 — 48 m — 20 foiz hamda 48 m dan ortiq boʻlganida — 25 foiz;

v)  eni qavat  balandligining ikki barobaridan torroq boʻlgan, ensiz binolarda —  nisbatga mutanosib ravishda.

2. A turidagi monolitlangan yigʻma orayopmalardagi plitalar orasidagi choklar, ular orqali choʻzuvchi zoʻriqishlarini oʻtqazish uchun (armatura chiqarib qoʻyilgan uchlarini payvandlash, ogʻir betondan tayyorlangan plita choklarini — markasi 100 dan past boʻlmagan qorishma va yengil betondan tayyorlangan plita choklariga — markasi 50 dan past boʻlmagan qorishma bilan toʻldirib, shuningdek ularning ichiga qoʻshimcha armatura yotqizish yoʻli bilan yoki monolitlashning boshqa usullarida) kuchaytirilgan boʻlishi kerak.

3. B turidagi orayopmalardagi plitalar yoki toshlar orasi, shuningdek toʻldiruvchi elementlar va toʻsinlar orasidagi choklar, markasi 50 dan past boʻlmagan, qorishma bilan izchil tarzda toʻldirilishi lozim.

4. V turidagi orayopmalar ikki qatlamli yogʻoch toʻshamaga (polga) ega boʻlishi kerak.

108. Ramalarni hisoblashda gʻisht yoki tosh terilmadan tayyorlangan, devor yoki ustunlarning bikrligini mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq tosh terilmasining elastiklik moduli boʻlganda va kesimning, choklarning ochilishini eʼtiborga olinmagan, inersiya momentida aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Orayopmalar va qoplamalarni esa devorlar bilan bikr bogʻlangan, bikr rigellar (hovonlar) kabi qabul qilinishi lozim.
109. Pilyastrali yoki pilyastrasiz devorlarning hisoblarida devor kengligini quyidagicha qabul qilinishi lozim:
qoplama konstruksiyasi oʻzining devordagi teshiklar aro kenglikka teng boʻlgan, butkul tayanish uzunligi boʻylab, hech qanday teshiklarsiz devorlarda esa oraliqlarning oʻqlari aro joylashgan devor maydonlarining kengligi boʻylab, bosimni devorga teng taralgan holda uzatilishini taʼminlanishi;
devordan tushuvchi yon bosim qoplamaga ferma yoki sarrovlarning devorlarga tayanish joylarida uzatilgan boʻlsa, bunda pilyastraga ega devor balandligi boʻylab doimiy kesimli rama ustuni hisoblanadi.
Tokcha kengligi pilyastraning ikkala tarafidan ga teng deb qabul qilinadi, biroq koʻpi bilan va devorning teshiklari aro kengligidan ortiq boʻlmagan kattalikda olinadi (bu yerda — devorning qistirilish joyidan oʻlchangan balandligi, — devorning qalinligi).
Pilyastralar mavjud boʻlmaganda va devorlarga mujassamlangan yuklar uzatilganda, maydonining kengligi, fermalar yoki sarrovlarning tayanchlari ostiga oʻrnatilgan taqsimlovchi plita qirrasidan har ikkala tarafga qabul qilinishi lozim.
110. Qavatlararo orayapmalarning tekisliklarida tayanchlarga ega boʻlgan hamda mazkur SHNQning 109-bandiga muvofiq bikr deb qaraladigan eshiklar va ustunlar markazdan tashqari yuk taʼsiriga vertikal tutash toʻsinlar sifatida hisob-kitob qilinishi kerak.
Devorlar yoki ustunlar balandlik boʻylab, tayanch sharnirlari esa bir oraliqli balkalarga boʻlingan toʻsiqlar tayanch tekisligida joylashgan deb hisoblashga yoʻl qoʻyiladi.
Yuqoridagi qavatlardan tushuvchi yuklarni tepadagi qavat devori yoki ustunining ogʻirlik markaziga qoʻyilgan deb qabul qilish lozim.
Tayanch bosim holatini qayd qiluvchi maxsus tayanchlar boʻlmasa, tayanch taʼsirlar qoʻyilgan joydan toʻsiqlar yoki toʻshamalar qoʻyilgan joydan devor yoki tayanch plitaning ichki chetigacha boʻlgan masofani qisqich chuqurligining uchdan biriga teng, biroq 7 sm dan ortiq deb qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Har bir qavat chegaralarida shamol yuki taʼsirida egilish momentlari uchlari qistirilgan toʻsiqlar kabi aniqlanishi kerak (yuqorigi qavat bundan mustasno).
Tashqi devorlarni shamol yukiga hisob-kitob qilish mazkur SHNQning 6-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
111. Devorlarni (yoki uning alohida olingan vertikal maydonlarini) vertikal va gorizontal yuklarga hisoblashda quyidagilar tekshirilishi kerak:
gorizontal kesimlarni siqishga yoki markazdan tashqari siqishga;
qiya kesimlar devor tekisligida egilganda choʻzuvchi asosiy kuchlanishlarga;
oʻzaro bogʻlangan va har xil yuklangan devorlardan yoki turli balandlikdagi devor maydonchalaridan kelayotgan vertikal yuklar taʼsirida darzlarning ochilishi.
Gorizontal yuk taʼsirida koʻndalang va boʻylama devorlarning birgalikdagi ishini hisobga olishda ularning bir-biriga tutashish joylarida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan harakatlanuvchi kuchlarning qabul qilinishi taʼminlanishi kerak:
(85)
bu yerda:
— bitta qavat chegarasidagi siljituvchi zoʻriqishlar;
— qavat balandliging oʻrtasida gorizontal yuklardan tushuvchi hisobiy koʻndalang kuch;
— boʻylama devor oʻqidan devori kesimining ogʻirlik markazidan oʻtadigan oʻqqacha reja- tasvirdagi masofa;
— tokcha kesimining (boʻylama devorning hisoblarda olinadigan maydon) yuzasi;
— devorlar kesimlarining, reja-tasvirdagi devor kesimining ogʻirlik markazidan oʻtadigan oʻqqa nisbatan inersiya momenti;
— koʻndalang devorning qalinligi;
— qavat balandligi;
— tosh terilmasining bogʻichlangan vertikal kesimi boʻylab qirqilishga hisobiy qarshiligi.
12-rasm — Boʻylama devorlardagi koʻndalang devor va ora devorlarning reja-tasvirlari
1 — boʻylama devordagi ora devor, 2 — koʻndalang devor
Tokchaning kesimning yuzasini va devorlar kesimlarining inersiya momentlarini aniqlashda mazkur SHNQning 106-bandida keltirilgan talablar hisobga olinishi lozim.
112. Devorlarni choʻzuvchi bosh zoʻriqishlar hisobini quyidagi formula orqali aniqlanishi kerak:
(86)
devorda kesimning choʻzilgan qismi mavjudligi quyidagi formulaga asosan amalga oshirilishi lozim:
(87)
mazkur SHNQning 86 va 87-formulalarida:
bu yerda:
— qavat balandligining oʻrtasida gorizontal yukdan tushadigan hisobiy koʻndalang kuch;
(88)
— ushbu SHNQning 12-jadvalida keltirilgan tosh terilmasining choklari boʻylab choʻzuvchi bosh zoʻriqishlarga hisobiy qarshiligi;
— ortiqcha yuklanish 0,9 koeffitsiyenti bilan aniqlanadigan hisobiy kuch bilan siqilgan tosh terilmasining sinib yorilishga hisobiy qarshiligi;
(89)
devorda kesimning choʻzilgan qismi mavjud boʻlganda quyidagicha qabul qilinadi:
(90)
bu yerda:
— koʻndalang devorning kesimini hisobga olgan holda (yoki hisobga olmagan holda) boʻylama devorning maydoni (mazkur SHNQning 12-rasmida keltirilgan);
— devor kesimining faqat kesim yadrosi chegaralaridan tashqariga chiqadigan, siqilgan qismi yuzasi;
— agar koʻrilayotgan maydonchaning uzunligi qavat balandligining ¼ qismidan yoki devor uzunligining ¼ qismidan ortiq boʻlsa, devor qalinligi eng kichik boʻladi;
agar devorlar ichida kanallar boʻlsa, ularning kengligi devor qalinligidan chiqarib tashlanadi;
— koʻndalang devorining reja-tasvirdagi uzunligi, agar kesim ichiga tashqi devorlarning boʻlaklari koʻrinishida tokchalar ham kiritiladigan boʻlsa, — nuqtalar oʻqlari orasidagi masofa;
— kesimdagi urinma zoʻriqishlarning ravon boʻlmagan koeffitsiyenti.
qiymatini quyidagicha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi:
qoʻshtavrli kesimlar uchun
tavrli kesimlar uchun
toʻgʻri burchakli kesimlar uchun (boʻylama devorlarning ishini eʼtiborga olinmagan holdagi)
— kesimning uning ogʻirlik markazi orqali oʻtuvchi oʻqqa nisbatan bir taraflama joylashgan qismining statik momenti;
— butkul kesimning, kesim ogʻirlik markazi orqali oʻtadigan oʻqqa nisbatan inersiya momenti.
113. Tosh terilmasining mazkur SHNQning 86-87-formulalariga koʻra aniqlanadigan, sinib yorilishga qarishiligi yetarlicha boʻlmaganda uni gorizontal choklar boʻylab boʻylama armatura bilan armaturalashga yoʻl qoʻyiladi.
Armaturalangan tosh terilmasining sinib yorilishga hisobiy qarshiligini quyidagi formulaga koʻra aniqlash lozim:
(91)
bu yerda:
— devorning vertikal kesimi boʻyicha aniqlanadigan armaturalanish foizi.
114. Binoning koʻndalang devorlariga oʻzlarining tekisliklari boʻylab taʼsir qiladigan gorizontal yuklarni hisoblashda devorlardagi teshiklarni qoplaydigan deraza va eshiklar ustidagi toʻsin (peremichka)lar devorlarning vertikal maydonlari orasidagi sharnirli oʻrnatmalar deb hisoblanishi lozim.
Bino qiya devorlariga ularning tekisliklari boʻylab taʼsir qiluvchi gorizontal yuklarni hisoblashda devorlardagi teshiklarni qoplaydigan deraza va eshiklar usti toʻsin (peremichka)lar devorlarning vertikal maydonchalari orasidagi sharnirli qurilmalar sifatida hisoblanishi kerak.
Agar teshiklarga ega koʻndalang devorlarning gorizontal yuklar taʼsir etganda mustahkamligi faqat deraza va eshiklar usti toʻsin (peremichka)larning bikrligini eʼtiborga olinganidagina taʼminlanadigan boʻlsa, u holda deraza va eshiklar usti toʻsin (peremichka) lar ularning oʻzlarda paydo boʻladigan hamda quyidagi formulaga koʻra aniqlanadigan qirquvchi kuchlarni qabul qila olishi kerak:
(92)
bu yerda:
— hisob-kitob qilinayotgan deraza va eshiklar usti toʻsin (peremichka)larga tutashuvchi orayopmalar sathida qabul qilinadigan, gorizontal yukdan tushadigan hisobiy koʻndalang kuch;
— qavat balandligi;
— koʻndalang devorning reja-tasvirdagi uzunligi;
— mazkur SHNQning 114-bandi boʻyicha qabul qilinadi.
115. Deraza va eshiklar usti toʻsini (peremichka)larni mazkur SHNQning 92-formulasiga koʻra aniqlanadigan, gorizontal yuklardan tushadigan qirquvchi kuchga hisob-kitoblari mazkur SHNQning 93-94-formulalari boʻyicha sinib yorilishga va egilishga sinalishi, bunda olingan ikkita kattaliklardan kichikrogʻi qabul qilinishi kerak:
(93)
(94)
bu yerda:
va — deraza va eshik usti toʻsini (peremichka)ning balandligi va (sof) oraligʻi;
— mazkur SHNQning 92-formulasida keltirilgan;
— deraza va eshik usti toʻsini (peremichka)ning koʻndalang kesimi;
va — mazkur SHNQning 12-jadvalida keltirilgan.
Deraza va eshik usti toʻsini (peremichka)larning mustahkamligi yetarlicha boʻlmasa, u holda ular boʻylama armaturalash yoki egilishga moʻljallangan temir-beton toʻsinlar bilan mustahkamlanishi kerak:
(95)
mazkur SHNQning 92-formulasiga koʻra koʻndalang kuchga SHNQ 2.03.01-24 ga muvofiq egilish va sinib yorilishga hisob-kitob qilinadigan temir-beton toʻsinlar bilan kuchaytirilishi kerak.
Toʻsinlarning ikki uchlarini tosh terilmasi ichiga qistirib oʻrnatilgan joyining hisoblari mazkur SHNQning 155‑bandiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
2-§. Devor va ustunlar balandligining ularning qalinligiga yoʻl qoʻyiladigan nisbati
116. Devor yoki ustun balandligining oʻz qalinligiga nisbati hisob-kitob natijalaridan qatʼi nazar mazkur SHNQning 119 — 122-bandlari belgilangan qiymatlardan oshmasligi kerak.
117. Orayopma yoki qoplamalardan tushuvchi yuklarni koʻtarib turadigan hamda teshiklarga ega boʻlmagan devorlar uchun nisbat (bu yerda — qavat balandligi, — devor qalinligi yoki ustun toʻgʻri burchakli kesimining kichik tomoni), devorning erkin uzunligi boʻlganda ushbu SHNQning 31-jadvalida (toʻgʻri shakldagi tosh materiallardan qilingan tosh terilmasi uchun) keltirilgan kattaliklardan oshmasligi kerak.
31-jadval

Qorishma markasi

Tosh terilmasining guruhi quyidagicha boʻlgan β nisbat

I

II

III

IV

50 va undan ortiq

25

22

-

-

25

22

20

17

-

10

20

17

15

14

4

-

15

14

13

Pilyastralarga ega devorlar uchun va murakkab kesimli ustunlar uchun oʻrniga shartli qalinlik qabul qilinadi, bu yerda , dumaloq kesimli va aylanaga ichki chizilgan, koʻpburchak shaklidagi kesimlar uchun , bu yerda — ustun kesimining diametri.
Qavatning H H balandligi devorning erkin uzunligidan kattaroq boʻlsa nisbat mazkur SHNQning 28-jadvali boʻyicha qiymatdan oshmasligi kerak.
118. Devorlar va oradevorlar uchun nisbatlar mazkur SHNQning 62-bandida keltirilganlaridan farqlanuvchi shart-sharoitlarda mazkur SHNQning 32-jadvalida keltirilgan tuzatuvchi koeffitsiyentlar bilan qabul qilinishi lozim.
Ustunlar uchun chegaraviy nisbatlar mazkur SHNQning 31 va 33-jadvalida keltirilgan koeffitsiyentlar bilan qabul qilinishi lozim.
119. Devorlar va pardevorlar uchun mazkur SHNQning 31-jadvalida keltirilgan va mazkur SHNQning 32-jadvali boʻyicha koeffitsiyentlarga koʻpaytirilgan nisbatlarni tosh terilmasini bir yoʻnalishda (tosh terilmasining gorziontal choklari boʻylab) boʻylamasiga konstruktiv armaturalanshda ( boʻlganligida) — 20 foizga orttirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Devorlar bilan bogʻlanishga ega boʻlgan barqaror koʻndalang konstruksiyalar orasidagi masofalar boʻlganda devorlarning balandligi cheklanmaydi va mustahkamlik hisoblari bilan aniqlanadi.
erkin uzunlik ga teng va undan kattaroq boʻlishi, biroq koʻpi bilan (bu yerda — qavat balandligi) boʻlganda quyidagi shartni bajarilishini taʼminlanish kerak:
(96)
120. Tepa kesimida mahkamlanmagan pardevorlar va ustunlar uchun nisbatlarning qiymatlari mazkur SHNQning 119 — 121-bandlarida keltirilgan qiymatlardan 30 foizga kichikroq boʻlishi lozim.
32-jadval

Devorlar va pardevorlar tavsifi

 koeffitsiyenti

1. Quyidagi qalinligida toʻsiqlar yoki qoplamalardan yuk koʻtarmaydigan devorlar va toʻsiqlar, sm:

25 va undan kattaroq

1,2

10 va kichikroq

1,8

2. Teshiklarga ega devorlar

3. Teshiklarga ega pardevorlar

0,9

4. Oʻzlariga tutashuvchi koʻndalang devorlar yoki ustunlar orasida erkin uzunliklari 2,5 dan 3,5 gacha boʻlgan devorlar va pardevorlar

0,9

5. Oʻzlariga tutashuvchi koʻndalang devorlar yoki ustunlar orasida erkin uzunliklari  boʻlgan devorlar va pardevorlar

0,8

6. Xarsangtoshli va xarsangtosh betonli devorlar

0,8

Izohlar:

1. Alohida olingan   pasaytiruvchi  koeffitsiyentiga koʻpaytirib olish yoʻli bilan aniqlanadigan,  nisbatlarni pasayitiruvchi umumiy koeffitsiyent, ustunlar uchun ushbu jadvalda keltirilgan,  pasaytiruvchi koeffitsiyentidan kam boʻlmaganda qabul qilinadi.

2. Yuk koʻtaruvchi devorlar va pardevorlarning qalinligi 10 cm dan ortiq va 25 cm dan kam boʻlganda, tuzatish kirituvchi  koeffitsiyentining kattaligi interpolyatsiya boʻyicha aniqlanadi.

3.  — netto yuza va  — brutto yuzalarning qiymatlari devorning gorizontal kesimi boʻyicha aniqlanadi.

33-jadval

Ustun koʻndalang kesimining kichikroq tomoni oʻlchami, (sm)

Gʻisht va toʻgʻri shakldagi toshlardan tayyorlangan

Xarsangtosh terilmasidan va xarsangtosh-betondan tayyorlangan

ustunlar uchun  koeffitsiyenti

90 va undan ortiq

0,75

0,6

70 — 89

0,7

0,55

50 — 69

0,65

0,5

50 dan kichik

0,6

0,45

Izoh. Devor qalinligidan kamroq kenglikka ega boʻlgan, yuk koʻtaruvchi ensiz orasidagi devorlarning  chegaraviy nisbatlari, teshiklar balandligiga teng boʻlgan, balandlikka ega ustunlar uchun qabul qilinishi kerak.

