1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Davlat mulkini xususiylashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Xususiylashtirishni jadallashtirish va iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushini yanada oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
davlat aksiya paketlarini xorijiy investorlarga “Toshkent” RFB savdolari orqali xorijiy valyutada sotish va ular boʻyicha toʻlovlarni shartnomada belgilangan valyutada amalga oshirish;
maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining bosh rejasiga muvofiq, sanoat zonalari infratuzilma bilan taʼminlangandan va davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingandan soʻng ular hududidagi yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-oktabr,
PF-159-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-159-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5177-son Farmonining 3-bandi ikkinchi xatboshisi “amalga oshirish taqiqlanadi,” soʻzlaridan keyin “Toshkent” RFB savdolari orqali davlat aksiya paketlarini xorijiy investorlarga sotish hamda” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5495-son Farmoni 8-bandida:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5666-son Farmoni 4-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2025-yil 1-fevraldan boshlab, boshlangʻich narxi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravarigacha boʻlgan davlat aktivlarini, yer uchastkalarini (shu jumladan, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini va koʻchma savdo joylarini) hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning mulklarini sotish va ijaraga berish boʻyicha oʻtkaziladigan elektron onlayn auksion savdolari jarayonida ishtirokchilar tomonidan uchinchi qadamdan boshlab shaxsiy hisobvaragʻida kamida ularning narx taklifiga nisbatan amaldagi zakalat miqdoridagi summaga ega boʻlish tartibi kiritiladi. Bunda ushbu mablagʻlar zakalat sifatida hisobga olinadi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-153-son Farmoni quyidagi mazmundagi 4¹-band bilan toʻldirilsin:
“4¹. Sanoat zonalari bosh rejasiga muvofiq:
sanoat zonalari infratuzilma bilan taʼminlangandan va davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingandan soʻng ular hududidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi;
sanoat zonalarida ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida xususiy investorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda infratuzilma bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi hamda keyinchalik ushbu xarajatlarni sanoat zonalarining mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi joriy etiladi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibini soddalashtirishga qaratilgan meʼyor va tadbirlarning 5-bandi ikkinchi xatboshisi ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qarorida:
“2025-yil 1-fevraldan boshlab, boshlangʻich narxi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravarigacha boʻlgan davlat aktivlarini, yer uchastkalarini (shu jumladan, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini va koʻchma savdo joylarini) hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning mulklarini sotish va ijaraga berish boʻyicha oʻtkaziladigan elektron onlayn auksion savdolari jarayonida ishtirokchilar tomonidan uchinchi qadamdan boshlab shaxsiy hisobvaragʻida kamida ularning narx taklifiga nisbatan amaldagi zakalat miqdoridagi summaga ega boʻlish tartibi kiritiladi. Bunda ushbu mablagʻlar zakalat sifatida hisobga olinadi”;