1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizning sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanuvchi dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kirishiga erishish, shuningdek, “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
a) Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish boʻyicha erishish lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar, shu jumladan:
sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;
sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;
Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) Oʻzbekiston Respublikasining birinchi 50 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
b) Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha ustuvor maqsad va vazifalar:
sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani shakllantirish, sohada standartlarni takomillashtirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;
maʼlumotlarni qayta ishlash hamda sunʼiy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun texnik infratuzilma yaratish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida mazkur yoʻnalishdagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish;
sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha aholining bilim va koʻnikmalarini oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish.
2. Strategiyani amalga oshirish doirasida quyidagilar:
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini 2024 — 2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida shakllantiriladigan “katta maʼlumotlar” roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
6.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar;
7.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi;
8.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish;
9.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
3. Quyidagilar sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar etib belgilansin:
bank-moliya sohasida — firibgarliklarning oldini olish, foydalanuvchilarning toʻlov qobiliyatini baholash, bozor tendensiyalarini prognoz qilish;
soliq va bojxona sohalarida — yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish, shubhali bojxona operatsiyalarini prognozlash va xavflarni boshqarish;
sogʻliqni saqlash sohasida — kasalliklarni tashxislash, davolash usullarini belgilash, tibbiy tasvirlarni tahlil qilish va bemorga oid maʼlumotlarni boshqarish;
qishloq xoʻjaligi sohasida — hosildorlikni prognoz qilish, qishloq xoʻjaligi resurslarini boshqarish, ekinlar, parranda, baliq va chorva mollarini yetishtirish jarayonlarini monitoring qilish;
energetika sohasida — energiya resurslarini boshqarish, energiya ishlab chiqarish va taqsimlashni optimallashtirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish va ularga boʻlgan talabni prognozlash.
4. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun 2025-yil 1-yanvardan boshlab Raqamli texnologiyalar vazirligiga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga 50 million AQSH dollari miqdorida foizsiz kredit ajratilishini taʼminlasin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son)
Bunda ushbu kredit Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qaytarilishi belgilab qoʻyilsin.
5. “Katta maʼlumotlar” bazasini yaratish uchun vazirlik va idoralar shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilgan holda (shu jumladan, maʼlumotlar egasizlantirilgan holda) 2025-yil 1-mayga qadar mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq maʼlumotlarning Raqamli texnologiyalar vazirligiga taqdim etilishini taʼminlasin.
Raqamli texnologiyalar vazirligi:
2024-yil 1-dekabrga qadar vazirlik va idoralarning takliflari asosida tayyorlangan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxatini muhokamadan oʻtkazish va tasdiqlash uchun “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritsin;
2025-yil 1-sentabrga qadar loyihalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni zarur maʼlumotlar bilan taʼminlash maqsadida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq barcha axborot xavfsizligi choralarini koʻrgan holda “katta maʼlumotlar” bazasini yaratsin;
2026-yil 1-mayga qadar sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari doirasida maʼlumotlarni qayta ishlash uchun moʻljallangan hisoblash quvvatlarini ishga tushirsin.
6. “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi (A. Aripov):
mazkur qarorning 4-bandida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini baholash hamda ushbu loyihalarni shaffof va raqobat tamoyillariga asoslangan holda amalga oshirish tartibi ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Komissiya yigʻilishlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalarning toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muhokama qilib borsin;
zaruratga koʻra, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxatiga (muhokamalar asosida), shuningdek, “katta maʼlumotlar” bazasida shakllantiriladigan maʼlumotlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib borsin.
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi tuzilmasidagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi negizida “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Bunda:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat ishtirokidagi korxonalar Markaz soʻroviga asosan (qonunchilik hujjatlari bilan qoʻriqlanadigan maʼlumotlardan tashqari) sunʼiy intellektni rivojlantirish yoʻnalishida zarur boʻlgan maʼlumotlardan foydalanish uchun axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalariga ulanish va toʻsiqsiz foydalanish imkoniyatini yaratsin;
axborot tizimlari va dasturiy taʼminotlarning sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida yaratilganligi va bunday texnologiya qoʻllanganligi Markaz tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi.
71. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(i) sunʼiy intellekt texnologiyalari rivojlanishi uchun zarur normativ-huquqiy bazani shakllantirish, xalqaro standartlarni joriy qilish;
(ii) maʼlumotlarni qayta ishlash hamda sunʼiy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun texnik infratuzilmani yaratish;
(iii) sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi xalqaro indekslarda Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
(iv) “Katta maʼlumotlar” bazasini yaratish va uni toʻldirib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(v) iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishga raqamlashtirish jarayonlarining taʼsirini baholash;
(vi) ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorlikda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida yangi yoʻnalishlar va zamonaviy texnologiyalarni chuqur oʻrganish orqali ularni davlat organlari va tashkilotlarida keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
(vii) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etishning konseptual va uslubiy asosini shakllantirish.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
8. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin:
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
xoʻjalik shartnomalari doirasida koʻrsatilgan xizmatlar hamda loyihalarni amalga oshirishdan tushgan mablagʻlar;
zarur texnik infratuzilmani taqdim etish evaziga shartnomaviy asosda startap-loyihalardagi oʻz ulushlarini sotishdan tushgan mablagʻlar.
Bunda Markaz kelgusida oʻzi koʻrsatgan xizmatlar doirasidagi tushumlari hisobidan mustaqil moliyalashtirishga oʻtishi belgilansin.