3-§. Panellar va yirik bloklardan tayyorlangan devorlar
121. Gʻisht panellari markasi 75 dan past boʻlmagan, sopol yoki silikat gʻishtlardan hamda markasi 50 dan past boʻlmagan qorishmalardan loyihalanishi lozim.
122. Panellarni loyihalashda qorishmali choklarni titratib (vibratsiya) qoʻllanilgan holda toʻldirilishi, titratilgan (vibratsiyalangan) tosh terilmasining hisobiy qarshiliklarini mazkur SHNQning 18‑bandi boʻyicha qabul qilish lozim.
Tashqi devorlarning qalinligi yarim va ikki toshli hamda issiqlik texnikasi jihatidan samarali ichi gʻovak sopol toshlardan tayyorlangan bir qatlamli panellarni titratmani (vibratsiya) qoʻllamay loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, tosh terilmasining hisobiy qarshiligini mazkur SHNQning 15‑bandi boʻyicha qabul qilish lozim.
Tebranish qoʻllanilmagan holda ichi boʻsh keramik toshlardan tayyorlangan panellarda tosh terilmasining vertikal choklari chirmab bogʻlashini bajarilishini taʼminlash kerak.
123. Tashqi devorlarning gʻisht panellarini ikki qatlamli yoki uch qatlamli qilib loyihalash lozim.
124. Ikki qavatli panellar qalinligini yarim yoki undan ortiq gʻishtdan loyihalanishi, bunda ularning tashqi yoki ichki tomonida oʻrnatiladigan hamda kamida 50 markali qorishmadan tayyorlangan va qalinligi kamida 40 mm boʻlgan armaturalangan pardozlash qatlami bilan himoyalangan bikr issiqlik izolyatsiya plitalari boʻlishi kerak.
125. Uch qatlamli panellarni tashqi qatlamlari chorak yoki yarim gʻishtli va oraliq qatlamni bikr yoki yarim bikr issiqlik izolyatsiyasiga mansub plitali qilib loyihalash kerak.
Tashqi devorlar panelidagi karkaslar panellarning perimetri va teshiklar konturi boʻylab panellarning butun qalinligi doirasida joylashgan qirralar yoki choklarga oʻrnatilishi kerak.
Karkaslar oʻrnatiladigan qovurgʻalarning eni 30 mm dan oshmasligi lozim.
Tashqi devor panellarini loyihalashda panellarning tashqi qatlamini gʻisht va toshning ochiq fakturasi yoki qorishmadan pardozlash qatlami bilan bajarish kerak.
126. Ichki devor va pardevorlarning gʻisht panellarining qalinligi bir qatlamli — chorak gʻisht (8,5 cm), yarim gʻisht (14 cm), bir gʻisht (27 cm) va ikki qatlamli har birining qalinligi chorak gʻisht (18 cm) boʻlib.
Ichki devorlarning panellaridagi karkaslar panellarning perimetri boʻylab va teshiklar gorizontal konstruksiyalar hisobiga muvofiq oʻrnatilishi kerak.
Qalinligi chorak gʻisht panellarini faqat pardevorlar uchun loyihalash lozim.
127. Devorlarning gʻisht va sopol panellari talablari boʻyicha vertikal va shamol yuklari taʼsir uchun mazkur SHNQning 52-53-bandlarida keltirilgan talablari boʻyicha markazdan tashqari siqilishga, shuningdek tashish va montaj qilish jarayonida paydo boʻladigan zoʻriqishlarga hisob-kitob qilinishi kerak.
Agar panelning talab etilgan mustahkamligi armaturani hisobga olmagan holda taʼminlansa, u holda karkaslar boʻylama sterjenlarining kesim yuzasi panelning 1 m gorizontal va vertikal kesimlariga 0,25 cm2 dan kam boʻlmasligi shartidan aniqlanishi kerak.
Panelning yuk koʻtarish qobiliyatini aniqlashda armaturani eʼtiborga olish kerak boʻlganda uning hisob-kitobi xuddi armaturalangan toshli konstruksiya kabi amalga oshirilishi kerak.
Qalinligi 27 cm va undan kam boʻlgan panellarni hisob-kitob qilishda kattaligi yuk koʻtaruvchi bir qatlamli panellar uchun — 1 cm tebranlangan, oʻzini-oʻzi koʻtarib turadigan panellar, shuningdek yuk koʻtaruvchi uch qatlamli panellarning ayrim qatlamlari uchun — 0,5 cm boʻlgan tasodifiy ekssentrisitet hisobga olinishi lozim.
Yuk koʻtaruvchi panellar va pardevorlar uchun tasodifiy ekssentrisitet eʼtiborga olinmasligi kerak.
128. Armaturalangan qovurgʻali panellar, yuk koʻtaruvchi qatlamlar materiallari turlicha boʻlganda mazkur SHNQning 67 — 69-bandlariga muvofiq qatlamlari bikr bogʻlangan koʻp qatlamli devorlar kabi hisob-kitob qilinishi lozim.
129. Tashqi va ichki devorlar panellari, shuningdek tashqi devorlar panellari bilan toʻsiqlar panellari oʻrtasidagi ulanishlarni oʻrnatish detallariga yoki karkas plastinalariga payvandlangan poʻlat bogʻlanishlar yordamida loyihalash kerak.
Panellar orasidagi bogʻlanishlar panellarning burchaklarida joylashgan chuqurchalarda oʻrnatilishi va qalinligi 10 mm dan kam boʻlmagan eritma qatlami bilan qoplangan boʻlishi kerak.
Oldindan oʻrnatiluvchi detallar va biriktiruvchi sterjenlar oddiy poʻlatdan tayyorlanganda ular korroziyadan himoyalangan boʻlishi zarur.
Panellardan tayyorlangan devorlarning montaj choklari uchun qorishma markasini hisoblarga koʻra qabul qilinishi, biroq kamida 50 deb olinishi kerak.
130. Tashqi va ichki devorlar uchun moʻljallangan yirik bloklarni sement yoki silikatli ogʻir betonlardan, gʻovaksimon toʻldiruvchilarda tayyorlangan betonlardan, gʻovakli betonlar va tabiiy toshlardan, shuningdek gʻisht, sopol, beton va tabiiy toshlardan tayyorlangan tosh terilmalaridan qilinadigan deb loyihalash lozim.
Yirik bloklardan tayyorlangan tosh terilmasining hisobiy qarshiligini mazkur SHNQning 19-bandi, gʻisht va toshlardan tebranmasdan tayyorlangan bloklar uchun ushbu SHNQning 15, 20 va 22-bandlari boʻyicha qabul qilinishi kerak.
Gʻisht yoki toshlardan tayyorlangan tosh terilmasining montaj choklari uchun qorishma markalarini bloklarning qorishma markasidan bir pogʻona balandroq qilib qabul qilinishi lozim.
131. Balandligi 5 qavat boʻlgan, yirik blokli binolarda qavat balandligi 3 m gacha boʻlganda, boʻylama va koʻndalang devorlar oʻrtasidagi bogʻlanishni quyidagicha amalga oshirish lozim:
tashqi burchaklarda tosh terilmasini burchakka maxsus bloklar bilan bogʻlab (har bir qavatga bloklarning kamida bitta qatori);
ichki koʻndalang devorlarning boʻylama devorlarga, shuningdek oʻrta boʻylama devorning yon devorlarga tutashgan joylarida — har bir qavatdagi bir qavatda toʻsiqlar darajasida bitta gorizontal chokda yoʻl-yoʻl poʻlatdan yoki armatura toʻrlaridan T-simon ankerlar qoʻyish lozim.
Balandligi 5 qavatdan yuqori boʻlgan yirik blokli binolar uchun va balandligi 3 m dan yuqori boʻlgan binolar uchun devorlar oʻrtasida burchaklarda ham ichki devorlarning tashqi devorlarga tutashgan joylarida ham qattiq aloqalar boʻlishi kerak.
Bogʻichlarni payvandlash yoʻli bilan qistirmalar bilan biriktiriladigan bloklarda oʻrnatiladigan detallar koʻrinishida loyihalanishi kerak.
Toʻsuvchi konstruksiyalarga silikatli toʻsiq plitalaridan pardevorlarni mahkamlash ruxlangan poʻlatdan tayyorlangan skobalar yordamida yoki GOST 5632 boʻyicha korroziyaga chidamli poʻlatning perforatsiyalangan tasmadan tayyorlangan yassi ankerlar yordamida amalga oshirilishi kerak.
4-§. Koʻp qatlamli, yengillashtirilgan tosh terilmali va pardozga ega devorlar
132. Koʻp qatlamli devorlarni hisobida konstruktiv qatlamlar oʻrtasidagi bogʻichlarni quyidagi holatlarda bikr deb hisoblash lozim:
ixtiyoriy issiqlik izolyatsiyalovchi qatlamlar uchun va koʻndalangiga terilgan gʻisht yoki toshlar qatoridan tayyorlangan vertikal diafragmalarning oʻqlari orasidagi masofalar ortigʻi bilan va koʻpi bilan 120 cm boʻlganda, bu yerda — yupqa konstruktiv qatlam qalinligi;
siqilishga mustahkamlik chegarasi kamida 0,7 MPa (7 kgf/cm2) boʻlganda monolit betondan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyalovchi qatlam, qatorlarining oʻqlari orasidagi masofalar tosh terilmasi balandligi boʻyicha koʻpi bilan va ortigʻi bilan 62 cm qilib joylashtirilgan, koʻndalangiga yotqiziluvchi gorizontal oraqistirma qatorlardagi toshlarining markasi kamida 10 boʻlgan tosh terilmalarini.
133. Egiluvchan bogʻichlarni korroziyaga chidamli poʻlatlardan yoki korroziyadan muhofazalangan poʻlatlardan, shuningdek polimer materiallardan loyihalash lozim.
Egiluvchan poʻlat bogʻichlar kesimlarining jamlanma yuzasi devor sirtining 1 m2 uchun kamida 0,4 cm2 boʻlishi kerak.
Polimer bogʻichlarning kesimlari poʻlat bogʻichlarning mustahkamligiga teng baravarlik shartidan kelib chiqib tayinlanadi.
Isituvchi qatlamga va gʻisht yoki toshdan tayyorlangan pardozlash qatlamiga ega boʻlgan koʻp qatlamli devorlardagi egiluvchan bogʻichlar vertikal yoʻnalishdagi zoʻriqish, haroratdan kirishish va oʻta choʻkishga doir deformatsiyalarini qabul qilishini taʼminlash kerak.
134. Devorning pardozlash qatlami va asosiy tosh terilmasi bir-biri bilan oʻzaro bikr bogʻlangan boʻlsa, ular bir-biriga yaqin deformatsiya xossalarga ega boʻlishi kerak.
Oʻz balandligi asosiy tosh terilmasining balandligiga teng boʻlgan pardozlash gʻishtini yoki toshini qoʻllashga yoʻl quyiladi.
Qatlamlarning mustahkamlik va deformatsiya xossalari turlicha boʻlganda devorlarning hisoblari mazkur SHNQning 66 — 74-bandlariga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
135. Loyihalarda quyidagilarni hisobga olish lozim:
tosh terilmasi bilan mazkur SHNQning 105-bandi talablari boʻyicha bikr bogʻlangan pardozlash qatlamini chirmab bogʻlashni;
quyilma materiallarni yoki gʻovaksimon toʻldiruvchilardan solingan toʻldirmani;
gʻisht va toshdan tayyorlangan koʻp qavatli devorlarda issiqlik izolyatsiya (penopolistirol)dan, tolalarining tuzilishi gofrlangan mineralmomiqli plitasimon isituvchi qatlamlarni.
Devorlarning issiqlik-texnikasiga oid xossalarini oshirish uchun issiqlik izolyatsiyasining tashqi fasadga doir tizimlarini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
136. Qoplama bilan qattiq bogʻlangan devorga kesiklar oʻrnatishda, devorning boʻrtib chiqqan qismi doirasida uning butun qalinligi boʻyicha loyihada armatura toʻrlarining qirqimiga kamida uchta chokda armatura toʻrlarini yotqizishni hisobga olish lozim.
137. Koʻp qatlamli devorlarda qoʻllaniladigan mahsulotlar va materiallarning umrboqiyligi, konstruksiyalarning xizmat muddatlarini eʼtiborga olib qabul qilinishi kerak.
Gʻisht va toshlar sovuqqa bardoshlilik boʻyicha mazkur SHNQning 1-jadvalida keltirilgan talablarga javob berishi lozim.
Tosh terilmasini siqilishga mustahkamlik boʻyicha M75-M100 markali qorishma uchun qabul qilinishi lozim.
Yengil va sergʻovakli betonlardan tayyorlangan koʻp qatlamli konstruksiyalar ichki qatlamlari tosh terilmasiga oid materiallarining mustahkamligini kamida V2 sinfiga tegishli deb qabul qilinishi lozim.
Yuza qatlamni armaturalashni mazkur SHNQning 76 va 142-bandlariga muvofiq polimer kompozit materiallardan tayyorlangan toʻrlar bilan bajarilishi kerak.
Poʻlat toʻrlar uchun rux qoplamasining minimal qalinligi QMQ 2.03.11-96ga muvofiq aniqlanishi va galvanik uslubda sirtga tushirilgan taqdirda 30 μm dan iborat boʻlishi zarur.
Toʻrlarning konstruksiyasi mazkur SHNQning 77-bandiga asosan bajarilishi lozim.
Harorati minus 40 °S dan minus 60 °S gacha boʻlgan, sovuq iqlim sharoitlarida foydalanishda mustahkamlik xossalarini hisoblariga 0,7 ga teng boʻlgan pasaytiruvchi ish sharoiti (moʻrtlik) koeffitsiyentlarini kiritish lozim.
Devorlarning yuzasi va ichki qatlamlari oʻrtasida tosh terilmasining choklarida oʻrnatiladigan yakka egiluvchan bogʻichlar va bogʻich toʻrlaridan foydalanilganda, pardozlash qatlami tosh terilmasining balandligi tosh terilmasining asosiy (ichki) qatlamiga tegishli qator balandligiga karrali boʻlishi kerak.
Qator balandligining karraligini hisobga olmagan holda, asosiy qatlamning qalinligiga montaj qilinadigan yoki balandligi boʻyicha boshqariladigan egiluvchan bogʻlamlardan foydalanishda qadoqlash buyumlarini ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
138. Qatlamlarning mustahkamlik va deformatsiya xossalarida farqlanishlar mavjudligida bikr bogʻichli devorlarning hisoblari mazkur SHNQning 66 — 75-bandlariga muvofiq olib borilishi lozim.
Tosh terilmasi bilan koʻndalangiga yotqizilgan gʻisht yoki tosh qatorlari vositasida bikr bogʻlangan pardozlash qatlamining chirmab bogʻlanishi mazkur SHNQning 101-bandiga muvofiq bajarilishi zarur.
139. Samarali isitgichdan tayyorlangan oraliq qatlami bilan egiluvchan bogʻichlarga boʻlgan uch qatlamli devorlarni loyihalash mazkur SHNQning 140‑bandiga koʻra bajarilishi lozim.
140. Qalinligi 85 — 100 mm boʻlgan yuza qatlam uchun ichi sidirgʻasiga yaxlit tanali (jumladan gʻovakliligi 13 foizgacha boʻlgan) gʻisht, tashqi devorchasi kamida 20 mm li yoʻgʻonlashtiruvga ega ichi gʻovak gʻisht, shuningdek sidirgʻa boʻlmagan gʻovakli gʻisht qoʻllash kerak.
Tosh terilmasidagi qorishmali chokning shakli sidirgʻasiga yaxlit tanali gʻisht uchun ixtiyoriy tarzda qabul qilinishi, ichi gʻovak gʻishtdan tayyorlangan tosh terilmasida chuqurlashtirilgan choklarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sovuqqa chidamliligi boʻyicha mazkur SHNQning 1-jadvaliga muvofiq keltirilgan tashqi devorning qalinligi 12 — 20 mm boʻlgan ichi boʻsh gʻishtlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi (agar chuqur choklarga yoʻl qoʻyilmasligi shartlari) quyidagi talablardan biri bajarilganda:
toʻgʻridan-toʻgʻri gorizontal deformatsiya chokining ostida joylashgan bir yoki bir nechta qatorlarni yotqizish yaxlit gʻishtdan (boʻshliqligi 13 foizgacha), tashqi devori kamida 20 mm qalinlashgan ichi boʻsh gʻishtdan, gorizontal boʻshliqli gʻishtdan amalga oshirilganda;
gorizontal deformatsiya chok yuqoridagi devor tekisligidan kamida 50 mm chiqib turadigan metall-plastik soyabon bilan devor sirtidan tashqariga kamida 50 mm ga boʻrtib chiqib turuvchi, orayopma plitasi bilan himoyalangan boʻlishi;
gʻishtlarning yuqori qatoridagi boʻshliqlar qorishma bilan toʻldiriladi va gʻishtni yotqizishdan oldin uning yuqori yuzasini gidroizolyatsiyalash amalga oshirilishi.
Yuza qatlam qalinligi 85 mm dan kam boʻlganda devor konstruksiyasi osma fasad tizimi boʻyicha bajarilishi kerak.
Tosh terilmasi yuza qatlamining qavatlar aro temir-beton orayopmalari ustiga tayanishini ularning baravar sirtlari bilan bir tekis qilib loyihalash kerak.
Yuza qatlam tosh terilmasining binoning balandligi 50 m gacha, temir-betondan tayyorlangan yoki bino balandligi 36 m gacha boʻlganda korroziyaga poʻlatdan tayyorlangan, zavodda tayyorlangan detallar ustiga tayanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Tosh terilmasi yuza qatlamining poʻlat tayanch elementlaridan chiqib turishi koʻpi bilan 10 mm boʻlishi kerak.
Egiluvchan bogʻichli tashqi devorlar tosh terilmalarining ichki qatlami, devorning yuza qatlamidan va teshiklarni toʻldiruvchilardan uzatilishi mumkin boʻlgan shamol yuklarni qabul qilishni taʼminlash lozim.
Isitgich plitasini asosga mahkamlanishi hamda uni asosga zich yopishtirilgan holda bajarilishi kerak.
Devor konstruksiyasida ventilyatsiyalanadigan tirqishlarni taʼminlash uchun tosh terilmasining yuza qatlamida maydonlari hisob bilan tayinlanadigan ventilyatsiya teshiklari qoldirilishi lozim.
Qurilish sharoitida qoplama plitalarining tashqi tomoniga pardozlash elementlari qoʻyishga, tomonni suvoq bilan tekislashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Devorlarning egiluvchan bogʻichlarga ega boʻlgan yuza qatlamlarga tortqichlar, ventilyatsiya va boshqa dastgohlarni mahkamlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
141. Gorizontal deformatsiya choklarga ega boʻlgan ikki qatlamli devorlardagi yuza qatlam konstruksiyasiga qoʻyiladigan talablar uch qatlamli devorlar uchun mazkur SHNQning 140‑bandida keltirilgan talablarga muvofiq bajarilishi kerak.
5-§. Yuza qatlam tosh terilmasining armaturalash boʻyicha talablar
142. Yuza qatlamning egiluvchan bogʻichli va qavatma-qavat tayanishga ega boʻlgan tosh terilmasini armaturalashni tayanchdan 1 m balandlikda, balandlik boʻylab koʻpi bilan 40 sm qadam bilan oʻrnatiladigan toʻrlar vositasida bajariladi.
Armaturalash uchun koʻproq polimer kompozit materiallardan tayyorlangan toʻrlarni qoʻllash lozim.
Tayanchdan 1 m dan balandroqda armaturalash balandlik boʻylab qadami koʻpi bilan 60 sm boʻlgan toʻrlar vositasida konstruktiv tarzda bajarilishi kerak.
Tosh terilmasining har bir qatlami oʻz burchaklarida balandlik boʻylab koʻpi bilan 60 sm qadamlatib G‑simon poʻlat toʻrlar bilan burchakdan kamida 1 m masofa ichida yoki vertikal deformatsiya choki bundan yaqinroq joylashgan boʻlsa, vertikal chokkacha armaturalangan boʻlishi kerak.
Tekis maydonlarda toʻrlarni ustma-ust tushirib yotqizishga yoʻl qoʻyiladi, bunda ustma-ust tushirish eni kamida 25 cm dan boʻlishi kerak.
Qatlamlari gʻishtli vertikal diafragmalar bilan biriktirilgan devorlarning har bir qatlamlarini armaturalash balandlik boʻylab koʻpi bilan 1 m oralatib joylashtiriladigan, toʻrlar vositasida amalga oshiriladi.
Diafragmalar balandlik boʻylab qadami koʻpi bilan 60 cm hamda diametri kamida 3 mm boʻlgan armatura yoki diametri kamida 5 mm boʻlgan Z-simon sterjenlar bilan armaturalanishi lozim.
6-§. Yuza qatlam tosh terilmasining ichki qatlamga mahkamlash uchun egiluvchan bogʻichlarni oʻrnatishga qoʻyiladigan talablar
143. Egiluvchan bogʻichlarning toʻrlari alohida-alohida sterjenlar, plastinalar koʻrinishida boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bogʻichlarning materiallari poʻlat armatura, polimer kompozit materiallardan tayyorlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yakka bogʻichlarni kamida 5 dona/m2 boʻlishi hamda shaxmat tartibida oʻrnatilishi lozim.
Bogʻichlarga toʻrlarning balandlik boʻylab qadami kamida 60 cm boʻlishi kerak.
Boʻshliqlar perimetri boʻylab binoning burchaklarida va haroratga oid vertikal choklar yaqin atrofida, vertikal va gorizontal yoʻnalishdagi qadami koʻpi bilan 25 cm boʻlgan qoʻshimcha bogʻichlar oʻrnatilishi lozim.
Poʻlat armaturadan tayyorlangan bogʻichlar quyidagilarni taʼminlashi kerak:
qorishmali chok ichida bukilgan (Z va G-simon) uchi bilan mahkamlangan yakka poʻlat sterjenlar diametri kamida 5 mm boʻlishini.
Toʻr koʻrinishidagi yakka bogʻichlar, shuningdek gorizontal choklarda joylashgan toʻrlar yoki sterjenlarga payvandlash vositasida qotiriladigan bogʻichlar diametri 3 mm boʻlgan poʻlatdan bajarilishini.
Yakka bogʻichlar qorishmali vertikal choklardan kamida 2 cm da oʻrnatilishi kerak.
Bogʻichli toʻrlar diametri 3 — 5 mm boʻlgan poʻlat armaturadan bajarilishi lozim.
Toʻrlarni tayyorlashga qoʻyiladigan talablar GOST 23279-2012 muvofiq boʻlishi lozim.
Kompozit materiallardan tayyorlangan bogʻichlar oʻrnatilganda tosh terilma qorishmasining mustahkamligi M100 dan past boʻlmagan markaga mos boʻlishi kerak.
Yakka bogʻichlarni qorishmali gorizontal choklar ichiga joylashtirish chuqurligi bogʻich materialiga va tosh terilmasining qalinligiga bogʻliq boʻlishi lozim.
Faqat choʻzilish uchun ishlaganda bikrligi va mustahkamligi taʼminlangan bogʻlanishlarda qatlamlar orasidagi tirqishlarga tirgaklar oʻrnatilishi kerak.
Polimer kompozit materiallardan tayyorlangan toʻrlarni tosh terilmasi yuza qatlamining qalinligiga sidirgʻa kiritilishi zarur.
Poʻlat armatura va polimer kompozit materiallardan tayyorlangan konstruksiyalar, balandligi boʻyicha boshqariladigan bogʻlanishlar mustahkamligi va qattiqligi boʻyicha eksperimental sinovdan oʻtishi, bunda barcha turdagi bogʻlanishlarning gorizontal siljishining maksimal qiymati bogʻlanishning oʻzi kabi deformatsiyalarni hisobga olgan holda hisobiy yuklanish taʼsirida 1 mm dan oshmasligi lozim.
Bogʻichlarning korroziyaga bardoshliligi mazkur SHNQning 138‑bandiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Devorlarning yuza qatlamidagi burchaklarida vertikal deformatsiyali choklar boʻlmagan devorlar uchun, devorlarning burchaklaridagi aloqalar, keltirilgan konstruksiya talablarga muvofiq harorat-namlik deformatsiyalari va shamol ogʻirligining umumiy taʼsiridan tortilish uchun aloqalar va ularning ankerlash uzellarini hisoblash natijalari boʻyicha tanlanadi.
Tosh terilmasining ichki va tashqi qatorlarida bogʻichlar joylashgan sathda bir-biri bilan oʻzaro kamida 5 mm ustma-ust tushmaganda asosiy tosh terilmasining toshlari ichiga montaj qilinadigan yoki balandlik boʻylab tartibga solinadigan egiluvchan bogʻichlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
7-§. Devor va ustunlarni ankerlash
144. Tosh devorlar va ustunlar orayopmalar va qoplamalarga 1 m uzunlikdagi kesimi kamida 0,5 sm2 boʻlgan ankerlar bilan mahkamlanishi lozim.
145. Toʻsinlar, sarrovlar, fermalarning uchlari devorlarga ankerlar bilan qotirilishi kerak.
Devorlarga tayanadigan yigʻma panellar yoki panellardan tayyorlangan ankerlar aro masofa koʻpi bilan 3 m boʻlishi lozim.
Masofa ortib borgan sayin devorni qoplama bilan biriktiruvchi qoʻshimcha ankerlarni hisobga olish lozim.
Sarrovlar ichki devorlar yoki ustunlar uzra yotqiziladigan toʻsin va plitalarning uchlari ankerlangan hamda ikki taraflama tayanishda oʻzaro birlashtirilgan boʻlishi kerak.
146. Karkasli binolardagi oʻzini-oʻzi koʻtarib turuvchi devorlar ustunlar bilan devor va ustunlarning oʻzaro bir-biriga bogʻliq boʻlmagan, vertikal deformatsiyalariga yoʻl qoʻyuvchi, egiluvchan bogʻichlar vositasida birlashtirilgan boʻlishi lozim.
Ustunlarning balandligi boʻylab oʻrnatiladigan bogʻichlar devorlarning ustuvorligini, shuningdek ularga taʼsir koʻrsatuvchi shamol yuklarini karkas ustunlariga uzatilishini taʼminlashi kerak.
147. Ankerlarning hisoblari quyidagi holatlar uchun olib borilishi zarur:
ankerlar aro masofa 3 m dan ortiq boʻlganda;
ustun yoki devor qalinligi nosimmetrik oʻzgaruvchanligida;
normativ kuchning kattaligi 1000 kN (100 t) dan ortiq boʻlgan holatdagi oraliq devorlarida.
Ankerdagi hisobiy zoʻriqishi quyidagi formula orqali aniqlanishi lozim:
(97)
bu yerda:
— orayopma yoki qoplamalarning devorga, ankerlar aro masofaga (ushbu SHNQning 13-rasmida keltirilgan) teng boʻlgan kenglikda tayanish joylaridagi sathda mazkur SHNQning 112-bandiga koʻra taʼsir qiluvchi hisobiy yuklardan paydo boʻladigan eguvchi moment;
— qavat balandligi;
— ankerning, ankerlar aro masofaga teng boʻlgan kenglikdagi joylashuv sathida taʼsir koʻrsatuvchi hisobiy normal kuchi.
Mazkur bandning koʻrsatmalari vibro-gʻishtli panellardan qilingan devorlarga yoʻl quyilmaydi.
13-rasm. Ankerda, orayopma sathidagi eguvchi moment taʼsirida paydo boʻlayotgan zoʻriqish
148. Devor yoki pardevorlarning qalinligi ularning konturi boʻylab tayanishini hisobga olgan holda tayinlangan boʻlsa, ularning yon tarafdan tutashayotgan konstruksiyalarga va tepadagi orayopmaga qotirilishini hisobga olishi kerak.
8-§. Konstruksiyalar elementlarining tosh terilmasiga tayanishi
149. Mahalliy yuklarni tosh terilmasiga uzatuvchi elementlarning tayanish maydonlari ostidagi qalinligi koʻpi bilan 15 mm boʻlishi, bunda loyihada qorishma qatlamini hisobga olish lozim.
150. Pachoqlanishga hisoblar boʻyicha talab qilinganda mahalliy yuklarning qoʻyilish joylarida armaturaning umumiy miqdori beton hajmining 0,5 foizidan ortiq boʻlgan ikkita toʻr bilan hisob-kitob boʻyicha armaturalangan hamda qalinligi tosh terilmasi qatorlarining qalinligiga karrali, biroq kamida 15 sm boʻlgan taqsimlovchi plitalar oʻrnatishi kerak.
151. Fermalar, qoplama toʻsinlari, kran osti toʻsinlari pilyastralarga tayanganda, taqsimlovchi plitalarning tosh terilmasining tayanish maydonlarida asosiy devor bilan bogʻlab qoʻyishni hisobga olish lozim.
Mazkur SHNQning 14-rasmida keltirilgan plitalarning dekor ichiga qistirilish chuqurligi kamida 12 cm dan boʻlishi kerak.
Plitalar ustida joylashgan gʻisht terilmasini bevosita plitalar oʻrnatilgandan keyin amalga oshirishni hisobga olish lozim.
Devorlarni taxlashda plitalar ostiga egatlar qurish va ularga plitalar oʻrnatishga (montaj qilish) yoʻl qoʻyilmaydi.
14-rasm. Taqsimlovchi temir-beton plitalar
152. Mahalliy siqilganda chegaraviy yuklamalar tosh terilmasining hisobiy yuk koʻtarish qobiliyatining 80 foizdan ortiq boʻlganda, tosh terilmasi konstruksiyasining tayanch qismi maydonini diametri kamida 3 mm dan kam boʻlmagan, kataklar oʻlchami 60x60 mm dan ortiq boʻlmagan, kamida uchta yuqori gorizontal choklarga joylashtirilgan sterjenlar bilan armaturalanishi kerak.
Mahalliy yuklar deraza va eshik usti toʻsiini (peremichka)larga uzatilganda, taqsimlovchi plitalardan 1 m pastda joylashgan maydoni tosh terilmasining har uchta qator orqali ushbu bandda keltirilgan toʻrlar bilan armaturalanishi lozim.
Toʻrlar deraza va eshik usti toʻsini (peremichka)ning tayanch maydonlarini devorning asosiy qismi bilan birlashtirishi va devorga kamida 12 cm chuqurlikkacha qistirib qoʻyilishi kerak.
9-§. Elementlarning gʻisht terilmasiga tayanish tugunlarining hisobi
153. Temir-beton sarrovlar, toʻsinlar va toʻshamalarning tosh devorlar va ustunlarga tayanganda, tayanish tugunidan pastroqda joylashgan kesimlarni markazdan tashqari siqilishga va pachoqlanishga hisobidan tashqari, shuningdek tosh terilmasi va temir-beton elementlar boʻyicha kesim markaziy siqilishga ham tekshirilishi kerak.
Tayanish tugunining markaziy siqilishidagi hisobini quyidagi formulaga koʻra amalga oshirish lozim:
(98)
bu yerda:
— tayanish tugunidagi tosh terilmasi va temir-beton elementlar kesimlarining, ushbu elementlar yotqizilgan devor yoki ustun konturi chegaralaridagi jamlanma maydoni;
— tosh terilmasining siqilishga hisobiy qarshiligi;
— tugundagi temir-beton elementlari tayanish maydonining kattaligiga bogʻliq boʻlgan koeffitsiyenti;
— temir-beton element tarkibidagi gʻovaklar xiliga bogʻliq boʻlgan, koeffitsiyenti.
Barcha turdagi temir-beton elementlarning (sarrovlar, toʻsinlar, deraza va eshik usti toʻsiini (peremichka)lar, belbogʻlar va toʻshamalarning) tayanishidagi koeffitsiyent quyidagicha qabul qilinadi:
boʻlgan taqdirda ,
boʻlgan taqdirda,
bu yerda:
— tugundagi temir-beton elementlarining jami yuzasi.
ning oraliq qiymatlarida koeffitsiyenti interpolyatsiya boʻyicha aniqlanadi.
Agar tosh terilmasiga turlicha tarafdan tayangan temir-beton elementlar (toʻsinlar, toʻshamalar) bir xil balandlikka va ularning tugundagi tayanish maydonlari boʻlsa hisobni koeffitsiyentini eʼtiborga olmagan holda mazkur SHNQning 91-formulasiga muvofiq deb amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
koeffitsiyenti quyidagicha qabul qilinadi:
ichi sidirgʻasiga yaxlit elementlarda va dumaloq gʻovaklarga ega toʻshamalarda — 1;
tuxumsimon shakldagi gʻovaklarga ega va tayanish maydonlarida xomutlar mavjud boʻlgan toʻshamalarda — 0,5.
154. Toʻlgʻazilmagan gʻovaklarga ega boʻlgan yigʻma temir-beton toʻshamalarda tayanish tugunining umumiy yuk koʻtarish qobiliyatini tekshirishdan tashqari, toʻshama qovurgʻalarini kesib oʻtuvchi gorizontal kesimning yuk koʻtarish qobiliyati quyidagi formulaga koʻra tekshirib koʻrilishi kerak:
(99)
bu yerda:
— betonning oʻq boʻylab siqilishga hisobiy qarshiligi SHNQ 2.03.01-24ga muvofiq qabul qilinadi;
— toʻshamaning, uning tosh terilmasiga tayanish uzunligi boʻylab, gʻovaklar bilan kuchsizlangan gorizontal kesimining yuzasi (qovurgʻalar kesimining jamlanma yuzasi);
— tosh terilmasining siqilishga hisobiy qarshiligi;
— tosh terilmasining tayanish tuguni chegarasidagi (toʻshamalar maydonlari egallagan, kesim qismlarni istisno qilingan) kesimi yuzasi;
— ogʻir betonlar uchun va gʻovaksimon toʻldiruvchilarda tayyorlangan beton uchun.
15-rasm. Konsolli toʻsinlarning qistirilish hisobiy sxemalari
155. Konsolli toʻsinlar tosh terilmasi ichiga qistirilishining mazkur SHNQning 15a-rasmida keltirilgan sxema hisobini quyidagi formulaga koʻra amalga oshirilishi lozim:
(100)
bu yerda:
— toʻsin vazni va unga qoʻyilgan yuklardan tushayotgan hisobiy yuk;
— tosh terilmasining pachoqlanishdagi hisobiy qarshiligi;
— toʻsinning tosh terilmasi ichiga qistirilish chuqurligi;
— toʻsin tokchalarining kengligi;
— hisobiy kuchning qistirilish oʻrtasiga nisbatan ekssentrisiteti:
kuchning devor sirtidan masofasi.
Qistirilishning zaruriy chuqurligini quyidagi formulaga koʻra aniqlanishi lozim:
(101)
Agar toʻsin uchi qistirmasi mazkur SHNQning 100-formulasi boʻyicha hisobni bajarilish taʼminlamasa, bunda qistirilish chuqurligini orttirish yoki toʻsin osti va ustidan taqsimlovchi oraqistirmalar yotqizilishi lozim.
Agar yukning qistirilish maydoni markaziga nisbatan ekssentrisiteti qistirilish chuqurligidan 2 baravar ortiqroq boʻlsa (), siqilishdan vujudga kelayotgan zoʻriqishlar hisobga olinmasligi mumkin, bunda hisoblashda qoʻyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
(102)
Kengligi qistirma chuqurligining 1/3 qismidan ortiq boʻlmagan ensiz toʻsinlar koʻrinishidagi taqsimlovchi ostliklar qoʻllanilganda ularning ostida toʻgʻri burchakli zoʻriqishlar epyurasini mazkur SHNQning 15b-rasmida keltirilgan sxemaga koʻra qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
10-§. Deraza va eshik usti toʻsini (peremichka) va osma devorlar
156. Temir-beton deraza va eshik usti toʻsini (peremichka)larni yangi qoʻyilgan, qotishga ulgurmagan tosh terilmasining yukiga va bosimiga hisoblab chiqish kerak,
Bunda, tosh terilmasining balandligi, yozgi sharoitlarda gʻisht uchun 1/3 va qish sharoitlarida tosh terilmasi uchun butun bir qatlamga teng boʻlishi kerak (erishish bosqichida).
Tegishli konstruktiv tadbirlar mavjud boʻlganda (yigʻma deraza va eish usti toʻsinlarda boʻrtiqlar, armatura chiqarmalari) deraza va eshik usti toʻsini bilan birgalikdagi ishni hisobga olishga yoʻl qoʻyiladi.
Agar toʻsinlar va orayopma toʻshamalari, deraza va eshiklar usti toʻsini (peremichka) oraligʻiga teng boʻlgan tomonga ega tosh terilmasi kvadratidan balandroqda, muzlatuv usulida bajarilgan hamda muzdan erib tushuvchi tosh terilmasida, deraza va eshik usti toʻsini (peremichka) sof oraligʻining ikki baravariga teng, balandlikka ega toʻgʻri burchakli tosh terilmasidan balandroqda joylashgan boʻlsa, ulardan deraza va eshik usti toʻsini (peremichka)ga tushuvchi yuk inobatga olinmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
Deraza va eshik usti (peremichka)ning tosh terilmasini muzdan eritib tushirilganda, eritish va tosh terilmasining dastlabki qota boshlash davrida ponalarga ega muvaqqat poyalar oʻrnatib kuchaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Brussimon deraza va eshiklar usti toʻsin (peremichka)lar aro vertikal choklarda ularning issiqlik uzatish boʻyicha talab qilinuvchi qarshiligi taʼminlanmaganda isituvchi yotqizishni hisobga olish lozim.
157. Randbalkalar koʻtarib turadigan osma devorlarning tosh terilmalarini randbalkalarning tayanchlari usti sohasidagi hamda tosh terilmasining mustahkamligi, shuningdek randbalkalar tayanchlari ostida pachoqlanishga qarshi mustahkamlikka tekshirish lozim.
Devor va randbalka tutashish tekisligidagi bosimning taqsimlanish epyurasi uzunligini tosh terilmasi va radbalkaning bikrliklariga bogʻliq tarzda aniqlanishi, bunda randbalka bikrligi boʻyicha ekvivalent boʻlgan balandligi quyidagi formulaga koʻra aniqlanadigan shartli tosh terilma belbogʻi bilan almashtirilishi lozim:
(103)
bu yerda:
— betonning boshlangʻich elastiklik moduli;
— randbalka keltirilgan kesimining SHNQ 2.03.01-24ga muvofiq qabul qilinadigan inersiya momenti;
— tosh terilmasining mazkur SHNQning 7-formulasiga koʻra aniqlanadigan deformatsiya moduli;
— osma devorning qalinligi.
Poʻlat randbalkalarning bikrligi quyidagi koʻpaytirma sifatida aniqlanadi:
bu yerda:
va — poʻlatning elastiklikk moduli va randbalka kesimining inersiya momenti.
158. Uzluksiz randbalkalarning oraliq tayanchlari ustidagi tosh terilmasidagi bosimning taqsimlanish epyurasini mazkur SHNQning 16 a-rasmida keltirilgan uchburchak shaklida va ushbu SHNQning 16 b-rasmida keltirilganda kichik asosi teng boʻlgan trapetsiya shaklida qabul qilinishi lozim.
Pachoqlanish zoʻriqishlarining maksimal kattaligi (uchburchak yoki trapetsiyaning balandligi) randbalka bosimi va tayanch reaksiyasi epyuralarining hajmi oʻzaro tengligi shartidan kelib chiqib quyidagi formulalarga koʻra aniqlanishi kerak:
bosim epyurasi uchburchak shaklda boʻlganda ()
(104)
bosim epyurasi trapetsiya shaklida boʻlganida
(105)
bu yerda:
— tayanch uzunligi (oradevor kengligi);
— randbalkaning uning oraligʻi va tayanch uzunligi sarhadida joylashgan hamda uning xususiy ogʻirligini istisno qilingan, yuklar taʼsirida vujudga keladigan tayanch reaksiyasi;
— bosimning tayanch qirrasidan har tarafga taqsimlanish epyurasi maydonlarining uzunligi;
— devor qalinligi.
Agar boʻlsa, u holda mazkur SHNQning 105-formulasidagi qiymatning oʻrniga tayanchning oradevorning har tarafidagi uzunligi boʻlgan mazkur SHNQning 16 v-rasmida keltirilgan ikkita maydonchasidan iborat va qiymatga teng boʻlgan hisobiy uzunligini qabul qilish lozim.
159. Randbalkalarning chetki tayanchlari uzra, shuningdek bir oraliqli randbalkalarning tayanchlari uzra bosimlarning taqsimlinish epyurasini asosi quyidagiga teng boʻlgan mazkur SHNQning 16g-rasmida keltirilgan uchburchak shaklida qabul qilinishi lozim:
(106)
bu yerda:
— bosimning tayanch qirrasidan boshlab taqsimlanish maydonchasi uzunligi;
— randbalka tayanish maydonchasining uzunligi, biroq koʻpi bilan ( — randbalka balandligi).
Randbalkaning tayanch ustidagi maksimal zoʻriqishi
(107)
16-rasm. Bosimning osma devorlar tayanchlari ustidagi tosh terilmasida taqsimlanishi
a — uzluksiz toʻsinlarning oʻrtadagi tayanchlarida boʻlgandagi;
b — uzluksiz toʻsinlarning oʻrtadagi tayanchlarida boʻlgandagi;
v — uzluksiz toʻsinlarning oʻrtadagi tayanchlarida boʻlgandagi;
g — randbalkalar uzluksiz toʻsinlarining chetki tayanchlaridagi va bir oraliqli randbalkalar tayanchlaridagi
160. Osma devorlar tosh terilmalarining randbalkalar tayanchlar ustida joylashgan mahalliy siqilishdagi mustahkamligini mazkur SHNQning 58 — 61‑bandlarida keltirilgan talablar boʻyicha tekshirib koʻrish lozim.
Uzluksiz randbalkalar tayanchlari ostidagi tosh terilmasining mahalliy siqilishga hisob-kitobini bir oraliqli randbalkalar va uzluksiz randbalkalarning chetki tayanchlari uchun uning qirrasidan koʻpi bilan uzunlikka ega ( — randbalka balandligi), tayanch chegaralarida joylashgan hamda ortigʻi bilan uzunlikka ega boʻlgan maydon uchun amalga oshirilishi, shuningdek bir oraliqli randbalkalar tayanchlarining uzunligi kamida boʻlishi kerak.
Agar hisob-kitob qilinayotgan kesim randbalka qirrasidan balandlikda joylashgan boʻlsa, maydonlarning va uzunligini aniqlashda tosh terilmasi belbogʻining balandligini deb qabul qilish kerak.
Osma devorlarning mahalliy siqilishga hisoblashda kesimning hisobiy yuzasini uzluksiz radbalkalarning oraliq tayanchlari ustida joylashgan sohada kesimning oʻrta qismidan mahalliy yuklar bilan yuklatilgan tosh terilmasi kabi bir oraliqli randbalkalar tayanchlari yoki uzluksiz randbalkalarning chetki tayanchlari uzra sohada, shuningdek tosh terilmalarining hisoblarida, kesimning qirgʻogʻi boʻylab yuklatilgan tosh terilmasi uchun kabi randbalkalar tayanchlari ostida qabul qilinishi lozim.
161. Osma koʻpriklar tosh terilmalaridagi bosimning teshiklari mavjudligida taqsimlanish epyurasini trapetsiya shaklida qabul qilish lozim.
Teshik sarhadida bosim epyurasidan ayrib tashlanadigan uchburchak maydoni epyuraning qolgan qismiga qoʻshib qoʻyiladigan mazkur SHNQning 17-rasmida keltirilgan parallelogrammning teng-baravar yuza bilan alishtiriladi.
Mazkur SHNQning 160-bandiga muvofiq teshiklar randbalka uzra balandlikda joylashganida maydonning uzunligi mos tarzda kattalashadi.
17-rasm. Teshiklar mavjud boʻlganligida osma devorlar tosh terilmalaridagi bosimning taqsimlanish epyurasi
162. Randbalkalarni hisoblash ikkita yuklash holati uchun quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
devorlarni qurish davrida taʼsir qiluvchi yuklarga;
devorlar gʻishtdan, sopol toshlardan yoki oddiy beton toshlardan terilganda, yoz mavsumida terilayotgan tosh terilmasi uchun balandligi oraliqning 1/3 qismiga teng boʻlishi hamda qish mavsumida terilayotgan (tosh terilmasini muzlatib bajarilganida muzdan erib tushish bosqichida mazkur SHNQning 205-bandiga muvofiq), tosh terilmasi uchun oraliqning butun uzunligiga teng boʻlgan, qotib ulgurmagan tosh terilmasining xususiy ogʻirligidan tushayotgan yuk qabul qilinishi;
devorlar yirik (beton yoki gʻisht) bloklardan terib qurilganda, tushayotgan yuklarga randbalkalar hisob qilinishi kerak boʻlgan tosh terilmasi belbogʻining balandligi bir qator bloklar balandligidan ½ ga teng boʻlishi, biroq undan kam boʻlmasligi;
eshik va deraza teshiklar mavjudligida va tosh terilmasi belbogʻining randbalkalar ustidan deraza tokchasigacha boʻlgan balandligi oraliqning 1/3 qismidan kamroq boʻlganligida devor tosh terilmasining mazkur SHNQning 18-rasmida keltirilgan temir-beton yoki poʻlat deraza va eshik usti toʻsinlar tepa qirrasigacha boʻlgan vazni eʼtiborga olinishi;
ponasimon va arkali deraza va eshik usti toʻsinlarda devorlar tosh terilmasining deraza va eshik teshik tepasi sathidan oʻz kengliging 1/3 qismidan ortuvchi sathgacha boʻlgan ogʻirligi eʼtiborga olinishi;
qurilishi yakunlangan binoga taʼsir etuvchi yuklarga, bunda ushbu yuklarni tayanchlardan va toʻsinlar koʻtarib turadigan toʻsinlarga uzatiladigan hamda yuqorida keltirilgan bosimlarning epyuralaridan kelib chiqib aniqlanishi lozim.
Toʻsinlardagi armaturaning miqdori va joylashuvining hisobi, yuqorida keltirilgan ikkita holat boʻyicha aniqlangan eguvchi momentlar va koʻndalang kuchlarning maksimal kattaliklari boʻyicha tayinlanadi.
18-rasm. Devorda teshik mavjudligida randbalkaga tushadigan yuklar sxemasi
1 — randbalkaga tushayotgan yuk, 2 — temir-beton deraza va eshiklar usti toʻsini (peremichka)
11-§. Karnizlar va parapetlar
163. Devorlar tepa maydonlarining bevosita karnizlar ostida joylashgan, kesimlardagi hisobi bino tayyorlining ikkita bosqichi uchun amalga oshiriladi:
tom va chordoq orayopmasi mavjud boʻlmagan yakunlanmagan bino uchun;
qurilishi yakunlangan bino uchun.
164. Qurilishi yakunlanmagan bino uchun karniz ostidagi devorning hisoblarida quyidagi yuklarni eʼtiborga olish kerak:
agar (monolit temir-beton va armaturalangan tosh karnizlar uchun) karniz va qoliplar, tosh terilmasida mahkamlangan, konsollar yoki havonlar vositasida tutib turiladigan boʻlsa, ularning xususiy ogʻirligidan tushayotgan hisobiy yuklarni;
karniz qirgʻogʻi boʻylab araqaning har 1 m uchun yoki, agar uning uzunligi 1 m dan kam boʻlsa, yigʻma karnizning bitta elementi uchun 100 kg hisobiy vaqtincha yukni;
devorning ichki tarafiga tushayotgan normativ shamol yuki.
Loyihaga koʻra karnizning ustuvorligini taʼminlab turgan ankerlarning uchlari chordoq orayopmasi ostida qistirib mahkamlab qoʻyiladigan boʻlsa, u holda hisobda chordoq orayopmasining mavjudligini (butkul yoki qisman) eʼtiborga olish kerak.
Hisoblarda, shuningdek karnizning ustuvorligi, tosh terilmasi qotib ulgurmagan, holat uchun ham tekshirib koʻrilishi kerak.
165. Qurilishi yakunlangan binolarning karnizlari va karniz osti maydonlari quyidagi yuklarga hisob qilinishi kerak:
Binoning ham devorning tashqi qirrasiga nisbatan agʻdaruvchi moment yaratuvchi, ham devorning ustuvorligini orttiruvchi barcha elementlari ogʻirligiga, shu oʻrinda tom vazni shamol yukining soʻruvchi taʼsiri kattaligiga kamaytirilib qabul qilinadi;
karnizning 1 m uchun yoki uzunligi 1 m dan kichik boʻlgan yigʻma karnizning bitta elementi uchun 150 kg hisobiy yukka;
hisobiy shamol yukining teng yarmiga.
Karnizlar hisobida qordan tushuvchi yuk eʼtiborga olinmaydi.
166. Karnizning tosh terilmalari qatorlarini boʻrttirib chiqarish vositasida shakllantirilgan umumiy boʻrttirmasi devor qalinligining yarmidan oshmasligi kerak. Bunda, har bir qatorning boʻrtib chiqib turilishi tosh yoki gʻisht uzunligining 1/3 qismidan oshmasligi kerak.
Uch qatlamli devorlardagi qatorlarni boʻrttirib chiqarib shakllantirilgan gʻishtdan karnizlar oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
167. Devor qalinligining yarmidan kamroq boʻrtib chiqib turishga ega boʻlgan, hamda 20 sm dan ortiq boʻlmagan, karnizlarning tosh terilmalari uchun xuddi yuqori qavat tosh terilmasi uchun qoʻllanilgan kabi qorishmalardan foydalanish kerak. Gʻishtli karnizlar koʻproq boʻrttirib chiqarilganda qorishma markasi kamida 50 boʻlishi kerak.
168. Karniz va panjara-toʻsiqlarning (parapetlarning) ustuvorligi yetarlicha boʻlmaganda ular, tosh terilmasining pastki maydonlarida qistirib qotiriladigan, ankerlar bilan mahkamlanishi kerak.
Agar ankerlarning uchlari alohida-alohida shaybalar bilan mahkamlanadigan boʻlsa, ankerlar aro masofa koʻpi bilan 2 m boʻlishi kerak. Ankerlarning uchlari toʻsin ortiga yoki sarrov uchlarining ortiga mahkamlanishida ankerlar aro masofani 4 m gacha kattalashtirish mumkin. Ankerlarni qistirib qotirilish oʻrni, ular hisob-kitob boʻyicha talab qilinadigan kesimdan kamida 15 cm pastroq joylashishi kerak.
Temir-beton chordoq orayopmalarida ankerlarning uchlarini ularning ostiga qistirib qotirish kerak.
Temir-beton elementlardan qilingan yigʻma karnizlarda bunyod qilishda har bir elementning ustuvorligi taʼminlanishi kerak.
169. Ankerlarning tosh terilmasi ichida devor ichki sirtidan ½ gʻisht masofada joylashishi kerak.
Tosh terilmasining tashqarisida joylashgan ankerlar (anker sirtidan oʻlchangan) 3 cm qalinlikdagi sementli suvoq bilan muhofazalangan boʻlishi kerak.
Markasi 10 va undan past boʻlgan qorishmalarda yotqizilgan tosh terilmalarida ankerlar keyinchalik beton bilan toʻldirib, suvaladigan, joʻyaklarga botirib oʻrnatilishi kerak.
170. Anker kesimini quyidagi formulaga koʻra aniqlanadigan zoʻriqish boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
(108)
bu yerda:
— hisobiy yuklardan vujudga keladigan eng katta eguvchi moment;
— devor kesimining siqilgan qirgʻogʻidan anker oʻqigacha boʻlgan masofa (kesimning hisobiy balandligi).
171. Karnizlar ostidagi devorlarning tosh terilmalari markazdan tashqari siqilishga tekshirilishi zarur.
Ankerlar mavjud boʻlmaganda hamda ularning qistirilib mahkamlanish sathlaridagi kesimlarda ankerlar mavjudligida dan ortiq ekssentrisitetlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Zoʻriqishlarni uzatishga tegishli barcha tugunlar (ankerlar, anker toʻsinlari qistirib qotirilish joylari) hisob-qitob orqali tekshirilishi kerak.
172. Parapetlarning pastki kesimlarida xususiy ogʻirligidan hamda 1,4 ga teng aerodinamik koeffitsiyenti bilan qabul qilinadigan hisobiy shamol yuki taʼsirida vujudga keladigan yuklar taʼsirdagi markazdan tashqari siqilishga hisob-kitob qilinishi lozim.
Ankerlar mavjud boʻlmaganda dan ortiq boʻlgan ekssentrisitetga yoʻl qoʻyilmaydi.
173. Karnizlar va panjara-toʻsiqlar (parapetlar) ustuvorligini orttiruvchi yuklar 0,9 koeffitsiyent bilan qabul qilinishi zarur.
12-§. Poydevorlar va yertoʻlalarning devorlari
174. Devor terishga taalluqli materiallardan quriladigan poydevorlarni, yertoʻla devorlarini va sokollarni yirik va mayda beton bloklar va toshlardan muntazam va muntazam boʻlmagan shakldagi tabiiy toshlardan, monolit beton va xarsangtoshli betondan, plastik tarzda shakllantirilgan ichi sidirgʻasiga yaxlit sopol gʻishtlardan loyihalash lozim.
Klinkerli ichi gʻovak gʻishtni yertoʻlalarning ichki devorlari va pardevorlarida hamda yertoʻlalarning tashqi devorlarini qoplashda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Mustahkamligi 20,0 MPa va sovuqqa bardoshliligi F100 hamda undan yuqori boʻlgan ichi sidirgʻasiga yaxlit silikat bloklarni quyidagi talablarga koʻra pasaytirilgan binolardagi poydevorlarni va yertoʻlalarning tashqi devorlarini qurish uchun ishlatilishi lozim:
gorizontal va vertikal yelimlanma (kamida ikki qatlamli) gidroizolyatsiyaning mavjudligida;
tosh terilmasining vertikal choklarini qorishma bilan toʻldirishda;
yertoʻlalar devorlarini qurishda issiqlik izolyatsiyasini qoʻllashda;
kislotali yer osti suvlari hamda tarkibida sulfatlarga ega agressiv gruntlar va yer osti suvlarning mavjud emasligida;
poydevorlar tosh terilmasi markasi M100 va undan yuqori boʻlgan ogʻir qorishmalarda bajarilishida.
Silikat bloklarning sovuqqa bardoshliligiga qoʻyiladigan talablar yertoʻlalar va poydevorlarning tuproqning muzlash sathidan pastroqda joylashgan, issiqlashtirilgan devorlariga tegishli boʻlgan hamda ushbu koʻrsatkich normalashtirilmaydigan tosh terilmalariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yertoʻla yoki poydevor devorini hisoblashda uning qalinligi aynan uning oʻz ustida joylashgan devor qalinligidan kam boʻlganda tasodifiy ekssentrisitetni mm olish lozim.
Ushbu ekssentrisitetning qiymati boʻylama kuchlarning teng taʼsir etuvchisining ekssentrisiteti qiymati bilan qoʻshilishi kerak.
Birinchi qavat devorining qalinligi poydevor devorining qalinligidan 200 mm dan oshmasligi lozim.
Mazkur SHNQning 143-bandiga muvofiq birinchi qavatning bevosita kesilgan ustida joylashgan maydonchasi toʻrlar bilan armaturalanishi kerak.
175. Poydevorlar tagi chuqurliklarining bir sathdan boshqasiga oʻtib borishi pogʻonalar bilan amalga oshirilishi lozim.
Zich gruntlarda bitta pillapoya balandligining uning oʻz uzunligiga nisbati koʻpi bilan 1:1 va bitta pillapoya balandligi koʻpi bilan 1 m boʻlishi kerak.
Zich boʻlmagan gruntlarda bitta pillapoya balandligining uning oʻz uzunligiga nisbati koʻpi bilan 1:2 va bitta pillapoya balandligi koʻpi bilan 0,5 m boʻlishi kerak.
Xarsangtoshli betondan va xarsangtoshdan qilingan poydevorlarni uraning oʻz taglari tomon kengaytirmasi pillapoyasimon shaklda amalga oshirilishi lozim.
Xarsangtoshli beton uchun bitta pillapoya balandligi kamida 30 cm, xarsangtoshli terilmada tosh terilmasining ikki qatori baravar (35 — 60 cm) qabul qilinadi.
Xarsangtoshli betondan va xarsangtoshdan tayyorlangan poydevorlar uchun bitta pillapoya balandligining oʻz kengligiga minimal nisbatlari quyidagi 34-jadvalda keltirilganlaridan kam boʻlmasligi kerak.
34-jadval