9. Markaz Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasi, 114A-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.05.00 Moliya, soliq va bojxona masalalari boʻyicha hamkorlik]
10. Bank tizimini sunʼiy intellekt texnologiyalari boʻyicha ilgʻor sohaga aylantirish va sohada xalqaro tajribani keng qoʻllash maqsadida:
a) Markaziy bankning Loyihalar va jarayonlarni boshqarish xizmati hamda Kiberxavfsizlik markazi tomonidan firibgarliklarning oldini olish, toʻlov tizimlari va xavflarni boshqarish yoʻnalishida sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy qilinsin;
b) davlat ulushiga ega tijorat banklari quyidagi yoʻnalishlarda sunʼiy intellekt sohasidagi loyihalarni amalga oshirishi koʻzda tutilsin:
aholi va tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarining qulayligi va sifatini oshirish;
“katta maʼlumotlar”ni qayta ishlash texnologiyalari va sunʼiy intellektni qoʻllash orqali moliyaviy xavflarni boshqarish va mijozlarning toʻlov qobiliyatini baholash;
bank xizmatlarini avtomatlashtirish, shuningdek, axborot xavfsizligi va firibgarlikka qarshi kurashish boʻyicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish.
11. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-oktabr,
PQ-358-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qaroriga 1-ILOVA
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish
STRATEGIYASI
1-bob. Umumiy maʼlumot
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-132-son Farmoniga muvofiq, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, huquqiy, texnologik va iqtisodiy asoslarni belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Strategiya sunʼiy intellekt texnologiyalari rivojlanishining joriy holati va xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini hisobga olgan holda mamlakatimizda sunʼiy intellektni keng qoʻllash, jadal rivojlantirish maqsadlari, vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi.
Shuningdek, Strategiyada sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida milliy manfaatlarni inobatga olgan holda strategik ustuvor yoʻnalishlarda loyihalarni amalga oshirish, oʻrta va uzoq muddatli, shu jumladan, ilmiy-texnikaviy rivojlanish sohasidagi vazifalar belgilab beriladi.
Strategiyada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
sunʼiy intellekt — insonning bilim va koʻnikmalariga taqlid qilish imkonini beruvchi (shu jumladan, mustaqil ravishda oʻrganish va yechimlarni izlash) hamda aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beradigan texnologik yechimlar majmui;
neyron tarmoq — mashinaviy oʻqitish usullaridan biri boʻlib, biologik organizmning neyron bogʻlamalarini tashkil etish va ularning ishlash tamoyiliga asoslangan matematik model, apparat-dasturiy taʼminot;
mashinaviy oʻqitish — namunalarni oʻrganish va tahlil qilish yordamida xulosa chiqaruvchi algoritmlarni oʻrganuvchi soha boʻlib, maʼlumotlardagi oʻzaro bogʻliqliklarni aniqlash hamda oʻrganishda jarayonlarni tadqiq qilish (neyron tarmoqlar va statistika) va boshqa usullardan foydalanish;
chuqur oʻrganish platformasi — sunʼiy neyron tarmoqlarini chuqur oʻrganish uchun moʻljallangan dasturiy va apparat vositalari majmui;
sunʼiy intellekt texnologiyasi — sunʼiy intellektdan foydalanishga asoslangan texnologiyalar, shu jumladan, intellektual videotahlil, nutqni tanib olish va sintezlash, qabul qilingan qarorlarni intellektual qoʻllab-quvvatlashning istiqbolli usullari;
“katta maʼlumotlar” — hajmi, xilma-xilligi, tezligi va (yoki) oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadigan, samarali saqlash, boshqarish va tahlil qilish uchun talab etiladigan keng maʼlumotlar toʻplami.
2-bob. Mamlakatimizda sunʼiy intellekt texnologiyalari rivojlanishining joriy holati
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4996-son qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga muvofiq:
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab 15 ta oliy taʼlim muassasasida sunʼiy intellekt texnologiyalarining iqtisodiyot tarmoqlari hamda davlat boshqaruvi tizimida amaliy qoʻllanishi boʻyicha kurslar va fanlar joriy etildi;
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab “Sunʼiy intellekt” yoʻnalishida kadrlar tayyorlash uchun 12 ta oliy taʼlim muassasasiga 572 nafar talaba (510 nafar bakalavr, 62 nafar magistratura) oʻqishga qabul qilindi;
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan “Sunʼiy intellekt” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olish istagini bildirgan yoshlar yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga yuborildi;
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida ixtisoslashgan laboratoriyalarga ega Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portali faoliyati doirasida sunʼiy intellekt asosidagi dasturiy taʼminotdan foydalanish uchun davlat organlari maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar toʻplamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli maʼlumotlar platformasi (data.egov.uz) ishga tushirildi.
Qaror doirasida qishloq xoʻjaligi, bank, moliya, transport, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, energetika, soliq va boshqa ustuvor tarmoq va sohalarda sunʼiy intellektni joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihalari amalga oshirildi.
3-bob. Strategiyaning maqsad va vazifalari
Strategiyaning ilovasiga muvofiq sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi nazarda tutilmoqda.
Strategiyani mamlakatimizda muvaffaqiyatli amalga oshirish doirasida quyidagilar asosiy maqsad va vazifalar etib belgilanadi:
1) sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani shakllantirish yoʻnalishida:
milliy qonunchilik hujjatlarini xalqaro tajriba asosida ishlab chiqish va takomillashtirish;
sohadagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qulay muhit yaratish;
xavfsizlik va etika talablarini joriy etish;
2) ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda ustuvor loyihalarni amalga oshirish yoʻnalishida — sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish hamda rivojlantirish orqali yangi va yuqori qiymat qoʻshilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini, xizmatlar koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish;
3) sohada standartlarni takomillashtirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yoʻnalishida:
milliy standartlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
xalqaro tashkilotlar va sohadagi ilgʻor xorijiy kompaniyalar bilan aloqalar oʻrnatish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash;
4) sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida maʼlumotlarni qayta ishlash uchun texnik infratuzilmani shakllantirish yoʻnalishida:
sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish, ularni sinovdan oʻtkazish va rivojlantirish uchun zarur infratuzilma yaratish;
ochiq maʼlumotlar va “katta maʼlumotlar” toʻplamlarini shakllantirish;
5) aholining bilim va koʻnikmalarini oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish yoʻnalishida:
sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha aholining bilim va koʻnikmalarini oshirib borish;
malakali kadrlar tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish, ushbu jarayonga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda oʻqituvchi va professorlarning bilim va malakalarini oshirish.