Beton sinfi

Qorishma markasi

Hisobiy yuk quyidagicha boʻlgandagi alohida-alohida olingan pillapoyalar balandliklarining oʻz kengliklariga minimal nisbati, MPa (kgf/cm2)

 (2,0)

 (2,5)

V3,5 — V7,5

50 — 100

1,25

1,5

V1-V2

10 — 25

1,5

1,75

-

4

1,75

2,0

Izoh. Pillapoyalarni egilishga va qirqilishga tekshirish talab qilinmaydi.

176. Poydevorlar va yertoʻla devorlari quyidagicha boʻlishi lozim:
xarsangtoshli betonlardan tayyorlangan devorlarning qalinligi kamida 35 cm va ustunlar kesimlarining oʻlchamlari kamida 40 cm;
xarsangtoshli terilmadan tayyorlangan devorlarning qalinligi kamida 50 cm va ustunlar kesimlarining oʻlchamlari kamida 60 cm.
177. Yertoʻlalarning tashqi devorlari gruntning yon bosimi hamda yer yuzasida joylashgan yuk taʼsirini eʼtiborga olgan holda hisob-kitob qilinishi kerak.
Maxsus talablar mavjud boʻlmaganda, yer yuzasidagi normativ yukni 1000 kg/m2 deb qabul qilish lozim.
Yertoʻlalarning devorlarini ikkita qoʻzgʻalmas sharnirli tayanchlarga ega toʻsinlar sifatida hisob-kitob qilish lozim.
13-§. Yupqa devorli gumbazsimon qoplamalar
178. Yupqa devorli gumbazsimon qoplamalarni ikki yoqlama gumbazlar koʻrinishida loyihalash lozim.
Ikki yoqlama gumbazlarning tosh terilmalari uchun quyidagilarni qoʻllash kerak:
gumbazlar oraligʻi 18 m gacha boʻlgandagi markasi kamida 75 va katta oraliqlarda markasi kamida 100 boʻlgan sopol (ichi sidirgʻasiga yaxlit yoki gʻovak) yoki silikat gʻisht;
ogʻir beton, gʻovaksimon toʻldiruvchili beton, sement solinib avtoklavlangan sergʻovakli beton, shuningdek markasi kamida 50 boʻlgan tabiiy toshlar.
Gumbazlarning oraligʻi 12 m gacha boʻlganda markasi 25 dan past boʻlgan, tabiiy toshlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi, bunda gumbazlarning qalinligi kamida 9 sm boʻlishi kerak.
179. Ikki yoqlama egrilikka ega boʻlgan gumbazlarning tosh terilmalari uchun, ularning tarkibiga gumbaz tayanchlarini hamda tosh terilmasining gumbaz tutashuvi sathidan pastroqdagi 6-7 qatori chegaralarida markasi kamida 50 boʻlgan qorishmalarni qoʻllash lozim.
180. Ikki yoqlama egilikka ega gumbazlarning hisobi ikki sharnirli yassi arkalar singari shartli hisobiy sxema boʻyicha markazdan tashqari siqilishga olib borilishi kerak.
Gumbazsimon qoplamaning maksimal eguvchi momentlarga ega kesimlaridagi bitta toʻlqini hisob-kitob qilinishi lozim.
Gumbazlarning qalinligi ¼ gʻisht boʻlgan tosh terilmasining hisobiy qarshiliklari mazkur SHNQning 17-bandiga muvofiq 1,25 koeffitsiyent bilan qabul qilinishi kerak.
181. Normal kuchning gumbazlarning koʻndalang kesimlaridagi va devorlar tepa qismlaridagi qoʻyilish ekssentrisiteti kattaligi yuklarning asosiy uygʻunliklari uchun oshmasligi kerak.
Bu yerda, — gumbaz yoki devor koʻndalang kesimi oʻqidan ekssentrisitet tarafdagi kesim chetigacha boʻlgan masofa.
Gumbazlarda, tortqilarding markazdan tashqari joylashishidan paydo boʻluvchi hisobiy eguvchi momentni kamaytirish uchun devorlarning ichki tarafidan chiqarma tayanchlar oʻrnatilishi kerak.
182. Tortqichlarning choʻzilishi, gumbazning siqilishi va tayanchlarni siljishi natijasida hosil boʻladigan hisobiy eguvchi momentlarni faqat gumbaz yumaloqlangandan keyin unga taʼsir qiladigan yuklardan (isituvchi qatlam, tom yopmasi, fonarlar, qor vazni) hisobga olish lozim.
183. Torqilardagi zoʻriqishlarni aniqlashda tosh terilmalarining deformatsiya modullarini mazkur SHNQning 7-formulasiga koʻra qabul qilish lozim.
14-§. Armaturalangan tosh terilmalariga qoʻyiladigan talablar
184. Tosh terilmasi gorizontal choklarining toʻrsimon armaturalanishini faqat gʻisht, tosh va qorishma markalarini orttirish tosh terilmasining talab qilinuvchi mustahkamligini taʼminlay olmaganida va element koʻndalang kesimi oshirilishi mumkin boʻlmagandagina qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Ustunlar va oradevorlarni hisoblashda eʼtiborga olinadigan mazkur SHNQning 77-bandiga muvofiq toʻrsimon armatura miqdori tosh terilmasi hajmining kamida 0,1 foizidan iborat boʻlishi kerak.
185. Armatura toʻrlarini ichi sidirgʻasiga yaxlit sopol yakka gʻishtdan tayyorlangan tosh terilmasining koʻpi bilan beshta qatorini oralatib yoʻgʻonlashtirilgan gʻishtdan tayyorlangan tosh terilmasining toʻrtta qatorini oralatib hamda sopol toshlardan tayyorlangan tosh terilmasining uchta qatorini oralatib yotqizish lozim.
Toʻrlarni ularning chetini oʻzaro ustma-ust tushirib tutashtirish sohasining uzunligi kamida 150 mm dan iborat boʻlishi kerak.
186. Toʻrsimon armaturaning diametri kamida 3 mm boʻlishi kerak.
Tosh terilmasining gorizontal choklaridagi armaturaning diametri quyidagilardan katta boʻlmasligi lozim:
choklardagi armatura oʻzaro kesishganida — 6 mm;
choklardagi armatura oʻzaro kesishmaganida — 8 mm.
Toʻr sterjenlari aro masofa koʻpi bilan 12 cm va kamida 3 mm boʻlishi kerak.
Armaturalangan toshli konstruksiyalar tosh terilmalarining choklari ulardagi armatura diametridan kamida 4 mm ga ortiq boʻlgan qalinlikka ega boʻlishi kerak.
187. Tosh konstruksiyalarning boʻylama armaturalanishi markazdan tashqari siqilgan (ekssentrisitetlar katta boʻlganda) va egiluvchan elementlardagi choʻzuvchi zoʻriqishlarni qabul qilish uchun, boʻlganda yupqa devorlarning mustahkamligi va ustuvorligini oshirish uchun inshootning ayrim qismlarini va butkul inshootni butunlay monolitliligini va ustuvorligini taʼminlash uchun qoʻllaniladi.
188. Tosh konstruksiyalarni boʻylama armaturalashda armutura tashqaridan sementli qorishma ostida yoki tosh terilmasining shtrabasi aro ushbu shtrabani sementli qorishma bilan toʻldirib yotqizish lozim.
189. Armaturaning ustunlar va oradevorlar hisoblarida eʼtiborga olinadigan miqdori kamida quyidagidan iborat boʻlishi kerak:
siqilgan boʻylama armatura — 0,1 foiz;
choʻzilgan boʻylama armatura — 0,05 foiz.
190. Tosh terilmasi bilan birgalikda ishlaydigan temir-beton bilan kuchaytirilgan (kompleks konstruksiyalar) tosh terilmasi xuddi boʻylama armaturali tosh terilmasi kabi mazkur SHNQning 187-bandiga muvofiq, shuningdek markaziy va markazdan tashqari siqilishdagi yuk koʻtarish qobiliyatini sezilarli darajada oshirish uchun qoʻllaniladi.
191. Kompleks konstruksiyalar uchun B12,5 dan baland boʻlmagan sinfdagi beton qoʻllanilishi lozim.
Barcha boʻylama armaturaning koʻndalang kesimi yuzasi koʻpi bilan beton koʻndalang kesimi maydonining 1,5 foizini tashkil etishi kerak.
192. Avvaldan mavjud tosh konstruksiyalarning yuk koʻtarish qobiliyati binolarni rekonstruksiyasida, ustqurmalarda yoki tosh terilmasida nuqsonlar mavjudligida, tosh terilmasini oboymalar tarkibiga kiritish yoʻli bilan orttirilishi mumkin.
Mazkur poʻlat temir-beton va armaturalangan suvoqdan qilingan oboymalar qoʻllanilishi lozim.
193. Poʻlat oboyma, kuchaytirilayotgan elementning burchaklariga oʻrnatiladi, vertikal burchakli va tasmasimon poʻlatdan tayyorlangan hamda burchaklarga payvandlab qoʻyilgan xomutlardan iborat. Xomutlar aro masofalar kuchaytirilayotgan element kesimning kichikroq balandligidan ortiq boʻlmasligi va koʻpi bilan 50 cm boʻlishi kerak. Poʻlat oboymaning qalinligi 25-30 mm boʻlgan sementli qorishma qatlami bilan korroziyadan himoyalangan boʻlishi kerak.
Qorishma bilan ishonchli ilashishi uchun poʻlat burchaklar va tasmasimon poʻlat metall toʻr qoplab berkitilishi lozim.
194. Temir-beton oboyma vertikal sterjenlar va payvandlanma xomutlar bilan armaturalanganda V12,5 — V15 markali betondan bajarilishi kerak.
195. Qorishmadan tayyorlangan oboyma xuddi temir-betondan qilinganiga oʻxshash aramaturalanadi, biroq armatura beton oʻrniga 50-100 markadagi sementli qorishma qatlam bilan qoplanishi kerak.
15-§. Deformatsiya choklari
196. Binolarning tosh devorlaridagi harorat-kirishuvchanlik choklari tosh terilmasining foydalanish shart-sharoitlariga koʻra yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan, parchalanishlarini, darzlarini, ogʻishlarini va oʻz choklari boʻylab (choʻzinchoq armatura va poʻlat kiritmalarning uchlari boʻylab, shuningdek devorlar, tuynuklar yoki teshiklar bilan sezilarli darajada kuchsizlangan joylaridagi) koʻchishlarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan haroratga va kirishuvchanlikka doir deformatsiyalarining ehtimoliy mujassamlanish joylarida oʻrnatilishi kerak.
197. Armaturalanmagan tashqi devorlar uchun hisoblarsiz qabul qilishga yoʻl qoʻyiladigan harorat-kirishuvchanik choklari orasidagi maksimal masofalari quyidagicha olinishi kerak:
isitiladigan binolarning yer usti tosh va yirik blokli devorlari uchun armaturalangan beton va poʻlat kiritmalarning (deraza va eshik usti toʻsinlar, toʻsinlar va boshqalar) uzunligi 3,5 m koʻp boʻlmagan va oradevorlarning kengligi kamida 0,8 m boʻlmaganda mazkur SHNQning 35-jadvalga muvofiq;
kiritmalarning uzunligi 3,5 m dan kattaroq boʻlganda tosh terilmasining kiritmalar uchlari atrofidagi maydonlarni mustahkamlikka va darzlarning ochilishi;
xarsangtoshli betonli devorlar uchun mazkur SHNQning 35‑jadvaliga muvofiq beton toshlar 50 markali qorishmalardan qilingan tosh terilmasi bunda 0,5 koeffitsiyent olinishi kerak;
qoʻp qatlamli devorlarning qattiq bogʻlangan qatlamlarning uchun ushbu SHNQning 35‑jadvaliga muvofiq devorlarning konstruksiyaviy asosiy qatlamlari;
isitilmaydigan toshli bino va inshootlar uchun “a” bandida keltirilgan sharoitlar uchun mazkur SHNQning 35-jadvali boʻyicha quyidagi koeffitsiyentlarga koʻpaytirib:
berk bino va inshootlar uchun — 0,7;
ochiq inshootlar uchun — 0,6;
yer osti inshootlari va binolarning poydevorlari, tuproqlarni mavsumiy muzlab borish sohasida joylashgan, tosh va yirik blokli devorlari uchun mazkur SHNQning 35-jadvaliga muvofiq, biroq ikki baravar orttirib olib gruntning mavsumiy muzlab borishi chegaralaridan pastroqda.
198. Temir-beton yoki poʻlat konstruksiyalar bilan bogʻlangan devorchalardagi deformatsiya choklari ushbu konstruksiyalardagi choklar bilan mos tushishi, shuningdek binolarning konstruksiya sxemasiga bogʻliq tarzda devorlarning tosh terilmalarida haroratga doir qoʻshimcha choklarni hisobga olish hamda ushbu joylarda temir-beton yoki poʻlat konstruksiyalarni choklar tomonidan qirqilmasligini taʼminlash kerak.
35-jadval

Yilning eng sovuq besh kunligidagi tashqi havo oʻrtacha harorati

Harorat choklari orasidagi masofa m

Sopol gʻisht va toshlardan yirik hajmli va tabiiy toshlardan, betondan tayyorlangan yirik bloklardan yoki sopol gʻishtlardan terimlarda

Silikat gʻishtlardan, beton toshlardan, silikat beton va silikat gʻishtlardan yasalgan, yik bloklardan terimlarda

Terim qorishmalarning markasi

50 va undan yuqori

25 undan yuqori

50 undan yuqori

25 undan yuqori

Minus 30 ºS va undan past

70

90

50

60

Minus 20 ºS undan baland

100

120

70

80

Izohlar:

1. Hisobiy haroratlarning oraliq qiymatlari uchun haroratga oid choklar aro masofalarni interpolyatsiyalab aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.

2. Pardozlash qatlamiga ega devorlar uchun haroratga oid choklar aro masofalar harorat-namlikka doir deformatsiyalar eng katta boʻlgan material boʻyicha qabul qilinishi lozim.

199. Devorlardagi kirishishga oid choklar, bino yoki inshoot zaminining tekis boʻlmagan choʻkish imkoniyati mavjud boʻlgan barcha holatlarda qoʻllanilishi kerak.
200. Deformatsiya va kirishishga doir choklarni shpuntli qilib yoki choklarni puflab olish imkoniyatini istisno qiluvchi elastik oraqistirmalar bilan chorakta toʻldirilgan qilib loyihalash lozim.
16-§. Yuk koʻtarmaydigan tashqi devorlardagi deformatsiyaga oid gorizontal choklar
201. Yuk koʻtarmaydigan devorlardagi gorizontal choklar uning ichki va tashqi qatlamlarida, devorning butun qalinligi boʻylab orayopmalarning pastki sathida oʻrnatilishi lozim.
Choklarning balandligi devorga yuqoridagi qavat tosh terilmasi va orayopmalardan tushadigan yukning uzatilishini istisno qilish shartidan kelib chiqib tayinlanishi hamda kamida 30 mm boʻlishi kerak.
Orayopmalar va ularning konsolli boʻrtiqlari devorlar tayanishidan tushadigan yukga hisob-kitob qilinishi kerak.
Deformatsiyaga oid gorizontal choklarni oʻrnatish boʻyicha talablar mazkur SHNQning 140-bandiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
17-§. Yuk koʻtaruvchi va oʻzini-oʻzi koʻtarib turuvchi tashqi devorlardagi deformatsiyaga oid gorizontal choklar
202. Egiluvchan bogʻichlarga ega boʻlgan ikki qatlamli va uch qatlamli yuk koʻtaruvchi va oʻzini-oʻzi koʻtarib turuvchi devorlarda, qatlamlari bikr birlashtirilgan ikki qatlamli devorlarda mazkur SHNQning 68-69-bandlariga koʻra markaziy va markazdan tashqari siqilishga hisobida qatlamlarning oʻzaro birgalikda ishlashini taʼminlash boʻyicha shart bajarilmasa tosh terilmasining yuza sirtida qavatma-qavat gorizontal deformatsiyali choklarni boʻlishi lozim.
203. Gorizontal deformatsiya chokni oʻrnatish boʻyicha talablar mazkur SHNQning 201-bandiga muvofiq boʻlishi kerak.
Bunda, yuza qatlam orayopma plitasining temir-beton toʻsinning asosiy qatlamida qistirib qotirilgan uchki qirrasiga yoki poʻlat kronshteynlariga tayanishi kerak.
Mazkur SHNQning 10 va 15-formulalari boʻyicha markaziy va markazdan tashqari siqilishga hisoblarda yuza qatlam ishi ushbu hollarda eʼtiborga olinmasligi lozim.
18-§. Uch qatlamli tashqi devorlar tosh terilmalarining yuza qatlamidagi deformatsiyaga oid vertikal choklar
204. Konstruksiyaga oid armaturalanishga hamda deformatsiyaga doir gorizontal choklarga ega boʻlgan uchta qatlamli devorlarning yuza qatlamidagi deformatsiyaga oid vertikal choklar aro masofalar quyidagi 36-jadvaliga muvofiq belgilanishi kerak.
36-jadval

QMQ 2.01.07-96 boʻyicha haroratlar oʻzgarishi, , °S

Tashqi devorlar tosh terilmasi yuza (tashqi) qatlamidagi deformatsiyaga oid vertikal choklar aro masofalarning maksimal qiymatlari, m

Sopol gʻisht, sopol va tabiiy toshlardan tayyorlangan devorning shakli

Silikat gʻisht, beton, sergʻovakli betondan tayyorlangan toshlardan qilingan devorning shakli

Toʻgʻri chiziqli

L-simon

Toʻgʻri chiziqli

L-simon

80

6,0

3,0

4,0

2,0

60

7,0

3,5

4,6

2,3

40

8,0

4,0

5,4

2,7

Izohlar:

1. Deformatsiyaga oid vertikal choklar aro masofalar tosh terilmasining konstruksiyaviy armaturalanishi hamda mazkur SHNQning 142 va 143-bandlariga muvofiq egiluvchan bogʻichlar va burchaklarga joylashtiriluvchi bogʻich toʻrlari oʻrnatiladigan hollar uchun tayinlangan deformsiyaga oid gorizontal choklar aro masofalar koʻpi bilan 3,5 m.

2. Tosh terilmasini qoʻshimcha armaturalangan hollarda vertikal choklar aro masofalarni hisob natijalari boʻyicha tayinlash lozim.

3. Vertikal choklar aro masofalar mazkur SHNQning 35-jadvaliga muvofiq qalinligi 12 cm boʻlgan, yuza qatlam uchun keltirilgan.

Yuza qatlamning qalinligi 19 — 25 cm boʻlganida ushbu qiymatlar 1,5 koeffitsiyenti bilan qalinlik 25 cm dan ortiq boʻlganda ushbu SHNQning 35-jadvaliga koʻra qabul qilinadi.

Yuza qatlamning qalinligi 12 cm dan kamroq (biroq kamida 8,5 sm) boʻlganida deformatsiya choklari orasidagi masofa maxsus hisoblarning natijalariga koʻra aniqlanadi.

4. Haroratning  oʻzgarishini, zoʻriqishlarning mujassamlanish joylarida ochilish kengligi 0,5 mm boʻlgan, darzlarga yoʻl qoʻyilgan holda yuklar boʻyicha  ishonchlilik koeffitsiyenti bilan aniqlashga yoʻl quyiladi. Qolgan holatlarda  qabul qilinadi va jadvalda keltirilgan ish sharoiti koeffitsiyent  qiymatiga koʻpaytiriladi.

Yuza qatlam tosh terilmasiga ketadigan armatura sarfini egiluvchan bogʻichlarni oʻrnatishni, deformatsiyaga oid vertikal choklarning joylashtirilish oʻrinlarini va ular aro masofalarni maqbullashtirish uchun ularni tayinlash devorlarning harorat-namlik taʼsirlarga hisoblash asosida oʻtqazishga yoʻl qoʻyiladi.
Hisoblarning natijalaridan qatʼi-nazar vertikal haroratli choklarni joylarini belgilashda quyidagi talablarni bajarilishini taʼminlash lozim:
vertikal deformatsiyali choklar bilan reja boʻyicha singan devor konstruksiyalarini chiziqli boʻlaklarga ajratish;
z-simon rejali boʻlaklar tavsiya etilmaydi, bunda oʻrta devorning uzunligi 2 m dan kam boʻlganda;
choklarni burchaklarda, devorlar kesishgan joylarda, sathlar baland-past boʻlgan joylarda deraza va eshik teshiklarga yaqin joylarda joylashtirish;
rejada z-simon boʻlaklarni ajratishda deformatsiya chokni boʻlakning oʻrta devori bilan kesishgan joydagi eng uzun devorga qoʻyish;
vertikal choklarni deraza va eshiklarning chegaralari boʻylab oynavand lodjiya va balkonlarda bajarish;
chokning qalinligi 10 mm dan kam boʻlmasligi kerak, chokni toʻldirishda elastik oraqistirmalar va tashqi ob-havo taʼsirlariga bardoshli mastikalarni qoʻllash.
9-bob. Qishki mavsumda quriladigan konstruksiyalarni loyihalash boʻyicha talablar
205. Qish mavsumida manfiy haroratda bino va inshootlarni qurish uchun qoʻllaniladigan yotqizish usuli dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslanishi kerak.
Qishda yotqizishning qabul qilingan usuli konstruksiyalarni qurish davrida ham, keyinchalik ishlatish davrida ham ularning mustahkamligi va barqarorligini taʼminlashi kerak.
Gʻisht, toʻgʻri shakldagi toshlar va yirik bloklardan qishki gʻisht terishni quyidagi usullardan biri bilan amalga oshirishi lozim:
M50 markadan past boʻlmagan, sovuqda qizdirmasdan qotuvchi, qotish materiallarini korroziyaga olib kelmaydigan, sovuqqa qarshi kimyoviy qoʻshimchalarni qoʻllagan holda eritmalarda normativ hujjatlar talablarini qanoatlantiradigan va qabul qilinishi moʻljallanayotgan qurilayotgan konstruksiyalardan foydalanish shartlari;
kimyoviy qoʻshimchalarsiz kamida 10 markadagi oddiy eritmalarda muzlatish usuli bilan.
Konstruksiya elementlari birinchi eritish davrida ham (yangi erigan eritmaning mustahkamligi eng past boʻlganda), binodan foydalanishning keyingi davrida ham yetarli darajada mustahkam va barqaror boʻlishi kerak.
Tosh konstruksiyalarning balandligi muzlatish, hisob-kitob bilan aniqlanishi, biroq koʻpi bilan 15 m va toʻrt qavat boʻlishi kerak.
206. Sovuqqa qarshi kimyoviy qoʻshimchalar qoʻshilgan qorishmalarda bajariladigan gʻisht terishning hisobiy siqilish qarshiliklari, agar gʻisht terish oʻrtacha sutkalik haroratda bajariladigan boʻlsa, ushbu SHNQning 4-10-jadvalda keltirilgan yozgi gʻisht terishning hisobiy qarshiliklariga teng deb olinishi, bunda tashqi havo harorati minus 15°S gacha va 0,9 pasaytiruvchi koeffitsiyent bilan minus 15°S dan past haroratda bajarilishi kerak.
207. Muzlatish usuli bilan va qurilgan konstruksiyalari qizdirish bilan muzlatish usuli bilan bajarilgan terishni siqishga boʻlgan hisobiy qarshiliklari, eritmani eritish va musbat haroratlarda qotishdan soʻng, qurib bitkazilgan binodagi muzlashga qarshi qoʻshimchalarsiz eritmalarda ushbu SHNQning 2 — 8-jadvallar boʻyicha, pasaytiruvchi koeffitsiyentlar bilan qabul qilinishi, bunda gʻisht va tosh terish ishlari bajarilgan tashqi havoning oʻrtacha sutkalik haroratida minus 15 °C gacha — 0,9 va minus 30 °C gacha — 0,8 ni tashkil yetishi kerak.
208. Qishki tosh terilmasining yakuniy mustahkamligini taʼminlashda (qorishmalarning markalarini oshirish, yuqori mustahkamlikka ega gʻisht va toshlarni qoʻllash, yoki ayrim hollarda, toʻrsimon armaturalashni qoʻllash) ishchi chizmalarda koʻrsatilishi kerak.
Mazkur SHNQning 206-bandiga muvofiq kimyoviy qoʻshimchalarda bajariladigan tosh terilmasi uchun belgilangan chora-tadbirlar tosh terilmasining yuk koʻtarish qobiliyati kamida 90 foizga foydalanilayotgan elementlari uchun qoʻllanilishi, bunda muzlatish usulida bajaralidagan tosh terilmasi mazkur SHNQnig 207-bandiga koʻra yuk koʻtarish qobiliyati kamida 70 foiz foydalanilayotgan elementlar uchun qoʻllanilishi lozim.
209. Armatura korroziyasini keltirib chiqarmaydigan, muzlashga qarshi qoʻshimchalarga ega qorishmalarda yotqiziluvchi tosh terilmalarida mazkur SHNQning 37-jadvalda keltirilgan va ish sharoiti koeffitsiyentlari hisobga olinmasligi, bunda muzlatish usulida va bunyod qilingan konstruksiyalarni isita turib, muzlatish yoʻli bilan bajariluvchi tosh terilmalarida hisobiy formulalarga koʻra va ish sharoiti koeffitsiyentlarini kiritib qorishmaning tosh va armatura bilan sustlashish taʼsirini hisobga olish lozim.
37-jadval

Tosh terilmasini qishki zoʻriqish holatining turi

Ish sharoiti koeffitsiyentlari

tosh terilmasi uchun

toʻrsimon armatura uchun

1. Gʻishtdan qilingan va (erib tushishdan keyin) qotgan tosh terilmasining siqilishi

1,0

-

2. toʻshamasimon xarsangtoshdan qilingan tosh terilmasining siqilishi

0,8

-

3. Barcha turdagi qotib boʻlgan tosh terilmalarining qorishmali choklari boʻylab choʻzilishi, egilishi va qirqilishi

0,5

-

4. Muzlatish usulida bunyod qilinuvchi hamda erib tushish bosqichidagi toʻrsimon armaturali tosh terilmasining siqilishi

-

0,5

5. Muzlatish usulida bunyod qilinuvchi hamda erib tushish bosqichidagi toʻrsimon armaturali tosh terilmasining siqilishi (erib tushganidan soʻng) qotib boʻlganlari uchun

-

0,7

6.  muzlashga qarshi qoʻshimchalarga ega boʻlganlari, bunda sovuq sharoitda qotishga duchor boʻladiganlari hamda qorishmaning erib tushish paytidagi mustahkamligi kamida 1,5 MPa (15 kgf/sm2) boʻlganida