1-§. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani shakllantirish
Milliy qonunchilik hujjatlarini xalqaro tajriba asosida ishlab chiqish va takomillashtirish maqsadida quyidagi choralar koʻriladi:
tadqiqotlar natijalari hamda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrgangan holda sunʼiy intellekt texnologiyalari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asos yaratish;
sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq subyektlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solishning yaxlit tizimini yaratish;
sohadagi davlat standartlari va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish;
sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasidagi institutsional asoslarni shakllantirish;
maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash markazlaridagi “bulutli texnologiyalar” xizmatlari boʻyicha maʼlumotlarning yaxlitligi va xavfsizligini taʼminlash asoslarini kuchaytirish.
Sohadagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qulay muhit yaratish maqsadida quyidagi choralar koʻriladi:
sohadagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda yetakchi tashkilotlar ishtirokida patent tadqiqotlarini oʻtkazish va ularni muntazam yangilab borish uchun zarur sharoitlar yaratish;
iqtisodiyotning turli sohalarida sunʼiy intellekt yoʻnalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan bogʻliq jarayonlarni soddalashtirish;
ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirishni ragʻbatlantirish boʻyicha huquqiy asoslarni takomillashtirish.
Xavfsizlik va etika talablarini joriy etish maqsadida quyidagi choralar koʻriladi:
sunʼiy intellekt texnologiyalari boʻyicha etika qoidalarini ishlab chiqish;
maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va qayta ishlash hamda ularni muhofaza qilish va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.
2-§. Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va ustuvor loyihalarni amalga oshirish
Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish hamda rivojlantirish orqali yangi va yuqori qiymat qoʻshilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini, xizmatlar koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi:
a) qishloq xoʻjaligi sohasida:
yerni masofadan zondlash asosida tuproq va qishloq xoʻjaligi ekinlari holati, shuningdek, global pozitsiyalash tizimlari asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi, shu jumladan, kombaynlar ishini monitoring qilish texnologiyalarini rivojlantirish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirish, sohada sunʼiy intellektga asoslangan holda qarorlar qabul qilishga koʻmaklashish;
qishloq xoʻjaligi ekinlari hamda chorva mollari, parranda, baliq va boshqa oʻsimlik va hayvon turlari oʻsishi, (koʻpayishi) yetishtirilishi va hajmini onlayn monitoring qilish imkoniyatini yaratish;
yerdagi suv miqdori, hosil hajmini aniqlash hamda suv resurslari va mineral oʻgʻitlarni tejash boʻyicha tavsiyalar berishda sunʼiy intellektni qoʻllash;
b) bank sohasida:
bank xizmatlarini koʻrsatish jarayonida mijozlarning toʻlov qobiliyati hamda boshqa xususiyatlarini baholash va tahlil qilish;
bank sohasida monitoring va tahlil qilish, rejalashtirish, prognozlashtirish uchun intellektual texnologiyalarni rivojlantirish;
v) transport, logistika, sanoat va xizmat koʻrsatish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash sohalarida:
transport sohasidagi zamonaviy uslublarni qoʻllagan holda vagonlar soni, sof ogʻirligi va ulardagi mahsulotlarni tahlil qilish;
zamonaviy kameralar yordamida doʻkonlarda xaridorlarni aniqlash, ularning xatti-harakatlari va sotib olgan mahsulotlarini tahlil qilish;
avtonom intellektual uskunalar va robototexnika majmualaridan intellektual logistika boshqaruv tizimlarida foydalanish;
sunʼiy intellekt algoritmlari, mashinaviy oʻqitish va prognozlash usullari yordamida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish jarayonlarini monitoring qilish hamda optimallashtirish;
g) geologiya va energetika sohasida:
ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va texnologik uskunalar ishini takomillashtirish;
energiya resurslarini ishlab chiqarish va ularning isteʼmolini prognoz qilish;
energetika obyektlarini samarali boshqarish va monitoringini yuritishda “buyumlar interneti” texnologiyalarini joriy qilish;
d) sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohalarida:
kasalliklarni prognozlashtirish, diagnostika qilish va davolash uslublarini belgilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
dori vositalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonini optimallashtirish;
inson oʻpkasining kompyuter tomografiyasi tahlili asosida pnevmoniyani aniqlash;
mammografiya tahlili asosida koʻkrak bezi saratoniga ilk bosqichda tashxis qoʻyish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash;
dori-darmonlarga boʻlgan ehtiyoj, ularni minimal va maksimal ishlab chiqarish soni va boshqa moliyaviy axborotlarni tahlil qilish;
kompyuter tomografiyasi, uch oʻlchamli tasvirlarni tahlil qilish orqali kasalliklarni erta aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
segmentatsiya usuli yordamida bemorlar kasalliklarini aniqlash;
jarrohlik aralashuvlarini avtomatlashtirish va aniqligini oshirish;
e) taʼlim, madaniyat va turizm sohasida:
taʼlim muassasalarida shaxsni identifikatsiya qilish orqali oʻquvchi va talabalar davomatini monitoring qilish hamda xavfsizligini taʼminlash;
fanlar, mavzular, sinflar boʻyicha taʼlim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, oʻquvchilarning aqliy va jismoniy rivojlanishini tahlil qilib borish hamda maktab boshqaruvi samaradorligini oshirish;
bilim sifatini baholashni avtomatlashtirish va oʻquv natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish;
dasturlash tillari va sunʼiy intellektni oʻrganish imkoniyatlarini kengaytirish;
erta yoshdan sunʼiy intellektni tushunish va qiziqishni rivojlantirish uchun oʻyin (tajriba)ga yoʻnaltirilgan dasturlar va sunʼiy intellekt oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;
yuqori sinf, oʻrta maxsus hamda professional taʼlim jarayonida kelajakda zarur boʻladigan asosiy dasturlash tillari va sunʼiy intellekt boʻyicha bilimlar olish imkoniyatini kengaytirish;
turizm obyektlariga, jumladan, muzeylar va boshqa madaniy obyektlarga kelgan turistlarga yuqori sifatli va interaktiv xizmat koʻrsatish;
j) raqamli hukumat sohasida:
raqamli davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalanuvchilarni masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) boʻyicha sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash;
sohada nutqni aniqlash va sintezlash texnologiyalari, “tabiiy tilga ishlov berish” (LLM hamda NLP) kabi yoʻnalishlarni rivojlantirish;
yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida chat-botlar yaratish;
koʻrsatiladigan xizmatlarni toʻliq avtomatlashtirish va qisqa vaqt davomida sifatli xizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish;
rejalashtirish, prognozlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarining samaradorligini oshirish;
davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, ularni taqdim etishda fuqarolar uchun qulayliklar yaratish;
sunʼiy intellekt va “katta maʼlumotlar” bilan ishlash uchun superkompyuter va “bulutli platformalar”ni rivojlantirish.
3-§. Sohada standartlarni takomillashtirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash
Milliy standartlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi:
amaldagi milliy standartlarni xatlovdan oʻtkazish, ularni tahlil qilish va xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish;
xalqaro standartlar asosida yangi milliy standartlar ishlab chiqish;
standartlashtirish jarayonida ishtirok etuvchi shaxslar uchun treninglar va seminarlar tashkil etish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan yangi milliy standartlarni ishlab chiqish uchun ekspert guruhlarini tashkil etish;
xalqaro aloqalarni mustahkamlash doirasida xalqaro forumlar va konferensiyalar tashkil etish;
xorijiy hamkorlar bilan innovatsion texnologiyalarni almashish va ularni mahalliy sharoitlarga moslashtirish uchun ilmiy va texnologik hamkorlik oʻrnatish;
milliy mahsulotlar va xizmatlarning xalqaro bozorlarga chiqishi uchun maxsus platforma va dasturlar ishlab chiqarish;
xalqaro talablarga mos keladigan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish.
Xalqaro tashkilotlar va sohadagi ilgʻor xorijiy kompaniyalar bilan aloqalar oʻrnatish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi:
xorijiy davlatlar bilan ilmiy va texnologik hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;
xorijiy davlatlar bilan qoʻshma ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
qoʻshma seminar va konferensiyalar oʻtkazish orqali tajriba almashish;
xorijiy davlatlardagi ilgʻor sunʼiy intellekt texnologiyalarni mahalliylashtirish;
mahalliy kompaniyalar va tashkilotlarning yechimlarini xalqaro maydonda taqdim qilib borish hamda ularning xorijiy hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlash;
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish.
4-§. Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida maʼlumotlarni qayta ishlash uchun texnik infratuzilmani shakllantirish
Sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish, ularni sinovdan oʻtkazish va rivojlantirish uchun zarur infratuzilma yaratish maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi:
sohada “bulutli xizmatlar”ni joriy etish, shuningdek, maʼlumotlar markazlari imkoniyatlarini kengaytirish va yangi markazlar yaratish;
maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarida sunʼiy intellekt uchun ajratilgan quvvatlar ulushini oshirish;
sunʼiy intellektni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan raqamli maʼlumotlarning soni va sifatini oshirish;
geografik joylashuvidan qatʼiy nazar, fuqarolarning axborotga oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantirish va inson omilisiz xizmat koʻrsatishni yanada rivojlantirish;
“bulutli hisoblash” texnologiyalari asosida maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini rivojlantirish;
sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, ularni yaratish va rivojlantirishga qiziqish bildirgan fuqarolar uchun onlayn oʻqitish platformasini ishlab chiqish;
davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari, oliy taʼlim muassasalarini sunʼiy intellektni amaliyotda qoʻllash uchun zarur texnik uskunalar bilan taʼminlash orqali tegishli infratuzilma yaratish.
Ochiq maʼlumotlar va “katta maʼlumotlar” toʻplamlarini shakllantirish maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi:
“katta maʼlumotlar”ni sunʼiy intellekt asosida qayta ishlash va tahlil qilish;
“katta maʼlumotlar” bilan ishlashning samarali usullari va ilgʻor biznes-tahlil texnologiyalarini joriy etish;
maʼlumotlarni joylashtirish, toʻplash va tahlil qilishga moʻljallangan raqamli maʼlumotlar platformasining doimiy faoliyatini taʼminlash va takomillashtirib borish;
ochiq raqamli maʼlumot toʻplamlari sonini oshirish, ularning sifatliligi va doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlash;
davlat muassasalaridagi mavjud raqamli maʼlumotlarning ochiqlik darajasini oshirish hamda Ochiq maʼlumotlar portaliga integratsiyasini taʼminlash;
oʻzbek tili, ovoz, video, muloqot va boshqa umumiy maqsadli maʼlumotlarni tahlil qilish kabi maxsus sohalarda maʼlumot toʻplamlarini shakllantirish.