-

1,0

210. Qishda sovuqqa qarshi kimyoviy qoʻshimchalar qoʻshilgan qorishmalarda quriladigan yuqori qavatli (9 qavat va undan ortiq) binolarning ishchi chizmalarida binoning tayyor boʻlishining turli bosqichlari uchun qavatlardagi qorishmaning talab qilinadigan oraliq mustahkamligi koʻrsatilishi kerak.
211. Oddiy eritmalarda (sovuqqa qarshi qoʻshimchalarsiz) muzlatish usuli bilan quriladigan konstruksiyalarning yuk koʻtarish qobiliyatini quyidagicha hisoblanishi lozim:
erib tushish bosqichida qorishma portlandsementda qilinganda erib tushayotgan qorishmaning hisobiy mustahkamligi 0,2 MPa (2 kgf/cm2) hamda devor va ustunlarning qalinligi kamida 38 cm boʻlishi;
devor va ustunlarning qalinligidan qatʼi-nazar, erib tushayotgan qorishmaning mustahkamligi nolga teng boʻlganda va toshqolportlandsement yoki putssolan sementda qilinuvchi qorishmalarda, shuningdek devor va ustunlarning qalinligi koʻpi bilan 38 cm boʻlganda portlandsementda qilingan qorishmalar.
erish bosqichida qorishmaning tosh va armatura bilan sustlashish hisobiy formulasi mazkur SHNQning 37-jadvalida keltirilgan qoʻshimcha va ish sharoiti koeffitsiyentlarini kiritish yoʻli bilan hisobga olinishi.
212. Qizdiriluvchi muzlatish usulida bajariladigan qishki tosh terilmasining mustahkamligi qorishmaning tosh terilmasi kesimi boʻylab yoki uning bir qismida erishilgan mustahkamlanib borishda hisob-kitobsiz aniqlanishi kerak.
Konstruksiyalarning tosh terilmasini sunʼiy tarzda eritish davrida yuk koʻtarish qobiliyatining yetarlicha ekanligini hisob-kitoblar asosida tekshirib olinganidan keyingina ularni qizdira boshlashga yoʻl qoʻyiladi.
213. Muzlatish usulida bajariladigan tosh terilmasining hisoblarida eritilish bosqichida oldindan zoʻriqishlar oshkor qilingan maydonlarini (ustunlarni, oradevorlarni) eritilish va tosh terilmasining keyinchalik qotish davrida ponalarda qilingan muvaqqat poyalar oʻrnatish orqali kuchaytirilishi kerak.
214. Tosh terilmasini oddiy qorishmalarda muzlatish usuli bilan quyidagi konstruksiyalarni qurishga yoʻl qoʻyilmaydi:
xarsangtoshli betonlar va parchalangan xarsangtoshlar;
eritilish bosqichida vibratsiya yoki sezilarli dinamik yuk taʼsirlar;
eritilish bosqichida kattaligi boʻylama yuklarning 10 foizdan ortiq boʻlgan koʻndalang yuk taʼsilar;
tepa qismida tayanchga ega boʻlmagan konstruksiyalar uchun eritilish bosqichida dan va tepa qismida tayanchga ega boʻlgan, konstruksiyalar uchun eritilish bosqichida dan ortuvchi ekssentrisitetlarga ega boʻlganlar;
mazkura SHNQning 119 — 121-bandlariga muvofiq devor (ustun) balandliklarining oʻz qalinliklariga nisbatlari eritilish bosqichida IV guruh tosh terilmalari uchun oʻrnatilgan qiymatlaridan ortib ketuvchilar.
Tepa qismida tayanchlarga ega boʻlmagan konstruksiyalar uchun ushbu SHNQning 122-bandiga muvofiq chegaraviy nisbatlarni ikki baravar kamaytirish va koʻpi bilan deb olish lozim.
Konstruksiyaning yoʻl quyilgan chegaraviy egiluvchanligidan ortib ketilganda, ularni bunyod qilishda, eritilish davridagi ularning ustuvorligini taʼminlay oladigan muvaqqat qotirgichlar bilan kuchaytirilishi lozim.
215. Qorishmalar uchun muzlashga qarshi qoʻshimchalar sifatida quyidagi hollarda faqat nitriy nitritini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi:
nam sexlar, hammomlar, kir yuvish xonalari va havosining SHNQ 2.01.04-18 ga muvofiq aniqlanadigan, namligi ortiqcha boʻlgan, boshqa xonalarda, havosining harorati 40 ºS dan ortiq boʻlgan xonalarni qurishda;
suv sathi oʻzgarib turish sohalarida va suv ostida joylashgan hamda gidroizolyatsiyaga ega boʻlmagan konstruksiyalarni qurishda.
216. Natriy nitritili, ishqorli, NKM, NNXKM kabi qoʻshimchalar solingan qorishmalarning, protektorli qoplamalar bilan oldindan himoyalab olinmagan, ruh tortilgan va alyuminli oldindan oʻrnatiluvchi qismlar bilan bevosita kontaktga kirishishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
217. Markasi 100 dan va sovuqqa bardoshliligi F25 dan past boʻlgan silikat gʻishtdan qilingan devorlarda ishqor qoʻshilgan qorishmalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
218. Qishki sharoitlarda tosh terilmasi bilan birgalikda oʻrnatiladigan, plitalardan qilingan pardoz qatlamli tosh devorlarni loyihalashda devorlarning pardoz qatlamlari va tosh terilmalarining deformatsiyalanishi turli ekanligini hamda loyihada darzlar shakllanishi va pardoz devorlarning asosiy qatlamidan qat-qat boʻlib koʻchishini istisno qiladigan chora-tadbirlarni koʻllash lozim.
219. Tosh konstuksiyalarni muzlatish usulida bunyod qilinadigan bino yoki inshootlarning ishchi chizmalarida mazkur SHNQning 208-bandiga muvofiq quyidagilar bajarilishi kerak:
eritmani eritish davrida yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan devorlarning chegaraviy balandliklari;
qurilishdan oldin oʻrnatiladigan konstruksiyalarning vaqtinchalik mahkamlagichlari yuqorida joylashgan qavatlar, ularning erishi va gʻisht qorishmasining qotishi davrlarda.
SHNQ 2.03.07-21 “Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
1-ILOVA
Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalarning ishchi chizmalariga qoʻyiladigan talablar
1. Tosh terilmasi, panellar va yirik bloklarni qurishda qoʻllaniladigan gʻisht, toshlar, pardozlash materiallari va betonlarning turi koʻrsatilishi, bunda ularga tegishli GOSTlar, MSTlar yoki texnik shartlarni va ularning mustahkamlik va sovuqqa bardoshlilik boʻyicha loyihaviy markalari yoki sinflarini belgilanishi, shuningdek gʻovaksimon toʻldiruvchilarda qilingan hamda sergʻovakli va gʻovaklashtirilgan beton uchun zichligi koʻrsatilishi kerak.
2. Tosh terilma ishlarning montaj choklari yozgi hamda qishki davrda amalga oshirishda, shuningdek panellar va yirik bloklarni yasash uchun ishlatiladigan, qorishmalarning loyihaviy markalarini va bogʻlovchilarning loyihaviy turlari koʻrsatilishi zarur.
3. Loyiha chizmalarida quyidagilar boʻlishi kerak:
armatura, tasmasimon va fasonli poʻlatning sinflari va markalari;
devorlarning konstruksiyalari, soklarni chirmab bogʻlash tizimi, tosh terilmasi yengillashtirilganda issiqlik qatlamining turi va qalinligi;
4. Mazkur SHNQning 9-bobiga muvofiq manfiy haroratlarda bajariladigan tosh terilmasi uchun tosh terilmasining usuli hamda qishki tosh terilmasini qurish va undan keyingi foydalanish davrida uning mustahkamligi va ustuvorligini taʼminlaydigan qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek tosh terilmasi manfiy haroratlarda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan chizmalar konstruksiyalarning ushbu SHNQning 1-ilovasiga muvofiq mustahkamligini tekshirib koʻrish amalga oshirilganligi va uni qishki sharoitlarda ham qurish;
qurilishda hisobiy yuk koʻtarish qobiliyati 80 foizdan ortiq ishlatilayotgan konstruksiyalar uchun gʻisht (tosh) va qorishmaning mustahkamligini muntazam tekshirib borish haqidagi talablar hisobga olinishi, bunda ushbu konstruksiyalar ishchi chizmalarida belgilab qoʻyilgan boʻlishi.
5. Ishlarni bajarish ketma-ketligi, muvaqqat qotirgichlarni oʻrnatish hamda konstruksiyalarni qurishda ularning mustahkamligini va ustuvorligini taʼminlovchi boshqa chora-tadbirlarni bajarish haqidagi koʻrsatmalar, qorishmalarning loyihaviy markasidan foizlarda olingan hamda tosh terilmasini yuklantirishga yoʻl qoʻyiladigan mustahkamligi taʼminlashi lozim.
SHNQ 2.03.07-21 “Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
2-ILOVA
Asosiy harfiy belgilar
armatura kesimining yuzasi;
tosh terilmasi kesimining yuzasi;
A — element kesimining hisobiy yuzasi;
tokcha kesimining (boʻylama devorning, hisobga olinadigan maydoni) yuzasi;
deraza va eshik usti toʻsini (peremichka)ning koʻndalang kesimi yuzasi;
yotqizilgan elementlar, devor yoki ustun konturi chegaralaridagi tayanch tugunidagi tosh terilmasi va temir-beton elementlar kesimlarining jamlanma yuzasi;
zoʻriqishlarning toʻgʻri burchakli epyurasida kesimning siqilgan qismining yuzasi, bosim oʻtkaziladigan ezilish yuzasi;
netto kesimning hisobiy yuzasi;
devorni gorizontal kesimining netto yuzasi;
toʻshamaning tosh terilmasiga tayanish uzunligida boʻshliqlar bilan zaiflashtirilgan gorizontal kesim yuzasi (qovurgʻalar kesimining umumiy maydoni);
keltirilgan kesimning yuzasi;
keltirilgan kesimning siqilgan qismini yuzasi;
devorning gorizontal kesimining brutto yuzasi;
temir — beton elementlarning tugundagi umumiy tayanish yuzasi;
tosh terilmasining elastiklik moduli (boshlangʻich deformatsiya moduli);
E — tosh terilmasining deformatsiya moduli;
betonning boshlangʻich elastiklik moduli;
poʻlatning elastiklik moduli;
G — tosh terilmasining siljish moduli;
H — toʻsinlar yoki boshqa gorizontal tayanchlar orasidagi masofa;
qavat balandligi;
devorning tepa maydoni balandligi;
randbalkaning tepa qirrasini usti masofasi;
tosh terilmasining bikirligiga koʻra randbalkaga ekvivalent boʻlgan shartli belbogʻining balandligi;
I — rejadagi devorlar kesimining ogʻirlik markazidan oʻtadigan oʻqqa nisbatan devorlar kesimining inersiya momenti;
poʻlat randbalka kesimining inersiya momenti;
L — element kesimlarining ezilishga hisoblardagi oʻlchamlari;
M — hisobiy eguvchi moment;
hisobiy yuklardan tushadigan eng katta eguvchi moment moment;
tosh terilmasining sirtiga suvoq yoki plitkali qoplamalarni tortib boʻlinganidan soʻng unga qoʻyiladigan normativ yuklardan keluvchi moment;
orayopmalar yoki qoplamalarning devorga, ankerlar aro masofalarga teng boʻlgan kenglikda tayanish joylarida, ularning sathlarda hisobiy yuklardan vujudga keluvchi eguvchi moment;
N — hisobiy boʻylama kuch;
choʻzilishdagi oʻq boʻylab taʼsir qiluvchi hisobiy kuch;
tosh terilmasi sirtiga suvoq yoki plitkali qoplamalarni tortilgach, unga qoʻyiladigan normativ yuklardan tushuvchi boʻylama kuch;
ankerlar aro masofaga teng boʻlgan kenglikda anker joylashgan sathdagi hisobiy normativ kuch;
randbalkaning oʻz oraligʻi va tayanch uzunligi sarhadida joylashgan hamda randbalkaning xususiy ogʻirligini bundan istisno qilingan yuklardan vujudga keluvchi tayanch reaksiyasi;
uzoq vaqt taʼsir etuvchi yuklardan hisobiy boʻylama kuch;
mahalliy yuklardan vujudga keluvchi boʻylama siquvchi kuch;
hisobiy yuk koʻtarish qobiliyati;
ankerdagi hisobiy zoʻriqish;
armaturalanmagan tosh terilmasining choʻzilishga yuk koʻtarish qobiliyati;
bogʻichni ankerlash tugunining mustahkamligi;
egiluvchan bogʻichlarning choʻzilishga mustahkamligi;
bir qavat balandlikdagi G-simon bogʻichlov toʻrlarning boʻylama sterjenlarining choʻzilishga umumiy mustahkamligi;
Q — hisobiy koʻndalang kuch;
qavat balandligining oʻrtasidagi gorizontal yukdan tushadigan hisobiy koʻndalang kuch;
qaralayotgan deraza va eshik usti toʻsinlariga tutashuvchi orayopma sathidagi koʻndalang devor tomonidan qabul qilinadigan, gorizontal yukdan tushadigan hisobiy koʻndalang kuch;
toʻsin ogʻirligi va unga qoʻyilgan yuklardan tushadigan hisobiy yuklanish;
R — tosh terilmasining siqilishga hisobiy qarshiligi;
— ogʻir qorishmalarda qilingan vibro gʻishtli tosh terilmasining siqilishga hisobiy qarshiligi;
— tosh terilmasining egilishdagi choʻzilishga hisobiy qarshiligi;
— tosh terilmasining choʻzuvchi bosh zoʻriqishlarga hisobiy qarshiligi;
— tosh terilmasini qirqilishidagi hisobiy qarshiligi;
— armaturaning hisobiy qarshiligi;
— tosh terilmasining siqilishga vaqtincha qarshiligi (mustahkamligining oʻrtacha chegarsi);
— gʻisht yoki toshlardan qilingan, armaturalangan tosh terilmasining siqilishga vaqtincha qarshiligi (mustahkamligining oʻrtacha chegarasi);
— armaturalangan tosh terilmasidagi armaturaning normativ qarshiligi;
— tosh terilmasining ezilishdagi hisobiy qarshiligi;
— devorning boshqa ixtiyoriy qatlamining hisobiy qarshiligi;
— toʻrsimon armaturali tosh terilmasining oʻq boʻylab markaziy siqilishidagi hisobiy qarshiligi;
— qorishma qotishining koʻrib chiqilayotgan muddatida armaturalanmagan qatlamning siqilishdagi hisobiy qarshiligi;
tosh terilmasining qorishma markasi 25 da hisobiy qarshiligi;
armaturalangan tosh terilmasining markazdan tashqari siqilishdagi hisobiy qarshiligi;
boʻylama armatura bilan armaturalangan poydevorning ezilishining hisobiy qarshiligi gorizontal choklardagi armaturalar;
betonning oʻq boʻylab siqilishga hisobiy qarshiligi;
tosh terilmasining chirmab bogʻlangan, kesimi boʻylab choʻzilishga hisobiy qarshiligi;
kesimning, kesim ogʻirlik markazi orqali oʻtuvchi oʻqqa nisbatan bir taraflama joylashgan qismining statik momenti;
S — bosimning tayanch qirrasidan uning har tarafiga qarab yoʻnalgan taqsimlanish epyurasining maydon uzunligi;
S1 — chetki tayanch randbalkalari uzra, shuningdek bir oraliqli randbalkalar tayanchlari uzra bosim uchburchak epyurasining tayanch qirrasidan boshlab taqsimlanish maydon uzunligi;
T — bir qavat sarhadidagi siljituvchi zoʻriqish;
armatura hajmi;
tosh terilmasining hajmi;
W — tosh terilmasi elastik ishlayotganda uning kesimidagi qarshilik momenti;
— elementlar kesimlarining mazkur SHNQning 9-rasmdagi sxemalarga muvofiq ezilishga (mahalliy siqilishga) hisoblashda geometrik oʻlchamlari;
a — toʻsinni tosh terilmasi ichiga qistirilish chuqurligi;
tayanch uzunligi (oradevor kengligi);
randbalkani tayanish maydonining uzunligi;
b — tavrsimon kesimning ekssentrisitet yoʻnalishiga bogʻliq tarzdagi siqilgan tokchasi kengligi yoki devorchasining qalinligi;
koʻp qatlamli devorlar hisobidagi qatlamning amaldagi kengligi;
element kesimining kengligi;
toʻsin tokchasining kengligi;
toʻsin kengligi;
qatlamning keltirilgan kengligi;
c — toʻr kvadrat katagining oʻlchami;
Q kuchni qoʻyilish nuqtasidan devor tekisligigacha boʻlgan masofa;
Q kuchni qoʻyilish nuqtasidan element toʻgʻri burchakli kesimining eng yaqin chegaralarigacha masofa;
— hisobiy yuk taʼsirining ekssentrisiteti;
hisobiy kuchning qistirilish chuqurligining oʻrtasigacha boʻlgan ekssentrisiteti;
— uzoq muddatli yuklar taʼsirining ekssentrisiteti;
— toʻgʻri burchakli element kesimining qiya markaz tashqarisidan siqilishdagi uning tomonlariga mos tarzdagi ekssentrisitetlari;
g — temir-beton elementlarning tugundagi tayanish maydonining kattaligiga bogʻliq boʻlgan koeffitsiyent;
h — toʻgʻri burchakli kesimning kichik tomonining oʻlchami;
ustunning toʻgʻri burchakli kesimining kichik tomoni;
devor qalinligi;
kesim balandligi;
koʻndalang devorning qalinligi;
deraza va eshik usti toʻsinining oraliqdagi sof balandligi;
— elementlarning maksimal eguvchi momentlarga ega kesimlaridagi siqilgan qismlarning balandliklari;
— murakkab kesimli devorlar ustunlarning shartli qalinligi;
— devorning siqilgan chetidan anker oʻqigacha boʻlgan masofa (kesimning hisobiy balandligi);
Ac koʻndalang kesim eguvchi moment taʼsir qilish tekisligidagi siqilgan qismining balandligi;
i — element kesimning eng kichik inersiya radiusi;
murakkab kesimli devorlar, ustunlarning inersiya radiusi;
ic — Ac koʻndalang kesim eguvchi moment taʼsir qilish tekisligidagi siqilgan qismining inersiya radiusi;
— toʻgʻri burchakli element kesimining qiya markaz tashqarisidan siqilishdagi uning tomonlariga mos tarzdagi inersiya radiuslari;
— elementlarning maksimal eguvchi momentlarga ega kesimlaridagi siqilgan qismlarining inersiya radiuslari;
k — mazkur SHNQning 16-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan koeffitsiyent;
tuzatish koeffitsiyentlari;
kp — ustunlar koeffitsiyenti;
— devor va ustunlarning hisobiy balandligi (uzunligi);
— devor tepa maydonining hisobiy balandligi;
l — koʻndalang devorning reja-tasvirdagi uzunligi; deraza va eshik usti toʻsinining sof oraligʻi; devorning erkin uzunligi;
lc — uchburchak shaklidagi taqsimlanish epyuralarining randbalkalari chetki tayanchlari uzra, shuningdek bir oraliqli randbalkalar tayanchlari uzra asoslari;
m — koʻp qatlamli devorni hisoblashda kesim keltiriladigan qatlam mustahkamligidan foydalanish koeffitsiyenti;
mgyukning uzoq muddatli taʼsirini eʼtiborga oluvchi koeffitsiyent;
midevorning ixtiyoriy boshqa qatlamining mustahkamligidan foydalanish koeffitsiyenti;
n — qirqilishga hisoblarda ishlatiladigan empirik koeffitsiyenti;
p — temir — beton elementdagi boʻshliqlar toʻriga bogʻliq boʻlgan koeffitsiyent;
p1armaturalangan tosh terilmasining hisobiy qarshiligini aniqlashda gʻisht (tosh) boʻshliqlariga bogʻliq boʻlgan koeffitsiyent;
s — balandlik boʻylab toʻrlar aro masofa;
v — kesimdagi qiya zoʻriqishlarning tekisligi boʻlmagan koeffitsiyenti;
y — element kesimining ogʻirlik markazidan ekssentrisitet tarafidagi oʻzining siqilgan chetigacha boʻlgan masofa;
boʻylama devor oʻqidan devorning reja-tasvirdagi kesimi ogʻirlik markazidan oʻtuvchi oʻqigacha boʻlgan masofa;
— toʻgʻri burchakli kesimga ega elementning ogʻirlik markazidan qiya markazdan tashqari siqilishdagi taraflariga mos ekssentrisiteti tomonidagi chetigacha boʻlgan masofalar;
z — ichki kuchlar juftligining yelkasi;
tosh terilmasining elastik tavsifi;
tosh terilmasining keltirilgan elastik tavsifi;
toʻrsimon armaturalanishga ega tosh terilmasining elastik tavsifi;
tosh terilmasining chiziqli kengayish koeffitsiyenti;
koʻp qatlamli devorlardagi tosh terilmasi qatlamlarining elastik tavsiflari va mos ravishda ularning qalinliklari;
qavat balandligining devor qalinligiga yoki ustunning toʻgʻri burchakli kesimining kichikroq tomoniga nisbati;
tosh terilmasining ish sharoiti koeffitsiyenti;
qishki tosh terilmasi ish sharoiti koeffitsiyenti;
tosh terilmasining erish bosqichidagi ish sharoiti koeffitsiyenti;
armaturaning ish sharoiti koeffitsiyenti;
— zichlik;
tosh terilmasining darzlar ochilishi boʻyicha hisoblaridagi ish sharoiti koeffitsiyenti;
erish bosqichida tosh terilmasini hisoblashda toʻrsimon armaturaning ish sharoiti koeffitsiyenti;
tosh terilmasining nisbiy deformatsiyasi;
chegaraviy nisbiy deformatsiya;
— mazkur SHNQning 22 — jadvali boʻyicha qabul qilinadigan koeffitsiyenti;
mos ravishda toʻgʻri burchakli va ixtiyoriy shakldagi kesimlarga ega elementlarning egiluvchanligi;
elementlar siqilgan qismining maksimal eguvchi momentlarga ega boʻlgan kesimlaridagi egiluvchanligi;
— tosh terilmasining oʻz hajmi boʻylab toʻrsimon armatura bilan armaturalanish foizi;
devorning vertikal kesimi boʻylab armaturalanish foizi;
ishqalanish koeffitsiyenti;
— tosh terilmasining siljuvchanligini eʼtiborga oluvchi koeffitsiyent;
tosh terilmasining materiali va yukning qoʻyilish joyiga bogʻliq boʻlgan mazkur SHNQning 23 va 24 — jadval boʻyicha aniqlanadigan koeffitsiyent;
— tosh terilmasidagi aniqlanadigan ε zoʻriqish;
ortiqcha yuklanish 0,9 koeffitsiyenti bilan aniqlanadigan eng kam hisobiy yuklar taʼsiri ostidagi oʻrtacha siqilish zoʻriqishlari;
randbalka tayanchi ustidagi maksimal zoʻriqish;
— boʻylama egilish koeffitsiyenti;
element kesimi siqilgan qismining boʻylama egilish koeffitsiyenti;
elementning markaz tashqarisidan siqilishdagi boʻylama egilish koeffitsiyenti;
— bosim epyurasining mahalliy yuklar taʼsirida toʻliqlanish koeffitsiyenti;
— mazkur SHNQning 21-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan koeffitsiyent.
SHNQ 2.03.07-21 “Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
3-ILOVA
Bikr konstruktiv sxemali binolar devorlarini hisoblash
1. Qavatlararo orayopmalar tekisliklarida bikr tayanchlariga ega boʻlgan devorlar va ustunlar mazkur SHNQning 55 — 58-bandlariga muvofiq hisob-kitob qilinishi lozim.
Devorlarni, sharnirli tayanchlarga ega boʻlgan tutash toʻsinlar sifatida hisob-kitob qilishdagi eguvchi momentlarning epyuralari mazkur SHNQning 1a-rasmida keltirilgan.
Mustahakamlik zahirasiga devorlarni bir oraliqli toʻsinlar mazkur SHNQning 1 b-rasmdagidek bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Devor kesimining ogʻirlik markazidan oʻtuvchi oʻqqa nisbatan vertikal va gorizontal (shamol) yuklari taʼsirida devorlarda paydo boʻladigan ekssentrisitetlarning kattaliklari quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(1)
bu yerda:
— kesimdagi eguvchi moment;
vertikal yukdan tushuvchi normal kuch.
Devorlardagi eguvchi momentlar koʻrilayotgan qavat chegarasida qoʻyilgan yuklardan, balkonlar ustidagi yopilishlardan, shuningdek shamol yuk taʼsiridan hisobga olinishi kerak.
Agar devorning kesimi shu qavat ustidagi yopilish darajasida oʻzgarsa, yuqoridagi qavatlar yuklama momentlari hisobga olinishi lozim.
Hisoblanayotgan qavat chegarasida devorning kesimi oʻzgarganda, devor oʻqining siljishi tufayli yuzaga kelgan momentni hisobga olish kerak.
Tayanch bosim holatini belgilovchi maxsus tayanchlar boʻlmaganda, tayanch reaksiya qoʻyilgan joydan devor yoki tayanch plitaning ichki qirrasigacha boʻlgan masofani mahkamlash chuqurligining uchdan bir qismiga teng boʻlishi, biroq 7 sm dan ortiq boʻlmagan qilib olishga yoʻl qoʻyiladi.
Shamol yukidan vujudga keladigan eguvchi momentlarni har bir qavat doirasida uchlari qistirilgan toʻsinlar kabi aniqlanishi (tepa tayanchi sharnirli deb qabul qilinadigan yuqori qavat bundan mustasno) lozim.
1-rasm. Vertikal tarzda markazdan tashqari qoʻyilgan yuklarning hisobiy sxemalari va ular taʼsirida vujudga keladigan eguvchi momentlarning epyuralari
a — devor tutash toʻsin kabi hisob-kitob qilinadi, b — devor har bir qavat doirasida bir oraliqli toʻsin singari hisob-kitob qilinadi
2. Bino devorlarini ularga parallel ravishda yoʻnalgan shamol yuklariga hisoblashda shamol yukini yuk harakati yoʻnalishi boʻyicha joylashgan koʻndalang yoki boʻylama devorlar aro taqsimlanishi oʻtkazilishi lozim.
3. Oʻzaro perpendikulyar yoʻnalishdagi devorlar chirmab bogʻichlangan yoki boshqa yetarlicha bikr va mustahkam bogʻichlar bilan birlashtirilgan boʻlsa, bunda hisob-kitob qilinayotgan devor hamda unga tutashgan devorlarning birgalikdagi ishini eʼtiborga olish lozim.
4. Oʻzining tekisligida harakat qilayotgan gorizontal (shamolga oid) yuklarni qabul qiladigan koʻndalang devorlar mazkur SHNQning 114 va 115‑bandlari boʻyicha choʻzuvchi bosh zoʻriqishlarga hisob-kitob qilingan boʻlishi kerak.
Agar teshiklarga ega koʻndalang devorlarning mustahkamligi faqat deraza va eshik usti toʻsini (peremichka)larning bikrligini eʼtiborga olgandagina taʼminlansa, u holda deraza va eshik usti toʻsini (peremichka)lar oʻzlarida paydo boʻladigan qirquvchi kuchlarga hisob-kitob qilingan boʻlishi kerak.
5. Koʻndalang konstruksiyalari aro masofadan qatʼi nazar, elastik tayanchlar qatoriga, metall yoki temir-beton fermalar, sarrovlar, toʻsinlarga tayanuvchi, yengil konstruksiyalardan tayyorlangan qoplamalar ham kiritilishi zarur.
6. Elastik tayanchlarda ramali tizimning hisobi bajariladi, uning ustunlari devorlar va ustunlar (temir-beton, gʻisht va boshqalar), rigellari esa toʻsinlar va qoplamalar boʻlib, ular devorlar bilan sharnirli bogʻlangan qattiq tirgaklar sifatida qaralishi zarur.
7. Ramalarning statikaga oid hisoblarida gʻisht yoki tosh terilmalaridan tayyorlangan devor yoki ustunlarning bikrligini tosh terilmasining elastiklik moduli boʻlganda va kesim inersiya momenti choklarning ochilishini eʼtiborga olinmagan holda aniqlashga yoʻl qoʻyiladi, orayopmalar va qoplamalarni devorlar bilan sharnirli bogʻlangan bikr rigellar (hovonlar) sifatida qabul qilish lozim.
8. Orayopma yoki qoplamadan tushuvchi yuk devor uzunligi boʻylab teng taqsimlangan boʻlsa (qoplama temir-beton toʻshamadan qilingan boʻlsa), pilyastraga ega devor tokchasining kengligi sifatida oradevorning butkul kengligi yoki, sidirgʻasiga yaxlit devorlarda pilyastraga tutashuvchi oraliqlar oʻqlari aro devorning butkul uzunligi qabul qilinishi mumkin.
Orayopmadan tushuvchi yuk alohida maydonlarda toʻplangan boʻlsa (fermalar, toʻsinlar tayanish joylarida) statik hisobda quyidagilarga muvofiq tavr tokchasining kengligini qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi:
va teshiklar aro devorning kengligidan oshirmay ( — devorning qistirilish sathidan oʻlchangan balandligi, — devor qalinligi);
pilyastrlar mavjud boʻlmagan va mujassamlangan yuklarni devorlarga uzatilganda maydonning kengligi, fermalar yoki sarrovlar ostiga oʻrnatilgan taqsimlovchi plita chetidan har bir tomonga.
Agar devor qalinligi pilyastra kesimining balandligidan 0,1 dan kichik boʻlsa, u holda devorning tutashgan qismlarini hisobga olmagan holda kesim toʻgʻri toʻrtburchak deb qaralishi kerak.
9. Bitta oʻqda joylashgan vertikal va gorizontal elementlardan iborat boʻlgan har bir koʻndalang rama boshqa oraliqlarni yuklantirishda ramaning sezilarli darajada ortiqcha yuklantirilish imkoniyati mavjud boʻlgan maxsus shartlar mavjud boʻlmaganda, boshqa ramalardan mustaqil tarzda hisob-kitob qilinadi.
Binoning hisoblanayotgan ramaga tutashadigan oraliqlaring oʻrta oʻqlari aro joylashgan barcha yuklar taʼsiriga olib boriladi.
10. Qoplamalar qurilgandan keyin qoʻyilgan yuklar uchun devorlar va ustunlar rama elementlari sifatida hisoblanishi, bunda bu ikki yuklamada hisoblangan zoʻriqishlar qoʻshilishi zarur.
Har bir ustunning sharnirli yuqori tayanchidagi tayanch reaksiyalari qoʻyilgan barcha yuklamalardan ketma-ket aniqlanadi va olingan qiymatlar jamlanishi kerak.
SHNQ 2.03.07-21 “Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
4-ILOVA
Koʻp qatlamli tosh terilmasi tashqi va ichki qatlamlarining vertikal koʻchishlari
1. Devor qatlamlarini yuqori nuqtasini vertikal koʻchishlarining uni qurish boʻlgan paytidan boshlab aniqlanadigan farqini quyidagi formulaga koʻra hisoblanadi:
(1)
bu yerda:
— devor qatlamlarining vertikal yuk va xususiy vazni taʼsiridagi vertikal zoʻriqishlari aro farq;
— devor qatlamlarining tosh terilmasi kirishishi oqibatidagi vertikal zoʻriqishlari aro farq.
2. Har bir qatlam tosh terilmasining deformatsiyalarini hisoblab topish uchun quyidagiga teng boʻlgan uzoq muddatli deformatsiyalar moduli qoʻllaniladi:
(2)
bu yerda:
yukning ortib borishi tugagan paytdan boshlab rivojlangan hamda quyidagi formulaga koʻra hisoblab topiladigan, siljuvchanlik deformatsiyalarini aniqlash uchun koeffitsiyent:
(3)
bu yerda:
— tosh terilmasinining uni qurish yakunlangan paytdagi yoshi (kun);
1/sut ga teng koeffitsiyent;
deformatsiya xususiyatlarini eʼtiborga oluvchi koeffitsiyent uning qiymati quyidagiga teng:
0,46 — sopol toshlardan tayyorlangan tosh terilmasi uchun;
0,7 — plastik tarzda pressab olingan gʻishtdan tayyorlangan tosh terilmasi uchun;
1,1 — silikat gʻishtdan qilingan tosh terilmasi uchun.
3. Silikat gʻisht va sergʻovakli betondan tayyorlangan tosh terilmasining vaqt davomida rivojlanib boruvchan kirishish deformatsiyalarini quyidagi formulaga koʻra aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
(4)
bu yerda:
tosh terilmasining yoshi (kun).
SHNQ 2.03.07-21 “Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
5-ILOVA
Tosh terilmasidan qurilgan, koʻp qavatli ( binolarni turlicha yuklantirish yoki devorlar qoʻshni maydonlarining bikrligi turlicha boʻlganligidagi darzlarning ochilishi boʻyicha vertikal yukka hisob-kitob qilish
Tashqi va ularga tutashuvchi ichki devorlar yuklantirilishiga koʻra bir-biridan farqlanganida yoki turlicha materiallardan bajarilganda devorlarning ular oʻzaro tutashish joylariga yaqin boʻlgan maydonlari darzlar vujudga kelish va ochilishi boʻyicha hisob-kitob qilinishi kerak.
Hisobda har ikkala devor (bitta devorning qoʻshni maydonlari) bir-biri bilan oʻzaro bogʻlanmagan deb qabul qilinadi hamda ikkala devordan har birining uzoq muddatli hisobiy yuklar taʼsiri davomidagi erkin deformatsiyasi aniqlanadi.
Ushbu devorlar erkin deformatsiyalarining ayirmasi quyidagi shartni bajarishini taʼminlashi kerak:
(1)
bu yerda:
devorlardan bittasining (devor maydonining) mutlaq erkin deformatsiyasi;
ikkinchi devorning mutlaq erkin deformatsiyasi;
mazkur SHNQning 1-jadvali boʻyicha aniqlanadigan deformatsiyalarning yoʻl quyiladigan chegaraviy farqi
1-jadval