5-§. Aholining bilim va koʻnikmalarini oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish
Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha aholining bilim va koʻnikmalarini oshirib borish maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi:
yoshlar orasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini ommalashtirish, shuningdek, aholining barcha qatlamlari orasida raqamli texnologiyalardan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish;
masofaviy hamda onlayn oʻqitish texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun onlayn kurslar ishlab chiqish;
iqtisodiyotning real sektorida sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, yangi yutuqlar muhokamasi boʻyicha tadbirlar (forumlar, seminarlar, konferensiyalar va boshqalar) hamda tanlovlar (xakaton, musobaqalar va boshqalar) oʻtkazish;
sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlarni umumiy va kasbiy taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etish uchun jalb qilish;
oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida ularning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar sonini koʻpaytirish;
aholining sunʼiy intellekt va undan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishiga qaratilgan choralar koʻrish maqsadida ish beruvchilarning manfaatdorligini oshirish;
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarida raqamlashtirish uchun masʼul xodimlarning sunʼiy intellekt boʻyicha bilim va koʻnikmalarini doimiy ravishda oshirib borish;
aholi va tashkilotlarga sunʼiy intellekt asosida ishlab chiqilgan texnologik yechimlardan foydalanishning afzalliklari va xavfsizligi, shuningdek, oʻqitish va qayta tayyorlash dasturlari toʻgʻrisida maʼlumot berish;
raqamli texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan xususiy tashkilotlar, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hamda mahalliy hokimiyat organlari xodimlari uchun ixtisoslashtirilgan sunʼiy intellektni oʻqitish dasturlarini ishlab chiqish va oʻquv jarayonlarini yoʻlga qoʻyish.
Malakali kadrlar tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish, ushbu jarayonga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda oʻqituvchi va professorlarning bilim va malakalarini oshirish maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi:
sohada kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida “buyumlar interneti”, robototexnika, sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va oʻrganish boʻyicha laboratoriyalar tashkil etish hamda ularni zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlash uchun grantlar ajratish;
sohada yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun umumtaʼlim maktablari oʻquvchilariga dasturlashni oʻrgatish boʻyicha zarur sharoitlar yaratish;
oliy taʼlim muassasalarida xorijiy professor-oʻqituvchilar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha bepul onlayn kurslar tashkil etish;
sunʼiy intellekt yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari sonini oshirish;
matematika, mantiq, mental arifmetika kabi fanlarni chuqurlashtirib oʻrgatish, shuningdek, dasturlash tillarini oʻqitish orqali oʻquvchi va talabalarning sunʼiy intellekt sohasidagi bilimlarini oʻrta darajaga yetkazish;
iqtidorli mutaxassislarni tayyorlash, qoʻllab-quvvatlash va ular erishgan yutuqlarni targʻib qilish, ularning rivojlanishiga imkoniyat yaratish;
xalqaro yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi kadrlar malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish;
kadrlar almashinuvi va oʻzaro tajriba almashish jarayonlarini tashkil qilish, ilmiy tashkilotlar va xususiy sektor hamkorligida qoʻshma tadqiqotlar va loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish;
olib borilayotgan qoʻshma tadqiqotlar va loyihalarning jamiyatning real ehtiyojlari bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash.
4-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish rejalashtirilgan:
a) birinchi maqsadga erishish doirasida:
sunʼiy intellektga doir munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, xalqaro va mahalliy standartlar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini oʻz ichiga olgan normativ-huquqiy baza shakllantiriladi;
maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash markazlarida “bulutli texnologiyalar” xizmatlarida maʼlumotlarning yaxlitligi va xavfsizligini taʼminlash asoslari yaratiladi;
sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida institutsional boshqaruv shakllantiriladi;
sunʼiy intellekt texnologiyalari boʻyicha etika qoidalari ishlab chiqiladi;
b) ikkinchi maqsadga erishish doirasida:
ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalari keng joriy etiladi;
korxona va tashkilotlarda ish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali vaqt va resurslardan samarali foydalaniladi;
real vaqtda maʼlumotlarni tahlil qilish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini doimiy ravishda kuzatish hamda tezkor qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi;
sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish orqali xarajatlar kamaytiriladi;
sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida ishlab chiqarish uskunalarini monitoring qilish va ularning texnik holatini prognoz qilish orqali ularning xizmat muddati uzaytiriladi;
maʼlumotlar tahlili yordamida mahsulot va xizmatlar sifati nazorat qilinadi va doimiy ravishda yaxshilanadi;
yangi texnologiyalar yordamida mahsulotlarning sifati, ularning qoʻshilgan qiymati oshadi va raqobatbardoshligi taʼminlanadi;
v) uchinchi maqsadga erishish doirasida:
mahalliy standartlarni xalqaro standartlarga moslashtirish orqali sohada mamlakatimizning jahon miqyosidagi integratsiyasi kuchaytiriladi;
mahalliy standartlarni xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish orqali xorijiy investorlar va kompaniyalarning mahalliy iqtisodiyotga investitsiya kiritishga qiziqishi ortadi;
xalqaro standartlarni tatbiq etish orqali mahalliy mahsulot va xizmatlarning sifati hamda raqobatbardoshligi oshiriladi va eksport bozorlariga kirish jarayoni soddalashtiriladi;
innovatsion loyihalar va startaplar uchun qoʻshimcha moliyaviy manbalarni jalb qilish imkoniyati yaratiladi;
g) toʻrtinchi maqsadga erishish doirasida:
sunʼiy intellekt infratuzilmasi yuqori tezlikdagi hisoblash quvvatlari bilan taʼminlanadi;
maʼlumotlarni qayta ishlash tezligi va samaradorligi sezilarli darajada ortadi;
sohaga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari zarur zamonaviy moddiy-texnik baza bilan taʼminlanadi;
sunʼiy intellekt algoritmlaridan foydalanish uchun zarur raqamli maʼlumotlar toʻplami shakllantiriladi hamda ularning soni va sifati doimiy ravishda yangilab boriladi;
“katta maʼlumotlar”ning saqlanishi, ishlov berilishi va doimiy himoyalanishi taʼminlanadi;
sodda va doimiy vazifalarni avtomatlashtirish orqali ish yuklamasi kamaytiriladi;
sunʼiy intellekt infratuzilmasi asosida “katta maʼlumotlar” yordamida modellar va algoritmlarni yaratish imkoniyati yoʻlga qoʻyiladi;
prognoz qilish va qaror qabul qilish jarayonlarida algoritmlar aniqligi oshadi;
mashinaviy oʻqitish modellari va chuqur oʻrganish platformalarini samarali ishga tushirish imkoniyati yaratiladi;
d) beshinchi maqsadga erishish doirasida:
oliy taʼlim muassasalarida sunʼiy intellekt boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi va ushbu yoʻnalishdagi bitiruvchilar soni oshadi;
sunʼiy intellekt, robototexnika va boshqa ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim beruvchi oʻquv markazlari soni ortadi;
sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi IT-kompaniyalar soni ortadi hamda sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatilgan xizmatlarning hajmi oshadi;
sohadagi ilmiy darajaga ega mutaxassislar soni ortadi;
ilmiy xodimlar (tadqiqotchilar) faoliyatiga (ilmiy nashrlardan tashqari) yangi mezonlarni qoʻllash orqali ularni baholash samaradorligi oshiriladi;
aholi keng qatlami sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi;
sunʼiy intellektni qoʻllagan holda koʻrsatiladigan raqamli davlat xizmatlari ulushi va ularning shaffofligi oshiriladi.
Davlat organlarining maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarida sunʼiy intellekt uchun ajratilgan quvvatlar ulushi
foiz
-
5
7
10
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
Sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi
mln dollar
10
200
500
1 500
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
3.
Ochiq maʼlumotlar portalidagi statistik va tarmoq maʼlumotlari
maʼlumotlar toʻplami
5 777
7 500
8 500
10 000
Milliy statistika qoʻmitasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
4.
Sunʼiy intellekt sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun ochiq shaklda taqdim etiladigan idoraviy maʼlumotlar
maʼlumotlar toʻplami
16
50
100
200
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushi
foiz
-
1
5
10
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi
6.
Soha va tarmoqlarda sunʼiy intellekt asosida amalga oshiriladigan loyihalar
soni
-
57
100
185
Manfaatdor vazirlik va idoralar,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
7.
IT-parkda sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi rezidentlar
soni
10
20
35
50
Raqamli texnologiyalar vazirligi
8.
Sunʼiy intellekt yoʻnalishida malakali mutaxassislar tayyorlash
nafar
572
650
800
1 000
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
9.
Sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar
soni
-
6
8
10
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
10.
IT yoʻnalishidagi oliygohlarda sunʼiy intellekt yoʻnalishida ilmiy darajaga ega boʻlgan oʻqituvchilar (PhD, DSc)
nafar
-
20
25
40
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
11.
Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) Oʻzbekistonning oʻrni
oʻrin
87
75
65
50
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
I. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani shakllantirish
1.
Mamlakatimizda sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish hamda tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllantirish.
1. Qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish.
2025-yil aprel
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Xatlov yakuni boʻyicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2025-yil iyun
2.
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish hamda qoʻllashdagi etika qoidalari va tamoyillarini ishlab chiqish.
1. Quyidagi yoʻnalishlarda xalqaro tajribani oʻrganish:
sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishda ustuvor ravishda inson manfaatlari va huquqlarini himoya qilish;
sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash tamoyillarini tartibga soluvchi etika qoidalari.
2025-yil oktabr
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.
2025-yil dekabr
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2026-yil yanvar
3.
Vazirlik va idoralarning platforma va maʼlumotlar bazalarini bitta data markazga jamlangan holda, sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish, xatarlarni aniqlash va yashirin tadbirkorlik faoliyatini aniqlash tizimini ishlab chiqish.
Tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlarini tahlil qilish imkoniyatini yaratish orqali yashirin tadbirkorlik faoliyatini aniqlash tizimini ishlab chiqish.
2026 — 2028-yillar
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Markaziy bank,
Bosh prokuratura, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar
4.
Raqamli texnologiyalar vazirligi tuzilmasidagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi negizida “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasini tashkil etish.
1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.
2024-yil dekabr
Raqamli texnologiyalar vazirligi
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda kelishish.
2025-yil fevral
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2025-yil mart
5.
Markaziy bankning Loyihalar va jarayonlarni boshqarish xizmati hamda Kiberxavfsizlik markazi tomonidan firibgarlik holatlarining oldini olish, toʻlov tizimlari va xavflarni boshqarish yoʻnalishida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish.
1. Loyihalar va jarayonlarni boshqarish xizmati hamda Kiberxavfsizlik markazi tomonidan firibgarliklarning oldini olish, toʻlov tizimlari va xavflarni boshqarish yoʻnalishida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxatini ishlab chiqish.
2025-yil yanvar
Markaziy bank,
davlat ulushi mavjud tijorat banklari
2. Loyihalarni amalga oshirish.
2025-2026-yillar
6.
Raqamli hukumat tizimida axborot va kompyuter xavfsizligi mexanizmlarini takomillashtirish.
Sunʼiy intellektni qoʻllagan holda Raqamli hukumat tizimida axborot va kompyuter xavfsizligi mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish.
2026-yil iyun
Raqamli texnologiyalar vazirligi
II. Sohada standartlarni takomillashtirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash
7.
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini tartibga soluvchi yangi milliy standartlarni ishlab chiqish.
1. Xalqaro tajribani oʻrganish hamda mazkur yoʻnalishdagi standartlar loyihalarini ishlab chiqish.
2. Standartlar loyihalarini belgilangan tartibda kelishish va tasdiqlash.
2025-2026-yillar
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
8.