Qavatlar soni

5

6

7

8

9

12 va undan ortiq

Devor balandligi , m

15

18

21

24

27

36 va undan ortiq

, mm

7

8

9

10

12

15

Yuk koʻtaruvchi devorlarning ichki yuk koʻtarmaydigan boʻylama devorlar yoki devor parchalari bilan kesishuvigacha boʻlgan erkin uzunligi 7,5 m dan oshmagan hamda erkin uzunlik 7,5 m dan ortiq boʻlganida — 1,25 baravaridan oshmagan hollarda devorlar deformatsiyalarining yoʻl quyilgan chegaraviy farqini 1,5 baravar orttirish yoʻli qoʻyiladi.
Erkin deformatsiyalarning kattaliklari bino qavatlarining poydevor usti sathidan devor tepasigacha boʻlgan tosh terilmalari deformatsiyalarining yigʻindisi kabi quyidagi formulalarga koʻra aniqlanadi:
bu yerda:
-birinchi qavat erkin turgan devorining tosh terilmasidagi zoʻriqishlar;
birinchi qavat erkin ikkinchi devorining tosh terilmasidagi zoʻriqishlar;
-qavat birinchi devori tosh terilmasining deformatsiya moduli;
— qavat ikkinchi devori tosh terilmasining deformatsiya moduli;
-qavat balandligi;
— birinchi va ikkinchi devorning devorlar materiallari kirishishi nisbiy qiymatlari boʻyicha hisoblab topilgan hamda devorlarning tegishli maydonlari balandliklariga koʻpaytirib olingan mutlaq kirishish deformatsiyalari;
— yertoʻla polidan eng yuqoridagi qavat yoki qaralayotgan oraliq qavatgacha mavjud boʻlgan qavatlar soni.
Zoʻriqishlar har bir qavatning oʻrtasida aniqlanadi va barcha uzoq muddatli yuklarning hisobiy qiymatlari uchun hisoblab topiladi. elastiklik modullari quyidagi formulaga koʻra hisoblab topiladi:
(4)
bu yerda:
— qavat birinchi yoki ikkinchi devori tosh terilmasi mustahkamligining oʻrtacha chegarasi;
— deformatsiyalarning tosh terilmasi materialiga bogʻliq boʻlgan va uning toʻliq deformatsiyalarini (kirishish deformatsiyalarini istisno qilib) eʼtiborga oladigan xususiyati.
Markasi 25 va undan yuqori boʻlgan qorishmada yotqizilgan tosh terilmasi uchun xususiyatning qiymatlari quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval

Tosh terilmasi

Yozgi

Qishki qotib boʻlgan

tosh terilmasi uchun

Gʻisht:

plastik presslovli sopol

450

300

silikat va yarim quruq holatda presslangan sopol

250

170

balandligi 140 — 220 mm boʻlgan sopol toshlardan

650

430

Izoh.Sovuqqa qarshi kimyoviy qoʻshimchalar bilan qorishmalarda qoʻllaniladigan qishki tosh terilmasida deformatsiyalar tavsifining qiymatlari yozgi tosh terilmasidagi kabi qabul qilinadi.

SHNQ 2.03.07-21 “Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
6-ILOVA
Tashqi devorlarni shamol yukiga hisob-kitob qilish boʻyicha talablar
1. Shamol kuchi taʼsirida devorlarni yotqizishning zoʻriqish-deformatsiyalanganlik holati va egiluvchan bogʻlanishlardagi zoʻriqish tashqi va ichki qatlamlarning birgalikda ishlashini hisobga olgan holda aniqlanadi.
2. Chegaraviy zoʻriqishlar boʻyicha hisoblarida chegara holat choʻzilgan sohaning tosh terilmasida chegaraviy zoʻriqishlarga erishish bilan tavsiflanadi deb qabul qilinadi. Hisoblarda zoʻriqishlarning mujassamlanish joylarida uzunligi 15 sm dan oshmaydigan darzlar hosil boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Vertikal tayanchlarga ega boʻlmagan oradevorlarning hisobiy eguvchi momentlari quyidagi shartdan kelib chiqib aniqlanadi:
(1)
bu yerda:
— tosh terilmasining egilishidagi choʻzilishga, tosh terilmasining chiziqli boʻlmagan ishini eʼtiborga oladigan hamda mazkur SHNQning 12-jadvali boʻyicha aniqlanadigan hisobiy qarshiligi;
— oradevor koʻndalang kesimi qarshiligining elastik momenti.
Qolgan hollarda quyidagi shartga koʻra bajarilishi lozim:
(2)
bu yerda, — choʻzuvchi zoʻriqishlar
3. Tosh terilmasining tekislikdan tashqariga koʻra egilishidagi darzlar paydo boʻlishiga mazkur SHNQning 80-formulasiga koʻra hisoblarda devorlarning ayrim maydonlarida (masalan, derazalar usti tepadonlari uchlari boʻyicha, teshiklarning burchaklarida, bogʻichlarni oʻrnatilish joylarida) choʻzuvchi zoʻriqishlarning mujassamlanish ehtimolligi mavjudligini eʼtiborga olish lozim.
chetki zoʻriqishlarning olingan qiymatlariga zoʻriqishlarning taqqoslanma hisoblarning maʼlumotlari mavjud boʻlmaganligida 1,5 ga teng deb qabul qilinadigan ehtimoliy mujassamlanish koeffitsiyentini kiritish lozim.
4. Mazkur SHNQning (1) va (2) formulalari bajarilmaganda tosh terilmasining qatlamlarida harakat qilayotgan, eguvchi momentlarning qiymatlari qatlamlar aro egiluvchan bogʻichlar miqdorini oshirish, toʻrlar koʻrinishida hamda yuza va ichki qatlamlarning egilishga oid bikrligini oqilona nisbatini tanlab olish kabi konstruksiyaviy chora-tadbirlar evaziga kamaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
5. Oradevorning barcha kuchlarning teng taʼsir etuvchisi kesim yadrosi chegaralaridan tashqariga chiqib ketadigan, hollarda agʻdarilib ketishiga qarshi ustuvorligini quyidagi shartdan kelib chiqib aniqlanadi:
(3)
bu yerda:
— tayanchning ehtimoliy burilish oʻqiga nisbatan jamlanma agʻdaruvchi moment;
— tayanchning ehtimoliy burilish oʻqiga nisbatan jamlanma tutib turuvchi moment;
— surilish va agʻdarilishga ustuvorligini tekshirishdagi ish sharoiti koeffitsiyenti.
Ushbu koeffitsiyentni tosh terilmasi orayopma plitasiga bevosita tayanishida 0,9 va gidroizolyatsiya qatlamiga quyma tunuka, metall-plastiklarga tayanishida 0,8 ga teng qabul qilinadi.
6. Oradevor ustuvorligining surilishga qarshi ustuvorligini quyidagi shartdan kelib chiqib aniqlanadi:
(4)
bu yerda:
— ustuvorlikni tekshirishdagi ishonchlilik koeffitsiyenti;
mos tarzda siljituvchi gorizontal yuklar va tutib turuvchi kuchlar.
SHNQ 2.03.07-21 “Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
7-ILOVA
Deformatsiyalanish diagrammalaridan foydalanganda tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalarni vertikal yukka hisob‑kitob qilish
1. Gʻisht ustunlarning vertikal yukka hisoblarini koʻndalang deformatsiyalarni ustun usti boʻylab taqsimlovchi poʻlat plastinalardan paydo boʻladigan ishqalanish kuchlari tomonidan tutib, kamaytirilib turishi eʼtiborga olganda umumiy koʻrinishda olib borilishi zarur.
2. Tosh terilmasining deformatsiyalanish ishchi diagrammalari sifatida elastik ish bosqichi va buzilishgacha boradigan darzlar shakllanishi jarayoni mazkur SHNQning 1a-rasmida keltirilgan va darzlar shakllanishi momentini aniqlash ushbu SHNQning 1b rasmida keltirilgan sxema uchun ikki chiziqli diagrammalar qabul qilinadi.
1-rasm. Deformatsiyalanishning hisobiy diagrammalari
a — siquvchi vektor boʻylab qisqarishga tegishli boʻylama deformatsiyalar;
b — choʻzilishga tegishli koʻndalang deformatsiyalar
3. Diagrammalar parametrik nuqtalarining koordinatalarini quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
darzlar shakllanishining boshlanishiga mos keluvchi zoʻriqishlar:
(1)
bu yerda:
— parchalanib uzilish sirti maydoni hamda element koʻndalang kesimi va siqilish yadrosi yuzalari aro farq nisbatining xossasi;
— tosh terilmasining chirmab bogʻlangan kesim boʻylab choʻzilishga hisobiy qarshiligi mazkur SHNQning12‑jadval boʻyicha aniqlanadi;
— tayanch oldi sohalaridagi surilish sirtlarining qiyalik burchagi:
(2)
bu yerda:
— tosh terilmasining siqilishga vaqtincha qarshiligi boʻlib mazkur SHNQning (3) formulasiga koʻra aniqlanadi;
— parchalanib uzilish sirtlarining va larning yigʻindisi bilan aniqlanadigan jamlanma maydoni:
(3)
(4)
— siqilib-choʻzilgan sohalarning konstruksiya kesimi tomonlarining ehtimoliy teng baravar emasligini eʼtiborga olgan balandliklari;
— element koʻndalang kesimining yuzasi:
(5)
— siqilish yadrosining yuzasi:
(6)
tosh terilmasining siqilishga vaqtincha qarshiligi — :
(7)
bu yerda:
— surilish sirti maydoni hamda element koʻndalang kesimi va siqilish yadrosi yuzalari aro farq nisbatining xossasi;
tayanch oldi sohasidagi surilish sirtining maydonini:
(8)
tosh terilmasining surilishga qarshiligi boʻlib, u diapazonda qabul qilinadi.
zoʻriqishlarning kattaliklari deformatsiyalanish diagrammasining parametrik koordinatalari mazkur SHNQning 1a-rasmida keltirilgan.
Konstruksiyaning ularga mos keladigan boʻylama nisbiy deformatsiyalari quyidagicha:
(9)
(10)
bu yerda:
— tosh terilmasining mazkur SHNQning 17-jadval va 37-bandlari boʻyicha qabul qilinadigan elastik xossasi;
— mazkur SHNQning 1-jadval boʻyicha qabul qilinadigan tuzatish kirituvchi koeffitsiyentlar.
1-jadval

Tosh terilmasi guruhi

Taʼrif-tavsif

Tuzatish kirituvchi koeffitsiyent

darz shakllanishi

buzilish

1

yaxlit sopol tosh terilmasi va 1NF-1,4NF silikat gʻishtlardan qilingan

0,55

0,7

2

Boʻshliqli devorlardan 1NF-2,1NF qilingan tosh terilmasi

1,0

1,25

3

Sopol, koʻpik, gaz, keramzit-beton yirik shaklli  toshlardan, shu jumladan boʻshliqlardan qilingan tosh terilmasi

1,75

1,5

Elementning oʻrtacha siqilgan choʻzilgan zona sathida yoriqlar hosil boʻlgunga qadar koʻndalang kengayish deformatsiyasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(11)
bu yerda:
Puasson koeffitsiyent
4. Toʻrsimon armaturalanishga ega boʻlgan tosh terilmasi deformatsiyalanishining ishchi diagrammalari sifatida armaturalanmagan tosh terilmasi kabi buzilishgacha elastik ishi va darzlar shakllanishi bosqichi mazkur SHNQning 2a-rasmida keltirilgan hamda darzlar shakllanish paytini aniqlash ushbu SHNQning 2b-rasmida keltirilgan sxema uchun ikki chiziqli diagrammalari qabul qilingan.
2-rasm. Deformatsiyalanish hisobiy diagrammalari a — siquvchi zoʻriqish vektori boʻylab qisqarish boʻylama deformatsiyalari,
b — koʻndalangiga choʻzilish deformatsiyalari
5. Diagrammalar parametrik nuqtalarining koordinatalari quyidagi formulalarga koʻra aniqlanadi:
darzlar shakllana boshlashi paytiga mos keladigan, zoʻriqishlar:
(12)
bu yerda:
— parchalanib uzilish sirtlari maydoni hamda element koʻndalang kesimi va siqilish yadrosi yuzalari aro farq nisbatining xossasi;
tosh terilmasining choʻzilishga keltirilgan qarshiligi:
(13)
bu yerda:
— choʻzilgan soha hamda uning balandligi chegaralari ichkarisidagi toʻrlar sterjenlari maydonlarining nisbati;
— tayanch oldi sohalaridagi siljish sirtlarining qiyalik burchagi:
(14)
bu yerda:
— tosh terilmasining ushbu SHNQning (3) formulasiga koʻra aniqlanadigan siqilishga vaqtinchalik qarshiligi;
— parchalanib uzilish maydonlarining va larning yigʻindisi bilan aniqlanadigan jamlanma yuzasi:
(15)
(16)
— siqilib-choʻzilgan sohalarning, konstruksiya koʻndalang kesimi tomonlarining ehtimoliy teng baravar emasligini eʼtiborga oladigan balandliklari;
— element koʻndalang kesimining yuzasi:
h (17)
— siqilish yadrosining yuzasi:
(18)
tosh terilmasining toʻrlar sterjenlarining uzilishida buzilishiga yoʻl quyiladiganda siqilishga vaqtinchalik qarshiligi :
(19)
bu yerda:
toʻrlardagi sterjenlar kesimlarining chegaralaridagi maydoni hamda element koʻndalang kesimi va siqilish yadrosi yuzalari aro farqlarning oʻzaro nisbati xossasi;
surilish sirti maydoni hamda element koʻndalang kesimi va siqilish yadrosi yuzalari aro farqlarning oʻzaro nisbati xossasi;
surilish sirtining tayanch oldi sohasidagi yuzasi:
(20)
tosh terilmasining, siljishga boʻlgan keltirilgan qarshiligi:
(21)
siljish sirtining, toʻrlar yaratadigan oboymalarga tegishli zoʻriqishlarning eʼtiborga olingan holdagi qiyalik burchagi:
(22)
bu yerda:
— oboymaga oid zoʻriqish;
qiymatlarini hisoblash chegaraviy holatda toʻrlar sterjenlarining uzilib ketishiga yoʻl quyiladigan shartdan kelib chiqib oʻtkaziladi:
(23)
bu yerda:
toʻrlar sterjenlari poʻlatining normativ qarshiliklari;
kompozitsion metall boʻlmagan toʻrlardan foydalanganda, ularning materiali choʻzilishga vaqtincha qarshiligini hisobga olinishi kerak;
toʻrlar sterjenlarining, choʻzilgan soha chegaralaridagi kesimi yuzasi;
siqilgan element kesimning oʻlchamlari hamda toʻrlarning tosh terilmasi balandligi boʻylab qadami.
Tosh terilmasi materialining uch oʻqli siqilish sharoitlaridagi vaqtincha qarshiligi:
(24)
Agar boʻlsa — kompressiyaga oid buzilishga yoʻl quyilmaydigan va armaturalash koʻrsatkichlarini oʻzgartirish talab qilinmaydi.
Agar boʻlsa — tosh terilmasi materialining kompressiyaga oid buzilishga yoʻl quyilmaydi va armaturalash intensivligini pasaytirish talab qilinadi.
zoʻriqishlarning kattaliklari deformatsiyalanish diagrammasining parametrik koordinatalaridir mazkur SHNQning 2 a rasmida keltirilgan. Konstruksiyaning, ularga mos keladigan boʻylama nisbiy deformatsiyalari:
(25)
(26)
bu yerda:
tosh terilmasining mazkur SHNQning 17-jadval va 21-bandlari boʻyicha qabul qilinadigan elastik xossasi;
mazkur SHNQning 2-jadval boʻyicha qabul qilinadigan tuzatish koeffitsiyentlari.
2-jadval