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini tartibga soluvchi 9 ta milliy standartni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.
1. Amaldagi milliy standartlarni xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish.
2. Xatlov yakuni boʻyicha milliy standartlarning yangi tahrirlarini ishlab chiqish, belgilangan tartibda kelishish va tasdiqlash.
2025-2026-yillar
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
9.
Xalqaro ekspertlar ishtirokida mahalliy standartlarni xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish.
1. Standartlashtirish sohasidagi xorijiy ilgʻor kompaniyalar va ekspertlar roʻyxatini shakllantirish hamda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
2025-yil iyun
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
2. Xorijiy ilgʻor kompaniyalar va ekspertlarni jalb qilgan holda mahalliy standartlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish.
2025-yil noyabr
10.
Sunʼiy intellekt sohasidagi xalqaro standartlar, ilgʻor tajriba va texnologiyalarni mahalliy darajada tatbiq etish boʻyicha xorijiy ilmiy va texnologik kompaniyalar bilan muntazam hamkorlikni olib borish.
Standartlashtirish sohasidagi xorijiy ilgʻor kompaniyalar bilan hamkorlikda xalqaro standartlar, ilgʻor xorijiy tajriba va texnologiyalarni mahalliylashtirishni yoʻlga qoʻyish.
2025-2026-yillar
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
11.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha faol ishtirokini taʼminlash va imijini shakllantirish.
Mintaqaviy va xalqaro hamkorlik doirasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha faol ishtirokini taʼminlash va imijini shakllantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va amalga oshirish.
2025-2026-yillar
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi
III. Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida maʼlumotlarni qayta ishlash uchun texnik infratuzilmani shakllantirish
12.
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini amalga oshirish boʻyicha parallel hisoblashni amalga oshirish, mashinaviy oʻrgatish va boshqa loyihalar uchun zarur boʻlgan grafik ishlov berish bloklarini (GPU) oʻz ichiga olgan yuqori samarali hisoblash klasterini ishga tushirish.
1. Xorijiy tajribani oʻrganish hamda kompleks tahlil metodlarini sunʼiy intellekt yordamida qoʻllash.
2025-yil mart
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi,
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
2. Loyiha-texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.
2025-yil avgust
3. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq xarid jarayonlarini amalga oshirish.
2026-yil aprel
13.
Maʼlumotlarni toʻplash, saqlash va shakllantirish uchun ixtisoslashtirilgan “katta maʼlumotlar” bazasi server qurilmalarini ishga tushirish.
1. Xorijiy tajribani oʻrganish hamda kompleks tahlil metodlarini sunʼiy intellekt yordamida qoʻllash.
2025-yil yanvar
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi,
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
2. Loyiha-texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.
2025-yil may
3. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq server qurilmalarini ishga tushirish.
2026-yil iyun
IV. Aholining bilim va koʻnikmalarini oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish
14.
Isteʼdodli yoshlarni sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida maqsadli tayyorlash boʻyicha tegishli choralar koʻrish.
1. Sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha iqtidorli yoshlar roʻyxatini shakllantirish va tanlov asosida saralash.
2. Xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan 300 ta eng yaxshi akademik reytingga ega yoki sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha 100 ta yetakchi xorijiy universitetlarning bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha ochiq stipendiya tanlovlarida belgilangan kvotalarga qoʻshimcha ravishda 5 ta maqsadli oʻrin ajratish.
3. Tanlangan nomzodlarni xorijiy oliy taʼlim muassasalariga taʼlim olishga yuborish va ularning oʻquv jarayonlarini nazorat qilish.
2025-yildan boshlab doimiy ravishda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,
Oliy taʼlim,
fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar
15.
Vazirlik va idoralarning sunʼiy intellekt loyihalarini amalga oshirishga masʼul boʻlgan mutaxassislari va ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-oʻqituvchilari malakasini xorijiy mamlakatlarda oshirish.
1. Mutaxassislar va professor-oʻqituvchilarning roʻyxatini shakllantirish hamda ularni tanlov asosida saralash.
2. Saralab olingan nomzodlarni xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan xorijiy universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlarida malaka oshirish kurslariga yuborish.
2025-2026-yillar
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
16.
Davlat ulushiga ega tijorat banklari tomonidan har yili kamida bir nafar raqamlashtirish boʻyicha boshqaruv xodimlarining xorijiy taʼlim muassasalarida sunʼiy intellekt yoʻnalishida malaka oshirishini yoʻlga qoʻyish.
1. Malaka oshirish uchun yuboriladigan mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish.
2. Saralab olingan nomzodlarni xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan xorijiy universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlariga malaka oshirish kurslariga yuborish.
2025-yil 1-yanvardan boshlab doimiy
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Markaziy bank,
davlat ulushiga ega tijorat banklari
17.
Sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida laboratoriyalar tashkil etish.
1. Tadqiqot laboratoriyalarining texnik parametrlarini tasdiqlash.
2. Texnik parametrlarga muvofiq zarur uskuna va jihozlar xaridini amalga oshirish.
3. Tadqiqot laboratoriyalar uchun ajratilgan bino-inshoot yoki maxsus xonalarni taʼmirlash hamda jihozlash.
4. Quyidagi muassasalarda sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha laboratoriyalar tashkil etish:
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti;
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti;
Toshkent iqtisodiyot universiteti;
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti;
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
2025-2026-yillar
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
18.
Davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, tijorat banklari hamda mahalliy hokimiyat organlari xodimlarining sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi bilim va malakalarini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish.
1. Xorijiy yetakchi universitet va kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.
2024-yil dekabr
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi,
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt instituti
2. Oʻquv dasturini hamkorlikda ishlab chiqish.
2025-yil mart
3. Gibrid formatdagi (onlayn va anʼanaviy) oʻqitish jarayonini yoʻlga qoʻyish.
2025-yil aprel
19.