Gʻisht

Tuzatish koeffitsiyenti

darz shakllanishi

buzilish

Sopol

0,7

0,7

Silikat

0,7

1,0

Elementning siqilib-choʻzilgan oʻrtadagi soha sathida darzlar shakllanishigacha boʻlgan koʻndalangiga kengayish deformatsiyalari:
(27)
bu yerda:
Puasson koeffitsiyenti,
(8) formula, hamda toʻrlar sterjenlari uzunliklari boʻylab choʻzuvchi zoʻriqishlar epyurasining bir tekis koʻrinishga kelishi va ularning uzilishi, bilan birgalikda yoʻl quyiladigan, chegaraviy holat vujudga kelganda, oʻrta sohadagi poʻlatning va tegishli ravishda, hisob-kitob qilinayotgan elementning deformatsiyalari oʻzaro bir-biriga teng:
(28)
3-rasm — Poʻlatning deformatsiyalanishga oid hisobiy diagrammasi
SHNQ 2.03.07-21 “Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga
8-ILOVA
Ezilishga (mahalliy siqilishga) hisob‑kitoblar
1. Kesimlarni ezilishi (mahalliy siqilishi)dagi hisoblarni kesim maydonining biror qismiga (tosh terilmasiga fermalar, toʻsinlar, sarrovlar, tepadonlar, orayopma panellari, ustunlar tayanganida) qoʻyilgan yuklar taʼsiriga oʻtkazish lozim.
Tosh terilmasining pachoqlanishdagi yuk koʻtarish qobiliyati bosimning ezilish maydoni boʻylab taqsimlanish xususiyatini eʼtiborga olgan holda aniqlanishi zarur.
Ezilishiga hisob-kitoblarni binoni qurish jarayonida kostruktiv elementlarning (toʻsinlar, pillapoya zinalari) yangi yotqizilgan yoki eriy boshlagan qishki tosh terilmasi ustiga tayanishi ehtimolini eʼtiborga olib oʻtkazish lozim.
2. Kesimlarning ezilishishidagi hisob-kitobi mazkur SHNQning 58 — 62-bandlar boʻyicha oʻtkazilishi zarur.
Tosh terilmasining mahalliy yuklar bilan yuklantirilgan, maydonlariga qoʻyiluvchi konstruksiyaviy talablar ushbu SHNQning 149 — 152-bandlarida keltirilgan.
Tayanch tugunlar, pachoqlanishga hisob-kitob qilinishidan tashqari, shuningdek mazkur SHNQning 153 va 154-bandlari boʻyicha markaziy siqilishga ham hisob-kitob qilinishi kerak.
3. Tosh terilmasi tayanch maydonining yuk koʻtarish qobiliyatini oshirishda quyidagi konstruktiv chora-tadbirlar qoʻllanishi lozim:
mazkur SHNQning tosh terilmasining tayanch maydonini toʻrsimon armaturalash 77 va 78-bandlari;
taqsimlovchi tayanch plitalar oʻrnatilishi;
yirik oraliqlarni qoplashda, a odamlar ommaviy ravishda jamlanadigan (kinoteatrlar, sport zallari va boshqalar) binolarda taqsimlovchi belbogʻlar oʻrnatilishi;
pilyastrlar oʻrnatilishi;
kompleks konstruksiyalar (gʻisht yoki tosh terilmasi ichiga betonlab yuborilgan, temir-beton elementlar);
elementlarning tosh terilmasi ustiga tayanish joylarida tosh terilmasining tepadagi 4-5 qatorini ichi sidirgʻasiga yaxlit gʻishtdan bajarilishi.
4. Tosh terilmasi ezilishidagi hisobiy yuk koʻtarish qobiliyatining 80 foizidan ortib ketadigan mahalliy chetki yuklanishlar boʻlganda mahalliy yuklanishni vujudga keltiradigan, element ostidagi tosh terilmasini toʻrsimon armaturalash vositasida kuchaytirish lozim.
Toʻrlar diametri kamida 3 mm boʻlgan sterjenlardan qilingan oʻlchami koʻpi bilan 100×100 mm boʻlgan kataklarga ega boʻlishi kerak.
Mahalliy yuklarni qoʻyilish joylarida tosh terilmasini toʻrsimon armaturalash vositasida kuchaytirilishi yetarlicha boʻlmaganda, tosh terilmasi qatorlarining qalinligiga karrali, biroq kamida 14 cm boʻlgan qalinlikka ega hamda har bir yoʻnalishda armaturasining umumiy miqdori kamida 0,5 foizli ikkita toʻr bilan hisob-kitoblar asosida armaturalangan taqsimlovchi plitalarni yotqizishni hisobga olish lozim.
Bir oraliqli toʻsinlar, sarrovlar, fermalar chetki tayanch bosimi 100 kN dan ortiq boʻlganda, taqsimlovchi tayanch plitalarini (yoki belbogʻlarini) yotqizish hisob-kitoblarga muvofiq amalga oshirilishi, bunda yuklanishlar mavjudligida taqsimlovchi plitalarning qalinligini kamida 22 cm qabul qilish lozim.
5. Tosh terilmalarini erkin holatda yotgan egiluvchi elementlar (toʻsinlar, sarrovlar) tyanchlari ostidagi pachoqlanishga hisob-kitoblarini mazkur SHNQning 62-bandiga muvofiq hamda 1‑rasmda keltirilgan tayanchning amaldagi uzunligi va foydali uzunligiga bogʻliq tarzda oʻtkaziladi.
Toʻsin uchi ostidagi zoʻriqishlar epyurasi ( boʻlganida) trapetsiya boʻyicha yoki ( boʻlganida) uchburchak boʻyicha qabul qilinadi.
Agar toʻsinning tayanuvchi uchi uning balandligidan kichikroq boʻlganda, asosi boʻlgan uchburchakli epyurani taxminiy ravishda qabul qilishga yoʻl quyiladi.
1-rasm. Zoʻriqishlarning toʻsin uchi ostida taqsimlanishi
a — zoʻriqishlar epyurasi — trapetsiya (), b — zoʻriqishlar epyurasi , uchburchak ()
Tayanchning foydali uzunligi quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(1)
Trapetsiya koʻrinishidagi epyuradagi chetki zoʻriqishlar:
(2)
(3)
bu yerda:
(4)
uchburchak koʻrinishidagi epyuradagi chetki zoʻriqishlar:
(5)
bu yerda:
(6)
(1) — (6) formulalarda:
tayanchning foydali uzunligi;
toʻsinning tayanch reaksiyasi;
toʻsin, toʻshama plitasi yoki taqsimlovchi plitalar tayanch maydonining toʻsin uchi ostidagi kengligi;
toʻsin tayanchining uzunligi;
tosh terilmasining toʻsin uchi ostida pachoqlanishidagi koeffitsiyenti;
toʻsin oʻqining tayanch ustida ogʻish burchagi.
koeffitsiyenti quyidagi formulalarga koʻra aniqlanadi:
qotib boʻlgan tosh terilmasi uchun:
(7)
bu yerda:
tosh terilmasining siqilishga boʻlgan hamda mazkur SHNQning (3) formulasi boʻyicha aniqlanadigan vaqtinchalik qarshiligi (mustahkamlikning oʻrtacha chegarasi);
yangi yotqizilgan tosh terilmasi uchun:
(8)
bu yerda:
2 markali qorishmada yotqizilgan tosh terilmasining vaqtinchalik qarshiligi
ni aniqlashda toʻsin, tayanish uchining oʻrtasida joylashgan, sharnirga tayangan deb qabul qilinadi. Uzluksiz toʻsinlar uchun oraliq tayanchlar tegishli ustunlar yoki devorlarning oʻqi boʻylab joylashgan deb qabul qilinadi.
Teng taralgan yuklanishda erkin yotgan toʻsinlar uchun:
(9)
bu yerda:
— toʻsin oraligʻi;
toʻsin bikirligi.
Mazkur SHNQning 58-banddagi 19-formulasida toʻsin uchi ostidagi epyura trapetsiya koʻrinishida boʻlganda bosim epyurasining zamlanish toʻliqligi koeffitsiyenti va yuzasining kattaliklari quyidagi formulalarga koʻra aniqlanadi:
(10)
Zoʻriqishlar epyurasi uchburchak koʻrinishda boʻlganda:
(11)
Hisob-kitob natijalariga koʻra yangi terilgan tosh terilmasidagi tayanish maydonining yuk koʻtarish qobiliyati yetarlicha boʻlmaganda, toʻsin uchlarini koʻtarib tutib turadigan vaqtincha poylar oʻrnatilishi kerak.
6. Tosh terilmasini ikkita yoʻnalishda ezilishga yuklantirishda, uning ishini eʼtiborga olishda zoʻriqishlar epyurasini zamlanish toʻliqligi koeffitsiyentlariga koʻpaytirib olish yoʻli bilan olib boriladi mazkur SHNQning 58-bandiga muvofiq bajarilishi kerak.
Deraza va eshik usti toʻsinining oʻz boʻylama oʻqi atrofida buralish burchagining tangensi oʻrniga , oʻrniga esa qoʻyib hisoblanadigan ushbu SHNQning 1- formulasidan aniqlanadi.
Mahalliy yukdan tushuvchi bosim epyurasining zamlanish toʻliqligi koeffitsiyenti bosim epyurasining hajmini hajmiga nisbatidan kelib chiqib aniqlanishi kerak
7. Tosh terilmasini bir oraliqli toʻsinlar yoki qistirilgan tayanchli toʻshamalar tayanchlari ostida ezilishining hisob-kitob qilishi mazkur SHNQning 155-band boʻyicha olib boriladi, bunda ekssentrisitetining kattaligi quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(12)
bu yerda:
M — qistirmadagi eguvchi moment;
Q — toʻsinning tayanch reaksiyasi.
Toʻsin yoki toʻshama plitasiga teng taralgan yuk taʼsir etayotganidagi eguvchi moment quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(13)
8. Tosh terilmasining taqsimlovchi plita ostida joylashgan, kesimlarini hisoblashda, plita ustiga qayd qiluvchi oraqistirmasiz oʻrnatilgan, toʻsindan (fermadan va boshqalar) tushuvchi yuk, plitaga tayanuvchi elementning tayanch reaksiyasiga teng boʻlgan, jamlangan kuch koʻrinishida qabul qilinishi kerak.
Mazkur SHNQning 2a rasmida keltirilgan kuch qoʻyilgan nuqta plitaning ichki chetidan , biroq ortigʻi bilan 7 cm masofada qabul qilinishi zarur.
Tayanch bosimining vaziyatini qayd qiladigan, oraqistirma mavjudligida, mujassamlangan kuch qoʻyilgan nuqtadan oraqistirma ichki chetigacha boʻlgan masofani mazkur band talablari boʻyicha aniqlanishi kerak. Bunda, ushbu SHNQning 2b-rasmida keltirilgan holatda — oraqistirma uzunligi hisoblanishi lozim.
Taqsimlovchi plita, yuqoridan qoʻyilgan, mahalliy yuklanish va tosh terilmasi reaksiya bosimining pastdan taʼsir qilishidagi mahalliy siqilish, egilish va yorilib sinishga hisob-kitob qilinishi kerak.
Taqsimlovchi plitani hisoblashda mujassamlangan kuch, plitaga tayanuvchi elementning tayanish maydonsi kenglik va ga teng uzunlikka ega boʻlgan, pachoqlanish maydoni boʻylab teng taralgan, yuk bilan almashtiriladi, ushbu SHNQning 2-rasmida keltirilgan.
bu yerda, — plita yoki qayd qiluvchi oraqistirma chetidan yuklanish oʻqigacha masofa.
a — qayd qiluvchi oraqistirmasiz toʻsinning tayanishi;
b — oraqistirmali toʻsinning tayanishi
2-rasm Tayanch plitasini hisob-kitoblaridagi yuklar va zoʻriqishlar sxemasi
9. Yuklanish tosh terilmasiga taqsimlovchi qurilma (masalan, temir-beton yoki metall plita) orqali uzatilganda, bunday hollarda ushbu qurilmalar hisobiy sxemada, rejada xuddi taqsimlovchi qurilmalar singari oʻlchamlarga hamda bikirligi boʻyicha, quyidagi formulaga koʻra hisoblab topiladigan ekvivalent balandlikka ega boʻlgan tosh terilmasi belbogʻi yoki ustun bilan almashtirilishi kerak:
(14)
bu yerda:
taqsimlovchi qurilma materialining elastiklik moduli (taqsimlovchi temir-beton qurilmalar uchun bu yerda betonning boshlangʻich elastiklik moduli);
taqsimlovchi qurilmaning inersiya momenti;
tosh terilmasining, deb qabul qilinadigan elastiklik moduli;
taqsimlovchi qurilmaning taqsimlanish yoʻnalishiga perpendikulyar boʻlgan yoʻnalishdagi oʻlchami.
10. Tosh terilmasining taqsimlovchi qurilmalar ostidagi zoʻriqishlari mazkur SHNQning 1-jadvalida keltirilgan formulalarga koʻra aniqlanadi.
Ushbu formulalarda mahalliy yuklanishlarning quyidagi formulaga koʻra aniqlanadigan taʼsir etish radiusi:
(15)
bu yerda:
mahalliy yuk qoʻyilgan sathdan hisob-kitob qilinayotgan kesimgacha boʻlgan masofa.
Taqsimlovchi qurilma ostidagi kesimning hisob-kitoblarida , undan pastroqdagi kesimlar uchun esa , bu yerda taqisimlovchi qurilmaning pastki sirtdan hisob-kitob qilinayotgan kesimgacha boʻlgan masofa.
11. Taqsimlovchi qurilmaga bir nechta mujassamlangan va taqsimlangan mahalliy yuklar qoʻyilgan boʻlsa, uning tagi boʻylab zoʻriqishlar epyurasi mazkur yuklardan har biriga mos keladigan epyuralarning yigʻindisi sifatida aniqlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Taqsimlangan yuklar, oʻz kattaligiga koʻra ekvivalent boʻlgan, bir nechta mujassamlangan kuchlar bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
12. Taqsimlovchi qurilmaning oʻlchamlari (yoki mahalliy yuklanishni keltirib chiqayotgan, konstruksiya asosining oʻlchamlari) quyidagi shart bajarilganda tanlab olinishi kerak:
(16)
bu yerda:
61-bandning (21) formulasi boʻyicha aniqlanadi;
(3) formula boʻyicha.
Taqsimlovchi plita uzunligi (agarda u tosh terilmasi kesimining oʻlchamlari bilan cheklanmagan boʻlsa), plitaga qayd qiluvchi oraqistirmasiz oʻrnatilishi mazkur SHNQning 3a rasmida keltirilgan sxema toʻsin tayangan uchining uzunligidan kattaroq boʻlishi kerak.
Taqsimlovchi plitaning zaruriy uzunligini aniqlash uchun plitaga toʻsin uchidan tashuvchi bosimning teng taʼsir etuvchisi bevosita toʻsin uchida qoʻyilgan mazkur SHNQning 3b-rasmida keltirilgan sxema boʻyicha qabul qilinishi zarur.
1-jadval

Yuk qoʻyilish va zoʻriqishlarning taqsimlanish sxemalari

Formulalar quyidagi holatlarda qoʻllanishi lozim

 va zoʻriqishlar

1

2

3

1.

 

2.

 

3.

 

4.

 

5.

 

qotib boʻlgan tosh terilmasi uchun:

 sm

yangi yotqizilgan yoki erib tushgan tosh terilmasi uchun:

 sm

 yuk plita ostidagi zoʻriqishlarni soʻndiradi

6.

 

 qiymatlari  kattaroq va shu vaqtning oʻzida

7.

 

va shu vaqtning oʻzida

8.

 

va shu vaqtning oʻzida

9.

 

va shu vaqtning oʻzida

Belgilashlar: q — yuklanish; d — element qalinligi.

Tayanchlar tekis boʻlmagan choʻkishining ehtimoli hisobga olinishi kerak.
Ushbu bosim teng taʼsir etuvchisining joylashgan oʻrnini eʼtiborga olganda mazkur SHNQning 1-jadvalida keltirilgan formulalarga binoan taqsimlovchi plitadan tosh terilmasiga tushadigan bosim epyurasi aniqlanishi lozim.
Tosh terilmasining yuklantirilmagan qismiga tutashadigan, taqsimlovchi plitaning chetidagi bosim epyurasi ushbu SHNQning 3b rasmida keltirilgan ordinatasining kattaligi tosh terilmasining siqilishga hisobiy qarshiligidan oshmasligi kerak.
Agar konstruksiyaviy mulohazalardan kelib chiqqan holda tayanish plitasining uzunligini kattalashtirish imkoni boʻlmaganda uning kengligini orttirish zarur.
3-rasm Toʻsinning tosh terilmasiga tayanish tuguni hisobiy sxemasi
a — tosh terilmasining tayanch plitasi ostida mahalliy siqilishiga hisob‑kitoblardagi yuk va zoʻriqishlar;
b — tayanch plitasining uzunligini aniqlashdagi yuk va zoʻriqishlar
13. Tosh terilmasining, devor chetida joylashgan, pachoqlanish maydoniga kelib tutashuvchi, sohasida, shuningdek qaysiniki sifatida shartli ravishda teng taralgan zoʻriqish epyurasi, taqsimlovchi plita oʻrnatilganda, choʻzuvchi gorizontal zoʻriqishlar vujudga kelishi, bunda amaliy hisob-kitoblar uchun yetarlicha boʻlgan, aniqlik bilan choʻzuvchi zoʻriqishlar epyurasi, maksimal ordinatasi mahalliy yuklar plita tagi sathida boʻlgan, mazkur SHNQning 4-rasmida keltirilgan uchburchak koʻrinishida tasvirlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
4-rasm Tosh terilmasi pachoqlanishidagi choʻzuvchi zoʻriqishlarning taqsimlanishi
a — taqsimlovchi plita mavjud emasligida;
b — taqsimlovchi plita oʻrnatilgan boʻlsa;
1 — taqsimlovchi plita; 2 — tosh terilmasi
Choʻzilgan sohaning balandligi quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(17)
bu yerda:
yuklantirilgan soha uzunligi;
elementning yuklantirilgan maydonni oʻz ichiga kiritadigan uzunligi.
Choʻzuvchi zoʻriqishlar epyurasining eng katta ordinatasi quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
(18)
bu yerda:
mahalliy siqilish maydoni boʻylab teng taralgan yukning kattaligi, MPa (kgf/cm2).
boʻlganda ushbu koeffitsiyenti ga teng qabul qilish kerak; boʻlganda choʻzuvchi zoʻriqishlar eʼtiborga olinmaydi.
Armaturalanmagan tosh terilmasi choʻzuvchi zoʻriqishlar epyurasi eng katta ordinatasining kattaligi quyidagi shartni bajarilishni taʼminlash kerak:
(19)
bu yerda:
tosh terilmasining, chirmab bogʻlangan, kesimi boʻylab egilishidagi choʻzilishga mustahkamlik chegarasi, uning qiymati ga teng;
egilishdagi choʻzilishga hisobiy qarshiligi.
Choʻzilgan soha balandligi chegarasidagi choʻzuvchi zoʻriqishlarning kattaliklarini nisbatning turlicha qiymatlari uchun quyidagi 2-jadvalga koʻra aniqlash kerak.
2-jadval

0,2

0,3

0,4

0,5

0,6

0,7

0,383

0,295

0,216

0,157

0,116

0,089

0,770

0,580

0,430

0,310

0,230

0,180

Bunda, (19) formula bajarilmaganda (devor qalinligi) gorizontal zoʻriqish tosh terilmasining gorizontal choklarida choʻzilgan soha balandligi chegaralarida yotqizilgan, toʻrsimon armatura tomonidan qabul qilinishi kerak.
Armatura toʻrlarining uzunligi ularning yetarlicha ankerlanishini taxminlay olishi kerak.
Buning uchun toʻrlar bir tarafidan butkul pachoqlanish maydoni chegaralarigacha, hamda xuddi shunday uzunlikka qarama-qarshi tomonga kiritiladi, shu oʻrinda toʻrlarning uzunligi devor cheti bilan cheklanishi kerak.
Elementlarning, gʻovakliligi kamida 55 foiz toshlar va bloklardan qilingan tosh terilmasiga tayanishida kesimni mazkur SHNQning 19 formulasi boʻyicha tekshirilishi, bunda kesimni vertikal tekislik boʻylab qirqilishiga tekshirishni ham bajarish lozim:
bu yerda:
element chetining toshga tayanishidagi chirmab bogʻlangan kesim boʻylab qirqilishga hisobiy qarshiligi.
14. Taqsimlovchi uzluksiz qurilmalar (masalan, temir-beton belbogʻlar) elastik tayanchdagi toʻsinlar sifatida hisob-kitob qilinadi.
Taqsimlovchi temir-beton qurilmalarni armaturalanishi SHNQ 2.03.01-24 ga muvofiq oʻtkaziladi.
15. Hisob-kitoblari taxmin qilinishi mumkin boʻlgan murakkab tayanish tugunlari mavjud boʻlganda (masalan, devor yoki ustunga sarrovlar, toʻsinlar va plitalarning bir nechta yoʻnalishda tayanganda), tayanish tugunining ishonchliligini oshiradigan hamda mazkur SHNQning 4-bandida keltirilgan konstruksiyaviy chora-tadbirlar qoʻllanishi yoki tugun monolitlab qoʻyilishi kerak.
16. Fermalar, qoplama toʻsinlari, kranosti toʻsinlari va pilyastralarga tayanganda, tosh terilmasining tayanish maydonidagi taqsimlovchi plitalarning asosiy devor bilan ushbu SHNQning 153‑bandiga muvofiq bogʻlanishlarini qoʻllash lozim.
Plitalar ustida joylashgan, tosh terilmasini terish plitalarni oʻrnatilishidan soʻng amalga oshirilishi lozim.
Plitalarni, devorlarga tosh terish mobaynida qoldirib ketiladigan, joylarga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Qayd qiluvchi oraqistirma plita usti sirtida undan chiqarib qoʻyilgan ankerlar yordamida mahkamlab qotirib qoʻyilishi kerak.
Oraqistirmaning ichki cheti tayanish plitasi chetidan kamida 100 mm da turishi kerak.
18. Elementlarning, mahalliy yuklarni tosh terilmasiga uzatadigan, elementlarning tayanch maydonlari ostida, markasi kamida 50 va qainligi koʻpi bilan 15 mm boʻlishi, bunda qorishma qatlamini koʻzda tutish lozim.
Ushbu elementlarni yoki taqsimlovchi plitalarni tosh terilmasiga “quruqligicha” oʻrnatish yoʻl qoʻyilmaydi.
Devorlarning, tayanchlar ostidagi kamida 10 qator balandlikkacha boʻlgan, tosh terilmalari oʻzining barcha qatorlarida ham boʻylama va ham koʻndalang yoʻnalishda zanjirsimon chirmab bogʻichlanishga, ustunlar yoki pilyastrlarning tosh terilmalari esa zanjirsimon yoki toʻrt qatorli chirmab bogʻlanishga ega boʻlishi kerak.