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shu jumladan, sunʼiy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi dasturchilarni sunʼiy intellektni joriy etish va qoʻllash boʻyicha malaka oshirish kurslari hamda treninglarga, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlarga jalb etish.
1. Malaka oshirish kurslari uchun oʻquv dasturlari va materiallarini yaratish.
Har yili avgustda
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt instituti,
respublika ijro etuvchi hokimiyat va xoʻjalik boshqaruvi organlari
2. Malaka oshirish kurslari jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Har yili sentabrda
3. Ixtisoslashgan yoʻnalishlar boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
Har yili oktabrda
20.
Sunʼiy intellekt sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash.
1. Xalqaro tashkilotlarning ekspertlarini jalb qilish va ular tomonidan joriy holatni tahlil qilish.
2025-yil may
Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi,
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt instituti
2. Tahlil natijalari boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2025-yil sentabr
21.
Vazirlik va idoralar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan elektron xizmatlarga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish.
1. Elektron shaklda koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini xatlovdan oʻtkazish.
2024-yil noyabr
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Adliya vazirligi
2. Elektron xizmatlarga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2024-yil dekabr
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qaroriga 3-ILOVA
Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida shakllantiriladigan “katta maʼlumotlar”
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarining alohida yoʻnalishlar kesimidagi koʻrsatkichlari
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi
500 ta
Statistika dasturiga muvofiq
Milliy statistika qoʻmitasi
2.
Tuproqlarning tarkibi va minerallashuvi haqidagi maʼlumotlar
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi
5 mingta
Har yili
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
3.
Yerosti suvlari sathi datchiklaridan olingan tabiiy-iqlim maʼlumotlari
Tasvir
5 mingta
Har yarim yillikda
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi
4.
Suvning sifat koʻrsatkichi hamda ifloslanish sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Tasvir va video
5 mingta
Har yarim yillikda
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi
5.
Hududiy suv taʼminoti korxonalari tomonidan koʻrsatilgan xizmat boʻyicha ichimlik suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi
5 mingta
Har yarim yillikda
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ
6.
Ichimlik suvning sifat koʻrsatkichi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi
5 mingta
Har yarim yillikda
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ
7.
Jamoat transporti harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi, geografik maʼlumotlar
–
Doimiy
Transport vazirligi
8.
Jamoat transportida yoʻlovchilarning harakatlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi, geografik maʼlumotlar
–
Doimiy
Transport vazirligi
9.
Avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi
5 mingta
Har yarim yillikda
Ichki ishlar vazirligi
10.
Yoʻl-transport hodisalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Tasvir va video
5 mingta
Har yarim yillikda
Ichki ishlar vazirligi
11.
Bino-inshootlarda aniqlangan yoriqlar tasviri
Tasvir
10 mingta
Har yarim yillikda
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
12.
Oʻrmon xoʻjaligi, neft-gaz va kimyo mahsulotlarini saqlovchi omborxonalar, paxta saqlash punktlaridagi yongʻinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Tasvir
1 mingta
Har yarim yillikda
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
13.
Maishiy va sanoat chiqindilari saqlanadigan poligonlar fotosuratlari
Tasvir
6 mingta
Har yarim yillikda
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi
14.
Iqlim va ob-havo sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Tasvir, matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi
12 mingta
Har yarim yillikda
Gidrometeorologiya xizmati agentligi
15.
Inson harakatlarini aks ettiruvchi tasvir maʼlumotlari
Tasvir va video
15 mingta
Har yarim yillikda
Raqamli texnologiyalar vazirligi
16.
Insonlarning nutqlarini ifodalovchi ovozli maʼlumotlar toʻplami
Audio
10 mingta
Har yarim yillikda
Raqamli texnologiyalar vazirligi
17.
Inson organlarining (yurak, oʻpka, jigar, bosh miya va boshqalar) kompyuter tomografiyasi va mammografiyasi (KT, MRT, MSKT va boshqalar) tasvir maʼlumotlari
Tasvir
20 mingta
Axborot tizimi yaratilgandan soʻng har yili
Sogʻliqni saqlash vazirligi
18.
Jigar saratoni diagnostikasi maʼlumotlari
Tasvir
10 mingta
Axborot tizimi yaratilgandan soʻng har yili
Sogʻliqni saqlash vazirligi
19.
Qalqonsimon bez saratoni tashxisining tasviri maʼlumotlari
Homiladorlik davridagi ultratovush tekshiruvi tasviri maʼlumotlari
Tasvir
5 mingta
Axborot tizimi yaratilgandan soʻng har yili
Sogʻliqni saqlash vazirligi
22.
EXOKG, EKG va xolter monitoring maʼlumotlari
Tasvir
5 mingta
Axborot tizimi yaratilgandan soʻng har yili
Sogʻliqni saqlash vazirligi
23.
Talaffuzida nuqsoni bor insonlarning nutqlarini ifodalovchi ovozli maʼlumotlar toʻplami
Audio
1 mingta
Axborot tizimi yaratilgandan soʻng har yili
Sogʻliqni saqlash vazirligi
24.
Imo-ishora tiliga doir inson harakatlarini aks ettiruvchi tasvir maʼlumotlari
Tasvir va video
15 mingta
Har yarim yillikda
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
25.
Oʻzbekiston Milliy gerbariy fondining raqamlashtirilgan namunalari
Tasvir
10 mingta
Har yili
Fanlar akademiyasi
Izoh: ushbu roʻyxatda keltirilgan barcha maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilgan holda (shu jumladan, egasizlantirilgan holda) taqdim etiladi.
Roʻyxatda keltirilgan matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi JSON formatida amalga oshiriladi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar shakli va formatiga aniqlik kiritilishi mumkin.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)